Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 18-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2017-yil 28-martda maʼqullangan
Senat tomonidan 2017-yil 28-martda maʼqullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining faoliyatini tartibga solishdan iborat.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) sudyalar hamjamiyatining organi boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasida sud hokimiyatining mustaqilligi konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini taʼminlashga koʻmaklashadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 135-moddasi.
Kengash yuridik shaxsdir, u Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida” Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisidagi qonunchilik
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4-modda. Kengash faoliyatining asosiy prinsiplari
Kengash faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, mustaqillik, kollegiallik, xolislik, oʻz aʼzolarining teng huquqliligi va ochiqlikdan iboratdir.
Kengash va uning aʼzolari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga rioya etishi hamda ularni bajarishi shart.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining XXIII bobi va Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining (yangi tahriri) 4-moddasi.
Kengash oʻz faoliyatini faqat qonunga boʻysungan holda, davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, shuningdek mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda amalga oshiradi. Kengashning faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
Kengash qarorlari uning majlisida kollegial ravishda qabul qilinadi.
Kengash aʼzolari qarorlar qabul qilishda siyosiy qarashlardan va boshqa tashqi taʼsirlardan xoli boʻlgan oʻz nuqtai nazarini ifodalaydi.
Kengashning barcha aʼzolari teng huquqlidir va uning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishda bittadan ovozga egadir.
Kengash oʻz faoliyatini ochiq tarzda, davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar, shuningdek ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
5-modda. Kengashning tarkibi va uni shakllantirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Kengash rais, rais oʻrinbosari, uning aʼzolari va kotibidan — jami yigirma bir nafar kishidan iborat tarkibda sudyalar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va huquq sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar orasidan shakllantiriladi.
(5-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-717-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2021-y., 03/21/717/0892-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Kengash tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan saylanadi.
(5-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 9-iyundagi OʻRQ-1067-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2025-y., 03/25/1067/0498-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Kengash raisi, rais oʻrinbosari etib saylanishi mumkin emas.
(5-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 9-iyundagi OʻRQ-1067-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2025-y., 03/25/1067/0498-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kengashning oʻn bir nafar aʼzosi sudyalar orasidan saylanadi. Kengashning ushbu aʼzolaridan bir nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlarining sudyalari orasidan saylanadi.
(5-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 9-iyundagi OʻRQ-1067-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2025-y., 03/25/1067/0498-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Kengashning kotibi va yetti nafar aʼzosi fuqarolik jamiyati institutlari vakillari hamda huquq sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar orasidan saylanadi.
(5-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 9-iyundagi OʻRQ-1067-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2025-y., 03/25/1067/0498-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Kengashning raisi, rais oʻrinbosari, kotibi va sudyalar orasidan saylangan oʻn bir nafar aʼzosi oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi, Kengashning qolgan yetti nafar aʼzosi oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
(5-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 9-iyundagi OʻRQ-1067-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2025-y., 03/25/1067/0498-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Kengashning sudyalar orasidan saylangan va oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi oʻn bir nafar aʼzosi Kengash tomonidan uning raisi taqdimiga binoan Kengashning shuʼbasi hamda Sudyalar daxlsizligini taʼminlash va korrupsiyaning oldini olish boʻyicha sud inspeksiyasi tarkibiga, shu jumladan mazkur tuzilmalarning rahbarlari lavozimlariga saylanadi.
(5-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 9-iyundagi OʻRQ-1067-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2025-y., 03/25/1067/0498-son)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining (yangi tahriri) 64-moddasi.
2-bob. Kengashning asosiy vazifalari va vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
6-modda. Kengashning asosiy vazifalari
Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
sudyalik lavozimlariga nomzodlarni eng malakali va masʼuliyatli mutaxassislar orasidan tanlov asosida tanlash, tayyorlash, lavozimga tayinlash, shuningdek rahbar sudyalik lavozimlariga koʻrsatish uchun tavsiya etish orqali sudyalar korpusini shakllantirish;
sudyalar daxlsizligi buzilishining va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatini biron-bir tarzda aralashuvdan samarali himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish;
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining (yangi tahriri) 64-moddasi.
