Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.01.2001 15.02.1991 yildagi 229-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.01.2001
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI KORXONALAR TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-sonli “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalarni barpo etishning, ular faoliyatining, ularni qayta tashkil etish va tugatishning umumiy huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslarini belgilab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun foyda (daromad) olishni ko‘zlab ish olib boradigan korxonalarning mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, ularning huquqlari va mas’uliyatini belgilaydi, boshqa korxonalar va tashkilotlar, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari bilan munosabatlarini tartibga solib turadi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Korxona va uning asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Huquqiy shaxs huquqiga ega bo‘lgan, mulkchilik huquqi yoki xo‘jalikni to‘la yuritish huquqi bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradigan va sotadigan yoki mahsulotni ayirboshlaydigan, ishlarni bajaradigan, xizmat ko‘rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha shakllari teng huquqliligi sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq o‘z faoliyatini ro‘yobga chiqaradigan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt korxona hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Korxonaning faoliyati maqsadlarini ro‘yobga chiqarishga o‘z mahsuloti, ishlari va xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantirish hamda ana shu asosda mehnat jamoasi a’zolarining ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlarini hamda korxona mol-mulki egasining manfaatlarini ta’minlash yo‘li bilan erishiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Korxona xo‘jalik faoliyatining har qanday turlarini, agar ular O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlab qo‘yilgan bo‘lmasa va korxona Ustavida ko‘zda tutilgan maqsadlar va vazifalariga muvofiq kelsa, amalga oshirish huquqiga ega.
(1-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Korxonaning turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilab qo‘yilgan mulk shakllariga muvofiq quyidagi turdagi korxonalar ish olib borishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslarning xususiy mulkiga asoslangan korxonalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkat (jamoa) mulkiga asoslangan jamoa, oila, mahalla korxonalari, ishlab chiqarish kooperativlari; xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlariga jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarga qarashli korxonalar hamda jamoa mulkining boshqa shakllariga asoslangan korxonalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkiga asoslangan respublika davlat korxonalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat korxonalari, viloyatlararo, viloyat, tumanlararo, tuman, shahar davlat korxonalari va boshqa turdagi korxonalar;
(2-modda 1-bandining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshlari O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-modda 1-bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aralash mulkka asoslangan davlatlararo va qo‘shma korxonalar hamda mulkchilikning turli shakliga mansub, to‘liq yoki hissabay yo‘sinda ishtirok etishga asoslangan boshqa korxonalar;
(2-modda 1-bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxona ishlovchilar soniga qarab kichik yoki o‘rta korxonalar jumlasiga kiritilishi mumkin, bunday korxonalarni barpo etish va ular faoliyatining o‘ziga xos jihatlari, maqomi, ularni ro‘yxatga olish shartlari, shuningdek korxonalarni bu turga kiritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Qoraqalpog‘iston ASSR Vazirlar Kengashi tomonidan tartibga solinadi.
(2-modda 2-bandining birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida korxonalarning respublika qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan holda tuzilgan boshqa turlari ham ish olib borishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Korxonalarning xo‘jalik uyushmalari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalar ixtiyoriylik asosida faoliyatni muvofiqlashtirish, o‘z huquqlarining himoya qilinishini ta’minlash, tegishli davlat idoralari va boshqa idoralarda, shuningdek xalqaro tashkilotlarda umumiy manfaatlarni ifoda etish maqsadida xo‘jalik uyushmalariga: ittifoqlarga, konsernlarga, konsorsiumlarga hamda tarmoq prinsiplari, hududiy yoki boshqa prinsiplar asosida o‘zga birlashmalarga uyushishlari mumkin. Ko‘rsatib o‘tilgan tarkibiy bo‘linmalarni barpo etish O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonun hujjatlarida belgilangan monopoliyaga qarshi talablar hisobga olingan holda amalga oshiriladi. Ko‘ngilli xo‘jalik uyushmalari davlat ro‘yxatidan o‘tishi kerak va ularning faoliyati ushbu Qonun bilan tartibga solinadi.
