ILOVA
1-ILOVA
T/r | Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari | Ball | Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball |
1. | “Faol hayotga qadam” dasturi doirasida belgilangan xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 376-son qarori bilan tasdiqlangan “Faol hayotga qadam” dasturi doirasida ijtimoiy xizmatlardan imtiyozli shartlarda foydalanish uchun vaucher berish hamda ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2a, 2b, 2v, 2g va 2d-ilovalarida belgilangan tartibda xizmat koʻrsatilmaganligi | 30 | |
2. | Ijtimoiy xizmat amalda koʻrsatilmagan holda, xizmatdan foydalanuvchi shaxsning biometrik maʼlumotlari “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga kiritilganligi aniqlanganligi | 30 | |
3. | Ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi tomonidan ijtimoiy xizmatdan haqiqatda foydalangan shaxsning biometrik maʼlumotlarini tasdiqlash imkoni mavjud boʻlsa-da, “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida xizmat koʻrsatilganligi boʻyicha dalolatnoma orqali tasdiqlanganligi | 20 | |
4. | Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya, kunduzgi qatnov asosida qarab turish va uy sharoitida qarab turish xizmatlari boʻyicha xizmatdan foydalanuvchining oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari asosida olti oy yakuni boʻyicha qayta baholanganda, uning koʻrsatkichi monitoring oʻtkazilishidan oldingi koʻrsatkichga nisbatan kamayganligi aniqlanganligi | 10 | |
5. | Ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi tomonidan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga xizmat koʻrsatilganligi haqida maʼlumot kiritilib, ushbu kunda tegishli xizmat amalda koʻrsatilmaganligi, shu jumladan, xizmatdan foydalanuvchining biometrik maʼlumotlari, fotosurat yoki boshqalarni kiritishda yolgʻon yoki haqiqiy boʻlmagan maʼlumotlardan foydalanilganligi | 10 | |
Jami ballar yigʻindisi | 100 | ||
2-ILOVA
T/r | Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari | Ball | Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball |
1. | Soliq qoʻmitasining axborot tizimlarida bandligi taʼminlangan I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxsga uning bandligi taʼminlangandan soʻng uch oy mobaynida belgilangan miqdordagi ish haqi hisoblanmaganligi | 20 | |
2. | Bandlikka koʻmaklashish subsidiyasini olgan tadbirkorlik subyekti tomonidan “Nogironligi boʻlgan shaxslar bandligiga koʻmaklashish elektron reyestri” axborot modulida turgan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxsga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining ikki baravaridan kam miqdorda ish haqi toʻlanganligi aniqlanganligi | 20 | |
3. | Mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan nogironligi boʻlgan shaxsga surdotarjimon, psixolog yoki hamrohlik xizmatlari amalda koʻrsatilmagan boʻlsa-da, “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga mazkur xizmatlar koʻrsatilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar kiritilganligi | 20 | |
4. | “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimining elektron reyestri, “Yagona milliy mehnat tizimi” IDAK hamda Soliq qoʻmitasining axborot tizimlaridagi I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxsning bandligi, mehnat shartnomasi va unga hisoblangan ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻrtasida tafovutlar yoki nomuvofiqliklar aniqlanganligi | 20 | |
5. | Ishga qabul qilingan nogironligi boʻlgan shaxslarning haqiqatdan ishlayotganligi, nogironligi boʻlgan shaxslarga tegishliligi boʻyicha surdotarjimon, psixolog yoki hamrohlik xizmatlari yoʻlga qoʻyilganlik holatlarini monitoring qilish va ular bilan suhbatlashish jarayonida ish oʻrinlarida sharoitlar yaratilmaganligi va qonunbuzilish holatlari aniqlanganligi | 20 | |
Jami ballar yigʻindisi | 100 | ||
3-ILOVA
T/r | Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari | Ball | Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball |
1. | Shaxsga nisbatan uning shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi munosabatda boʻlinganligi, shu jumladan unga nisbatan jismoniy yoki ruhiy tazyiq oʻtkazilganligi aniqlanganligi | 20 | |
2. | “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining xizmatlari yuzasidan fuqarolar tomonidan salbiy fikr bildirilganligi (feedback) va xizmatlar sifati qoniqarsiz baholanganligi | 20 | |
3. | Xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning kasbiy malakasi va mutaxassisligi koʻrsatilayotgan xizmat turiga nomuvofiqligi | 10 | |
4. | “Inson” markazi, hududiy boshqarma va Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilishini muvofiqlashtirish markazi tomonidan oʻtkaziladigan monitoringda “Yangi kun” kunduzgi qatnov asosida qarab turish talablarining buzilganligi aniqlanganligi | 15 | |
