Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.07.2003 29.03.1994 yildagi 171-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.07.2003
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MULKNI DAVLAT TASARRUFIDAN ChIQARISh VA XUSUSIYLAShTIRISh JARAYoNINI YaNADA RIVOJLANTIRIShNING USTUVOR YO‘NALIShLARI TO‘G‘RISIDA” 1994 YIL 15 MARTDAGI FARMONINI BAJARISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-iyuldagi 325-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining kadrlar potensialini mustahkamlash va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida” 1994-yil 15-martdagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish Davlat dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirish to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 1-oktabrgacha davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tashkil etilgan nodavlat (kasaba uyushmalari, “Vatanparvar”, matlubot kooperatsiyasi tashkilotlari) tashkilotlarning ro‘yxatini hamda ularning mol-mulki qiymatini aniqlash bo‘yicha zarur ishlarni 1994-yil 1-oktabrgacha amalga oshirsin va ularni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi to‘g‘risida respublika Hukumatiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majmuilari, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalar bilan birgalikda bir oy muddatda yoqilg‘i-energetika, kon-qazib olish, paxtani qayta ishlash tarmoqlari korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi va mexanizmi to‘g‘risida takliflar kiritsin, bunda xorijiy investorlarning sarmoyalarini faol jalb qilish va aksiyalarning nazorat paketini davlat ixtiyorida qoldirish nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda Respublika fond birjasi va Respublika ko‘chmas mulk birjasining ta’sis hujjatlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining majmuilari, uyushmalar, korporatsiyalar, vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 19-noyabrdagi 426-XII-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi davlat mulkini respublika hamda ma’muriy-hududiy tuzilmalar mulki (kommunal mulk)ga bo‘lish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasiga davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish qonun bilan taqiqlanmagan, 1994-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra asosiy fondlarining balans qiymati 5 mlrd so‘m-kupondan kam bo‘lgan, qiymati 5 mlrd so‘m-kupondan ko‘p bo‘lganda esa Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda, davlat mulki obyektlarining mulkchilik shaklini o‘zgartirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korporatsiyalar, hokimliklar bilan birgalikda qurilishi tugallanmagan obyektlarni keyinchalik xususiylashtirish uchun ularning ro‘yxatini tayyorlasin va Davlat mulki qo‘mitasiga taqdim etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risidagi statistik hisobotlarni taqdim etish tartibi va shaklini tasdiqlasin, bunda mulkchilik shaklini o‘zgartirishni dastlabki hisobga olish O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 kun muddatda xususiylashtirilgan korxonalar bo‘yicha amortizatsiyadan budjetga ajratmalar ajratish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun respublika Hukumatiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20 kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda chet ellardagi moliya bozorlarida O‘zbekiston Respublikasining qiymatli qog‘ozlarini joylashtirish usuli to‘g‘risida takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga savdo va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida tashkil topgan monopol tuzilmalarning ro‘yxatini hamda ularni maydalashtirish tartibini kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Korxonalari 1994-yilda davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar korxonalarni ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirish jadvalini ishlab chiqsinlar va ularga amaliy yordam bersinlar, mulkchilik shakli o‘zgartirilayotgan korxonalarning aksiyalarini respublikada va xorijda fond birjalari orqali sotish maqsadida reklama prospektlarini tayyorlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “O‘zdavteleradio” kompaniyasi, boshqa ommaviy axborot vositalari davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini belgilangan tartibda yoritishni, shuningdek, bozor iqtisodiyotiga kirish davrida uning O‘zbekiston uchun ahamiyatini tushuntirishni, aksiyalari erkin sotiladigan korxonalarni reklama qilishni, fuqarolarni ularning mulk egasi sifatidagi huquqlaridan xabardor qilishni ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 29-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
171-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 29-martdagi 171-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DAVLAT DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MUNDARIJA

I. UMUMIY QOIDALAR VA USTUVORLIKLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga va xo‘jalik yuritishning yangi shakllariga o‘tishning muhim yo‘nalishi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirish iqtisodiyotni barqarorlashtirish va xo‘jalik hayotini erkinlashtirish bilan bir qatorda xo‘jalikni samarali yuritish uchun amaliy shart-sharoitlar yaratish va jamiyatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini ta’minlash imkonini beradi, Ammo qanchalik muhimligiga qaramay, bu jarayonni qisqa muddatlarda amalga oshirish mumkin emas va u bir necha bosqichdan iborat bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirishning 1992-1993-yillarda o‘tkazilgan birinchi bosqichida respublikada mahalliy sanoat, savdo, transport, maishiy xizmat, umumiy ovqatlanish, matlubot kooperatsiyasi, dehqonchilik sanoati majmuining qayta ishlovchi tarmog‘i korxonalari mulkchilikning turli shakllariga aylantirildi, shuningdek, davlat va idoralarga qarashli uy-joy fondi xususiylashtirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada o‘tgan yillarda 49 mingdan ortiq obyekt o‘zining mulkchilik shaklini o‘zgartirdi, ularning 44,1 foizi aksionerlik, 17,6 foizi jamoa, 37,0 foizi xususiy mulkka aylantirildi, 1,3 foizi ijaraga berildi. Mahalliy sanoat, savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish tizimida xususiylashtirish jarayoni asosan tugallandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tayyorlov va qayta ishlovchi tarmoqlarda davlat tasarrufidan chiqarish tugallanmoqda, ularda hozirgi kunga kelib korxonalar umumiy sonining qariyb 96,7 foizi xususiylashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shunday qilib, respublikada kichik xususiylashtirishining birinchi bosqichi tugallandi va xalq xo‘jaligi turli tarmoqlarining o‘rtacha hamda yirik korxonalarini qayta o‘zgartirishni nazarda tutuvchi davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning ikkinchi bosqichiga o‘tish uchun zamin yaratildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini chuqurlashtirish davlat dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Farmoniga, oldingi yillarda o‘tkazilgan davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tajribasi hamda natijalarini nazarda tutib, ko‘p ukladli iqtisodiyotni barpo etish va rivojlantirishga oid qonunchilik hamda normativ hujjatlar talablariga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida davlat mulkini davlat tasarrufida bo‘lmagan turli mulkchilik shakllariga aylantirishning ikkinchi bosqichi maqsadlari, ustuvorliklari, izchilligini belgilab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchi bosqich (1994-1995-yillarning asosiy maqsadlari quyidagilardan iboratdir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalq xo‘jaligi tarmoqlarida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirish ko‘lamlarini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monopol ishlab chiqarish xo‘jalik tuzilmalarini maydalashtirish va raqobatli bozor muhitini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkini xususiylashtirish jarayonida respublika aholisi keng qatlamlarining, xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarning ishtirok etishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligiga erishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat va xalq iste’mol tovarlari taqchilligini kamaytirish orqali respublika aholisining ehtiyojlarini qondirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ustuvor yo‘nalishlar quyidagilardan iboratdir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirgan va ayni vaqtda davlatga tegishli aksiyalar ulushini qisqartirgan holda ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini tashkil etish orqali iqtisodiy islohotlar jarayoniga aholini keng jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘chmas mulk bozorini shakllantirish, shu jumladan, birinchi navbatda savdo, maishiy, kommunal xizmat ko‘rsatish, shuningdek, qurilish obyektlarini tanlov asosida sotish yo‘li bilan bunday bozorni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirish jarayoniga ulgurji savdo korxonalarini jalb etish orqali ishlab chiqarish vositalari bozorini tashkil qilish, shuningdek, tovar-xomashyo birjalari tizimini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shakllangan ishlab chiqarish va boshqaruv tuzilmalarini monopoliyadan chiqarish, xususiylashtirishni cheklash tatbiq etiladigan korxonalar sonini qisqartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tenderlar va kim oshdi savdolari, investitsiya savdolari o‘tkazish, shuningdek, mol-mulkni to‘g‘ridan to‘g‘risotish orqali xorijiy investitsiyalarni respublika iqtisodiyotiga jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalarning xususiylashtirishdan keyingi faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Barcha davlat mulki obyektlari ikki guruhga bo‘linadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tasarrufidan chiqariladigan, xususiylashtiriladigan obyektlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirish taqiqlangan obyektlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obyektni ushbu guruhlardan biriga kiritish uchun quyidagilar asos bo‘lib hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarning tarmoq mansubligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning, bajarilayotgan ishlar va xizmatlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkini saqlab qolishning maqsadga muvofiqligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining mutlaq mulki bo‘lgan obyektlar yer (qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno), uning qazilma boyliklari, suv, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tarix va madaniyat yodgorliklari, respublikaning suverenitetini, uning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishini ta’minlovchi davlat budjeti mablag‘lari, respublika sug‘urta jamg‘armalari, korxonalar va mulkiy fondlar, shuningdek, davlat budjetidan mablag‘ bilan to‘liq ta’minlanadigan muassasalar xususiylashtirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan obyektlar reyestri har yili O‘zbekiston hukumati tomonidan tasdiqlanadi va aholiga ma’lum qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Dastur vazifalarining og‘ishmay bajarilishi 1994-1995-yillardagi iqtisodiy islohotning hal qiluvchi omili hisoblanadi, respublikada ko‘p ukladli iqtisodiyotni va haqiqiy bozorni shakllantirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. KO‘P UKLADLI IQTISODIYOTNI ShAKLLANTIRISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.1. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning asosiy shakllari hamda qoidalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkchilik munosabatlarini o‘zgartirish, xo‘jasizlikni bartaraf etish va aniq egalikni qaror toptirish O‘zbekistonda islohotni yanada rivojlantirishning bosh yo‘nalishi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tasarrufidan chiqarish jarayonida ko‘p ukladli iqtisodiyot shakllanadi. Unda mulkchilikning barcha turlari davlat, kommunal, jamoat (shu jumladan, diniy tashkilotlar) mulki va xorijiy mulklar uyg‘unlashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirish jarayonlarida iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va samaradorlik qoidalari ustunlik qiladi, islohotni sun’iy ravishda amalga oshirishga yoki susaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki bo‘lgan obyektlarni qayta o‘zgartirish iqtisodiy islohotning yangi bosqichidagi xususiylashtirishning asosiy yo‘nalishi hisoblanadi. Mayda obyektlar uchun ko‘proq mulkchilikning xususiy shakli va mas’uliyati cheklangan jamiyat, o‘rtachalari uchun mas’uliyati cheklangan va ochiq turdagi aksionerlik jamiyati, yiriklari uchun ochiq turdagi aksionerlik jamiyati tavsiya qilinadi. Ular uchun mulkchilikning tavsiya etilayotgan shaklini tanlash ishlab chiqarish ko‘lamlari, tarmoq xususiyatlari, ishlovchilar soni, asosiy fondlar qiymati, ishlab chiqarishni kooperatsiyalash va boshqa obyektlar bilan aloqalar hisobga olingan holda Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, respublika darajasidagi tarmoq boshqaruvining mavjud organlari va ularning mintaqaviy (viloyat) bo‘g‘inlari ham o‘zgartiriladi. Respublika tarmoq, davlat va nodavlat konsernlari, ularning mintaqaviy bo‘linmalari ma’muriy buyruqbozlik tuzilma sifatida ixtiyoriy asosda tuziladigan ittifoqlar va uyushmalarga (ittifoq yoki uyushma har bir a’zosining ulardan chiqish huquqi bilan) aylantirilishi kerak. Ittifoq yoki uyushma ochiq turdagi aksionerlik jamiyati tarzida yoki o‘z muassislarining ehtiyojlariga xizmat ko‘rsatuvchi ijro etuvchi organ, yoxud Xolding (agar uning tashkil etilishi yangi monopoliyaga olib kelmasa) tarzida tuzilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obyektlarni xususiylashtirish shartlari ham ular faoliyatining ko‘lami va xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Asosan savdo, umumiy ovqatlanish, kommunal va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish sohalariga kiruvchi obyektlar, qoidaga ko‘ra, kimoshdi savdosida yoki tanlov asosida sotiladi. Bu boshqa tarmoqlarning mayda va ba’zi o‘rtacha obyektlariga, hajmidan qat’i nazar, tugallanmagan qurilish obyektlariga (agar balans egasida qurilishni tugallash uchun mablag‘ yo‘q yoki yetarli bo‘lmasa) ham taalluqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obyektlarni tanlov bo‘yicha sotishda yangi mulkdor tomonidan tavsiya etiladigan eng foydali xarid shart-sharoitlari g‘olibni aniqlashning asosiy mezoni hisoblanadi. Bunday shart-sharoitlarga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy ishlab chiqarish hajmlarini saqlab qolish va ko‘paytirish, tovar (ish, xizmat)larning yangi turlarini o‘zlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish joylari sonini saqlab qolish yoki ko‘paytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
infrastrukturani rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan tadbirkorlik rejasiga muvofiq keluvchi boshqa shart-sharoitlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim tarmoqlarning o‘ziga xos xususiyatlarini, ularning respublika iqtisodiy imkoniyatlariga hamda davlat buyurtmasining bajarilishiga qo‘shgan hissalarini hisobga olib, quyidagilar nazarda tutiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ustav sarmoyalarini har bir holatda Davlat mulki qo‘mitasi taqsimlaydi, bunda ma’muriyatga ko‘pi bilan aksiyalarning 5 foizi beriladi, ma’muriyat deyilganda rahbar, uning o‘rinbosarlari, bosh mutaxassislar (shu jumladan, xo‘jalik hisobidagi bo‘linmalar darajasida) tushuniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyalarning asosiy qismini fond birjalarida, shu jumladan, xorijiy xaridorlarga sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyalarning davlatga tegishli qismini xarid qilish bo‘yicha shu korxonalar negizida oldin tashkil etilgan jamiyatlar aksionerlarga imtiyozlar bermaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyalarni turdosh va bevosita aloqada bo‘lgan korxonalar sirasiga kiruvchi davlat yuridik shaxslarga sotish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim hollarda Davlat mulki qo‘mitasi xorijiy xaridorlarga ustav sarmoyasining 100 foizini sotishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ulushi hisoblangan aksiyalar va erkin savdoda sotib olinmagan aksiyalar maxsus (aksionerlik jamiyatlari tarzida) tashkil etilgan mulkiy fondlarga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yilda keng tarmoqli infrastrukturasi, vakolatli shirkatlari va boshqa nodavlat vositachilari bo‘lgan Xoldinglar, investitsiya fondlari va kompaniyalar faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoitlar yaratish nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xolding kompaniyalari aksionerlik jamiyatlarini, mulkchilikning jamoa shakllaridagi korxonalarni, mas’uliyati cheklangan xususiy oilaviy jamiyatlarni, tijorat, qo‘shma, kichik hamda idoraviy mansubligidan qat’i nazar, mulkchilikning turli shakllaridagi boshqa korxona va tashkilotlarni birlashtirish yo‘li bilan tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xolding kompaniyalari tashkil etish to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xolding kompaniyalarining faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq masalalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizom bilan boshqarib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsalting firmalarining tashkil etiladigan tarmoqlari korxonalarni xususiylashtirishga tayyorlashni, bo‘lg‘usi investorlarni korxonalar faoliyat ko‘rsatish shart-sharoitlari bilan tanishtirishni, xaridorlar bilan yuridik va moliyaviy bitimlar loyihalarini tayyorlashni amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘rlar, nogironlar, xalq badiiy hunarmandchiligi jamiyatlarining iqtisodiy negizini mustahkamlash maqsadida ular tomonidan qayta o‘zgartirilgan korxonalar mulkidagi davlat ulushini aksionerlik kompaniyalarining ustav sarmoyasiga imtiyozli yoki tekinga berish nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keng ko‘lamli xususiylashtirishda xorijiy investorlarning ishtirok etishini rag‘batlantirish uchun ularga singan korxonalarning aksiyalarini, aktivlarini raqobatli savdolarda, ko‘chmas mulklarni kimoshdi savdosida sotish, tenderlarda, kimoshdi savdolarida qatnashishlari, davlat korxonalarini to‘g‘ridan to‘g‘riinvestitsiyalash, konsessiyalar berish, xorijiy sarmoyani 100 foiz jalb etgan holda korxonalar qurish va shu kabilar ko‘zda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2. Xususiylashtirilayotgan obyektlarni baholash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat korxonalari va tashkilotlarini mulkning boshqa shakllariga qayta o‘zgartirish Davlat mulki qo‘mitasi tasdiqlagan Ish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi, unda, shuningdek, xususiylashtirilayotgan obyektlar mulkini baholash tartibi ham belgilab berilgan. Mulkni baholashni qayta o‘zgartirishga oid barcha hujjatlar turkumini tayyorlash javobgarligi zimmasiga yuklangan ishchi komissiya amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxona ishchi komissiyasi materiallari yuzasidan ekspert xulosasini shunday faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan konsalting yoki auditor xizmatlari beradilar. Bu xizmatlar mulkni baholashda o‘zlari foydalangan materiallarning to‘g‘riligi va sifati uchun ishchi komissiya bilan bir qatorda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.3. Xorijiy investitsiyalar jalb qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasidagi xususiylashtirish jarayonida xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning ishtirok etishi qayta o‘zgartirilayotgan korxonalarda texnik va texnologik jihozlanganlik darajasini oshirish, korxonaga menejmentning yangi shakllarini olib kirish, boshqaruv malakalarini takomillashtirish, “nou-xau” ayirboshlash, tashqi bozorga chiqish, shuningdek, bitimlar tuzish yo‘li bilan naqd valyuta olish, xalqaro aloqalarni kuchaytirish va rivojlantirish, ishlab chiqarish quvvatlarini dunyo miqyosida birlashtirish maqsadlarida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlaridagi xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalarining bir qismini sotish yo‘li bilan xorijiy valyutani xususiylashtirishni amalga oshirish nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy investitsiyalar jalb qilinganda yoqilg‘i-energetika kompleksi, rangli metallarni, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni, radioaktiv va nodir yer elementlarini qazib olish va qayta ishlash korxonalarining aksiyalari nazorat paketlarini davlat o‘zida saqlab qoladi. Bu sohalarda, shuningdek konsession shartnomalar tuzilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy investorlar uchun xususiylashtirishning quyidagi usullari nazarda tutiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) aksiyalarni xorijiy investorga raqobatli, shu jumladan, investitsion savdo (tenderlar) orqali, kimoshdi savdolarida, fond birjalarida, shuningdek, bevosita muzokaralar jarayonida sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalarning aksiyalarini to‘liq yoki ularning bir qismini xorijiy investorlarning bittasiga yoki bir guruhiga sotish, bu qo‘shma korxonalar yoki batamom xorijiy sarmoya negizidagi korxonalar tashkil etish imkonini beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugatilgan (kasodga uchragan) korxonalarning aktivlarini oldindan belgilangan mezonlari bilan kimoshdi savdosida ochiq raqobatli savdolarda sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘chmas mulkni kimoshdi savdosida va tanlov asosida sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulki obyektlarini investitsiya loyihalari bo‘yicha tanlov asosida sotish yo‘li bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ustav sarmoyasini ko‘paytirgan va davlat korxonasini mulkchilikning davlat-aksionerlik shakliga aylantirgan va ko‘paytirilgan ustav sarmoyasi aksiyalarining bir qismini xorijiy investorga sotgan holda davlat korxonalariga yangi investitsiyalarni joriy etish usuli bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlatish va foydalanish huquqi berilgan holda mulkni davlat ixtiyorida qoldirish imkonini beruvchi xorijiy investorlar bilan konsession shartnomalar tuzish usuli bilan (bu usul qazib oluvchi kompleks, elektr energetikasi, suv ta’minoti, kommunal xo‘jaligi korxonalariga nisbatan qo‘llanilganligi maqbul);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirilayotgan davlat korxonalari aksiyalarini xorijiy sarmoya ishtirokida tashkil etilgan investitsiya fondlari, sug‘urta kompaniyalari, investitsiya banklariga joylashtirish va almashtirish usuli bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanishga tayyor qilib xususiylashtirish yer davlat mulki ekanligini saqlab qolgan holda yangi korxonaning xorijiy investor tomonidan qurilishi yoki qurilishning bir qismi davlat mulki