sudyalar orasida korrupsiya holatlarining oldini olish va ularni barvaqt aniqlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish;
sud tizimida aniqlangan har bir korrupsiya holatini koʻrib chiqish va prinsipial baholash;
Kengashning hamda sud tizimining faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish;
sudyalarni kasbiy jihatdan tayyorlashni, ularning malakasini oshirishni tashkil etish, sudyalar faoliyati samaradorligini zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish orqali baholashda xolislik va shaffoflikni taʼminlash;
rahbar sudyalik lavozimlariga koʻrsatish uchun munosib sudya kadrlarni tanlab olish, shuningdek ularni ragʻbatlantirish va mukofotlash masalasi yuzasidan tashabbus koʻrsatish;
ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish, aholi bilan muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy va yuridik shaxslarning sudyalar tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi masalalariga doir murojaatlarini koʻrib chiqish;
sud-huquq sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini va yagona sud amaliyotini taʼminlash, odil sudlovga erishish darajasini hamda uni amalga oshirish sifatini yaxshilash boʻyicha takliflar tayyorlash;
sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi, shuningdek ularni jinoiy javobgarlikka tortish uchun xulosa berish haqidagi masalani koʻrib chiqish.
(6-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-717-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2021-y., 03/21/717/0892-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7-modda. Kengashning vakolatlari
Kengash oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun:
sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tanlashni tashkil etadi;
rahbar sudyalik lavozimlariga nomzodlar zaxirasini shakllantiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, rais oʻrinbosarlari va sudyalari lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi;
viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari va rais oʻrinbosarlari, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari raislari va rais oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi va rais oʻrinbosari lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi;
viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalarini, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislarini, ularning oʻrinbosarlari va sudyalarini, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari sudyalarini, tumanlararo maʼmuriy sudlarning raislarini, ularning oʻrinbosarlari va sudyalarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyalarini, hududiy harbiy sudlarning raislarini lavozimga tayinlaydi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining sudyalik lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga qonunga muvofiq xulosalar (taqdimnomalar) kiritadi;
Sudyalar oliy malaka hayʼatining xulosasiga koʻra sudyalarni ularning vakolatlari muddati davrida oʻz arizalariga asosan viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalari, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari, ularning oʻrinbosarlari va sudyalari, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari sudyalari, tumanlararo maʼmuriy sudlarning raislari, ularning oʻrinbosarlari va sudyalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyalari, hududiy harbiy sudlarning raislari lavozimlariga oʻtkazadi;
Sudyalar oliy malaka hayʼatining xulosasiga koʻra sudyalarni oʻz arizalariga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining sudyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari, ularning oʻrinbosarlari va sudyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining sudyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlararo maʼmuriy sudlarining raislari, ularning oʻrinbosarlari va sudyalari lavozimlariga oʻtkazish toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga taqdimnomalar kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshini sudyaning roziligi bilan besh yilgacha uzaytirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnoma kiritadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining, tumanlararo maʼmuriy sudlarning, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining, hududiy harbiy sudlarning sudyalik lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshini sudyaning roziligi bilan besh yilgacha uzaytiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan saylanadigan sudyalarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar (takliflar) kiritadi;
qonunda nazarda tutilgan hollarda, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalarini, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari, ularning oʻrinbosarlari va sudyalarini, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari sudyalarini, tumanlararo maʼmuriy sudlarning raislari, ularning oʻrinbosarlari va sudyalarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyalarini, hududiy harbiy sudlarning raislarini lavozimidan ozod qiladi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining sudyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari, ularning oʻrinbosarlari va sudyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining sudyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlararo maʼmuriy sudlarining raislari, ularning oʻrinbosarlari va sudyalarining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga xulosalar kiritadi;
sudyalarga nisbatan xizmat tekshiruvini oʻtkazish tartibini belgilaydi;
sudyalarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi;
sudyalarga va oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi Kengash aʼzolariga nisbatan xizmat tekshiruvlari oʻtkazadi;
sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqadi va materiallarni sudyalarning tegishli malaka hayʼatlariga yuboradi;
oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi Kengash aʼzolarini intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqadi;
sudyalarni jinoiy javobgarlikka tortish masalalari yuzasidan xulosa beradi;
sud-huquq sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini va yagona sud amaliyotini taʼminlash, odil sudlovga erishish darajasini hamda uni amalga oshirish sifatini yaxshilash boʻyicha, shuningdek qonunchilikni qoʻllash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berish toʻgʻrisida takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
sudyalarning malaka hayʼatlari faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ularning faoliyatini tekshiradi, Sudyalar oliy malaka hayʼati qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni koʻrib chiqadi, sudyalar malaka hayʼatlari raislarining hisobotlarini eshitadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining Sudyalar oliy malaka hayʼatining qarorlari, xulosalari yuzasidan taqdimnomalarni koʻrib chiqadi;
jismoniy va yuridik shaxslarning sudyalar tomonidan Sudyalar odobi kodeksi talablariga rioya etilishi masalalariga doir murojaatlarini koʻrib chiqadi;
sudyalarning faoliyatini ularning kasbiga munosibligi nuqtai nazaridan oʻrganadi;
Sudyalar odobi kodeksini tasdiqlaydi;
sudyalar faoliyatini ochiq va shaffof elektron reyting dasturi asosida baholash mezonlarini aniqlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi;
sudyalarni kasbiy tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etishga doir dasturni tasdiqlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti direktorining mazkur departament faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini har yili eshitadi;
sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarning, yangi vakolat muddatiga yoki boshqa sudyalik lavozimlariga nomzodlarning shaxsiy va kasbiy sifatlari darajasini oʻrganish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan, shuningdek mansabdor shaxslardan hamda fuqarolardan Kengash faoliyati bilan bogʻliq zarur axborotni, hujjatlarni va boshqa materiallarni soʻrab oladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining Reglamenti hamda vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha nizomlarni tasdiqlaydi.
