|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 29.07.2021
|
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
“Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual va Xo‘jalik protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 18-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2017-yil 28-martda ma’qullangan
Senat tomonidan 2017-yil 28-martda ma’qullangan
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi O‘RQ-703-sonli “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Sudlar to‘g‘risida”gi 924–XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan 162–II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1–2, 10-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda; 2004-yil, № 1–2,18-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 249-modda, № 7, 324-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2011-yil, № 4, 104-modda; 2012-yil, № 9/2,244-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 1-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasida:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi;
harbiy sudlar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari;
fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari;
jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari;
tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari;
tuman (shahar) ma’muriy sudlari faoliyat ko‘rsatadi”;
2) 11-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudlarning faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga bo‘ysunishi prinsiplariga qat’iy muvofiq holda O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining vakolatlari va uning faoliyatini tashkil etish tartibi qonun bilan belgilanadi.
Sudlarning faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti tomonidan amalga oshiriladi, ushbu departament to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti:
sudlarning faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlashga doir ishlarni tashkil etadi, shuningdek bu ishlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
sud binolarini qurish va ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘larning samarali sarflanishini ta’minlaydi, sudlarning faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi;
sudyalarning va sudlar apparati xodimlarining mehnat sharoitlarini, moddiy va ijtimoiy ta’minotini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlashning joriy ahvolini tizimli tahlil qiladi, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlashni rivojlantirish yuzasidan uzoq muddatli kompleks dasturlar tayyorlaydi;
sudyalar va sud protsesslarining xavfsizligini ta’minlash ishlarini tashkil etadi”;
3) 12-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining qonunchilik tashabbusi
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida qonunchilik tashabbusi huquqiga ega”;
4) II bo‘limning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“II BO‘LIM. SUDLARNING TUZILIShI”;
5) 13-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organidir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat qilish huquqiga ega”;
6) 14-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi rais, uning birinchi o‘rinbosari — jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining raisi hamda rais o‘rinbosarlari — fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atlarining raislari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyalaridan iborat bo‘ladi hamda quyidagi tarkibda ish olib boradi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati;
Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati;
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati;
Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati;
Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati”;
7) 15-moddaning:
birinchi qismidagi “oliy” degan so‘z chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismidagi “Oliy xo‘jalik sudi” degan so‘zlar “Sudyalar oliy kengashi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8) 17-modda ikkinchi qismining:
to‘rtinchi xatboshisidagi “tarkibi va raislarini” degan so‘zlar “tarkibini” degan so‘z bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshisidagi “oliy” degan so‘z chiqarib tashlansin;
9) 21-moddaning birinchi qismidagi “yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin”;
10) 24-moddaning to‘rtinchi xatboshisidagi “oliy” degan so‘z chiqarib tashlansin;
11) 26-moddaning:
o‘n ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining tarkibi to‘g‘risida, sudlov hay’atlari hamda Sudyalarning oliy malaka hay’ati tarkiblari haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga taqdimnomalar kiritadi”;
quyidagi mazmundagi o‘n oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi bilan kelishilgan holda sudlarning tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritadi”;
o‘n oltinchi — o‘n to‘qqizinchi xatboshilari tegishincha o‘n yettinchi — yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin;
12) 27-moddaning:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“27-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari, rais o‘rinbosarlari — sudlov hay’atlarining raislari”;
birinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari, rais o‘rinbosarlari — sudlov hay’atlarining raislari”;
13) 28-modda chiqarib tashlansin;
14) 2-bobning nomidagi “QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI” degan so‘zlar “QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI SUDI” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
