Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 15.03.2002
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi RAYoSATIning
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY KENGAShI 1992 YIL 14 YaNVARDA QABUL QILGAN “KORXONALAR (TAShKILOTLAR) FAQAT MAXSUS RUXSATNOMALAR (LITSENZIYALAR) ASOSIDAGINA ShUG‘ULLANIShGA HAQLI BO‘LGAN FAOLIYAT TURLARINING RO‘YXATI HAQIDA” 516—XII SONLI QARORGA QO‘ShIMChALAR VA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi 222-II-son “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qabul qilgan “Korxonalar (tashkilotlar) faqat maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosidagina shug‘ullanishga haqli bo‘lgan faoliyat turlarining ro‘yxati haqida”gi Qarorga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan korxonalar (tashkilotlar) faqat maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosidagina shug‘ullanishga haqli bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatida quyidagilar nazarda tutilsin:
davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi lozim bo‘lgan mol-mulkni qiymat va tarkibini oldindan narxlash, mulkchilik shakli o‘zgarganligi munosabati bilan hujjatlarni tayyorlash ishlari.
3. Faoliyat turlari ro‘yxatida 2-betdagi o‘n oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Yuklar va yo‘lovchilarni xalqaro avtomobil yo‘llarida tashish”.
4. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining tasdig‘iga kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YO‘LDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 26-noyabr,
710–XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 2-son, 110-modda)