O‘zbekiston Respublikasining qonuni
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining reglamenti to‘g‘risida
I. UMUMIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati faoliyatining huquqiy asoslari
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuniga, ushbu Qonunga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
(1-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 92, 93 va 95-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining II bobi.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Senat faoliyatining asosiy prinsiplari
(2-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Senat faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
umumdavlat va mintaqaviy manfaatlarni uyg‘unlashtirish;
masalalarni erkin muhokama qilish va jamoa bo‘lib hal etish;
ochiqlik va oshkoralik;
jamoatchilik fikrini hisobga olish.
(2-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Senat ishi vaqti-vaqti bilan yalpi majlislarga (bundan buyon matnda majlislar deb yuritiladi) va Senat qo‘mitalarining (komissiyalarining) majlislariga chaqiriladigan senatorlarning faoliyatiga asoslanadi.
3-modda. Senat faoliyatining tashkiliy shakli
Senat faoliyatining tashkiliy shakli uning zaruratga qarab, lekin yiliga kamida uch marta o‘tkaziladigan majlislaridir.
Oldingi tahrirga qarang.
Senat majlislari, agar ularning ishida senatorlar umumiy sonining yarmidan ko‘pi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini, konstitutsiyaviy qonunlarini ma’qullash, ularga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqishda senatorlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lishi shart.
(3-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Senatning majlislari ishini tashkil etish uchun ushbu majlislarda majlisning kotibiyati, sanoq komissiyasi va ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanish ustidan nazorat guruhi saylanadi.
(3-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Senatning birinchi majlisi Senat shakllantirilganidan keyin bir oydan kechiktirmay o‘tkaziladi. Mazkur majlisni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi ochadi va Senat Raisi saylangunga qadar unda raislik qiladi.
(3-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Senatning birinchi majlisida uning faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqiladi, shu jumladan, qoida tariqasida:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-moddaning beshinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Senat Raisi va uning o‘rinbosarlari saylanadi;
Senatning qo‘mitalari tuziladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 10-moddasi.
Senatning navbatdan tashqari majlislari O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, Senatning Raisi taklifiga yoki senatorlar umumiy sonining kamida uchdan bir qismining taklifiga binoan chaqirilishi mumkin.
Senatning majlislari ochiq, oshkora o‘tkaziladi va ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritiladi. Senatning qaroriga binoan yopiq majlislar ham o‘tkazilishi mumkin.
Senat va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi), qoida tariqasida, alohida-alohida majlis o‘tkazadi.
Qonunda belgilangan hollarda palatalarning qo‘shma majlislari o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlislari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, Senat Raisining, Qonunchilik palatasi Spikerining taklifiga yoki tegishincha senatorlar yoxud Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismining taklifiga binoan chaqirilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 11-moddasi.
4-modda. Senat Raisini va uning o‘rinbosarlarini saylash
Senatning birinchi majlisi Senat Raisini saylashdan boshlanadi.
Senat Raisligiga va uning o‘rinbosarligiga nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan senatorlar orasidan taqdim etiladi.
Nomzod, agar u yashirin ovoz berish natijasida senatorlar umumiy sonining yarmidan ko‘p ovozini olgan bo‘lsa, Senat Raisi yoki uning o‘rinbosari etib saylangan hisoblanadi.
Senatorlar orasidan saylanadigan Senat Raisining o‘rinbosarlaridan biri Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakili bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 101-moddasi.
Senat Raisi va uning o‘rinbosarlari saylanganligi to‘g‘risida qarorlar qabul qilinadi, qarorlarni Senat majlisida raislik qiluvchi imzolaydi.
5-modda. Senat Raisini va uning o‘rinbosarlarini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish
Senat Raisi yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ining ovozi bilan qabul qilingan Senat qaroriga binoan muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Senat Raisining o‘rinbosarlari yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ining ovozi bilan qabul qilingan Senat qaroriga binoan muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilinishi mumkin.
(5-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Senat Raisini yoki uning o‘rinbosarlarini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga yoki senatorlar umumiy sonining kamida uchdan bir qismining taklifiga binoan Senat tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Senat Raisini yoki uning o‘rinbosarlarini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi, qarorni Senat majlisida raislik qiluvchi imzolaydi.
6-modda. Senat Kengashi
Oldingi tahrirga qarang.
Senatning faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Senat Kengashi tuziladi.
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Senat Kengashining tarkibiga Senat Raisi, uning o‘rinbosarlari va Senat qo‘mitalarining raislari kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Senat Kengashi:
Senat majlisining kun tartibi loyihasini shakllantiradi;
qonunda nazarda tutilgan hollarda Senatning vakolatlariga taalluqli qarorlarni Senatning majlislari oralig‘ida qabul qiladi, ushbu qarorlar keyinchalik Senatning majlisida tasdiqlanadi;
qo‘mitalarning ishini muvofiqlashtirib boradi;
Senatning faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etadi.
Kengash o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha o‘z a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi.
(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuniga asosan uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Senat Kengashiga Senat Raisi rahbarlik qiladi, u Kengashning majlislarini olib boradi va uning qarorlarini imzolaydi.
7-modda. Senatning qo‘mitalarini tuzish
Senat tomonidan senatorlar orasidan palataning vakolatlari muddatiga rais, uning o‘rinbosari va a’zolardan iborat tarkibda qo‘mitalar tuziladi.
Senat Raisi va uning o‘rinbosarlari Senatning qo‘mitalari tarkibiga saylanishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Senatda budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi, sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi, xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi, fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi, yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi, agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi tuzilishi shart. Senatda boshqa qo‘mitalar ham tuzilishi mumkin.