Kengash qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Qarang: “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuni (yangi tahriri) hamda “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi qonunlari.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-717-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2021-y., 03/21/717/0892-son)
8-modda. Kengashning ijro etuvchi devoni
Kengashning ijro etuvchi devoni oʻz faoliyatida Kengashga hisobdordir.
Kengashning ijro etuvchi devoni tuzilmasi va xodimlari soni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
9-modda. Kengash raisining vakolatlari
Kengash raisi:
Oldingi tahrirga qarang.
Kengash faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va Kengash zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan masʼul boʻladi;
(9-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-717-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2021-y., 03/21/717/0892-son)
Kengashning majlislarini chaqiradi va unda raislik qiladi;
Kengash vakolatiga taalluqli masalalarni uning koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
davlat organlari, jamoat tashkilotlari va xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarda Kengash nomidan ish koʻradi;
Kengashning tegishli aʼzolari lavozimiga tavsiya qilinayotgan nomzodlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
sud hokimiyati mustaqilligini, sudyalar daxlsizligini taʼminlashga va odil sudlovni amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan omillar haqida, shuningdek sud tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning holati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yil yakunlari boʻyicha axborot taqdim etadi;
jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi;
(9-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-717-sonli Qonuniga asosan yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2021-y., 03/21/717/0892-son)
Kengashning ijro etuvchi devoni xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;
Kengashning ijro etuvchi devoni xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Kengashning ijro etuvchi devoni xodimlariga mansab darajalarini beradi;
Kengashning xarajatlar smetasini tasdiqlaydi va moliya-xoʻjalik faoliyatiga tashkiliy rahbarlikni amalga oshiradi;
Kengash nomidan qarorlarni, taqdimnomalarni, majlislar bayonnomalarini va boshqa hujjatlarni imzolaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kengash raisi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(9-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
10-modda. Kengash raisi oʻrinbosarining vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Kengash raisining oʻrinbosari:
Sudyalar daxlsizligini taʼminlash va korrupsiyaning oldini olish boʻyicha sud inspeksiyasining faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, uning faoliyati samaradorligini taʼminlash uchun javobgar boʻladi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga, shuningdek axborot xavfsizligini taʼminlashga doir ishlarni tashkil etadi;
jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi;
Kengash raisi yoʻqligida uning vazifasini bajaradi.
(10-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-717-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2021-y., 03/21/717/0892-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Kengash raisining oʻrinbosari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(10-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
11-modda. Kengash kotibining vakolatlari
Kengash kotibi:
Kengash aʼzolarini majlislar oʻtkaziladigan sana va vaqt toʻgʻrisida xabardor qiladi;
Kengash aʼzolarini majlis kun tartibiga kiritilgan masalalar boʻyicha zarur hujjatlar bilan taʼminlaydi;
Kengash majlislarini tayyorlash boʻyicha tashkiliy masalalarni amalga oshiradi;
Kengash majlislarining bayonnomasini yuritadi;
Kengash qarorlarining koʻchirma nusxalari manfaatdor shaxslarga va tashkilotlarga yuborilishini taʼminlaydi;
Kengash qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish ishlarini tashkil etadi;
Kengashda ish yuritilishini nazorat qiladi;
Kengash raisining topshiriqlarini bajaradi.
