1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.15.00 Mahsulot sifati xavfsizligi, belgilangan normalarga va savdo qoidalariga rioya etish ustidan nazorat]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yogʻ-moy mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-sentabrdagi 553-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, yogʻ-moy mahsulotlarining xavfsizligi yuzasidan qoʻshimcha talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yogʻ-moy mahsulotlari xavfsizligiga nisbatan qoʻyiladigan talablar, shu jumladan, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlar, yogʻ-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish, qadoqlash, tamgʻalash, saqlash, tashish, qaytarib olish va utilizatsiya qilish (qayta ishlash), muomalaga chiqarish, sotish, namuna olish, identifikatsiya qilish va muvofiqligini baholash hamda sinovdan oʻtkazish boʻyicha talablarni nazarda tutuvchi Yogʻ-moy mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament (keyingi oʻrinlarda — Texnik reglament) va uni joriy etish sxemasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Texnik reglament rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab uch oy oʻtgach amalga kiritilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Yogʻ-moy mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” 2017-yil 19-iyuldagi 520-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi yogʻ-moy sanoati korxonalari uyushmasi, “Oʻzstandart” agentligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda aholi, davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda tadbirkorlik subyektlari Texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida keng xabardor qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 17-noyabr,
724-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 724-son qaroriga 1-ILOVA
Yogʻ-moy mahsulotlari xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy
texnik reglament
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Texnik reglament Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqarilayotgan yogʻ-moy mahsulotlariga tatbiq etiladi va ularga qoʻyiladigan talablarni, jumladan, ularni qadoqlash va tamgʻalash hamda ishlab chiqarish, saqlash, tashish va sotish jarayonlariga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
Ushbu Texnik reglament talablari quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
sanoat usulida ishlab chiqarilmagan yogʻ-moy mahsulotlariga;
ozuqaviy boʻlmagan yogʻ-moy mahsulotlariga, tabiiy xom glitserin va xoʻjalik sovuni bundan istisno.
2. Texnik reglament talablari ozuqaviy va ozuqaviy boʻlmagan mahsulotlar toifasiga kiruvchi yogʻ-moy mahsulotlariga nisbatan ushbu Texnik reglamentga 1-ilovaga muvofiq qoʻllaniladi.
Oʻsimlik moylari moyli xom ashyolar turidan kelib chiqib ushbu Texnik reglamentga 2-3-ilovalarga muvofiq turlarga boʻlinadi.
Isteʼmolchilarda notoʻgʻri tushuncha kelib chiqishining (chalgʻitishning) oldini olish maqsadida yogʻ-moy mahsulotlari (mahsulot guruhlari) aynan bir turga mansubligi ushbu Texnik reglamentning 4-bobida keltirilgan mahsulotlar guruhlarining xususiyatlari hamda ularni tavsiflovchi belgilar asosida identifikatsiya qilish orqali amalga oshiriladi.
2-bob. Atamalar va taʼriflar
3. Ushbu Texnik reglamentda quyidagi atamalar va taʼriflardan foydalaniladi:
3.1. Yogʻ-moy mahsulotlari taʼriflari:
yogʻ-moy mahsulotlari — oʻsimlik moylari yoki oʻsimlik moylari hamda hayvon moylari va yogʻlari asosida (dengiz sut emizuvchilari va baliq moylarini hisobga olganda) ozuqaviy qoʻshimchalar va boshqa ingrediyentlar, suv qoʻshib yoki qoʻshmasdan olingan oʻsimlik moylari va mahsulotlar;
ozuqaviy yogʻ-moy mahsulotlari — taom tayyorlashda isteʼmol uchun yoki oziq-ovqat sanoatining turli tarmogʻida qoʻllaniladigan yogʻ-moy mahsulotlari.
3.2. Ozuqaviy yogʻ-moy mahsulotlari taʼriflari:
moyli xom ashyo — moyli oʻsimliklarning urugʻlari va mevasi, oʻsimliklar turlarining moyli qismlari;
oʻsimlik moyi fraksiyasi — birlamchi oʻsimlik moyi va uning fraksiyalari erish haroratidan farqli erish haroratiga ega boʻlgan, oʻsimlik moyi fraksiyalarining yoki oʻsimlik moyini fraksiyalash jarayonida ajratib olingan yogʻ kislotasi glitseridlarining aralashmasi;
oʻsimlik moyi — moyli xom ashyodan ajratib olingan, yogʻ miqdori 99 foizdan kam boʻlmagan yogʻ kislotalarining glitseridlari va ularga yondosh moddalarning aralashmasi;
rafinatsiyalanmagan oʻsimlik moyi — yirik va mayda qattiq zarrachalardan tozalangan, lekin toʻliq rafinatsiyalash jarayonlaridan yoki bu jarayonlarning baʼzilaridan oʻtmagan moy;
rafinatsiyalanmagan paxta moyi — yirik va mayda qattiq zarrachalardan tozalangan, keyinchalik rafinatsiyalangan paxta moyi olish maqsadida faqat qayta ishlash (rafinatsiyalash, dezodoratsiyalash)ga moʻljallangan oraliq mahsulot;
muzlatilgan oʻsimlik moyi — quyqalardan tozalangan va past haroratda mumli moddalarni ajratish jarayonidan oʻtgan oʻsimlik moyi;
gidratatsiyalangan oʻsimlik moyi — tarkibidagi fosforli moddalardan tozalangan oʻsimlik moyi;
rafinatsiyalangan oʻsimlik moyi — rafinatsiyalashning toʻliq yoki toʻliq boʻlmagan tozalash jarayonlaridan oʻtgan oʻsimlik moyi;
aralash oʻsimlik moyi — turli xil nisbatlarda aralashtirilgan oʻsimlik moylarining aralashmasi;
xushboʻylantirilgan oʻsimlik moyi — taʼm va hid beruvchi qoʻshimchalar qoʻshilgan oʻsimlik moyi;
tabiiy oʻsimlik qoʻshimchali oʻsimlik moyi — tabiiy oʻsimliklar ekstraktlari qoʻshilgan oʻsimlik moylari;
modifikatsiyalangan oʻsimlik moylari — modifikatsiyalash (genetik jihatdan modifikatsiyalashdan tashqari) jarayonlaridan biri gidrogenizatsiyalash, pereeterifikatsiyalash, fraksiyalashga uchragan oʻsimlik moylari;
(salomas) gidrogenizatsiyalangan rafinatsiyalangan dezodoratsiyalangan moy (yogʻ) — oʻsimlik moylarini gidrogenizatsiyalab hayvon yogʻi, dengiz sutemizuvchilari va baliq moylarini qoʻshib yoki qoʻshmasdan olingan, rafinatsiyalash va dezodoratsiyalash jarayonidan oʻtgan ozuqaviy mahsulotlar uchun xom ashyo;
pereeterifikatsiyalangan rafinatsiyalangan dezodoratsiyalangan moy (yogʻ) — oʻsimlik moylariga hayvon yogʻlarini, dengiz sutemizuvchilari va baliq moylarini qoʻshib yoki qoʻshmasdan pereeterifikatsiyalash va dezodoratsiyalashdan oʻtgan ozuqaviy mahsulotlar uchun xom ashyo;
mahsus qoʻllanishga moʻljallangan yogʻlar (non, qandolat mahsulotlari, pishiriq uchun yogʻlar va boshqalar) — tarkibidagi yogʻning massa ulushi 98 foizdan kam boʻlmagan, turli sanoat tizimlarida qoʻllash uchun modifikatsiyalangan va (yoki) modifikatsiyalanmagan oʻsimlik moylaridan hayvon yogʻlari yoki ularning aralashmasini qoʻshib yoki qoʻshmasdan, shuningdek, ozuqaviy qoʻshimcha va ingrediyentlar qoʻshib yoki qoʻshmasdan olingan yogʻli mahsulot;
margarin — tarkibidagi yogʻning massa ulushi 20 foizdan kam boʻlmagan, modifikatsiyalangan va (yoki) modifikatsiyalanmagan oʻsimlik moylaridan hayvon yogʻlari yoki ularning aralashmasini qoʻshib yoki qoʻshmasdan, suv, sut va (yoki) uni qayta ishlab olingan mahsulotlar, shuningdek, ozuqaviy qoʻshimcha va ingrediyentlar qoʻshib yoki qoʻshmasdan tayyorlangan emulsiyali yuqori dispersli yogʻli mahsulot;
qattiq margarin — plastik zich konsistensiyaga ega va 20 +/-2 0S haroratda oʻz shaklini saqlab turadigan margarin;
