18.06.2025 yildagi 376-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga vaucher asosida yangi ijtimoiy xizmatlardan foydalanish tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 8-maydagi PQ-171-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 8-maydagi PQ-171-son qaroriga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2025-yil 1-iyundan boshlab oʻzgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslarni qoʻllab quvvatlashga qaratilgan “Faol hayotga qadam” dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) joriy etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Dastur doirasida quyidagi 5 turdagi yangi ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyilishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam koʻrsatish xizmati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy sharoitida qarab turish xizmati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy yordamchi xizmati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Dastur doirasida yoʻlga qoʻyiladigan ijtimoiy xizmatlardan foydalanish xarajatlarining bir qismini vaucher asosida qoplab berish tizimi joriy etilishi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaucher qiymati Ijtimoiy himoya milliy agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar va Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi hisobidan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda subsidiya shaklida toʻlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻlga qoʻyiladigan ijtimoiy xizmatlar Agentlikning “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va tizim tashkilotlari bilan bir qatorda yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxslar yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar tomonidan koʻrsatilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaucher berish va uning qiymatini toʻlash hamda ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchilar bilan shartnomalar imzolash “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimidagi (keyingi oʻrinlarda — “Ijtimoiy himoya” AT) “Oila hamkori” platformasi orqali amalga oshirilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Faol hayotga qadam” dasturi doirasida ijtimoiy xizmatlardan imtiyozli shartlarda foydalanish uchun vaucher berish hamda ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2025-yil 1-noyabrdan boshlab Dastur doirasida yoʻlga qoʻyiladigan ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatuvchi shaxslar uchun Agentlik huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etiladi. Bunda:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqa muddatli oʻquv kurslari 36 soatdan kam boʻlmagan oʻquv dasturi (onlayn yoki oflayn shaklda) boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari miqdoridagi toʻlov-shartnoma asosida, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va Agentlikning tizim tashkilotlari xodimlari hamda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning oʻzini oʻzi band qilgan aʼzosi uchun esa bepul tashkil etiladi;
(3-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqa muddatli oʻquv kursini muvaffaqiyatli yakunlagan shaxslarga amal qilish muddati uch yil boʻlgan mazkur qarorga 2-ilovada belgilangan namunadagi sertifikat beriladi. Bunda 2026-yil 1-iyundan boshlab Dastur doirasida yoʻlga qoʻyiladigan ijtimoiy xizmatlar ushbu sertifikatga ega boʻlgan shaxslar tomonidan koʻrsatiladi;
(3-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqa muddatli oʻquv kursida oʻquv jarayoni Agentlik huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi tomonidan tasdiqlangan oʻquv reja va dasturga muvofiq tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Agentlik va uning tizim tashkilotlariga tegishli, shuningdek mahalla hududida joylashgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlari Toshkent shahrida ijara toʻlovining eng kam miqdoriga 0,25 koeffitsiyent qoʻllangan holda, qolgan hududlarda ijara toʻlovining eng kam miqdorida balansda saqlovchi tomonidan Dastur doirasida hamda boshqa ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatuvchi nodavlat yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berishga ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Dastur doirasidagi ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish va xizmatlardan foydalanish jarayonida SMS-xabar yuborish bilan bogʻliq xarajatlar Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agentlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 1-iyulga qadar “Ijtimoiy himoya” ATda Dastur doirasidagi ijtimoiy xizmatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, boshqarish, ularga ishlov berish jarayonlarini avtomatlashtirish hamda zarur hollarda ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatishga aloqador tashkilotlar bilan axborot hamkorligining barcha turlarini taʼminlash, shuningdek ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilishini nazorat qilish imkoniyatlariga ega boʻlgan “Oila hamkori” platformasi ishga tushirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagida boʻlgan shaxslar uchun masofadan turib Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va “Ijtimoiy himoya” AT orqali murojaat qilish imkoniyatini yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
istisno tariqasida, uyda ijtimoiy-maishiy xizmatlar koʻrsatilayotgan Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar reyestridagi shaxslarni murojaat talab etmagan hamda shaxsning oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi hamda yashash sharoitlarini baholashdan oʻtkazmagan holda, mazkur xizmatlardan foydalanish xarajatlarini vaucher asosida qoplash tizimiga oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatuvchi xodimlarda professional ish koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-iyuldan boshlab Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar reyestridagi shaxslarga uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam koʻrsatish xizmati uchun budjetdan ajratiladigan subsidiyalarni bir satrda rejalashtirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 2025-yil 1-oktabrga qadar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan koʻrsatiladigan Dastur doirasidagi ijtimoiy xizmatlarni bosqichma-bosqich tadbirkorlik subyektlari yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar orqali koʻrsatilishini yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 18-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
376-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 376-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Faol hayotga qadam” dasturi doirasida ijtimoiy xizmatlardan imtiyozli shartlarda foydalanish uchun vaucher berish hamda ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom oʻzgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslarga “Faol hayotga qadam” dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) doirasida belgilangan ijtimoiy xizmatlardan (keyingi oʻrinlarda — ijtimoiy xizmatlar) foydalanish uchun vaucher berish hamda ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)ning “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari (keyingi oʻrinlarda — “Inson” markazi) tomonidan ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagida boʻlgan shaxslarning quyidagi ijtimoiy xizmatlarga boʻlgan ehtiyojlari baholanadi va “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — “Ijtimoiy himoya” AT) vaucher shakllantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam koʻrsatish xizmati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy sharoitida qarab turish xizmati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy yordamchi xizmati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlardan imtiyozli shartlarda foydalanish uchun vaucher berish mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Inson” markazi tomonidan beriladigan vaucher bilan ijtimoiy xizmatlardan foydalanish xarajatlari mazkur Nizomga 2a — 2d-ilovalarga muvofiq subsidiya shaklida qoplab beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy xizmatlardan foydalanish xarajatlari vaucherda belgilangan xizmat koʻrsatish hajmi (soati)dan kelib chiqib qoplab beriladi. Bunda ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi tomonidan “Ijtimoiy himoya” ATga maʼlumot kiritilib, biroq ushbu kunda tegishli xizmat amalda koʻrsatilmaganligi aniqlanganda ijtimoiy xizmatlardan foydalanish xarajatlari qoplab berilmaydi yoki toʻlovlar amalga oshirilgan boʻlsa, keyingi toʻlovlardan qayta hisob-kitob qilib chegirib qolinadi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ijtimoiy xizmatlar “Inson” markazlari va (yoki) tizim tashkilotlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxslar yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar tomonidan koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Koʻrsatilgan ijtimoiy xizmatlar haqidagi maʼlumotlar hamda ushbu xizmatlardan haqiqatda foydalangan shaxsning biometrik maʼlumotlari xizmat koʻrsatilgan kunda xizmat koʻrsatuvchi tomonidan “Ijtimoiy himoya” ATga kiritib boriladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi tomonidan xizmatdan haqiqatda foydalangan shaxsning biometrik maʼlumotlarini tasdiqlash imkoni boʻlmagan hollarda, ijtimoiy xizmat koʻrsatilgan kunda xizmat koʻrsatuvchi hamda “Inson” markazining masʼul xodimi tomonidan “Ijtimoiy himoya” ATda elektron shaklda tasdiqlangan dalolatnomaga (keyingi oʻrinlarda — dalolatnoma) asosan koʻrsatilgan xizmatlar elektron davomat tabelida hisobga olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat koʻrsatish dam olish yoki bayram kunlarida amalga oshirilganda, dalolatnoma keyingi ish kunida rasmiylashtirilishi mumkin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yuqumli yoki ruhiy kasallik bilan kasallangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilmaydi, mazkur Nizomga 2g-ilovada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Murojaat qilish va murojaatni koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagida boʻlgan shaxs yoki uning vakili “Inson” markaziga oʻzi kelgan holda yoki oʻzi yashaydigan hududda faoliyat yurituvchi “Inson” markazining ijtimoiy xodimiga yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki “Ijtimoiy himoya” AT orqali murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda murojaat qilgan shaxs ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagida boʻlgan shaxsda yuqumli kasallik bilan kasallanish holatlarining mavjud emasligi toʻgʻrisida oilaviy poliklinikadan berilgan maʼlumotnomani taqdim etishi yoki tegishli axborot portaliga biriktirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Inson” markazining operatori yoki ijtimoiy xodimi mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq ijtimoiy xizmatlardan foydalanish uchun murojaatni qabul qilish boʻyicha soʻrovnomani “Ijtimoiy himoya” ATda rasmiylashtirish orqali murojaatni qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Murojaat qilgan shaxs rasmiylashtirilgan soʻrovnomadagi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi hamda oʻzi tomonidan maʼlum qilingan mobil telefon raqamiga SMS-xabar orqali yuboriladigan maxsus kodni maʼlum qilish, Face-ID yoxud imzoni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (elektron raqamli imzo, daktiloskopiya, yagona identifikatsiya tizimidagi login va parol, mobil-ID va boshqalar) yoxud imzo qoʻyish yoʻli bilan uni tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy xizmatdan foydalanish uchun YIDXP orqali murojaat qilinganda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tasdiqlangan soʻrovnoma “Ijtimoiy himoya” ATda real vaqt rejimida tegishli