Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.07.2008 02.09.1993 yildagi 918-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.07.2008
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QIMMATLI QOG‘OZLAR VA FOND BIRJASI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyuldagi O‘RQ-163-sonli “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun qimmatli qog‘ozlar chiqarish va ularni muomalada yuritish, qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilari faoliyatini boshqarib borish shartlari hamda tartibini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida fond birjalari tashkil etish va ularning faoliyat yuritish prinsiplarini belgilab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I BOB. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Qimmatli qog‘ozlar tushunchasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar — bu ularni chiqargan shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki zayom munosabatlarini tasdiqlovchi, dividend yoki foizlar ko‘rinishida daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga berish imkoniyatini nazarda tutuvchi pul hujjatlaridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar — blankalar, sertifikatlar shaklida yoki schyotlardagi yozuv shaklida bo‘lishi va hisob-kitob qilishda, shuningdek kreditlar bo‘yicha garov sifatida foydalanilishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlar yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida ixtiyoriylik asosida tarqatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlarning qiymati, kiritilgan ulush shaklidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi pul birligida ifodalanadi hamda to‘lanadi, ularni chiqarish shartlarida nazarda tutilgan hollarda esa, chet el valyutasida (aksiyalar bo‘yicha — mulkni o‘tkazib berish yo‘li bilan ham) to‘lanadi.
(1-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risidagi qonunlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar chiqarish va ularni muomalada yuritish bilan, qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilarning faoliyati bilan bog‘liq munosabatlar ushbu Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib turiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Qimmatli qog‘ozlarning turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun qimmatli qog‘ozlarning quyidagi turlariga amal qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obligatsiyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xazina majburiyatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlarning hosilalari;
(3-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi 179-I-son Qonuniga muvofiq beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depozit sertifikatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
veksellar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyalar, obligatsiyalar, xazina majburiyatlari va qimmatli qog‘ozlar hosilalarining rekvizitlari — O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan, depozit sertifikatlari va veksellarning rekvizitlari esa, — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
(3-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-14-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 51-son, 374-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar egasi yozilgan va taqdim etuvchiga tegishli bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar, basharti mulkiy huquqlarni ularga egalik qilish bilan bog‘liq holda ro‘yobga chiqarish uchun emitent (qimmatli qog‘ozni chiqaruvchi) tomonidan yoki uning topshirig‘iga binoan qimmatli qog‘ozlar borasida kasb faoliyatini amalga oshirayotgan tashkilot tomonidan egasining nomini qayd etish zarur bo‘lsagina, egasi yozilgan bo‘ladi. Egasi yozilgan qimmatli qog‘ozni bir mulkdordan ikkinchisiga berish hisob-kitobdagi tegishli yozuvlarni o‘zgartirishda aks etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar, basharti mulkiy huquqlarni ularga egalik qilish bilan bog‘liq holda ro‘yobga chiqarish uchun qimmatli qog‘ozni taqdim etishning o‘zi yetarli bo‘lsa, taqdim etuvchiga tegishli hujjatlar deb hisoblanadi. Taqdim etuvchiga tegishli qimmatli qog‘ozlar erkin muomalada bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Aksiyalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyalar — aksiyadorlik jamiyatining ustav fondiga yuridik yoki jismoniy shaxs muayyan hissa qo‘shganidan guvohlik beruvchi, aksiya egasining mazkur jamiyat mulkidagi ishtirokini tasdiqlovchi hamda unga dividend olish va, qoida tariqasida, ushbu jamiyatni boshqarishda qatnashish huquqini beruvchi, amal qilish muddati belgilanmagan qimmatli qog‘ozlardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyalar chiqarish to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlik jamiyati muassislari tomonidan yoki aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi. Sotib olingan aksiya uni chiqargan aksiyadorlik jamiyatiga, basharti bu narsa jamiyat ustavida nazarda tutilmagan bo‘lsa, sotilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat korxonasi ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilganda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi emissiya risolasini tasdiqlashi aksiyalar chiqarish to‘g‘risidagi qaror hisoblanadi.