(7-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Senat qo‘mitalarining umumiy soni, qoida tariqasida, sakkiztadan oshmasligi kerak.
Senat qo‘mitasining raisi, uning o‘rinbosari va qo‘mita a’zolari palata majlisida Senat Raisining taqdimiga binoan senatorlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan saylanadi.
Senat qo‘mitasining raisi, uning o‘rinbosari, shuningdek qo‘mita a’zolari saylangani to‘g‘risida Senat qarorlar qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
71-modda. Senatning qo‘mitalari huzurida ekspert guruhlarini tuzish
Qonunlarni muhokama qilishga, nazorat-tahlil tadbirlarini tayyorlashga va o‘tkazishga ko‘maklashish maqsadida Senatning qo‘mitalari huzurida ekspert guruhlari tuziladi.
Ekspert guruhlari davlat organlarining, ilmiy va ta’lim muassasalarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining tegishli sohalarda ilmiy ish tajribasiga, qonun loyihalarini tayyorlash va (yoki) amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan malakali mutaxassislari orasidan tuziladi.
Senatning qo‘mitalari huzurida ekspert guruhlarini shakllantirish va ularning faoliyati tartibi Senat Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi.
(71-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
8-modda. Senatning komissiyalarini tuzish
Senat muayyan vazifalarni bajarish uchun komissiyalar tuzishi mumkin.
Komissiya Senat majlisida senatorlar orasidan komissiya raisi va a’zolari, zarurat bo‘lganda esa komissiya raisining o‘rinbosaridan iborat tarkibda tuziladi.
Komissiya tuzilgani to‘g‘risida Senat qaror qabul qiladi.
Komissiya o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilganidan so‘ng, qaysi muddatga tuzilgan bo‘lsa, shu muddat o‘tganidan keyin yoki Senatning qaroriga binoan muddatidan ilgari o‘z faoliyatini tugatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining komissiyalari (parlament komissiyalari) tashkil etilishi mumkin.
Zarur bo‘lgan hollarda komissiyalar ishiga davlat organlarining va boshqa organlarning vakillari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari jalb etilishi mumkin.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuniga asosan beshinchi va oltinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
II. SENAT MAJLISIDA MASALALARNI KO‘RIB CHIQISH TARTIBI
9-modda. Senat majlisining kun tartibi
Senat majlisida ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan masalalar ularni ko‘rib chiqish navbati, palataning har bir masalani ko‘rib chiqishga tayyorlash uchun mas’ul bo‘lgan qo‘mitalari, ma’ruzachilar (qo‘shimcha ma’ruzachilar), shuningdek boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda majlis kun tartibi loyihasiga kiritiladi.
Senat majlisi kun tartibining loyihasi Senat Kengashi tomonidan tuziladi.
Senatorlar Senat majlisining kun tartibi loyihasiga kiritilgan masalalar to‘g‘risida oldindan xabardor qilinadilar.
Senat majlisining kun tartibi palata qarori bilan tasdiqlanadi.
10-modda. Senat majlislarida ovoz berish shakllari va usullari
Senatning qarorlari uning majlislarida ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali qabul qilinadi. Ochiq ovoz berish nomma-nom bo‘lishi mumkin.
Senat majlislarida ovoz berish ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalangan holda yoki yashirin ovoz berish byulletenlaridan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin.
Senat majlisida ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanilishi ustidan nazoratni senatorlar jumlasidan bo‘lgan guruh amalga oshiradi.
Ovoz berish shakli va usuli to‘g‘risidagi qaror Senat tomonidan ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi, u yoki bu masala yuzasidan ovoz berish shakli va usuli O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida hamda konstitutsiyaviy qonunlarda belgilangan hollar bundan mustasno.
Senator o‘zining ovoz berish huquqini shaxsan amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
III. QONUNLARNI HAMDA SENAT QARORLARINI KO‘RIB CHIQISH TARTIBI. QONUNCHILIK TAKLIFLARI
(III bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
11-modda. Qonunning Senat tomonidan ko‘rib chiqilishi
Senatga kelib tushgan qonun ro‘yxatga olinadi va Senat Raisi tomonidan qonunni ko‘rib chiqadigan hamda uning yuzasidan xulosa tayyorlaydigan qo‘mitaga (bundan buyon matnda mas’ul qo‘mita deb yuritiladi) topshiriladi.
Mas’ul qo‘mitaning xulosasida qonunni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risidagi tavsiya ifodalangan baho bo‘lishi kerak. Qonunni rad etish zarurligi to‘g‘risidagi xulosada mas’ul qo‘mitaning qonunni rad etish zarur deb hisoblashining vajlari bayon etilishi lozim. Mas’ul qo‘mitaning xulosasi Senat Kengashiga taqdim etiladi, Kengash qonunni Senat majlisining kun tartibi loyihasiga kiritish-kiritmaslik to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Senatning majlisida qonunni ko‘rib chiqish ma’ruzachining mas’ul qo‘mita xulosasini o‘qib eshittirishidan boshlanadi. Ko‘rib chiqilayotgan qonun yuzasidan uning muhokamasi tartibida senatorlar so‘zga chiqishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonun Senat tomonidan senatorlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan ma’qullanadi, ushbu Qonunning 13 va 14-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(11-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Senat tomonidan ma’qullangan qonun imzolanishi va e’lon qilinishi uchun Senat qarori bilan birgalikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 99-moddasi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 27-moddasi.