hududdagi “Inson” markazi direktoriga masʼul xodimni (keyingi oʻrinlarda — “Inson” markazining masʼul xodimi) biriktirish uchun yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Inson” markazining masʼul xodimi “Ijtimoiy himoya” AT orqali kelib tushgan soʻrovnomani yetti ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Inson” markazining masʼul xodimi tomonidan soʻrovnomani koʻrib chiqishda mazkur Nizomga 2a — 2d-ilovalarga muvofiq “Ijtimoiy himoya” ATda ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagida boʻlgan shaxsning yoki u bilan birga yashab, unga qarab turuvchi mehnatga layoqatli shaxsning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar reyestri (keyingi oʻrinlarda — Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar reyestri) yoki Ijtimoiy reyestrga kiritilganligi holati oʻrganiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni eʼtirof etish, individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish rejasini tasdiqlash va monitoring qilishning maʼmuriy reglamentida belgilangan tartibda Bartel va Lauton shkalalarini rasmiylashtirish orqali oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi baholanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatdan foydalanuvchiga qarab turgan mehnatga layoqatli shaxsning haqiqatda xizmatdan foydalanuvchi bilan birga yashashi oʻrganiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq soʻrovnomani rasmiylashtirish orqali oilasi yoki oʻzini ijtimoiy xizmatlarga ehtiyoji aniqlanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagida boʻlgan shaxs mazkur Nizomga 2a — 2d-ilovalarga muvofiq pasportlarning “Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchi” pozitsiyasida belgilangan mezonlarga mos boʻlmaganda vaucher berish rad etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchiga vaucher berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Soʻrovnomani koʻrib chiqish natijalari mazkur Nizomga 2a — 2d-ilovalarda tegishli ijtimoiy xizmatlar uchun belgilangan mezonlarga mos boʻlgan taqdirda, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagida boʻlgan shaxs uchun taqdim etilishi mumkin boʻlgan ijtimoiy xizmatlar turlari, xizmat koʻrsatish muddatlari, vaqti va davriyligi “Ijtimoiy himoya” ATda avtomatik tarzda shakllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda “Inson” markazining masʼul xodimi tomonidan “Ijtimoiy himoya” ATda shakllangan ijtimoiy xizmatlar ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagida boʻlgan shaxsga taklif qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagida boʻlgan shaxs oʻz xohishiga koʻra, unga taklif etilgan ijtimoiy xizmatlardan birini tanlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Agentlikning tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarma) hamda ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagida boʻlgan shaxs oʻrtasida tanlangan ijtimoiy xizmatdan foydalanish xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplab berish boʻyicha vaucher berishni nazarda tutuvchi tuziladigan shartnoma loyihasi “Ijtimoiy himoya” ATda avtomatik tarzda shakllanadi. Bunda xizmatdan foydalanuvchi tomonidan uy sharoitida qarab turish xizmati yoki kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati tanlangan hollarda xizmatdan foydalanuvchi bilan birga yashab, unga qarab turgan mehnatga layoqatli shaxs ham shartnomaning uchinchi tomoni sifatida ishtirok etadi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Inson” markazining masʼul xodimi shartnoma loyihasini imzolash uchun tomonlarga taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar shartnomani mobil telefon raqamiga SMS-xabar orqali yuboriladigan maxsus kodni maʼlum qilish, Face-ID yoki imzoni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (elektron raqamli imzo, daktiloskopiya, yagona identifikatsiya tizimidagi login va parol, mobil-ID va boshqalar) yoxud imzo qoʻyish yoʻli bilan tasdiqlaydi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
161. Shartnoma faqat vaucher olish boʻyicha birinchi marta murojaat qilinganda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar reyestridagi ijtimoiy xizmatlardan foydalanayotgan shaxslar qayta baholanganda, ularning “Ijtimoiy himoya” ATdagi shaxsiy kabinetida vaucher avtomatik shakllanadi.
(161-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Imzolangan shartnoma “Ijtimoiy himoya” ATda elektron shaklda tuzilgan hollarda, undagi tegishli maʼlumotlar “Ijtimoiy himoya” ATning “Oila hamkori” platformasiga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Shartnoma maʼlumotlari asosida “Ijtimoiy himoya” ATda tegishli ijtimoiy xizmatdan 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatda foydalanish huquqi bilan vaucher:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar reyestridagi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 0 balldan 62 ballgacha baholangan shaxslarga uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam koʻrsatish xizmati va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmati uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur nizomga muvofiq boshqa toifadagi ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchilarga faqat bitta ijtimoiy xizmat uchun beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda xizmatdan foydalanuvchi vaucher asosida bir kunda faqat bitta ijtimoiy xizmatdan foydalanishi mumkin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
181. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar reyestridagi ikki va undan ortiq shaxslar birgalikda yashagan taqdirda uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam koʻrsatish xizmati hamda xizmatdan foydalanuvchining yashash joyida tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmati uchun vaucher ulardan har biri Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 62 ballgacha baholanganda, ularning har biri uchun alohida beriladi. Bunda mazkur toifadagi shaxslar bilan birga yashaydigan hamda Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 62 balldan yuqori baholangan shaxslar uchun alohida vaucher berilmaydi.
(181-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. “Ijtimoiy himoya” ATda vaucher shakllantirilganligi haqida shu kunning oʻzida ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchining mobil telefon raqamiga SMS-xabar hamda YIDXPdagi yoki “Oila hamkori” platformasidagi shaxsiy kabinetiga xabar yuboriladi yoki ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchi bir ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda “Inson” markazining ijtimoiy xodimi tomonidan xabardor qilinadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchi vaucher berilgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida oʻz xohishiga koʻra “Ijtimoiy himoya” ATning “Oila hamkori” platformasida xizmat koʻrsatuvchini tanlashi lozim.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagi hollarda xizmatdan foydalanuvchiga berilgan vaucher bekor qilinadi va bu haqida xizmatdan foydalanuvchiga yoki uning oila aʼzolariga xabar beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatdan foydalanuvchi mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan muddat ichida “Ijtimoiy himoya” AT orqali xizmat koʻrsatuvchini tanlamaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatdan foydalanuvchi vafot etganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatdan foydalanuvchi tomonidan ijtimoiy xizmatdan vaucher asosida foydalanish rad etilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatdan foydalanuvchi bir oydan ortiq muddatga chet elga chiqqanda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizom talablariga muvofiq boʻlmagan shaxsga vaucher berilganligi aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomga 2b va 2g-ilovalariga muvofiq band boʻlish yoki taʼlim olish yoxud kasb-hunarga oʻqishga doir majburiyat belgilangan muddatda bajarilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatdan foydalanuvchi bilan tuzilgan shartnoma shartlari xizmatdan foydalanuvchi tomonidan bajarilmaganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ushbu bandning yettinchi xatboshisida koʻrsatilgan shart bajarilmaganligi aniqlangan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan xizmatdan foydalanuvchiga berilgan vaucher bekor qilinadi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qaroriga asosan ikkinchi — oʻninchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
201. Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchi tomonidan tanlangan xizmat koʻrsatuvchi “Oila hamkori” platformasi orqali kelib tushgan vaucherni bir ish kuni muddatda qabul qilishi yoki qabul qilishni rad etishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat koʻrsatuvchi tomonidan vaucher qabul qilingan hollarda, u xizmatdan foydalanuvchiga bir ish kuni ichida tegishli ijtimoiy xizmat koʻrsatilishini taʼminlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
202. Xizmat koʻrsatuvchi tomonidan vaucher qabul qilinib, biroq xizmatdan foydalanuvchiga bir ish kuni ichida tegishli ijtimoiy xizmat koʻrsatilishi taʼminlanmaganda, xizmat koʻrsatuvchining tanlanganligi avtomatik tarzda bekor qilinadi va xizmatdan foydalanuvchi tomonidan boshqa xizmat koʻrsatuvchi tanlanadi.
(201 va 202-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatuvchiga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish bilan shugʻullanish istagidagi “Inson” markazlari, Agentlikning tizim tashkilotlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxslar yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar ixtiyoriy ravishda elektron ofertani tasdiqlash orqali “Ijtimoiy himoya” ATning “Oila hamkori” platformasida roʻyxatdan oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Agentlik tomonidan “Ijtimoiy himoya” ATning “Oila hamkori” platformasida Ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchilarning yagona reyestri (keyingi oʻrinlarda — Yagona reyestr) yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish bilan shugʻullanish istagidagi “Inson” markazlari, Agentlikning tizim tashkilotlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxslar yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar tomonidan “Ijtimoiy himoya” ATning “Oila hamkori” platformasida roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi maʼlumotlarni kiritish orqali soʻrovnoma toʻldiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar uchun soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) hamda telefon raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun pasport yoki ID-karta seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami hamda telefon raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyekti yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxsning yuridik manzili, hisobvaragʻi, bank rekvizitlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyekti yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxsning ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish hududi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatilishi rejalashtirilayotgan ijtimoiy xizmat turlari va qamrovi bilan bogʻliq maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatishga moʻljallangan bino va inshootning mavjudligi hamda uning mulk huquqi yoki boshqa huquq asosida unga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatning mavjudligi (xizmatdan foydalanuvchining yashash joyiga borgan holda xizmat koʻrsatiladigan hollarda talab etilmaydi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy xizmatlar xizmatdan foydalanuvchining yashash joyidan tashqarida koʻrsatilgan hollarda, ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatishga moʻljallangan bino va inshootning yongʻin xavfsizligi talablariga hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi xulosalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatishda yoki ularni koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar va tadbirlarni amalga oshirishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari talab etiladigan hollarda tegishli hujjatning mavjudligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy himoya” ATning “Oila hamkori” platformasida roʻyxatdan oʻtishda koʻrsatilgan ijtimoiy xizmat qamrovi doirasida vaucherlarni qabul qilishga ruxsat etiladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qaroriga asosan oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. “Inson” markazlari, Agentlikning tizim tashkilotlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxslar yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning soʻrovnomasi tegishliligi boʻyicha hududiy boshqarmada kamida uch kishidan iborat tarkibda tuziladigan oʻrganish guruhi (keyingi oʻrinlarda — oʻrganish guruhi) tomonidan soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq minimal talablarga muvofiqligi oʻrganib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda oʻrganish natijasi boʻyicha oʻrganish guruhi tomonidan ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatuvchining ijtimoiy xizmatni (xizmatlarni) koʻrsatishga tayyor yoki tayyor emasligi toʻgʻrisida xulosa rasmiylashtiriladi va elektron raqamli imzodan foydalangan holda kelishiladi hamda hududiy boshqarma boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Oʻrganish guruhi tomonidan ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish bilan shugʻullanish istagidagi “Inson” markazlari, Agentlikning tizim tashkilotlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxslar yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar ijtimoiy xizmatni (xizmatlarni) koʻrsatishga tayyorligi toʻgʻrisida xulosa bilan birga “Ijtimoiy himoya” ATning “Oila hamkori” platformasida roʻyxatdan oʻtish uchun soʻrovnoma tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrganish natijasi boʻyicha oʻrganish guruhi tomonidan ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish bilan shugʻullanish istagidagi “Inson” markazlari, Agentlikning tizim tashkilotlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxslar yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar ijtimoiy xizmatni (xizmatlarni) koʻrsatishga tayyor emasligi toʻgʻrisida xulosa rasmiylashtirilganda, uning “Ijtimoiy himoya” ATning “Oila hamkori” platformasida roʻyxatdan oʻtish uchun yuborilgan soʻrovnomasini tasdiqlash rad etiladi va bu haqida ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish bilan shugʻullanish istagidagi subyektga xabar beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy xizmatni (xizmatlarni) koʻrsatishga tayyorligi toʻgʻrisida xulosa tasdiqlanib, roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin xizmat koʻrsatish joyi, quvvati va tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgargan taqdirda, uch ish kuni ichida qayta xulosa olish uchun soʻrovnoma yuborish talab etiladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
251. Quyidagi hollarda xizmat koʻrsatuvchi “Ijtimoiy himoya” ATning “Oila hamkori” platformasida roʻyxatdan chiqariladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat koʻrsatuvchi “Ijtimoiy himoya” ATning “Oila hamkori” platformasida roʻyxatdan chiqarishni soʻrab ariza bilan murojaat qilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat koʻrsatuvchi tomonidan “Ijtimoiy himoya” ATga xizmat koʻrsatilganligi haqida maʼlumot kiritilib, ushbu kunda tegishli xizmat amalda koʻrsatilmaganligi, shu jumladan, xizmatdan foydalanuvchining biometrik maʼlumotlari, fotosurat yoki boshqalarni kiritishda yolgʻon yoki haqiqiy boʻlmagan maʼlumotlardan foydalanilganligi bir kalendar yili davomida uch martadan ortiq holatda aniqlanganda. Bunda aniqlangan har bir holat bir yoki bir nechta xizmatdan foydalanuvchi bilan bogʻliqligidan qatʼiy nazar bitta holat deb hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat koʻrsatuvchi tomonidan mazkur Nizom talablariga rioya etilmaganligi aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat koʻrsatish joyi, xizmat koʻrsatuvchining quvvati va tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgargan taqdirda uch ish kuni ichida qayta xulosa olish uchun soʻrovnoma yubormaganligi aniqlanganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrganish guruhi tomonidan xizmat koʻrsatuvchi “Ijtimoiy himoya” ATning “Oila hamkori” platformasida roʻyxatdan chiqarish uchun asos boʻlgan holatni tasdiqlovchi dalolatnoma rasmiylashtirilib, tizimga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
252. Xizmat koʻrsatuvchi “Ijtimoiy himoya” ATning “Oila hamkori” platformasida roʻyxatdan chiqarilganda, xizmatdan foydalanuvchiga boshqa xizmat koʻrsatuvchini tanlash imkoniyati beriladi.
(251 va 252-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Ijtimoiy xizmatlarning samaradorligini baholash
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ijtimoiy xizmatlarning samaradorligi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni eʼtirof etish, individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish rejasini tasdiqlash va monitoring qilishning maʼmuriy reglamentida belgilangan tartibda multidissiplinar guruh tomonidan har olti oyda bir marotaba baholab boriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmati samaradorligini har olti oyda bir marotaba baholashda koʻrsatilgan xizmatning kamida ellik foizi tanlov yoʻli bilan oʻrganiladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrganish tegishliligi boʻyicha Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, uning hududiy markazlari, shuningdek markaz mavjud boʻlmagan hududlarda Agentlikning hududiy boshqarmalaridagi tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatini rivojlantirish boʻyicha masʼul xodimi tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrganishda shaxsning ehtiyojlari asosida individual reabilitatsiya rejasi va koʻrsatilgan xizmatlar baholanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrganish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar multidissiplinar guruhga taqdim etiladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Ijtimoiy xizmatlarning samaradorligini baholash mazkur Nizomga 2a — 2d-ilovalarga muvofiq mezonlar asosida oʻrganish va tahlil qilish orqali amalga oshiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. “Inson” markazining ijtimoiy xodimi uch oyda kamida bir marotaba xizmatdan foydalanuvchining koʻrsatilgan xizmatdan qoniqish darajasini soʻrovnoma asosida oʻrganadi va tegishli maʼlumotlarni “Ijtimoiy himoya” ATga kiritib boradi. Bunda maʼlumotlar soʻrovnoma oʻtkazilgan kunda xizmatdan foydalanuvchining biometrik maʼlumoti bilan tasdiqlanadi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Ijtimoiy xizmatlardan foydalanish xarajatlarining bir qismini vaucher asosida qoplab berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Ijtimoiy xizmatlardan foydalanish yuzasidan vaucherning foydalanilgan qismi boʻyicha subsidiya uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam koʻrsatish xizmati uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan va qolgan ijtimoiy xizmatlar uchun Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimlari orqali Dastur doirasida ijtimoiy xizmatlardan foydalanish boʻyicha vaucherning foydalanilgan qismi miqdorida toʻlovlarni amalga oshirish va hisobini yuritish Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiyalar uchun Agentlikning hududiy boshqarmalaridagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida, Jamgʻarmadan ajratiladigan subsidiyalar Jamgʻarmada alohida ochiladigan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Koʻrsatilgan ijtimoiy xizmatlar haqidagi maʼlumotlar hamda ushbu xizmatlardan haqiqatda foydalangan shaxsning biometrik maʼlumotlari yoki dalolatnomani “Ijtimoiy himoya” ATga kiritish orqali ushbu maʼlumotlar asosida avtomatik tarzda elektron davomat tabeli shakllanib, “Inson” markazi direktori tomonidan qabul qilinadi va ushbu elektron davomat tabeli asosida ajratiladigan subsidiyaning oylik miqdori avtomatik hisob-kitob qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron davomat tabelida notoʻgʻri yoki xato maʼlumotlar kiritilganligi aniqlanganda, “Inson” markazi direktori tomonidan qabul qilinmaydi va maʼlumotlarning notoʻgʻri yoki xato ekanligi asoslantiruvchi asoslarni koʻrsatgan holda, qayta koʻrib chiqish uchun qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda davomat mobil ilova yoki maxsus qurilmalar yordamida jismoniy shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali yuritiladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Axborot modulining mobil ilovasidan yoki maxsus qurilmalardan Internet jahon axborot tarmogʻisiz (offlayn rejimda) foydalanilgan hollarda, ijtimoiy xizmatlar davomati boʻyicha qayd etilgan maʼlumotlar “Inson” markazlari tomonidan hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasidan kechikmasdan Internet jahon axborot tarmogʻiga ulangan holda (onlayn rejimda) offlayn rejimda kiritilgan maʼlumotlarni axborot moduliga uzatilishini (yangilanishini) taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Axborot moduliga maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etmaganda, shu jumladan, uzatilishini (yangilanishini) taʼminlamaganda ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchilarga subsidiya hisoblanmaydi va toʻlanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. “Ijtimoiy himoya” ATda shakllangan elektron davomat tabeliga asosan vaucher asosida subsidiya shaklidagi toʻlovlar hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar shakllantiriladi va maxsus gʻazna hisobvaraqlaridan ikki ish kuni ichida Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimlari orqali xizmat koʻrsatuvchining tijorat bankidagi hisobvaragʻiga, Agentlikning hududiy boshqarmalari yoki Agentlikning tizim tashkilotlarining esa budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hamda tijorat bankidagi hisobvaragʻiga avtomatik ravishda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. “Ijtimoiy himoya” ATda xizmat koʻrsatuvchining tijorat bankidagi hisobvaragʻiga yoki budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazilgan toʻlovlar haqidagi maʼlumotlar shakllantirib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatuvchi “Inson” markazlari, Agentlikning tizim tashkilotlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxslar yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar, shuningdek oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchilarning shaxsiga doir maʼlumotlardan xabardor boʻlib qolgan shaxslar, shu jumladan, mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin ham ushbu maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Agentlik huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatuvchilar tomonidan ushbu Nizom talablariga rioya qilinishi ustidan doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchilar axborot moduliga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va haqqoniyligi boʻyicha javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Faol hayotga qadam” dasturi doirasida ijtimoiy xizmatlardan imtiyozli shartlarda foydalanish uchun vaucher berish hamda ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlardan imtiyozli shartlarda foydalanish uchun vaucher berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagida boʻlgan shaxs yoki uning vakili