(4-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-14-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 51-son, 374-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Obligatsiyalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obligatsiyalar ularning egasi pul mablag‘lari berganligini tasdiq etuvchi va qimmatli qog‘ozlarning belgilangan qiymatini ularda ko‘rsatilgan muddatda, qayd etilgan foiz to‘langan holda, basharti obligatsiyalarni chiqarish shartlarida o‘zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, qoplash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog‘ozlardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagi turlardagi obligatsiyalar chiqariladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ichki zayomlarining va mahalliy zayomlarning obligatsiyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korporativ obligatsiyalar.
(5-modda ikkinchi qismi uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 23-iyuldagi O‘RQ-104-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 297-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obligatsiyalar oddiy va yutuqli, foizli va foizsiz (maqsadli), erkin muomalada yuritiladigan yoki muomala doirasi cheklangan qilib chiqarilishi mumkin. Maqsadli obligatsiyalarning rekviziti obligatsiyalar qaysi mollar (xizmatlar) uchun chiqarilgan bo‘lsa, shu mollarni (xizmatlarni) aks ettirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika ichki zayomlarining va mahalliy zayomlarning obligatsiyalari taqdim etuvchiga tegishli qilib chiqariladi. Respublika ichki zayomlarining va mahalliy zayomlarning obligatsiyalarini chiqarish to‘g‘risidagi qaror tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va davlat hokimiyati mahalliy organlari tomonidan qabul qilinadi. Qarorda emitent, obligatsiyalarni chiqarish shartlari va ularni tarqatish tartibi belgilab qo‘yilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korporativ obligatsiyalarni faqat ochiq aksiyadorlik jamiyatlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik tashkilotining xulosasi bilan tasdiqlangan o‘z kapitalining obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadagi miqdori doirasida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keyingi uch yil mobaynida rentabellik, to‘lov qobiliyati, moliyaviy barqarorlik va likvidlikning auditorlik tashkiloti xulosalari bilan tasdiqlangan ijobiy ko‘rsatkichlariga ega bo‘lsa, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil reyting bahosini olgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investorlarga tegishli mablag‘larning emitentlar tomonidan to‘lanishi bo‘yicha to‘lov agentlari vazifalarini bajaruvchi tijorat banklari ishtirokida chiqarishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korporativ obligatsiyalar o‘z egalariga ochiq aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda qatnashish huquqini bermaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korporativ obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risidagi qaror ochiq aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv organi tomonidan ushbu Qonunga va jamiyat ustaviga muvofiq qabul qilinadi hamda bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korporativ obligatsiyalarni emitentlarning ustav fondini shakllantirish va to‘ldirish uchun, shuningdek emitentlarning xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq zararlarning o‘rnini qoplash uchun chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korporativ obligatsiyalar chiqarishga faqat ochiq aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi to‘liq to‘langanidan keyin yo‘l qo‘yiladi”;
(5-modda beshinchi—to‘qqizinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 23-iyuldagi O‘RQ-104-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 297-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Xazina majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining xazina majburiyatlari — ularning egalari budjetga pul mablag‘lari berganliklarini tasdiqlovchi hamda bu qimmatli qog‘ozlarga egalik qilishning butun muddati davomida qayd etilgan daromadni olish huquqini beruvchi, taqdim etuvchiga tegishli qimmatli qog‘ozlar turidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xazina majburiyatlarining quyidagi turlari chiqariladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzoq muddatli — besh yil va undan ko‘proq muddatga mo‘ljallangan xazina majburiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘rtacha muddatli — bir yildan besh yilgacha muddatga mo‘ljallangan xazina majburiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqa muddatli — bir yilgacha bo‘lgan muddatga mo‘ljallangan xazina majburiyatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uzoq muddatli va o‘rtacha muddatli xazina majburiyatlarini chiqarish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi. Qisqa muddatli xazina majburiyatlarini chiqarish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qabul qilinadi. Xazina majburiyatlarini chiqarish to‘g‘risidagi qarorlarda daromadlarni hamda majburiyat qarzlarini to‘lash shartlari belgilab qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Depozit sertifikatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Depozit sertifikatlari — bu pul mablag‘lari — omonat qo‘yilgani to‘g‘risidagi, omonatchi yoki uning huquqiy vorisining belgilangan muddat tugaganidan keyin omonat summasini va unga tegishli foizlarini olishga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi bank — emitent guvohnomasidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Depozit sertifikatlarini chiqarish va ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Veksel