Senatning qonunni rad etish to‘g‘risidagi qarorida rad etish vajlari ko‘rsatilishi kerak. Unda bir vaqtning o‘zida qonunga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish zarurligi to‘g‘risidagi, shuningdek kelishuv komissiyasi tuzish haqidagi takliflar bayon etilishi mumkin.
Senatning qonunni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risidagi qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida Qonunchilik palatasiga yuboriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining IV bobi.
12-modda. Kelishuv komissiyasi
Senat tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan Senat va Qonunchilik palatasi yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Senat a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 25-moddasi.
Senatda kelishuv komissiyasini tuzish to‘g‘risidagi tashabbus Senat Raisidan, shuningdek Senat a’zolari umumiy sonining kamida beshdan bir qismini tashkil etuvchi senatorlardan chiqishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Kelishuv komissiyasining Senatdan ko‘rsatilgan tarkibi uning majlisida, Senat majlislari oralig‘idagi davrda esa uning Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Kelishuv komissiyasining har bir palatadan saylangan a’zolari o‘z tarkibidan ko‘pchilik ovoz bilan komissiya hamraislarini saylaydilar.
Kelishuv komissiyasi qonunning yagona matnini ishlab chiqish maqsadida Senatning har bir e’tirozini alohida-alohida ko‘rib chiqadi.
Kelishuv komissiyasining qarorlari kelishuv komissiyasi tarkibiga kirgan senatorlar va Qonunchilik palatasi deputatlarining alohida-alohida ovoz berishi orqali qabul qilinadi. Qaror, agar komissiyaning har bir palatadan saylangan a’zolarining ko‘pchiligi uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qabul qilingan hisoblanadi.
Kelishuv komissiyasi o‘z ishining natijalari yuzasidan kelishmovchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga olgan xulosa qabul qiladi. Xulosaga qonunga doir o‘zgartishlar va qo‘shimchalar loyihasining matni ilova qilinadi.
Xulosa Senat va Qonunchilik palatasidan saylangan kelishuv komissiyasining hamraislari tomonidan imzolanib, tegishincha Senat va Qonunchilik palatasiga topshiriladi.
Senat kelishuv komissiyasining takliflarini qabul qilgan taqdirda qonun Qonunchilik palatasi tomonidan odatdagi tartibda qayta ko‘rib chiqilishi kerak.
Kelishuv komissiyasining loaqal bitta taklifi rad etilgan taqdirda Senat kelishuv komissiyasiga yangi takliflarni taqdim etish uchun palata tomonidan ma’qullangan tuzatishlarni inobatga olgan holda ishni davom ettirishni taklif qilishi mumkin.
Agar Senat qonunni kelishuv komissiyasining tahririda ma’qullamasa, u rad etilgan qonun sifatida Qonunchilik palatasiga qaytarilishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005-yil 8-noyabrdagi 152-I-son va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 3-dekabrdagi 112-I-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining kelishuv komissiyasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish tartibi”.
13-modda. Qonunni Senat tomonidan qayta ko‘rib chiqish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonun qayta ko‘rib chiqish uchun bevosita Qonunchilik palatasiga yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan va Qonunchilik palatasi qayta ko‘rib chiqishda ilgari qabul qilingan tahrirda ma’qullagan qonun belgilangan tartibda Senatga yuboriladi.
Mas’ul qo‘mita O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan va Qonunchilik palatasi ilgari qabul qilingan tahrirda ma’qullagan qonun yuzasidan xulosa beradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 99-moddasi.
Mas’ul qo‘mitaning xulosasi olinganidan keyin qonunni Senat tomonidan qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi masala belgilangan tartibda Senat majlisining kun tartibi loyihasiga kiritiladi. Senat qayta ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qonunni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Senat tomonidan qayta ko‘rib chiqishda senatorlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan ma’qullangan qonun imzolanishi va e’lon qilinishi uchun Senat qarori bilan birgalikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Senatning qayta ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qonunni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risidagi qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida Qonunchilik palatasiga yuboriladi.
Agar Senat rad etgan yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonun Qonunchilik palatasida qayta ko‘rib chiqilganda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Senatning e’tirozlarini hisobga olgan holda yangi tahrirda qabul qilinsa, ushbu Qonunni Senat yangidan qabul qilingan qonun sifatida belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi.
14-modda. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini, konstitutsiyaviy qonunni, ularga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunlarni ko‘rib chiqishning o‘ziga xos xususiyatlari
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini, konstitutsiyaviy qonunni, ularga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunlarni ma’qullash uchun senatorlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi talab qilinadi.
15-modda. Senat qarorlarini qabul qilish tartibi
Senat qonunlar qabul qilinishi talab etilmaydigan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Qaror loyihasi Senatga kiritilayotganda unga qisqacha tushuntirish xati va boshqa zarur materiallar ilova qilinadi.
Senat Raisi Senat qarorining loyihasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqish uchun mas’ul qo‘mita va muddat belgilaydi.
Senat Kengashi mas’ul qo‘mita vakilining axborotini eshitib, qaror loyihasini Senat majlisining kun tartibiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va ma’ruzachini belgilaydi.
Senat majlisida mas’ul qo‘mita vakilining axboroti eshitiladi va muhokama natijalari yuzasidan senatorlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan Senat qarori qabul qilinadi.
Agar ovoz berish yakunlariga ko‘ra qaror loyihasini qabul qilish to‘g‘risidagi taklif zarur miqdorda ovoz to‘plamagan bo‘lsa, taklif rad etilgan hisoblanadi.