“Inson” markaziga oʻzi kelgan holda yoki oʻzi yashaydigan hududda faoliyat yurituvchi “Inson” markazining ijtimoiy xodimiga yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) va “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Ijtimoiy himoya” AT) orqali murojaat qiladi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

“Inson” markazining operatori yoki ijtimoiy xodimi

1. Murojaatni qabul qilish boʻyicha soʻrovnomani “Ijtimoiy himoya” ATda rasmiylashtirish orqali murojaatni qabul qiladi.

1. Murojaat qilingan vaqtda

2. Tasdiqlangan soʻrovnomani “Inson” markazi direktoriga masʼul xodimni biriktirish uchun yuboradi.

2. Real vaqt rejimida

3-bosqich

“Inson” markazining masʼul xodimi

“Ijtimoiy himoya” AT orqali kelib tushgan soʻrovnomani koʻrib chiqib, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagida boʻlgan shaxsning:

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar reyestri (keyingi oʻrinlarda — Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar reyestri) yoki Ijtimoiy reyestrga kiritilganligi holati oʻrganiladi;

oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasini baholaydi;

oilasi yoki oʻzini ijtimoiy xizmatlarga ehtiyojini oʻrganadi.

7 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda

4-bosqich

“Ijtimoiy himoya” AT

Ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagida boʻlgan shaxs uchun taqdim etilishi mumkin boʻlgan ijtimoiy xizmatlar turlari, xizmat koʻrsatish muddatlari, vaqti va davriyligi shakllanadi.

Avtomatik tarzda

5-bosqich

“Inson” markazining masʼul xodimi

“Ijtimoiy himoya” ATda shakllangan ijtimoiy xizmatlarni ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagida boʻlgan shaxsga taklif qiladi.

Shu vaqtning oʻzida

6-bosqich

Ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagida boʻlgan shaxs

Ijtimoiy xizmatlardan birini tanlaydi.

Taklif etilgan vaqtda

7-bosqich

“Ijtimoiy himoya” AT

Tanlangan ijtimoiy xizmat narxining tegishli qismini davlat tomonidan qoplab berish boʻyicha vaucher taqdim etilishini nazarda tutuvchi shartnoma loyihasini shakllantiradi.

Avtomatik tarzda

8-bosqich

“Inson” markazining masʼul xodimi

Shartnoma loyihasini imzolash uchun tomonlarga taqdim etadi.

“Ijtimoiy himoya” ATda shartnoma shakllangan vaqtning oʻzida

9-bosqich

“Ijtimoiy himoya” AT

Ijtimoiy xizmat narxini toʻliq yoki qisman qoplab berishni nazarda tutuvchi vaucher shakllantiradi.

Avtomatik tarzda

10-bosqich

“Ijtimoiy himoya” AT yoki “Inson” markazining ijtimoiy xodimi

Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchining mobil telefon raqamiga SMS-xabar hamda YIDXPdagi yoki “Oila hamkori” platformasidagi shaxsiy kabinetiga SMS-xabar yuboriladi yoki ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchi “Inson” markazining ijtimoiy xodimi tomonidan xabardor qilinadi.

Avtomatik tarzda yoki 1 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda

11-bosqich

Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchi

“Ijtimoiy himoya” AT orqali xizmat koʻrsatuvchini tanlaydi.

10 ish kuni ichida

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Faol hayotga qadam” dasturi doirasida ijtimoiy xizmatlardan imtiyozli shartlarda foydalanish uchun vaucher berish hamda ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam koʻrsatish xizmati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Ijtimoiy xizmat nomi

Uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam koʻrsatish xizmati.

2.

Ijtimoiy xizmat tarkibi

Maishiy yumushlarda koʻmaklashish (ovqat tayyorlash, supurish-yigʻishtirish, kiyim-kechaklarni yuvish, zarur oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalarini uyga yetkazib berish);

gigiyena tadbirlarini amalga oshirish;

tibbiyot va sport muassasalariga hamrohlik xizmatini koʻrsatish;

tyutorlik (shaxsni oʻz-oʻziga xizmat qilishga oʻrgatish, gadjetlardan mustaqil foydalanishga, shu jumladan, elektron kitoblar va soʻnggi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari bilan tanishish, onlayn davlat xizmatlaridan foydalanish va boshqalarga oʻrgatish).

3.

Ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)ning tizim tashkilotlari;

yakka tartibdagi tadbirkorlar;

yuridik shaxslar;

oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar.

4.

Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchi

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning reyestriga kiritilgan oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 0 balldan 116 ballgacha boʻlgan 18 va undan katta yoshdagi shaxs.

5.

Ijtimoiy xizmatni koʻrsatish hajmi**

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning reyestriga kiritilgan oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi:

0 balldan 53 ballgacha boʻlgan shaxsga haftada 4-marta 3 soatdan;

54 balldan 62 ballgacha boʻlgan shaxsga haftada 3-marta 2 soatdan;

63 balldan 87 ballgacha boʻlgan shaxsga haftada 2-marta 2,5 soatdan;

88 balldan 116 ballgacha boʻlgan shaxsga haftada 1-marta 2 soatdan..

6.

Ijtimoiy xizmatdan foydalanish uchun beriladigan vaucher qiymati

Ijtimoiy xizmat:

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va Agentlikning tizim tashkilotlari tomonidan koʻrsatilganda — 1 soat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 6 foizi*;

yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs tomonidan koʻrsatilganda — 1 soat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 8 foizi;

oʻzini oʻzi band qilgan shaxs tomonidan koʻrsatilganda — 1 soat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi.

Bunda yakka tartibdagi tadbirkor, yuridik shaxs va oʻzini oʻzi band qilgan shaxs tomonidan ijtimoiy xizmat koʻrsatilganda quyidagicha koʻpaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlari uchun vaucher qiymatiga 1,3 nisbatda;

Toshkent shahri uchun vaucher qiymatiga 1,5 nisbatda.

7.

Ijtimoiy xizmatdan foydalanish va vaucherni shakllantirish uchun asos

Shaxsning oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 0 balldan 116 ballgacha baholanganligi.

8.

Ijtimoiy xizmatni koʻrsatish shakli

Xizmatdan foydalanuvchining yashash joyida.

9.

Vaucher qiymatini xizmat koʻrsatuvchiga toʻlab berish shartlari

“Ijtimoiy himoya” ATga dalolatnoma yoki quyidagi maʼlumotlarning ijtimoiy xizmat koʻrsatilgan kunda kiritilganligi:

koʻrsatilgan ijtimoiy xizmat haqidagi maʼlumotlar;

ijtimoiy xizmatdan haqiqatda foydalangan shaxsning biometrik maʼlumotlari.

10.

Ijtimoiy xizmatning samaradorligini baholash mezonlari

a) Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchining xizmatdan qoniqish darajasi 5 ballik tizimda baholanadi:

3 — 5 ball boʻlganda — samarali;

1 va 2 ball boʻlganda — samarasiz;

b) ijtimoiy xizmat koʻrsatilgan yoki koʻrsatilishi belgilangan xizmat yuzasidan Agentlik va uning tizim tashkilotlariga ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchidan:

shikoyati kelib tushmaganligi — samarali;

asosli shikoyat kelib tushganligi — samarasiz;

v) tanlov asosida koʻrilganda xizmatdan foydalanuvchi xonadonining holati:

toza boʻlganda — samarali;

tozalanmagan boʻlganda — samarasiz.

11.

Izoh

Xizmat koʻrsatuvchi xizmatdan foydalanuvchiga xizmat koʻrsatilishini tashkil etish uchun reja-grafik asosida tegishli xodimni biriktiradi.