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Veksel beruvchining yoxud vekselda ko‘rsatilgan boshqa to‘lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan summani to‘lash yuzasidan qat’iy majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog‘oz veksel hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Veksellar oddiy va yuboriladigan veksellarga bo‘linadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Veksel beruvchining muayyan summadagi pulni veksel oluvchiga yoxud uning buyrug‘iga binoan belgilangan muddatda yoki uning talabiga ko‘ra to‘lashdan iborat qat’iy majburiyatini o‘z ichiga olgan hujjat oddiy veksel hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Veksel oluvchining muayyan summadagi pulni oluvchiga yoxud uning buyrug‘iga binoan boshqa shaxsga belgilangan muddatda yoki uning talabiga ko‘ra to‘lash to‘g‘risidagi qatiy buyrug‘idan iborat to‘lovchiga qaratilgan hujjat yuboriladigan veksel hisoblanadi. Bunda to‘lovchi veksel bo‘yicha belgilangan muddatda to‘lovlarni amalga oshirishga (akseptni bajarishga) roziligini yozma ravishda tasdiqlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Veksellarni (xazina veksellaridan tashqari) chiqarish, ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalari, ularni chiqarish va muomalada yuritish shartlarini Markaziy bank Moliya vazirligi bilan birgalikda belgilaydi. Xazina veksellarini chiqarish va muomalada yuritish qoidalarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Veksel oluvchining soliqlar bo‘yicha va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha budjetdan qarzi mavjud bo‘lsa, u faqat pul mablag‘larini olish tarzida vekselning haqini to‘lashga kirishadi va budjet bilan hisob-kitob qilib bo‘lgach, qolgan summani boshqa hisob-kitoblarga sarflashi mumkin.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi 179-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81-modda. Qimmatli qog‘ozlarning hosilalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlarning hosilalari — daromadi (zarari) bir yoki bir necha bozor ko‘rsatkichlari (indekslari) mazmuniga bog‘liq bo‘lgan qimmatli qog‘ozlardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlarning hosilalari opsionlar, fyucherslar va boshqa moliyaviy vositalar tarzida chiqarilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Opsion — shartnoma bo‘lib, uning egasiga qimmatli qog‘ozlarni yoki tovarlarni bitimda qayd etilgan narxda belgilangan muddatda xarid qilish huquqini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fyuchers — qimmatli qog‘oz (shartnoma) bo‘lib, muayyan qimmatli qog‘ozlar va boshqa moliyaviy vositalarni yoki tovarlarni shartnomada belgilab qo‘yilgan narxda belgilangan kelgusi sanada xarid qilish yoki sotishdan iborat so‘zsiz majburiyatni tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlarning hosilalarini chiqarish va ularni muomalada yuritish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi belgilaydi.
(81-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-14-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 51-son, 374-modda)
(I bob O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi 179-I-son Qonuniga muvofiq 81-modda bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82-modda. Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha da’vo muddatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Veksellarga nisbatan quyidagi maxsus da’vo muddatlari qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
veksel saqlovchining indossantlarga qarshi va veksel beruvchiga qarshi da’vo talablari bo‘yicha — belgilangan muddatda amalga oshirilgan protest kunidan boshlab yoki xarajatsiz aylantirish oldindan shart qilib qo‘yilgan bo‘lsa, to‘lov muddati kunidan boshlab bir yil;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
indossantlarning bir-biriga va veksel beruvchiga da’vo talablari bo‘yicha — indossant vekselni to‘lagan kundan boshlab yoki unga da’vo taqdim etilgan kundan boshlab olti oy.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan o‘zga hollarda, shuningdek boshqa qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha da’vo muddatlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(I bob O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuniga muvofiq 82-modda bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II BOB. QIMMATLI QOG‘OZLARNI DAVLAT RO‘YXATIGA OLISh, MUOMALAGA ChIQARISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Qimmatli qog‘ozlar muomalasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar muomalasi deganda ularni sotib olish va sotish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan, qimmatli qog‘ozlar egasi almashinuviga olib keladigan boshqa harakatlar tushuniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududida qimmatli qog‘ozlarni (depozit sertifikatlari va veksellardan tashqari) muomalaga chiqarish hamda ularni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tasdiqlaydi.
