1. Saylov kampaniyasi davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Xalqaro matbuot markazi bir hafta muddatda:
ommaviy axborot vositalari eʼtiboriga saylovlarni yoritish uchun akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibini yetkazsin;
ommaviy axborot vositalari vakillari uchun belgilangan namunadagi guvohnomalar tayyorlanishini taʼminlasin.
3. Viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari viloyat va tuman (shahar) miqyosidagi ommaviy axborot vositalari vakillarining akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi murojaatlarini belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilishi, akkreditatsiyadan oʻtkazilishi va belgilangan namunadagi guvohnomalar berilishini taʼminlasin.
4. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
5. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi X. Mamatov zimmasiga yuklansin.
Rais M. ABDUSALOMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 5-oktabr,
952-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 5-oktabrdagi 952-son qaroriga ILOVA
Saylov kampaniyasi davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga (bundan buyon matnda Saylov kodeksi deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) va Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga (bundan buyon matnda mahaliy Kengash deb yuritiladi) saylov kampaniyasini yoritish uchun xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalari (bundan buyon matnda OAV deb yuritiladi) vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
1. Oʻzbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari saylovga tayyorgarlikning borishi va u qanday oʻtayotganligini yoritib boradilar. Saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir barcha tadbirlarda qatnashish uchun OAV vakillari akkreditatsiyadan oʻtkaziladi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil 13-maydagi 1254-sonli qarori tahririda)
OAV vakillarining vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda MSK deb yuritiladi), hududiy, tuman va shahar saylov komissiyalari tomonidan berilgan guvohnomalar bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovi bir vaqtda oʻtkazilgan taqdirda — OAV vakillari MSK tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkaziladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
2. OAV saylov kampaniyasi boshlanganligi rasman eʼlon qilingandan keyin MSK tomonidan belgilangan kundan boshlab, saylovga kamida oʻn kun qolguniga qadar MSK, hududiy, tuman va shahar saylov komissiyalariga oʻz vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida murojaat qilishi mumkin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
3. MSK, hududiy, tuman va shahar saylov komissiyalari tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazilgan OAV vakillariga tegishincha mazkur Nizomning 1 va 2-ilovalariga muvofiq shakldagi guvohnomalar beriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
31. OAV oʻz vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun tegishli saylov komissiyasiga “E-saylov” axborot tizimi orqali murojaat qilishi mumkin.
OAV vakillariga guvohnomalar elektron shaklda “E-saylov” axborot tizimi orqali berilganda guvohnoma tegishli saylov komissiyasi raisi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
4. OAV vakilining vakolat muddati unga akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma berilgan kundan boshlanadi va saylov yakunlari rasman eʼlon qilingan kuni tugaydi.
Tegishli saylov komissiyasi tomonidan takroriy ovoz berish yoki takroriy saylov oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, OAV vakili guvohnomasining amal qilish muddati takroriy ovoz berish yoki takroriy saylov natijalari toʻgʻrisida qaror qabul qilingunga qadar uzaytirilgan deb hisoblanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil 13-maydagi 1254-sonli qarori tahririda)
II bob. Mahalliy OAV vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasi davrida saylovni yorituvchi mahalliy OAV vakillari — MSK tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkaziladi.
Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar saylovlari kampaniyasi davrida saylovlarni:
respublika miqyosida yorituvchi mahalliy OAV vakillari — MSK tomonidan;
viloyat, Toshkent shahar miqyosida yorituvchi mahalliy OAV vakillari — hududiy saylov komissiyasi tomonidan;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
tuman (shahar) miqyosida yorituvchi mahalliy OAV vakillari — tuman (shahar) saylov komissiyasi tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkaziladi.
Viloyat, tuman (shahar) miqyosida saylov tadbirlarini yoritish uchun akkreditatsiyadan oʻtgan mahalliy OAV vakillariga berilgan guvohnoma tegishli hudud doirasida amal qiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil 13-maydagi 1254-sonli qarori tahririda)
6. Mahalliy OAV Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlgan, oʻn sakkiz yoshga toʻlgan oʻz vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun murojaat qilishi mumkin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qaroriga asosan birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Akkreditatsiya uchun respublika, viloyat, tuman va shahar miqyosidagi mahalliy OAV rahbarlari mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan tegishli saylov komissiyalariga ariza bilan murojaat qiladi.
