18.07.2024 yildagi PQ-266-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironligi boʻlgan shaxslarga qulay va toʻsiqlarsiz muhit yaratish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironligi boʻlgan shaxslarning xavfsiz va toʻsiqlarsiz harakatlanishi uchun qulay muhit yaratish va mazkur sohaga yangicha yondashuvlarni joriy etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2024-yil 1-oktabrdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsolidatsiyalashgan budjet mablagʻlari, davlat ishtirokidagi korxonalar mablagʻlari va boshqa markazlashtirilgan manbalar hisobidan, 2025-yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlik subyektlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlar mablagʻlari hisobidan quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va taʼmirlanadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlari loyihalarining texnik qismi nogironligi boʻlgan shaxslarga sharoitlar yaratish boʻyicha shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan majburiy ekspertizadan oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili “Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasi mablagʻlarining kamida 10 foizi chorrahalarda nogironligi boʻlgan shaxslar (piyodalar) uchun xavfsiz va toʻsiqsiz muhit yaratish boʻyicha qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlariga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda toʻsiqsiz muhit yaratish boʻyicha qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlari har yili 1-noyabrga qadar Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya (keyingi oʻrinlarda — Ijtimoiy inspeksiya) bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan chorrahalarni nogironligi boʻlgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish dasturi asosida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2025-yil 1-yanvardan boshlab 1-ilovaga muvofiq faoliyat turlari boʻyicha litsenziya berishda obyektda shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻsiqlarsiz muhit yaratilganligi boʻyicha Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Qurilish inspeksiyasi)ning xulosasini olish talab qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 1-noyabrga qadar keyingi yil uchun oʻzining hududidagi kamida bittadan koʻchani nogironligi boʻlgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish loyihasini ishlab chiqsin hamda uning qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-dekabrga qadar nogironligi boʻlgan shaxslarning qulay va toʻsiqlarsiz harakatlanishlari uchun shaharsozlik norma va qoidalari talablari asosida 2-ilovada keltirilgan roʻyxatga muvofiq koʻchalarni moslashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Transport vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda metro va avtobus bekatlari, chorrahalarni nogironligi boʻlgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish uchun tegishli mablagʻlar ajratish boʻyicha takliflarni kelgusi yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ijtimoiy inspeksiya Raqamli texnologiyalar vazirligi, Kadastr agentligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda 2026-yil 1-yanvarga qadar nogironligi boʻlgan shaxslarning harakatlanishi uchun respublikaning barcha hududlarini qamrab oluvchi toʻsiqlarsiz muhit yaratilgan obyektlarni aniqlash imkonini beruvchi “Interaktiv xarita” axborot tizimini ishga tushirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2024-yil 1-oktabrdan boshlab Toshkent shahri va xalqaro avtobusda yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarini, 2025-yil 1-yanvardan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlararo, shahar atrofi, tumanlararo (shaharlararo) avtobusda yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun tenderlarda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun toʻsiqsiz muhitni taʼminlovchi uskunalar bilan jihozlangan avtobuslarga ega boʻlgan tashabbuskorlar ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mazkur bandning “a” kichik bandida belgilangan talab kuchga kirguniga qadar tenderda gʻolib boʻlgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlararo, shahar atrofi, tumanlararo (shaharlararo) avtobusda yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarida xizmat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlarining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtobuslarni nogironligi boʻlgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish xarajatlarining 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha boʻlgan qismi 2024-yil 1-noyabrdan boshlab Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtobuslarni nogironligi boʻlgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish uchun ajratilgan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarini “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan qoplash shaklida taqdim etiladigan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash instrumentlari tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingidagi toifasidan qatʼi nazar qonunchilik hujjatlarida belgilangan toʻliq miqdorlarda taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) mazkur bandning “a” kichik bandida belgilangan talab kuchga