(9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-14-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 51-son, 374-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi yoki uning hududiy organlari davlat korxonalarini qayta tuzish orqali tashkil etilgan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining birlamchi chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadilar, shuningdek aksiyalarning belgilangan tartibda joylashtirilishini ta’minlaydilar.
(9-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-14-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 51-son, 374-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan hamda belgilangan tartibda ro‘yxat raqamini olgan qimmatli qog‘ozlarnigina O‘zbekiston Respublikasi hududida chiqarilishiga va muomalada bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan qimmatli qog‘ozlarni chiqarish g‘ayriqonuniy hisoblanadi va bu hol egasidan ularning hamda mazkur qimmatli qog‘ozlarni sotishdan tushgan pulning olib qo‘yilishiga va boy berilgan naf qoplanishini hisobga olgan holda investorlarga qaytarib berilishiga sabab bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir yoki o‘zaro shartnomalar bilan bog‘langan bir necha shaxslar, shuningdek shu’ba yoki bir-biriga qaram bo‘lgan yuridik shaxslar guruhi bank aksiyalarining yigirma foizidan ortig‘ini sotib olishi uchun oldindan Markaziy bankning roziligini olish talab qilinadi. Aksiya sotib oluvchilarning moliyaviy ahvoli qoniqarsizligi aniqlangan taqdirda, Markaziy bank bank aksiyalarining yigirma foizidan ortig‘i xarid qilinishi va sotilishiga rozilik bermaslik huquqiga ega. Markaziy bank, iltimosnoma olingan kundan boshlab, o‘ttiz kundan kechiktirmay, ariza beruvchiga o‘z qarori to‘g‘risida yozma ravishda xabar beradi.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-apreldagi 231-I-son Qonuniga muvofiq beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 69-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxs, bir guruh shaxslar tomonidan aksiyalarning aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalida ovoz berish huquqi bilan sotib olinishi, bunda ana shu shaxs, bir guruh shaxslar mazkur aksiyalarning o‘ttiz besh foizdan ko‘prog‘ini tasarruf etish huquqini oladigan bo‘lsa, monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan roziligini olish talab etiladi. Bunday talab aksiyadorlik jamiyatini tuzish vaqtida aksiyadorlik jamiyati muassislariga tatbiq etilmaydi, moliya-sanoat guruhlari, xolding kompaniyalarni tashkil etish hollari bundan mustasno.
(9-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlarning egalari saqlab turish maqsadida ularni pul o‘tkazish yo‘li bilan hisobga olish va sotish uchun kompyuterli telekommunikatsion tizimi bor ixtisoslashgan muassasalarga (depozitariylarga) ishonib qo‘yishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi respublika sarhadlaridan tashqaridagi emitentlar chiqargan qimmatli qog‘ozlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga kirishning umumiy qoidalari, har yilgi me’yorlari va tartibini belgilab qo‘yadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining davlatlararo shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining huquqiy tasarrufidagi emitentlar tomonidan chiqarilgan yoki chiqarilishi mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida muomalaga chiqarishning har yilgi me’yorlari va ruxsat tartibini belgilab qo‘yishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi respublikada ro‘yxatga olingan qimmatli qog‘ozlar Yagona davlat reyestrini yuritadi hamda ularning ro‘yxatini muntazam e’lon qilib boradi.
(9-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-14-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 51-son, 374-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi ularni dastlabki egalar (investorlar) — yuridik va jismoniy shaxslarga sotish yo‘li bilan qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarishdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emissiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlik jamiyati ta’sis etilib, aksiyalar uning muassislari o‘rtasida tarqatilgan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlik jamiyatining dastlabki ustav sarmoyasi (fondi) miqdori aksiyalar chiqarish yo‘li bilan ko‘paytirilgan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar, davlat tomonidan, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan zayom sarmoyasi obligatsiyalar va boshqa qarz majburiyatlari chiqarish yo‘li bilan jalb etilgan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalarning qarz majburiyatlari o‘zaro umum respublika ko‘lamida to‘langan taqdirda amalga oshiriladi.
