Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti ishini tashkil etish toʻgʻrisida
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti (keyingi oʻrinlarda — Oliy sud huzuridagi Departament) toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oliy sud huzuridagi Departament va uning hududiy boʻlimlarining shtat jadvali 2-ilovaga muvofiq;
Oliy sud huzuridagi Departament va uning hududiy boʻlimlari xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga Oliy sud huzuridagi Departamentning tasdiqlangan tuzilmasi va shtat jadvaliga xodimlarning belgilangan cheklangan soni va ish haqi fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
2. Belgilansinki:
Oliy sud huzuridagi Departament oʻz faoliyati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga hisobot beradigan mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi va unga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor boshchilik qiladi;
Oliy sud huzuridagi Departament va uning hududiy boʻlimlari xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi hamda viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarning xodimlari uchun oʻrnatilgan tartibda mehnatga haq toʻlash shartlari, mansab darajalari tatbiq etiladi, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda egallab turgan lavozimi va ish stajiga muvofiq uzoq muddat xizmat qilganlik uchun ustama haq toʻlanadi;
Oliy sud huzuridagi Departament direktori oʻrinbosari va hududiy boʻlimlari boshliqlari Oliy sud huzuridagi Departament direktori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Belgilansinki, sudlarning, Oliy sud huzuridagi Departament va uning hududiy boʻlimlarining joriy faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnika jihatidan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hamda Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-oktabrdagi PF-5209-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 06/17/5208/0140-son)
Oliy sud huzuridagi Departament budjet mablagʻlari taqsimlanishini va ularni sudlarga yetkazilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan kelishilgan holda taʼminlaydi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda Oliy sud huzuridagi Departament va uning hududiy boʻlimlarining ularga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarishlari uchun joylashtirilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi:
bir oy muddatda Oliy sud huzuridagi Departament va uning hududiy boʻlimlarini yuqori malakali kadrlar bilan, birinchi navbatda, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamentidan boʻshatilayotgan xodimlar hisobidan toʻldirsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy hayʼati, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlar tomonidan foydalanilayotgan kompyuter texnikalari, avtotransport vositalari, binolar va boshqa mulklarni, shu jumladan xizmat turar joylarini Oliy sud huzuridagi Departament balansiga oʻtkazilishini taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi bilan birgalikda 2017-yilning oxirigacha xoʻjalik sudlari tomonidan foydalanilayotgan va ularning balansida boʻlgan kompyuter texnikalari, avtotransport vositalari, binolar va boshqa mulklarni, shu jumladan xizmat turar joylarini Oliy sud huzuridagi Departament balansiga oʻtkazilishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan birgalikda bir oy muddatda Oliy sud huzuridagi Departament va uning hududiy boʻlimlarining shtat jadvallari va xarajatlar smetasini roʻyxatdan oʻtkazish choralarini koʻrsin;
ushbu qarorni amalga oshirish bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur boʻlgan budjet mablagʻlarini 2017-yilda ajratsin, 2018-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
7. Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasining Kuzatuvchi kengashi:
uch oy muddatda asoslantirilgan hisob-kitoblar boʻyicha Oliy sud huzuridagi Departament va uning hududiy boʻlimlarining moddiy-texnika bazasini shakllantirish, ularning samarali ishlashini tashkil etish uchun zarur kompyuter va nusxa koʻpaytirish texnikasi, aloqa vositalari, dasturiy vositalar, idora mebeli bilan jihozlash hamda 15 dona xizmat yengil avtomobillarni, shu jumladan Oliy sud huzuridagi Departament uchun 1 dona xizmat yengil avtomobili va uning hududiy boʻlimlari uchun 14 dona “Damas” rusumli avtomobillarni xarid qilish va taʼminoti uchun mablagʻlar ajratsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-oktabrdagi PF-5209-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 06/17/5208/0140-son)
8. Belgilansinki, Oliy sud huzuridagi Departament talabnomasi boʻyicha:
“Oʻzavtosanoat” AJ zarur transport vositalarining ajratilishini taʼminlaydi;
“Oʻzbekneftegaz” MXK Oliy sud huzuridagi Departamentning transport vositalari va generatorlari uchun zarur avtobenzin, siqilgan gaz va dizel yonilgʻilari limitlarining ajratilishini taʼminlaydi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
uch oy muddatda fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan foydalanilayotgan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamenti balansida boʻlgan kompyuter texnikalari, avtotransport vositalari, binolar va boshqa mulklarni, shu jumladan xizmat turar joylarini Oliy sud huzuridagi Departament balansiga oʻtkazsin;
2017 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamenti organlari tomonidan, sudlar bilan birgalikda foydalanilayotgan binolarning bosqichma-bosqich boʻshatilishini taʼminlasin.
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamenti soʻroviga asosan foydalanilmayotgan noturar joy binolarni berishni, shuningdek yangi binolar va xizmat turar joylari qurish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalari belgilangan tartibda ajratilishini taʼminlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
12. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O. Murodov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 7-aprel,
PQ-2872-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-apreldagi PQ-2872-sonli qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti toʻgʻrisidagi
NIZOM
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi sudlar faoliyatini taʼminlash departamentining (keyingi oʻrinlarda — Oliy sud huzuridagi Departament) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, shuningdek faoliyatini tashkil etishni belgilab beradi.
I. Umumiy qoidalar
1. Oliy sud huzuridagi Departament Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining idoraviy boʻysunuvida boʻlib, oʻz faoliyati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga hisobot beradi.
2. Oliy sud huzuridagi Departament sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash boʻyicha funksiyalarni amalga oshiruvchi davlat organi hisoblanadi.
Oliy sud huzuridagi Departament tuzilmasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlimlari kiradi.
Oliy sud huzuridagi Departament oʻz faoliyatini bevosita va hududiy boʻlimlar orqali amalga oshiradi.
3. Oliy sud huzuridagi Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Oliy sud huzuridagi Departament oʻz faoliyatini sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat idoralari hamda tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Oliy sud huzuridagi Departament faoliyatiga rahbarlikni muvofiqlashtirish va nazorat qilish, shuningdek, uning ishini meʼyoriy-uslubiy taʼminlash yoʻli bilan amalga oshiradi.
6. Oliy sud huzuridagi Departament oʻz faoliyatini sudlarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga boʻysunishi prinsipiga asoslangan holda amalga oshiradi. Oliy sud huzuridagi Departamentning sudlarning odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
II. Oliy sud huzuridagi Departamentning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligi
7. Oliy sud huzuridagi Departamentning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash boʻyicha ishni tashkil etish, shuningdek uni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