kirganidan soʻng Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi yoʻlovchi tashish yoʻnalishlaridagi avtobus haydovchilari tomonidan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moʻljallangan jihozlar va imtiyozlardan doimiy foydalanilishi taʼminlanishini nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 2024-yil 1-avgustdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va tuman (shahar) hokimlarining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi — qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri va uning tumanlari hokimlarining qurilish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimi — hokimning qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga oʻzgartirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 2024-yil 1-sentabrga qadar vazirlik va idoralar, ularning hududiy boʻlinmalari hamda tizim tashkilotlarida bir nafar rahbar oʻrinbosari nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay va toʻsiqlarsiz muhit yaratilishi boʻyicha masʼul etib belgilansin hamda uning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan xodimlar qulay va toʻsiqlarsiz harakatlanishlari hamda mehnat qilishlari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnat sharoitlarini yaratib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolarga kirish va chiqishda nogironligi boʻlgan shaxslar qulay va toʻsiqlarsiz harakatlanishi uchun sharoitlar yaratilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan fuqarolarni qabul qilishda ularga qulayliklar yaratish uchun zarur mutaxassis va jihozlar bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarda qurilish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari amalga oshirilganda nogironligi boʻlgan shaxslarga sharoitlar yaratish boʻyicha shaharsozlik norma va qoidalariga rioya qilinishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik va idoralar, ularning tizim tashkilotlari hamda davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar fuqarolar qabuli va sayyor qabullarni oʻtkazishda majburiy tarzda surdotarjimon ishtirokini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik va idoralar, ularning tizim tashkilotlari hamda davlat ishtirokidagi korxonalarning fuqarolar murojaatlari bilan ishlash boʻyicha bir nafar xodimi surdotarjimonlik kurslarida oʻqitiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Nogironligi boʻlgan shaxslarning transportda harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida 2024-yil 1-oktabrdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shahar yoʻlovchi transportida I guruh nogironligi boʻlgan shaxs va ularga hamrohlik qiluvchi bir nafar shaxsga bepul xizmat koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning shaxsiy avtotransport vositalarini moslashtirish xarajatlarining 50 foizi (bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha boʻlgan miqdorda) Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ijtimoiy inspeksiya nogironligi boʻlgan shaxslarga qulay muhit va toʻsiqlarsiz harakat qilish imkoniyatlari yaratilganligini nazorat qiluvchi vakolatli organ etib belgilansin va unga quyidagi holatlar ustidan davlat nazoratini amalga oshirish yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlardan moneliksiz foydalanilayotganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslar qulay harakatlanishi uchun bino va inshootlarda, madaniy obyektlarda, chorrahalar, piyodalar uchun trotuarlar, yer usti yoki yer osti piyodalar oʻtish joylarida zarur sharoitlar yaratilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat transporti vositalari va fuqaro aviatsiyasi nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moʻljallangan jihozlar bilan taʼminlanganligi va foydalanilayotganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay va toʻsiqlarsiz muhit yaratilishi boʻyicha masʼullarga yuklatilgan vazifalarning oʻz vaqtida bajarilayotganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida moliyalashtiriladigan hamda tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari doirasida gʻolib boʻlgan takliflar boʻyicha qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlashga tushgan bino va inshootlar, yoʻl va yoʻl infratuzilmasi obyektlarida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay va toʻsiqlarsiz muhit yaratilganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ijtimoiy inspeksiyaga oʻz vazifa va funksiyalarini amalga oshirish doirasida quyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2024-yil 1-oktabrdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrganish oʻtkazish davomida barcha nazorat obyektlariga moneliksiz kirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona, muassasa va tashkilotlar, jamoat transport vositalarida nogironligi boʻlgan shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan sharoitlarning yaratilganligi yuzasidan oʻrganish oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik haqida mansabdor shaxslarga yozma ravishda ogohlantirish kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik va idoralarga oʻz vakolatlari doirasida bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslarning bino-inshootlar, transport va axborot-kommunikatsiya vositalaridan toʻsiqsiz