Quyidagi hollarda ijtimoiy xizmatni koʻrsatish toʻxtatiladi:

xizmatdan foydalanuvchi Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazi yoki “Gʻamxoʻrlik” markaziga joylashtirilganda — mazkur muassasalarga joylashtirilgan davrda;

Sanatoriy yoki davolash muassasasida boʻlganda — mazkur muassasalarda boʻlgan davrida.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va Agentlikning tizim tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun Agentlikning hududiy boshqarmalari va Agentlikning tizim tashkilotlarining budjetdan tashqari alohida ochilgan gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkazib beriladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy xodim assistentlariga 1 soat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizigacha ish haqi va ijtimoiy soliq, bazaviy hisoblash miqdorining 1 foizi miqdorida yoʻl haqi uchun kompensatsiya, maxsus xoʻjalik sumkasi, maxsus kiyim-bosh (yozgi, qishki) va xoʻjalik qoʻlqoplari bilan taʼminlash boʻyicha kompensatsiya xarajatlari uchun toʻlab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyda ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatuvchi ijtimoiy xodim assistentlarining asosiy samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) Agentlik tomonidan baholanadi va baholash natijalariga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi hisobidan quyidagicha toʻlovlar amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyat samaradorligi “aʼlo” deb topilganda — 100 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyat samaradorligi “yaxshi” deb topilganda — 90 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyat samaradorligi “qoniqarli” deb topilganda — 80 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyat samaradorligi “qoniqarsiz” deb topilganda — 70 foiz.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisod qilingan mablagʻlar ijtimoiy xodim assistentlarini moddiy ragʻbatlantirish va mukofotlash uchun sarflanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy xodim assistentlariga Bartel va Lauton shkalasi boʻyicha 54 — 62 ball toʻplagan oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga bir oyda koʻpi bilan 3-marta hamrohlik xizmatini koʻrsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida qoʻshimcha kompensatsiya toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
**Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar reyestridagi ikki va undan ortiq birgalikda yashaydigan har biri Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 62 ballgacha boʻlgan shaxslarga berilgan vaucherlarning faqat bittasi boʻyicha belgilangan xizmat koʻrsatish soatlari toʻliq hajmda, qolganlari boʻyicha esa, belgilangan soatlarning teng yarmi hajmida xizmat koʻrsatiladi. Bunda mazkur shaxslar tomonidan faqat bitta xizmat koʻrsatuvchi tanlanadi.
(2a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Faol hayotga qadam” dasturi doirasida ijtimoiy xizmatlardan imtiyozli shartlarda foydalanish uchun vaucher berish hamda ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2b-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy sharoitida qarab turish xizmati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Ijtimoiy xizmat nomi

Uy sharoitida qarab turish xizmati.

2.

Ijtimoiy xizmat tarkibi

Shaxsga qarab turish (yiqilish va jarohatlanishlarning oldini olish);

shaxsni parvarishlash (ovqatlantirish, gigiyenik tadbirlarni amalga oshirish);

shaxs bilan muloqot qilish;

tyutorlik (shaxsni oʻz-oʻziga xizmat qilishga oʻrgatish, gadjetlardan mustaqil foydalanishga, shu jumladan, elektron kitoblar va soʻnggi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari bilan tanishish, onlayn davlat xizmatlaridan foydalanish va boshqalarga oʻrgatish).

3.

Ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)ning tizim tashkilotlari;

yakka tartibdagi tadbirkorlar;

yuridik shaxslar;

oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar.

4.

Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchi

Oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 0 balldan 53 ballgacha boʻlgan 18 va undan katta yoshdagi shaxs.

5.

Ijtimoiy xizmatni koʻrsatish hajmi

Haftada 5 ish kuni davomida kuniga 3 soatgacha, biroq 1 yildan koʻp boʻlmagan davrda.

6.

Ijtimoiy xizmatdan foydalanish uchun beriladigan vaucher qiymati

Ijtimoiy xizmat:

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va Agentlikning tizim tashkilotlari tomonidan koʻrsatilganda — 1 soat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 6 foizi*;

yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs tomonidan koʻrsatilganda — 1 soat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 7 foizi;

oʻzini oʻzi band qilgan shaxs tomonidan koʻrsatilganda — 1 soat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi, birga yashovchi shaxsga uy sharoitida qarab turish xizmatining 1 soati uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi.

Bunda yakka tartibdagi tadbirkor, yuridik shaxs yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs tomonidan ijtimoiy xizmat koʻrsatilganda quyidagicha koʻpaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi**:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlari uchun vaucher qiymatiga 1,3 nisbatda;

Toshkent shahri uchun vaucher qiymatiga 1,5 nisbatda.

7.

Ijtimoiy xizmatdan foydalanish va vaucherni shakllantirish uchun asos

Shaxsning oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 0 balldan 53 ballgacha baholanganligi;
  oila yoki shaxsning ijtimoiy xizmatlarga ehtiyoji mavjudligi;
 xizmatdan foydalanuvchi bilan birga yashab, unga qarab turuvchi mehnatga layoqatli shaxs uch oy ichida band boʻlish yoki taʼlim olish yoxud kasb-hunarga oʻqish  majburiyatini olganligi***;
xizmatdan foydalanuvchi bilan birga yashab, unga qarab turgan mehnatga layoqatli shaxs Ijtimoiy reyestrga kiritilganligi****.

8.

Ijtimoiy xizmatni koʻrsatish shakli

Xizmatdan foydalanuvchining yashash joyida.

9.

Vaucher qiymatini xizmat koʻrsatuvchiga toʻlab berish shartlari

“Ijtimoiy himoya” ATga dalolatnoma yoki quyidagi maʼlumotlarning ijtimoiy xizmat koʻrsatilgan kunda kiritilganligi:

koʻrsatilgan ijtimoiy xizmat haqidagi maʼlumotlar;

ijtimoiy xizmatdan haqiqatda foydalangan shaxsning biometrik maʼlumotlari;

amalga oshirilgan tadbirlar va shaxs haqidagi maʼlumotni xizmat koʻrsatuvchi tomonidan har kuni “Ijtimoiy himoya” ATning “Oila hamkori” platformasiga kiritib borish.

10.

Ijtimoiy xizmatning samaradorligini baholash mezonlari

a) Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchining xizmatdan qoniqish darajasi 5 ballik tizimda baholanadi:

3 — 5 ball boʻlganda — samarali;

1 va 2 ball boʻlganda — samarasiz;

b) ijtimoiy xizmat koʻrsatilgan yoki koʻrsatilishi belgilangan xizmat yuzasidan Agentlik va uning tizim tashkilotlariga ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchidan:

shikoyati kelib tushmaganligi — samarali;

asosli shikoyat kelib tushganligi — samarasiz;

v) xizmatdan foydalanuvchining oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi boʻyicha 6 oylik koʻrsatkichi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha (balli):

monitoring oʻtkazishdan avvalgi koʻrsatkichiga nisbatan kamaymaganda yoki oshganda — samarali;

monitoring oʻtkazishdan avvalgi koʻrsatkichiga nisbatan kamayganda — samarasiz.

11.

Izoh

Xizmat koʻrsatuvchi xizmatdan foydalanuvchiga xizmat koʻrsatilishini tashkil etish uchun reja-grafik asosida tegishli xodimni biriktiradi.

2026-yil 1-fevralga qadar xizmatdan foydalanish uchun shakllantirilgan vaucherlar mazkur pasport talablariga toʻgʻri kelganda, xizmatdan foydalanish mazkur vaucherning muddati tugagunga qadar davom ettiriladi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va Agentlikning tizim tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun Agentlikning hududiy boshqarmalarining va Agentlikning tizim tashkilotlarining budjetdan tashqari alohida ochilgan gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkazib beriladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy xodim assistentlariga 1 soat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizigacha ish haqi va ijtimoiy soliq, bazaviy hisoblash miqdorining 1 foizi miqdorida yoʻl haqi uchun kompensatsiya, maxsus xoʻjalik sumkasi, maxsus kiyim-bosh (yozgi, qishki) va xoʻjalik qoʻlqoplari bilan taʼminlash boʻyicha kompensatsiya xarajatlari uchun toʻlab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyda ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatuvchi ijtimoiy xodim assistentlarining asosiy samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) Agentlik tomonidan baholanadi va baholash natijalariga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi hisobidan quyidagicha toʻlovlar amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyat samaradorligi “aʼlo” deb topilganda — 100 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyat samaradorligi “yaxshi” deb topilganda — 90 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyat samaradorligi “qoniqarli” deb topilganda — 80 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyat samaradorligi “qoniqarsiz” deb topilganda — 70 foiz.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisod qilingan mablagʻlar ijtimoiy xodim assistentlarini moddiy ragʻbatlantirish va mukofotlash uchun sarflanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchiga birga yashaydigan oila aʼzosi boʻlgan oʻzini oʻzi band qilgan shaxs tomonidan uy sharoitida qarab turish xizmati koʻrsatilganda vaucher qiymatiga koʻpaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*** Oʻzini oʻzi band qilganligi yoki uch oy ichida band boʻlish, taʼlim olish yoxud kasb-hunarga oʻqish majburiyatlari bajarilganligi “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlar asosida tekshiriladi. Bunda mazkur maʼlumotlar axborot tizimlari orqali aniqlanmagan yoki mavjud boʻlmaganda, ular “Ijtimoiy himoya” ATda “Inson” markazining ijtimoiy xodimi tomonidan elektron imzodan foydalangan holda hamda xizmatdan foydalanuvchi tomonidan biometrik maʼlumot bilan tasdiqlangan holda tuziladigan dalolatnoma (tasdiqlovchi hujjatlar dalolatnomaga ilova qilinadi) asosida tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
**** Xizmatdan foydalanish uchun vaucher berilgandan soʻng, xizmatdan foydalanuvchi bilan birga yashab, unga qarab turgan mehnatga layoqatli shaxs Ijtimoiy reyestrdan chiqarilgan taqdirda, xizmatdan foydalanish Ijtimoiy reyestrdan chiqarilgan vaqtdan boshlab mazkur vaucherning muddati tugagunga qadar davom ettiriladi.
(2b-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Faol hayotga qadam” dasturi doirasida ijtimoiy xizmatlardan imtiyozli shartlarda foydalanish uchun vaucher berish hamda ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2v-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Ijtimoiy xizmat nomi

Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmati.

2.

Ijtimoiy xizmat tarkibi

Shaxslarning yoʻqotilgan funksional imkoniyatlari va harakat faolligini qayta tiklash;

jismoniy faollik yoʻqotilishi bilan rivojlanish xavfi yuqori boʻlgan asoratli kasallanish holatlarini oldini olish va oila aʼzolarini parvarish koʻnikmalariga oʻrgatish;

shaxsni parvarishlash (ovqatlantirish, gigiyenik tadbirlarni amalga oshirish)*.

