17.04.2026 yildagi PF-63-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash va nazorat tadbirlarining shaffofligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarga chek qo‘yish, korrupsion xavflarni kamaytirish, tadbirkorlar va davlat organlari o‘rtasidagi muloqotda shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlash, shuningdek, qulay biznes muhitini rivojlantirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. “Yagona davlat nazorati” axborot tizimini takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2026-yil 1-iyuldan boshlab amaldagi funksiyalariga qo‘shimcha ravishda quyidagi yangi imkoniyatlarga ega “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi va uning mobil ilovasi ishga tushirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritadigan joydagi tuman (shahar) hokimi, mahalla raisi, hokim yordamchisi, profilaktika va soliq inspektorlari haqida ma’lumot olish va ularga murojaat qilish (chat) tizimini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) o‘tkazilgan tekshiruvlar va nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotlar natijasi bo‘yicha davlat xizmatchisi xatti-harakatlariga baho berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) tekshirish huquqi bo‘lmagan yoki tekshiruvga chiqishi belgilanmagan nazoratchi haqida real vaqt rejimida tadbirkorni xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnomalarning elektron shaklini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) tekshirish o‘tkazish tartibiga rioya qilmaslik holatlarini avtomatik tarzda aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) tekshiruvlarni tadbirkorlik subyektidagi maxsus QR-kod yoki soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami) orqali ro‘yxatga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritadigan hududda tashkil etilishi kutilayotgan davlat organlari mansabdor shaxslarining ommaviy qabullari haqida xabardor qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar 2026-yil 1-avgustdan boshlab joriy etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) nazorat qiluvchi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mansabdor shaxslari va xodimlari (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmatchisi) hamda tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotni “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida hisobga olish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlarni, shu jumladan, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari doirasida o‘tkaziladigan tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini ro‘yxatga olishni va nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotlarni hisobga olishni ta’minlovchi “Biznes himoya” QR-kodi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Tadbirkor va davlat organi o‘rtasidagi muloqotning shaffofligini ta’minlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) davlat xizmatchisi davlat organi nomidan yoki o‘zining xizmat mavqeyidan foydalangan holda tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritadigan binoga nazorat yoki profilaktika tadbirini o‘tkazish maqsadisiz tashrif buyurishi yoxud tadbirkorlik subyektini boshqa joyga chaqirishi nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqot (keyingi o‘rinlarda — muloqot) sifatida baholanadi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablardan kelib chiqib hamda davlat xizmatchisining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyekti bilan amalga oshirilgan muloqot asosli hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) manfaatlar to‘qnashuvi yoki korrupsiyaviy xavf-xatarlarga olib keluvchi, shuningdek, mazkur kichik bandning “i” xatboshisida bayon etilgan holatlarga kirmaydigan muloqot asossiz hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) tadbirkorlik subyektlarining jamoat birlashmalari tomonidan tashkillashtirilgan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvlar hamda sayyor qabullarda, shuningdek, davlat xavfsizligiga oid kechiktirib bo‘lmaydigan va tezkor-qidiruv tadbirlari davomida davlat xizmatchisining tadbirkorlik subyekti vakili bilan muloqotga kirishishi mazkur kichik bandda nazarda tutilgan muloqot sifatida tavsiflanmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga muloqot haqidagi ma’lumotlarni kiritish davlat xizmatchilari uchun majburiy hisoblanadi va ushbu talabga rioya etmaganlik tegishli tartibda xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi uchun asos bo‘ladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) bo‘lib o‘tgan muloqotning asosli yoki asossiz ekanligiga baho berish tegishli davlat organining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi yoki ushbu funksiyani amalga oshirish yuklatilgan bo‘linma yoxud mansabdor shaxs tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritiladigan ma’lumotlar Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (keyingi o‘rinlarda — Biznes-ombudsman) va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan doimiy monitoring qilib boriladi, qonunchilikda belgilangan hollarda axborot huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) ayni bir tadbirkorlik subyekti bilan bir yil davomida ikki va undan ortiq marotaba asossiz muloqotga kirishgan davlat xizmatchisiga quyidagi choralar qo‘llanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) davlat organining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) ayni shu tadbirkorlik subyektida o‘tkaziladigan nazorat tadbirlariga oxirgi muloqot qayd etilgan sanadan e’tiboran o‘n ikki oy davomida ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Mazkur taqiqqa rioya etmaslik tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish tartibini buzish hisoblanadi hamda tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnoma amal qilishining uch oygacha to‘xtatib turilishiga olib keladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish va ular bilan muloqot qilish tartibini surunkali tarzda buzuvchi shaxslar olti oy muddatga Insofsiz tekshiruvchilar reyestriga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat xizmatchisi hamda tadbirkorlik subyekti o‘rtasida bo‘lib o‘tgan nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotni “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida hisobga olish va monitoringini yuritish sxemasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-avgustdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) davlat nazorati tartibotlarini raqamlashtirish va shaffofligini oshirish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishda ishtirok etadigan yoki tadbirkor bilan muloqotga kirishadigan davlat xizmatchilari “Yagona davlat nazorati” axborot tizimining mobil ilovasidan foydalanishlari majburiy etib belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnomalarning elektron shaklini yuritish orqali uni qog‘oz ko‘rinishida rasmiylashtirish tartibi bekor qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) “Biznes himoya” QR-kodini joriy etish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) tadbirkorlik subyekti tomonidan nazorat qiluvchi organ mansabdor shaxsiga Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish elektron kitobini taqdim etish tartibi bekor qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) nazorat qiluvchi organ mansabdor shaxsi tadbirkorlik subyekti faoliyatida tekshiruv o‘tkazishdan oldin “Yagona davlat nazorati” axborot tizimining mobil ilovasi yordamida tadbirkorlik subyektidagi “Biznes himoya” QR-kodini skanerlash orqali tekshiruvni ro‘yxatga oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) davlat xizmatchilari “Biznes himoya” QR-kodi orqali tekshirish yoki muloqot haqidagi ma’lumotni belgilangan tartibda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritmasa, tadbirkorlik subyektlari davlat xizmatchisini tekshiruv o‘tkazish uchun o‘z hududiga qo‘ymaslik va muloqotga kirishmaslik huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Biznes-ombudsman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Soliq qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda 2026-yil 1-avgustga qadar, birinchi navbatda, savdo va xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlarini “Biznes himoya” QR-kodi bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-iyulga qadar mazkur Farmonda belgilangan talablardan kelib chiqib, “Yagona davlat nazorati” axborot tizimini va uning mobil ilovasini takomillashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Adliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda 2026-yil 1-iyulga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) tadbirkorlik subyekti faoliyatida noqonuniy tekshiruv o‘tkazganlik hamda tekshiruv o‘tkazish tartibini buzganlik uchun alohida ma’muriy jazo choralarini qilmishiga mutanosib ravishda belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) tadbirkorlik subyekti faoliyatida tekshiruv o‘tkazish tartibini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralarini kuchaytirish orqali ushbu toifadagi qilmishni jinoiy yurisdiksiyadan chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi orqali qayd etilgan tadbirkorlik subyekti faoliyatida tekshiruv o‘tkazish tartibini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik chorasini avtomatlashtirilgan tartibda qo‘llash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga ortiqcha aralashuvlarni cheklash choralari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yil 1-iyuldan boshlab tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda bir vaqtning o‘zida avtomatik tarzda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ularning shaxsiy kabineti kompozit tartibida ochiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) “Yagona davlat nazorati” axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tmagan yoki tekshiruv o‘tkazishga asos bo‘luvchi hujjatlarni tizimga kiritmagan yoxud maxsus guvohnomaga ega bo‘lmagan nazorat qiluvchi organning xodimi tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkazilgan tekshiruvlar noqonuniy hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarga, shu jumladan, jinoyat ishi doirasidagi tekshiruvlarga nazorat qiluvchi organlardan jalb qilinadigan mutaxassislar tekshiruvlarda faqat tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnomaga ega bo‘lgan taqdirda ishtirok etishlari mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar davlat organi mansabdor shaxslari va mas’ul xodimlari tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Farmon ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash va ishbilarmonlik muhitini yanada rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Biznes-ombudsman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda 2026-yil 1-iyulga qadar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida davlat xizmatchilari hamda tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi muloqotni hisobga olish va uning monitoringini yuritish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2026-yil 1-sentabrga qadar mazkur Farmon talablaridan kelib chiqib “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini qayta ko‘rib chiqsin va belgilangan tartibda uning qayta ishlangan tahririni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) ikki oy muddatda Biznes-ombudsman devonining faoliyatini qayta ko‘rib chiqsin va uning samaradorligini oshirish uchun zamonaviy uslublarni, shu jumladan, faoliyatini raqamlashtirish hamda unga sun’iy intellekt texnologiyalarini keng tatbiq etish choralarini ko‘rsin, shuningdek, Biznes-ombudsman devoni xodimlarini navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazsin va amaliy tajribaga ega bo‘lgan malakali xodimlar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsan javobgar etib Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil A.A. Buriyev belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 17-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-63-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PF-63-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatchisi hamda tadbirkorlik subyekti o‘rtasida bo‘lib o‘tgan nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotni “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida hisobga olish va monitoringini yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqich

Tadbirlar

Muddatlar

Mas’ullar

(subyektlar)

1-bosqich

Tadbirkorlik subyekti tomonidan taqdim etilgan “Biznes himoya” QR-kodini “Yagona davlat nazorati” axborot tizimining mobil ilovasida skanerlash orqali u bilan bo‘lib o‘tadigan muloqotni qayd etish va uni asoslash*

Muloqot amalga oshirilishidan oldin

Davlat xizmatchisi

Davlat xizmatchisi bilan bo‘lib o‘tgan muloqot haqidagi ma’lumotlarni, shuningdek, o‘z munosabatini “Yagona davlat nazorati” axborot tizimining mobil ilovasiga kiritish

Muloqot amalga oshirilgandan keyin 3 kun ichida

Tadbirkorlik subyekti

(ixtiyoriy asosda)

2-bosqich

Davlat xizmatchisi tomonidan “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqish, bo‘lib o‘tgan muloqotning asosli yoki asossiz ekanligiga baho berish va bu haqida axborot tizimiga belgi qo‘yish

Davlat xizmatchisi ma’lumot kiritgandan keyin 3 kun ichida

Komplayens nazorat tuzilmalari**

3-bosqich

“Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlarni qayta tekshirish va solishtirish asosida davriy hisobotlar tayyorlash, Komplayens nazorat tuzilmalari tomonidan xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish

Doimiy

Komplayens nazorat tuzilmalari,

Biznes-ombudsman va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

4-bosqich

“Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlarni monitoring qilish, tegishli choralar ko‘rish uchun taqdimnomalar kiritish, zarur hollarda, axborotni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etish

Doimiy

Biznes-ombudsman va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Bo‘lib o‘tgan muloqotning davomiyligi va takrorlanishidan qat’i nazar, har bir holatda alohida xabar berilishi va muloqot sabablari asoslab berilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Komplayens nazorat tuzilmalari — davlat xizmatchisi ishlaydigan davlat organining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi yoki ushbu funksiyani amalga oshirish yuklatilgan bo‘linma yoxud mansabdor shaxs.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PF-63-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash va ishbilarmonlik muhitini yanada rivojlantirish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YO‘L XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlarni kiritishga qaratilgan qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

(a) tadbirkorlik subyektlarining faoliyatida noqonuniy tekshiruv o‘tkazganlik hamda tekshiruv o‘tkazish tartibini buzganlik uchun alohida ma’muriy jazo choralarini belgilash;

(b) tadbirkorlik subyektlarining faoliyatida tekshiruv o‘tkazish tartibini buzish qilmishini jinoiy yurisdiksiyadan chiqarish;

(v) tadbirkorlik subyektlarining faoliyatida tekshiruv o‘tkazish tartibini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralarini avtomatlashtirilgan tartibda qo‘llash.