Kengash kotibi yoʻqligida uning vazifalarini bajarish Kengash raisining topshirigʻiga binoan Kengashning oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi aʼzolaridan biri zimmasiga yuklatiladi.
12-modda. Kengash aʼzosining huquqlari
Kengash aʼzosi quyidagilarga haqli:
Kengashga koʻrib chiqish uchun taqdim etilgan materiallar bilan tanishish, ularni oʻrganish va koʻrib chiqishda ishtirok etish;
koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha Kengashga iltimosnomalar kiritish, oʻz dalil-asoslarini bayon qilish va qoʻshimcha materiallarni taqdim etish;
Oldingi tahrirga qarang.
elektron reyting dasturi orqali sudyalar faoliyatining samaradorligini monitoring qilish;
(12-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-717-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2021-y., 03/21/717/0892-son)
Kengashning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur axborot va hujjatlarni davlat organlaridan, boshqa tashkilotlardan soʻrash hamda bepul asosda olish;
Kengashning vakolatiga taalluqli boʻlgan masalalarni majlislarda koʻrib chiqish uchun taqdim etish;
Kengashning qarorlarini qabul qilishda ishtirok etish va oʻzining alohida fikrini bayon etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Kengash aʼzosi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
13-modda. Kengash aʼzosining majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Kengash aʼzosi:
oʻz faoliyatini qonunga muvofiq amalga oshirishi;
sud hokimiyatining mustaqilligi prinsipi asosida odil sudlovni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va roʻyobga chiqarishda ishtirok etishi;
sudyalik lavozimlariga nomzodlarni xolis oʻrganishi;
sudyalar orasida korrupsiyaviy holatlarning oqibatlari va sabablarini, shuningdek ularning odil sudlovni amalga oshirish boʻyicha faoliyatiga aralashish holatlarining oldini olishga, ularni aniqlashga, chek qoʻyishga, ularni bartaraf etishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etishi hamda bu harakatlar toʻgʻrisida Kengashga xabar berishi;
Kengash majlislari maslahatlashuvini sir tutishi va oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi tufayli sudyalarning va sudyalik lavozimlariga nomzodlarning shaxsiy hayoti toʻgʻrisida oʻziga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarning maxfiyligiga rioya qilishi;
Kengashning nufuziga putur yetkazishi, uning xolisligiga shubha tugʻdirishi mumkin boʻlgan harakatlardan tiyilishi;
oʻz faoliyatida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymasligi va bu yuzaga kelganda ushbu Qonun 16-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan asoslarga koʻra oʻzini oʻzi rad etishi;
Kengash tomonidan koʻrilayotgan masalalar boʻyicha ovoz berishi shart.
(13-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-717-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2021-y., 03/21/717/0892-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Kengash aʼzosining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-bob. Kengashning faoliyatini tashkil etish
14-modda. Kengash majlisi
Kengash faoliyatining asosiy tashkiliy shakli Kengash majlisidir. Kengash majlisi oʻz vakolatiga kiradigan masalalarning tayyorlanishiga qarab oʻtkaziladi. Kengash majlisi oʻz aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.
Kengashning qarori ochiq ovoz berish orqali majlis ishtirokchilarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Raislik qiluvchi oxirida ovoz beradi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi boʻladi.
Kengashning qaroriga rozi boʻlmagan Kengash aʼzosi xulosani imzolaydi va u oʻzining alohida fikrini yozma tarzda bayon qilishga haqli boʻlib, ushbu fikr majlis bayonnomasiga qoʻshib qoʻyiladi, lekin eʼlon qilinmaydi. Oʻziga nisbatan mazkur qaror qabul qilingan shaxs Kengash aʼzosining alohida fikri bilan tanishtirilmaydi.