suyuq margarin — suyuq konsistensiyaga ega suyuq margarinning aniq qoʻllanish doirasiga koʻra maʼlum haroratda bir xil emulsiya xususiyatini saqlab qoluvchi margarin;
sut yogʻining oʻrnini bosuvchi mahsulot — tarkibidagi yogʻning massa ulushi 99 foizdan kam boʻlmagan modifikatsiyalangan va (yoki) modifikatsiyalanmagan oʻsimlik moylaridan, erish harorati 36ºS dan koʻp boʻlmagan, 36ºSda tarkibidagi qattiq triglitseridlarning massa ulushi 5 foizdan, yogʻ kislotalari miqdoridagi toʻyingan kislotalarning massa ulushi esa 65 foizdan koʻp boʻlmagan ozuqaviy qoʻshimchalar qoʻshib yoki qoʻshmasdan olingan mahsulot;
kakao moyining ekvivalenti — tarkibidagi yogʻning massa ulushi 99 foizdan kam boʻlmagan, kakao moyiga turli nisbatlarda mos keladigan, qayta kristallizatsiyalanishi zarur boʻlgan, kakao moyiga xos fizik-kimyoviy xususiyatlarga ega va yogʻ kislotasi tarkibidagi laurin kislotasining massa ulushi 1 foizdan yuqori boʻlmagan, 2-oleodi toʻyingan triglitseridlar massa ulushi 50 foizdan kam boʻlmagan, modifikatsiyalanmagan oʻsimlik moylaridan (ellipe, borneo, palma, sal, shi, kokum, mango magʻzi) va ularning fraksiyalaridan ozuqaviy qoʻshimchalar va boshqa ozuqaviy ingrediyentlar qoʻshib yoki qoʻshmasdan olingan mahsulotlar;
SOS — turdagi kakao moyini yaxshilovchilar (SOS mahsulotda 2-oleodistearin mavjudligini koʻrsatadi) — kakao yogʻiga turli nisbatlarda yuqori darajada mos keladigan, qayta kristallizatsiyalanishi zarur boʻlgan, asosiy tarkibi 2-oleodistearin (70 foizgacha)dan iborat, yogʻ kislotasi tarkibidagi laurin kislotasining massa ulushi 1 foizdan yuqori boʻlmagan, modifikatsiyalanmagan oʻsimlik moylaridan (ellipe, borneo, palma, sal, shi, kokum, mango magʻzi) va ularning fraksiyalaridan ozuqaviy qoʻshimchalar va boshqa ozuqaviy ingrediyentlar qoʻshib yoki qoʻshmasdan olingan, tarkibidagi yogʻning massa ulushi 99 foizdan kam boʻlmagan mahsulotlar;
POP — turdagi kakao moyining oʻrnini bosuvchilar (POP mahsulotda 2-oleodipalmitin mavjudligini koʻrsatadi) — kakao moyiga turli nisbatlarda qisman mos keladigan (25 foizdan kam emas), qayta kristallizatsiyalanishi zarur boʻlgan, asosiy tarkibi 2-oleodipalmitin (50 foizgacha)dan iborat, yogʻ kislotasi tarkibidagi laurin kislotasining massa ulushi 1 foizdan yuqori boʻlmagan, modifikatsiyalanmagan oʻsimlik moylaridan (ellipe, borneo, palma, sal, shi, kokum, mango magʻzi) va ularning fraksiyalaridan va (yoki) modifikatsiyalangan oʻsimlik moylariga ozuqaviy qoʻshimchalar va boshqa ozuqaviy ingrediyentlar qoʻshib yoki qoʻshmasdan olingan, tarkibidagi yogʻning massa ulushi 99 foizdan kam boʻlmagan mahsulotlar;
nolaurin turidagi temperirlanmaydigan kakao moyi oʻrnini bosuvchilar — tarkibida laurin kislotasining massa ulushi 1 foizdan yuqori boʻlmagan, temperirlash zarur boʻlmagan modifikatsiyalangan oʻsimlik moylari asosida ozuqaviy qoʻshimchalar va boshqa ozuqaviy ingrediyentlar qoʻshib yoki qoʻshmasdan olingan, tarkibidagi yogʻning massa ulushi 99 foizdan kam boʻlmagan mahsulotlar;
laurin turidagi temperirlanmaydigan kakao moyi oʻrnini bosuvchilar — tarkibida laurin kislotasining massa ulushi 40 foizdan kam boʻlmagan, qayta kristallizatsiyalanishi (temperirlash) zarur boʻlmagan modifikatsiyalangan oʻsimlik moylari asosida ozuqaviy qoʻshimchalar va boshqa ozuqaviy ingrediyentlar qoʻshib yoki qoʻshmasdan olingan, tarkibidagi yogʻning massa ulushi 99 foizdan kam boʻlmagan mahsulotlar;
spred — umumiy yogʻning massa ulushi 39 foizdan kam boʻlmagan, sut yogʻi yoki qaymoq, sariyogʻ va (yoki) modifikatsiyalangan va (yoki) modifikatsiyalanmagan oʻsimlik moylariga ozuqaviy qoʻshimchalar va boshqa ozuqaviy ingrediyentlar qoʻshib yoki qoʻshmasdan ishlab chiqilgan, yogʻli fazasining suyuqlanish harorati 36ºS dan yuqori boʻlmagan plastik konsistensiyaga ega boʻlgan yogʻli emulsiyali mahsulot;
oʻsimlik-sariyogʻli spredlar — yogʻ fazasining tarkibida sut yogʻining massa ulushi 15 dan 50 foizgacha boʻlgan spred;
oʻsimlik-yogʻli spredlar — yogʻli fazasi tarkibi sut yogʻi qoʻshilgan (15 foizdan kam) yoki qoʻshilmagan modifikatsiyalanmagan va (yoki) modifikatsiyalangan oʻsimlik moyidan tashkil topgan spred;
eritilgan omuxta aralashmalar — yogʻning massa ulushi 99 foizdan kam boʻlmagan sut yogʻi (yoki) qaymoq (yoki) sariyogʻ va (yoki) modifikatsiyalangan va (yoki) modifikatsiyalanmagan oʻsimlik moylarini toʻliq erish haroratigacha qizdirilib, aralashtirib olingan yoki boshqa texnologik usullarni qoʻllash orqali olingan mahsulot;
oʻsimlik-sariyogʻli eritilgan omuxta aralashmalar — yogʻ fazasining tarkibida sut yogʻining massa ulushi 15 dan 50 foizgacha boʻlgan eritilgan omuxta aralashmalar;
oʻsimlik-yogʻli eritilgan omuxta aralashmalar — yogʻli fazasi tarkibi sut yogʻi qoʻshilgan (15 foizdan kam) yoki qoʻshilmagan modifikatsiyalanmagan va (yoki) modifikatsiyalangan oʻsimlik moyidan tashkil topgan eritilgan omuxta aralashmalar;
oʻsimlik moylari asosida tayyorlangan krem — rafinatsiyalangan dezodoratsiyalangan oʻsimlik moylariga va (yoki) modifikatsiyalangan oʻsimlik moylariga sutli yoki oʻsimlik oqsillarini shakar qoʻshgan yoki qoʻshmagan holda, shuningdek, tabiiy hoʻl mevalar, sharbatlar, ozuqaviy qoʻshimchalar, boshqa ozuqaviy ingrediyentlardan tayyorlangan, yogʻ miqdori 10 foizdan kam boʻlmagan mahsulot;
oʻsimlik moylari asosida tayyorlangan sous — yogʻ miqdori 5 foizdan kam boʻlmagan, bir yoki bir qancha hildagi ozuqaviy oʻsimlik moylari va (yoki) modifikatsiyalangan oʻsimlik moylariga suv, ozuqaviy qoʻshimchalar va boshqa ozuqaviy ingrediyentlar qoʻshib yoki qoʻshmasdan, shuningdek, tabiiy ziravorlar va (yoki) sabzavotlar va (yoki) hoʻl mevalar va (yoki) qoʻziqorinlar, va (yoki) boʻlakchalar va (yoki) kukun koʻrinishidagi yongʻoqlar, kerakli taʼm berishga moʻljallangan va turli ovqatlarga ziravor sifatida ishlatiladigan mahsulot;
mayonez — rafinatsiyalangan, dezodoratsiyalangan oʻsimlik moylari, suv, tuxum mahsulotlari tuxum sarigʻiga (quruq) qayta hisoblanganda 1 foizdan kam boʻlmagan miqdorda, qayta ishlangan sut mahsulotlari, ozuqaviy qoʻshimchalar va boshqa ozuqaviy ingrediyentlarni qoʻshib yoki qoʻshmasdan tayyorlangan quyi dispers bir xil emulsiyalangan mahsulot;
mayonezli sous — yogʻ miqdori 15 foizdan kam boʻlmagan, rafinatsiyalangan dezodoratsiyalangan oʻsimlik moylari, suv, qayta ishlangan sut mahsulotlari, ozuqaviy qoʻshimchalar va boshqa ozuqaviy ingrediyentlarni qoʻshib yoki qoʻshmasdan tayyorlangan yupqadispersli emulsiyali mahsulot;
distillangan glitserin — oʻsimlik moylarini va (yoki) hayvon yogʻlarini gidroliz qilish yoki sovunlash orqali olingan va distillyatsiyalash jarayonidan oʻtgan uch atomli spirt.
3.3. Ozuqaviy boʻlmagan yogʻ-moy mahsulotlari taʼriflari:
ozuqaviy boʻlmagan yogʻ-moy mahsuloti — texnik va xoʻjalik maqsadlari uchun qoʻllaniladigan yogʻ-moy mahsuloti;
xom tabiiy glitserin — oʻsimlik moylarini va (yoki) hayvon yogʻlarini gidroliz yoki sovunlanish orqali sintez usullarini qoʻllamasdan olingan uch atomli spirt;
xoʻjalik sovuni — tabiiy yogʻ kislotalarining natriy yoki kaliy tuzlaridan tarkib topgan, isteʼmol xususiyatini yaxshilash uchun sintetik, smolali yoki naften yogʻ kislotalari (yoki ularsiz) va boshqa qoʻshimchalar qoʻshilgan mahsulot.
