Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 09.10.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Moylash materiallari, texnik moylar va texnik suyuqliklarga talablar toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-apreldagi 199-sonli “Moylash materiallari, texnik moylar va texnik suyuqliklar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2025-yil 9-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
“Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, hamda moylash materiallari, texnik moylar va texnik suyuqliklarga qoʻyiladigan yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Moylash materiallari, texnik moylar va texnik suyuqliklarga talablar toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament ilovaga* muvofiq tasdiqlansin va rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab olti oy oʻtgandan keyin amalga kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan
2. “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq texnik reglamentlar amalga kiritilgach, ularda koʻrsatilgan mahsulotlar va xizmatlarga doir ilgari qabul qilingan standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar majburiylik xususiyatini yoʻqotishi va belgilangan tartibda qoʻllanilishda ixtiyoriylik kasb etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. “Oʻzstandart” agentligi vakolatli organlar bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Umumiy texnik reglament belgilangan tartibda amalga kiritilgan kundan boshlab moylash materiallari, texnik moylar va texnik suyuqliklarga qoʻyiladigan majburiy talablarni belgilovchi standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni qoʻllashda majburiylik xususiyatini bekor qilish va ixtiyoriylikni taʼminlash choralarini koʻrsin.
4. “Oʻzbekneftegaz” AJ, “Oʻzstandart” agentligi Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda aholi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik faoliyati subyektlari tasdiqlangan Umumiy texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida keng xabardor qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Gʻ.I. Ibragimov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov va “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori A.U. Karimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 2-oktabr,
783-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.; 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)