15-modda. Kengash majlislari maslahatlashuvining sir tutilishi
Kengash aʼzolarining ovoz berishi yopiq majlisda oʻtkaziladi. Ovoz berish chogʻida Kengash aʼzolaridan boshqa shaxslarning hozir boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Kengash aʼzosi maslahatlashuv sirini oshkor etishga haqli emas. Kengash aʼzolarining ovozi va ularning fikri sir saqlanadi hamda uning oshkor etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Kengash aʼzolari koʻrsatilgan axborotni oshkor etganlik uchun belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
16-modda. Kengash aʼzosini rad etish va uning oʻzini oʻzi rad etishi
Kengash aʼzosi, agar u:
Kengash majlisida nomzodi koʻrilayotgan shaxsga xizmat jihatidan, moddiy yoki boshqa tomondan qaram boʻlsa yoxud uning yaqin qarindoshi boʻlsa;
Kengash majlisining natijasidan va unda qabul qilinadigan qarordan bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlsa yoxud uning begʻarazligiga shubha tugʻdiradigan boshqa holatlar mavjud boʻlsa, Kengash majlisida ishtirok etishi mumkin emas va u rad etilishi kerak.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, Kengash aʼzosi oʻzini oʻzi rad etishi shart. Agar u bunday qilmasa, ayni shu asoslar boʻyicha Kengashning boshqa aʼzolari tomonidan,shuningdek sudyalik lavozimiga nomzod tomonidan rad etilishi mumkin.
Rad etish haqidagi bayonot asoslantirilgan boʻlishi kerak.
Rad etish bildirilgan Kengash aʼzosi rad etish toʻgʻrisidagi masala koʻrilishidan oldin oʻz tushuntirishlarini berishga haqli.
Rad etish toʻgʻrisidagi masala rad qilinayotgan shaxsning yoʻqligida Kengashning qolgan aʼzolari tomonidan oddiy koʻpchilik ovoz bilan hal etiladi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, Kengash aʼzosi rad etilgan hisoblanadi.
Bildirilgan rad etish qanoatlantirilganligi yoki rad qilinganligi toʻgʻrisida Kengash majlisining bayonnomasiga belgi qoʻyiladi.
17-modda. Kengash qarorlari
Kengash oʻz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan qarorlar, xulosalar qabul qiladi va taqdimnomalar kiritadi.
Kengash majlisida quyidagi qarorlar qabul qilinishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
(17-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-717-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2021-y., 03/21/717/0892-son)
Oldingi tahrirga qarang.
nomzodning koʻrsatilgan sudyalik lavozimiga munosibligi yoki munosib emasligi haqida yoxud nomzodning takroriy tanlovda ishtirok etishi uchun ruxsat berish huquqini qoldirish toʻgʻrisida;
(17-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)
Oldingi tahrirga qarang.
sudyalik lavozimiga tayinlash, oʻtkazish haqida;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi qonun (yangi tahriri)ning 67, 68, 69-moddalari.
(17-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-717-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2021-y., 03/21/717/0892-son)
sudyalarni ragʻbatlantirish tashabbusi bilan chiqish haqida;
sudyaga nisbatan intizomiy taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisida;
Oldingi tahrirga qarang.
sudyani jinoiy javobgarlikka tortish uchun xulosa berish haqida;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi qonun (yangi tahriri)ning 74, 75, 76, 77-moddalari.
(17-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-717-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2021-y., 03/21/717/0892-son)
sudyaning vakolatlarini toʻxtatib turish yoki muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida” qonun (yangi tahriri)ning 12-bob.
Kengash oʻz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan boshqa qarorlar ham qabul qilishi mumkin.
Kengashning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilinadigan qarorlari davlat organlari va boshqa tashkilotlar uchun majburiydir.
18-modda. Kengashning davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi
Oldingi tahrirga qarang.
Kengash sudyalik lavozimiga birinchi marta, navbatdagi oʻn yillik muddatga va sudyalik lavozimida boʻlishning keyingi muddatsiz davriga tayinlanadigan (saylanadigan) nomzodning munosibligini aniqlashda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining rahbarlik lavozimlariga nomzodni tayinlashda (saylashda) huquqni muhofaza qiluvchi organlardan zarur axborotni soʻrab olishi mumkin. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar Kengashning soʻrovi olingan kundan eʼtiboran bir oylik muddatda tegishli xulosani taqdim etishi kerak.
(18-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-717-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2021-y., 03/21/717/0892-son)
Kengash nomzodning sudyalik lavozimiga munosibligini oʻrganayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining va boshqa tashkilotlarning nomzodning ushbu tashkilotlarda ishlagan davrda shaxsiy va kasbiy sifatlari haqidagi fikrini soʻrab oladi. Kengashning soʻroviga soʻrov kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay javob yuborilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Kengash raisi sudyalarning daxlsizligini buzganlik va odil sudlovni amalga oshirishga aralashganlik holatlari yuzasidan prokuratura organlariga taqdimnoma kiritishi mumkin.