Shifokor tomonidan qoʻshimcha reabilitatsiya tadbirlari belgilanishi mumkin.

3.

Ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi**;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)ning tizim tashkilotlari**;

yakka tartibdagi tadbirkorlar;

yuridik shaxslar.

4.

Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchi

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning reyestriga kiritilgan hamda oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 0 balldan 62 ballgacha boʻlgan 18 va undan katta yoshdagi shaxs;

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 0 balldan 62 ballgacha boʻlgan 18 va undan katta yoshdagi jarohatlanish yoki bosh miya qon aylanishi buzilishi (insult) tashxisi qoʻyilgan shaxs.

5.

Ijtimoiy xizmatni koʻrsatish hajmi***

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning reyestriga kiritilgan:

oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 0 balldan 53 ballgacha boʻlgan shaxsga haftada 3-marta 2 soatdan;

oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 54 balldan 62 ballgacha boʻlgan shaxsga haftada 2-marta 2 soatdan;

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 0 balldan 62 ballgacha boʻlgan jarohatlanish yoki bosh miya qon aylanishi buzilishi (insult) tashxisi qoʻyilgan shaxsga haftada 3-martagacha 1 soatdan, biroq 1 ta shaxs uchun bir marta 6 oydan koʻp boʻlmagan davrda.

6.

Ijtimoiy xizmatdan foydalanish uchun beriladigan vaucher qiymati

Ijtimoiy xizmat:

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va Agentlikning tizim tashkilotlari tomonidan koʻrsatilganda — 1 soat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi;

yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs tomonidan koʻrsatilganda — 1 soat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 11 foizi.

Bunda yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs tomonidan ijtimoiy xizmat koʻrsatilganda quyidagicha koʻpaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlari uchun vaucher qiymatiga 1,3 nisbatda;

Toshkent shahri uchun vaucher qiymatiga 1,5 nisbatda.

7.

Ijtimoiy xizmatdan foydalanish va vaucherni shakllantirish uchun asos

Shaxsning oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 0 balldan 62 ballgacha baholanganligi;

oilaning ijtimoiy xizmatlarga ehtiyoji mavjudligi;

jarohatlanish va bosh miya qon aylanishi buzilishi (insult) tashxisi toʻgʻrisidagi oilaviy shifokorning xulosasi.

8.

Ijtimoiy xizmatni koʻrsatish shakli

Xizmatdan foydalanuvchining yashash joyida yoki kunduzgi qatnov asosida tashkil etilgan binoda.

9.

Vaucher qiymatini xizmat koʻrsatuvchiga toʻlab berish shartlari

“Ijtimoiy himoya” ATga dalolatnoma yoki quyidagi maʼlumotlarning ijtimoiy xizmat koʻrsatilgan kunda kiritilganligi:

koʻrsatilgan ijtimoiy xizmat haqidagi maʼlumotlar;

ijtimoiy xizmatdan haqiqatda foydalangan shaxsning biometrik maʼlumotlari.

10.

Ijtimoiy xizmatning samaradorligini baholash mezonlari

a) Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchining xizmatdan qoniqish darajasi 5 ballik tizimda baholanadi:

3 — 5 ball boʻlganda — samarali;

1 va 2 ball boʻlganda — samarasiz;

b) ijtimoiy xizmat koʻrsatilgan yoki koʻrsatilishi belgilangan xizmat yuzasidan Agentlik va uning tizim tashkilotlariga ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchidan:

shikoyati kelib tushmaganligi — samarali;

asosli shikoyat kelib tushganligi — samarasiz;

v) xizmatdan foydalanuvchining oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi boʻyicha 6 oylik koʻrsatkichi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha (balli):

monitoring oʻtkazishdan avvalgi koʻrsatkichiga nisbatan kamaymaganda yoki oshganda — samarali;

monitoring oʻtkazishdan avvalgi koʻrsatkichiga nisbatan kamayganda — samarasiz;

g) ijtimoiy xizmat koʻrsatilishi boʻyicha individual reabilitatsiya rejasining mavjudligi va koʻrsatilgan xizmatning individual reabilitatsiya rejasiga muvofiqligi:

reabilitatsiya rejasi mavjud va koʻrsatilgan xizmat individual reabilitatsiya rejasiga muvofiq boʻlganda — samarali;

reabilitatsiya rejasi mavjud boʻlmaganda yoki koʻrsatilgan xizmat individual reabilitatsiya rejasiga muvofiq boʻlmaganda — samarasiz.

11.

Izoh

Ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchining shifokori tomonidan xizmatdan foydalanuvchining yashash joyiga borgan holda yoki ijtimoiy xizmat kunduzgi qatnov asosida tashkil etilgan binoda uni tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi va reabilitatsiya tadbirlariga ehtiyojlari asosida individual reabilitatsiya rejasi tuziladi.

Koʻrsatilgan tibbiy ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlarining samaradorligi har olti oyda Agentlikning tizim tashkilotlari tomonidan baholab boriladi.

Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchiga uyda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmati koʻrsatilishini tashkil etish uchun xizmat koʻrsatuvchi tomonidan reja-grafik asosida tegishli xodim biriktiriladi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam koʻrsatish xizmatidan foydalanayotgan shaxslarga koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash hududiy markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyilmagan viloyatlarda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlari “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazlari tomonidan koʻrsatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va Agentlikning tizim tashkilotlarida koʻrsatilgan xizmatlar uchun mehnatga haq toʻlash shartlari va miqdorlari Agentlikning hududiy boshqarmalari va Agentlikning tizim tashkilotlari tomonidan mustaqil belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*** Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar reyestridagi ikki va undan ortiq birgalikda yashaydigan har biri Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 62 ballgacha boʻlgan shaxslarga berilgan vaucherlarning faqat bittasi boʻyicha belgilangan xizmat koʻrsatish soatlari toʻliq hajmda, qolganlari boʻyicha esa, belgilangan soatlarning teng yarmi hajmida xizmat koʻrsatiladi. Bunda mazkur shaxslar tomonidan faqat bitta xizmat koʻrsatuvchi tanlanadi.
(2v-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Faol hayotga qadam” dasturi doirasida ijtimoiy xizmatlardan imtiyozli shartlarda foydalanish uchun vaucher berish hamda ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2g-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmatini koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Ijtimoiy xizmat nomi

Kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati.

2.

Ijtimoiy xizmat tarkibi

a) Shaxsga qarab turish (yiqilish va jarohatlanishlarning oldini olish);

shaxsni parvarishlash (ovqatlantirish, gigiyenik tadbirlarni amalga oshirish);

shaxs bilan muloqot qilish;

shaxsni oʻz-oʻziga xizmat qilishga oʻrgatish;

tyutorlik (gadjetlardan mustaqil foydalanishga, shu jumladan, elektron kitoblar va soʻnggi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari bilan tanishish, onlayn davlat xizmatlaridan foydalanish va boshqalarga oʻrgatish);

b) 1 mahal issiq ovqat va 2 mahal yengil ovqat bilan taʼminlash;

v) 10 kmgacha boʻlgan masofa doirasida xizmatdan foydalanuvchini olib borish va olib kelishda transport xizmatini koʻrsatish.

3.

Ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)ning tizim tashkilotlari;

yakka tartibdagi tadbirkorlar;

yuridik shaxslar.

4.

Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchi

a) Oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 0 balldan 62 ballgacha boʻlgan 18 va undan katta yoshdagi shaxs.

5.

Ijtimoiy xizmatni koʻrsatish hajmi

Haftada 5 ish kuni davomida kuniga 8 soatgacha, biroq 1 yildan koʻp boʻlmagan davrda.

6.

Ijtimoiy xizmatdan foydalanish uchun beriladigan vaucher qiymati

Ijtimoiy xizmat:

Agentlikning tizim tashkilotlari tomonidan koʻrsatilganda — 1 soat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 foizi;

yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs tomonidan koʻrsatilganda — 1 soat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi.

Bunda yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs tomonidan ijtimoiy xizmat koʻrsatilganda quyidagicha koʻpaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlari uchun vaucher qiymatiga 1,3 nisbatda;

Toshkent shahri uchun vaucher qiymatiga 1,5 nisbatda.

7.

Ijtimoiy xizmatdan foydalanish va vaucherni shakllantirish uchun asos

a) mazkur Pasportning 4-pozitsiyasi “a” kichik bandida koʻrsatilgan ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchilar uchun:

shaxsning oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 0 balldan 62 ballgacha baholanganligi;

oilaning ijtimoiy xizmatlarga ehtiyoji mavjudligi;

xizmatdan foydalanuvchi bilan birga yashab, unga qarab turuvchi mehnatga layoqatli shaxs uch oy ichida band boʻlish yoki taʼlim olish yoxud kasb-hunarga oʻqish majburiyatini olganligi*;

Xizmatdan foydalanuvchi bilan birga yashab, unga qarab turgan mehnatga layoqatli shaxs Ijtimoiy reyestrga kiritilganligi**.

8.

Ijtimoiy xizmatni koʻrsatish shakli

Oila tipidagi xonadonda — 7 nafargacha shaxslarga;

Markaz tipida alohida binoda — kamida 7 nafar shaxslarga;

9.