foydalanishlari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan qulayliklarni yaratish majburiyati bajarilmaganligi holatlari yuzasidan maʼmuriy jazo choralarini qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va taʼmirlanadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlari loyihalarining texnik qismini nogironligi boʻlgan shaxslarga sharoitlar yaratish boʻyicha shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan majburiy ekspertizadan oʻtkazmagan tashkilotlarning litsenziya yoki ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarini bekor qilish boʻyicha vakolatli organga taqdimnoma kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Belgilansinki, 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy inspeksiyaga bino va inshootlar (yoʻl va yoʻl infratuzilmasi obyektlari) hamda jamoat transporti vositalari, aeroportlar va temir yoʻl vokzallarida nogironligi boʻlgan shaxslarga xavfsiz, qulay va toʻsiqsiz muhit yaratish va ish joylariga qoʻyiladigan qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan nazorat tadbirlarini ular boshlangandan soʻng 24 soat ichida Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor qilish orqali amalga oshirishga ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy inspeksiya tomonidan oʻtkazilgan oʻrganish va tekshirishlar yakuni boʻyicha obyektlar (turarjoy obyektlari bundan mustasno) ularda nogironligi boʻlgan shaxslarning toʻsiqlarsiz harakatlanishi imkoniyati mavjudligini anglatuvchi maxsus belgilar bilan jihozlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda obyektlarni ushbu maxsus belgilar bilan jihozlash Ijtimoiy inspeksiya va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Nogironligi boʻlgan shaxslar ishlari boʻyicha idoralararo kengashga (keyingi oʻrinlarda — Kengash) nogironligi boʻlgan shaxslarning qulay va toʻsiqlarsiz harakatlanishi uchun sharoitlar yaratish boʻyicha quyidagi vazifalar yuklatilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslarning qulay va toʻsiqlarsiz harakatlanishini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslarning qulay va toʻsiqlarsiz harakatlanishiga imkon beruvchi davlat dasturlariga kiritish uchun takliflar ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslarning axborot-kommunikatsiya xizmatlari va davlat xizmatlari, elektron va shoshilinch xizmatlardan erkin foydalanishlarini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash aʼzolari tomonidan mazkur qarorning ijro etilishi holati yuzasidan tashkilotlarga yuklatilgan vazifalar doirasida har olti oyda kamida bir marotaba Kengashga hisobot berish va amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Kengash aʼzolari har yili oʻzlarining vazirlik va idoralariga tegishli boʻlgan 2 tadan bino-inshootlarda nogironligi boʻlgan shaxslarning qulay va toʻsiqlarsiz harakatlanishi uchun sharoitlar yaratilishini taʼminlasin va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har yili 1-dekabrga qadar Kengashga axborot bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash nogironligi boʻlgan shaxslarning qulay va toʻsiqlarsiz harakatlanishi uchun vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijalari boʻyicha axborotni har yili 20-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Madaniyat vazirligi vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda madaniy-ommaviy va koʻngilochar-tomosha dasturlari (musiqiy festivallar, konsert, teatr, sport tadbirlari, xalq sayillari, milliy namoyishlar va boshqalar), shuningdek, umumxalq bayramlarida nogironligi boʻlgan shaxslar ishtirokini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironligi boʻlgan shaxslarga qulay va toʻsiqlarsiz muhit yaratish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-sentabrga qadar Ijtimoiy inspeksiyaning axborot tizimiga ulanish va foydalanish imkoniyati yaratiladigan vazirlik va idoralarning axborot tizimlari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ijtimoiy himoya milliy agentligi toʻrt oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuniga mazkur qarorga 1-ilovada belgilangan faoliyat turlarini litsenziyalashda obyektda shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslar uchun toʻsiqlarsiz muhit yaratilganligi boʻyicha Qurilish inspeksiyasining xulosasi olinishi boʻyicha oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga Ijtimoiy inspeksiya tomonidan nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga doir oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlarining nogironligi boʻlgan shaxslar uchun transport vositalarini qulay tarzda jihozlash xarajatlarini Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab berish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M.P. Olloyorov, vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 18-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-266-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-266-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalarni olishda nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻsiqlarsiz muhit yaratish talabi kiritilayotgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FAOLIYAT TURLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Litsenziyaning nomi