3.4. Texnologik jarayonlar va boshqa xil taʼriflar:
genetik modifikatsiyalangan organizmlar — nasldan-naslga irsiy maʼlumotlarni uzatish yoki ishlab chiqarishga layoqatli boʻlgan, shuningdek, tabiiy organizmlardan farq qiladigan, gen-injenering usullarini qoʻllab olingan va gen-injenering maʼlumotlarni saqlaydigan genlar, ularning boʻlaklari va genlar kombinatsiyasidan hosil boʻladigan organizm yoki bir nechta organizmlar, barcha hujayrasiz, bir hujayrali yoki koʻp hujayrali hosilalar;
rafinatsiyalash — oʻsimlik moyi va (yoki) yogʻlar, (yoki) hayvon yogʻlari va oʻsimlik moylarini qayta ishlashdan olingan mahsulotlarni quyidagi tozalash jarayonlari: gidratatsiya, neytrallashtirish, yuvish, quritish, oqlash, filtrlash, dezodoratsiyalash yoki moyni va (yoki) yogʻni (yoki) hayvon yogʻlari va oʻsimlik yogʻlarini qayta ishlashdan olingan mahsulotlarning qoʻllanilishiga koʻra bu jarayonlarning baʼzilarining majmuasidan iborat;
gidratatsiya — oʻsimlik moylari va (yoki) yogʻlar tarkibidagi fosfor tutuvchi moddalarni kimyoviy, mexanik va boshqa yoʻllar bilan yoʻqotish orqali qayta ishlash;
dezodoratsiyalash — oʻsimlik moylari va (yoki) yogʻlardan qizdirilgan bugʻ bilan vakuum ostida uchuvchi, hid beruvchi va taʼm beruvchi moddalarni yoʻqotish;
distillyatsiyalash orqali neytrallashtirish — erkin yogʻ kislotalari, hid beruvchi va boshqa uchuvchan moddalarni qizdirilgan bugʻ bilan vakuum ostida haydash bilan yoʻqotishning yuqori harorratli jarayoni;
distillyatsiyalash — bugʻlanish hamda hosil boʻlgan bugʻlarni kondensatsiyalash yoʻli bilan tozalash jarayoni;
oʻsimlik moylari va (yoki) yogʻlarni modifikatsiyalash (genetik modifikatsiyalashdan tashqari) — oʻsimlik moylari va (yoki) yogʻlarni gidrogenizatsiyalash, pereeterifikatsiyalash, fraksiyalash jarayonlari yoki ularning kombinatsiyalari yordamida kimyoviy, biokimyoviy yoki fizik qayta shakllantirish;
gidrogenizatsiyalash — oʻsimlik moylari tarkibiga kiruvchi glitseridlar yogʻ kislotalarining toʻyinmagan bogʻlarini vodorod bilan qisman yoki toʻliq toʻyintirish jarayoni;
pereeterifikatsiyalash — yogʻlarning erish haroratini pasaytirish, ularning plastikligini oshirish va havodagi kislorod bilan oksidlanishga turgʻunligini taʼminlash maqsadida triatsilglitseriddagi yogʻ kislotalari tarkibini oʻzgartirmagan holda yogʻ glitseridlarining atsil guruhlarini qayta taqsimlash jarayoni;
fraksiyalash — oʻsimlik moylarini termomexanik yoʻl bilan fraksiyalarga ajratish;
yuk hujjatlari:
manfaatdor shaxs tomonidan yogʻ-moy mahsulotlarining isteʼmolchidan tashqari, avvalgi va keyingi egasini aniqlash imkonini taʼminlaydigan hujjatlar;
yogʻ-moy mahsulotlari muvofiqligi toʻgʻrisidagi deklaratsiya va (yoki) uning nusxasi;
mahsulotlar (jarayonlar) identifikatsiyasi — ozuqaviy mahsulotlar (jarayonlar)ning Texnik reglamentda belgilangan texnik jihatdan tartibga solish obyektlariga tegishliligini oʻrnatish tartibi;
ishlab chiqarish binolari — yogʻ-moy mahsulotlari ishlab chiqarish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri foydalaniladigan binolar;
yogʻ-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan binolar, texnologik asbob-uskunalar va jihozlarni sanitariya tozalash — texnologik asbob-uskunalar va jihozlarni yuvish yoki ishlab chiqarish binolari yuzasini boshqa xil tozalovdan oʻtkazish natijasida ushbu binolar, texnologik uskuna va jihozlar ozuqaviy yogʻ-moy mahsulotlari va xom ashyoning ifloslanishi manbai boʻla olmaydi;
yogʻ-moy mahsulotlarini muomalaga chiqarish — ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi mahsulotni boshqa shaxsga (tashuvchiga, sotuvchiga, isteʼmolchiga) topshirgan paytdan boshlab uni ishlab chiqarish yakunlangandan keyin mahsulotni ishlab chiqaruvchidan to isteʼmolchigacha boʻlgan harakatlarni, barcha jarayonlarni qamrab oladi.
3-bob. Yogʻ-moy mahsulotlari xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar
4. Muomalaga chiqarilyotgan yogʻ-moy mahsulotlaridan belgilangan maqsadda foydalangan holda ozuqaviy yogʻ-moy mahsulotlari yaroqlilik muddati davomida ozuqaviy boʻlmagan yogʻ-moy mahsulotlari saqlanish muddati davomida inson hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazmasligi kerak.
5. Yogʻ-moy mahsulotlari ishlab chiqarish, qadoqlash, saqlash, tashish, muomalaga chiqarish va utilizatsiya qilish (qayta ishlash) mobaynida Texnik reglamentda belgilangan rioya qilinishi majburiy boʻlgan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlar talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
1-§. Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlar
6. Ozuqaviy yogʻ-moy mahsulotlarining toksik elementlari, mikotoksin va radionuklidlar, pestitsidlar, antibiotiklar, dioksinlar, yogʻ kislotalarining transizomerlari, oksidlovchi buzilish koʻrsatkichlari, benz(a)piren, sinil, eruk kislotasi hamda gossipol koʻrsatkichi ushbu Texnik reglamentga 4 — 8-ilovalarda koʻrsatilgan va ruxsat berilgan darajadan yuqori boʻlmasligi kerak.
7. Ozuqaviy yogʻ-moy mahsulotlarining fizik-kimyoviy va mikrobiologik koʻrsatkichlari ushbu Texnik reglamentga 9-ilovada koʻrsatilgan xavfsizlik talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
8. Ozuqaviy boʻlmagan yogʻ-moy mahsulotlari ushbu Texnik reglamentga 10-ilovada koʻrsatilgan xavfsizlik koʻrsatkichlarining ruxsat berilgan darajasi normalariga javob berishi kerak.
9. Xom ashyodan gen-injenering usuli bilan olingan va tarkibida DNK (oqsil) mavjud boʻlgan yogʻ-moy mahsulotlari, toksikologiya tekshiruvlaridan oʻtkazilib, ularning ozuqaviy maqsadlarda ishlatilishi yuzasidan oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligini taʼminlash sohasidagi davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat nazorati organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda qaror qabul qilinadi.
2-§. Yogʻ-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlariga qoʻyiladigan talablar
10. Ishlab chiqarish binolari (sex, ombor, boʻlim va boshqa binolar) va yogʻ-moy mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan texnologik uskunalar, xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor yogʻ-moy mahsulotlarining ifloslanishini istisno qilgan xolatda boʻlishi kerak.
11. Xavfsizlik talablari bilan bogʻliq ozuqaviy yogʻ-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish (tayyorlash) jarayonlarida ishlab chiqaruvchi korxonalar 2022-yil 1-yanvargacha XACCP (Hazard Analysis and Critical Control Points) tamoyillariga asoslangan tartibotlarni ishlab chiqishi va joriy qilishi hamda bajarilishini taʼminlashi kerak.
12. Yogʻ-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologik jarayonlari texnik jixatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotlar ifloslanishining oldini olish uchun belgilangan tartib va sharoitlarga rioya qilgan holda olib borilishi lozim.
13. Yogʻ-moy mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda atrof muhitga taʼsirni baholashdan oʻtishi va vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan ekologik standartlarga muvofiq boʻlishi kerak.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-sentabrdagi 541-son “Atrof-muhitga taʼsirni baholash mexanizmini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
14. Yogʻ-moy mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyo, ingrediyentlar, ozuqaviy qoʻshimchalar, texnologik vositalar texnik jixatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
15. Yogʻ-moy mahsulotlarining ishlab chiqarish jarayonidagi xavfsizligi quyidagicha taʼminlanishi kerak:
a) yogʻ-moy mahsulotlari ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida (boʻlimlarida) texnologik jarayonlar va ularni amalga oshirish usullarini tanlash;
b) ishlab chiqarilayotgan ozuqaviy yogʻ-moy mahsulotlari ifloslanishini istisno qiladigan texnologik jarayonlarning maqbul ketma-ketligini tanlash;
v) texnologik uskunalarning ishlashini nazorat qilish;
g) yogʻ-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan xom ashyo va ozuqaviy qoʻshimchalarning xavfsizligini taʼminlash;
d) yogʻ-moy mahsulotlari ishlab chiqarish binolari, ishlatiladigan texnologik uskunalar va jihozlarni ozuqaviy yogʻ-moy mahsulotlarining ifloslanishini istisno qiladigan sharoitda saqlash;
e) ishlab chiqarish binolarini sanitariya tozalash, dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya qilish, yogʻ-moy mahsulotlarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan texnologik uskunalar va jihozlarni sanitariya tozalash va dezinfeksiya qilish usullari va ketma-ketligini tanlash. Ishlab chiqarish binolari va texnologik uskunalarning sanitariya tozalash ishlari, dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya qilish ketma-ketligi, yogʻ-moy mahsulotlarining ifloslanishi havfini istisno etadigan vaqt oraligʻida belgilanishi lozim. Tozalash ishlarini olib borish ketma-ketligi ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadi;
j) ushbu Texnik reglament talablariga muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlarni yuritish va saqlash.
16. Yogʻ-moy mahsulotlarining ushbu Texnik reglament talablariga muvofiqligini taʼminlash maqsadida ishlab chiqaruvchi belgilangan talablarga mosligi yuzasidan ishlab chiqarish nazorati dasturini tayyorlashi va belgilangan nazoratni tashkil qilishi lozim.
Mazkur Texnik reglament talablariga muvofiqlik boʻyicha ishlab chiqarish nazorati quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
a) ushbu Texnik reglamentda belgilangan yogʻ-moy mahsulotlariga qoʻyiladigan talablarga muvofiqlik bilan bogʻliq boʻlgan nazorat qilinadigan parametrlarning roʻyxati va meʼyorlari;
b) ishlab chiqarishni nazorat qilish tadbirlari va ularning davriyligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (xavfsizlik koʻrsatkichlari boʻyicha sinovlarning davriyligi mahsulotga oid normativ hujjatlar talablari asosida, ammo bir chorakda 1-martadan kam boʻlmagan holda belgilanadi);
v) xom ashyo va oziq-ovqat qoʻshimchalari, qadoqlash materiallari, tayyor mahsulotlar xavfsizligi nazorat parametrlarining roʻyxati va qiymatlari.