Senatning Qonunchilik palatasi bilan birgalikdagi vakolatlariga kiritilgan masala yuzasidan qabul qilingan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, Qonunchilik palatasiga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
151-modda. Qonunchilik takliflari
Senat O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida Qonunchilik palatasiga kiritishga haqli.
Qonunchilik takliflarini tayyorlash, ko‘rib chiqish va Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentida belgilanadi.
(151-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
IV. NAVBATDAGI YIL UCHUN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BUDJETI TO‘G‘RISIDAGI QONUNNI QABUL QILISH, UNGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH
(IV bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
16-modda. Navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonunni ko‘rib chiqish
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonun (bundan buyon matnda Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonun deb yuritiladi) Senatning ko‘rib chiqishi uchun topshiriladi va Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqiladi.
(16-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonun va budjetnoma Senat majlisida ko‘rib chiqilgunga qadar oldindan senatorlarga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Senatning majlisida Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonunni ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxsning ma’ruzasi bilan boshlanadi.
(16-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonun Senat tomonidan, qoida tariqasida, joriy yilning 15-dekabridan kechiktirmay ma’qullanadi.
17-modda. Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonunga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonunga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun Senatning eng yaqin majlisida ko‘rib chiqilishi kerak.
(17-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
V. SENAT TOMONIDAN MANSABDOR SHAXSLARNI TAYINLASH (SAYLASH)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilini (ombudsmanni) va uning o‘rinbosarini saylash
Qonunchilik palatasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilini (ombudsmanni) va uning o‘rinbosarini saylash to‘g‘risidagi qarorlari Senatga kelib tushganidan keyin Senat o‘z majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilini (ombudsmanni) va uning o‘rinbosarini saylash haqidagi masalalarni ko‘rib chiqadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 16 bandi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni 8-moddasining 16 bandi.
Senatning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilini (ombudsmanni) va uning o‘rinbosarini saylash masalalariga oid qarorlari Qonunchilik palatasiga yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislarida ko‘rib chiqilganidan keyin ushbu masala yuzasidan qabul qilingan uzil-kesil qaror qonunda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
(19-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 10-apreldagi O‘RQ-209-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 15-son, 179-modda)
20-modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish
Qonunchilik palatasining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zolarini saylash to‘g‘risidagi qarori Senatga kelib tushganidan keyin Senat o‘z majlisida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zolarini saylash haqidagi masalani ko‘rib chiqadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 15 bandi, 129-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni 8-moddasining 14-bandi.
Senatning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zolarini saylash masalasi yuzasidan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida Qonunchilik palatasiga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
21-modda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini, Oliy sudini va Sudyalar oliy kengashini, respublika korrupsiyaga qarshi kurashish organining rahbarini va respublika monopoliyaga qarshi organining rahbarini saylash
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, rais o‘rinbosarlari va sudyalari, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi, rais o‘rinbosari, uning a’zolari va kotibi, respublika korrupsiyaga qarshi kurashish organining rahbari va respublika monopoliyaga qarshi organining rahbari lavozimlariga saylash uchun nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Senatga taqdim etiladi.
Senat O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, rais o‘rinbosarlari va sudyalari, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi, rais o‘rinbosari, uning a’zolari va kotibini, respublika korrupsiyaga qarshi kurashish organining rahbarini va respublika monopoliyaga qarshi organining rahbarini saylash to‘g‘risidagi masalani o‘zining navbatdagi majlisida ko‘rib chiqadi. Bu masalalar yuzasidan qarorlar Senat a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Senatning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, rais o‘rinbosarlari va sudyalari, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi, rais o‘rinbosari, uning a’zolari va kotibini, respublika korrupsiyaga qarshi kurashish organining rahbarini va respublika monopoliyaga qarshi organining rahbarini saylash masalasi yuzasidan qarorlari mazkur qarorlar qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Agar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, rais o‘rinbosarlari va sudyalari, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi, rais o‘rinbosari, uning a’zolari va kotibi, respublika korrupsiyaga qarshi kurashish organining rahbari va respublika monopoliyaga qarshi organining rahbari lavozimlariga saylash uchun taqdim etilgan nomzodlar ovoz berish paytida Senat a’zolari ovozlarining zarur sonini ololmasalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Senat ko‘rib chiqishi uchun shu nomzodlarni qaytadan taqdim etishi mumkin. Agar ular qayta rad etilsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Senat ko‘rib chiqishi uchun boshqa nomzodlar taqdim etiladi.
(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22-modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisini, O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarini tayinlash va ularni lavozimidan ozod etish
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisi, O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarini lavozimlarga tayinlash uchun nomzodlarni O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Senatga taqdim etadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 95-moddasining 5-bandi, . O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisini, O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalarining rahbarlarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi masalani Senat o‘zining navbatdagi majlisida ko‘rib chiqadi. Bu masalalar yuzasidan qarorlar Senat a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Senatning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisini, O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalarining rahbarlarini tayinlash yoki ularni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarorlari mazkur qarorlar qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Agar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisi, O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalarining rahbarlarini lavozimlarga tayinlash uchun taqdim etilgan nomzodlar ovoz berish paytida Senat a’zolari ovozlarining zarur sonini ololmasalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Senat ko‘rib chiqishi uchun shu nomzodlarni qaytadan taqdim etishi mumkin. Agar ular qayta rad etilsa, Senat ko‘rib chiqishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan boshqa nomzodlar taqdim etiladi.
