|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 29.08.2023
|
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISH TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 11-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2009-yil 27-martda maʼqullangan
Senat tomonidan 2009-yil 27-martda maʼqullangan
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-fevraldagi OʻRQ-819-sonli “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2023-yil 29-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilash, qoʻllash va bajarish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunchilik
Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
texnik jihatdan tartibga solish — mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilash, qoʻllash va bajarish;
mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi — mahsulotning, uni loyihalash, ishlab chiqarish, ishlatish (undan foydalanish), montaj qilish, sozlash, saqlash, tashish, realizatsiya qilish va utilizatsiya qilish jarayonlarining, bajariladigan ishlar, koʻrsatiladigan xizmatlarning holati boʻlib, bunda insonning hayotiga, sogʻligʻiga, atrof muhitga, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulkiga zarar yetkazilishi ehtimoli bilan bogʻliq yoʻl qoʻyilmaydigan xavf mavjud boʻlmaydi;
(3-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar — texnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar, sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalari, shaharsozlik normalari hamda qoidalari, ekologik normalar va qoidalar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa hujjatlar;
(3-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
texnik reglament — texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat;
(3-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
umumiy texnik reglament — texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, bir turdagi mahsulotlar va xizmatlar guruhi xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat;
(3-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
maxsus texnik reglament — texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, umumiy texnik reglamentda nazarda tutilmagan mahsulotlar va xizmatlar ayrim turining xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat;
(3-moddaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
savdodagi texnik toʻsiqlar — mahsulotlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda mavjud boʻlgan tafovutlari yoki oʻzgarishlari oqibatida savdoda yuzaga keladigan toʻsiqlar.
(3-moddaning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
4-modda. Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy vazifalari
Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
inson hayoti va sogʻligʻi, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulki xavfsizligini taʼminlash;
atrof muhit muhofaza qilinishini, shuningdek tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishini taʼminlash;
savdodagi texnik toʻsiqlarni bartaraf etish;
mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi xususida isteʼmolchilarni chalgʻituvchi harakatlarning oldini olish.
5-modda. Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari
Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
texnik reglamentlarni qoʻllashning majburiyligi;
texnik reglamentlarni qoʻllashning bir xilligi;
texnik reglamentlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi milliy va xalqaro normativ hujjatlarga muvofiqligi;
texnik reglamentlarning, ularni ishlab chiqish, qabul qilish va eʼlon qilish tartibi toʻgʻrisidagi axborotning ochiqligi.
6-modda. Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi
Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimini quyidagilar tashkil etadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari — Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi;
(6-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son)
texnik jihatdan tartibga solish sohasida oʻz vakolatlari doirasida faoliyatni amalga oshiruvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari.
2-bob. Davlat organlarining va boshqa organlar hamda tashkilotlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimiga kiruvchi organlar faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi;
texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimiga kiruvchi organlarning faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi;
texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarini tasdiqlaydi;
umumiy texnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritadi, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
8-modda. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi:
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan kiritilgan texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarining loyihalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga umumlashtirilgan takliflar kiritadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining umumiy va maxsus texnik reglamentlarni ishlab chiqishga doir faoliyatini oʻz vakolati doirasida muvofiqlashtiradi hamda tashkil etadi;
umumiy texnik reglamentlarni tasdiqlash, ularga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyasini tuzadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan umumiy va maxsus texnik reglamentlarni oʻz vakolati doirasida ekspertizadan oʻtkazadi;
oʻz vakolati doirasida: xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritadi, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi;
mahsulotlar va xizmatlarning texnik reglamentlarda belgilangan talablarga muvofiqligini baholash uchun zarur boʻlgan, mahsulotning namunalarini olish, sinovlari va oʻlchovlari usullarini belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar roʻyxatini tasdiqlaydi;
(8-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
umumiy va maxsus texnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan oʻz vakolati doirasida davlat nazoratini amalga oshiradi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini shakllantiradi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasida oʻz vakolati doirasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari
(9-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning xavfsizligiga doir, ularda inson hayoti va sogʻligʻi uchun zararli boʻlgan moddalar, kasallik tugʻdiruvchi organizmlarning mavjudligi, kasallik tashuvchilarning kirib kelishi yoki tarqalishining oldini olish, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika va dori vositalarini ishlab chiqarish hamda qoʻllash boʻyicha majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va taʼminlaydi.