(3-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Uyushma, birlashma uni ta’sis etuvchilar tasdiqlaydigan ustav asosida ish olib boradi. Uyushmalar tarkibiga kirgan korxonalar o‘z mustaqilliklarini, huquqiy shaxs huquqlarini saqlab qoladilar va ushbu Qonun ularga nisbatan ham amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Uyushma, birlashma o‘z tarkibiga kiruvchi korxonalar majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi, korxonalar esa, ta’sis shartnomasi (ustavda) o‘zga holat ko‘zda tutilgan bo‘lmasa, uyushma majburiyati yuzasidan javob bermaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Uyushmaga kirgan korxonalar uyushma tarkibidagi korxonalar oldidagi majburiyatlarini tuzilgan shartnomalarga muvofiq saqlab qolgan holda uning tarkibidan chiqishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Assotsiatsiya, birlashma uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning, sud yoki xo‘jalik sudining qaroriga binoan tugatiladi. Uyushma korxonani tugatish uchun belgilab qo‘yilgan tartibda tugatiladi. Uyushma tugatilganidan keyin qolgan mol-mulk uyushmaning ustaviga muvofiq uning qatnashchilari o‘rtasida taqsimlanadi.
(3-moddaning 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Korxona to‘g‘risidagi qonunlar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalarni barpo etish va ularning faoliyati bilan bog‘liq munosabatlar ushbu Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib turiladi.
(4-modda 1-bandining birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasida korxonalarni tashkil etish, ularning faoliyati, ularni qayta tashkil etish va tugatishning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari bilan tartibga solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Faoliyati ishni tashkil etishga va uning xavfsizligiga oshirilgan talablar qo‘yish bilan bog‘liq bo‘lgan, texnologiya jarayonlari uzluksiz davom etadigan, shuningdek boshqaruv vazifalarini markazlashtirish zarurati bilan bog‘liq bo‘lgan korxonalarning ayrim turlari uchun ushbu Qonunni qo‘llash xususiyatlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
(4-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasining, boshqa davlatlar yuridik shaxslari va fuqarolarining to‘liq yoki hissabay mulki bo‘lgan korxonalarni (davlatlararo korxonalar va qo‘shma korxonalarni) barpo etish hamda ular faoliyatining xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va davlatlararo shartnomalar (bitimlar) bilan belgilab qo‘yiladi.
(4-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II BO‘LIM. KORXONANI BARPO ETISh VA UNI RO‘YXATDAN O‘TKAZISh TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Korxonani barpo etishning umumiy shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Korxona mol-mulk egasi (egalari) yoki u (ular) vakil qilgan idora, korxona, tashkilot qaroriga yoki mehnat jamoasining qaroriga muvofiq, yo bo‘lmasa ta’sis etuvchilar guruhi va ayrim ta’sis etuvchi shaxslar qarori bilan ushbu Qonunda hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan tartibda barpo etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Korxona ishlab turgan korxonalar, tashkilotlar tarkibidan bitta yoki bir nechta tarkibiy bo‘linmaning shu bo‘linma (bo‘linmalar) mehnat jamoasi tashabbusi bilan ajralib chiqishi natijasida, agar bunday ajralib chiqish uchun korxona mol-mulki egasining (u vakil qilgan idora, korxona va tashkilotning) roziligi bo‘lsa va korxona ilgari o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarning bajarilishi ta’minlansa, tuzilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Korxonani barpo etish va uning faoliyati uchun yer uchastkasi, boshqa tabiat resurslari talab qilinadigan hollarda ulardan foydalanishga ruxsatnomani davlat hokimiyatining tegishli idorasi, qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollarda esa ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi bo‘lgan taqdirda tabiatdan foydalanuvchi tegishli boshlang‘ich tashkilot tomonidan ham beriladi. Yer uchastkasi va boshqa tabiat resurslarini berish rad etilganida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
(5-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Korxona davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab barpo etilgan deb hisoblanadi va huquqiy shaxs huquqini oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Korxona davlat ro‘yxatidan korxona joylashgan erdagi davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarida, basharti O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida o‘zgacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘tkaziladi. Korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registriga kiritish uchun o‘n kunlik muddat ichida statistika organlariga xabar qilinadi.
(6-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab qo‘yadi.