Prokuratura organlariga kiritilgan taqdimnoma bir oy muddatda koʻrib chiqiladi va Kengash jinoyat ishi qoʻzgʻatilganligi toʻgʻrisida yoki uni qoʻzgʻatish rad etilganligi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan xabardor qilinadi.
Sudya huquqbuzarlik sodir etganlikda gumon qilinib ushlab turilgan taqdirda, sudya ushlangan paytdan eʼtiboran uch soatdan kechiktirmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga bu haqda ushlab turish uchun asos boʻlgan hujjatlarning koʻchirma nusxalari ilova qilingan holda xabar qilinishi shart.
(18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-717-sonli Qonuniga asosan uchinchi — beshinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2021-y., 03/21/717/0892-son)
4-bob. Sudyalar korpusini shakllantirish
19-modda. Sudyalar korpusini shakllantirish chogʻida sudyalik lavozimlariga nomzodlar huquqlarining tengligi
Oldingi tahrirga qarang.
Sudyalar korpusini shakllantirish sudyalik lavozimlariga nomzodlarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, ularning huquqlari tengligi asosida amalga oshiriladi.
(19-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-963-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 135-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 5-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-717-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2021-y., 03/21/717/0892-son)
21-modda. Birinchi marta tayinlanadigan sudyalarni tanlashning asosiy mezonlari
Benuqson obroʻ-eʼtibor, halollik, layoqatlilik, yetarli hayotiy tajribaga egalik, odil sudlovni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklarning yoki jismoniy nuqsonlarning mavjud emasligi birinchi marta tayinlanadigan sudyalarni tanlashning asosiy mezonlaridir.
22-modda. Sudyalarni yangi vakolat muddatiga va boshqa sudyalik lavozimlariga tanlashning asosiy mezonlari
Sudyalarning sudyalik faoliyati davrida benuqson obroʻ-eʼtiborga ega boʻlishi, halolligi, xolisligi, adolatliligi va layoqatliligi sudyalarni yangi vakolat muddatiga va boshqa sudyalik lavozimlariga tanlashning asosiy mezonlaridir.
Oldingi tahrirga qarang.
Kengash yangi vakolat muddatiga tayinlanadigan sudyalik lavozimiga nomzodni koʻrib chiqishda ushbu nomzod tomonidan qabul qilingan sud qarorlarining barqarorligini, odil sudlovni amalga oshirish va qonunchilik normalarini qoʻllash borasida yetarli tajribaga ega ekanligini, shuningdek jamoatchilikning uning kasbiy faoliyati haqidagi fikrini inobatga oladi.
(22-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
23-modda. Sudyalik lavozimiga nomzodning tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilishi
Sudyalik lavozimiga nomzodda odil sudlovni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar mavjud emasligini tasdiqlash uchun u dastlabki tibbiy tekshiruvdan oʻtkaziladi. Odil sudlovni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklarning va jismoniy nuqsonlarning roʻyxati Kengashning va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi. Odil sudlovni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklar va jismoniy nuqsonlar yoʻqligi haqidagi hujjatning shakli Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Qarang: “ Odil sudlovni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklarning va jismoniy nuqsonlarning roʻyxati” (23.11.2017-y., roʻyxat raqami 2951).
Oldingi tahrirga qarang.
24-modda. Sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni tanlash tartibi
Boʻsh sudyalik lavozimlari toʻgʻrisidagi axborot Kengashning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. Sudyalik lavozimiga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni koʻrib chiqish muqobillik asosida amalga oshiriladi.
Sudyalikka nomzod boʻsh sudyalik lavozimlarini toʻldirish uchun tanlovda ishtirok etish toʻgʻrisida bevosita Kengashga ariza berish huquqiga ega.
Sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni, yangi vakolat muddatiga yoki boshqa sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlashda Kengash tomonidan belgilanadigan tartibda turli oʻrganish usullaridan — suhbat oʻtkazishdan, mustaqil ekspertlar tomonidan test sinovidan oʻtkazishdan, berilgan muammolar boʻyicha mavzuga oid referatlar tayyorlashdan, bilim darajasini aniqlash uchun elektron soʻrov dasturidan foydalanilishi mumkin.
Sudyalik lavozimiga nomunosibligi tufayli rad etilgan nomzod bir yil oʻtgach, boʻsh sudyalik lavozimini toʻldirish uchun eʼlon qilingan tanlovda ishtirok etishi toʻgʻrisidagi ariza bilan Kengashga takroran murojaat qilishi mumkin.