(9-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi shaharsozlik faoliyatida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va taʼminlaydi.
(9-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tabiiy resurslardan foydalanishda hamda atrof muhitni ifloslanish va boshqa zararli taʼsirlardan muhofaza qilishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va taʼminlaydi.
(9-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ushbu moddaning birinchi—uchinchi qismlarida koʻrsatilgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari oʻz vakolati doirasida:
texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlari loyihalari va umumiy texnik reglamentlarni tasdiqlash yuzasidan Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga takliflar kiritadi;
umumiy va maxsus texnik reglamentlar ishlab chiqilishini amalga oshiradi hamda ularni ekspertizadan oʻtkazadi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalarini tuzadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan umumiy va maxsus texnik reglamentlarni ekspertizadan oʻtkazadi;
umumiy texnik reglamentlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritadi, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi;
umumiy va maxsus texnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini shakllantiradi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(9-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
10-modda. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari oʻz vakolatlari doirasida:
texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlari loyihalari yuzasidan Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga takliflar kiritadi;
umumiy va maxsus texnik reglamentlar ishlab chiqilishini amalga oshiradi;
umumiy va maxsus texnik reglamentlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlarini tuzadi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini shakllantirishda ishtirok etadi;
umumiy va maxsus texnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi.
(10-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(10-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat boshqaruvi organlari oʻz vakolatlari doirasida maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritadi, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi.
101-modda. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning huquqiy ekspertizasi
Davlat boshqaruvi organlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi va ijobiy xulosa olinganidan keyin hisobga qoʻyiladi, bundan umumiy texnik reglamentlar mustasno.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga huquqiy normalar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan umumiy texnik reglamentlar mustasno.
(101-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-yanvardagi OʻRQ-666-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son)
11-modda. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalari
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalari ishlab chiqilgan umumiy va maxsus texnik reglamentlarni, texnik reglamentlarga oʻzgartish va qoʻshimchalarni ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish boʻyicha takliflar hamda ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari huzurida tuziladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalarining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
12-modda. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlari
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlari umumiy va maxsus texnik reglamentlarni, texnik reglamentlarga oʻzgartish va qoʻshimchalarni ishlab chiqish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari huzurida tuziladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlarining faoliyati Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
13-modda. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondi
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondi Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan hamda oʻz vakolatlari doirasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan shakllantiriladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondi umumiy va maxsus texnik reglamentlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari, davlat boshqaruvi organlari oʻzlari tasdiqlagan maxsus texnik reglamentlarni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondiga belgilangan tartibda taqdim etadi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini shakllantirish va yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
14-modda. Texnik reglamentlar toʻgʻrisidagi axborot
Amaldagi, ishlab chiqilayotgan va qabul qilingan texnik reglamentlar toʻgʻrisidagi axborot yuridik va jismoniy shaxslar erkin foydalana oladigan boʻlishi kerak. Davlat sirlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar tarqatilmasligi kerak.
