29.07.1992 yildagi 355-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori , 29.07.1992 yildagi 355-son
Kuchga kirish sanasi
29.07.1992
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MULKINI RESPUBLIKA VA MA’MURIY-HUDUDIY TUZILMALARNING MULKIGA (KOMMUNAL MULKKA) BO‘LISH TARTIBINI TASDIQLASH TO‘FRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkiga egalik qilishda, foydalanishda va uni tasarruf etishda respublika va hududiy boshqaruv organlarining vakolatlarini cheklash zarurati munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasining davlat mulkini respublika va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulkiga (kommunal mulkka) bo‘lishning ilova qilinayotgan tartibi tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bir oy muddat ichida korxonalar va tashkilotlarni ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulkiga (kommunal mulkka) berish to‘g‘risida vazirliklar, idoralar, konsernlar va uyushmalar bilan kelishilgan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qo‘mitasiga kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda materiallarni olgandan keyin ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulkiga (kommunal mulkka) tegishli bo‘lgan obyektlarning ro‘yxati bo‘yicha takliflarni tayyorlasin va bir oy muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi o‘rinbosari I. JO‘RABEKOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 29-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
355-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 29-iyuldagi Z55-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining davlat mulkini respublika va ma’muriy-hududiy tuzilmalar mulkiga (kommunal mulkka) bo‘lish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Tartib O‘zbekiston Respublikasining “Mulk to‘g‘risida” hamda “Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining davlat mulkini respublika va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulkiga bo‘lish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasining davlat mulkini respublika va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulkiga bo‘lish mol-mulkni O‘zbekiston Respublikasining balansidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining balansiga bepul o‘tkazish asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasining davlat mulkini respublika va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulkiga bo‘lish to‘g‘risidagi qarorini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining davlat mulkini bo‘lish bo‘yicha materiallarni tayyorlashni va bu ishlarni o‘tkazishni O‘zbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qo‘mitasi amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasining “Mulk to‘g‘risida”gi Qonunining 21-moddasida nazarda tutilgan obyektlar bo‘linmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bo‘lish vaqtida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlari, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari va boshqa ma’muriy-hududiy tuzilmalarning balansida bo‘lgan obyektlar shak-shubhasiz tartibda ularning mulki bo‘lib qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur Tartibning 3, 4-bandlarida ko‘rsatilmagan davlat mulki obyektlari O‘zbekiston Respublikasining davlat mulkida bo‘ladi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulki qilib berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qoraqalpog‘iston Respublikasi mulkiga va viloyatlar, nohiyalar, shaharlar va boshqa ma’muriy-hududiy tuzilmalarning kommunal mulkiga berish taklif qilinayotgan davlat mulki bo‘lgan korxonalar va tashkilotlarning vazirliklar, idoralar, konsernlar va uyushmalar bilan kelishilgan ro‘yxatlarini O‘zbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qo‘mitasiga taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari quyi ma’muriy-hududiy tuzilmalar hokimlarining taqdimnomasi bo‘yicha hamda tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra kommunal mulkka berilishi mo‘ljallangan mol-mulkning ro‘yxatini oldindan tuzadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari taqdim qilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulki qilib berilishi mo‘ljallangan obyektlarning ro‘yxatini ko‘rib chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkining berishga mo‘ljallangan kelishilgan ro‘yxati bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasiga, xalq deputatlari viloyat, nohiya, shahar va boshqa ma’muriy-hududiy tuzilmalarning Kengashlariga mulkdor huquqlarini berish to‘g‘risidagi qarorni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid kelmaydigan Qoraqalpog‘iston Respublikasining “Mulk to‘g‘risida” Qonuniga muvofiq o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka egalik qilishni, undan foydalanishni va uni tasarruf etishni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasining mulkini uning respublika mulkiga hamda o‘z tarkibiga kiruvchi ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulkiga bo‘lish Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan davlat mulki bo‘yicha zarurat bo‘lganda respublika mulkida bo‘lgan mol-mulkning bir qismini O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, nohiyalar va shaharlarning birgalikdagi boshqaruviga berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlari hamda mahalliy Kengashlar zarurat bo‘lganda o‘zlariga tegishli mol-mulkning bir qismini birgalikda boshqarish uchun O‘zbekiston Respublikasiga berishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar, nohiyalar va boshqa ma’muriy-hududiy tuzilmalar o‘rtasida mulkni taqsimlashda obyektlar tarkibi bo‘yicha kelishmovchiliklarni hal qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va uning ma’muriy-hududiy tuzilmalari o‘rtasidagi mulkni taqsimlashda obyektlar tarkibi bo‘yicha kelishmovchiliklarni hal qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasining mulkini respublika mulkiga va uning tarkibiga kiruvchi ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulkiga bo‘lish to‘g‘risidagi g‘ayri qonuniy qabul qilingan hujjatlarni bekor qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi davlat mulkini bo‘lish to‘g‘risidagi mazkur Tartib kuchga kirgunga qadar vazirliklar, idoralar, xalq deputatlari Kengashlari tomonidan qabul qilingan hamda amaldagi qonunchilikka zid bo‘lgan hujjatlar qonuniy (yuridik) kuchga ega emas deb hisoblanadi.