Vaucher qiymatini xizmat koʻrsatuvchiga toʻlab berish shartlari

“Ijtimoiy himoya” ATga dalolatnoma yoki quyidagi maʼlumotlarning ijtimoiy xizmat koʻrsatilgan kunda kiritilganligi:

koʻrsatilgan ijtimoiy xizmat haqidagi maʼlumotlar;

ijtimoiy xizmatdan haqiqatda foydalangan shaxsning xizmatdan foydalanish uchun tashrif buyurgan vaqtdagi hamda xizmat koʻrsatish tugagan vaqtdagi biometrik maʼlumotlari;

amalga oshirilgan tadbirlar va shaxs haqidagi maʼlumotni xizmat koʻrsatuvchi tomonidan har kuni “Ijtimoiy himoya” ATning Oila hamkori platformasiga kiritib borish.

10.

Ijtimoiy xizmatning samaradorligini baholash mezonlari

a) Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchining xizmatdan qoniqish darajasi 5 ballik tizimda baholanadi:

3 — 5 ball boʻlganda — samarali;

1 va 2 ball boʻlganda — samarasiz;

b) ijtimoiy xizmat koʻrsatilgan yoki koʻrsatilishi belgilangan xizmat yuzasidan Agentlik va uning tizim tashkilotlariga ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchidan:

shikoyati kelib tushmaganligi — samarali;

asosli shikoyat kelib tushganligi — samarasiz;

v) xizmatdan foydalanuvchining oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi boʻyicha 6 oylik koʻrsatkichi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha (balli):

monitoring oʻtkazishdan avvalgi koʻrsatkichiga nisbatan kamaymaganda yoki oshganda — samarali;

monitoring oʻtkazishdan avvalgi koʻrsatkichiga nisbatan kamayganda — samarasiz.

11.

Izoh

Ijtimoiy xizmat koʻrsatilishini tashkil etishda har 7 nafar xizmatdan foydalanuvchiga qarab turish uchun kamida 1 nafar xodim biriktirilishi tavsiya etiladi.
Xizmat markaz tipida tashkil etilganda kamida 1 nafar hamshira faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati markaz tipida tashkil etilgan hollarda uyda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmati doirasida koʻrsatiladigan tadbirlar ham ushbu muassasada koʻrsatilishi mumkin.
Kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmatini koʻrsatish markaz tipida yoʻlga qoʻyilgan vaqtdan boshlab tegishliligi boʻyicha Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, uning hududiy markazlari, shuningdek markaz mavjud boʻlmagan hududlarda Agentlikning hududiy boshqarmalaridagi tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatini rivojlantirish boʻyicha masʼul xodimi tomonidan har 3 oyda bir marotaba markaz ishining minimal talablarga muvofiqligi va xizmat koʻrsatish holati monitoring qilinadi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Oʻzini oʻzi band qilganligi yoki uch oy ichida band boʻlish, taʼlim olish yoxud kasb-hunarga oʻqish majburiyatlari bajarilganligi “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlar asosida tekshiriladi. Bunda mazkur maʼlumotlar axborot tizimlari orqali aniqlanmagan yoki mavjud boʻlmaganda, ular “Ijtimoiy himoya” ATda “Inson” markazining ijtimoiy xodimi tomonidan elektron imzodan foydalangan holda hamda xizmatdan foydalanuvchi tomonidan biometrik maʼlumot bilan tasdiqlangan holda tuziladigan dalolatnoma (tasdiqlovchi hujjatlar dalolatnomaga ilova qilinadi) asosida tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Xizmatdan foydalanish uchun vaucher berilgandan soʻng, xizmatdan foydalanuvchi bilan birga yashab, unga qarab turgan mehnatga layoqatli shaxs Ijtimoiy reyestrdan chiqarilgan taqdirda, xizmatdan foydalanish Ijtimoiy reyestrdan chiqarilgan vaqtdan boshlab mazkur vaucherning muddati tugagunga qadar davom ettiriladi.
(2g-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Faol hayotga qadam” dasturi doirasida ijtimoiy xizmatlardan imtiyozli shartlarda foydalanish uchun vaucher berish hamda ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2d-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsiy yordamchi xizmati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Ijtimoiy xizmat nomi

Shaxsiy yordamchi xizmati.

2.

Ijtimoiy xizmat tarkibi

Mehnat qilish yoki taʼlim olish joylariga borish va kelishda hamrohlik qilish;

zarur maʼlumotlarni topishda, surdotarjimon biriktirishda, Brayl alifbosini oʻrganishini tashkil qilishda koʻmaklashish;

hujjatlarni rasmiylashtirishda koʻmaklashish;

xizmatlardan va tegishli imtiyozlardan foydalanishda yordam koʻrsatish;

mustaqil harakatlanishi uchun yashash joyi, ish oʻrnini va taʼlim olish joyini moslashtirishni tashkil etish.

3.

Ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)ning tizim tashkilotlari;

yakka tartibdagi tadbirkorlar;

yuridik shaxslar;

oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar.

4.

Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchi

18 yoshdan 55 yoshgacha ayollar yoki 60 yoshgacha erkaklar boʻlgan:

koʻzi ojizlik boʻyicha I guruh nogironligi birinchi marotaba belgilangan shaxslar nogironlik belgilangan vaqtdan boshlab 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatda murojaat qilganda;

birinchi marta aravachadan foydalanish belgilangan shaxs, birinchi marta aravachadan foydalanish belgilangan vaqtdan boshlab 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatda murojaat qilganda.

5.

Ijtimoiy xizmatni koʻrsatish hajmi

Haftada 5 ish kuni davomida kuniga 3 soatgacha, biroq 2 haftadan koʻp boʻlmagan davrda.

6.

Ijtimoiy xizmatdan foydalanish uchun beriladigan vaucher qiymati

Ijtimoiy xizmat:

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, Agentlikning tizim tashkilotlari, yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs tomonidan koʻrsatilganda — 1 soat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 6 foizi;

oʻzini oʻzi band qilgan shaxs tomonidan koʻrsatilganda — 1 soat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi.

Bunda yakka tartibdagi tadbirkor, yuridik shaxs va oʻzini oʻzi band qilgan shaxs tomonidan ijtimoiy xizmat koʻrsatilganda quyidagicha koʻpaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlari uchun vaucher qiymatiga 1,3 nisbatda;

Toshkent shahri uchun vaucher qiymatiga 1,5 nisbatda.

7.

Ijtimoiy xizmatdan foydalanish va vaucherni shakllantirish uchun asos

Koʻzi ojizlik boʻyicha I guruh nogironligi birinchi marotaba belgilanganligi;

birinchi marta aravachadan foydalanish belgilanganligi;

ijtimoiy shartnoma bilan xizmatdan foydalanuvchi mehnat qilish yoki taʼlim olish majburiyatini olganligi*.

8.

Ijtimoiy xizmatni koʻrsatish shakli

Xizmatdan foydalanuvchining yashash joyida.

9.

Vaucher qiymatini xizmat koʻrsatuvchiga toʻlab berish shartlari

“Ijtimoiy himoya” ATga dalolatnoma yoki quyidagi maʼlumotlarning ijtimoiy xizmat koʻrsatilgan kunda kiritilganligi:

koʻrsatilgan ijtimoiy xizmat haqidagi maʼlumotlar;

ijtimoiy xizmatdan haqiqatda foydalangan shaxsning biometrik maʼlumotlari;

amalga oshirilgan tadbirlar va shaxs haqidagi maʼlumotni xizmat koʻrsatuvchi tomonidan har kuni “Ijtimoiy himoya” ATning “Oila hamkori” platformasiga kiritib borish.

10.

Ijtimoiy xizmatning samaradorligini baholash mezonlari

a) Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchining xizmatdan qoniqish darajasi 5 ballik tizimda baholanadi:

3 — 5 ball boʻlganda — samarali;

1 va 2 ball boʻlganda — samarasiz;

b) ijtimoiy xizmat koʻrsatilgan yoki koʻrsatilishi belgilangan xizmat yuzasidan Agentlik va uning tizim tashkilotlariga ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchidan:

shikoyati kelib tushmaganligi — samarali;

asosli shikoyat kelib tushganligi — samarasiz.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Oʻzini oʻzi band qilganligi yoki ishga joylashganligi soliq organlarining axborot tizimlari orqali tekshiriladi.
(2d-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Faol hayotga qadam” dasturi doirasida ijtimoiy xizmatlardan imtiyozli shartlarda foydalanish uchun vaucher berish hamda ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy xizmatlardan foydalanish uchun murojaatni qabul qilish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SOʻROVNOMA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar

1.

F.I.O.*

2.

Tugʻilgan joyi va sanasi*

3.

Biometrik pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) seriyasi va raqami*

4.

JSHSHIR

5.

Yashash joyi yoki turgan joyi manzili

6.

Roʻyxatda turgan manzili*

7.

Telefon raqami

8.

Elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa)

II. Ijtimoiy xizmat koʻrsatish talab etiladigan shaxs toʻgʻrisida maʼlumotlar

9.

F.I.O.*

10.

Tugʻilgan joyi va sanasi*

11.

Biometrik pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) seriyasi va raqami*

12.

JSHSHIR

13.

Yashash joyi yoki turgan joyi manzili

14.

Telefon raqami

15.

Elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa)

16.

Nogironlik guruhi*

17.

Soʻralayotgan ijtimoiy xizmat turi

18.

Ijtimoiy xizmatdan foydalanish maqsadi (shaxsiy yordamchi xizmati boʻyicha murojaat qilinganda koʻrsatiladi).