(24-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-717-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2021-y., 03/21/717/0892-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 67-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
241-modda. Sudyaning vakolatlari muddati tugaganidan keyin uni sudyalik lavozimiga va boshqa sudyalik lavozimiga tayinlash tartibi
Yangi vakolat muddatiga oʻz nomzodini koʻrsatish istagini bildirgan sudya vakolatlari muddati tugashiga kamida olti oy qolganda arizani va zarur hujjatlarni tegishli sudyalarning malaka hayʼatiga beradi.
Boshqa sudyalik lavozimiga oʻz nomzodini koʻrsatish istagini bildirgan sudya, buning sabablari va asoslarini koʻrsatgan holda Kengashga ariza beradi.
Sudyalar oliy malaka hayʼati sudyani yangi muddatga yoki boshqa sudyalik lavozimiga tayinlash mumkinligi haqida Kengashga xulosa taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kengash viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari, rais oʻrinbosarlari, tumanlararo, tuman, shahar sudlari raislari, rais oʻrinbosarlari va sudyalari, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari raislari, rais oʻrinbosarlari va sudyalari, tumanlararo maʼmuriy sudlar raislari, rais oʻrinbosarlari va sudyalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisi, rais oʻrinbosari va sudyalari, hududiy harbiy sudlarning raislari lavozimlariga nomzodlar boʻyicha jamoatchilik fikrini Kengash tomonidan tasdiqlanadigan tartibga koʻra oʻrganadi.
(241-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-717-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2021-y., 03/21/717/0892-son)
Sudyaning vakolatlari muddati tugaganidan keyin Kengash uch oy ichida nomzodning sudyalik lavozimiga munosibligi yoki nomunosibligi haqidagi masalani koʻrib chiqishi kerak.
Agar sudya oʻzi daʼvogar boʻlgan lavozim talablariga javob bermasa, Kengash uni quyi turuvchi sudyalik lavozimiga koʻrib chiqish masalasini kun tartibiga kiritishga haqli.
Ilgari sudyalik lavozimida ishlagan shaxslarni sudyalik lavozimiga koʻrsatish toʻgʻrisidagi masala yangi vakolatlar muddatiga va boshqa sudyalik lavozimlariga taqdim etilgan sudyalar uchun qonunda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
(241-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-566-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)
25-modda. Sudyalarning kasbiy tayyorgarligini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Sudyalarning kasbiy tayyorgarligini tashkil etish sudyalarni oʻqitish va ularning malakasini oshirish, shuningdek sudyalarni qonunchilikdagi oxirgi oʻzgartishlar hamda zamonaviy huquqni qoʻllash amaliyoti bilan tanishtirish maqsadida amalga oshiriladi.
(25-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Kengash sudyalarning kasbiy tayyorgarligini tashkil etishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Adliya vazirligi, Oʻzbekiston sudyalar assotsiatsiyasi, ilmiy muassasalar, jamoatchilik vakillari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Sudyalar malakasini oshirish tadbirlari sudyalar faoliyatini oʻrganish va baholash natijalariga koʻra, odil sudlovni amalga oshirishda aniqlangan tizimli kamchiliklar hisobga olingan holda tashkil etiladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-141-sonli “Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni
5-bob. Kengash aʼzosining mustaqilligi kafolatlari va maqomi. Moddiy va ijtimoiy taʼminot
26-modda. Kengash aʼzosining mustaqilligini taʼminlash
Kengash aʼzosining mustaqilligi quyidagilar orqali taʼminlanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
uning qonunda belgilangan tartibda saylanishi;
(26-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 9-iyundagi OʻRQ-1067-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2025-y., 03/25/1067/0498-son)
uning daxlsizligi;
Kengash majlislari maslahatlashuvining sir tutilishi;
uning yuksak maqomiga muvofiq unga davlat hisobidan moddiy va ijtimoiy taʼminot berilishi.
27-modda. Kengash aʼzosining vakolatlari muddati
Oldingi tahrirga qarang.
Kengash aʼzosi besh yil muddatga saylanadi.
(27-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 9-iyundagi OʻRQ-1067-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2025-y., 03/25/1067/0498-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Kengashning oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi aʼzosi surunkasiga ikki muddatdan ortiq saylanishi mumkin emas.
(27-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 9-iyundagi OʻRQ-1067-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2025-y., 03/25/1067/0498-son)
28-modda. Kengash aʼzosining daxlsizligi
Oldingi tahrirga qarang.
