Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.07.2026
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Telekommunikatsiya uskunalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 839-sonli “Telekommunikatsiyalar uskunalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2026-yil 1-iyuldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
“Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, telekommunikatsiya uskunalarining xavfsizligiga qo‘yiladigan yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Telekommunikatsiya uskunalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament ilovaga* muvofiq tasdiqlansin va rasmiy e’lon qilingan kunidan boshlab olti oydan keyin amalga kiritilsin.
* 1 — 6-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
2. “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq texnik reglamentlarning amalga kiritilishi munosabati bilan ularda ko‘rsatib o‘tilgan mahsulotlar va xizmatlarni standartlashtirish bo‘yicha ilgari qabul qilingan normativ hujjatlar majburiylik tusini yo‘qotishi va belgilangan tartibda qo‘llashning ixtiyoriylik tusiga ega bo‘lishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. “O‘zstandart” agentligi vakolatli organlar bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Umumiy texnik reglament belgilangan tartibda amalga kiritilgan kundan boshlab telekommunikatsiya uskunalarining xavfsizligiga qo‘yiladigan majburiy talablarni belgilovchi standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni qo‘llashda majburiylik tusini bekor qilish va ixtiyoriylikni ta’minlash choralarini ko‘rsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zstandart” agentligi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda aholi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik faoliyati subyektlari tasdiqlangan Umumiy texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qo‘llash tartibi to‘g‘risida keng xabardor qilinishini ta’minlasinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U.U. Rozukulov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-fevral,
102-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 9-son, 128-modda)