(22-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
VI. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI TOMONIDAN KIRITILGAN AYRIM MASALALARNI KO‘RIB CHIQISH
(VI bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklarni va boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini tuzish hamda tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash
Senat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklarni va boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini tuzish hamda tugatish to‘g‘risidagi o‘z tasdig‘iga kiritilgan farmonlari yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Senatning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklarni va boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini tuzish hamda tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash masalasi yuzasidan qarorlari mazkur qarorlar qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
(23-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
24-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining urush holati, umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish to‘g‘risidagi, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish va tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash
Senat o‘z tasdig‘iga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining urush holati e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonini ushbu farmon kelib tushgan paytdan e’tiboran 48 soatdan kechiktirmay, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish to‘g‘risidagi, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish yoki tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini esa ular kelib tushgan paytdan e’tiboran 72 soatdan kechiktirmay ko‘rib chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining urush holati, umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish to‘g‘risidagi, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish va tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash haqidagi masala Senat qo‘mitalarida dastlabki tarzda muhokama qilinmasdan Senat tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Senatning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining urush holati, umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish to‘g‘risidagi, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish va tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash masalasi yuzasidan qarorlari darhol O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 17-bandi va 109-moddasining 18-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 6-maydagi 29-I-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Reglamentining 45-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
25-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimlariga nomzodlarni ko‘rib chiqish va ma’qullash, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga nomzod yuzasidan maslahatlashuvlar o‘tkazish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi ularning nomzodlari Senat tomonidan ma’qullanganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomalari Senatning navbatdagi majlisida ko‘rib chiqiladi.
Senatning O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha qarorlari mazkur qarorlar qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti taklif etgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga nomzod Senat bilan o‘tkazilgan maslahatlashuvlardan keyin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi.
(25-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 95-moddasining 2-3-bandlari.
VII. SENAT TOMONIDAN BOSHQA MASALALARNI KO‘RIB CHIQISH
Oldingi tahrirga qarang.
(251-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
252-modda. O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi har yilgi milliy ma’ruzani eshitish
(252-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi har yili O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida milliy ma’ruza (bundan buyon matnda Milliy ma’ruza deb yuritiladi) tayyorlaydi, Milliy ma’ruza O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori tomonidan Senatga taqdim etiladi.
Senat qo‘mitalari Milliy ma’ruzani dastlabki tarzda ko‘rib chiqadi hamda fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi, fikrlar va takliflar Senatning majlisida majburiy ravishda hamda har tomonlama muhokama qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy ma’ruzani eshitish yakunlari bo‘yicha Senat qaror qabul qiladi, unda O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar bo‘lishi mumkin.
(252-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy ma’ruzani eshitish yakunlari bo‘yicha qabul qilingan Senatning qarori O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga yuboriladi.
(252-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
26-modda. O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazish va uni o‘tkazish sanasini tayinlash haqidagi masalani ko‘rib chiqish
Senat O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazish kerakligi to‘g‘risidagi materiallarni, Qonunchilik palatasining referendum o‘tkazish va uni o‘tkazish sanasini tayinlash to‘g‘risidagi qarorini, shuningdek mazkur masala bo‘yicha mas’ul qo‘mitaning xulosasini ko‘rib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qilishi mumkin:
referendum tayinlash va uni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida;
referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbusni rad etish haqida.
Senatning O‘zbekiston Respublikasining referendumi masalasi yuzasidan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida Qonunchilik palatasiga, shuningdek referendum o‘tkazish tashabbuskorlariga yuboriladi.
Senat O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish va uni o‘tkazish sanasini tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan taqdirda mazkur masala yuzasidan Senat va Qonunchilik palatasining qarorlari ushbu masala yuzasidan Senat qaror qabul qilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 6-maydagi 29-I-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Reglamentining 39-moddasi.
27-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish va ularning amal qilishini to‘xtatib turish
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qonun Senatga shu shartnoma rasmiy matnining tasdiqlangan nusxasi va uni ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini to‘xtatib turish maqsadga muvofiqligining asoslarini o‘z ichiga olgan hujjatlar bilan birgalikda kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi Senat tomonidan ma’qullangan qonun imzolash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
(27-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 3-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 6-maydagi 29-I-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Reglamentining 35-moddasi.
28-modda. Tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini va chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqish
Oldingi tahrirga qarang.
Senat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining belgilangan tartibda kiritilgan taklifiga binoan tumanlarni, shaharlarni, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularni qayta nomlash va ularning chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani Qonunchilik palatasi tomonidan mazkur masala bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilinganidan va Senatga tegishli materiallar kelib tushganidan keyin ko‘rib chiqadi.
Tumanlarni, shaharlarni, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularni qayta nomlash va ularning chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida Qonunchilik palatasi va Senat tomonidan qabul qilingan qarorlar belgilangan tartibda e’lon qilinishi lozim.
(28-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 6-bobi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 6-maydagi 29-I-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Reglamentining 40-moddasi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 6-maydagi 29-I-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Reglamentining 40-moddasi.
29-modda. Amnistiya to‘g‘risidagi hujjatni qabul qilish
Senat amnistiya to‘g‘risidagi hujjatni qabul qilish to‘g‘risidagi masalani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan o‘zining navbatdagi majlisida ko‘rib chiqadi.
Amnistiya to‘g‘risidagi hujjat mazkur hujjat qabul qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida e’lon qilinishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 95-moddasining 7-bandi va 109-moddasining 23-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 6-maydagi 29-I-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Reglamentining 50-moddasi.
30-modda. Senatorni daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining senatorni jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga rozilik olish to‘g‘risidagi taqdimnomalari Senat tomonidan uning majlisida, Senatning majlislari oralig‘idagi davrda esa Senatning Kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Senatning yoki Senat Kengashining senatorni daxlsizlik huquqidan mahrum etishga rozilik berish to‘g‘risidagi qarori yashirin ovoz berish orqali qabul qilinadi.