Qonun loyihasi

2026-yil iyun

Biznes-ombudsman (Buriyev),

Adliya vazirligi (Tashkulov),

Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov)

2.

“Yagona davlat nazorati” axborot tizimini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish va uning mobil ilovasini ishga tushirish:

(a) tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritadigan joydagi tuman (shahar) hokimi, mahalla raisi, hokim yordamchisi, profilaktika va soliq inspektorlari haqida ma’lumot olish va ularga murojaat qilish (chat) tizimini yaratish;

(b) o‘tkazilgan tekshiruvlar va nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotlar bo‘yicha davlat xizmatchisi xatti-harakatlariga baho berish va korrupsiya holatlari haqida onlayn shikoyat yuborish;

(v) tekshirish huquqi bo‘lmagan yoki tekshiruvga chiqishi belgilanmagan nazoratchi haqida real vaqt rejimida tadbirkorni xabardor qilish;

(g) tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnomalarning elektron shaklini yuritish;

(d) tekshirish o‘tkazish tartibiga rioya qilmaslik holatlarini avtomatik tarzda aniqlash va ma’muriy javobgarlik choralarini qo‘llash;

(j) davlat organlarining mansabdor shaxslari va xodimlari hamda tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotni hisobga olish;

(z) tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlarni, shu jumladan, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari doirasida o‘tkaziladigan tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini ro‘yxatga olishni va nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotlarni hisobga olishni ta’minlovchi “Biznes himoya” QR-kodini joriy etish. Bunda tekshiruvlarni soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami orqali ro‘yxatga olishni ham nazarda tutish;

(i) tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritadigan hududda tashkil etilishi kutilayotgan davlat organlari mansabdor shaxslarining ommaviy qabullari haqida xabardor qilish;

(k) tadbirkorlik subyektlarini tekshirishda ishtirok etadigan yoki tadbirkor bilan nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotga kirishadigan davlat xizmatchilari “Yagona davlat nazorati” axborot tizimining mobil ilovasidan foydalanishlarini majburiy etib belgilash.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil iyun

Biznes-ombudsman (Buriyev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov)

3.

Farmonda quyidagilar belgilangani munosabati bilan “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini qayta ishlab, Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

“Yagona davlat nazorati” axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tmagan yoki tekshiruv o‘tkazishga asos bo‘luvchi hujjatlarni tizimga kiritmagan yoxud maxsus guvohnomaga ega bo‘lmagan nazorat qiluvchi organning xodimi tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkazilgan tekshiruvlar noqonuniy hisoblanishi;

tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarga, shu jumladan, jinoyat ishi doirasidagi tekshiruvlarga nazorat qiluvchi organlardan jalb qilinadigan mutaxassislar tekshiruvlarda faqat tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnomaga ega bo‘lgan taqdirda ishtirok etishlari mumkinligi;

nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsi tadbirkorlik subyekti faoliyatida tekshiruv o‘tkazishdan oldin “Yagona davlat nazorati” axborot tizimining mobil ilovasi yordamida tadbirkordagi “Biznes himoya” QR-kodini skanerlash orqali tekshiruvni ro‘yxatga olishi;

davlat xizmatchilari “Biznes himoya” QR-kodi orqali tekshirish yoki muloqot haqidagi ma’lumotni belgilangan tartibda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritmasa, tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatchisini tekshiruv o‘tkazish uchun o‘z hududiga qo‘ymaslik va muloqotga kirishmaslik huquqining berilishi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2026-yil avgust