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari

Litsenziyalash sohasidagi vakolatli organlar

1.

Nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyat uchun litsenziya

Maktabgacha taʼlim xizmatlari (bundan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining xizmatlari mustasno)

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Umumiy oʻrta taʼlim xizmatlari

Oʻrta maxsus taʼlim xizmatlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Professional taʼlim xizmatlari

Oliy taʼlim xizmatlari

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim xizmatlari

Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash

Ichki ishlar vazirligi

2.

Bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya

Bank faoliyati

Markaziy banki

3.

Kredit byurolari faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya

Kredit byurolari faoliyati

Markaziy banki

4.

Tibbiy faoliyat uchun litsenziya

Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

5.

Farmatsevtika faoliyati uchun litsenziya

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish (bundan oftalmologiya tibbiy buyumlarini chakana realizatsiya qilish mustasno)

Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-266-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironligi boʻlgan shaxslarning qulay va toʻsiqlarsiz harakatlanishlari uchun shaharsozlik norma va qoidalari talablari asosida moslashtiriladigan namunaviy koʻchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hududlar nomi

Koʻchalar nomi

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Nukus shahri, T. Qaipbergenov koʻchasi

2.

Andijon viloyati

Andijon shahri, Choʻlpon koʻchasi

3.

Buxoro viloyati

Buxoro shahri, Hofiz Tanish Buxoriy koʻchasi

4.

Jizzax viloyati

Jizzax shahri, Sh. Rashidov koʻchasi

5.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahri, Mustaqillik shox koʻchasi

6.

Navoiy viloyati

Navoiy shahri, A.Temur koʻchasi

7.

Namangan viloyati

Namangan shahri, B. Mashrab koʻchasi

8.

Samarqand viloyati

Samarqand shahri, Rudakiy koʻchasi

9.

Surxondaryo viloyati

Termiz shahri, A. Navoiy koʻchasi

10.

Sirdaryo viloyati

Guliston shahri, A. Navoiy koʻchasi

11.

Toshkent viloyati

Nurafshon shahri, Bobur koʻchasi

12.

Fargʻona viloyati

Fargʻona shahri, Yuksalish koʻchasi

13.

Xorazm viloyati

Urganch shahri, Tinchlik koʻchasi

14.

Toshkent shahri

Toshkent shahri, Furqat va Bobur koʻchalari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-266-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironligi boʻlgan shaxslarga qulay va toʻsiqlarsiz muhit yaratish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbasi

Masʼul ijrochilar

1.

Davlat dasturlari doirasida rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlashga tushgan koʻp kvartirali uylarni nogironligi boʻlgan shaxslarning toʻsiqsiz harakatlanishi uchun moslashtirish.

Koʻp kvartirali uylarni ularning asosiy kirish yoʻlaklaridan liftgacha boʻlgan qismida nogironligi boʻlgan shaxslarning toʻsiqsiz harakatlanishi uchun belgilangan talablar asosida pandus bilan taʼminlash.

2024-yil 10-avgustdan boshlab doimiy ravishda

Davlat dasturlari uchun ajratiladigan mablagʻlar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2.

Monomarkazlarda imo-ishora muloqoti va surdotarjimonlik koʻnikmasini shakllantirish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil qilish va oʻqitish grafigini tasdiqlash.

1. Monomarkazlarda vazirlik va idoralar xodimlari uchun imo-ishora muloqoti va surdotarjimonlik koʻnikmasini shakllantirish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil qilish.

2. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda oʻquv kurslarini oʻtkazish grafigini tasdiqlash.

2024-yil sentabr-oktabr

Vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

Oʻzbekiston Karlar jamiyati,

Oʻzbekiston nogironlar uyushmasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulay va toʻsiqsiz muhit yaratish boʻyicha normativ-texnik bazani tizimlashtirish orqali mustahkamlash.