(10-moddaning ikkinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi 179-I-son Qonuniga muvofiq to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Emissiya to‘g‘risidagi axborot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlarni chiqaruvchi emitent, shuningdek u bilan kelishib turib qimmatli qog‘ozlarni dastlabki egalariga sotuvchi investitsiya muassasalari har bir xaridorga mazkur qog‘ozlarni xarid etish paytiga qadar sotish shartlari va emissiya risolasi bilan tanishib chiqish imkoniyatini ta’minlashlari shart. Emissiya risolasi emitent to‘g‘risidagi, sotishga havola etilayotgan qimmatli qog‘ozlar haqidagi, qimmatli qog‘ozlarni chiqarish taomili va tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda xaridorning mazkur qimmatli qog‘ozlarni sotib olish yoki bunday xariddan voz kechishga qaror qilishiga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan boshqa xil axborotlarni aks ettiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emissiya risolasini chiqarish, uni ro‘yxatga olish tartibini, shuningdek emissiya risolasida e’lon qilinishi shart bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi belgilaydi. Banklar uchun ularning emissiya risolalarida ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan holda belgilaydi. Davlat korxonalari ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilganda emissiya risolasini tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-14-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 51-son, 374-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ochiq yozilish uchun havola etilayotgan qimmatli qog‘ozlarning emissiya risolasini emitent O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markaziga taqdim etadi va u ro‘yxatga olinganidan so‘ng, mazkur qimmatli qog‘ozlarga yozilish boshlanishidan kamida o‘n kun oldin matbuotda, shuningdek fond birjasining maxsus nashrida albatta e’lon qilinishi kerak. Ochiq sotuvga havola etilayotgan aksiyalarni, korporativ obligatsiyalarni chiqarishga oid axborotlarda biron bir o‘zgarishlar yuzaga kelgan hollarda qimmatli qog‘ozlarni chiqaruvchi emitent sodir bo‘lgan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi xabarni mazkur qimmatli qog‘ozlarga yozilish boshlangunga qadar e’lon qilmog‘i kerak.
(11-modda uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 23-iyuldagi O‘RQ-104-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 297-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyalar, korporativ obligatsiyalarni chiqarishga oid e’lon qilingan axborotdagi ma’lumotlar noto‘g‘riligi aniqlangan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bu qimmatli qog‘ozlarni chiqaruvchi emitent mazkur axborotga tegishli o‘zgartishlar kiritmaguniga qadar ularning tarqatilishini to‘xtatib turish huquqiga ega. Emissiyani ro‘yxatga olish uchun taqdim etiladigan emissiya risolasidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi yuzasidan javobgarlik emitentning zimmasida bo‘ladi.
(11-modda to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 23-iyuldagi O‘RQ-104-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 297-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi emissiya risolalari ro‘yxatga olinmagunga qadar qimmatli qog‘ozlarni ommaviy axborot vositalarida reklama qilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Emitent faoliyati to‘g‘risidagi axborot
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emitent o‘zining moliya-xo‘jalik ahvoli va faoliyatining natijalari to‘g‘risida jamoatchilikka har yili kamida bir marta axborot berishi (matnda bundan keyin yillik hisobot deb yuritiladi) shart. Yillik hisobot hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechikmay e’lon qilinadi hamda egasi yozilgan aksiyadorlarga va O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markaziga yuboriladi. Yillik hisobotda emitent to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar keltirilishi lozim:
(12-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-14-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 51-son, 374-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uning oldingi yilgi xo‘jalik faoliyati natijalari to‘g‘risidagi axborot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy ahvol to‘g‘risidagi auditor tasdiqlagan ma’lumotlar, shuningdek oldingi yilgi balanslar va auditorlar hisoboti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qo‘shimcha chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mansabdor shaxslar shaxsiy tarkibidagi o‘zgartishlarga doir asoslar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emitent o‘z xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘lgan hamda qimmatli qog‘ozlarning qiymatiga yoki ular yuzasidan olinadigan daromadlar miqdoriga ta’sir etuvchi o‘zgarishlar, xususan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlar o‘zgarganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mansabdor shaxslar shaxsiy tarkibida o‘zgarishlar ro‘y berganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitent bankdagi schyotlar xatlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sog‘lomlashtirish (emitentning moliyaviy holatini sog‘lomlashtirishga qaratilgan tadbirlar majmuini amalga oshirish) harakatlari boshlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitent faoliyati qayta tashkil etilganligi, to‘xtatib qo‘yilganligi yoki tugatilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda holatlar oqibatida emitent mol-mulkining kamida 10 foizi nobud bo‘lganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitent mol-mulkining 10 foizidan ortiq miqdorda emitentga nisbatan da’vo qo‘zg‘atilganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav fondi yoki emitent asosiy va muomaladagi mablag‘lari qiymatining 50 foizidan ortiq miqdorida qarz olinganligi yoki qimmatli qog‘ozlar emissiya qilinganligi to‘g‘risidagi axborotlarni ikki kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markaziga yuborishi, shuningdek mazkur o‘zgarishlarga oid axborotlarni e’lon qilishi shart.