III. Xizmatdan foydalanuvchi bilan birga yashab, unga qarab turgan mehnatga layoqatli shaxs toʻgʻrisida maʼlumotlar

19.

F.I.O.*

 

20.

JSHSHIR

 

21.

Ijtimoiy reyestrga kiritilganlik holati

 

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ushbu maʼlumotlar “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali avtomatik ravishda toʻldiriladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Faol hayotga qadam” dasturi doirasida ijtimoiy xizmatlardan imtiyozli shartlarda foydalanish uchun vaucher berish hamda ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagida boʻlgan shaxs oilasining ijtimoiy xizmatga ehtiyojini aniqlash boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SOʻROVNOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Oilaning xizmat olishdan maqsadi

Savollar

Oʻrganishda aniqlangan holat

Kambagʻallikdan chiqish

Oilada ishlash istagi boʻlgan mehnatga layoqatli shaxsning mavjudligi

□ mavjud

□ mavjud emas

Oilada taʼlim olish istagi boʻlgan mehnatga layoqatli shaxsning mavjudligi

□ mavjud

□ mavjud emas

Oiladagi ishlash istagi boʻlgan mehnatga layoqatli shaxsning doimiy parvarish bilan bandligi

□ mavjud

□ mavjud emas

Oiladagi taʼlim olish istagi boʻlgan mehnatga layoqatli shaxsning doimiy parvarish bilan bandligi

□ mavjud

□ mavjud emas

Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish

Oilada taʼlim olish istagida boʻlgan nogironligi boʻlgan shaxsning mavjudligi

□ mavjud

□ mavjud emas

Oilada mehnat qilish istagida boʻlgan nogironligi boʻlgan shaxsning mavjudligi

□ mavjud

□ mavjud emas

Nogironlikning oldini olish

Oilada soʻngi olti oy ichida jarohatlanish natijasida oʻzgalar parvarishiga muhtojligi yuzaga kelgan shaxsning mavjudligi

□ mavjud

□ mavjud emas

Oilada soʻngi olti oy ichida jarrohlik amaliyoti oʻtkazilishi natijasida oʻzgalar parvarishiga muhtojligi yuzaga kelgan shaxsning mavjudligi

□ mavjud

□ mavjud emas

Oilada soʻngi olti oy ichida bosh miya qon aylanishining buzilishi natijasida oʻzgalar parvarishiga muhtojligi yuzaga kelgan shaxsning mavjudligi

□ mavjud

□ mavjud emas

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Faol hayotga qadam” dasturi doirasida ijtimoiy xizmatlardan imtiyozli shartlarda foydalanish uchun vaucher berish hamda ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish va koʻrsatish uchun qoʻyiladigan minimal talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Uy sharoitida qarab turish xizmati, uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam koʻrsatish xizmati hamda shaxsiy yordamchi xizmatini tashkil etish va koʻrsatish uchun qoʻyiladigan minimal talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat koʻrsatishda ishtirok etuvchi xodimlarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida qisqa muddatli oʻquv kursini oʻtganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatini tashkil etish va koʻrsatish uchun qoʻyiladigan minimal talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Kunduzgi qatnov asosida yoki xizmatdan foydalanuvchining yashash joyida xizmat koʻrsatishda shifokor va hamshira faoliyati yoʻlga qoʻyilganligi. Bunda shifokor va hamshira qonunchilikda tibbiyot xodimlari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda malakasini oshirgan boʻlishi lozim.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xizmat koʻrsatishda ishtirok etuvchi xodimlarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida qisqa muddatli oʻquv kursini oʻtganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xizmatdan foydalanuvchilar uchun 10 km gacha boʻlgan masofa doirasida transport xizmatining mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xizmat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan portativ jihozlarning mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Nogironligi boʻlgan shaxslarning toʻsiqsiz kirishi va chiqishi, shuningdek harakatlanishi uchun sharoitlar, bunda, kirish qismidagi zinalarda 1:12,5 nisbatdagi pandus va tutqichlar, kamida 0,90 metr kenglikdagi (kesaki-ostonalarsiz) eshiklar, hojatxonalarda maxsus jihoz va tutqichlar mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yongʻin xavfsizligi talablari hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga rioya etilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Isitish va sovitish tizimining mavjud va soz holatda boʻlishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Xonalar tabiiy va (yoki) sunʼiy yoritish vositalari orqali zarur yorugʻlik bilan taʼminlanganligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tibbiy faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaning mavjudligi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmatini tashkil etish va koʻrsatish uchun qoʻyiladigan minimal talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xizmat koʻrsatish joyi markaz tipida alohida binoda yoki koʻp qavatli binoning 1-qavatida boʻlishi, oila tipida esa, xonadonda tashkil etilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Nogironligi boʻlgan shaxslarning toʻsiqsiz kirishi va chiqishi, shuningdek harakatlanishi uchun sharoitlar, bunda, kirish qismidagi zinalarda 1:12,5 nisbatdagi pandus va tutqichlar, kamida 0,90 metr kenglikdagi (kesaki-ostonalarsiz) eshiklar, hojatxonalarda maxsus jihoz va tutqichlar mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yongʻin xavfsizligi talablari hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga rioya etilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Isitish va sovitish tizimining mavjud va soz holatda boʻlishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Guruhli mashgʻulotlar va davolovchi jismoniy tarbiya xonasi, ovqat tayyorlash va ovqatlanish xonasi, erkaklar va ayollar uchun alohida dam olish xonalari hamda hojatxona va yuvinish xonasining mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Kompyuter toʻplami va boshqa texnik jihozlar (printer, skaner, videoda qayd etish vositalari), internet aloqa tizimi hamda interaktiv panelning (monitor) mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ish vaqti, ijtimoiy xizmatlar turlari, mashgʻulotlarning kunlik shugʻullanish grafigi, ijtimoiy xizmatlar narxlari va ish tartibi toʻgʻrisida axborotlar koʻrsatilgan peshlavha yoki elektron axborot beruvchi vositalarning mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Xonalar tabiiy va (yoki) sunʼiy yoritish vositalari orqali zarur yorugʻlik bilan taʼminlanganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchilarning sigʻimidan kelib chiqqan holda yetarli maydon, har bir xona uchun mebel (karavot, stol va stul, shkaf, divan va boshqalar) va texnika jihozlari (televizor, muzlatkich, mikrotoʻlqinli pech va boshqalar), idish-tovoqlarning mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Guruhli mashgʻulotlar va davolovchi jismoniy tarbiyani tashkil etish va oʻtkazish uchun yetarli anjomlarning (sport, aqliy va mehnat mashgʻulotlari uchun) mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xizmatdan foydalanuvchilar uchun 10 kmgacha boʻlgan masofa doirasida transport xizmatining mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Xizmat koʻrsatishda ishtirok etuvchi xodimlarning tibbiy maʼlumotga ega boʻlishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida qisqa muddatli oʻquv kursini oʻtganligi.
Oldingi tahrirga qarang.
(13 va 14-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 376-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

NAMUNA

Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi

Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi

qisqa muddatli oʻquv kursini tugatganlik haqida

SERTIFIKAT

KP t/r 000000

_________________________________________________________

(Tinglovchining familiyasi, ismi, otasining ismi)

20____ yil _______________________dan

20____ yil ________________________gacha

_________________________________________________________

(oʻquv kurslari olib borilgan muassasa nomi)

jami ______________________ soatli

_________________________________________________________

(oʻquv kursining nomi)

boʻyicha oʻquv kursini muvaffaqiyatli tugatdi.

Muhr oʻrni

Direktor

_______________

__________________

(imzo)

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi qisqa muddatli oʻquv kursini tugatganlik haqida sertifikat tavsifi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qisqa muddatli oʻquv kurslarini tugatganlik haqidagi Sertifikat ofset usulida A4 formatdagi oq qogʻozda beshta boʻyoqdan: qora rang — matn uchun, yashil, koʻk, qizil rang — rasmlar tasviri uchun, och kul rang — fon uchun foydalanib bosiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Varaqning chap tomonida chetidan 10 mm qoldirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Gerbi tasviri bilan 32 mm kenglikdagi hoshiya joylashtiriladi. Hoshiyaning yuqori qismida 30 mm diametrli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri, pastki qismida — 35 mm hajmdagi ikkita tutash toʻrtburchakdan tashkil topgan sakkizburchakli yulduz joylashadi, yulduz markazida muhr uchun diametri 25 mm boʻlgan oq doira bor.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Varaqning oʻng tomonida chetidan 30 mm qoldirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazining rasmiy logotipi joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Varaqning qolgan qismining yuqorisida davlat tilida lotin grafikasida quyidagi soʻzlar bosiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi qisqa muddatli oʻquv kursini tugatganlik haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SERTIFIKAT
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikat ikki lotin harfi “KP” va olti sondan iborat tartib raqamiga ega. Matn och kul rang fonda guldor naqsh bilan bosiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikat olti karra himoyalangan boʻlib, quyidagilardan foydalanilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosishning ikki — ofset va yuqori usuli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nur orqali nusxa koʻchirishni murakkablashtirish uchun yorqin ranglar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guldor naqsh;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli rangli naqshlar toʻrlaridan foydalanish yoʻli bilan har xil ranglar hosil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus qogʻoz:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
almashib turadigan sonlardan tartib raqami.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2025-y., 09/25/376/0521-son; 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son; 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)