Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 26.03.2002 yildagi 97-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH VA XUSUSIYLASHTIRISH DASTURLARI AMALGA OSHIRILISHINI, XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISH FAOLLASHTIRILISHINI TA’MINLASHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta’minlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish, korxonalarning investitsiyaga oid jalb etuvchanligini oshirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishning qulay shakllaridan foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 14-martdagi PQ-29-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 10-11-son, 73-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Korxonalarni xususiylashtirish jarayoniga, shu jumladan yakka tartibdagi loyihalar bo‘yicha xususiylashtiriladigan va investorlarga yaxlit sotiladigan korxonalarga xorijiy investitsiyalar jalb etilishini faollashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-apreldagi 185-son qarori — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 7-8-son, 61-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investorlarga sotiladigan korxonalarning texnik diagnostikasini o‘tkazish hamda ularni baholash bo‘yicha moliyaviy maslahatchilarni tanlab olish tartibotini sezilarli darajada soddalashtirish va muddatlarini qisqartirish masalalarini Jahon banki bilan ikki oy muddatda ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir yil mobaynida sotilmagan korxonalar va obyektlarning (yakka tartibda aksiyalashtiriladigan korxonalardan tashqari) aksiyalarini (ulushlari, paylarini), korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha investorlar tomonidan biznes-rejalar taqdim etilgan taqdirda, investorlarning investitsiya majburiyatlari qiymatini obyektning narxiga kiritgan holda tanlov asosida sotish to‘g‘risida belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasining Komplekslari bilan kelishgan holda qarorlar qabul qilsin;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-apreldagi 185-son qarori — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 7-8-son, 61-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonani moliyaviy sog‘lomlashtirish biznes-rejasi va aniq investitsiya majburiyatlari bo‘lgan taqdirda, sotib olish to‘lovi to‘lashni 5 yilgacha bo‘lgan muddatga uzaytirib, davlat mulki keyinchalik investor tomonidan sotib olinishi huquqini bergan holda davlat mulkini tanlov asosida ishonchli boshqaruvga berish amaliyotini joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining tegishli Komplekslari bilan birgalikda maqsadga muvofiq bo‘lganda yirik istiqbolsiz, zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarni ularning mol-mulkini qismlarga bo‘lib sotuvga qo‘yish huquqi bilan, belgilangan tartibda tarkibiy o‘zgartirsin (ularni qayta tashkil etsin).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investorlar o‘z investitsiya majburiyatlarini to‘liq bajarguniga qadar, ularning aksiyalar paketlariga egalik qilish va ulardan foydalanish shartlari va tartibini belgilagan holda, birja va birjadan tashqari bozorlarda davlat aktivlarini sotish masalalarini tartibga soluvchi idoraviy normativ hujjatlarga belgilangan tartibda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish jarayonlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini va Hukumatning qarorlarini xatlovdan o‘tkazsinlar hamda, investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiya majburiyatlari amalga oshirilishining huquqiy ta’minlanishi masalalariga alohida e’tiborni qaratgan holda, ularni to‘ldirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar muassislariga erkin muomaladagi valyutada olingan va chet elga repatriatsiya qilishga mo‘ljallangan dividendlardan O‘zbekistonning fond bozorida korxonalarning aksiyalarini (ulushlari, paylarini) va obyektlarni yaxlit sotib olish uchun foydalanishga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qo‘yilsinki, vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari tomonidan davlat mulki bo‘lgan korxonalarni qayta tashkil etish, qo‘shib yuborish va tugatish O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi organlari bilan albatta kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga* muvofiq qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda tegishli idoraviy normativ hujjatlarga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.Q. Ismoilov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 26-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
97-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 5-6-son, 44-modda, 19-son, 148-modda; 2003-y., 7-8-son, 61-modda, 14-son, 118-modda; 2005-y., 10-11-son, 73-modda; 2006-y., 30-son, 292-modda, 48-50-son, 485-modda; 2016-y., 52-son, 602-modda)