Senatning yoki Senat Kengashining senatorni jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga rozilik berish masalasi yuzasidan qarori darhol O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga yuboriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 6-maydagi 29-I-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatig Reglamentining 49-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
301-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilini (ombudsmanni) daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilini (ombudsmanni) jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga rozilik olish to‘g‘risidagi taqdimnomasi ushbu masala bo‘yicha Qonunchilik palatasining qarori Senatga kelib tushganidan keyin o‘n kun ichida Senat tomonidan uning majlisida, Senatning majlislari oralig‘idagi davrda esa Senatning Kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Senatning yoki uning Kengashining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilini (ombudsmanni) daxlsizlik huquqidan mahrum etishga rozilik berish to‘g‘risidagi qarori yashirin ovoz berish orqali qabul qilinadi.
Senatning yoki uning Kengashining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilini (ombudsmanni) jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga rozilik berish masalasiga oid qarori darhol O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga yuboriladi.
Senatning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilini (ombudsmanni) daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berishni rad etishi unga nisbatan jinoyat ishini yuritishni yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy jazoni nazarda tutadigan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritishni istisno etadigan va bunday ishlarni tugatishga sabab bo‘ladigan holat hisoblanadi.
(301-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 10-apreldagi O‘RQ-209-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2009-y., 15-son, 179-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 6-maydagi 29-I-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Reglamentining 44-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
302-modda. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi masala jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining ma’lumotlari asosida Senat tomonidan qo‘mitalarning tashabbusiga ko‘ra o‘n besh kun ichida ko‘rib chiqiladi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha Senat qaror qabul qiladi.
Senatning xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida tegishli xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashiga ijro etish uchun yuboriladi.
(302-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-yanvardagi O‘RQ-666-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son)
VIII. SENAT TOMONIDAN NAZORAT QILISH SOHASIDAGI VAKOLATLARNING AMALGA OSHIRILISHI
31-modda. Parlament so‘rovi
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Senat davlat organlarining mansabdor shaxslariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi masalalari hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan parlament so‘rovi yuborishga haqli.
(31-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 95-moddasining 10-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 6-maydagi 29-I-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Reglamentining 52-moddasi.
Parlament so‘rovini yuborish haqidagi taklif Senat qo‘mitalari yoki Senat a’zolari umumiy sonining kamida beshdan bir qismi tomonidan Senat ko‘rib chiqishi uchun kiritiladi.
Senatning parlament so‘rovi to‘g‘risidagi qarori loyihasi so‘rov tashabbuskorlari tomonidan Senat Raisiga masalani Senatning navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritish uchun yuboriladi.
Senatning qarori loyihasiga parlament so‘rovi loyihasi, shuningdek boshqa zarur materiallar ilova qilinadi. Parlament so‘rovi loyihasida so‘rovga javob berishning shakli (og‘zaki yoki yozma) haqidagi takliflar bo‘lishi kerak.
Senat parlament so‘rovini yuborish to‘g‘risida Senat a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qaror qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlarining mansabdor shaxslari parlament so‘roviga og‘zaki javobni Senatning majlisida Senat belgilagan muddatda beradi.
(31-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlarining mansabdor shaxslari parlament so‘roviga yozma javobni, agar boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, so‘rov olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay yuborishi lozim. Parlament so‘roviga javob o‘z nomiga so‘rov yuborilgan mansabdor shaxs yoki uning vazifalarini vaqtincha bajarayotgan shaxs tomonidan imzolanadi.
(31-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolariga, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga yuborilgan parlament so‘roviga o‘z vaqtida javob yuborilishini ta’minlashga ko‘maklashadi.
(31-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Parlament so‘roviga yozma javob, qoida tariqasida, Senatning majlisida raislik qiluvchi tomonidan o‘qib eshittiriladi. Yozma javobning nusxalari palata majlisida o‘qib eshittirilguniga qadar oldindan senatorlarga yuboriladi.
(31-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlari rahbarlari nomiga yo‘llangan parlament so‘rovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli bo‘lishi mumkin emas.
(31-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Parlament so‘roviga javob Senatning majlisida muhokama qilinishi mumkin. Senat parlament so‘rovi muhokamasi yakunlari bo‘yicha qaror qabul qiladi.
(31-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
311-modda. Senator so‘rovi
Oldingi tahrirga qarang.
Senator davlat organlarining mansabdor shaxslariga, qoida tariqasida, tegishli hududlarning manfaatlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan so‘rov yuborishga haqli.
(311-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlarining mansabdor shaxslari senator so‘roviga, agar boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, so‘rov olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay yozma javob yuboradi. Senator so‘roviga javob o‘z nomiga so‘rov yuborilgan mansabdor shaxs yoki uning vazifalarini vaqtincha bajarayotgan shaxs tomonidan imzolanadi.
(311-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili senatorning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolariga, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga yuborilgan so‘roviga o‘z vaqtida javob yuborilishini ta’minlashga ko‘maklashadi.
(311-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlari rahbarlari nomiga yo‘llangan senator so‘rovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli bo‘lishi mumkin emas.
(311-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(312-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
321-modda. Davlat organlari rahbarlarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish
Senat zarur bo‘lgan hollarda o‘z majlisida davlat organlari rahbarlarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitishi mumkin.
Davlat organlari rahbarlarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish to‘g‘risidagi masala Senat tomonidan qo‘mitalarning tashabbusiga ko‘ra ko‘rib chiqiladi.
