|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 02.09.2025
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Alkogolli mahsulotlarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-sentabrdagi 553-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, alkogolli mahsulotlarning xavfsizligiga qo‘yiladigan yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Alkogolli mahsulotlarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament ilovaga* muvofiq tasdiqlansin va u rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab olti oydan keyin amalga kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq texnik reglamentlarning amalga kiritilishi bilan ularda ko‘rsatilgan mahsulotlar va xizmatlarni standartlashtirish bo‘yicha ilgari qabul qilingan normativ hujjatlar majburiylik tusini yo‘qotishi va belgilangan tartibda qo‘llashning ixtiyoriyligiga ega bo‘lishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. “O‘zstandart” agentligi vakolatli organlar bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Umumiy texnik reglament belgilangan tartibda amalga kiritilgan kundan boshlab alkogolli mahsulotlarning xavfsizligini standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni qo‘llashda majburiylik tusini bekor qilish va ixtiyoriylikni ta’minlash choralarini ko‘rsin.
4. “O‘zvinosanoat-xolding” XK” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zstandart” agentligi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda aholi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik faoliyati subyektlari tasdiqlangan Umumiy texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qo‘llash tartibi to‘g‘risida keng xabardor qilinishini ta’minlasinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zavtosanoat” AK boshqaruvi raisi U.U. Rozukulov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 13-fevral,
71-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 7-son, 91-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son; 16.08.2024-y., 09/24/507/0619-son)