Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 30.10.2018
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
YoNG‘INGA QARShI AVTOMATIKA VOSITALARINI, QO‘RIQLASh SIGNALIZATSIYALARINI, YoNG‘INDAN DARAK BERUVChI VA YoNG‘INDAN SAQLOVChI SIGNALIZATSIYALARNI LOYIHALAShTIRISh, MONTAJ QILISh, SOZLASh, TA’MIRLASh VA ULARGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISh FAOLIYATINI LITSENZIYALASh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-oktabrdagi 880-sonli “Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish sohasini davlat tomonidan samarali tartibga solish, ishlab chiqarish va boshqa obyektlarni yong‘indan saqlashning ishonchli texnik vositalarini yaratishda yagona muhandislik-texnika siyosatini o‘tkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Z.A. Almatov):
bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin;
yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyati sohasidagi yangi talablar va shartlar to‘g‘risidagi axborot ikki oy muddatda litsenziatlar-yuridik shaxslarga yetkazilishini va tushuntirish berilishini ta’minlasin;
yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun haqiqiy litsenziyalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar bilan 2004-yil mobaynida mazkur Nizomda nazarda tutilgan yig‘imlar va bojlarni undirmasdan tasdiqlangan Nizom asosida litsenziya shartnomasi tuzsin;
litsenziatlar faoliyati hamda ular tomonidan mazkur sohada amalda bo‘lgan qonun hujjatlariga, normalar va standartlarga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni ta’minlasin.
4. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi (A.R. Toxtayev), “O‘zstandart” agentligi (R.A. Bo‘riyev), “O‘zeltexsanoat” uyushmasi (Sh.O‘. Umarov) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi bilan birgalikda zamonaviy talablarni hisobga olgan holda qurilish me’yorlari va qoidalarining yong‘inga qarshi avtomatika vositalariga, qo‘riqlash signalizatsiyalariga, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarga taalluqli qismini qayta ishlab chiqsinlar hamda tegishli normativ va yo‘riqnoma hujjatlarga zarur o‘zgartirishlar kiritsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 22-mart,
136-son
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 22-martdagi 136-son qaroriga
ILOVA
Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda foydalaniladigan tushunchalar va ta’riflar:
yong‘inga qarshi avtomatika vositalari — obyektda (bino, inshoot, xona, hududda) yong‘in chiqishi belgilari to‘g‘risidagi axborotlarni qabul qilish va ularga ishlov berish, yong‘inni avtomatik tarzda o‘chirish hamda yong‘inga qarshi xavfsizlikni ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan kuchlar va vositalarni xabardor qilish uchun mo‘ljallangan texnik vositalar kompleksi;
qo‘riqlash signalizatsiyasi vositalari — obyektni (bino, inshoot, xona, hududni) qo‘riqlashning ahvoli to‘g‘risidagi axborotlarni qabul qilish, ularga ishlov berish, uzatish va aks ettirish uchun mo‘ljallangan texnik vositalar yig‘indisi;
yong‘indan darak beruvchi signalizatsiyasi vositalari — yong‘in belgilarini aniqlash, tegishli axborotga ishlov berish va ularni uzatish, yong‘inga qarshi xavfsizlikni ta’minlovchi kuchlar va vositalarni avtomatik tarzda xabardor qilish, shuningdek yong‘inni o‘chirish avtomatik qurilmalarini ishga tushirishga komanda berish uchun mo‘ljallangan texnik vositalar yig‘indisi;
qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasi vositalari — qo‘riqlash signalizatsiyasi va yong‘indan darak beruvchi signalizatsiyaning qo‘shma tizimlari.
3. Obyektlarda o‘rnatiladigan yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyati litsenziyalanadi va faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Avtotransport vositalarida o‘rnatiladigan yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyati litsenziyalanmaydi.
4. Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan (keyingi o‘rinlarda litsenziyalovchi organ deb ataladi) amalga oshiriladi.
5. Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun namunaviy (oddiy) litsenziya beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Litsenziyaning amal qilish muddati 5 yil.