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi yuridik va jismoniy shaxslarning soʻrovlariga koʻra:
amaldagi, ishlab chiqilayotgan va qabul qilingan texnik reglamentlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
mahsulotlar va xizmatlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash tartib-taomili toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
(14-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oʻzbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi xalqaro tashkilotlarga aʼzoligi va xalqaro shartnomalardagi ishtiroki toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
ishlab chiqilayotgan, qabul qilingan texnik reglamentlarni va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarni eʼlon qilishning rasmiy manbalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
3-bob. Texnik reglamentlar
15-modda. Texnik reglamentlarning turlari
Oʻzbekiston Respublikasida texnik reglamentlarning quyidagi turlari qoʻllaniladi:
umumiy texnik reglamentlar;
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-iyuldagi 191-son “Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari boʻyicha xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2012-yil 4-iyuldagi 192-son “Texnik jihatdan foydalanishda temir yoʻl transporti xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2015-yil 3-iyundagi 146-son “Taʼlim muassasalari uchun xavfsiz poligrafiya mahsulotlari haqidagi Umumiy texnik reglamentni tasdiqlash toʻgʻrisida” qarori, 2015-yil 6-noyabrdagi 319-son “Metallurgiya mahsulotlari xavfsizligi boʻyicha umumiy texnik reglamentini tasdiqlash haqida” qarori, 2015-yil 11-noyabrdagi 326-son “Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisida umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2016-yil 18-martdagi 80-son “Qishloq xoʻjaligi texnikalari konstruksiyasining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2016-yil 31-martdagi 99-son “Don xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2016-yil 11-maydagi 148-son “Yengil sanoat mahsulotlari xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni haqida” qarori, 2016-yil 27-oktabrdagi 365-son “Dori vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2016-yil 21-noyabrdagi 389-son “Texnik vositalarning elektromagnit mosligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2017-yil 5-yanvardagi 5-son “Charm-poyabzal mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2017-yil 13-fevraldagi 71-son “Alkogolli mahsulotlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2017-yil 16-fevraldagi 86-son “Shisha idishlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2017-yil 24-fevraldagi 99-son “Shaxta koʻtarish qurilmalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2017-yil 27-fevraldagi 102-son “Telekommunikatsiya uskunalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2017-yil 25-apreldagi 237-son “Muomalaga chiqarilayotgan gʻildirakli transport vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2017-yil 10-maydagi 265-son “Oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalari oʻquv xonalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2017-yil 2-iyundagi 345-son “Oʻquv asbob-uskunalari va anjomlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2017-yil 24-iyundagi 427-son “Bosim ostida ishlaydigan uskunalarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2017-yil 7-iyuldagi 476-son “Oziq-ovqat mahsulotlariga tegib turadigan qadoqlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2017-yil 7-iyuldagi 474-son “Sut va sut mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2017-yil 12-iyuldagi 490-son “Oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalash yuzasidan uning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash toʻgʻrisida” qarori, 2020-yil 17-noyabrdagi 724-son “Yogʻ-moy mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2017-yil 2-oktabrdagi 783-son “Moylash materiallari, texnik moylar va texnik suyuqliklarga talablar toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2017-yil 6-oktabrdagi 801-son “Liftlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2017-yil 30-oktabrdagi 880-son “Gaz holatidagi yoqilgʻida ishlovchi apparatlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2017-yil 11-noyabrdagi 905-son “Veterinariya dori vositalari va ozuqa qoʻshimchalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2017-yil 21-noyabrdagi 931-son “Avtomobil va aviatsiya benziniga, dizel va kema yonilgʻisiga, reaktiv dvigatellar uchun yonilgʻiga va mazutga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash hakida” qarori, 2017-yil 24-noyabrdagi 941-son “Portlash xavfi boʻlgan muhitlarda ishlovchi asbob-uskunalarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori, 2018-yil 22-yanvardagi 36-son “Goʻsht va goʻsht mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori.
maxsus texnik reglamentlar.
16-modda. Texnik reglamentlarda mahsulotlar va xizmatlar xavfsizligini taʼminlashga doir talablar
(16-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Texnik reglamentlarda mahsulotlar va xizmatlar xavfsizligini taʼminlashga doir talablar quyidagilar boʻyicha belgilanishi mumkin:
(16-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
biologik xavfsizlik;
mexanik xavfsizlik;
kimyoviy xavfsizlik;
yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik;
yongʻin xavfsizligi;
elektr xavfsizligi;
mashina va uskunalarni ishlatish (ulardan foydalanish) hamda utilizatsiya qilish xavfsizligi;
elektromagnit mosligi;
qurilish ishlari xavfsizligi;
binolar, inshootlardan va ularga tutash hududdan foydalanish xavfsizligi;
ekologik xavfsizlik;
veterinariya xavfsizligi;
sanoat va ishlab chiqarish xavfsizligi;
portlash xavfsizligi;
axborot xavfsizligi;
oʻlchovlarning va sinovlar usullarining bir xilligini taʼminlash.