(6-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Korxonani barpo etishning SSR Ittifoqi, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibi buzilganligi, shuningdek ta’sis hujjatlari qonun talablariga mos kelmasligi sabablariga ko‘ra korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilishi mumkin. Korxonani barpo etish maqsadga muvofiq emasligini vaj qilib, uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar korxona belgilangan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lmasa yoki ta’sis etuvchi korxonani ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilganligi sabablarini asossiz deb hisoblasa, u sudga murojaat qilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud korxonani ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilganligini asossiz deb topsa, bu hol davlat hokimiyatining korxonani ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etgan idorasini moddiy javobgarlikka tortishga (sud chiqimlaridan tashqari) sabab bo‘ladi. Moddiy javobgarlikning miqdori xo‘jalik sudi tomonidan belgilanadi va qonunda belgilab qo‘yilgan tartibda undirib olinadi.
(6-modda 3-bandining uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun undan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yiladigan miqdorda haq olinadi. Olingan mablag‘ davlat hokimiyatining korxona ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi idorasi budjeti hisobiga o‘tkaziladi.
(6-moddaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat korxonalarini qayta tuzish natijasida tashkil etilgan ochiq tipdagi aksiyadorlik jamiyatlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ro‘yxatga olish yig‘imlari va boshqa to‘lovlar undirilmaydi.
(6-moddaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuniga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Korxona yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan shu’ba korxonalar barpo etish va bu korxonalarning ustavlarini tasdiqlash huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxona, shuningdek joriy va hisob-kitob schyotlari ochish huquqiga ega bo‘lgan shu’balar, vakolatxonalar, bo‘limlar va boshqa alohida bo‘linmalar barpo etish hamda ular to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bunday korxonalar va bo‘linmalarni joylashtirish masalasi davlat hokimiyatining tegishli mahalliy idoralari bilan amaldagi qonunlarda belgilangan tartibda kelishib olinadi.
(7-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Faoliyat turlariga litsenziya olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Litsenziya olinishi kerak bo‘lgan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun korxona zarur litsenziyani olishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Korxonaning litsenziya olinishi kerak bo‘lgan faoliyatiga ruxsat berish va bunday ruxsatni haqiqiy emas deb topish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
(8-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Korxona ustavi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Korxona ustav asosida ish olib boradi. Ustavni korxonani ta’sis etuvchi (ta’sis etuvchilar) tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Korxona ustavida quyidagilar belgilab qo‘yiladi: korxonaning nomi, uning qayerda joylashganligi (pochta manzili), faoliyat turi va maqsadlari, uning boshqaruv va nazorat organlari, ularning vakolati, korxona mol-mulkini tashkil etish va foydani (daromadni) taqsimlash tartibi, korxonani qaytadan tashkil etish va uning faoliyatini to‘xtatish shartlari.
(9-modda 2-bandining birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ustavga korxona faoliyatining xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan o‘zga qoidalar ham kiritilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalarning ustav bilan boshqarilmaydigan barcha munosabatlari ushbu Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib turiladi.
(9-modda 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III BO‘LIM. KORXONA MOL-MULKINING EGASI
(III-bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Korxona mol-mulkining egasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Korxona mol-mulkining egasi (egalari) o‘ziga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mol-mulkning egasi (egalari) o‘z mol-mulkiga nisbatan Qonunga zid bo‘lmagan har qanday harakatlarni qilishga haqli. Ular mol-mulkidan qonunda taqiqlab qo‘yilmagan har qanday xo‘jalik faoliyatini yoki o‘zga faoliyatni amalga oshirish uchun foydalanishi mumkin. Davlat korxona egasining mulkiy huquqlari himoya qilinishiga kafolat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Korxona mol-mulkining egasi (egalari) o‘zining (o‘zlarining) mulkchilik huquqini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan shartlar asosida va shu shartlar doirasida O‘zbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan ularning mehnatidan foydalanish to‘g‘risida shartnomalar tuzishga haqlidir.