Davlat organlari rahbarlarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish to‘g‘risida Senat qaror qabul qiladi. Davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish to‘g‘risidagi Senat qarori oldindan tegishli davlat organiga yuboriladi.
Davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish yakunlari bo‘yicha Senat qaror qabul qiladi, unda davlat organlari rahbarlarining faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar bo‘lishi, shuningdek ularning ishiga baho berilishi mumkin.
Davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish yakunlari bo‘yicha qabul qilingan qaror tegishli davlat organiga yuboriladi.
(321-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
322-modda. Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish
Senat o‘z majlisida viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitishi mumkin.
Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish to‘g‘risidagi masala Senat tomonidan uning qo‘mitalari tashabbusiga ko‘ra ko‘rib chiqiladi.
Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish to‘g‘risida Senat qaror qabul qiladi, qaror tegishli hokimlarga oldindan yuboriladi.
Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish yakunlari bo‘yicha Senat qaror qabul qiladi.
(322-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
323-modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotini eshitish
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Senatga qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etilgan har yilgi hisoboti Senatning navbatdagi majlisida ko‘rib chiqiladi.
(323-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 95-moddasining 8-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisoboti dastlabki tarzda Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
(323-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotini eshitish yakunlari bo‘yicha Senat qaror qabul qiladi, qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuboriladi.
(321-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-411-sonli Qonuniga asosan 321, 322 va 323-moddalar bilan almashtirildi — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
324-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) ma’ruzalarini ko‘rib chiqish
Senat har yili o‘z majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzani eshitadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzada qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash hollarining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ham aks ettiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruza dastlabki tarzda Senat qo‘mitalari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Senat majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzasini muhokama qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) chiqishi bilan boshlanadi, ma’ruzadan so‘ng Senat qo‘mitalarining vakillari so‘zga chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzasini eshitish yakunlari bo‘yicha Senat qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) va Qonunchilik palatasiga yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Senatga inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan huquqiy, tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlar ko‘rishga qaratilgan maxsus ma’ruzani taqdim etishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan huquqiy, tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlar ko‘rishga qaratilgan maxsus ma’ruzasini ko‘rib chiqish tartibi Senatning Reglamenti bilan belgilanadi.
(324-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 15-noyabrdagi O‘RQ-1002-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2024-y., 03/24/1002/0936-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(325-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
326-modda. Senat qo‘mitalari tomonidan nazorat vakolatlarining amalga oshirilishi
(324-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-411-sonli Qonuniga muvofiq 326-modda deb hisoblangan — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Senatning qo‘mitalari, shuningdek senatorlar davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hujjatlarni, ekspert xulosalarini, statistika ma’lumotlarini va boshqa ma’lumotlarni so‘rab olishi mumkin.
Senatning qo‘mitalari yoki senatorlar tomonidan so‘ralayotgan axborotni tegishli davlat organi, boshqa tashkilot, mansabdor shaxs murojaat olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay taqdim etishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Senat qo‘mitalari qo‘mitalarning ish rejalariga, Senat va uning Kengashi qarorlariga muvofiq o‘z majlislarida davlat organlari rahbarlarining ular tomonidan qonunlarga rioya etilishi, Senat va uning Kengashi qarorlarining, palata qo‘mitalari qarorlarining bajarilishi to‘g‘risidagi axborotini eshitishi mumkin.
(326-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish yakunlari bo‘yicha Senatning qo‘mitalari qarorlar qabul qiladi, qarorlar tegishli davlat organiga yuboriladi.
(326-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Senatning qo‘mitalari o‘z ish rejalariga muvofiq qonunlarning, Senat qarorlarining davlat organlari tomonidan ijro etilishi holatini, huquqni qo‘llash amaliyotini vaqti-vaqti bilan joylarga chiqib o‘rganadi.
(326-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qonun hujjatlarining ijro etilishi holatini, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish yakunlari bo‘yicha Senatning qo‘mitalari o‘z majlislarida davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitishi, shuningdek o‘rganish natijalarini Senat ko‘rib chiqishi uchun kiritish to‘g‘risida qarorlar qabul qilishi mumkin.
(326-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Senatning qo‘mitalari yangi qabul qilingan qonunlar ijrosini ta’minlash uchun qonun osti hujjatlarining o‘z vaqtida qabul qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi. Monitoringni amalga oshirish yakunlari Senat qo‘mitalarining majlislarida ko‘rib chiqilishi mumkin.
(326-moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-411-sonli Qonuniga muvofiq to‘rtinchi — yettinchi qismlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
(moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
327-modda. Parlament tekshiruvi
Oldingi tahrirga qarang.
Mamlakatning xavfsizligi, barqaror rivojlanishi asoslariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan, inson huquqlari va erkinliklariga, jamiyat va davlat manfaatlariga tahdid soladigan faktlar hamda voqealarni o‘rganish maqsadida Senat va Qonunchilik palatasining qo‘shma qarori bilan parlament tekshiruvi o‘tkazilishi mumkin.
Parlament tekshiruvini o‘tkazish uchun Senat a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan tenglik asosida maxsus komissiya tuzilib, u o‘z faoliyatini qonunga muvofiq amalga oshiradi.
Maxsus komissiya parlament tekshiruvini o‘tkazishda quyidagilarga haqli:
davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining vakillarini, mutaxassislarni, ekspertlarni va olimlarni komissiya ishiga jalb etishga;
davlat organlaridan, xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, boshqa tashkilotlardan, shuningdek fuqarolardan zarur ma’lumotlarni so‘rab olishga;
davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining, boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslarini, shuningdek fuqarolarni tushuntirishlar berish uchun taklif etishga.