Biznes-ombudsman (Buriyev),

Adliya vazirligi (Tashkulov),

Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov)

4.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga davlat xizmatchilari hamda tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotni hisobga olish va monitoringini yuritish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Prezident Administratsiyasiga kiritish:

(a) ayni bir tadbirkorlik subyekti bilan ikki va undan ortiq marotaba asossiz muloqotga kirishgan davlat xizmatchilariga nisbatan:

tegishli davlat organining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi tomonidan xizmat tekshiruvini o‘tkazish tartibini belgilash;

ushbu tadbirkorlik subyektida o‘tkaziladigan nazorat tadbirlarida oxirgi muloqot qayd etilgan sanadan e’tiboran o‘n ikki oy davomida ishtirok etishini cheklash;

(b) tadbirkorlar bilan muloqot qilish va tekshiruv o‘tkazish tartibini surunkali ravishda buzgan shaxslarni olti oy muddatga Insofsiz tekshiruvchilar reyestriga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil iyun

Biznes-ombudsman (Buriyev),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov)

5.

Insofsiz tekshiruvchilar reyestrini yuritish tartibini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil avgust

Biznes-ombudsman (Buriyev),

Adliya vazirligi (Tashkulov)

6.

2026-yil 1-avgustga qadar, birinchi navbatda, savdo va xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlarini “Biznes himoya” QR-kodi bilan ta’minlash choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil avgust

Biznes-ombudsman (Buriyev),

Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov),

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi (Kuranbayev),

Tuman (shahar) hokimliklari

7.

“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi tegishli nizomlarni takomillashtirish:

(a) xavf darajalarini aniqlash mezonlari, baholash indikatorlari, axborot almashinuvi tartibini belgilash;

(b) ishlab chiqilgan loyihani Biznes-ombudsman hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishish;

(v) kelishilgan loyihani belgilangan tartibda Adliya vazirligiga huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil iyun

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son Farmonining 1-ilovasida ko‘rsatilgan nazorat qiluvchi organlar

8.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarda bodi-kameradan foydalanish tartibini belgilash:

(a) tadbirkorlik subyektlari faoliyatida joyiga chiqqan holda o‘tkaziladigan tekshiruvlarda bodi-kameradan foydalanish, videoyozuvlarni rasmiylashtirish, saqlash, himoya qilish va ulardan foydalanish;

(b) bodi-kamera orqali olingan videoyozuvlarni hisobga olish hamda ularni nazorat qiluvchi organlarning ma’lumotlar bazasida saqlash;

(v) tekshiruv davomida bodi-kamera orqali uzluksiz videoyozuvni amalga oshirish, yozuvni asossiz to‘xtatish yoki o‘chirishni taqiqlash, bodi-kamera nosoz bo‘lgan holatda tekshiruvni to‘xtatish;

(g) videoyozuvlarning butligi va o‘zgarmasligini ta’minlash, ularni shaxsiy qurilmalarga ko‘chirish yoki ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishni taqiqlash hamda shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil iyun

Biznes-ombudsman (Buriyev),

Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov),

Adliya vazirligi (Tashkulov)

9.

Biznes-ombudsman devoni faoliyatini quyidagilarni inobatga olgan holda takomillashtirish va samaradorligini oshirish:

(a) ish yuritish jarayonini raqamlashtirish hamda unga sun’iy intellekt texnologiyalarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;

(b) xodimlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazish, bunda ularning kasbiy bilimlari, amaliy tajribasi va ish samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish;

(v) attestatsiya natijalariga ko‘ra devon shtatini davlat organlarida amaliy tajribaga va raqamli texnologiyalar sohasida kompetensiyalarga ega, yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish;

(g) faoliyati samaradorligini baholashning zamonaviy KPI mexanizmlarini joriy etish hamda ular asosida doimiy baholab borish.

Amaliy chora-tadbirlar va idoraviy hujjat

2026-yil may

Biznes-ombudsman (Buriyev)

10.

Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslarini tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiyalardan axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda o‘tkazish, attestatsiya komissiyalarini tugatish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va Prezident Administratsiyasiga kiritish.

Axborot xati yoki normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil noyabr

Biznes-ombudsman (Buriyev)

11.

“Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritiladigan ma’lumotlarni doimiy monitoring qilib borish, qonunchilikda belgilangan hollarda axborotlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etish.

Amaliy chora-tadbirlar

Har chorakda

Biznes-ombudsman (Buriyev),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov),

Bosh prokuratura (Kasimov)

12.

Farmonning mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga tushuntirish bo‘yicha axborot-tahliliy materiallardan foydalangan holda hujjatlar to‘plamini (ma’ruza matni, taqdimot, annotatsiya, infografika, sxema) tayyorlash.

Targ‘ibot materiallari to‘plamini Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasining hududiy bo‘linmalari va manfaatdor tashkilotlarga yetkazib berish.

Hujjatlar to‘plami asosida Farmonning mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil aprel

Biznes-ombudsman (Buriyev),

Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov)

13.

Davlat organlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari uchun quyidagi mavzularni o‘z ichiga oladigan o‘quv seminarlar tashkil etish:

(a) davlat organlarining mansabdor shaxslari va xodimlari hamda tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotning asosli yoki asossiz ekanligiga baho berish tartibi;

(b) belgilangan tartibni buzgan davlat xizmatchisi ustidan xizmat tekshiruvini o‘tkazish tartibi.

O‘quv seminarlar

2026-yil avgust-sentabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov),

Biznes-ombudsman (Buriyev),

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi (Kolenko)

14.

Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda bir vaqtning o‘zida avtomatik tarzda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ularning shaxsiy kabinetini kompozit tartibida ochish imkonini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil iyun

Biznes-ombudsman (Buriyev),

Adliya vazirligi (Tashkulov)

15.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, davlat organi mansabdor shaxslari va mas’ul xodimlarining tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarligini belgilash.

Qonun loyihasi

2026-yil avgust

Biznes-ombudsman (Buriyev),

Bosh prokuratura (Kasimov),

Ichki ishlar vazirligi (Tashpulatov)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PF-63-son Farmoniga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi “Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish va prokuratura organlari faoliyatini optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5690-son Farmoniga 1 va 2-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PF-5690-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TASHKILIY TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil o‘rinbosari — devon rahbari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil o‘rinbosari

Tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshiruvlarini muvofiqlashtirish va qonunchilik ijrosi nazorati sho‘basi (8)

Tadbirkorlik sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish va ekspertizadan o‘tkazish sho‘basi (3)

Tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari bilan ishlash sho‘basi (4)

Tadbirkorlik sohalarini strategik rejalashtirish va metodologiya sho‘basi (2)

Tashkiliy-nazorat va inson resurslarini boshqarish sho‘basi (4)

Xalqaro aloqalar va protokol xizmati (1)

Birinchi bo‘lim

Axborot xizmati (2)

Devonxona

Yuridik ta’minlash va ma’muriy amaliyot sho‘basi (1)

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat sho‘basi (1)

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish sho‘basi (2)

Moliya-xo‘jalik sho‘basi (2)

Vakil devonining hududiy sho‘balari (58)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 91 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarining umumiy soni — 40 nafar, shundan murojaatlar bilan ishlaydigan mutaxassislar soni — 15 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tuzilmaga boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida o‘zgartirish kiritish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PF-5690-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SHTATLAR JADVALI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Lavozimning nomlanishi

Birliklar soni

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil

1

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil o‘rinbosari — devon rahbari

1

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil o‘rinbosari

1

Tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshiruvlarini muvofiqlashtirish va qonunchilik ijrosi nazorati sho‘basi

4.

Sho‘ba mudiri

1

5.

Bosh inspektor

1

6.

Yetakchi inspektor

6

Tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari bilan ishlash sho‘basi

7.