Ushbu Texnik reglament talablariga rioya etilishi boʻyicha ishlab chiqarish nazorati dasturi yogʻ-moy mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tashkilot rahbari yoki belgilangan tartibda vakolatga ega shaxs tomonidan tasdiqlanadi.
3-§. Yogʻ-moy mahsulotlarini qadoqlashga qoʻyiladigan talablar
17. Yogʻ-moy mahsulotlarining qadogʻi, ozuqaviy yogʻ-moy mahsulotlarining yaroqlilik muddati va ozuqaviy boʻlmagan yogʻ-moy mahsulotlarining saqlanish muddati mobaynida muomalada boʻlganda mahsulot xavfsizligini va identifikatsiya qilish belgilari oʻzgarmasligi taʼminlanishi lozim.
18. Ozuqaviy yogʻ-moy mahsulotining isteʼmol qadogʻi shikastlanganda yogʻ-moy mahsulotlarining egasi tomonidan mustaqil ravishda yoki vakolatli idoralarning ogohlantirishiga koʻra muomaladan chiqarib tashlanishi kerak.
19. Yogʻ-moy mahsulotlariga tegib turadigan qadoqlar (qadoqlash uchun ishlatiladigan materiallar) Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyuldagi 476-son qarori bilan tasdiqlangan Oziq-ovqat mahsulotlariga tegib turadigan qadoqlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi Umumiy texnik reglament talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
20. Ishlatilgan qadoq materialini inson hayoti, sogʻligʻi muhofazasi va atrof muhit xavfsizligini taʼminlash maqsadida qayta ishlash, utilizatsiya qilish va yoʻq qilish imkoni boʻlishi lozim.
4-§. Yogʻ-moy mahsulotlarini tamgʻalashga qoʻyiladigan talablar
21. Yogʻ-moy mahsulotlarini tamgʻalash Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-iyuldagi 490-son qarori bilan tasdiqlangan Oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalash yuzasidan uning xavfsizligi toʻgʻrisidagi Umumiy texnik reglament talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
22. Ozuqaviy yogʻ-moy mahsulotlarini tamgʻalashdagi maʼlumotlar davlat tilida bayon qilinadi. Mazkur maʼlumot yana boshqa tillarda ham bayon etilishi mumkin, bunda uning mazmuni davlat tilidagi maʼlumot mazmuni bilan bir xil boʻlishi lozim.
23. Tamgʻalashda ushbu Texnik reglamentning 4-bandi va unga 1, 2 va 3-ilovalarda koʻzda tutilgan taʼriflar asosida shakllangan mahsulotlar nomidagi soʻzlar tartibini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyiladi. Masalan: “rafinatsiyalangan dezodoratsiyalangan soya moyi”, “soya moyi rafinatsiyalangan dezodoratsiyalangan”, “yogʻ pishiriq uchun”, “pishiriq uchun yogʻ”, “mayonezli sous”, “sous mayonezli” va boshqalar.
24. Margarin va spredlarning nomlarida “yogʻ” soʻzini, u bilan bir xil oʻzakli soʻzlarni, shuningdek, “yogʻ” soʻzini oʻz ichiga olgan iboralarni ishlatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
25. Ozuqaviy yogʻ-moy mahsulotlari qadogʻidagi tamgʻalash tushunarli, oson oʻqiladigan, aniq va isteʼmolchilarni chalgʻitishga olib kelmaydigan boʻlishi, bunda yozuvlar, belgilar, ramzlar tamgʻalash joylashtirilgan fondan farq qilishi kerak.
Yaroqlilik muddati va ishlab chiqarilgan sana uchun shrift oʻlchami mm da quyidagicha boʻlishi lozim:
mahsulot massasi 100 grammgacha boʻlganda — 2,8 mm dan kam emas;
mahsulot masssasi 100 grammdan koʻp boʻlganda — 3,2 mm dan kam emas.
26. Ozuqaviy yogʻ-moy mahsulotlarining isteʼmol qadogʻini tamgʻalashda quyidagi maʼlumotlar keltirilishi kerak:
Texnik reglamentning 4-bandiga va unga 1-ilovada koʻrsatilgan nomlanishga muvofiq ozuqaviy yogʻ-moy mahsulotlarining nomi;
Texnik reglamentga 2-ilovaga muvofiq oʻsimlik moyi olinadigan moyli xom ashyoning nomidan kelib chiqib oʻsimlik moyi turlarining nomlanishi (zaytun moyining nomlanishi Texnik reglamentga 3-ilovaga muvofiq koʻrsatiladi) hamda ushbu moyning maʼlum tozalanish jarayonlaridan oʻtganidan kelib chiqib tozalanganlik darajasida koʻrsatiladi, masalan, “rafinatsiyalanmagan kungaboqar moyi” yoki “rafinatsiyalangan soya moyi” yoki “rafinatsiyalangan dezodoratsiyalangan raps moyi” va boshqalar;
oʻsimlik qoʻshimchalari qoʻshilgan oʻsimlik moyi nomiga, mahsulotga qoʻshilgan oʻsimlik qoʻshimchasining nomi koʻrsatilishiga ruxsat etiladi;
xushboʻylantirilgan oʻsimlik moyi uchun (tegishli xushboʻy qoʻshimchaning nomi koʻrsatilgan) xushboʻyli “(oʻsimlik moyi olingan xom ashyo nomiga asosan moy turi) moy”; oʻsimlik ekstrakti qoʻshilgan oʻsimlik moyi uchun “(ekstrakt olinadigan oʻsimlik nomi) ekstraktli (oʻsimlik moyi olingan xom ashyo nomiga asosan moy turi) moy” nomlanishiga ruxsat beriladi; vitaminlar qoʻshilgan oʻsimlik moyi uchun “vitaminlashtirilgan (oʻsimlik moyi olingan xom ashyo nomiga asosan moy turi) moy” nomlanishi koʻrsatiladi;
oʻsimlik moyi aralashmalari (omuxta) uchun — oʻsimlik moylarini nomlari texnik jihatdan tartibga solish obyektlari nomini koʻrsatmasdan ularning massa ulushi kamayishi tartibida koʻrsatilishiga ruxsat beriladi, masalan, “oʻsimlik moyi omuxtasi”, “kungaboqar-soya moyi”, “paxta-maxsar moyi”;
oʻsimlik moylari fraksiyalari uchun — nomlanishda fraksiyalangan moy turining nomi va fraksiyasi nomi koʻrsatiladi, masalan, “paxta palmitini”, “palma oleini” va boshqalar;
mahsus qoʻllanishga moʻljallangan yogʻlar uchun — nomlanishda texnik jixatdan tartibga solish obyektining nomi — “maxsus qoʻllanishga moʻljallangan yogʻ” koʻrsatiladi, bundan tashqari ishlatiladigan yogʻning qoʻllanilishiga muvofiq nomi kiritilishiga, masalan, “qandolatchilik yogʻi”, “novvoychilik yogʻi” va boshqalarga ruxsat beriladi.
27. Bitta ingrediyentdan tashkil topgan ozuqaviy yogʻ-moy mahsulotlariga, agar mahsulotlarning nomi ushbu ingrediyentning nomiga mos keladigan boʻlsa, yogʻ-moy mahsulotlari tarkibini koʻrsatish shart emas.
28. Yogʻ-moy mahsulotlarining ozuqaviy qiymati (mahsulotning 100 grammidagi energetik qiymati, oqsillar, yogʻlar, uglevodlar, vitaminlar, makro- va mikroelementlar) koʻrsatiladi.
Oqsillar, yogʻlar, uglevodlar va kaloriyaliligi energetik qiymati toʻgʻrisida maʼlumot ularning 100 gramm oziq-ovqat mahsulotidagi qiymati kamida 2 foizni, minerallar va vitaminlar uchun tavsiya etilgan kunlik isteʼmolning kamida 5 foizini tashkil etadigan holatlarda beriladi.
29. Ishlab chiqaruvchining nomi va joylashgan manzili, ishlab chiqaruvchi tomonidan yogʻ-moy mahsulotlariga sotib oluvchilarning eʼtirozlarini qabul qilish vakolati berilgan respublika hududida tashkil etilgan tashkilot (import qiluvchi)lar, shu jumladan, xorijiy yoki ishlab chiqaruvchi tomonidan yogʻ-moy mahsulotlariga sotib oluvchilarning eʼtirozlarini qabul qilish vakolati berilgan yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi va joylashgan manzili, shu jumladan, xorijiy ishlab chiqaruvchi funksiyasini bajaruvchi shaxsning (mavjud boʻlsa) nomi va joylashgan manzili koʻrsatiladi.
Tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi), qadoqlovchi, yetkazib beruvchi, yogʻ-moy mahsulotlarining sifati boʻyicha eʼtirozlarni qabul qiluvchi tashkilotlar va litsenziatlar (agar yogʻ-moy mahsulotlari litsenziya asosida ishlab chiqarilgan boʻlsa) pochta manziliga davlat, shahar (viloyat va aholi punkti), koʻcha, uy raqami, ofis, tovar belgisi kiritilishi kerak. Qoʻshimcha ravishda faks va telefon raqami koʻrsatilishi mumkin.
Agar yogʻ-moy mahsuloti tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) bir vaqtning oʻzida qadoqlovchi ham boʻlmasa, isteʼmolchi uchun tayyorlangan maʼlumotda tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) nomi va manzilidan tashqari qadoqlovchining ham nomi va manzili koʻrsatiladi.