5. | Tarbiyalanuvchilar haqidagi maʼlumotlar “Kunduzgi parvarish” axborot modulida haqqoniy yuritilmaganligi | 15 | |
6. | Xizmat koʻrsatiluvchilar (Yangi kun, “Madad” uylari, Kunduzgi parvarish xizmatlari) tomonidan guruhlarni tashkil etish va toʻldirish tartibiga rioya etilmaganligi | 10 | |
7. | Xizmat koʻrsatuvchi tomonidan kadrlar tarkibi va ularning oʻzgarishi bilan bogʻliq maʼlumotlar bir ish kuni ichida “Kunduzgi parvarish” axborot modullariga kiritilmaganligi | 10 | |
Jami ballar yigʻindisi | 100 | ||
4-ILOVA
T/r | Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari | Ball | Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball |
1. | Tadbirkor tomonidan uch va undan koʻp marotaba sifatsiz yoki nuqsonli protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalari yetkazib berilganligi | 20 | |
2. | Kafolat muddati davomida nosoz boʻlib qolgan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalari sotuvchi (tadbirkor) tomonidan bepul taʼmirlab berilmaganligi yoki yangisiga almashtirilmaganligi | 20 | |
3. | Protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarining minimal texnik talablarga muvofiq emasligi hamda ular toʻgʻrisida “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlarning nomuvofiqligi yoki toʻliq emasligi | 20 | |
4. | Protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarini yetkazib berish muddatlariga rioya etilmaganligi | 20 | |
5. | Protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasi sotuvchi tomonidan uning texnik pasporti va foydalanish boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birgalikda topshirilmaganligi | 20 | |
Jami ballar yigʻindisi | 100 | ||
5-ILOVA
T/r | Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari | Ball | Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball |
1. | Xizmat koʻrsatuvchi tomonidan voyaga yetmaganlarga ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatilishiga doir talablarga va standartlarga rioya etilmasligi | 20 | |
2. | Bolalarni qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy integratsiya markazi hamda uning mintaqaviy boʻlinmalari tomonidan uch oyda oʻtkaziladigan monitoring natijalarida qonunbuzilish holatlari aniqlanganda | 15 | |
3. | “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan har oyda oʻtkaziladigan monitoring natijalarida qonunbuzilish holatlari aniqlanganda | 15 | |
4. | Xizmat koʻrsatiladigan bino va inshootlarda sanitariya holati taʼminlanmaganligi | 10 | |
5. | Ijtimoiy xizmat amalda koʻrsatilmagan boʻlsa-da, “Yagona milliy ijtimoiy himoya” ATda xizmatdan foydalanuvchining davomati qayd etilganligi aniqlanganligi | 10 | |
6. | “Yagona milliy mehnat tizimi” AT maʼlumotlariga koʻra, yagona reyestrga kiritishda koʻrsatilgan xodimlar bilan mehnat shartnomalari rasmiylashtirilmagan yoki ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan boʻlsa-da, mazkur xodimlar tomonidan ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish davom ettirilayotganligi aniqlanganligi | 10 | |
7. | “Yagona milliy ijtimoiy himoya” ATda xizmatdan haqiqatda foydalangan bolaning biometrik identifikatsiyasi maʼlumotlari bir vaqtning oʻzida takroriy kiritilganligi aniqlanganligi | 10 | |
8. | Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga qisqa yoki uzoq muddatli, shuningdek tun-u kun koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar ularni himoya qilish rejasi yoxud individual integratsiya rejasiga hamda ijtimoiy xizmat pasportida belgilangan talablarga muvofiq emasligi aniqlanganligi | 5 | |
9. | “Yagona milliy ijtimoiy himoya” ATda ijtimoiy xizmatlarning samaradorligi boʻyicha ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) bildirgan fikrlar hamda monitoring natijalari asosida yuritiladigan reytingi past boʻlganligi | 5 | |
Jami ballar yigʻindisi | 100 | ||
6-ILOVA
T/r | Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari | Ball | Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball |
1. | Litsenziyalanadigan faoliyat amalga oshiriladigan obyektlarda qurilish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari amalga oshirilganda nogironligi boʻlgan shaxslarga sharoitlar yaratish boʻyicha shaharsozlik norma va qoidalariga rioya qilinmasligi | 40 | |
2. | Litsenziya olingandan keyin obyektda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun yaratilgan qulay va toʻsiqsiz muhit elementlarining saqlanishi taʼminlanmaganligi, ularni oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirilganligi yoki olib tashlanganligi aniqlanganligi | 25 | |
3. | Nogironligi boʻlgan shaxslarning binolardan, inshootlardan, shuningdek boshqa obyektlardan va aholiga koʻrsatiladigan xizmatlardan oʻzga fuqarolar bilan teng ravishda foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratilmaganligi | 25 | |