(12-modda ikkinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-14-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 51-son, 374-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Basharti emitent aksiyalari fond birjasida muomalada yursa, u mazkur axborotlarni birjaga ko‘rsatilgan muddatda taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emitent o‘zi haqida qimmatli qog‘ozlar qiymatiga yoki ular yuzasidan olinadigan daromad miqdoriga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan noto‘g‘ri ma’lumotlar e’lon qilingan taqdirda besh ish kuni mobaynida bu ma’lumotlarni tuzatish choralarini ko‘rishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Emissiya turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish (emissiya) quyidagi ko‘rinishlarda amalga oshirilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy e’lon bermay, reklama kampaniyasi o‘tkazmay, emissiya risolasini e’lon qilmay va ro‘yxatdan o‘tkazmay oldindan ma’lum cheklangan miqdordagi investorlar orasida xususiy yo‘sinda tarqatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emissiya risolasini e’lon qilib va ro‘yxatdan o‘tkazib, cheklanmagan miqdordagi investorlar orasida ochiq savdo o‘tkazish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida aytib o‘tilgan hollarning har birida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi emissiyalarning eng kam va eng ko‘p miqdorlarini belgilab beradi.
(13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-14-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 51-son, 374-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Emissiya risolasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun olinadigan yig‘im
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar emissiya risolasini ro‘yxatdan o‘tkazish chog‘ida emitent emissiya nominal qiymatining 0,1 foizi miqdorida respublika budjetiga yig‘im to‘laydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat korxonalari aksiyadorlar jamiyatlariga aylantirilganida birlamchi emissiya risolasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun yig‘im olinmaydi.
(14-modda O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi 179-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Qimmatli qog‘ozlarni tarqatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emitentlar o‘zi chiqargan qimmatli qog‘ozlarni mustaqil ravishda, komission haq evaziga banklar, investitsiya kompaniyalari, moliya brokerlari orqali sotish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya kompaniyalari emitent bilan kelishib turib qimmatli qog‘ozlarni quyidagi shartlar asosida chiqarishga kafil va tashkilotchi bo‘lishlari mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keyinchalik boshqa investorlarga sotib yuborish maqsadida barcha chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni qayd etilgan bahosida o‘z hisoblaridan sotib olishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning belgilangan muddat davomida chet investorlar o‘rtasida joylashtirolmay qolgan qismlarini o‘z hisoblaridan sotib olishlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya kompaniyalari va moliya brokerlari tarqatolmay qolgan qismlarini sotib olish majburiyatini zimmalariga olmay turib qimmatli qog‘ozlarni emitent nomidan chet investorlarga sotish to‘g‘risida emitent distribyuter shartnomalari tuzishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlarning emitentlari, investorlar, investitsiya institutlari, shuningdek ularning birlashmalari (uyushmalari), fond birjalari (birjalarning fond bo‘limlari), qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish va muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat tomonidan vakolat berilgan organlar va boshqalar) qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilari hisoblanadilar.
(16-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustdagi 281-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 144-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar emitenti — qimmatli qog‘ozlar chiqaruvchi va ular yuzasidan qimmatli qog‘ozlarning egalari oldida o‘z nomidan majburiyatli bo‘lgan yuridik shaxs yoki davlat organidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investor — qimmatli qog‘ozlarni o‘z nomidan va o‘z hisobidan sotib oluvchi jismoniy yoki yuridik shaxsdir. Ajnabiy fuqarolar va yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasidagi qimmatli qog‘ozlar bozorida investorlar sifatida ishtirok etishlari mumkin.