(6-bandning ikkinchi gapi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qaroriga muvofiq chiqarib tashlandi — O‘R QHT, 2006-y., 20-21-son, 181- modda)
7. Litsenziya talabgorining arizasiga ko‘ra litsenziya litsenziyalanadigan faoliyatning bir qismiga berilishi mumkin.
II. Litsenziya talablari va shartlari
8. Litsenziya talabgoriga va litsenziatga quyidagi talablar qo‘yiladi:
yuridik shaxs-litsenziya talabgorining doimiy shtatida maxsus tayyorgarlikka va tegishli ixtisoslik (yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish) bo‘yicha kamida uch yil ish stajiga ega bo‘lgan kamida ikkita xodimning mavjud bo‘lishi;
litsenziya talabgorida litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun zarur moddiy-texnik bazaning, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalarning mavjud bo‘lishi;
litsenziat tomonidan qonun hujjatlariga, yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish sohasidagi normativ hujjatlar va standartlar talablariga rioya etilishi;
litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadigan shakl bo‘yicha litsenziyalanadigan faoliyat bo‘yicha ishlarni bajaruvchi xodimlar to‘g‘risida litsenziyalovchi organga har yili ma’lumotlar taqdim etish;
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq sertifikatlangan yoki qo‘llash uchun “Qo‘riqlash” respublika birlashmasi yoki Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan ruxsat berilgan yong‘inga qarshi avtomatika vositalari, qo‘riqlash signalizatsiyasi, yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya, qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasi vositalari va tizimlaridan foydalanish;
yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyasini, yong‘indan darak beruvchi va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasi vositalarini montaj qilish loyihalarining hisobini olib borish va ularni ishlatishning butun davrida loyihalarning (yoki ularning nusxalarining) saqlanishini ta’minlash;
litsenziat tomonidan obyektlarda o‘rnatilgan yong‘inga qarshi avtomatika vositalari, qo‘riqlash signalizatsiyasi, yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasi to‘g‘risidagi axborotlarning, shuningdek obyektni qo‘riqlash va uning xavfsizligini ta’minlash tizimi to‘g‘risida litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish jarayonida ma’lum bo‘lib qolgan boshqa ma’lumotlarni muhofaza qilishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarning ko‘rilishi;
litsenziat tomonidan yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyasi, yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasi vositalarini loyihalashtirish va montaj qilish yuzasidan bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi, jihozlangan obyektlarning idoraviy qarashliligi, o‘rnatilgan priborlar va ko‘rsatkichlarning turi va miqdori ko‘rsatilgan holda ma’lumotlarning, shuningdek ishlarni bajarishda ishtirok etgan shaxslarning ro‘yxati har yili Ichki ishlar vazirligiga taqdim etilishi.
9. Litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirishda:
ilgari sudlangan va qasddan jinoyat sodir etganligi uchun muddati o‘talmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslarning;
ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm yuzasidan hisobda turuvchi shaxslarning ishga yollanishiga yoki jalb qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
10. Litsenziyalovchi organ va litsenziat o‘rtasida tuziladigan litsenziya bitimida mazkur Nizomning 8-bandida sanab o‘tilganlardan kelib chiquvchi aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
III. Litsenziya olish uchun zarur hujjatlar
11. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziya berish to‘g‘risida ariza, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami, litsenziyalanayotgan faoliyatning (uning bir qismining) yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan turi ;
(11-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadigan shakl bo‘yicha mutaxassislarning malaka tarkibi to‘g‘risidagi tegishli hujjatlar (mehnat daftarchasining, ma’lumoti yoki maxsus tayyorgarligi to‘g‘risidagi hujjatlarning nusxasi) ilova qilingan ro‘yxati;
litsenziyalanayotgan faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik bazaning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
12. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
13. Hujjatlar litsenziyalovchi organga litsenziya talabgori tomonidan bevosita yoxud ularning olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatlar litsenziyalovchi organ tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
14. Ishonchli bo‘lmagan yoki buzilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
IV. Arizani ko‘rib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish
15. Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun ariza berilgan kunda amaldagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi va litsenziyalovchi organ yig‘imni litsenziyalashda ishtirok etgan bo‘linmalar o‘rtasida taqsimlaydi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan yoki litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya berishni rad etgan taqdirda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
16. Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi va barcha zarur hujjatlar olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.