(10-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Mol-mulkni tashkil etish va undan foydalanish shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Asosiy fondlar va oborot mablag‘lari, shuningdek qiymati korxonaning mustaqil balansida aks etadigan boshqa boyliklar korxona mulkini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va korxona ustaviga muvofiq korxonaning mol-mulki mulkchilik huquqi yoki to‘la xo‘jalik yuritish huquqi asosida unga tegishli bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar korxona mol-mulkini tashkil etuvchi manbalardir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’sis etuvchilarning pul va moddiy badallari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot, ishlar, xizmatlarni realizatsiya qilishdan, shuningdek xo‘jalik faoliyatining boshqa turlaridan olingan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlardan olinadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank va boshqa qarz beruvchilarning kreditlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kapital mablag‘ va budjetdan dotatsiyalar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlar, korxonalar va jismoniy shaxslarning tekinga va xayriya maqsadlarida bergan badallari, ionalari, shuningdek meros tariqasida, ayirboshlash va sovg‘a qilish yo‘li bilan oladigan daromadlari;
(11-modda 3-bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan o‘zga manbalar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Korxona mol-mulkining egasi (egalari) yoki u (ular) vakolat bergan idoralar o‘ziga qarashli mol-mulkni boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga sotish hamda topshirish, ayirboshlash, ijaraga berish, vaqtincha foydalanish uchun bepul berish yoki qarzga berishga, shuningdek, agar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida va korxona ustavida o‘zga hollar ko‘zda tutilgan bo‘lmasa, ularni balans hisobidan chiqarishga haqlidir.
(11-moddaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Korxona mol-mulkining egasi (egalari) yoki u (ular) vakolat bergan idoralar, basharti qonun hujjatlarida va ustavda o‘zga qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, ishlab chiqarish vositalari va boshqa moddiy boyliklarni sotish, bepul topshirish, ijaraga berishga haqlidir, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolarning mulki bo‘la olmaydigan yoki ular foydalana olmaydigan ishlab chiqarish vositalari va o‘zga moddiy boyliklar bundan mustasno.
(11-moddaning 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Tabiat resurslariga egalik qilish va ulardan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Korxona belgilangan tartibda haq evaziga yer va boshqa tabiat resurslariga egalik qiladi va ulardan foydalanadi, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Korxona o‘z ishlab chiqarishining tabiiy muhitga salbiy ta’sirini kamaytirishga va bu ta’sirning o‘rnini qoplashga qaratilgan tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini o‘z vaqtida amalga oshirishi shart. Bunday tadbirlar o‘z mablag‘lari yoki o‘zga manbalar hisobidan pul bilan ta’minlanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-modda 2-bandining ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Korxonaning yuridik va jismoniy shaxslar mablag‘larini jalb etishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Korxona ishlab chiqarishni kengaytirish va takomillashtirish, mehnat jamoasini ijtimoiy rivojlantirish maqsadlarida qimmatli qog‘ozlar chiqarish hamda sotish yo‘li bilan yuridik va jismoniy shaxslarning qo‘shimcha pul mablag‘larini jalb etish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Korxonaning qimmatli qog‘ozlar chiqarish va sotish tartibini, ularning turlari hamda bunday qimmatli qog‘oz egalarining huquqlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlari belgilaydi.
(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuning 13 va 33-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Korxona mulkiy huquqlarining kafolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat korxonaning mulkiy huquqlari himoya qilinishiga kafolat beradi. Davlatning korxonaga qarashli asosiy fondlarni, oborot mablag‘larni va boshqa mol-mulkni tortib olishiga yo‘l qo‘yilmaydi, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasnodir.
(14-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik va jismoniy shaxslar, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari tomonidan korxonaning mulkiy huquqlarini buzish natijasida unga yetkazilgan zarar sud yoki xo‘jalik sudi qaroriga ko‘ra korxonaga to‘lanadi.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV BO‘LIM. KORXONANI BOShQARISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Korxonani boshqarishni tashkil etishning umumiy qoidalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Korxona o‘z ustaviga muvofiq boshqariladi. Korxona boshqaruv strukturasi, shakli va uslublarini mustaqil aniqlaydi, shtatlarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkdor yoki xo‘jalikni to‘la yuritish huquqi subyekti korxonani bevosita yoki o‘zi vakolat bergan idoralar orqali boshqaradi. Mulkdor yoki xo‘jalikni to‘la yuritish huquqi subyekti yoxud u vakolat bergan idoralar ana shu huquqlarni korxona kengashiga (idorasiga) yo bo‘lmasa korxona ustavida ko‘zda tutilgan hamda mulkdor va mehnat jamoasi manfaatlarini ifoda etadigan boshqa idoraga topshirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Korxona rahbarini yollash (tayinlash, saylash) va bo‘shatish korxona mol-mulki egasining huquqi bo‘lib, bu huquqni u bevosita, shuningdek o‘zi vakolat bergan idoralar orqali yoki korxonani boshqarish huquqi berilgan korxona kengashi, boshqaruvi yoxud boshqa idoralar orqali amalga oshiradi.