(16-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya muassasasi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq yuzaga keltirilgan yuridik shaxs bo‘lib, u qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq faoliyatini asosiy faoliyati tariqasida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. BOB. FOND BIRJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Fond birjasi tushunchasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fond birjasi — qimmatli qog‘ozlar bir maromda muomalada bo‘lishining zarur shart-sharoitini ta’minlash, ularning bozor bahosini (qimmatli qog‘ozlar talab va taklifi o‘rtasidagi muvozanatni aks ettiruvchi narxlarni) belgilash va ularga doir ma’lumotlarni keragicha tarqatish, qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilarining kasb mahoratini yuqori darajada saqlab borish faoliyatining alohida sohasi bo‘lgan tashkilotdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fond birjasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, birja ustaviga hamda qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq yumushlarni amalga oshirishning ichki qoidalariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Fond birjalarini ro‘yxatga olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fond birjasi (mol-fond birjasining yoki valyuta birjasining fond bo‘limi) O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkaziladi va u qimmatli qog‘ozlarga doir birja faoliyati yuritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasidan litsenziya oladi. Qimmatli qog‘ozlarga doir birja faoliyati yuritish uchun litsenziya olmagan tashkilot bunday faoliyat yuritishga haqli emas.
(18-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-14-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 51-son, 374-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mol-fond birjalari va valyuta birjalarida mustaqil tarkibiy bo‘linma va mustaqil bo‘lmagan tarkibiy bo‘linma sifatida fond bo‘limlari tashkil etilishi mumkin. Fond bo‘limlari o‘z faoliyatlarida fond birjalariga qo‘yiladigan barcha talablarga amal qilishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Fond birjasining muassislari va a’zolari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar muomalasini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnomasi (litsenziyasi) bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar fond birjasi muassislari bo‘lishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birjada brokerlik o‘rnini sotib olgan yuridik shaxslar, shu jumladan, ajnabiy yuridik va jismoniy shaxslar fond birjasining (mol-fond birjasi yoki valyuta birjasi fond bo‘limining) a’zolari bo‘lishlari mumkin. Fond birjasi a’zolarining miqdorini birjaning boshqaruv organlari tartibga solib turadi. Davlat hokimiyati va boshqaruv, prokuratura va sud organlari, ularning mansabdor shaxslari va mutaxassislari fond birjasi a’zolari bo‘lishga haqli emaslar.
(19-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 22-sentabrdagi O‘RQ-7-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 279-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fond birjasi a’zolari qimmatli qog‘ozlar muomalasini amalga oshirish uchun ruxsatnomalarga ega bo‘lgan hamda investitsiya muassasasi maqomini olgan taqdirdagina oldi-sotdiga qo‘yiladi.
(19-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 22-sentabrdagi O‘RQ-7-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 279-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar bozorining mutaxassislari qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi malaka attestatiga ega bo‘lishlari shart. Malaka attestatining amal qilish muddati — uch yil.
(19-modda O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi 179 I-son Qonuniga muvofiq to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Birja amallari qoidalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlarga doir birja amallari qoidalarini birjaning yuqori boshqaruv organi tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoidalarda quyidagilar nazarda tutilmog‘i lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur birjada qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi prinsiplari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja oldi-sotdisi qatnashchilarining tarkibi hamda ularga qo‘yiladigan talablar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja yig‘ilishlari o‘tkaziladigan joy va vaqt to‘g‘risidagi axborot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlarni birja oldi-sotdisiga chiqarish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja bitimlarining tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozlar brokerlarga beradigan topshiriq (buyruq) turlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oldi-sotdini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va rasmiylashtirish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar muomalasini amalga oshirishda foydalaniladigan shartnoma, hisobot, buyurtma va xabarnomalar hamda birjaga oid boshqa hujjatlar namunalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Bitimlar tuzish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fond birjasi birja oldi-sotdisi vaqtida bitimlar tuzish, bitimlarni tekshirib ko‘rish va ular yuzasidan hisob-kitob qilish tartibini mustaqil ravishda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Fond birjalari va fond bo‘limlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bilan kelishib olingan qimmatli qog‘ozlar muomalasi bitimlarini amalga oshirish nizomlari va ichki qoidalari, fond birjasi ustavi (fond bo‘limi to‘g‘risidagi Nizom) asosida ish tutadilar. Fond birjasida amallarni uning a’zolarigina amalga oshira oladilar.