Litsenziyalovchi organ xulosa tayyorlash uchun o‘z mablag‘lari hisobiga:
litsenziya talabgorida litsenziyalanayotgan faoliyat turini amalga oshirish uchun talab qilinadigan mavjud shart-sharoitlarni joyiga borib baholash;
tegishli xulosalar tayyorlash uchun shartnoma asosida ekspertlarni jalb etish huquqiga ega.
17. Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qabul qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
18. Litsenziyalovchi organ va litsenziatning o‘zaro huquq va majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimida quyidagilar bo‘lishi kerak:
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
tomonlarning rekvizitlari;
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turi (uning bir qismi)ning nomi;
litsenziatga qo‘yiladigan litsenziya talablari va shartlari;
litsenziyaning amal qilish muddati;
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.
19. Litsenziyalar maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi. Litsenziya blankalari namunalari litsenziyalovchi organ tomonidan tasdilanadi va litsenziyalovchi organ buyurtmasi bo‘yicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Litsenziyalovchi organ litsenziyalar blankalarining saqlanishi uchun javob beradi.
Litsenziyalovchi organ nomidan litsenziyalar Ichki ishlar vazirligi vakolat berilgan shaxs tomonidan imzolanadi hamda litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda beriladi.
20. Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziya berish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilishga haqlidir.
21. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
22. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan, muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
23. Litsenziya berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilganligini tasdiqlovchi zarur hujjatlar (dalolatnomalar, ma’lumotnomalar, sertifikatlar, formulyarlar va boshqalar) bilan birgalikda arizasi olingan kundan boshlab o‘n kun mobaynida amalga oshiriladi. Bunda litsenziya talabgorining arizasi takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
24. Litsenziya talabgorining arizasini qayta ko‘rib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi;
Rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan litsenziya berish muddati tamom bo‘lgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza deb hisoblanadi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
25. Litsenziya talabgori litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda ushbu qaror, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
V. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
26. Yuridik shaxs-litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
27. Litsenziyalovchi organ tegishli hujjatlar ilova qilingan holda ariza olingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida litsenziyani qayta rasmiylashtiradi hamda litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
28. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
29. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati o‘tgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
30. Amal qilish muddati o‘tmagan yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra dublikat berilishi mumkin. Bunda litsenziat ommaviy axborot vositalarida yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziyaning haqiqiy emasligi to‘g‘risida axborot e’lon qilishi va e’lonni litsenziyalovchi organga taqdim etishi shart.
Litsenziya dublikatini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
31. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat litsenziyalovchi organ tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
32. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ o‘z vakolatlari doirasida:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziatning ularga rioya etishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni so‘rash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish yuzasidan litsenziatga majburiyat yuklovchi qarorlar qabul qilish;
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish.
(32-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
33. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida litsenziyalovchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
VII. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va litsenziyani bekor qilish
Oldingi tahrirga qarang.
34. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish, uni bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22—24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
35. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish, uni bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyalovchi organ tomonidan qabul qilingan qaror asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
VIII. Litsenziyalar reyestri
36. Litsenziyalovchi organ berilgan litsenziyalar reyestrini yuritadi.
37. Har bir reyestrda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
litsenziyalanadigan faoliyat turining nomi;
litsenziyaning berilgan sanasi va tartib raqami;
litsenziyaning amal qilish muddati;
litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish asoslari va sanasi;
litsenziyani bekor qilish asoslari va sanasi.
38. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytida joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq bo‘ladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
IX. Litsenziya berganlik uchun davlat boji
42. Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun to‘lov kunida belgilangan eng kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
43. Davlat boji respublika budjetiga o‘tkaziladi.
Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash sxemasi
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 12-son, 141-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda, 46-47-son, 458-modda; 2012-y., 6-son, 57-modda, 44-son, 507-modda)