ekanligini saqlab qolgan holda tugallanmagan qurilishni foydalanishga tayyor qilib qurib bitkazish usuli bilan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat ko‘rsatish sohalarining xususiylashtirilgan obyektlari bo‘lgan yer uchastkalari xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga to‘liq xususiy mulk qilib sotiladi yoki uzoq muddatli ijaraga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy investorlarni davlat mulkini xususiylashtirish jarayoniga jalb qilish shakli to‘g‘risidagi qaror davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining taqdimnomalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy investorlarni davlat mulkini xususiylashtirish jarayoniga jalb qilishga oid tadbirlarni amalga oshirish maqsadida mustaqil konsalting, auditor tarmog‘i, firmalar tashkil etiladi, shuningdek, xuddi ana shunday xorijiy firmalar jalb qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish maqsadida quyidagi vazifalarni amalga oshiruvchi xalqaro agentliklar tashkil etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarning qonunchilik va normativ bazalari, davlat mulkini xususiylashtirishning maqsad va vazifalari, korxona mulkida mehnat jamoasi, davlat, ichki va xorijiy investorlarning taxmin qilinayotgan ulushlarini ko‘rsatgan holda xususiylashtirilgan va xususiylashtirish mo‘ljallangan korxonalar, bo‘lg‘usi investorning investitsiya loyihasiga qo‘yiladigan talablar, xususiylashtirilayotgan korxonalarning aksiyalarini kimoshdi savdosi (tanlov) asosida sotishning shart-sharoitlari va shu kabilar to‘g‘risidagi bukletlarni nashr qilish, tarqatish hamda reklama qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bo‘lg‘usi xorijiy investorlarning so‘rovi bo‘yicha O‘zbekistonda xususiylashtirish qanday borayotganligi to‘g‘risidagi zarur axborotni berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bo‘lg‘usi xorijiy sheriklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bankini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoq vazirliklari va idoralarining tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarma va bo‘limlarining faoliyatini muvofiqlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.4. Xususiylashtirishda yer munosabatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishda savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarining obyektlari joylashgan yer uchastkalarini sotish xususida Davlat mulki qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik va normativ hujjatlariga qat’iy amal qiladi. Yerni baholashda Yer kadastri ma’lumotlari hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlarini sotish tanlov asosida xususiy mulk qilib berish orqali amalga oshiriladi. Tanlov bo‘yicha sotiladigan savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlarining dastlabki bahosini belgilashda bu bahoga yer uchastkasining bahosi ham kiritiladi, yer uchastkasi obyektni sotish bo‘yicha savdo (kimoshdi savdosi yoki tanlov) o‘tkaziladigan butun davrda uning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy foydalanishdagi yerlar (maydonlar, ko‘chalar, o‘tish joylari, yo‘llar, istirohat bog‘lari, xiyobonlar, gulzorlar, cho‘milish joylari, suv havzalari, tabiiy yodgorliklar, milliy va dendrologiya bog‘lari, qo‘riqxonalar, botanika bog‘larining yerlari, shuningdek, sog‘lomlashtirish hamda tarixiy-madaniy maqsaddagi yerlar va shu kabilar sotilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalarini sotish, ular sotiladigan baho va sotish shartlari, egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish huquqi bilan sotilishi mumkin bo‘lmagan tegralarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasini tasarruf qilish huquqi mulkka egalik qilish huquqi to‘g‘risidagi hujjatda qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Berilgan yer uchastkalaridan foydalanishga kirishishga tegishli yer tuzish tashkilotlari tomonidan uchastkaning chegaralari naturada belgilanib, yerdan foydalanish huquqini tasdiqlovchi order asosida hujjatlar berilgandan keyin ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. DAVLAT TASARRUFIDAN ChIQARISh VA XUSUSIYLAShTIRISh USULLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish usullari Davlat mulki qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.1. Davlatning barcha korxonalari xususiylashtirish usuliga ko‘ra ikki guruhga ajratiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi guruh iqtisodiyot barcha tarmoqlarining ishlovchilar soni 150 kishigacha bo‘lgan, asosan kimoshdi savdolari, tanlovlar yoki birja savdolarida sotiladigan mayda korxonalarni o‘z ichiga oladi. Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan xususiylashtirish usuli to‘g‘risidagi qaror Davlat mulki qo‘mitasiga qarashli tashkilotlar tomonidan bajarilishi shartdir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi guruh, Dasturning 3.2-bandida nazarda tutilgan istalgan usulda xususiylashtirilishi mumkin bo‘lgan qolgan barcha korxonalarni o‘z ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki qo‘mitasi xususiylashtirish obyektini sotish to‘g‘risida axborot bildirishi e’lon qilingunga qadar xususiylashtirishning tarmoq va mahalliy dasturlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.2. Xususiylashtirishning quyidagi usullaridan foydalanish nazarda tutiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirish jarayonida tashkil etilgan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlari aksiyalarini sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
–– davlat korxonalarini ochiq aksionerlik jamiyatlariga aylantirish va ularning aksiyalarini belgilangan tartibda sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
–– aksionerlik jamiyatlari bo‘lmagan korxonalarni tanlov bo‘yicha va kimoshdi savdosida sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
–– ishlab turgan, tugatilayotgan va tugatilgan korxonalar mol-mulki (aktivlarni, shuningdek, qurilishi tugallanmagan obyektlarni birja savdolarida, kimoshdi savdolarida va tanlov bo‘yicha sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
–– davlat mulki hisoblangan ulush (pay, aksiya)larni kimoshdi savdosida, tanlov bo‘yicha, shu jumladan, qatnashchilarning tarkibi cheklangan tanlov bo‘yicha sotish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.3. Xususiylashtirish jarayonida tashkil etilgan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlari aksiyalarini sotish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat o‘z ulushini saqlab qoladigan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarining ustav sarmoyasini shakllantirishda asosan aksiyalarning quyidagi to‘rtta paketi nazarda tutiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlatga tegishli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat jamoalariga tegishli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy sherikka tegishli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fond birjalarida va qimmatli qog‘ozlar bozorlarida, shu jumladan, chet ellarda erkin sotishga mo‘ljallangan aksiyalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat va mehnat jamoalari aksiyalari paketining ulushi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yoki yuridik shaxslar tomonidan sotib olingan yoki tekinga olingan har qanday aksiyalarni mulkdor qonunchilik doirasida cheklashlarsiz sotishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qo‘shimcha (ikkilamchi) emissiya va aksiyalarni tarqatish aksionerlik jamiyatlari tomonidan amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.4. Aksionerlik jamiyatlari bo‘lmagan korxonalarni tanlov bo‘yicha va kimoshdi savdosida sotish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan xususiylashtirish obyektlari xususiy mulk qilib sotib olinishi xaridorlardan xususiylashtirilayotgan obyektga nisbatan qandaydir shartlarni bajarish talab qilingan hollarda tanlov bo‘yicha sotish hisoblanadi. Tanlov shartlari O‘zbekiston Respublikasida davlat korxonalarini tanlov bo‘yicha davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibiga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.4.1. Kimoshdi savdosida (tanlov bo‘yicha) xususiylashtirilgan davlat korxonalarining egalari bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarga bu korxonalar egallab turgan hamda ular xarid qilgan mulk tarkibiga kirmagan odamlar yashamaydigan xonalar, binolar, imoratlarni ijaraga olish bo‘yicha uzoq muddatli (10 yilgacha bo‘lgan muddatga) shartnomalar tuzish huquqi beriladi. Yuqorida ko‘rsatilgan xonalar, binolar, imoratlarning ijara shartnomalarini ilgari tuzilganlarga nisbatan o‘zgartirishga faqat tomonlarning kelishuviga ko‘ra, agarda shartnoma shartlarida boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasining xususiylashtirilgan obyektlari egalari shu korxonalar egallab turgan yer uchastkalarini mulk qilib sotib olish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.4.2. Korxonalar va tashkilotlarning, shu jumladan, tugatilayotgan va tugatilgan korxonalar va tashkilotlarning mol-mulki (aktivlari) kimoshdi savdosida va Respublika ko‘chmas mulk savdosi birjasida hamda uning filiallarida Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan Nizomga muvofiq sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.4.3. Ishlab turgan davlat korxonalarining mol-mulkini (aktivlarini) sotish faqat Davlat mulki qo‘mitasining ruxsati bilan u belgilagan tartibda sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.4.4. Tugallanmagan qurilish obyektlari aktivlarini xususiylashtirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bu obyektlarning aktivlarini birja savdolarida, kimoshdi savdolarida, tanlov bo‘yicha sotish yo‘li bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keyinchalik aksiyalar sotiladigan davlat sarmoyasi 100 foiz bo‘lgan ochiq aksionerlik jamiyati ta’sis etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tugallanmagan qurilish obyektlarining aktivlarini sotishdan olingan pul daromadlarini taqsimlash Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. TADBIRKORLIKNI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLASh ChORALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirishdan keyingi davrda korxonalarning barqaror ishlashini ta’minlash uchun davlat quyidagi chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus investitsiya fondlari va banklar tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larni jamlaydi va ulardan xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirish dasturini qo‘llab-quvvatlashda foydalanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlatga tegishli aksiyalar bo‘yicha dividendlarni korxona ularni texnika bilan qayta jihozlashga va asosiy fondlarni yangilashga yo‘naltiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalq xo‘jaligining birmuncha qulay tartibda davlat tasarrufidan chiqariladigan ustuvor tarmoqlarini aniqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barqaror xo‘jalik aloqalariga ega bo‘lgan millatlararo kompaniyalar, birlashmalar va tuzilmalarni tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona to‘lovlarini va soliqlarning ba’zi turlarini pasaytirish yoki bekor qilish, kvotalash hamda litsenziyalash hajmlarini kamaytirish tarzidagi turli imtiyozlarni aniqlaydi, belgilaydi va hokazo;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlarni huquqiy va iqtisodiy himoya qilishni kafolatlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4.1. band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 26-dekabr 475-sonli qarori asosida o‘z kuchini yo‘qotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.2. Davlatga tegishli aksiyalar bo‘yicha dividendlardan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlatga tegishli aksiyalar bo‘yicha olingan dividendlar 1994-yilda Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan, shartnoma asosida, tashkil etilgan aksionerlik jamiyatlarini ta’minlashga yo‘naltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu mablag‘lardan belgilangan maqsadda foydalanilmagan taqdirda ular belgilangan tartibda korxonalardan olib qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.3. Moliya-sanoat guruhlarini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turli xil moliya-sanoat guruhlari, birlashmalari va korporatsiyalarini tashkil etish davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanadi. Bunday tuzilmalar MDH mamlakatlari va jahon hamjamiyati integratsiyasi jarayonlarini kuchaytirish, xo‘jalik aloqalari uchun zarur bo‘lgan barcha amaliy xizmatlar majmuini ko‘rsatishi, ularning barqaror va uzoq muddatli bo‘lishini ta’minlashi, kliring asosidagi o‘zaro hisob-kitoblar masalalarini hal etishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.4. Xalq xo‘jaligining ustuvor tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoqilg‘i-energetika, kimyo, kon qidirib topish, paxtani qayta ishlash majmuilari tarmoqlari bo‘yicha, ko‘plab investitsiya, shu jumladan, valyuta mablag‘larini jalb etgan holda, davlat tasarrufidan chiqarishning maxsus dasturlari tasdiqlanmoqda. Ushbu tarmoqlarning xorijiy investitsiyalari uchun imtiyozli tartib belgilanadi, investorlarni jalb etishda davlat kafolatchi bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. XUSUSIYLAShTIRIShNING MINTAQAVIY VA TARMOQ DASTURLARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mintaqaviy va tarmoq (viloyat, shahar, tuman) dasturlariga qo‘yiladigan umumiy talablar Davlat dasturidan kelib chiqadi va quyidagilardan iborat bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.1. Xususiylashtirishning mintaqaviy va tarmoq dasturlari respublika xususiylashtirish dasturining ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda tuzilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.2. Xususiylashtirishning mintaqaviy va tarmoq dasturlariga atrof muhitni muhofaza qilish tadbirlari albatta kiritilishi kerak, ya’ni hududga ekologik zarar yetkazadigan korxonalar himoya inshootlarini yaratib, ularni ishga tushirgandan keyingina xususiylashtirilishi yoki bu korxona tugatilib, uning mulki qismlab kimoshdi savdolari orqali yoki ekologiya talablarini nazarda tutgan holda tanlov asosida sotilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.3. Xususiylashtirishning hududiy va tarmoq dasturlari asosiy qoidalarining ro‘yobga chiqarilishi qonun bo‘yicha hudud yoki tarmoqdagi davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni uchun mas’ul bo‘lgan bo‘linmalar hamda mansabdor shaxslarning javobgarlik tartibi asosida jadal va sifatli amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirishning mintaqaviy dasturlari hokimliklar tomonidan har yili Davlat mulki qo‘mitasining hududiy boshqarmalari bilan birgalikda ishlab chiqilishi va quyidagilarga qaratilgan bo‘lishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozor infrastrukturasining yangi subyektlarini yaratish va yangi turdagi tadbirkorlarni tarbiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy bozorni tovarlar va xizmatlar bilan boyitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqaning hayotini ta’minlash va hudud manfaatlariga aloqador muammolarni hal qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirishning mahalliy dasturlari mazkur mintaqaning respublika xalq xo‘jaligidagi ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatini hisobga olishi va davlat tasarrufidan chiqarish hamda xususiylashtirish jarayonining o‘zini amalga oshirishda shu mintaqada yashovchi aholining barcha qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirishning mahalliy dasturi muhokamasi ommaviy bo‘lishi, uning loyihasi mahalliy matbuot organlarida e’lon qilinishi, mahalliy radio va televideniye orqali eshittirilishi, ko‘rsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirishning mintaqaviy va tarmoq dasturlari qayta o‘zgartirilishi lozim bo‘lgan aniq obyektlar ro‘yxatini, ularni xususiylashtirishdan kutilayotgan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarmoq dasturlarini ishlab chiqishda quyidagilar nazarda tutilishi zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud ahvolni sifat va miqdoriy jihatdan tahlil qilish, bozor munosabatlariga o‘tish sharoitlaridagi strategiya hamda taktikani belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan korxonalar ro‘yxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab turgan yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruvning iqtisodiy va shartnomaviy usullariga o‘tish masalalarini nazarda tutgan holda aksionerlik jamiyatlarining namunaviy ustavidan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqaning va umuman respublikaning manfaatlarini hisobga olgan holda davlat mulkini xorijiy sheriklar va investorlarga sotish imkoniyatlariga alohida e’tibor berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirish jarayonida korxonalarni birlashmalar tarkibidan, tarkibiy bo‘linmalarning korxonalar tarkibidan chiqishi to‘g‘risidagi qaror respublika Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan nizomga muvofiq qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarkibiy bo‘linmalarning korxonalar tarkibidan ajralib chiqishi to‘g‘risidagi qaror texnologik majmua birligini buzmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DAVLAT KORXONALARINI XUSUSIYLAShTIRIShNING TARMOQ XUSUSIYATLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sanoat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yirik korxonalar asosan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlari tarzida xususiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rta va mayda korxonalar xususiy mulk, javobogarligi cheklangan jamiyat tarzida xususiylashtirilib, xorijiy investorlarga qo‘shma korxonalar tashkil qilish uchun tavsiya etiladi, aksiyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika mintaqalari uchun hayotiy muhim mahsulotlarni ishlab chiqarishda ustuvorlikka ega bo‘lgan kimyo sanoati korxonalari ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantiriladi yoki tanlov asosida mazkur ishlab chiqarishni rivojlantirish yoki uning samaradorligini oshirishning eng maqbul variantini taklif etgan yuridik va jismoniy shaxslarga tanlov asosida sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energetika vazirligi, “O‘rtaosiyoko‘mir”, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi korxonalarining xalq xo‘jaligini yoqilg‘i-energetika va mineral resurslar bilan barqaror hamda uzluksiz ta’minlash bo‘yicha ularga bo‘lgan talablar, ularni qazib olish va qayta ishlash ustidan nazoratning zarurligi kabi xususiyatlaridan kelib chiqib, ushbu bosqichda ularning yordamchi ishlab chiqarish bo‘linmalarini davlat tasarrufidan chiqarib, ular uchun maxsus dasturlar ishlab chiqish, aksiyalarning nazorat paketini davlatda qoldirish maqsadga muvofiqdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kimyo va paxtani qayta ishlash korxonalari uchun maxsus dasturlar ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qurilish majmui, transport va aloqa
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish majmui, transport va aloqa davlat korxonalarini qayta o‘zgartirish asosan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirish tarzida amalga oshirilib, aksiyalar mehnat jamoalari a’zolariga, davlat tasarrufida bo‘lmagan jismoniy va yuridik shaxslarga, xorijiy firma va kompaniyalarga tarqatiladi. Aksiyalarni aksionerlar o‘rtasida taqsimlashni, aksiyalarning nazorat paketini belgilashni O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tugallanmagan qurilish obyektlari, qaysi idoraga qarashliligidan qat’i nazar, boshqa mol-mulk bilan bir qatorda kimoshdi savdosiga yoki tanlov bo‘yicha sotishga qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monopoliyaga qarshi siyosatning maqsadga muvofiqligi va unga rioya qilish zarurligini hisobga olib, aksiyalardagi davlat ulushini kamaytirish va uni fond birjalari orqali erkin sotish nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ijtimoiy soha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlarini qayta o‘zgartirishning asosiy shakllari javobgarligi cheklangan jamiyat xususiy mulki va ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlaridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo va maishiy xizmat obyektlarini xususiylashtirishda yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirish, shuningdek, tanlov asosida shu obyektlar joylashgan yer uchastkalarini xususiy mulk qilib sotish nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Dehqonchilik sanoati majmui
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqonchilik sanoati majmuidagi qayta o‘zgartirishlar shakli davlatda qoladigan yerga egalik huquqi bilan belgilanadi. Yer ijaradagi jamoalarga, uyushmalarga, dehqon (fermer) xo‘jaliklariga, fuqarolarga bog‘-uzumchilik xo‘jaliklari a’zolariga, amaldagi qonunga muvofiq yetishtirilgan mahsulotga egalik qilish huquqi bilan vaqtincha yoki doimiy foydalanish uchun shartnoma bo‘yicha ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyotning dehqonchilik jabhasidagi davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha davom ettiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoa xo‘jaliklarida kooperatsiyaning boshlang‘ich xususiyatini tiklash. Jamoa a’zolari ishlab chiqarish vositalari va yetishtiriladigan mahsulotlarning egalari bo‘ladilar. Jamoa har bir a’zosining mulkdagi ulushini aniqlash (pay, aksiyalarni qayta taqsimlash) bo‘yicha nizom ishlab chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xo‘jaliklarini jamoa xo‘jaliklariga, aksionerlik jamiyatlariga va boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga (mol-mulkni sotib olish yoki jamoaga tekin berish asosida) aylantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dehqon (fermer) xo‘jaliklarini yirik xo‘jaliklar (jamoa xo‘jaliklari, davlat xo‘jaliklari) bilan integratsiyada rivojlantirish va ular negizida dehqonlarning ijaradagi, kooperativ va xo‘jalikni yuritishning boshqa shakllaridagi uyushmalari tarzidagi ko‘p ukladli xo‘jaliklarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi xomashyosi bilan ishlovchi davlatning qayta ishlovchi korxonalarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. BOZOR INFRASTRUKTURASI MUASSASALARI TARMOG‘INI TAShKIL ETISh VA RIVOJLANTIRISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyatli bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lgan dinamizm, harakatchilik, yuqori samaradorlik bozor infrastrukturasi muassasalari tarmog‘i tomonidan ta’minlanadi. Bozorning hamma qatnashchilari: sotuvchilar, xaridorlar va vositachilar uchun zarur bo‘lgan ommaviy xizmatlar bilan tez, ishonchli, qulay va arzon tarzda ta’minlash ularning vazifasi hisoblanadi. Bunga tovarlar, aksiyalar va ko‘chmas mulklar oldi-sotdisi, obyektlarni investitsiyalash, ularga kredit xizmati