30. Chetdan keltiriladigan yogʻ-moy mahsulotlari uchun genetik modifikatsiyalangan organizmlar mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumot qonunchilik talablariga muvofiq koʻrsatiladi.
31. Isteʼmolchiga beriladigan maʼlumotda yogʻ-moy mahsulotlarining hajmi va asosiy oʻlchamlari, brutto, netto massasi qadoqda (idish) metrik oʻlchov tizimida (xalqaro oʻlchovlar tizimi) koʻrsatiladi.
32. Yogʻ-moy mahsulotlarining tayyorlangan (ishlab chiqarilgan) sanasi yorliqda yoki qadoq (idish)da “Tayyorlangan (ishlab chiqarilgan...) (sana)” soʻzlari bilan koʻrsatiladi.
33. Yogʻ-moy mahsulotlariga yaroqlilik muddatini tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) albatta texnik jixatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarni va saqlash sharoitlarini inobatga olgan holda belgilaydi.
Yaroqlilik muddati yogʻ-moy mahsulotlari tayyorlangan (ishlab chiqarilgan) sanadan boshlab hisoblanadi.
Yaroqlilik muddati quyidagi koʻrinishlarda koʻrsatilishi mumkin: ((sana) ...gacha yaroqli)”, “(sana)...gacha ishlatilsin”, “(soat, kun, oy yoki yil)...muddatgacha yaroqli”.
34. Yogʻ-moy mahsulotlari uchun saqlash sharoitlari saqlanish davomida maxsus sharoitlar (harorat, yorugʻlik rejimi va boshqalar)ning talab etiladigan turlari uchun koʻrsatiladi. Germetik qadogʻi ochilganda sifati oʻzgaradigan yogʻ-moy mahsulotlari uchun qadoq ochilgandan soʻng talab etiladigan saqlash sharoiti koʻrsatiladi.
35. Aniq bir turdagi yogʻ-moy mahsulotlarini identifikatsiya qilish shtrix kod yorliqda va (yoki) qadoqda (idish) ixtiyoriy ravishda skaner moslamalarida hisobga olish uchun qulay joyga joylashtiriladi.
36. Muvofiqlik tasdiqlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot isteʼmolchiga tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) va (yoki) yetkazib beruvchi tomonidan quyidagi koʻrinishda taqdim etiladi:
qonunchilikka muvofiq qoʻyilgan muvofiqlik belgisi;
yogʻ-moy mahsulotlariga qoʻshib beriladigan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikati bilan.
37. Yogʻ-moy mahsulotlarini ishlab chiqarishga va identifikatsiya qilishga qoʻyiladigan talablarni oʻz ichiga olgan hujjat toʻgʻrisida maʼlumot beriladi.
38. Margarin, oʻsimlik-sariyogʻli va oʻsimlik-yogʻli spredlar, oʻsimlik-sariyogʻli va oʻsimlik-yogʻli eritilgan omuxta aralashmalar, mahsus qoʻllanishga moʻljallangan yogʻlar (pazandalik, oshpazlik, qandolatchilik, novvoychilik yogʻlari va boshqalar), sut yogʻining oʻrnini bosuvchi mahsulot, kakao moyining ekvivalenti, SOS-turdagi kakao moyini yaxshilovchi mahsulotlar, POP-turdagi kakao moyining oʻrnini bosuvchi mahsulotlar, nolaurin turidagi temperirlanmaydigan kakao moyi oʻrnini bosuvchi mahsulot, laurin turidagi temperirlanmaydigan kakao moyining oʻrnini bosuvchi mahsulotlar uchun qoʻshimcha quyidagi maʼlumotlar kiritilishi kerak:
umumiy yogʻning massa ulushi;
oʻsimlik-sariyogʻli va oʻsimlik-yogʻli eritilgan omuxta aralashmalar uchun sut yogʻining massa ulushi;
oʻsimlik-sariyogʻli va oʻsimlik-yogʻli spredlar uchun sut yogʻining (kiritilgan vaqtda) massa ulushi;
mahsulotning yogʻli fazasida toʻyingan yogʻ kislotalarining hamda mahsulotdagi yogʻning miqdoriga nisbatan yogʻ kislotalari transizomerlarining foizlardagi maksimal miqdori;
saqlash harorati.
39. Mayonezlar, mayonezli souslar, oʻsimlik moylari asosida tayyorlangan krem va oʻsimlik moylari asosida tayyorlangan souslarning isteʼmol qadogʻida quyidagi qoʻshimcha maʼlumotlar boʻlishi kerak:
saqlash harorati;
isteʼmol qadogʻi ochilgandan keyingi saqlash boʻyicha tavsiyalar.
40. Ozuqaviy yogʻ-moy mahsulotlari joylashtirilgan transport qadogʻining tamgʻalanishida quyidagi maʼlumotlar kiritilishi kerak:
mahsulot nomi;
tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi)ning nomi va manzili (pochta manzili);
isteʼmol qadogʻiga joylangan ozuqaviy yogʻ-moy mahsuloti birligining netto massasi;
transport qadogʻining umumiy netto massasi va ozuqaviy yogʻ-moy mahsulotlarining isteʼmol qadogʻi birligidagi soni;
qadoqlanmagan mahsulotning netto massasi;
qadoqlanmagan yogʻ-moy mahsulotlari tarkibi massa ulushining kamayishi tartibida keltiriladi (ozuqaviy qoʻshimchalar, funksional ozuqaviy ingrediyentlar, vitaminlar va boshqa mikronutriyentlar, aromatizatorlarni majburiy koʻrsatilgan holda);
saqlash sharoitlari;
turkum raqami;
oʻsimlik moylari uchun quyilgan sana qoʻshimcha ravishda koʻrsatiladi;
distillangan glitserin uchun — markasi;
ozuqaviy yogʻ-moy mahsulotlarini ishlab chiqarishga asos boʻlgan va identifikatsiya qilish talablari belgilangan hujjat haqida maʼlumot.
Yogʻ-moy mahsulotlari transport qadogʻi tamgʻalanishida ozuqaviy yogʻ-moy mahsulotlarini saqlash, tashish jarayonlarida xavfsizligini taʼminlash uchun kerakli yozuvlar va belgilar qoʻyiladi.
Margarin, oʻsimlik-sariyogʻli va oʻsimlik-yogʻli spredlar, oʻsimlik-sariyogʻli va oʻsimlik-yogʻli eritilgan omuxta aralashmalar, maxsus qoʻllanishga moʻljallangan yogʻlar (pazandalik, oshpazlik, qandolatchilik, novvoychilik yogʻlari va boshqalar), sut yogʻining oʻrnini bosuvchi mahsulot, kakao moyining ekvivalenti, SOS-turdagi kakao moyini yaxshilovchi mahsulotlar, POP-turdagi kakao moyining oʻrnini bosuvchi mahsulotlar, nolaurin turidagi temperirlanmaydigan kakao moyi oʻrnini bosuvchi mahsulot, laurin turidagi temperirlanmaydigan kakao moyining oʻrnini bosuvchi mahsulotlar uchun:
mahsulotning yogʻli fazasida toʻyingan yogʻ kislotalarining hamda mahsulotdagi yogʻning miqdoriga nisbatan yogʻ kislotalari transizomerlarining foizlardagi maksimal miqdori.
41. Sigʻimlarda tashiladigan qadoqlanmagan ozuqaviy yogʻ-moy mahsulotlari uchun yuk tashish hujjatlarida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi lozim:
distillangan glitserin uchun — markasi;
netto massasi;
quyilgan sanasi.
42. Ozuqaviy boʻlmagan yogʻ-moy mahsulotlarining tamgʻalanishida koʻrsatilgan maʼlumot davlat tilida bayon etilishi kerak. Ushbu maʼlumot boshqa tillarda ham bayon etilishi mumkin, bunda maʼlumot mazmuni davlat tilida koʻrsatilgan maʼlumot bilan aynan bir xil boʻlishi shart.
Ozuqaviy boʻlmagan yogʻ-moy mahsulotlarining tamgʻalanishida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim:
ozuqaviy boʻlmagan yogʻ-moy mahsulotlarining nomi;
tayyorlangan sanasi;
saqlash muddati;
saqlash sharoitlari;
ozuqaviy boʻlmagan yogʻ-moy mahsulotlarini ishlab chiqarishga asos boʻlgan va identifikatsiya qilish talablari belgilangan hujjat haqida maʼlumot;
muvofiqlik belgisi.
Ozuqaviy boʻlmagan yogʻ-moy mahsulotlarini tamgʻalashda ushbu Texnik reglamentning 4-bandi va 1, 2 va 3-ilovalarda koʻzda tutilgan taʼriflar asosida shakllangan mahsulotlar nomidagi soʻzlar tartibini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyiladi. Masalan: “xom tabiiy glitserin”, “xom glitserin tabiiy”.
43. Qadoqlanmagan xoʻjalik sovunining har bir boʻlagida quyidagilar koʻrsatilgan holda aniq tamgʻa qoʻyilgan boʻlishi lozim:
tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi)ning nomi yoki tovar belgisi;
xoʻjalik sovunining nomlanishi (72 foizli, 70 foizli va boshqalar);
xoʻjalik sovunini ishlab chiqarishga asos boʻlgan va identifikatsiya qilish talablari belgilangan hujjat haqida maʼlumot.