(21-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-14-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 51-son, 374-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Fond birjasining huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fond birjasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya muassasalarining birja a’zoligiga kirishida ularga qo‘yiladigan eng kam majburiy talablarni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja oldi-sotdilarida birja a’zolari vakillarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja yig‘ilishlarini chaqirish va o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspert, malaka va baholash komissiyalari, maslahat va ma’lumotnoma beruvchi shu’balar hamda ularning ishlashi uchun kerakli boshqa muassasalar, shuningdek qimmatli qog‘ozlar muomalasini amalga oshirishdagi nizolarni hal qiladigan komissiyalar ta’sis etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z ustaviga muvofiq birja a’zolari to‘laydigan kirish va joriy badallarni belgilab, undirib olish, bitimlarni ro‘yxatga olganlik, texnik xizmat ko‘rsatganlik uchun, doimiy va bir galgi mijozlardan birjada bo‘lganlik uchun haq belgilab, undirib olish, shuningdek birja ustavini, birja yig‘ilishlari qoidalarini buzganlik, ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imini vaqtida to‘lamaganlik uchun jarima va penyalar undirib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja bukletlari, ma’lumotnomalari, to‘plamlarini chop etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat qiluvchi organlarning qonunga xilof xatti-harakatlari ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Fond birjasi faoliyatini pul bilan ta’minlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fond birjasi faoliyatining pul ta’minoti:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fond birjasi aksiyalari va paylarini sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fond birjasidagi brokerlik o‘rinlarini sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fond birjasi a’zolari muntazam to‘lab boradigan a’zolik badallari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja bitimlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda olinadigan yig‘imlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar muomalasida vositachilik qilishda olinadigan komission haq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja ustavida nazarda tutilgan axborot xizmati va boshqa xil xizmatlar ko‘rsatishdan keladigan daromadlar hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Fond birjasi faoliyatini to‘xtatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fond birjasi faoliyati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassislar umumiy yig‘ilishining qaroriga binoan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud organlarining qarorlari asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda to‘xtatiladi.
(24-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-son Qonuniga muvofiq uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV BOB. YAKUNLOVChI QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Qimmatli qog‘ozlar muomalasi ustidan nazoratni yo‘lga qo‘yish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlarni chiqaruvchi emitentlarning majburiyatlari yuzasidan javobgarlik ularning o‘z zimmasida bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya institutlariga ruxsatnomani (litsenziyani), qimmatli qog‘ozlar bozorining mutaxassislariga malaka attestatini O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi berib, u fond birjasidagi birja faoliyati davomida qonun hujjatlari va birja ustavi talablariga rioya etilishini nazorat qilib borishga vakolatli bo‘lgan hamda birjaning boshqaruv organlari majlislarida (yig‘ilishlarida) va oldi-sotdilarda hozir bo‘lish huquqiga ega o‘z vakilini tayinlaydi. Qonun hujjatlari buzilgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tartibbuzarlarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq sanksiyalar qo‘llashi mumkin.
(25-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-14-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 51-son, 374-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Davlat boshqaruv organi va o‘zga organning g‘ayriqonuniy xatti-harakat va qarorlari ustidan shikoyat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boshqaruv organi va o‘zga organning qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va muomalada yuritishga taalluqli g‘ayriqonuniy xatti-harakat va qarorlari ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Xalqaro shartnomalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Basharti O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlaridagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993-yil 2-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
918-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 325-modda; 1994-y., 11-12-son, 285-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda; 1996-y., 5-6-son, 69-modda; 9-son, 144-modda; 1997-y., 2-son, 56-modda; 1999-y., 9-son, 229-modda; 2003-y., 1-son, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 37-son, 408-modda; 2005-y., 37-38-son, 279-modda; 51-son, 374-modda; 2007-y., 29-30-son, 297-modda)