Texnik reglamentlarda mahsulotlar va xizmatlar xavfsizligini taʼminlashga doir boshqa talablar ham belgilab qoʻyilishi mumkin.
(16-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
17-modda. Texnik reglamentlarning mazmuni
Texnik reglamentlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
mahsulotlar va xizmatlar xavfsizligi tavsiflari;
(17-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
xavfsizlik talablari belgilanayotgan mahsulotlar va xizmatlarning toʻliq roʻyxati;
(17-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
atamalarga, oʻrov-idishga, tamgʻalarga yoki yorliqlarga hamda ularni aks ettirish qoidalariga va mahsulotni identifikatsiya qilishga doir talablar;
Oldingi tahrirga qarang.
(17-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
davlat nazoratini amalga oshirish tartibi;
mahsulotlar va xizmatlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash uchun zarur boʻlgan qoidalar.
(17-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Zararli mikroorganizmlar va qoʻshimchalar, kasalliklar, kasallik tarqatuvchilar, ifloslantiruvchi moddalar, toksinlar, zararkunandalar va begona oʻsimliklar kirib kelishi yoki tarqalishi munosabati bilan yuzaga keladigan insonning hayoti va sogʻligʻiga, atrof muhitga zarar yetkazilishi xavfi darajasi hamda zararni bartaraf etish hisobga olingan holda texnik reglamentlarda sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya va fitosanitariya chora-tadbirlari ham koʻrsatilishi kerak.
(17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya va fitosanitariya qoidalari va normalarida quyidagilar belgilanadi:
(17-moddaning uchinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
mahsulotga, uni sinash, tekshirish tartib-taomiliga, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya va fitosanitariya xulosasini berish tartibiga doir majburiy talablar;
karantin va veterinariya-sanitariya qoidalari, shu jumladan hayvonlar va oʻsimliklarni tashish bilan bogʻliq talablar;
namunalar olish usullari va tartib-taomili, insonning hayoti va sogʻligʻiga, atrof muhitga zarar yetkazilishi xavfini tadqiq etish hamda baholash usullari, shuningdek texnik reglamentlarda koʻrsatilgan boshqa talablar.
Texnik reglamentlarda mahsulotning konstruksiyasiga va bajarilishiga doir talablar boʻlmasligi lozim, insonning hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazilishi xavfi darajasi hisobga olingan holda mahsulotning konstruksiyasiga va bajarilishiga doir talablar yoʻqligi sababli mahsulot xavfsizligi taʼminlanmasligi hollari bundan mustasno.
Mahsulotlar va xizmatlardan uzoq muddat foydalanilishi oqibatida va (yoki) yoʻl qoʻyiladigan xavf darajasini aniqlash imkoniyatini bermaydigan boshqa omillar taʼsiri sababli insonning hayoti va sogʻligʻiga, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulkiga zarar yetkazadigan mahsulotlar va xizmatlarga doir talablar texnik reglamentlarda boʻlmasligi kerak. Bunda texnik reglamentlarda ehtimol tutilgan zarar toʻgʻrisida hamda insonning hayoti va sogʻligʻiga, atrof muhitga zarar yetkazilishi xavfi qaysi omillarga bogʻliq boʻlsa, shu omillar haqida isteʼmolchilarni xabardor qilishga doir talablar boʻlishi mumkin.
(17-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Texnik reglamentlarda mahsulotlar va xizmatlar xavfsizligiga doir quyidagi maxsus talablar boʻlishi mumkin:
(17-modda oltinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
qonunchilikda belgilangan ayrim toifadagi fuqarolarning hayoti va sogʻligʻi muhofaza qilinishini taʼminlaydigan maxsus talablar;
(17-modda oltinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda insonning hayoti va sogʻligʻiga, atrof muhitga, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulkiga tahdid soluvchi transchegaraviy xavfli ishlab chiqarish obyektlariga oid maxsus talablar.
Davlat sirlaridan va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirdan iborat boʻlgan maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan texnik reglamentlar qonunchilikda belgilangan tartibda ishlab chiqiladi va qabul qilinadi.
(17-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Texnik reglamentlar tugal boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladi hamda ularga faqat belgilangan tartibda oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yoʻli bilan oʻzgartirilishi mumkin.