Mahalliy OAVning arizasida akkreditatsiyaga taqdim etilgan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi koʻrsatiladi hamda unga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
mahalliy OAVning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi nusxasi;
har bir xodim uchun toʻldirilgan OAV vakilini akkreditatsiyadan oʻtkazish anketasi;
xodimning elektron fotosurati (oq fonda, 3x4 sm oʻlchamda, jpeg formatda, kamida 100 KV hajmda, piksel zichligi 600dri, soʻnggi 90 kun ichida olingan boʻlishi hamda xodimning yuzi va yelkalarining yuqori qismi koʻrinib turishi, fayl nomi fotosuratdagi shaxsning familiyasi va ismidan iborat boʻlishi kerak).
Mahalliy OAV vakilini akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun ariza va anketa mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq toʻldiriladi.
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar MSKga elektron shaklda yuboriladi. Bunda, mazkur bandning ikkinchi — beshinchi va yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar pdf formatda boʻlishi lozim.
7. Murojaat besh kun ichida koʻrib chiqilib, tegishli saylov komissiyasining qarori asosida mahalliy OAV vakiliga akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma beriladi.
(6- va 7-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil 13-maydagi 1254-sonli qarori tahririda)
III bob. Xorijiy OAV vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Qonunchilik palatasi saylovlarida xorijiy OAV vakillari MSK tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkaziladi.
MSK xorijiy OAV vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (bundan buyon matnda TIV deb yuritiladi) bilan hamkorlik qiladi.
10. Xorijiy OAV vakillari, shu jumladan TIVdan akkreditatsiyadan oʻtgan xorijiy OAV vakillari saylov kampaniyasini yoritish maqsadida MSKdan akkreditatsiyadan oʻtish uchun TIVga mazkur Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladilar.
Xorijiy OAV vakillari TIVga “E-saylov” axborot tizimi orqali murojaat qilishi mumkin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
11. TIVdan akkreditatsiyadan oʻtmagan xorijiy OAV vakillarining murojaati taqdim etilgan kundan keyin oʻn toʻrt kundan kechikmay TIV tomonidan koʻrib chiqiladi. Zarur maʼlumotlar koʻrsatilmagan, shuningdek belgilangan muddatda berilmagan murojaat koʻrilmasdan qoldiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
xodimning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (identifikatsiya ID-kartasi yoki pasportning fotosuratli beti) nusxasi (pdf formatda);
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
har bir xodim uchun toʻldirilgan OAV vakilini akkreditatsiyadan oʻtkazish anketasi (pdf formatda);
xodimning elektron fotosurati (oq fonda, 3x4 sm oʻlchamda, jpeg formatda, kamida 100 KV hajmda, piksel zichligi 600dri, soʻnggi 90 kun ichida olingan boʻlishi hamda xodimning yuzi va yelkalarining yuqori qismi koʻrinib turishi, fayl nomi fotosuratdagi shaxsning familiyasi va ismidan iborat boʻlishi kerak).