ko‘rsatish, qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarishni va ularning harakatini tashkil etish kiradi. Yuqorida qayd etilgan ishlarga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish uchun fond, ko‘chmas mulk birjalari, investitsiya fondlari, ishlab chiqarish vositalari sotiladigan ulgurji savdo korxonalari, xususiylashtirish banki, universal axborot-telekommunikatsiya tizimi jadal sur’atda tashkil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.1. Universal axborot-telekommunikatsiya tizimini va depozitariylarni tashkil qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bozor iqtisodiyotini barpo qilishda moliya bozori eng muhim ahamiyatlardan birini kasb etadi. Iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish, bu jarayonda fuqarolarning shaxsan ishtirok etishlarini ta’minlash uchun aholi hamda korxonalarning band bo‘lmagan mablag‘larini safarbar qilishning yangi mexanizmi zarur bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlarning mahalliy mintaqaviy bozorlarini yagona tizimga uyushtirish, ularning tuzilmalarini bu tizim doirasida uyg‘unlashtirish, ro‘yxatga olish, qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilish, hisobga olish va hisobotning yagona qoidalarini qaror toptirish har bir investorga respublikadagi istalgan emitentning o‘ziga zarur bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarini xarid qilishini ta’minlaydigan yagona axborot makonining yaratilishini talab qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bularning barchasi oqibat natijada qimmatli qog‘ozlar bozoridagi narxlarning barqarorlashuvini, talab va takliflar muvozanatini nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar bozorida fondlarning umumrespublika integratsiyalashgan tizimi va ko‘chmas mulk birjasining tarmoqlangan mintaqaviy infrastrukturasi, davlat nazorati ostida qimmatli qog‘ozlarni chiqarish jarayonlari bilan qatnashishi zarurdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar bozorida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy hodisalarni bartaraf etishning ijobiy imkoniyatlarini amalga oshirish maqsadida Davlat mulki qo‘mitasi huzurida O‘zbekiston umumdavlat axborot-telekomunikatsiya fondi tizimi (UUTFT)ni shakllantirish nazarda tutilgan. Tizim qimmatli qog‘ozlarning likvid (naqd pulga aylantiriladigan) bozorini ta’minlashi, emitentlarga samarali ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun zarur bo‘ladigan mablag‘larni qisqa muddatlarda jalb qilishlariga, investorlarga esa o‘z mablag‘larini foydali tarzda joylashtirishlariga imkoniyat yaratishi kerak. Fond bozorining qatnashchilari emitent va investorlarning manfaatlarini uyg‘unlashtirishdan tegishli daromadlarni oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu ulkan axborot tizimi elektron aloqa yordamida respublikaning viloyatlari, yirik shaharlarini bir-birlari bilan bog‘lashi, bitimlar tuzish vaqtida emitentlar, moliyaviy aktivlar oldi-sotdisining narxlari va hajmlari to‘g‘risida to‘liq axborot berishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mexanizmni ishlab chiqish va amalda joriy qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi bosqichda qimmatli qog‘ozlarni dastlabki tarqatish mexanizmining yaratilishi ta’minlanishi, qimmatli qog‘ozlarning respublika va mintaqaviy darajalarda elektron-hisoblash tarmoqlari va depozitariylar yordamida qimmatli qog‘ozlarning harakatini ta’minlovchi elektron komplekslar bilan talab darajasida jihozlash amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchi bosqichda qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozori mexanizmining shakllanishi ta’minlanadi, buning uchun quyidagilar zarur bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli qonun yoki normativ hujjatlar bilan qimmatli qog‘ozlar fond muomalasining yagona mexanizmini yaratish maqsadida fond operatsiyalarining unifikatsiyalangan qoidalarini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha darajalarni mahalliy hisoblash tarmoqlari va telekommunikatsiya asbob-uskunalari tizimlari bilan to‘liq jihozlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqa va respublika birja hamda kimoshdi savdolarida elektron savdolarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqaviy depozitariylarning markaziy respublika depozitariysi bilan o‘zaro aloqa tizimini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya fondlarining buxgalteriya hisobi yuritilishini nazorat qilish mexanizmini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depozitariy ma’lumotlarini hisobga olish asosida axborot-ma’lumotnoma analitik tizimini ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Depozitlar tarmoqlarini tashkil etish qisqa muddatda quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarning naqd pulsiz emissiyasini ta’minlash. Bu aksiyalashtirilayotgan korxonalar mablag‘larini ancha tejaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar emissiyasi hajmlari, ularning muomalada bo‘lishi to‘g‘risida yagona axborot bazasini yaratish, fond bozorining ahvoli va rivojlanish tendensiyalarini nazorat qilish uchun davlat organlarini axborot-ma’lumotnoma materiallar bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksionerlar reyestrini yagona texnologik asosda yuritishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyalarni dastlabki joylashtirishni ta’minlash va ikkilamchi bozorning tezkor faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fond birjasida va birjadan tashqari operatsiyalarda aksiyalarni xarid qilish sotishda solishtirish operatsiyalarini bitishuv tuzilgandan keyingi ish kunidan kechikmay bajarilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar emissiyalarini naqd pulsiz shaklda joylashtirishda qalbakilik va yo‘qolishdan yuz foiz kafolatlash, fond birjasida ta’minlanmagan va ro‘yxatdan o‘tkazilmagan aksiyalarning paydo bo‘lishidan to‘liq himoya qilishni nazorat etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud texnologiyalar hisobiga qimmatli qog‘ozlarga egalik qilishdan kelib chiqadigan huquqlarni (sotish, in’om qilish, garovga berish, meros qilib qoldirish kabilarni) amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlarni bajarishning oddiy va ishonchli mexanizmini yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Depozitariy to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.2. Respublika fond birjasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika fond birjasi bozor munosabatlarini shakllantirish chora-tadbirlarini amalda ro‘yobga chiqarish, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulkni himoya qilishni ta’minlash, tadbirkorlikni rag‘batlantirish, yuridik va jismoniy shaxslarga, shuningdek, xorijiy investorlarga davlat mulkini hususiylashtirish jarayonida bevosita qatnashish uchun imkoniyat yaratish maqsadida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar birjaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlarning muomalada bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ularning bozor narxlarini aniqlash va ular to‘g‘risidagi axborotlarni tegishli ravishda tarqatish, qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilarining malakasini yuqori darajada tutish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarga qimmatli qog‘ozlar yordamida zarur pul mablag‘larini jalb qilish va ularning aylanuvchanligini tartibga solish imkoniyatlarini yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga, ustavga va boshqa normativ hujjatlarga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.3. Respublika ko‘chmas mulk savdosi birjasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika ko‘chmas mulk savdosi birjasi ko‘chmas mulkning ochiq bozorini barpo qilish, tadbirkorlikni va raqobatni rag‘batlantirish, xususiylashtirish jarayonini takomillashtirish va jadallashtirish, yuridik va jismoniy shaxslarga, shuningdek, xorijiy fuqarolarga mulkni xususiylashtirish jarayonida bevosita ishtirok etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar birjaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘chmas mulk savdosini tashkil qilish, bozor narxlarini belgilash va ular to‘g‘risidagi axborotni tegishli ravishda tarqatish orqali respublikaning barcha mintaqalaridagi va uning tashqarisidagi jismoniy hamda yuridik shaxslar bilan foydali tijorat bitimlarini tuzish uchun shart-sharoitlar tashkil qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga, ustavga va boshqa normativ hujjatlarga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.4. O‘zbekiston xususiylashtirish banki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlarni, qayta o‘zgartirilgan va xususiylashtirilgan korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Davlat mulki qo‘mitasi xususiylashtirish tushumlaridan to‘plangan mablag‘larning bir qismidan, shuningdek, xalqaro xorijiy va respublikadagi yuridik va jismoniy shaxslar mablag‘laridan foydalanib, xalqaro xususiylashtirish banki (“O‘zxususiylashtirishbankni tashkil qiladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zxususiylashtirishbankining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirilgan mulk subyektlari, shu jumladan, xorijiy investorlarga qismi yoki to‘liq tegishli bo‘lgan subyektlarga nisbatan investitsiya kredit faoliyati bilan shug‘ullanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sarmoyani (davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan olingan mablag‘lar, aksiyalarni erkin sotishdan olingan daromadlar, davlatga tegishli aksiyalardan olingan dividendlar, davlat mulkini ijaraga berishdan olingan ijara to‘lovlarining bir qismini) xalq xo‘jaligini tarkibiy qurish dasturi (topshiriqda belgilangan tartibda tasdiqlangan yo‘nalish va obyektlar bo‘yicha qo‘yishni tartibga solishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirilgan korxonalarni sug‘urta qilingan mol-mulkni garovga qo‘yish yoki boshqa kafolatlar orqali kredit bilan ta’minlashni amalga oshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ularning xalqaro fondlar va xorijiy investorlardan tushadigan maqsadli mablag‘larini to‘plashi hamda ulardan xususiylashtirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashda foydalanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tezda samara beradigan, O‘zbekistonning eksport imkoniyati o‘sishiga, importning o‘rnini bosadigan ishlab chiqarishlarni barpo etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalarni sotib olish hisobiga hosil bo‘ladigan va korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan mablag‘lar ulushini to‘plashi hamda ulardan belgilangan maqsadda foydalanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, xalqaro valyuta fondi va boshqa tashkilotlar bilan xususiylashtirish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha hamkorlik qilishi nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.5. Investitsiya fondlari va qimmatli qog‘ozlar bozori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy xususiylashtirish O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolariga korxonalar aksiyalarini xarid qilish yo‘li bilan mulkka egalik huquqini ta’minlash imkonini yaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirish qatnashchilariga tanlov erkinligini ta’minlash va o‘z mablag‘larini aksiyalarga muvaffaqiyatsiz qo‘yishdan qutulishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar tavakkalini kamaytirish maqsadida tijorat asosida o‘z