sudlar binolarini qurish va taʼmirlash uchun ajratilgan mablagʻlarning samarali oʻzlashtirilishini taʼminlash, sudlar faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrish;
sudyalar va sud apparati xodimlarining mehnat sharoitlarini, moddiy va ijtimoiy taʼminotini yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlashning joriy ahvolini tizimli tahlil qilish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlashni rivojlantirish yuzasidan uzoq muddatli kompleks dasturlar tayyorlash;
sudyalar va sud protsesslarining xavfsizligini taʼminlash ishlarini tashkil etish.
8. Oliy sud huzuridagi Departament, unga yuklatilgan vazifalariga muvofiq:
sudlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda navbatdagi moliya yilida ularning faoliyatini moliyalashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va ularni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda moliyaviy mablagʻlarni tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari orqali sudlarga yetkazadi;
sudlar faoliyatini zarur darajada taʼminlash masalalari boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
sudyalar va sud protsesslarining xavfsizligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlaydi, ushbu maqsadlar uchun ichki ishlar organlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning kuch va vositalarini belgilangan tartibda jalb qiladi;
hududiy boʻlimlarni boshqaradi va ularning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Oliy sud bilan birgalikda markaziy apparat, hududiy boʻlimlar kadrlarini tanlash va joy-joyiga qoʻyishni amalga oshiradi, ularni kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qiladi;
oʻz vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari, takliflari va shikoyatlarini koʻrib chiqadi;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
9. Oliy sud huzuridagi Departamenti oʻz vakolatlari doirasida quyidagilarga haqli:
oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun ilmiy va boshqa tashkilotlar, olimlar va mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb qilish;
qonun hujjatlariga muvofiq, sudlar va Oliy sud huzuridagi Departament organlarini moddiy-texnik taʼminlash boʻyicha buyurtmachi sifatida ishtirok etish;
oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tegishli organlar va tashkilotlardan zarur maʼlumotlar, hujjatlar va boshqa materiallarni belgilangan tartibda olish;
fuqarolik-huquqiy bitimlarni tuzish.
10. Oliy sud huzuridagi Departament sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash, ularga zarur shart-sharoitlar yaratish boʻyicha ishlarni samarali tashkil etish uchun javob beradi.
III. Oliy sud huzuridagi Departament faoliyatini tashkil etish
11. Oliy sud huzuridagi Departamentga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor boshchilik qiladi.
Oliy sud huzuridagi Departament direktori moddiy, tibbiy va transport taʼminoti shart-sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
12. Oliy sud huzuridagi Departament direktori oʻrinbosari va hududiy boʻlimlari boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi bilan kelishilgan holda Oliy sud huzuridagi Departament direktori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Oliy sud huzuridagi Departament markaziy apparatining boshqa xodimlari Oliy sud huzuridagi Departament direktori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Hududiy boʻlimlarning xodimlari (yordamchi xodimlardan tashqari) hududiy boʻlim boshligʻi taqdimnomasiga koʻra Oliy sud huzuridagi Departament direktori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
13. Oliy sud huzuridagi Departamentning hududiy boʻlimlari joylarda sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash ishlarini amalga oshiradilar.
Oliy sud huzuridagi Departamentning hududiy boʻlimlari yuridik shaxs hisoblanadi, bevosita Oliy sud huzuridagi Departament tomonidan moliyalashtiriladi va oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oliy sud huzuridagi Departament direktoriga hisob beradi.
14. Oliy sud huzuridagi Departament direktori:
1) Oliy sud huzuridagi Departament va uning hududiy boʻlimlari faoliyatiga rahbarlik qiladi;
2) Oliy sud huzuridagi Departament xodimlarini lavozimiga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;
3) Oliy sud huzuridagi Departamentning hududiy boʻlimlari boshliqlarining hisobotlarini eshitadi;
4) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga quyidagilarni kiritadi:
Oliy sud huzuridagi Departamentning hududiy boʻlimlari toʻgʻrisidagi nizomlar loyihalarini;
Oliy sud huzuridagi Departament vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini;
Oliy sud huzuridagi Departament xodimlariga mansab darajalari berish toʻgʻrisidagi takliflarni;
Oliy sud huzuridagi Departament faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlarni;
Oliy sud huzuridagi Departament xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga tavsiya etish toʻgʻrisidagi takliflarni;
5) Oliy sud huzuridagi Departamentning markaziy apparati boʻlimlari toʻgʻrisidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
6) oʻz vakolati doirasida Oliy sud huzuridagi Departament faoliyatini tashkil etish masalalari boʻyicha barcha xodimlar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar, koʻrsatmalar va farmoyishlar chiqaradi;
7) ajratilgan mablagʻlar doirasida Oliy sud huzuridagi Departament xodimlariga ustama haqi, mukofotlar va boshqa ragʻbatlantirishlar toʻlash tartibi va shartlarini qonun hujjatlariga muvofiq belgilaydi;
8) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Oliy sud huzuridagi Departamentning direktori Oliy sud huzuridagi Departamentga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
15. Oliy sud huzuridagi Departamentning direktori boʻlmagan taqdirda uning vakolatlarini direktor oʻrinbosari amalga oshiradi.
16. Oliy sud huzuridagi Departament direktorining oʻrinbosari, boʻlim boshliqlari va boshqa xodimlari oʻz faoliyatlarini Oliy sud huzuridagi Departament direktori tomonidan tasdiqlanadigan funksional vazifalarga muvofiq amalga oshiradilar.
17. Oliy sud huzuridagi Departament va uning hududiy boʻlimlari xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi hamda viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarning xodimlari uchun oʻrnatilgan tartibda mehnatga haq toʻlash shartlari, mansab darajalari tatbiq etiladi, shuningdek qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda egallab turgan lavozimi va ish stajiga muvofiq uzoq muddat xizmat qilganlik uchun ustama haq toʻlanadi.
18. Oliy sud huzuridagi Departament yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va oʻz nomi yozilgan muhrga, shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga hamda qonun hujjatlariga muvofiq ochiladigan bank hisob raqamlariga ega.
Oliy sud huzuridagi Departament operativ boshqaruv huquqi asosida alohida mulkk ega.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Sudlar va Oliy sud huzuridagi Departament faoliyatini moliyalashtirish respublika budjeti hamda Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-oktabrdagi PF-5209-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 06/17/5208/0140-son)
Sudlar va Oliy sud huzuridagi Departamentning taʼminoti uchun respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar alohida satrda koʻrsatiladi.
20. Oliy sud huzuridagi Departamentning moliyaviy faoliyatini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining nazorat-taftish Bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
21. Oliy sud huzuridagi Departamentni tugatish yoki qayta tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Oliy sud huzuridagi Departament qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda ishdan boʻshatilayotgan xodimlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi qonun hujjatlariga muvofiq kafolatlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-apreldagi PQ-2872-sonli qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash Departamenti va uning hududiy boʻlimlari
SHTAT JADVALI