Taqdimnoma besh kunlik muddat ichida koʻrib chiqilib, MSK qarori asosida xorijiy OAV vakiliga akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma beriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil 13-maydagi 1254-sonli qarori tahririda)
IV bob. OAV vakilining huquq va majburiyatlari
13. OAV vakili:
saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir barcha tadbirlarni yoritish;
saylov komissiyalarining majlislarida hozir boʻlish;
saylov komissiyalarining qarorlari nusxalarini OAVda yoritish uchun olish;
nomzodlar koʻrsatishga bagʻishlangan yigʻilishlarda, nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarida ishtirok etish;
muddatidan oldin ovoz berishni oʻtkazish vaqti va joyi haqida xabardor boʻlish hamda ushbu jarayonni kuzatish;
saylov kuni ovoz berish xonalarida, shu jumladan ovozlarni sanab chiqishda hozir boʻlish;
saylov komissiyalarining faoliyatiga hamda ovoz berish jarayoniga xalaqit bermasdan va ovoz berishning yashirinligini buzmasdan foto, video, audio yozuvlarni amalga oshirish (qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylari, harbiy qismlar, davolash muassasalari bundan mustasno);
(13-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil 13-maydagi 1254-sonli qarori tahririda)
saylovchining turgan joyida uning ruxsati bilan ovoz berish jarayonida hozir boʻlish;
tegishincha okrug, tuman, shahar (bundan Toshkent shahar saylov komissiyasi mustasno) saylov komissiyalari tomonidan uchastka saylov komissiyalaridan ovozlarni sanab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomalarni qabul qilib olish hamda okrug boʻyicha saylov natijalarini aniqlashda hozir boʻlish;
(13-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1077-sonli qarori tahririda)
saylovga tayyorgarlik koʻrish va uning oʻtkazilishi boʻyicha oʻz fikrini bayon qilish huquqiga ega.
oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Saylov kodeksiga, ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga va MSKning qarorlariga amal qilishi;
saylov komissiyalarining binolari (xonalari), majlislari va matbuot anjumanlarida guvohnomani boshqalarga koʻrinadigan tarzda doimo taqqan boʻlishi;
majlislar, matbuot anjumanlari, ovoz berish va boshqa tadbirlar tashkil etiladigan binoning oʻzlari uchun ajratilgan joyida saylovga tayyorgarlikning borishi va u qanday oʻtayotganligini yoritishi;
saylov jarayonini yoritishda saylov komissiyasining faoliyatiga hamda ovoz berish jarayoniga xalaqit bermasligi;
barcha darajadagi saylov komissiyalariga, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hamda boshqa tashkilotlarga tashrif buyurganida unga berilgan guvohnomani hamda oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni yonida olib yurishi hamda mansabdor shaxslar talabiga muvofiq ularni koʻrsatishi shart.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil 13-maydagi 1254-sonli qarori tahririda)
15. OAV vakiliga quyidagilar man etiladi:
konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik bilan oʻzgartirishni maqsad qilib qoʻyuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targʻib qiluvchi, xalqning sogʻligʻi va maʼnaviyatiga tajovuz qiluvchi axborotlarni tarqatish;
saylovchilarga taʼsir oʻtkazish, qonunga xilof ravishda biron-bir tashviqot materiali yoki adabiyotini tarqatish;
saylovchi saylov byulleteniga oʻz belgisini qoʻyayotgan paytda ovoz berish kabinasida yoki xonasida boʻlish;
saylovchilardan ular kimni yoqlab ovoz berganliklarini surishtirish yoki saylovchilarga byulletenga belgi qoʻyishda biron-bir tarzda yordam koʻrsatish;
uchastka saylov komissiyasining faoliyatiga, shu jumladan saylov qutilari muhrlanayotgan, ochilayotgan, ovozlar sanab chiqilayotganda aralashish;
saylov kuni va ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin jamoatchilik fikri soʻrovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini, oʻtkazilayotgan saylov bilan bogʻliq boshqa tadqiqotlarni eʼlon qilish.
151. OAV vakili harbiy qismlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan saylov uchastkalariga borishi haqida tegishli saylov komissiyasini kamida uch kun oldin xabardor qilishi kerak.
152. OAV vakili saylov komissiyalarining majlislari, matbuot anjumanlari va boshqa tadbirlarda (bundan buyon matnda tadbir deb yuritiladi) ishtirok etishi haqida tegishli saylov komissiyasini oldindan xabardor qilishi kerak. Bunda, saylov komissiyasi OAV vakillarining tadbirlarda ishtirok etishi uchun zarur sharoit yaratish choralarini koʻradi.
Saylov komissiyasi OAV vakillarining tadbirda ishtirok etishi uchun roʻyxatdan oʻtish muddati, tadbirni oʻtkazish joyi va boshqa tashkiliy masalalarni eʼlon qiladi.
153. Saylov byulletenini toʻldirilgan holatda yoki uni toʻldirish jarayonini suratga yoxud videoga olish, olingan tasvirlarni tarqatish, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish taqiqlanadi.