18-modda. Texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarini shakllantirish
Texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarini shakllantirish texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa vakolatli davlat organlarining hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining oʻz vakolatlari doirasidagi takliflari inobatga olingan holda Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi va belgilangan tartibda eʼlon qilinadi.
19-modda. Texnik reglamentlarni ishlab chiqish tartibi
Texnik reglamentlar texnik reglamentlarni ishlab chiqishning tasdiqlanadigan dasturlariga muvofiq ishlab chiqiladi.
Texnik reglamentlarni ishlab chiquvchilar belgilangan tartibda:
texnik reglamentlar ishlab chiqilishi haqidagi xabarlarni eʼlon qiladi;
texnik jihatdan tartibga solinishi lozim boʻlgan mahsulotlar va xizmatlarning guruhlari hamda turlarini belgilaydi;
(19-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
mahsulotlar va xizmatlarning texnik reglamentlarda belgilanadigan talablarga muvofiqligini baholash usullarini belgilaydi;
(19-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
ishlab chiqilgan texnik reglamentlarni kelishib oladi;
ishlab chiqilgan texnik reglamentlardan foydalanish erkinligini taʼminlaydi.
Texnik reglamentlarni ishlab chiquvchilar ishlab chiqilgan texnik reglamentlar rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran ikki oy ichida ularning muhokama qilinishini taʼminlaydi.
20-modda. Texnik reglamentlarni qabul qilish tartibi
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan umumiy texnik reglamentlar ekspertizadan oʻtkazish uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlariga ular faoliyatining yoʻnalishi boʻyicha topshiriladi.
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi tegishli ekspert komissiyasining xulosasi olinganidan keyin umumiy texnik reglamentlarni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda yuboradi.
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan maxsus texnik reglamentlar ekspertizadan oʻtkazish uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlariga ular faoliyatining yoʻnalishi boʻyicha topshiriladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari, davlat boshqaruvi organlari oʻz faoliyatining yoʻnalishlari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi tegishli ekspert komissiyasining xulosasi asosida maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlaydi.
Tasdiqlangan umumiy va maxsus texnik reglamentlar rasmiy eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran kamida olti oy oʻtgach amalga kiritiladi.
Umumiy va maxsus texnik reglamentlarni eʼlon qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(20-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
21-modda. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning texnik reglamentlarni ishlab chiqish uchun qoʻllanilishi
Texnik reglamentlarni ishlab chiqishda mahsulotlar va xizmatlarning xavfsizlik mezonlarini belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi milliy va xalqaro normativ hujjatlardan foydalaniladi.
(21-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Texnik reglamentlarda daliliy baza sifatida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning matnlari toʻliq yoki qisman keltiriladi.
22-modda. Texnik reglamentlarga rioya etish
Texnik reglamentlarga rioya etish barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
Texnik reglamentlar amalga kiritilgach, standartlashtirish boʻyicha ularda koʻrsatilgan mahsulotlar va xizmatlarga doir ilgari qabul qilingan tegishli normativ hujjatlar majburiylik xususiyatini yoʻqotadi hamda belgilangan tartibda qoʻllanilishda ixtiyoriylik kasb etadi.
(22-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
23-modda. Texnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati
Texnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlarining va davlat boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(23-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
24-modda. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ishlarni moliyalashtirish
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ishlarni moliyalashtirish respublika budjeti va yuridik shaxslarning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Respublika budjeti mablagʻlari hisobidan quyidagilar moliyalashtiriladi:
umumiy texnik reglamentlarni ishlab chiqish;
umumiy va maxsus texnik reglamentlarni ekspertizadan oʻtkazish;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini yuritish;
texnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish boʻyicha xalqaro tashkilotlardagi aʼzoligi bilan bogʻliq xarajatlar.
25-modda. Nizolarni hal etish
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(25-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
26-modda. Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(26-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
27-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(27-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
28-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2009-yil 24-apreldagi 82 (4745)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 23-aprel,
OʻRQ-213-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 17-son, 211-modda; 2016-y., 17-son, 173-modda, 52-son, 597-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda, 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son; 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)