(15-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Korxonaning rahbari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Korxona rahbari lavozimiga yollash (tayinlash, saylash) chog‘ida nomzod shaxs bilan bitim (shartnoma, kelishuv) tuziladi, unda korxona rahbarining huquqlari, vazifalari va mas’uliyati, uning moddiy ta’minoti hamda egallab turgan lavozimidan bo‘shatish shartlari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarida ko‘zda tutilgan kafolatlarni hisobga olgan holda belgilab qo‘yiladi.
(16-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Korxona rahbari korxona faoliyati bilan bog‘liq masalalarni mustaqil hal qiladi, ushbu Qonunda mehnat jamoasi va korxona kengashi umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi)ning mutlaq vakolatiga topshirilgan masalalar bundan mustasno, korxona nomidan ishonch qog‘ozisiz ish olib boradi, respublikadagi va boshqa davlatlardagi barcha korxonalarda, firmalar va tashkilotlarda shu korxona manfaatlarini himoya qiladi, korxona mol-mulkini tasarruf etadi, shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalarini tuzadi, ishonch qog‘ozlari beradi, banklarda hisob raqamlari va boshqa raqamlar ochadi, mablag‘larni tasarruf etish huquqidan foydalanadi, ma’muriyatning ijroiya apparati shtatlarini tasdiqlaydi, korxonaning barcha xodimlari uchun majburiy buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi.
(16-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Korxona rahbari o‘z o‘rinbosarlarini, boshqaruv apparati rahbarlarini va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarini mustaqil tayinlaydi va ishdan ozod qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Korxona rahbari shartnomada yoki O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarida ko‘zda tutilgan asoslarga muvofiq shartnoma muddati tugamay turib, egallab turgan lavozimidan bo‘shatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Korxona kengashi (boshqaruvi)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Korxona kengashi (boshqaruvi) mulkdor korxonani boshqarish sohasidagi o‘z vakolatlarini kengashga topshirgan taqdirda tuziladi.
(17-modda 1-bandining birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxona kengashi (boshqaruvi)da, korxona ustavida o‘zga hollar ko‘zda tutilgan bo‘lmasa, korxona mol-mulkining egasi yoki xo‘jalikni to‘la yuritish huquqi subyekti tomonidan tayinlanadigan va shu korxona mehnat jamoasi tomonidan saylab qo‘yiladigan vakillar soni baravar bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Korxona kengashi (boshqaruvi)ning huquq va burchlari korxona mol-mulkining egasi yoki u vakolat bergan idoralar tasdiqlaydigan Kengash (boshqaruv) to‘g‘risidagi nizom bilan belgilab qo‘yiladi.
(17-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V BO‘LIM. KORXONA XO‘JALIK FAOLIYATINING ASOSLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Korxona oladigan foyda (daromad)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Hamma turdagi korxonalarda xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalarini umumlashtiruvchi asosiy ko‘rsatkich foydadir (daromaddir).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Soliqlarni va budjetga boshqa to‘lovlarni to‘lashdan keyin korxonada qolgan foyda (daromad) (sof foyda) to‘la-to‘kis uning tasarrufiga o‘tadi va qonunlarda nazarda tutilganidan bo‘lak hollarda tortib olinmaydi. Korxona, agar ustavda o‘zga hol ko‘zda tutilgan bo‘lmasa, sof foydani (daromadni) qaysi sohalarga ishlatishni mustaqil belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qonun hujjatlarida yoki korxona ustavida ko‘zda tutilgan hollarda sof foydaning bir qismi korxona mehnat jamoasi a’zolariga mulk qilib topshiriladi.
(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Korxona xodimining mehnat daromadlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Korxona turidan qat’i nazar, har bir xodimning mehnat daromadlari korxona ishining pirovard natijalari hisobga olinib, xodimning mehnatga qo‘shgan shaxsiy ulushi bilan belgilanadi, soliqlar bilan tartibga solinadi va eng ko‘p miqdori cheklab qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Barcha turdagi korxonalar xodimlari mehnat haqining eng kam miqdori O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilab qo‘yiladi.