OAV vakili ovoz berish sirini oshkor qilsa yoxud fuqarolarning xohish-irodasiga taʼsir koʻrsatishga harakat qilsa, u ovoz berish binosidan darhol chiqarib yuboriladi. Bu haqda uchastka saylov komissiyasi qaror qabul qiladi.
154. Quyidagilar OAV vakilini akkreditatsiyadan oʻtkazishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
a) akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda;
b) anketa toʻliq va toʻgʻri toʻldirilmagan boʻlsa;
v) mazkur Nizomda belgilangan muddatlarga rioya etilmaganda;
g) OAV akkreditatsiyadan oʻtayotgan davrda doimiy faoliyat yuritmaganda;
d) veb-sayt sifatida roʻyxatdan oʻtgan OAVning hujjatlarida koʻrsatilgan veb-sayti mavjud boʻlmaganda;
e) OAVning roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan boʻlsa;
j) OAVning chiqarilishi toʻxtatib turilganida yoki tugatilganida;
z) akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizada yoki unga ilova qilingan hujjatda koʻrsatilgan maʼlumotlar haqiqatga mos kelmasa;
i) OAVning Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritishi sud qaroriga muvofiq cheklangan yoki taqiqlanganda;
y) OAV qayta roʻyxatdan oʻtkazilmagan boʻlsa (agar OAV roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng muassis toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, OAVning nomi, tili turi, maqsad va vazifalari haqidagi maʼlumotlarga oʻzgartirishlar kiritilgan boʻlsa);
k) akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun murojaat qilgan OAV vakili ayni vaqtda boshqa bir OAV vakili sifatida ham akkreditatsiyadan oʻtkazilganligi aniqlanganda.
MSK matbuot xizmati OAVga akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarida mavjud kamchiliklarni bartaraf etishni taklif qilishi mumkin.
Hujjatlarda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar bir kunlik muddatda bartaraf etilmagan taqdirda, OAV vakilini akkreditatsiyadan oʻtkazish rad etiladi.
OAV vakilini akkreditatsiyadan oʻtkazish rad etilganida, bu haqda alohida qaror qabul qilinmaydi hamda OAVga uning rad etilganligi toʻgʻrisida mazkur Nizom va (yoki) qonunchilik normalariga asoslangan javob beriladi.
OAV mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan kamchilikni bartaraf qilgan holda saylovga oʻn kun qolgunga qadar qayta murojaat qilishi mumkin.
(151 — 154-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil 13-maydagi 1254-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
16. Quyidagi hollarda OAV vakilining akkreditatsiyasi MSKning qarori bilan muddatidan ilgari tugatilishi mumkin:
OAV vakili Saylov kodeksi, ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari, MSKning qarorlari talablari va ushbu Nizom qoidalarini buzganida;
OAVning roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan boʻlsa;
akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizada yoki unga ilova qilingan hujjatda koʻrsatilgan maʼlumotlar haqiqatga mos kelmasa;
akkreditatsiya qilingan xodim bilan OAV tahririyati oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda;
xodimning akkreditatsiyasini bekor qilishni soʻrab OAV tahririyati tomonidan MSKga yozma murojaat yoʻllangan taqdirda;
OAVning chiqarilishi toʻxtatib turilganida yoki tugatilganida.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil 13-maydagi 1254-sonli qarori tahririda)
161. MSK OAV vakilini akkreditatsiyadan oʻtkazish, akkreditatsiyadan oʻtkazishni rad etish va uning akkreditatsiyasini muddatidan ilgari tugatish masalalarini har tomonlama koʻrib chiqish va asoslangan qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar, qarorlar va boshqa hujjatlarni, davlat organlari hamda boshqa tashkilotlardan soʻrab oladi.
162. Akkreditatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda OAV vakilining murojaatiga asosan bir ish kunida guvohnomaning dublikati beriladi. Bunda, guvohnomaning yuqori oʻng burchagiga “Dublikat” deb yoziladi.
163. Akkreditatsiya qilingan xodim ishdan boʻshatilgan taqdirda OAV tahririyati bu haqda darhol MSKni xabardor qiladi.
(161 — 163-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil 13-maydagi 1254-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
V bob. Yakuniy qoidalar
17. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan kelishilgan.