Sho‘ba mudiri

1

8.

Bosh inspektor

1

9.

Yetakchi inspektor

2

Tadbirkorlik sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish va ekspertizadan o‘tkazish sho‘basi

10.

Sho‘ba mudiri

1

11.

Bosh inspektor

1

12.

Yetakchi inspektor

1

Tadbirkorlik sohalarini strategik rejalashtirish va metodologiya sho‘basi

13.

Bosh inspektor

1

14.

Yetakchi inspektor

1

Tashkiliy-nazorat va inson resurslarini boshqarish sho‘basi

15.

Sho‘ba mudiri

1

16.

Bosh inspektor

1

17.

Yetakchi inspektor

2

Xalqaro aloqalar va protokol xizmati

18.

Bosh inspektor

1

Yuridik ta’minlash va ma’muriy amaliyot sho‘basi

19.

Bosh inspektor

1

Axborot xizmati

20.

Bosh inspektor

1

21.

Yetakchi inspektor

1

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat sho‘basi

22.

Bosh inspektor

1

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish sho‘basi

23.

Bosh inspektor

1

24.

Yetakchi inspektor

1

Moliya-xo‘jalik sho‘basi

25.

Bosh hisobchi

1

26.

Moddiy buxgalter (kassir)

1

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi sho‘basi

27.

Sho‘ba mudiri

1

28.

Bosh inspektor

1

29.

Yetakchi inspektor

2

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining Andijon viloyatidagi sho‘basi

30.

Sho‘ba mudiri

1

31.

Bosh inspektor

1

32.

Yetakchi inspektor

2

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining Buxoro viloyatidagi sho‘basi

33.

Sho‘ba mudiri

1

34.

Bosh inspektor

1

35.

Yetakchi inspektor

2

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining Jizzax viloyatidagi sho‘basi

36.

Shu’ba mudiri

1

37.

Bosh inspektor

1

38.

Yetakchi inspektor

2

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining Qashqadaryo viloyatidagi sho‘basi

39.

Shu’ba mudiri

1

40.

Bosh inspektor

1

41.

Yetakchi inspektor

2

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining Navoiy viloyatidagi sho‘basi

42.

Shu’ba mudiri

1

43.

Bosh inspektor

1

44.

Yetakchi inspektor

2

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining Namangan viloyatidagi sho‘basi

45.

Shu’ba mudiri

1

46.

Bosh inspektor

1

47.

Yetakchi inspektor

2

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining Samarqand viloyatidagi sho‘basi

48.

Shu’ba mudiri

1

49.

Bosh inspektor

1

50.

Yetakchi inspektor

2

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining Surxondaryo viloyatidagi sho‘basi

51.

Shu’ba mudiri

1

52.

Bosh inspektor

1

53.

Yetakchi inspektor

2

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining Sirdaryo viloyatidagi sho‘basi

54.

Shu’ba mudiri

1

55.

Bosh inspektor

1

56.

Yetakchi inspektor

2

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining Toshkent viloyatidagi sho‘basi

57.

Shu’ba mudiri

1

58.

Bosh inspektor

1

59.

Yetakchi inspektor

3

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining Farg‘ona viloyatidagi sho‘basi

60.

Shu’ba mudiri

1

61.

Bosh inspektor

1

62.

Yetakchi inspektor

2

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining Xorazm viloyatidagi sho‘basi

63.

Shu’ba mudiri

1

64.

Bosh inspektor

1

65.

Yetakchi inspektor

2

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining Toshkent shahridagi sho‘basi

66.

Shu’ba mudiri

1

67.

Bosh inspektor

1

68.

Yetakchi inspektor

3

Jami

91

.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-246-son Farmoniga 1-ilova quyidagi mazmundagi 18-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

18.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Intellektual mulk sohasidagi nazorat

2027-yil 1-yanvar — 2027-yil 1-iyul

.

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 06/26/63/0373-son)