15) 29-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“29-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyat sudining, Toshkent shahar sudining tarkibi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudlari rais, rais o‘rinbosari, sudyalar, xalq maslahatchilaridan iborat bo‘ladi hamda sud rayosati va sudlov hay’atlari tarkibida ish olib boradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudlari rais, rais o‘rinbosari, sudyalardan iborat bo‘ladi hamda sud rayosati va sudlov hay’atlari tarkibida ish olib boradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari rais va sudyalardan iborat bo‘ladi hamda sud rayosati va sudlov hay’atlari tarkibida ish olib boradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari rais va sudyalardan iborat bo‘ladi hamda sud rayosati va sudlov hay’atlari tarkibida ish olib boradi”;
16) 30-moddaning:
nomidagi “Oliy” degan so‘z chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi”;
18) 32-moddaning nomidagi va birinchi xatboshisidagi “Oliy” degan so‘z chiqarib tashlansin;
19) 33-moddaning nomidagi va birinchi xatboshisidagi “Oliy” degan so‘z chiqarib tashlansin;
20) 34-moddaning:
nomidagi va birinchi xatboshisidagi “Oliy” degan so‘z chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
oltinchi — o‘n birinchi xatboshilari tegishincha beshinchi — o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin;
sakkizinchi xatboshisidagi “Umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalarining” degan so‘zlar “Sudyalarning” degan so‘z bilan almashtirilsin;
21) 35-moddaning:
nomidagi va birinchi qismi birinchi xatboshisidagi “Oliy” degan so‘z chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudlari raisining o‘rinbosari yo‘qligida uning vakolatlari Sudyalarning oliy malaka hay’ati qaroriga ko‘ra sudyalardan birining zimmasiga yuklatilishi mumkin”;
22) 3-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3-BOB. FUQAROLIK IShLARI BO‘YIChA TUMANLARARO, TUMAN (ShAHAR) SUDI. JINOYAT IShLARI BO‘YIChA TUMAN (ShAHAR) SUDI. TUMANLARARO, TUMAN (ShAHAR) IQTISODIY SUDI. TUMAN (ShAHAR) MA’MURIY SUDI”;
23) 36-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36-modda. Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman(shahar) ma’muriy sudining tarkibi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudi rais va sudyalardan iborat bo‘ladi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi rais, sudyalar va xalq maslahatchilaridan iborat bo‘ladi.
Tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudi rais va sudyalardan iborat bo‘ladi.
Tuman (shahar) ma’muriy sudi rais va sudyadan iborat bo‘ladi”;
24) 37-moddaning:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“37-modda. Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) ma’muriy sudining vakolatlari”;
quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudi xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi fuqaroviy-huquqiy munosabatlarda yuzaga keladigan nizolarni va korporativ nizolarni, shuningdek qonun bilan uning vakolatlari doirasiga berilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi.
Tuman (shahar) ma’muriy sudi davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, shuningdek ular mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan shikoyat va arizalar bo‘yicha ma’muriy nizolarni hamda qonun bilan uning vakolatlari doirasiga berilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi”;
25) 38 — 40-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“38-modda. Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) ma’muriy sudining raisi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) ma’muriy sudining raisi:
sud majlislarida raislik qiladi, sudyalar o‘rtasida ishlarni taqsimlaydi;
fuqarolarni shaxsan qabul qiladi hamda ularni qabul qilish, ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish ishlarini tashkil etadi;
sud apparati ishiga rahbarlik qiladi, sud xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) ma’muriy sudining raisi yo‘qligida uning vakolatlari sudyalarning tegishli malaka hay’ati qaroriga ko‘ra sudyalardan birining zimmasiga yuklatilishi mumkin.
39-modda. Harbiy sudlar tizimi
O‘zbekiston Respublikasining harbiy sudlari tizimi O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi va hududiy harbiy sudlardan iborat.
40-modda. Harbiy sudlarning tarkibi
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi viloyat sudi huquqida ish olib boradi hamda rais, sudyalar va xalq maslahatchilaridan iborat bo‘ladi.
Hududiy harbiy sudlar tuman sudi huquqida ish olib boradi va rais, xalq maslahatchilaridan iborat bo‘ladi”;
26) 41-moddaning to‘rtinchi xatboshisidagi “umumiy yurisdiksiya sudlari” degan so‘zlar “sudlar” degan so‘z bilan almashtirilsin;
27) III bo‘lim chiqarib tashlansin;
28) 61-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘ttiz yoshdan kichik bo‘lmagan, oliy yuridik ma’lumotga va yuridik ixtisosligi bo‘yicha, avvalambor, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) ma’muriy sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi bo‘lishi mumkin.
Oliy yuridik ma’lumotga va yuridik ixtisosligi bo‘yicha kamida yetti yillik, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida ikki yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyat sudining, Toshkent shahar sudining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyasi bo‘lishi mumkin.
Oliy yuridik ma’lumotga va yuridik ixtisosligi bo‘yicha kamida o‘n yillik, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi bo‘lishi mumkin.
Sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlar zaxirasida turgan shaxslar belgilangan tartibda o‘qishi va stajirovkani o‘tashi shart. O‘quv va stajirovkani o‘tash davrida ular asosiy ish joyidagi o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda o‘z mehnat vazifalarini bajarishdan ozod qilinadi”;
29) 63-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, rais o‘rinbosarlari, sudyalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan saylanadi.
Viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari va rais o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimdan ozod etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlarining raislari va rais o‘rinbosarlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan saylanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlarining sudyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining raislari va sudyalari O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan tayinlanadi.
Harbiy sudlarning, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining raislari va sudyalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimdan ozod etiladi”;
30) quyidagi mazmundagi 631 va 632-moddalar bilan to‘ldirilsin:
“631-modda. Sudyaning vakolat muddati va uni hisoblash tartibi
Sudya birinchi marta besh yillik muddatga, navbatdagi o‘n yillik muddatga va sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga belgilangan tartibda tayinlanadi yoki saylanadi.
Sudya o‘z vakolati muddati davomida harbiy sudning, viloyat va Toshkent shahar sudining sudyasi, tumanlararo, tuman (shahar) sudining raisi va sudyasi lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining sudyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlararo, tuman (shahar) sudining raisi va sudyasi lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan qayta tayinlanishi mumkin. Bunda bir sudning o‘zida sudyalik lavozimida bo‘lish muddati ikki yildan kam bo‘lmasligi kerak.
Sudyaning qayta tayinlanishi masalasi uning arizasiga asosan Sudyalar oliy malaka hay’atining tavsiyasiga binoan kiritiladi.
Sudyaning vakolat muddati uning sudyalik lavozimida faoliyat yuritgan umumiy stajidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
632-modda. Sud raislarining vakolat muddati
Sud raislari besh yil muddatga saylanadi yoki tayinlanadi. Ayni bir shaxs tegishli sudda surunkasiga ikki muddatdan ortiq rais etib saylanishi yoki tayinlanishi mumkin emas.
Sud raisining rais sifatidagi vakolat muddati tugagach, u o‘zining faoliyatini o‘z roziligi bilan shu sudda sudyalik lavozimida davom ettiradi yoxud qolgan vakolat muddatiga o‘z roziligi bilan boshqa sudyalik lavozimiga saylanadi yoki tayinlanadi”;
31) 64-modda uchinchi qismining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan almashtirilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlarining sudyalari –Qoraqalpog‘iston Respublikasining tegishli sudlari rayosati majlisida”;
32) 66-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudyalar o‘z vakolatlari doirasida ishlarni ko‘rish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va boshqa qonunlariga so‘zsiz rioya etishi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, sha’ni, qadr-qimmati va mol-mulki, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashi, beg‘araz va adolatli bo‘lishi shart”;
33) quyidagi mazmundagi 661-modda bilan to‘ldirilsin:
“661-modda. Sudyalik lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyalari uchun sudyalik lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshi yetmish yoshni, boshqa sudlarning sudyalari uchun oltmish besh yoshni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, boshqa sudlarning sudyasi lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshi sudyaning roziligi bilan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan besh yilgacha uzaytirilishi mumkin.
Sudya pensiya yoshiga yetganda yoki pensiyaga chiqishning qonun hujjatlarida belgilangan boshqa asoslari mavjud bo‘lgan taqdirda, pensiyaga chiqish huquqini saqlab qoladi”;
34) 70-moddaning:
ikkinchi qismidagi “Oliy xo‘jalik sudi raisi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi va beshinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudya O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi olinmasdan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi mumkin emas.
Sudya O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi olinmasdan ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin emas”;
yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tumanlararo, tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudning sudyasiga nisbatan jinoyat ishi yuqori turuvchi sud sudloviga, boshqa sudlarning sudyalariga nisbatan esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishlidir”;
35) 71-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudyalarning vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan sudyalarning tegishli malaka hay’ati qarori bilan quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi mumkin, agar”;
36) 72-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudyaning vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi:
1) sudyaning qasamyodini buzgan taqdirda;
2) yozma ariza bergan taqdirda;
3) sudyalarning tegishli malaka hay’ati tomonidan ogohlantirish qilinganidan yoki vakolatlari to‘xtatilganidan keyin u sudya lavozimiga zid faoliyat bilan shug‘ullanishni davom ettiravergan taqdirda;
4) belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan taqdirda;
5) O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotgan taqdirda;
6) unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda;
7) vafot etganda yoki sudning qarori bilan vafot etgan deb e’lon qilingan taqdirda;
8) sog‘lig‘ining holatiga yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra uzoq vaqt mobaynida sudyalik vazifasini bajarishga qodir bo‘lmay qolgan taqdirda;
9) sud raisining vakolat muddati tugashi munosabati bilan, agar u boshqa sudyalik lavozimiga o‘tishga rozilik bermasa.