1. Jahon banki mablagʻlarini jalb qilgan holda ilgʻor xorijiy tajriba asosida imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulay va toʻsiqsiz muhit yaratish boʻyicha universal loyihalashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2027-yil 1-oktabr

Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi

mablagʻlari,

Jahon banki granti

Ijtimoiy inspeksiya,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Universal loyihalashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatni amalga oshirish strategiyasini ishlab chiqish.

2028-yil 1-yanvar

4.

Nogironligi boʻlgan shaxslarga qulay va toʻsiqsiz muhit yaratish uchun Jahon banki va boshqa xalqaro moliya tashkilotlari va jamgʻarmalari mablagʻlarini jalb qilish.

1. Nogironligi boʻlgan shaxslarga qulay va toʻsiqsiz muhit yaratish maqsadida xalqaro moliya tashkilotlari va jamgʻarmalar faoliyatini oʻrganish.

2024-yil 20-noyabr

-

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

2. Xalqaro moliya tashkilotlari va jamgʻarmalar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

2025-yil 1-iyun

3. Xalqaro moliya tashkilotlari va jamgʻarmalardan mablagʻlar jalb qilish choralarini koʻrish.

2025-yil mart — dekabr

5.

Nogironligi boʻlgan shaxslar imkoniyatlari va yutuqlarini keng targʻib qilish hamda kinofilmlar ssenariylarida ularning muntazam ishtirokini taʼminlash.

1. Nogironligi boʻlgan shaxslar imkoniyatlari, ular erishgan yutuqlar toʻgʻrisida videorolik va targʻibot materiallarini tayyorlab, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng targʻib qilish.

2. Kino mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun davlat buyurtmalari boʻyicha eʼlonlar talablariga ssenariyda majburiy ravishda nogironligi boʻlgan shaxs ishtirokidagi epizodlar mavjud boʻlishi bilan bogʻliq talab kiritish va tanlovlarda inobatga olish.

2024-yil 1-avgustdan boshlab doimiy ravishda

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Kinematografiya agentligi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Oʻzbekiston kino arboblari ijodiy uyushmasi,

Oʻzbekiston nogironlar uyushmasi

6.

Shahar yoʻlovchi transportidan bepul foydalanuvchi shaxslar toifasini qayta koʻrib chiqish.

“Shahar yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil 15-oktabr

-

Transport vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Adliya vazirligi,

vazirlik va idoralar

7.

Davlat organlari va tashkilotlariga qarashli binolarga kirish va chiqish, fuqarolarni qabul qilish joylari hamda sanitariya-gigiyena shoxobchalarini (hojatxonalarni) nogironligi boʻlgan shaxslarning erkin foydalanishi uchun moslashtirish.

1. Davlat organlari va tashkilotlariga qarashli binolarga kirish va chiqish, fuqarolarni qabul qilish joylari hamda sanitariya-gigiyena shoxobchalaridan (hojatxonalarni) nogironligi boʻlgan shaxslarning erkin foydalanishi uchun SHNQ talablari asosida:

Davlat budjeti,

vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

tuman (shahar) hokimliklari

vazirlik va idoralar, ularning tizim tashkilotlari hamda davlat ishtirokidagi korxonalarning markaziy apparatida;

2025-yil 1-yanvarga qadar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari va boshqa tizim tashkilotlarida;

2025-yil 1-iyunga qadar

tuman (shahar) boʻlimlarida sharoit yaratish.

2026-yil 1-yanvarga qadar

2. Nogironligi boʻlgan shaxslarning sanitariya-gigiyena shoxobchalaridan (hojatxonalardan) toʻsiqsiz foydalanishlari uchun jihozlash dasturi boʻyicha tegishli xarajatlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan moliyalashtirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilish boʻyicha takliflar kiritish.

3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududidagi 100 tadan, xususan 2024-yil yakuniga qadar 40 tadan va 2026-yil yakuniga qadar 60 tadan umumfoydalanishdagi hojatxonalarni nogironligi boʻlgan shaxslarning toʻsiqsiz foydalanishlari uchun jihozlash.

2024 — 2026-yillar

Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

8.