Maxsus komissiya Senatning va Qonunchilik palatasining qo‘shma qaroriga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Maxsus komissiya bajarilgan ishlar to‘g‘risida Senat va Qonunchilik palatasi tomonidan belgilangan muddatda ularni xabardor qiladi.
(327-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
328-modda. Prokuratura organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori har yili Senatga hisobot taqdim etadi, hisobot Senatning navbatdagi majlisida ko‘rib chiqiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2016-yil 19-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasini tuzish to‘g‘risida”gi 383-III/KQ-70-III-sonli Qo‘shma qarori
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisoboti dastlabki tarzda Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobotini eshitish yakunlari bo‘yicha Senat qaror qabul qiladi, qaror O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuboriladi.
(328-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
329-modda. O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarining o‘z faoliyati masalalari bo‘yicha hisobotlarini eshitish
Senat zarur bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarining o‘z faoliyati masalalari bo‘yicha hisobotlarini Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasida dastlabki tarzda ko‘rib chiqqan holda, ham bevosita, ham videokonferensaloqa rejimida o‘z majlisida eshitadi.
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarining o‘z faoliyati masalalari bo‘yicha hisobotlarini eshitish to‘g‘risida Senat O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan eshituvni tashkil etish bo‘yicha choralar ko‘rilishi uchun ushbu vazirlikni oldindan xabardor qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarining o‘z faoliyati masalalari bo‘yicha hisobotlarini eshitish yakunlari bo‘yicha Senat qaror qabul qiladi, unda ushbu rahbarlarning faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar bo‘lishi, shuningdek ularning ishiga baho berilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarining o‘z faoliyati masalalari bo‘yicha hisobotlarini eshitish yakunlari bo‘yicha qabul qilingan Senat qarori o‘z hisoboti eshitilgan shaxsga hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
(329-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3210-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
IX. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
33-modda. Senatning xalqaro aloqalari
Oldingi tahrirga qarang.
Senat boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan parlamentlararo hamkorlik to‘g‘risida bitimlar tuzishi, boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qo‘mitalar, ishchi guruhlar va boshqa tuzilmalar tashkil etishi, rasmiy parlament delegatsiyalari almashishi, shuningdek xalqaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan turli tadbirlar o‘tkazishi mumkin.
(33-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Boshqa davlatlarning parlamentlari rahbarlariga, davlatlar va hukumatlar boshliqlariga, parlament delegatsiyalari rahbarlariga ularning iltimosiga binoan Senat majlisida so‘zga chiqish imkoniyati berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
331-modda. Hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qo‘mitalar, ishchi guruhlar va boshqa tuzilmalar
Boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qo‘mitalar, ishchi guruhlar va boshqa tuzilmalar Senat a’zolari orasidan tashkil etiladi, uning tarkibi Senat Kengashining qarori bilan tasdiqlanadi.
Senat va Qonunchilik palatasi birgalikda Senat a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qo‘mitalar, ishchi guruhlar va boshqa tuzilmalar tashkil etishi mumkin, ularning tarkibi Senat Kengashi va Qonunchilik palatasi Kengashining qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadi.
Hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qo‘mitalar, ishchi guruhlar va boshqa tuzilmalar faoliyatining tartibi Senat Kengashi va Qonunchilik palatasi Kengashining qo‘shma qarori bilan belgilanadi.
332-modda. Rasmiy parlament delegatsiyalari
Boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan aloqalarni mustahkamlash hamda rivojlantirish uchun Senat a’zolari rasmiy parlament delegatsiyalari tarkibida xorijiy mamlakatlarga yuborilishi mumkin.
Rasmiy parlament delegatsiyalarini xorijiy mamlakatlarga yuborish masalasi belgilangan tartibga muvofiq Senat Kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasining rasmiy parlament delegatsiyalari xorijiy safar yakunlari bo‘yicha Senat Kengashiga axborot taqdim etadi.
(331-332-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 6-maydagi 29-I-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Reglamentining 57-58-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
34-modda. Senatning xarajatlari smetasi
Oldingi tahrirga qarang.
Senatning xarajatlari, shu jumladan parlamentlararo va xalqaro hamkorlikka doir xarajatlari smetasi Senat devoni tomonidan Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi bilan birgalikda tuziladi.
(34-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Senatning kelgusi yil uchun xarajatlari smetasi har yilgi indeksatsiya hisobga olingan, joriy yildagi haqiqiy xarajatlardan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
Senatning xarajatlari smetasi Senat Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Senat xarajatlarining tasdiqlangan smetasi uni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining shakllantiriladigan loyihasiga kiritish uchun joriy yilning 1-iyulidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
(34-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 27-avgustdagi O‘RQ-557-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2019-y., 03/19/557/3657-son)
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 29-avgust,
523-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 137-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 15-son, 153-modda; 2009-y., 15-son, 179-modda; 2011-y., 16-son, 160-modda; 2014-y., 16-son, 177-modda; 2015-y., 52-son, 645-modda; 2016-y., 39-son, 457-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda, 37-son, 978-modda, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, , 06.03.2019-y., 03/19/527/2706-son, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son, 23.05.2019-y., 03/19/540/3167-son, 28.08.2019-y., 03/19/557/3657-son; 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son; 10.08.2020-y., 03/20/631/1153-son; 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 19.11.2021-y., 03/21/729/1064-son; 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son; 18.11.2024-y., 03/24/1002/0936-son)