Lavozimlar nomlanishi

Soni

Markaziy apparat

Direktor

1

Direktor oʻrinbosari

1

Yuriskonsult

1

Moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimi

3

Boʻlim boshligʻi

1

Bosh mutaxassis

2

Kapital qurilish va asosiy fondlardan foydalanish boʻlimi

2

Boʻlim boshligʻi

1

Bosh muhandis

1

Kadrlar boʻlimi

1

Bosh inspektor

1

Markaziy buxgalteriya

3

Bosh hisobchi

1

Bosh mutaxassis

2

Jami

12

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlimlari

Boshliq

1

Qurilish va asosiy fondlardan foydalanish boʻyicha bosh muhandis

1

Buxgalteriya

2

Bosh hisobchi

1

Bosh mutaxassis

1

Jami

4

Respublika boʻyicha jami

56

HAMMASI

68

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-apreldagi PQ-2872-sonli qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash Departamenti va uning hududiy boʻlimlari xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash
RAZRYADLARI

Lavozimlar nomlanishi

Mehnatga haq toʻlash razryadlari

Markaziy apparat

Direktor

19

Direktor oʻrinbosari*

Boʻlim boshligʻi

14

Bosh hisobchi

15

Bosh mutaxassis

12

Bosh inspektor

12

Bosh muhandis

12

Yuriskonsult

12

Hududiy boʻlimlar

Lavozimlar nomi

Viloyatlar guruhi boʻyicha

Guruhdan tashqari

1-guruh

2-guruh

3-guruh

Hududiy boʻlim boshligʻi

15

14

13

12

Bosh hisobchi

12

12

11

10

Bosh muhandis

10

10

9

8

Bosh mutaxassis

10

10

9

8

* Direktor lavozimi maoshidan 5 % gacha past.