Zaif eshituvchi shaxslar uchun teatr spektakllarini tashkil etish.

1. “TIEK” axborot tizimi orqali zaif eshituvchi shaxslar roʻyxatini shakllantirish.

2. Har yili zaif eshituvchi shaxslar va ixtisoslashtirilgan maktablarda taʼlim oluvchi oʻquvchilar uchun moʻljallangan bitta spektakl sahnalashtirish.

3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida zaif eshituvchi shaxslar uchun sahnalashtirilgan spektakl bepul namoyish etilishini tashkil qilish.

2025-yil 1-yanvardan boshlab har yili bir marta

Ijrochilar mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

9.

Nogironligi boʻlgan shaxslarga davlat oliy taʼlim muassasalarida toʻsiqsiz harakatlanish va taʼlim olish imkoniyatini yaratish.

1. Davlat oliy taʼlim muassasalari bino-inshootlarini nogironligi boʻlgan shaxslarning toʻsiqsiz harakatlanishi va taʼlim olish imkoniyati mavjudligi yuzasidan xatlovdan oʻtkazish.

2024-yil 1-oktabr

Davlat oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

davlat oliy taʼlim muassasalari,

Ijtimoiy inspeksiya

2. Xatlov natijalariga koʻra davlat oliy taʼlim muassasalarining bino-inshootlarini rekonstruksiya qilish va jihozlash choralarini koʻrish.

2026-yil 1-iyun

10.

Barcha monomarkazlarda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun toʻsiqsiz muhit yaratish.

Monomarkazlarni nogironligi boʻlgan shaxslar toʻsiqsiz harakatlanishi va oʻqitilishi uchun moslashtirish.

2025-yil 1-mart

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

11.

Davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rasmiy veb-saytlaridan nogironligi boʻlgan shaxslar erkin foydalana olishi uchun imkoniyat yaratish.

1. Davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rasmiy veb-saytlarida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun kontrastni qoʻshish, shriftni kattalashtirish, ovoz joʻrligi boʻlgan asosiy funksiyalarning mavjudligini oʻrganish.

2. Oʻrganish natijasi boʻyicha mazkur veb-saytlarda ushbu funksiyalarni ishga tushirish choralarini koʻrish.

3. Veb-saytlarda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun kontrastni qoʻshish, shriftni kattalashtirish, ovoz joʻrligi boʻlgan asosiy funksiyalarini ishga tushirish.

2025-yil 1-yanvar

Ijrochilar mablagʻlari

Vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

12.

“Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish” (SHNQ 2.07.02-22)shaharsozlik norma va qoidalari boʻyicha uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish hamda vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga yetkazilishini taʼminlash.

1. “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish” (SHNQ 2.07.02-22) shaharsozlik norma va qoidalari boʻyicha uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish.

2024-yil 1-dekabr

Ijrochilar mablagʻlari

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Ijtimoiy inspeksiya

2. Ishlab chiqilgan uslubiy qoʻllanmani amaliyotda foydalanish uchun vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga yetkazish.

2025-yil 1-yanvar

13.

Bosh loyiha institutlarini jalb qilgan holda ijtimoiy soha obyektlari (taʼlim, sogʻliqni saqlash va davlat idoralari) boʻyicha amaldagi shaharsozlik norma va qoidalari hamda xorijiy standartlar asosida imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻsiqsiz va qulay muhitni taʼminlashga oid namunaviy loyiha qismini ishlab chiqish.

1. Imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻsiqsiz va qulay muhitni taʼminlashga oid namunaviy loyiha qismini ishlab chiqish uchun bosh loyiha institutlarini jalb qilish.

2. Imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻsiqsiz va qulay muhitni taʼminlashga oid namunaviy loyiha qismini ishlab chiqish va amaliyotda foydalanish uchun tarqatish.

2024-yil 1-dekabr

Ijrochilar mablagʻlari

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

14.

Nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻsiqsiz harakatlanish uchun sharoit yaratishning normativ-texnik bazasini takomillashtirish.