44. Qadoqlangan xoʻjalik sovunining isteʼmol qadogʻida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim:
xoʻjalik sovunining nomlanishi (72 foizli, 70 foizli va boshqalar);
ishlab chiqaruvchining nomi va joylashgan manzili, ishlab chiqaruvchi tomonidan yogʻ-moy mahsulotlariga sotib oluvchilarning eʼtirozlarini qabul qilish vakolati berilgan respublika hududida tashkil etilgan tashkilot (import qiluvchi)lar, shu jumladan, xorijiy yoki ishlab chiqaruvchi tomonidan yogʻ-moy mahsulotlariga sotib oluvchilarning eʼtirozlarini qabul qilish vakolati berilgan yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi va joylashgan manzili, shu jumladan, xorijiy, xorijiy ishlab chiqaruvchi funksiyasini bajaruvchi shaxsning (mavjud boʻlsa) nomi va joylashgan manzili;
sovun boʻlagining nominal (shartli) massasi;
ingrediyentlarning massa ulushi kamayishi tartibida mahsulotning tarkibi;
turkum raqami;
tayyorlangan sana;
saqlash muddati;
saqlash sharoitlari;
xoʻjalik sovunini ishlab chiqarishga asos boʻlgan va identifikatsiya qilish talablari belgilangan hujjat haqida maʼlumot;
muvofiqlik belgisi.
45. Ozuqaviy boʻlmagan yogʻ-moy mahsulotlarining har bir transport qadogʻi birligining tamgʻalanishida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
ozuqaviy boʻlmagan yogʻ-moy mahsulotlarining nomi;
ishlab chiqaruvchining nomi va joylashgan manzili, ishlab chiqaruvchi tomonidan yogʻ-moy mahsulotlariga sotib oluvchilarning eʼtirozlarini qabul qilish vakolati berilgan respublika hududida tashkil etilgan tashkilot (import qiluvchi)lar, shu jumladan, xorijiy yoki ishlab chiqaruvchi tomonidan yogʻ-moy mahsulotlariga sotib oluvchilarning eʼtirozlarini qabul qilish vakolati berilgan yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi va joylashgan manzili, shu jumladan, xorijiy, xorijiy ishlab chiqaruvchi funksiyasini bajaruvchi shaxsning (mavjud boʻlsa) nomi va joylashgan manzili;
tabiiy xom glitserin uchun — navi;
turkum raqami;
tabiiy xom glitserin uchun — netto ogʻirligi;
xoʻjalik sovuni uchun — qutidagi boʻlaklar soni, boʻlaklarning umumiy (nominal) ogʻirligi koʻrsatilgan xolda;
muvofiqlik belgisi;
tayyorlangan sana;
saqlash muddati;
ozuqaviy boʻlmagan yogʻ-moy mahsulotlarini ishlab chiqarishga asos boʻlgan va identifikatsiya qilish talablari belgilangan hujjat haqida maʼlumot.
46. Sigʻimlarda tashiladigan xom tabiiy glitserin uchun yuk tashish hujjatlarida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim:
nomlanishi;
navi;
ishlab chiqaruvchining nomi va joylashgan manzili, ishlab chiqaruvchi tomonidan yogʻ-moy mahsulotlariga sotib oluvchilarning eʼtirozlarini qabul qilish vakolati berilgan respublika hududida tashkil etilgan tashkilot (import qiluvchi)lar, shu jumladan, xorijiy, xorijiy yoki ishlab chiqaruvchi tomonidan yogʻ-moy mahsulotlariga sotib oluvchilarning eʼtirozlarini qabul qilish vakolati berilgan yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi va joylashgan manzili, shu jumladan, xorijiy, xorijiy ishlab chiqaruvchi funksiyasini bajaruvchi shaxsning (mavjud boʻlsa) nomi va joylashgan manzili;
turkum raqami.
47. Ozuqaviy boʻlmagan yogʻ-moy mahsulotlari transport qadogʻining tamgʻalanishida uni saqlash, tashish jarayonlarida xavfsizligini taʼminlash uchun kerakli yozuvlar va belgilar qoʻyiladi.
5-§. Yogʻ-moy mahsulotlarini saqlashga qoʻyiladigan talablar
48. Yogʻ-moy mahsulotlarini saqlash, ularning yaroqlilik muddati yoki saqlanish muddati mobaynida xavfsizligini va butligini taʼminlash uchun saqlash sharoiti mavjud boʻlgan ombor va boshqa binolarda amalga oshirilishi lozim.
Ozuqaviy yogʻ-moy mahsulotlarining yaroqlilik muddati va saqlash sharoiti ishlab chiqaruvchi tomonidan ushbu mahsulot yaroqlilik muddati davomida saqlanganda mazkur Texnik reglament talablariga javob berishini inobatga olgan holda belgilanadi.
49. Ombor va boshqa binolarda oʻrnatilgan texnologik uskunalar saqlash sharoitini nazorat qilish uchun oʻlchov asboblari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
50. Yogʻ-moy mahsulotlari saqlanadigan omborlarda va boshqa binolarda, shuningdek, muzlatgich kameralarida sanitariya tozalash ishlari (dezinfeksiya, dezinseksiya va boshqalar) olib borilishi kerak.
51. Yogʻ-moy mahsulotlarining saqlanishi mobaynida ularning xavfsizligini tasdiqlovchi mahsulotga ilova qilinadigan hujjatlar boʻlishi lozim.
52. Ozuqaviy yogʻ-moy mahsulotlari saqlanadigan bino va inshootlar konstruksiyasi ishlab chiqaruvchi tomonidan yogʻ-moy mahsulotlariga belgilangan saqlash sharoitlarini taʼminlashi lozim.
53. Yogʻ-moy mahsulotlari saqlanadigan omborlar va binolarda yongʻin va portlash xavfsizligini taʼminlaydigan sharoitlar yaratilishi kerak.
Yogʻ-moy mahsulotlari oʻz-oʻzidan yonib ketishining oldini olish maqsadida neft mahsulotlari, toksik yonuvchan kimyoviy moddalar va boshqa turdagi yogʻ-moy mahsulotlari zararlanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan mahsulotlar bilan birga saqlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
54. Ozuqaviy boʻlmagan yogʻ-moy mahsulotlarining tashish va saqlash davomida mazkur Texnik reglament talablariga asosan saqlash muddati mobaynidagi xavfsizligi taʼminlanishi lozim.
Ozuqaviy boʻlmagan yogʻ-moy mahsulotlarini saqlash sharoiti va saqlash muddati ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadi.
6-§. Yogʻ-moy mahsulotlarini tashishga qoʻyiladigan talablar
55. Yogʻ-moy mahsulotlarini tashish, ularning xavfsizligini va butligini taʼminlaydigan transport vositalarida amalga oshiriladi.
Ozuqaviy yogʻ-moy mahsulotlarini tashuvchi transport vositalari ushbu maqsadlarga muvofiq boʻlishi kerak. Tashish sharoitlarini yuk ortuvchi belgilaydi. Ushbu sharoitlar ishlab chiqaruvchi tomonidan tashish uchun belgilangan talablarga mos boʻlishi lozim.
56. Transport vositalarining yuk boʻlimlari konstruksiyasi yogʻ-moy mahsulotlarini zararlanishdan himoyalaydigan va davriy sanitariya tozalash ishlarini oʻtkazish imkoniyatini taʼminlashi kerak.
Transport vositalarining yuk boʻlimlari ichki yuzalari yaxshi yuviladigan va toksik boʻlmagan materiallardan yasalgan boʻlishi kerak. Transport vositalarining ichki boʻlinmalarining sanitariya tozalash va dezinfeksiya qilish davriyligi ozuqaviy yogʻ-moy mahsulotlarini tashish xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanuvchi taraf tomonidan belgilanadi.
57. Yogʻ-moy mahsulotlarini ularning qadogʻini ifloslantiradigan va kuchli (begona) hidli yuklar bilan birga tashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
58. Yogʻ-moy mahsulotlari yuk joʻnatish hujjatlari bilan joʻnatilishi kerak.
7-§. Yogʻ-moy mahsulotlarini qaytarib olish va utilizatsiya qilish (qayta ishlash) jarayonlariga qoʻyiladigan talablar
59. Texnik reglament talablariga javob bermaydigan yogʻ-moy mahsulotlari “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilab berilgan ozuqaviy mahsulotlarning sifati va xavfsizligini taʼminlash sohasidagi davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat nazorati organlarining qarorlari boʻyicha qaytarib olinib utilizatsiya (qayta ishlash)ga beriladi.
60. Qaytarib olinib utilizatsiya (qayta ishlash)ga berishga moʻljallangan yogʻ-moy mahsulotlari miqdori koʻrsatilgan holda boshqa yogʻ-moy mahsulotlariga tegishiga yoʻl qoʻyilmaydigan sharoitlarda alohida saqlanishi kerak.
61. Yogʻ-moy mahsulotlarini qaytarib olish va utilizatsiya qilish (qayta ishlash) shart-sharoitlari yogʻ-moy mahsuloti egasi tomonidan tegishli davlat nazorati organlari bilan kelishiladi.
62. Yogʻ-moy mahsulotlarini utilizatsiya qilish (qayta ishlash), uning egasi yoki egasi tomonidan ushbu ishlarni shartnoma asosida bajarish topshirilgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
63. Yogʻ-moy mahsulotlarini utilizatsiya qilish (qayta ishlash) mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat nazorati organlari va jamoatchilik vakillaridan tarkib topgan komissiya ishtirokida yogʻ-moy mahsulotlari haqiqatda utilizatsiya qilinganligini (qayta ishlanganligini) tasdiqlovchi hujjat rasmiylashtirilgan holda amalga oshiriladi.
64. Yogʻ-moy mahsulotlarining egasi uning haqiqatda utilizatsiya qilinganligini (qayta ishlanganligini) tasdiqlovchi hujjatni davlat nazorat organlariga taqdim etadi.
8-§. Yogʻ-moy mahsulotlarini muomalaga chiqarishga qoʻyiladigan talablar
65. Yogʻ-moy mahsulotlarining har bir turkumi yogʻ-moy mahsulotlarining Texnik reglament talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi maʼlumot kiritilgan joʻnatish hujjatlari bilan muomalaga chiqarilishi kerak.