aksiyalarini erkin sotish uchun tavsiya qiladigan aksionerlik jamiyatlari bilan muayyan investorlar o‘rtasidagi vositachilar sifatida ishlovchi investitsiya fondlarining tizimi shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya fondlarining faoliyati ruxsatnoma (litsenziyalar) asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya fondlarini ta’sis qilish va ularning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tasdiqlanadigan investitsiya fondlari to‘g‘risidagi maxsus nizom bilan tartibga solib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tuzilmalari va davlat tasarrufida bo‘lmagan yuridik hamda jismoniy shaxslar investitsiya fondlarining ta’sischilari bo‘lishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya fondlarining aksiyalari va xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalari bilan amalga oshiriladigan oldi-sotdi operatsiyalariga soliq solinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Barcha turdagi investitsiya fondlari o‘zlari chiqargan aksiyalarini Davlat mulki qo‘mitasi aksioner hisoblanuvchi davlat aksiyalari ulushiga almashtirish huquqiga ega emaslar. Davlat tasarrufida bo‘lmagan investitsiya fondlari milliy va erkin almashtiriladigan valyutada davlat aksiyalarini xarid qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. AHOLINI MUAYYaN TARZDA IJTIMOIY HIMOYa QILISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy islohotlar jarayonida aholining turli qatlamlarini muayyan tarzda ijtimoiy himoya qilishning xususiyatlari quyidagilardan iboratdir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ijtimoiy adolatni ta’minlashga taqsimot jarayoni yordamida erishiladi. Budjet mablag‘lari hisobiga yordam ko‘rsatib turiladigan aholining eng muhtoj va kamxarj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning turli dasturlarini ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eng muhim oziq-ovqat mollari, bolalar va keksalar uchun mo‘ljallangan mollar uchun davlat tomonidan dotatsiya beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xususiylashtirishning boshlang‘ich bosqichida homiladorlarni, nogironlarni ishdan bo‘shatish bo‘yicha cheklashlar, xalq iste’mol mollari ishlab chiqaradigan korxonaning yo‘nalishini saqlab qolish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan belgilanadigan eng kam ish haqidan past bo‘lmagan darajada ish haqi to‘lanishini ta’minlash va shu kabilarni nazarda tutuvchi aholini ijtimoiy himoya qilish choralari majmui.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qo‘shimcha ishchi o‘rinlari tashkil etish, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash bo‘yicha maxsus dasturlarni ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ijtimoiy himoya qilishning uy-joylarni xususiylashtirishda ifodalangan muayyan yo‘nalishlari. Uy-joylarni ish haqi maoshlarining yagona tarif setkasi bilan limitlangan o‘qituvchilar, fan, madaniyat, sog‘liqni saqlash va boshqa budjet tashkilotlari xodimlarining bepul olishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mehnat jamoalarining quyidagilarga bo‘lgan huquqiy ustunligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyalarning imtiyozli paketlariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori darajada eskirgan asosiy fondlarni bepul berishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonadagi ijtimoiy infrastruktura obyektlaridan (ishxonalar, dushxonalar, kiyimxonalar, tibbiy joylar, profilaktoriylar va shu kabilardan) bepul (sotib olmasdan) foydalanish imkoniyatiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulkning sotib olish qiymatidan asosiy sotib olishga korxonaning ishlab chiqarish fondidan qilingan xarajatlari hajmida chegirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
er uchastkalarini savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari uchun sotishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy yordamchi xo‘jalik uchun yer olishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligida davlat xo‘jaliklari, fermalar, bog‘lar, uzumzorlar va shu kabilar mol-mulkini imtiyozli xususiylashtirish imkoniyatiga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkdorlar o‘rtasidagi mulkiy nizolar O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik va normativ hujjatlari bilan belgilangan tartibda va shartlarda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. XUSUSIYLAShTIRISh JARAYoNINI TARTIBGA SOLUVChI QONUNLAR VA NORMATIV HUJJATLARNI TAKOMILLAShTIRISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini tartibga soluvchi qator qonun va normativ hujjatlarga mazkur Dasturning I-VII bo‘limlariga muvofiq belgilangan tartibda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, quyidagi qonun va nizomlar o‘zgartirishni va qayta ishlashni talab qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikamizdagi davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish bo‘yicha nizomlar, normativ hujjatlar tadrijiy asosda, yo‘nalishlar bo‘yicha ishlab chiqilmoqda va tasdiqlanmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.1. Davlat korxonalarini xususiylashtirishda tarkibiy siyosatni amalga oshirish uchun normativ bazalar tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli hujjatlar bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirilishi kerak bo‘lgan korxonalarning davlat reyestri, boshqaruvning respublika va mintaqaviy tuzilmalarini uyushmalarga va xo‘jalik birlashmalarining boshqa shakllariga aylantirish, uyushmalar va ittifoqlarning ustavlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiqlashtirish, O‘zbekiston Respublikasi budjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan davlat korxonalari va tashkilotlari ro‘yxati, xalq xo‘jaligi tarmoqlarida va narx belgilash sohasida monopolistik faoliyatni cheklash tartibi tartibga solib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirishning mintaqaviy dasturlari, ulgurji savdo tizimi, davlat kadastrlarining yagona tizimi, Xolding kompaniyalari to‘g‘risidagi nizom, pay va aksiyalarni qayta taqsimlash, haqiqiy mulkdorlarni aniqlash tartibi tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.2. Davlat korxonalarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirishga doir chora-tadbirlar davlat mulki bo‘lgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, korxonalar aksiyalarini chiqarish va sotish, asosiy fondlarni hisobdan chiqarish, yopiq aksionerlik jamiyatlarini ularning ochiq turlariga aylantirish, alohida obyektlar va korxonalarni xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari tarkibidan chiqarish tartibini, ochiq turdagi aksionerlik jamiyatining namunaviy Ustavini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.3. Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish va ko‘chmas mulklar hamda ishlab chiqarish vositalari bozorlarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(fond, tovar-xomashyo, ko‘chmas mulk) birjalari, investitsiya fondlari, qurilishi tugallanmagan obyektlarni sotish bo‘yicha tanlovlar to‘g‘risidagi nizomlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotlarning respublika telekommunikatsiya tizimini yaratish dasturini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik subyektlarining sinishi to‘g‘risidagi qonunni ishlab chiqishni nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.4. Xorijiy investitsiyalarni xususiylashtirish jarayoniga jalb etish. Bu ishda yutuqqa erishish uchun xorijiy fuqarolarning kelishi va O‘zbekiston hududida yurishining, xorijiy investitsiya jalb etilgan korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadi, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslardan soliq olish tartibga solinadi, ularning xususiylashtirishda qatnashishi uchun keng imkoniyatlar ochiladi, “Xorijiy investitsiyalar to‘g‘risida”gi Qonun takomillashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.5. Tarmoq xususiyatiga ega bo‘lgan korxonalarni xususiylashtirishning o‘ziga xos jihatlari Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan mustahkamlangan tegishli dasturlar va uslubnomalarda hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.6. Aholini ijtimoiy himoya qilish choralari aksionerlarning huquqlarini va xususiy jamg‘armalarni himoya qilish tartibini, korxonalarni xususiylashtirilgandan keyin qo‘llab-quvvatlash choralari tizimini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.7. Islohot g‘oyalarini targ‘ib qilish axborot vositalari orqali mahalliy aholiga hamda xorijiy investorlarga yetkaziladigan islohotlar va keng ko‘lamda xususiylashtirish to‘g‘risidagi maxsus ishlab chiqilgan dasturlar orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX. XUSUSIYLAShTIRISh JARAYoNINI REKLAMA-AXBOROT BILAN TA’MINLASh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Barcha axborot vositalari va organlari Davlat mulki qo‘mitasi hamda uning hududiy boshqarmalari bilan birgalikda kuyidagi vazifalarni hal eta borib, ommaviy xususiylashtirish dasturining har tomonlama yoritilishini ta’minlaydilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining xususiylashtirish va umuman iqtisodiy islohotlar dasturi bo‘yicha qarorlarining keng ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga ularning aksioner sifatidagi huquqlari hamda bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida O‘zbekiston uchun xususiylashtirishning umumiy ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Joylarda Davlatning xususiylashtirish dasturini qo‘llab-quvvatlayotgan tuzilmalar va tashkilotlar faoliyati to‘g‘risidagi axborotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xususiylashtirish dasturida qatnashish shakllarini, bu jarayonni o‘tkazish mexanizmlarini, unda qatnashishda fuqarolar oldiga qo‘yiladigan talablarni, ijtimoiy himoya qilish choralarini aholiga tushuntirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xususiylashtirilgan obyektlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan jamoatchilik bilan mintaqa darajasidagi aloqalarni tashkil etishga oid tashabbuslarga yordam berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qayta o‘zgartirishlarning borishi, markazdagi va joylardagi xususiylashtirishning roli, xususiylashtirilayotgan korxonalarning aksiyalarini xarid qilish tartibi, investitsiya fondlari, ko‘chmas mulk bilan savdo qiluvchi birjalar, fond birjalari, tanlov va kimoshdi savdolari o‘tkaziladigan vaqt va joy hamda ularda sotishga qo‘yiladigan korxonalar to‘g‘risida mahalliy va xorijiy matbuotda muntazam ravishda axborotlar berib borish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hamma darajadagi budjetlardan dotatsiya oluvchi barcha ommaviy axborot vositalari o‘zlariga berilayotgan dotatsiyaning 20 foizigacha summada mulkchilikning barcha darajalarida xususiylashtirilayotgan obyektlar to‘g‘risidagi axborotlarni tekin e’lon qilishga majburdirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur dasturning barcha boshqaruv va hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturni amalga oshirish jarayonida unga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 29-martdagi 171-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini ularning ochiq turdagilariga aylantirishning asosiy maqsadi keng aholi qatlamlarini, O‘zbekiston Respublikasi, MDK mamlakatlari va boshqa xorijiy davlatlarning nodavlat yuridik va jismoniy shaxslarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (aksionerlashtirish) jarayoniga jalb etish yo‘li bilan iqtisodiy islohotni chuqurlashtirish hisoblanadi,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizom davlat o‘ziga tegishli aksiyalar paketi bilan uning a’zolaridan biri hisoblangan yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini o‘zgartirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mehnat jamoalari o‘zlariga tegishli bo‘lgan aksiyalar ulushini sotib olgan yoki sotib olish uchun birinchi badalni to‘lagan bo‘lsa, tegishli hokimliklarda belgilangan tartibda (agar hukumat qarorlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa) ro‘yxatdan o‘tkazilgan yopiq, turdagi aksionerlik jamiyatlari ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini ularning ochiq turdagilariga aylantirish jarayonida Ustav fondi o‘zgartiriladi, u qayta tuzish vaqtidagi amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq, asosiy vositalarning qiymatini qayta hisoblash natijasidagi summaga oshadi (agar bunday qayta hisoblash ilgari amalga oshirilmagan bo‘lsa).