4. | Litsenziya berish (qayta rasmiylashtirish) uchun obyektda shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻsiqlarsiz muhit yaratilganligi boʻyicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining xulosasi olinmaganligi | 5 | |
5. | Nogironligi boʻlgan shaxslarning obyektlar va xizmatlardan foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratish asossiz rad etilganligi | 5 | |
Jami ballar yigʻindisi | 100 | ||
7-ILOVA
T/r | Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari | Ball | Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball |
1. | Qurilgan, rekonstruksiya qilingan yoki taʼmirlangan shaharsozlik faoliyati obyektining shaharsozlik hujjatlari loyihasi texnik qismi nogironligi boʻlgan shaxslarga sharoitlar yaratish boʻyicha majburiy ekspertizadan oʻtkazilgan boʻlsa-da, unga amal qilmagan holda qurib foydalanishga topshirilganligi | 10 | |
2. | Foydalanishga topshirilgan obyektlarda qurilish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari amalga oshirilganda nogironligi boʻlgan shaxslarga sharoitlar yaratish boʻyicha shaharsozlik norma va qoidalariga rioya qilinmasligi | 40 | |
3. | Foydalanishga topshirilgan obyektlarda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun yaratilgan qulay va toʻsiqsiz muhit elementlarining saqlanishi taʼminlanmaganligi, ularni oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirilganligi yoki olib tashlanganligi aniqlanganligi | 15 | |
4. | Foydalanishga topshirilgan obyektlarda avval aniqlangan huquqbuzarlik holatlari boʻyicha berilgan koʻrsatmalar bajarilmaganligi yoki kamchiliklar bartaraf etilmaganligi | 10 | |
5. | Obyektda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun oʻrnatilgan maxsus jihozlardan foydalanish uchun shart-sharoit yaratilmaganligi | 25 | |
Jami ballar yigʻindisi | 100 | ||
8-ILOVA
T/r | Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari | Ball | Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball |
1. | Ekspert tashkilotlar tomonidan shaharsozlik hujjatlarida nogironligi boʻlgan shaxslarga shart-sharoitlar yaratish boʻyicha loyihaning alohida boʻlimi (qismi) mavjud boʻlmagan holda yoki shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq boʻlmagan ushbu alohida boʻlim (qism) boʻyicha ijobiy xulosa berilishi | 40 | |
2. | Ekspert tashkilotlar tomonidan ikki va undan ortiq marta shaharsozlik hujjatlarida nogironligi boʻlgan shaxslarga shart-sharoitlar yaratish boʻyicha loyihaning alohida boʻlimi (qismi) mavjud boʻlmagan holda yoki shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq boʻlmagan ushbu alohida boʻlim (qism) boʻyicha ijobiy xulosa berilishi | 30 | |
3. | Loyiha-smeta hujjatlari asosida qurilgan yoki foydalanishga topshirilgan obyektlarda qulay va toʻsiqsiz muhit yaratish boʻyicha aniqlangan kamchiliklar ijobiy xulosa berilgan loyiha yechimlari bilan bogʻliqligi aniqlanganligi | 20 | |
4. | Loyiha hujjatlari boʻyicha berilgan ijobiy ekspertiza xulosasi “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining “Ekspertiza xulosalarining yagona reyestri”ga kiritilmaganligi | 5 | |
5. | Shaharsozlik hujjatlari ekspert tashkilotlar tomonidan nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻsiqsiz muhit yaratilganligi yuzasidan asossiz ekspertizadan oʻtkazishni rad etilganligi | 5 | |
Jami ballar yigʻindisi | 100 | ||
9-ILOVA
T/r | Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari | Ball | Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball |
1. | Avtobus nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moʻljallangan jihozlar bilan taʼminlanmaganligi | 35 | |
2. | Avtobusda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moʻljallangan jihozlardan (pandus, koʻtargich, aravachani mahkamlash moslamalari) doimiy foydalanilishi taʼminlanmaganligi yoki mazkur jihozlar nosoz holda reysga chiqarilganligi | 35 | |
3. | Avtobusda yoʻlovchi tashish yoʻnalishini joylashtirish boʻyicha tenderda gʻolib boʻlgan tashuvchi tomonidan yoʻnalishda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun toʻsiqsiz muhitni taʼminlovchi uskunalar bilan jihozlangan avtobuslardan foydalanilmaganligi | 10 | |
4. | Shahar yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarida I guruh nogironligi boʻlgan shaxsga va unga hamrohlik qiluvchi bir nafar shaxsga bepul xizmat koʻrsatishdan bosh tortilganligi yoxud ulardan yoʻl haqi undirilganligi | 10 | |
5. | Nogironligi boʻlgan shaxsni oʻrindiqli aravachasi, reabilitatsiya qilishning texnik vositasi bilan avtobusga chiqarish va tashishdan asossiz ravishda bosh tortilganligi yoxud ular uchun qoʻshimcha haq talab qilinganligi | 10 | |
Jami ballar yigʻindisi | 100 | ||