Ushbu moddada nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining vakolatlari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan;
viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raisining va rais o‘rinbosarining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining vakolatlari — O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan;
harbiy sudlar, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudyasining, tumanlararo,tuman (shahar) sudlari raisining va sudyasining vakolatlari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlari sudyasining vakolatlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasiga asosan kiritiladigan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan muddatidan ilgari tugatiladi.
Sudyaning vakolatlarini ushbu modda birinchi qismining 1, 3 va 8-bandlarida nazarda tutilgan hollarda sudyalarning tegishli malaka hay’ati qarori asosida muddatidan ilgari tugatishga yo‘l qo‘yiladi.
Sudya qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudyalarning malaka hay’ati qarori ustidan shikoyat qilishga haqli.
Xalq maslahatchilarining vakolatlari ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha muddatidan ilgari tugatiladi, bundan ushbu modda birinchi qismining 1, 3 va 9-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan asoslar mustasno”;
37) 73-moddaning:
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
uchinchi va to‘rtinchi qismlari tegishincha ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblansin;
38) 74-moddaning ikkinchi — to‘rtinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudyalarning malaka hay’atlari O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishida unga ko‘maklashadi.
Sudyalar oliy malaka hay’ati O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan besh yil muddatga saylanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudyalarining malaka hay’atlari tegishli sudlar sudyalarining konferensiyalarida besh yil muddatga saylanadi”;
39) 77-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud apparati xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi tomonidan belgilanadigan tartibda attestatsiyadan o‘tadi”;
40) 78-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi sudlarining tuzilmasi va shtat birligining soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Sudlarning shtatlar jadvali O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi zarur bo‘lgan hollarda sudlarning shtatlar jadvaliga shtat birligi va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritadi”;
41) 79-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudlarni moliyalashtirish, ularning moddiy-texnika va o‘zga xil ta’minoti, binolarini qo‘riqlash va saqlab turish respublika budjetining hamda Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Ajratiladigan mablag‘larning miqdori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ajratilgan mablag‘larni taqsimlash:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlari, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari va harbiy sudlar uchun — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti tomonidan;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi uchun — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan amalga oshiriladi.
Har bir sud alohida bino, qo‘riqlash va avtotransport bilan ta’minlanadi”;
42) 80 va 81-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“80-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining matbuot organlari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi o‘z matbuot organlariga ega.
81-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzurida maslahat organi bo‘lgan va jamoatchilik asosida ishlaydigan ilmiy-maslahat kengashi tuziladi. Uning vazifasiga qonun hujjatlarini qo‘llash yuzasidan sud amaliyotida kelib chiqadigan masalalar bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish kiradi”;
43) 83-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“83-modda. Sudlarda davlat ramzlari
Sud binosida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ko‘tariladi va Davlat gerbining tasviri o‘rnatiladi, sud zallarida esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri o‘rnatiladi”;
44) 85-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisiga, rais o‘rinbosariga va sudyalariga guvohnomalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, harbiy sudlarning, tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining sudyalariga guvohnomalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi tomonidan beriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)
4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda amaldagi huquqni qo‘llash amaliyotini tanqidiy jihatdan tahlil qilish, keng jamoatchilik muhokamasining natijalari, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish asosida O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi loyihalarini 2017-yil 1-sentabrgacha bo‘lgan muddatda tayyorlasin va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritsin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda uning mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlasin.
5-modda.Ushbu Qonun 2017-yil 1-iyundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti to‘g‘risidagi, shuningdek sudyalarni saylash, tayinlash tartibi va ularning vakolatlari muddatlari haqidagi qoidalar ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2017-yil 13-apreldagi 73 (6767)-sonida e’lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 12-aprel,
O‘RQ-428-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 15-son, 242-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)