66. Texnik reglament talablariga javob bermaydigan yogʻ-moy mahsulotlari muomalaga chiqarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
67. Muomalaga chiqarilgan yogʻ-moy mahsulotlarining Texnik reglament talablariga nomuvofiqligi aniqlanganda yogʻ-moy mahsulotining egasi tomonidan muomaladan chiqarilib Texnik reglamentning 59 — 64-bandlariga muvofiq qaytarib olinadi va utilizatsiya qilinadi (qayta ishlanadi).
9-§. Yogʻ-moy mahsulotlarini sotish jarayonlariga qoʻyiladigan talablar
68. Yogʻ-moy mahsulotlarini sotuvga chiqarishda ularning ozuqaviy yogʻ-moy mahsulotlari uchun — yaroqlilik muddati, ozuqaviy boʻlmagan yogʻ-moy mahsulotlari uchun saqlash muddati davomida mazkur Texnik reglament talablariga asosan xavfsizligi taʼminlanishi kerak.
4-bob. Yogʻ-moy mahsulotlaridan namuna olish, identifikatsiya qilish va muvofiqligini baholash va sinovdan oʻtkazish
10-§. Identifikatsiya qilish
69. Identifikatsiya qilish deganda muvofiqlikni baholash maqsadida taqdim etilgan yogʻ-moy mahsulotlarining qoʻshib joʻnatiladigan hujjatlari va tamgʻalashda koʻrsatilgan aniq belgilariga oʻxshashligi aniqlanishi tushuniladi.
70. Yogʻ-moy mahsulotlarini idenfikatsiya qilish mahsulot nomlanishi va (yoki) mahsulotning mazkur Texnik reglamentda ushbu mahsulot taʼrifida keltirilgan, vizual va (yoki) orgonaleptik va (yoki) analitik usulda aniqlangan belgilari boʻyicha amalga oshiriladi.
Yogʻ-moy mahsulotlarini identifikatsiyalash quyidagi bir va (yoki) bir necha usulda amalga oshiriladi:
nomlanishi boʻyicha — isteʼmol qadogʻidagi tamgʻalashda va/yoki mahsulotning yuk hujjatlarida koʻrsatilgan yogʻ-moy mahsuloti nomlanishi va qoʻllanishini yogʻ-moy mahsulotlarining turini aniqlashda belgilangan nomlanishi bilan solishtirgan holda;
koʻz bilan koʻrish (vizual) usuli — yogʻ-moy mahsulotini tashqi koʻrinishini ushbu Texnik reglamentning 4-bandi va unga 1, 2 va 3-ilovadagi taʼrifda keltirilgan belgilar bilan solishtirish;
organoleptik usul — yogʻ-moy mahsulotlarining organoleptik koʻrsatkichlarini mazkur Texnik reglamentda ushbu yogʻ-moy mahsulotlari uchun keltirilgan taʼrifdagi belgilarga solishtirish yoʻli bilan identifikatsiya qilinadi. Organoleptik usul yogʻ-moy mahsulotini nomlanishi va vizual usul bilan idenfikatsiyalashning imkoni boʻlmagan holda qoʻllaniladi. Mahsulotda mikrobli buzilish alomatlari boʻlgan holda mahsulotning organoleptik koʻrsatkichlarini baxolash istisno qilinadi;
tahlil qilish usuli — yogʻ-moy mahsulotlarining fizik-kimyoviy koʻrsatkichlarini ushbu Texnik reglamentning 4-bandi va unga 3 va 11-ilovalarda keltirilgan belgilarga muvofiqligini tekshirish yoʻli bilan identifikatsiya qilinadi. Tahlil qilish usulidan yogʻ-moy mahsulotini nomlanishi, vizual yoki organoleptik usullar bilan identifikatsiyalashning imkoni boʻlmaganda qoʻllaniladi.
71. Mazkur Texnik reglamentdagi texnik jihatdan tartibga solish obyektlariga tegishliligini aniqlash maqsadida ishlab chiqarish, saqlash, tashish va sotish jarayonlarini identifikatsiyalashda bu jarayonlar aynan yogʻ-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash va sotish maqsadida amalga oshirilishi va ushbu mahsulotga boʻlgan xavfsizlik talablari taʼminlanishiga ishonch hosil qilinishi kerak. Ishlab chiqarish, saqlash, tashish va sotish jarayonlarini identifikatsiyalash ushbu jarayonlarni koʻz bilan koʻrib baholash orqali amalga oshiriladi.
72. Identifikatsiyalash keng qamrovli baholash tusiga ega boʻlib, unda yogʻ-moy mahsulotlarini organoleptik va fizik-kimyoviy tahlil qilish usullari hamda mahsulotlarning qalbakilashtirilishini aniqlashga imkon beradigan, shu jumladan, fizik-kimyoviy koʻrsatkichlarning (oʻsimlik moylarida eruk kislotasi, yogʻ kislotalari tarkibi va yogʻ kislotasi trans izomerlari) sinov usullari qoʻllaniladi.
Oʻsimlik moylarining tarkibi va fizik-kimyoviy xossalari (qalbakilashtirishni aniqlash uchun) 11-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ozuqaviy yogʻ-moy mahsulotlarini qalbakilashtirish turlari:
oʻsimlik moylari, margarin va mayonez mahsulotlarini assortiment qalbakilashtirish — foydali va qimmat moylarni (zaytun, makkajoʻxori) narxi jihatidan arzon moylar (soya, raps) bilan almashtirish, amaldagi retsepturaning eʼlon qilingan tarkibiga amal qilinmasligi yoki yuqori sifatli va maʼlum maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni oddiy yogʻ-moy mahsulotlariga almashtirish;
sifati boʻyicha qalbakilashtirish — kam tozalangan moylar, misol uchun texnik maqsadlar uchun moʻljallangan palma moyini ishlatish, shuningdek, sut yogʻini oʻsimlik moylari va yogʻlariga almashtirish.
Yogʻ-moy mahsulotlari, agar ularga qoʻshib joʻnatilgan hujjatlardagi va yorliqlardagi maʼlumotlar ushbu Texnik reglamentda belgilangan nomlanish va (yoki) identifikatsiya qilish qoʻrsatkichlariga toʻgʻri kelmasa yoki notoʻgʻri boʻlsa, qalbakilashtirilgan hisoblanadi va majburiy ravishda chaqirib olinishi kerak.
73. Oziq-ovqat xavfsizligini nazorat qilish funksiyalarini amalga oshiruvchi vakolatli organlar qalbakilashtirilgan yogʻ-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda toʻxtatib turish va bu haqida isteʼmolchilarni xabardor qilish choralarini koʻradilar.
(73-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
11-§. Muvofiqlikni baholash
74. Yogʻ-moy mahsulotlarining Texnik reglament talablariga muvofiqligini baholash quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
yangi turdagi yogʻ-moy mahsulotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish.
75. Ushbu Texnik reglament talablari taalluqli boʻlgan import qilinayotgan yogʻ-moy mahsulotlarining muvofiqligini baholash Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirmasdan oldin amalga oshirilishi shart.
76. Yogʻ-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, tashish va sotish jarayonlarining ushbu Texnik reglament talablariga muvofiqligini baholash, yogʻ-moy mahsulotlariga belgilangan talablarga amal qilinishi ustidan davlat nazorati (tekshiruv) shaklida, ushbu Texnik reglament va boshqa yogʻ-moy mahsulotlari uchun taalluqli talablar belgilangan Texnik reglamentlar asosida amalga oshiriladi.
12-§. Namuna tanlash va sinovlar oʻtkazish
77. Yogʻ-moy mahsulotlarining Texnik reglament talablariga muvofiqligini baholash uchun zarur sinov usullari, shuningdek, namuna olish usullari texnik jixatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq bajariladi.
5-bob. Texnik reglament talablariga rioya etilishining davlat nazorati
78. Texnik reglament talablariga rioya etililishi boʻyicha davlat nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, shuningdek, boshqa mutasaddi davlat organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
(78-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
6-bob. Oʻtish davri
79. Texnik reglament amalga kiritilgan kundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan va yogʻ-moy mahsulotlarining xavfsizligiga qoʻyiladigan talablarni belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar Texnik reglamentga muvofiq kiritilgunga qadar Texnik reglamentga toʻgʻri keladigan qismi qoʻllaniladi.
80. Texnik reglament amalga kiritilgunga qadar amaldagi qonunchilik talablariga koʻra muvofiqligini baholash majburiy boʻlgan yogʻ-moy mahsulotlariga Milliy sertifikatlashtirish tizimi tomonidan belgilangan qoidalar qoʻllaniladi.
81. Texnik reglament amalga kiritilgunga qadar yogʻ-moy mahsulotlariga rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatlari va sanitariya-epidemiologiya xulosalari ushbu hujjatlarda belgilangan muddat davomida amal qiladi.
7-bob. Texnik reglamentga rioya qilmaslik uchun javobgarlik
82. Texnik reglament talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(82-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 212-moddasi.
Yogʻ-moy mahsulotlari xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentga 1-ILOVA
Xavfsizlik talablari belgilanadigan texnik jihatdan tartibga solish obyektlari
Triticum aestivum Linnaeus: emened. Fiori et Paoletti
Triticum durum Desfontaines
22.
Raps moyi
Raps (urugʻlari)
Brassica napus Linnaeus
23.
Guruch moyi
Guruch
Oryza sativa Linnaeus
24.
Maxsar moyi
Maxsar (urugʻlari)
Carthamustinctorius Linnaeus
25.
Olxoʻri moyi
Olxoʻri (danak urugʻlari)
Prunus domestica Linnaeus
26.
Soya moyi
Soya (dukkaklari)
Glycine max (Linnaeus) Merrill
27.
Pomidor moyi
Pomidor (urugʻlari)
Lycopersicon
lycopersikum (Linnaeus), Karsten ex Farwell syn, Lycopersicon
esculentum P. Miller;
28.
Zira moyi
Zira (urugʻi)
Carum
29.
Qovoq moyi
Qovoq (urugʻlari)
Cucurbita maxima A.N. Duchesne Cucurbita pepo (Linnaeus)
30.