1. Metro, aeroport va vokzallarni nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻsiqsiz harakatlanish uchun sharoit yaratish boʻyicha texnik jihatdan tartibga soluvchi hujjatlarni ishlab chiqish.

2. Jamoat transporti hamda bino-inshootlarda, yoʻl va yoʻl infratuzilmasi obyektlarida audiovizual vositalar bilan jihozlash boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish hujjatlarini ishlab chiqish.

3. Jahon talablarini oʻrgangan holda taktil qoplamalarini va chaqiruv tugmalarini oʻrnatish boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish hujjatlarini ishlab chiqish.

2025-yil 1-yanvar

Mablagʻ talab etilmaydi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Transport vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Ijtimoiy inspeksiya

15.

Jahon talablarini oʻrgangan holda taktil qoplamalarini ishlab chiqish va foydalanish boʻyicha standartlarni ishlab chiqish.

1. Taktil qoplamalarni ishlab chiqish va foydalanish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish.

2. Taktil qoplamalarini ishlab chiqish va foydalanish boʻyicha standartlarni ishlab chiqish.

2025-yil 1-yanvar

Mablagʻ talab etilmaydi

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Ijtimoiy inspeksiya

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-255-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-266-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy inspeksiyaning axborot tizimiga ulanish va foydalanish imkoniyati yaratiladigan vazirlik va idoralarning axborot tizimlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi — “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Transport vazirligi — “Shaffof yoʻl” axborot tizimi, yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarini ochiq tenderlar orqali tashuvchilarga biriktirish boʻyicha elektron axborot tizimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi — “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ichki ishlar vazirligi — “E-maʼmuriy ish” axborot tizimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Soliq qoʻmitasi — “Soliq” axborot tizimlari kompleksi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi — “emaktab” platformasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi — “Pensiya” axborot tizimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Kadastr agentligi — koʻchmas mulk obyektlari va ularga boʻlgan huquqlar toʻgʻrisida, shuningdek, huquq egalari haqidagi maʼlumotlardan iborat yagona axborot maʼlumotlar bazasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Adliya vazirligi — “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Toshkent shahri hokimligi — “Xalq nazorati” (xalqnazorati.uz) platformasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-266-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi “Avtomobil yoʻllarida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash va oʻlim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-190-son qarorining 7-bandi quyidagi mazmundagi oʻn yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning xavfsiz va toʻsiqsiz harakatlanishi uchun chorrahalarni ovozli aqlli svetoforlar, taktil qoplamalar, piyodalar oʻtish yoʻlagidagi tasmalar, rezina panduslar, koʻcha modul toʻsiqlari, maxsus yoʻl belgilar bilan jihozlashni moliyalashtirish”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 3-ilovaning 1-bandi toʻqqizinchi xatboshisi “shtat lavozimlaridagi” soʻzlaridan keyin “shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning tizim tashkilotlaridagi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisida namunaviy nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 56-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat organlari va tashkilotlarida fuqarolar qabuli va sayyor qabullarni oʻtkazishda majburiy tarzda surdotarjimon ishtiroki taʼminlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 57-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fuqarolarni qabul qilish uchun ajratilgan xonalar barcha shaxslar, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslarning harakatlanishi uchun qulay tarzda jihozlanadi, shuningdek, binoga kirish va chiqish hamda sanitariya-gigiyena shoxobchalaridan erkin foydalanish uchun toʻsiqsiz muhit yaratiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish tartibotlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 579-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-ilovaning 1, 4, 5 va 13-bandlari “zilzilabardoshlik” soʻzidan keyin “nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻsiqsiz muhit yaratilganligi,” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 6-ilovaning 5-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

5.

Obyektlar loyihalarining zilzilabardoshlik, nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻsiqsiz muhit yaratilganligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha berilgan ekspertiza xulosalari***

ish hajmi (m2) dan BHM 2 %

ish hajmi (m3) dan BHM 1,5 %

ish hajmi (pm) dan BHM 1 %

.

Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 07/24/266/0533-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)