O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TELEKOMMUNIKATSIYALAR VA POCHTA ALOQASI SOHASIDAGI BOSHQARUV TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”, “Pochta aloqasi to‘g‘risida” va “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, shuningdek telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, ushbu sohaga xorijiy investorlarni jalb etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi aloqa va axborotlashtirish sohasida davlat boshqaruvi bo‘yicha maxsus vakolatli organ etib belgilansin.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga, maxsus vakolatli organ sifatida, yuridik shaxslarning telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatini litsenziyalashni amalga oshirish huquqi berilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Isayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 22-noyabr,
458-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-sentabrdagi 328-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2002-y., 17-18-son, 139-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Transport va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatish huquqi uchun davlat poshlinasi miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 1997-yil 19-fevraldagi 89-son qaroriga ilova eslatmasi birinchi xat boshining pochta va telekommunikatsiyalarga oid qismi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997y., 2-son, 6-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 19-son, 220-modda)
3. Vazirlar Mahkamasining “Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda ma’lumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarori 7-bandining uchinchi xat boshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998y., 7-son, 26-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2001-yil 1-yanvardan boshlab teleradiodasturlarni tarqatish (translyatsiya, retranslyatsiya qilish) va ma’lumotlarni uzatish uchun litsenziyalar besh yil muddatga beriladi”.
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qaroriga
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlarining
ro‘yxati
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1994-yil 19-apreldagi 215-son qarori bilan tasdiqlangan “Korxonalar (tashkilotlar)ga faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi to‘g‘risida Nizomning II bo‘limi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994y., 4-son, 23-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi to‘g‘risidagi hamda Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 1997-yil 28-avgustdagi 420-son qaroriga 1-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997y., 8-son, 30-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 28-avgustdagi 420-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 1998-yil 19-avgustdagi 354-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998y., 8-son, 30-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Ma’lumotlar uzatish milliy tarmog‘ini tashkil etish va jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida” 1999-yil 5-fevraldagi 52-son qaroriga ilova II bo‘limining 2-bandi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2000-y., 9-10-son, 146-modda; 2002-y., 17-18-son, 139-modda; 2003-y., 17-18-son, 158-modda; 2004-y., 19-son, 220-modda; 2005-y., 27-son, 190-modda, 32-33-son, 255-modda; 2006-y., 46-47-son, 458-modda; 2009-y., 18-son, 223-modda; 2011-y., 49-son, 501-modda; 2012-y., 6-son, 57-modda, 44-son, 507-modda, 52-son, 587-modda; 2013-y., 34-son, 458-modda; 2014-y., 31-son, 380-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; 2016-y., 23-son, 269-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son; 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)