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini ularning ochiq turdagilariga aylantirish aksionerlarning umumiy yig‘ilishi qarori asosida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish davlat dasturiga yoki uning asosida tuzilgan mintaqaviy va tarmoq dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini ularning ochiq turdagilariga aylantirish tashabbusi bilan chiqishlari mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi (uning hududiy boshqarmalari) yoki davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalar paketiga muvofiq ravishda aksionerlik jamiyatini boshqarishga vakil qilingan organ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tashkil etilgan korxona aksionerlarining kamida uchdan bir qismi (mehnat jamoalari a’zolari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Korxonalar va tashkilotlarni belgilangan tartibda, ilgari mehnat jamoasi a’zolari topshirilgan arizalariga ko‘ra tegishli tartibda yopiq turdagi jamiyatlariga aylantirish bo‘yicha qaror qabul qilinmagan aksionerlik jamiyati ochiq turdagi jamiyatga aylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlatga tegishli aksiyalari bo‘lmagan yopiq aksiyadorlik jamiyatlari (mehnat jamoasi a’zolarining) umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. O‘ZGARTIRISh TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat mulki qo‘mitasi yoki aksionerlik jamiyatini boshqarishga vakil qilingan organ davlatga tegishli aksiyalar paketiga muvofiq, yopiq turdagi jamiyatni ochiq turdagi jamiyatga aylantirish bo‘yicha uni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Ustavga zarur o‘zgartirishlar kiritish taklifi bilan aksionerlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazishni tashkil etadi. Ushbu yig‘ilish aksiyalarning mehnat jamoalari a’zolari tomonidan sotib olinmagan qismini aksionerlik jamiyati qatnashchilari o‘rtasida qayta taqsimlash hamda aksiyalarni fond birjasi yoki uning filiallari orqali sotishdan iborat boshqa masalalar ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ustavga kiritilgan o‘zgartirishlar har bir instansiyada 10 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda korxona joylashgan yerdagi hokimlikda, boshqa ro‘yxatdan o‘tkazadigan va faoliyat turiga litsenziya beradigan organlarda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Yopiq turdagi aksionerlik jamiyatini o‘zgartirish natijasida ochiq turdagi aksionerlik jamiyati ta’sis etilgandan (Ustavga kiritilgan o‘zgartirishlar ro‘yxatdan o‘tkazilgandan) keyin qiymatli qog‘ozlar (aksiyalar) qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar)ni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobga olish va ularning harakatini nazorat qilishni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ularning umumiy qiymati yuz million so‘m-kupongacha bo‘lganda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy summasi yuz million so‘m-kupondan yuqori bo‘lgan qiymatli qog‘ozlar (aksiyalar)ni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘oz aksiyalarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun emitent quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun emitentning arizasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksionerlarning umumiy yig‘ilishi bayoni nusxasi, jamiyat joylashgan yerdagi hokimlikda ro‘yxatdan o‘tkazilgan aksionerlik jamiyati Ustaviga kiritilgan va notarius tomonidan tasdiqlangan o‘zgartirishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan aksiyalarning to‘liq paketi. Qayta ro‘yxatdan o‘tkazishga oid hujjatlar 10 kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi. Emitentga qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar)ning qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish sanasi va davlat nomeri ko‘rsatilgan dalolatnoma berilishi kerak. Taqdim etilgan aksiyalarga “qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan” degan to‘rtburchak muhr qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar qayta tuzish bilan bir paytda ustav mablag‘i o‘zgartirilsa, unda yopiq turdagi aksionerlik jamiyatining avval chiqargan aksiyalari qayta ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi. Aksionerlik jamiyati tomonidan yangi qiymatli qog‘ozlarni chiqarish ta’minlanadi, bunday taqdirda eski aksiyalar yo‘q qilinadi. Yangidan chiqarilgan aksiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish ushbu Nizomda belgilangan aksiyalarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi bilan bir xildir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. MEHNAT JAMOALARINI YoPIQ TURDAGI AKSIONERLIK JAMIYATLARIGA AYLANTIRISh HAQIDA ARIZA BERGAN KORXONA VA TAShKILOTLAR NEGIZIDA OChIQ TURDAGI AKSIONERLIK JAMIYATLARINI TAShKIL ETISh TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Agar hukumat qaroriga muvofiq yoki unimsiz Mehnat jamoasi tomonidan korxonani yopiq turdagi aksionerlik jamiyatiga aylantirish to‘g‘risida ilgari ariza berilgan bo‘lsa, Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan aksiya ulushlari belgilangan hamda Mehnat jamoalari a’zolariga ularni sotish narxlari qo‘yilgan holda uni yopiq turdagi aksionerlik jamiyatiga aylantirish to‘g‘risida qaror chiqarilgan bo‘lsa va u hali ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bo‘lsa, Davlat mulki qo‘mitasi quyidagi hollarda korxonani ochiq turdagi aksionerlik jamiyatiga aylantirish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zlariga tegishli aksiyalar ulushiga muvofiq ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilingan tashkil etilayotgan jamiyat qatnashchilari (davlat va mehnat jamoasi a’zolari)ning umumiy yig‘ilishi qarori asosida mehnat jamoasi a’zolari (korxona) tomonidan sotib olish uchun kerak bo‘lgan summa to‘langan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotib olish uchun kerak bo‘lgan summa to‘lanmagan holda ––mustaqil ravishda. Mehnat jamoasining mehnat jamoasi umumiy yig‘ilishi bayonnomasidan ko‘chirma bilan tasdiqlanib Davlat mulki qo‘mitasiga taqdim etilgan roziligi faqat Davlat mulki davlat qo‘mitasi tomonidan belgilangan aksiyalar ulushini sotib olishga talab etiladi. Qaror, agar unga mehnat jamoasi a’zolarining kamida 2/3 qismi ovoz bergan bo‘lsa, qabul qilingan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Agar Mehnat jamoasi a’zolari tomonidan ariza berilganidan so‘ng Davlat mulki davlat qo‘mitasi tomonidan qayta tuzish haqida qaror qabul qilinmagan (order berish haqida buyruq chiqmagan) bo‘lsa, Davlat mulki qo‘mitasi (hududiy boshqarma) Mehnat jamoasiga korxonani ochiq turdagi aksionerlik jamiyatiga aylantirilayotganligi to‘g‘risida xabar qiladi hamda tashkil etilayotgan jamiyat aksiyalarining bir qismini sotib olishni taklif qiladi. Mehnat jamoasi a’zolarining roziligi 12 bandning uchinchi xatboshida belgilangan tartibga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Agar Mehnat jamoasi tomonidan ariza berilgandan so‘ng qayta tuzish komissiyasi tuzilmagan bo‘lsa, unda Davlat mulki qo‘mitasi mehnat jamoasiga Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish bo‘yicha davlat dasturi, mintaqaviy va tarmoq dasturlariga muvofiq ilgari qabul qilingan qarorni qayta ko‘rib chiqishni taklif etadi. Mehnat jamoasi a’zolari rozi bo‘lmagan taqdirda Davlat mulki qo‘mitasi mehnat jamoasiga tashkil etilayotgan jamiyat aksiyalarining bir qismini sotib olish huquqini bergan holda korxonani aksionerlik jamiyatiga aylantirishni mustaqil ravishda amalga oshiradi, Mehnat jamoasining roziligini rasmiylashtirish 12-bandning uchinchi xatboshida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 29-martdagi 171-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab- quvvatlash davlat qo‘mitasi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi (Davlat mulki qo‘mitasi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 7-fevraldagi Farmoni bilan iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini tezlashtirish, shuningdek, respublikada tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamg‘armasi negizida tashkil etilgan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki qo‘mitasi Vazirlar Mahkamasi tasarrufida bo‘ladi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga hisob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qo‘mita o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarorlari va boshqa qarorlarga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, davlatlararo bitimlarga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat mulki qo‘mitasining bosh vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, bozor munosabatlarining shakllanishi jarayonida O‘zbekiston fuqarolarining mulkiy huquqlarini va respublikaning davlat manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashda yagona siyosat o‘tkazish, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, respublikada shaxsiy biznesni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va ustuvorliklarni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jarayoniga tashkiliy va uslubiy rahbarlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulki obyektlarini mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirishdan tushgan mablag‘larni ustuvor umumdavlat vazifalarini hal etishga va aholini ijtimoiy himoya qilishga, bozor infrastrukturasini yaratish hamda boshqa maqsadlarga jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishda chet el investitsiyalarini jalb etish, shuningdek, ulardan foydalanishning usul va shakllarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya banklari, fondlar, konsalting va auditorlik xizmatlar, Xolding kompaniyalari, fond birjalari, ko‘chmas mulk birjalari va boshqa bozor tuzilmalarini tashkil etish orqali ishlab chiqarish vositalari, ko‘chmas mulk, qiymatli qog‘ozlar bozorini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarni, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarni asosan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini tashkil etish va mehnat jamoasi a’zolariga aksiyalar sotish orqali iqtisodiy islohotlar jarayoniga yanada kengroq jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida ishlab chiqarish va boshqaruv tizimlarining monopoliyasini cheklash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirilgandan so‘ng tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni chuqurlashtirish yuzasidan dasturlar ishlab chiqish, ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlangan dasturlarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat mulki qo‘mitasi o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki bo‘lgan mol-mulkdan uning hududida va chet elda samarali foydalanilishi va saqlanishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jarayonlarini tartibga soluvchi qonunlar, qonunchilik va normativ aktlar loyihalarini ishlab chiqishda belgilangan tartibda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksionerlik jamiyatlari, shu jumladan, xorijiy jamiyatlar qatnashgan jamiyatlarda sarmoyasidagi davlatga tegishli aksiyalar (ulushlar, paylar)ga egalik funksiyasini amalga oshiradi va shu aksiyalar bo‘yicha mulk egasi sifatida davlatning vakolatlarini ro‘yobga chiqaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar va tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shakllarini belgilaydi, zarur normativ hujjatlar, xususiylashtirish komissiyalarini tuzish, ashyoviy ro‘yxatdan o‘tkazish va davlat mulki qiymatini baholash tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotuvchi vazifasini bajaradi, davlat mulki obyektlari xususiylashtirilayotganda tanlovlar va kimoshdi savdolari tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat jamoalarining, nodavlat yuridik shaxslar va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida qatnashish haqidagi talabnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazadi hamda ular bo‘yicha qaror qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksionerlik va boshqa xo‘jalik jamiyatlari yoki shirkatlar ta’sis etadi, ular davlat korxonalari negizida tashkil etilganda davlat mulki bo‘lgan mulkni ijaraga beruvchi (shu jumladan, sotib olish huquqi bilan) sifatida ish ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni, ularning rahbarlari va mutaxassislarini attestatsiyadan o‘tkazishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning xususiylashtirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha ariza va shikoyatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat mulki qo‘mitasiga quyidagi huquqlar beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z vakolatlari doirasida davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini tartibga soluvchi me’yoriy va metodik hujjatlarni tasdiqlash, noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga va huquqni muhofaza qilish organlariga davlat organlari tomonidan amaldagi qonunchilikni buzgan holda davlat mulkiga egalik qilish huquqini o‘zgartirish to‘g‘risida qabul qilingan hujjatlarni bekor qilish, shuningdek, aybdor mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida taqdimnomalar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, hokimliklar, uyushmalar, shuningdek, bevosita birlashmalar, korxonalar va tashkilotlardan o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan ma’lumotnomalar, statistika va axborot materiallarini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat korxonalari qayta o‘zgartirilayotganda mehnat jamoalariga, shu jumladan, ularning balansida bo‘lgan ijtimoiy infrastruktura va atrof muhitni muhofaza qilish obyektlarini amaldagi qonunchilikka muvofiq tekin va imtiyozli berish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tasarrufidan chiqariladigan yoki xususiylashtiriladigan obyekt faoliyati o‘zaro majburiyatlari va shartlari to‘g‘risida muayyan davrga bitimlar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘lar, ijara to‘lovlari, davlat tomonidan yangidan ta’sis etiladigan aksionerlik jamiyatlarining aksiyalarini sotishdan tushgan daromadlarni Davlat mulki qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalarining maxsus schyotlarida jamlash va ulardan Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan tartibga muvofiq foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan Davlat mulki qo‘mitasining hisob schyotiga kelib tushayotgan mablag‘lardan uning 5,5 foizini boshqaruv va taqsimlash funksiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplash uchun foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiya egasi Davlat mulki qo‘mitasi hisoblangan aksiyalar bo‘yicha olingan dividentlardan davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini tashkil etish va davlat mulkini taqsimlash, boshqaruv va tijorat operatsiyalarini bajarish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish xarajatlarini qoplash uchun maxsus yig‘im miqdorida foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlatga tegishli aksiyalarni sotish, shuningdek, ularni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maxsus jamg‘armalarining, Xolding kompaniyalarning aksiyalariga, shu jumladan, xalqaro bozorda almashtirish operatsiyalarini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning o‘n ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 31-dekabr 490-sonli qarori asosida o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2001-y., 22-24-son, 159-modda;)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksionerlik jamiyatlari, boshqa xo‘jalik jamiyatlari, shirkatlarning aksiyalari (ulushlari, paylari)ni sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus ilmiy-tadqiqot, auditorlik, maslahat (shu jumladan, xorijiy tashkilotlardan shartnoma asosida) va boshqa tashkilotlardan mustaqil ekspertlar va mutaxassislarni belgilangan tartibda me’yoriy-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish uchun jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi mulk egasiga mulkka egalik qilish huquqini beruvchi order berish; u tegishli reyestr yuritadi va “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasiga korxona va tashkilotlarning milliy registriga kiritish uchun mulkchilik shakli o‘zgarganligi haqida axborot yo‘llaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat mulki qo‘mitasi va uning topshirig‘i bo‘yicha investitsiya jamg‘armalari yoxud u tomonidan vakil qilingan boshqa organ o‘zining vakolatli vakillarini aksiyalarning bir qismi davlat mulki hisoblangan aksionerlik jamiyatlari boshqaruviga vakil qilib yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘rsatilgan vakolatli vakillar, davlatga tegishli aksiyalar ulushiga muvofiq, direktorlarni tayinlash va ozod qilishda, yil yakunlari bo‘yicha jamiyat faoliyati natijalarini tasdiqlashda, navbatdagi yilga operatsiyalar rejasini tasdiqlashda hamda aksiya egalariga yuklatiluvchi boshqa ishlarda qatnashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat mulki qo‘mitasi belgilangan tartibda o‘zining tuzilma bo‘linmalarini davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni ko‘llab-quvvatlash hududiy boshqarmalarini tuzadi va ular faoliyatiga rahbarlik qiladi. Hududiy bo‘linmalar Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida tuziladi, bevosita Davlat mulki qo‘mitasiga bo‘ysunadilar hamda amaliy faoliyatda tegishli hokimliklar bilan yaqindan hamkorlik qiladilar, yuridik shaxs hisoblanadilar, bankda o‘z hisob-kitob schyotiga va Davlat gerbi tasviri tushirilgan o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy boshqarmalarning rahbarlari Davlat mulki qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat mulki qo‘mitasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari, shu jumladan, respublika davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlarini bajarish bo‘yicha qarorlari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar, mahalliy boshqaruv organlari va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat mulki qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Rais Bosh vazirning o‘rinbosari boshchilik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki qo‘mitasi Raisi Qo‘mitaga yuklatilgan vazifalarning va o‘z funksiyalarining amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi. Davlat mulki qo‘mitasi markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining faoliyatning alohida yo‘nalishlariga rahbarlik qilishlari uchun shaxsiy javobgarliklari darajasini belgilaydi, markaziy apparat xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki qo‘mitasi Raisi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan besh nafar o‘rinbosarga, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosarga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki qo‘mitasida tarkibida Qo‘mita raisi (hay’at raisi), lavozimi bo‘yicha rais o‘rinbosarlari, shuningdek, boshqa rahbar xodimlar bo‘lgan 9 kishidan iborat hay’at tuziladi. Davlat mulki qo‘mitasi hay’ati a’zolarining shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki qo‘mitasi markaziy apparatining tuzilmasi va xodimlari soni Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki qo‘mitasi raisi xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida tasdiqlangan tuzilmaga o‘zgartirish kiritish, xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari xodimlari soni va mehnatga haq to‘lash fondini belgilash huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki qo‘mitasi markaziy apparati boshqarmalari va bo‘limlari, uning hududiy boshqarmalari, o‘ziga qarashli tashkilotlar va tuzilmalari to‘g‘risidagi nizomlar Davlat mulki qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moddiy-maishiy ta’minot va tibbiy xizmat ko‘rsatish shart-sharoitlari bo‘yicha Davlat mulki qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy boshqaruv organlarining tegishli xodimlari toifalariga tenglashtiriladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat mulki qo‘mitasi organlarining xodimlari xizmat burchlarini bajarishda hokimiyat organlari vakili maqomiga ega bo‘ladilar va uning muhofazasida bo‘ladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq holda Davlat mulki qo‘mitasi xodimi halok bo‘lgan taqdirda halok bo‘lganning oilasiga respublika budjeti mablag‘lari hisobidan 50 oylik ish haqi miqdorida bir yo‘la nafaqa to‘lanadi, keyinchalik bu summa aybdor shaxslardan undirib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki qo‘mitasi xodimlariga kasb faoliyati bilan shug‘ullanishni istisno qiluvchi og‘ir tan jarohati yetkazilgan taqdirda ularga respublika budjeti mablag‘lari hisobidan 25 oylik ish haqi miqdorida bir yo‘la nafaqa beriladi, keyinchalik bu summa aybdor shaxslardan undirib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki qo‘mitasi xodimlariga uncha og‘ir bo‘lmagan tan jarohati yetkazilganda ularga respublika budjeti mablag‘lari hisobidan 5 oylik ish haqi miqdorida bir yo‘la nafaqa to‘lanadi, keyinchalik bu summa aybdor shaxslardan undirib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki qo‘mitasi xodimlariga ko‘p yil ishlaganligi va umumiy mehnat staji uchun yillik mukofot oylik hisobidan quyidagi miqdorda belgilansin: 3 yildan 5 yilgacha 0,6; 5 yildan 10 yilgacha 0,8; 10 yildan 15 yilgacha 1,0; 15 yildan 20 yilgacha 1,2; 20 yildan yuqorisi 1,5. To‘lov yillik ish yakuniga qarab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat mulki qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalarining xodimlari, ish faoliyati davrida va egallab turgan lavozimni bo‘shatgandan so‘ng 2 yil davomida tijorat ishlari bilan shug‘ullanish va xizmat burchini bajarishdan shaxsiy foyda olish huquqiga ega emaslar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki qo‘mitasi yuridik shaxs hisoblanadi, bankda o‘z hisob-kitob schyotiga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va o‘z nomi o‘zbek va rus tillarida yozilgan muhrga ega bo‘ladi.