Kelishilgan:
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori K. ALLAMJONOV
Saylov kampaniyasi davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga 1-ILOVA
OMMAVIY AXBOROT VOSITASI VAKILINI AKKREDITATSIYADAN OʻTGANLIGI TOʻGʻRISIDAGI GUVOHNOMA NAMUNASI
(Saylov nomi va sanasi)
RASM
GUVOHNOMA № __
_________________________________________________
(OAV nomi)
_________________________________________________
(OAV vakilining lavozimi)
_________________________________________________
(familiyasi)
_________________________________________________
(ismi)
Markaziy saylov komissiyasi Raisi
M.Oʻ.
__________
(imzo)
Shaxsini tasdiqlovchi hujjat koʻrsatilganida haqiqiy hisoblanadi.
Izoh: Guvohnomani tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ramzlari, Markaziy saylov komissiyasining logotipi, shuningdek turli bezak va ranglardan foydalanilishi mumkin.
Mazkur guvohnomaning oʻlchami boʻyi 140 mm — eni 100 mm oʻlchamda, ikki tomonlama yozuvda, bir tomoni oʻzbekcha ikkinchi tomoni ruscha yoki bir tomoni oʻzbekcha ikkinchi tomoni inglizcha namunada tayyorlanadi.
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1077-sonli qarori tahririda)
Saylov kampaniyasi davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
OMMAVIY AXBOROT VOSITASI VAKILINI AKKREDITATSIYADAN OʻTGANLIGI TOʻGʻRISIDAGI GUVOHNOMA NAMUNASI
Izoh: Guvohnomani tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ramzlari, shuningdek turli bezak va ranglardan foydalanilishi mumkin.
Mazkur guvohnomaning oʻlchami boʻyi 140 mm — eni 100 mm oʻlchamda, ikki tomonlama yozuvda, bir tomoni oʻzbekcha ikkinchi tomoni ruscha yoki bir tomoni oʻzbekcha ikkinchi tomoni inglizcha namunada tayyorlanadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
Saylov kampaniyasi davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ariza namunasi
TAShKILOT RASMIY BLANKASI
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga
Ariza
Saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir tadbirlarni yoritish maqsadida (OAV nomi va shakli, tarqatish hududi (veb-sayt bundan mustasno) va shakli koʻrsatiladi) quyidagi xodimlarini akkreditatsiyadan oʻtkazishingizni soʻraymiz: 1. 2. 3. ... Akkreditatsiyadan oʻtkazilayotgan xodimlar OAV vakilining huquq va majburiyatlari bilan tanishtirilishi taʼminlandi. Ilova ___ varaqda.
Tashkilot rahbari
F.I.O
Ijrochi: F.I.O Telefon raqami:
OAV VAKILINI AKKREDITATSIYADAN OʻTKAZISh ANKETASI
APPLICATION FORM FOR MEDIA ACCREDITATION
Fotosurat
Photo
3 x 4
jpeg
I. Akkreditatsiyaga taqdim qilingan OAV vakili toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Personal information
Familiyasi
Last name
Ismi
First name
Fuqaroligi
Nationality
Oʻzbekistondagi manzili (xorijiy OAV uchun)
Address in Uzbekistan (for foreign media)
Doimiy yashash joyi
Permanent address
Tugʻilgan sanasi
Date of birth
Tugʻilgan joyi
Place of birth
Lavozimi
Position/Designation
Jinsi
Sex
Erkak
Male
Ayol
Female
E-mail
Telefon
Phone number
Uyali telefon
Mobile phone
II. Ommaviy axborot vositasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Information on the media organization
Tashkilot nomi
Name of media organisation
OAV manzili
Address of media organisation
OAVning turi (bosma, TV-radio, Internet)
Type of media (print, broadcast, Internet)
OAVning elektron pochta manzili
E-mail
OAVning internetdagi rasmiy veb-sayti
Website
Telefon
Phone number
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil 13-maydagi 1254-sonli qaroriga asosan kiritilgan)