Sudyalar orasidan saylangan Kengash aʼzosiga nisbatan ushbu moddaning oʻziga xos xususiyatlari inobatga olingan holda, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida sudyalar uchun nazarda tutilgan daxlsizlik kafolatlari tatbiq etiladi.
(28-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 9-iyundagi OʻRQ-1067-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2025-y., 03/25/1067/0498-son)
Kengash aʼzosi Kengashning roziligisiz jinoiy va maʼmuriy javobgarlikka tortilishi, shuningdek qamoqqa olinishi mumkin emas.
Kengash aʼzosiga nisbatan jinoyat ishi faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 64-moddasi.
29-modda. Kengashning oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi aʼzosi moddiy va ijtimoiy taʼminoti
Oldingi tahrirga qarang.
Kengashning oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi aʼzosining ish haqi lavozim maoshi, malaka darajasi (mansab darajasi va boshqalar), koʻp yillik xizmati uchun toʻlanadigan ustamalar va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iboratdir.
(29-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(29-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi OʻRQ-646-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sudyalar orasidan saylangan Kengash aʼzolarining sudyalik maqomi va sudyalar uchun belgilangan barcha imtiyozlari Kengash aʼzosi lavozimida boʻlishi davrida saqlanib qoladi.
(29-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 9-iyundagi OʻRQ-1067-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2025-y., 03/25/1067/0498-son)
30-modda. Kengash aʼzosining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish
Kengash aʼzosining vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi:
vakolatini zimmasidan soqit qilish haqida ariza berganda;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda;
oʻz faoliyatini amalga oshirishiga toʻsqinlik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar paydo boʻlganda;
belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganda;
vafot etganda yoki sudning qarori bilan vafot etgan deb eʼlon qilinganda;
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
oʻzining shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan xatti-harakatlar sodir etganda.
31-modda. Kengash aʼzosining vakolatlari tugaganidan keyin uni ish bilan taʼminlash kafolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Kengash raisi, uning oʻrinbosari va kotibining vakolatlari tugaganidan keyin ularga lavozimga saylanishiga qadar egallab turgan avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud boʻlmaganda esa, avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) beriladi.
(31-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 9-iyundagi OʻRQ-1067-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2025-y., 03/25/1067/0498-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sudyalar orasidan saylangan Kengash aʼzolari oʻz vakolatlari muddati tugaganidan keyin sudyalik faoliyatini avvalgi lavozimida yoki shunga teng boʻlgan boshqa sudyalik lavozimida davom ettiradi.
(31-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 9-iyundagi OʻRQ-1067-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2025-y., 03/25/1067/0498-son)
32-modda. Kengashning ijro etuvchi devoni xodimlarining moddiy va ijtimoiy taʼminoti
Oldingi tahrirga qarang.
Kengashning ijro etuvchi devoni xodimining ish haqi lavozim maoshi, mansab darajalari, koʻp yillik xizmat muddati uchun toʻlanadigan ustamalar va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iboratdir.
(32-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Kengash raisining qaroriga binoan Kengash ijro etuvchi devonining xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining xodimlari uchun belgilangan tartibda mansab darajalari beriladi, mansab darajalari uchun qoʻshimcha haq, koʻp yillik xizmat muddati uchun ustamalar toʻlanadi.
Kengashning ijro etuvchi devoni xodimlariga mansab darajalarini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
33-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining Reglamenti
Kengash oʻz ishini oʻzi tasdiqlaydigan Reglamentga muvofiq tashkil etadi.
34-modda. Kengash faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan taʼminlash
Oldingi tahrirga qarang.
Kengash faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(34-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-maydagi PQ-2951-son “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan taʼminlash toʻgʻrisida”gi qarori.
35-modda. Kengash aʼzosining va Kengash ijro etuvchi devoni xodimining guvohnomasi
Kengash raisiga va uning oʻrinbosariga guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, Kengashning boshqa aʼzolari va ijro etuvchi devoni xodimlariga esa, Kengash raisi tomonidan beriladi.
36-modda. Ushbu Qonunning ijrosini,yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
37-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(37-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
38-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2017-yil 7-apreldagi 69 (6763)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 6-aprel,
OʻRQ-427-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 14-son, 214-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son; 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 21.09.2021-y., 03/21/717/0892-son; 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son; 10.06.2025-y., 03/25/1067/0498-son)