Paxta moyi
Gʻoʻza (chigit)
Gossypium spp.
31.
Kanop moyi
Kanop urugʻlari
Cannabis ruderalis
* Zaytun moylarining nomlanishi, tavsifi va xavfsizlik koʻrsatkichlari Texnik reglamentga 3-ilovada keltirilgan.
Yogʻ-moy mahsulotlari xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentga 3-ILOVA
Zaytun moylari turlari, tavsiflari va havfsizlik koʻrsatkichlari
Zaytun moyining nomlanishi
Tavsiflari va koʻrsatkichlari
Presslash usulida olingan rafinatsiyalanmagan zaytun moyi (Extra virgin olive oil).
Kislota soni grammga 1,6 mg kaliy gidrooksididan koʻp boʻlmagan yoki kislotaliligi olein kislotaga qayta hisoblanganda 100 g ga 0,8 g dan koʻp boʻlmagan, perekis soni 20 mekv/kg dan koʻp boʻlmagan bir marotaba presslab olingan moy.
Kislota soni grammga 4,0 mg kaliy gidrooksididan koʻp boʻlmagan yoki kislotaliligi olein kislotaga qayta hisoblanganda 100 g ga 2,0 g dan koʻp boʻlmagan, perekis soni 20 mekv/kg dan koʻp boʻlmagan presslarda bir marotaba siqib olingan moy.
Presslash usulida olingan rafinatsiyalangan zaytun moyi (Refined olive oil).
Kislota sonigrammga 0,6 mg kaliy gidrooksididan koʻp boʻlmagan yoki kislotaliligi olein kislotaga qayta hisoblanganda 100 g ga 0,3 g dan koʻp boʻlmagan, perekis soni 5 mekv/kg dan koʻp boʻlmagan bir marotaba presslab, rafinatsiya usulida olingan, lekin boshlangʻich triglitserid strukturasiga oʻzgarishlar kiritmaydigan jarayonlarga yoʻnaltirilmagan zaytun moyi.
Presslash usulida olingan rafinatsiyalanmagan zaytun moyi qoʻshilgan rafinatsiyalangan zaytun moyi Extra virgin (Olive oil).
Kislota soni grammga 2,0 mg kaliy gidrooksididan koʻp boʻlmagan yoki kislotaliligi olein kislotaga qayta hisoblanganda 100 g ga 2,0 g dan koʻp boʻlmagan, perekis soni 15 mekv/kg dan koʻp boʻlmagan, rafinatsiyalangan zaytun moyi va bir marotaba presslab olingan zaytun moylari aralashmasidan iborat moy.
Siqilgan qoldiqdan olingan rafinatsiyalangan zaytun moyi (Refined olive-pomace oil).
Kislota sonigrammga 0,6 mg kaliy gidrooksididan koʻp boʻlmagan yoki kislotaliligi olein kislotaga qayta hisoblanganda 100 g ga 0,3 g dan koʻp boʻlmagan, perekis soni 5 mekv/kg dan koʻp boʻlmagan siqilgan qoldiqlarda xom zaytun moyidan rafinatsiya usullari orqali olingan va lekin boshlangʻich triglitserid strukturalariga oʻzgarishlar kiritmaydigan jarayonlarga yoʻnaltirilmagan zaytun moyi.
Kislota sonigrammga 2,0 mg kaliy gidrooksididan koʻp boʻlmagan yoki kislotaliligi olein kislotaga qayta hisoblanganda 100 g ga 1,0 g dan koʻp boʻlmagan, perekis soni 20 mekv/kg dan koʻp boʻlmagan, siqilgan qoldiqlardan olingan rafinatsiyalangan zaytun moyi va bir marotaba siqib olingan zaytun moylari aralashmasidan iborat moy.
Yogʻ-moy mahsulotlari xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentga 4-ILOVA
Ozuqaviy yogʻ-moy mahsulotlaridagi zaharli elementlarning ruxsat etilgan miqdori
Mahsulotlar nomi
Koʻrsatkichlar
Ruxsat etilgan miqdori mg/kg dan koʻp emas
Oʻsimlik moylari (barcha turlari),
oʻsimlik moylarining fraksiyalari.
Qoʻrgʻoshin
0,1
0,2 (yeryongʻoq moyi uchun)
Margimush
0,1
Kadmiy
0,05
Simob
0,03
Temir
1,5 rafinatsiyalangan moylar uchun
5,0 rafinatsiyalanmagan moy, rafinatsiyalangan va rafinatsiyalanmagan moylar aralashmasi uchun
mahsus qoʻllanishga moʻljallangan yogʻlar (non, qandolat mahsulotlari, pishiriq uchun yogʻlar va boshqalar).
Qoʻrgʻoshin
0,1
Margimush
0,1
Kadmiy
0,05
Simob
0,05
Nikel
0,7
gidrogenizatsiyalangan rafinatsiyalangan va dezodoratsiyalangan moylar (yogʻlar) va tarkibida gidrogenizatsiyalangan moy va yogʻlar mavjud mahsulotlar uchun
Margarinlar.
Qoʻrgʻoshin
0,1
Margimush
0,1
Kadmiy
0,05
Simob
0,05
Nikel
0,7 tarkibida gidrogenizatsiyalangan moylar va yogʻlar mavjud mahsulotlar
Temir
1,5 (kakao mahsulotlari qoʻshilgan margarinlardan tashqari)
Mis
0,1 (kakao mahsulotlari qoʻshilgan margarinlardan tashqari)
Sut yogʻining oʻrnini bosuvchi mahsulotlar;
Kakao moyining ekvivalenti;
SOS-turdagi kakao moyini yaxshilovchilar;
POP-turdagi kakao moyining oʻrnini bosuvchi mahsulotlar;
Nolaurin turidagi temperirlanmaydigan kakao moyi oʻrnini bosuvchilar;
Laurin turidagi temperirlanmaydigan kakao moyi oʻrnini bosuvchilar.
Qoʻrgʻoshin
0,1
Margimush
0,1
Kadmiy
0,05
Simob
0,05
Nikel
0,7
tarkibida gidrogenizatsiyalanganmoylar va yogʻlar mavjud mahsulotlar
Antibiotiklar**(oʻsimlik-sariyogʻli mahsulotlar uchun)
levomitsetin (xloramfenikol)
yoʻl qoʻyilmaydi
< 0,0003 mg/kg
Tetratsiklin guruhi
yoʻl qoʻyilmaydi
<0,01 mg/kg
streptomitsin
yoʻl qoʻyilmaydi
< 0,2 mg/kg
penitsillinlar
yoʻl qoʻyilmaydi
< 0,004 mg/kg
* Tanlangan hududlarda qoʻllanilgan va oziq-ovqat ishlab chiqarishda zarur boʻlganda ishlatilgan xom ashyodagi boshqa pestitsidlar va ularning qoldiq miqdorini nazorat qilish kerak.
** Tetratsiklin guruhidagi antibiotiklar va batsitratsin, grizinlarni aniqlashda ularning haqiqiy miqdorini yed/g ga qayta hisoblash standart aktivligi boʻyicha amalga oshiriladi.
Yogʻ-moy mahsulotlari xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentga 6-ILOVA
Ozuqaviy yogʻ-moy mahsulotlarini oksidlovchi buzilish koʻrsatkichlarining ruxsat etilgan miqdori
Mahsulotlar nomi
Koʻrsatkichlar
Ruxsat etilgan miqdor, koʻp emas
Oʻsimlik moylari (barcha turlari),
oʻsimlik moylarining fraksiyalari;
rafinatsiyalanmagan moylar.
Kislota soni, mg KON/g,koʻp emas
4,0
Rafinatsiyalanmagan maxsar moyi.
2,0
Rafinatsiyalanmagan raps moyi (oziq-ovqat mahsulotlariga oziqaviy xom ashyo sifatida foydalaniladigan).
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 724-son qaroriga 2-ILOVA
Yogʻ-moy mahsulotlari xavfsizligi boʻyicha umumiy texnik reglamentni joriy qilish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
I bosqich
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati
Sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalariga Yogʻ-moy mahsulotlari xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni (keyingi oʻrinlarda — Texnik reglament) yetkazish.
Uch kun muddatda
II bosqich
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati
1. Yogʻ-moy mahsulotlarini standartlashtirish boʻyicha mavjud normativ hujjatlar roʻyxatini tuzish va xatlovdan oʻtkazish.
Bir oy muddatda
2. Yogʻ-moy mahsulotlarini standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni qoʻllashda majburiylikni bekor qilish va ixtiyoriylikni taʼminlash toʻgʻrisida belgilangan tartibda qaror qabul qilish.
Oʻn kun muddatda
III bosqich
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Texnik reglament talablariga muvofiqligini baholash uchun sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish koʻlamini kengaytirish choralarini koʻrish.
Uch oy muddatda
IV bosqich
“Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi,
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati
Texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida aholini, davlat organlarini, tadbirkorlik subʼyektlarini keng xabardor qilishni taʼminlash.
Jadvalga muvofiq
V bosqich
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hududiy organi
1. Tadbirkorlik subʼyektlari tomonidan sanitariya-epidemiologik xulosani olish uchun ariza va unga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim qilish.
2. Sinovdan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda mahsulot namunalarini olish.
3. Laboratoriya sinovlari natijasi ijobiy boʻlganda arizaberuvchiga sanitariya-epidemiologik xulosani berish.
Belgilangan tartibda (ariza olingan kundan boshlab 14 kundan kechiktirmay)
VI bosqich
Akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari
Muvofiqlik sertifikatini berish yoki qonunchilik hujjatlarining aniq normalari koʻrsatilgan holda muvofiqlik sertifikatini berish rad etilganligi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilish.
Uch ish kuni mobaynida
VII bosqich
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati
Texnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini taʼminlash.
Belgilangan tartibda
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/724/1522-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)