(19-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mehnatga haq to‘lashning shakllari, sistemalari va miqdorini, shuningdek xodimlar daromadlarining boshqa turlarini korxona mustaqil belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Korxona faoliyatini rejalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Korxona o‘z faoliyatini mustaqil rejalashtiradi va xomashyo resurslari va materiallarning mavjudligini hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga, bajarilayotgan ishga, ko‘rsatilayotgan xizmatga bo‘lgan talablarni hisobga olib, taraqqiyot istiqbollarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Korxona davlat ehtiyojlari uchun shartnoma asosida ishlar bajaradi, mahsulot sotadi va xizmat ko‘rsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Korxonaning boshqa korxonalar, tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar bilan xo‘jalik munosabatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xo‘jalik faoliyatining barcha sohalarida korxonaning boshqa korxonalar, tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlari shartnoma negiziga quriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Korxonalar nima haqda shartnoma tuzishni tanlashda, majburiyatlarni, o‘zaro xo‘jalik munosabatlarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid bo‘lmagan boshqa har qanday shartlarni aniqlashda erkindir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Korxona o‘z mahsuloti va mol-mulkini, basharti O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid bo‘lmasa, o‘z xohishiga ko‘ra sotadi, shuningdek o‘z xohishi bilan xizmatlar ko‘rsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Korxona iste’molchining manfaatlarini hamda uning mahsulot, ishlar va xizmatlar sifatiga qo‘yadigan talablarini hisobga oladi. Iste’molchining manfaatlari va huquqlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan himoya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin realizatsiya qilish taqiqlab yoki cheklab qo‘yilgan mahsulotlar, ishlar, xizmatlar turlarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilab qo‘yiladi.
(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonunning 19, 20 va 33-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Ulgurji savdo, ishlab chiqarishni ta’minlash va mahsulotni sotish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Korxona bozor talablarini, ehtimol tutilgan sheriklarning imkoniyatlarini o‘rganish, narx-navoning o‘zgarishi to‘g‘risidagi axborot asosida o‘z ishlab chiqarishining ta’minotini, bozorlarda (tovarlar, xizmatlar, moliya bozorlarida) monopoliyaga qarshi qonunlarning talablarini nazarda tutgan holda bevosita yoki vositachi orqali oldi-sotdini, mahsulot sotishni va o‘z ishlab chiqarishining ta’minotini mustaqil amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bozorga o‘tish davrida davlat ehtiyojlari uchun ishlarni bajarayotgan va mahsulot yetkazib berayotgan korxonalarni davlat shu ishlarni bajarish va mahsulotni yetkazib borish uchun moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Narx-navo va narx belgilash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxona o‘z mahsulotini, ishlarini, xizmatlarini, ishlab chiqarish chiqitlarini mustaqil yoki shartnoma asosida belgilanadigan narxlar va tariflarda sotadi. Korxona bozorda yakkahokimlik mavqeyini egallagan hollarda davlat fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilish maqsadlarida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq narxlarni tartibga soladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Moliya va kredit munosabatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Foyda (daromad), amortizatsiya ajratmalari, qimmatli qog‘ozlarni sotishdan tushgan pul, mehnat jamoasi a’zolarining, korxonalar, tashkilotlar, fuqarolarning pay va o‘zga badallari, shuningdek, boshqa tushumlar korxona moliyaviy resurslarini tashkil etuvchi manbalardir.
(24-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Korxona tijorat shartnomasi asosida bank kreditidan, boshqa korxonalarning kreditlaridan foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Korxonalar o‘z hisob-kitob va kassa xizmati uchun banklarni mustaqil ravishda tanlaydi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bitta yoki bir nechta bankda milliy va chet el valyutalarida talab qilib olguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlar ochishga haqli.
(24-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Budjetga va budjetdan tashqari fondlarga to‘lovlar, ish haqi berish, mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan barcha talablarni hamda ularga tenglashtirilgan to‘lovlarni qondirish, shuningdek bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlarga pul mablag‘larini hisobdan chiqarish fuqarolik qonun hujjatlari bo‘yicha hisob-kitoblarning qolgan turlari korxona tomonidan kalendar tartibda amalga oshiriladi.
(24-moddaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 621-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Korxona xaridor (iste’molchi) ga qarzga olingan mablag‘ uchun foyda to‘lash tartibida qarzga mahsulot yetkazib berishi, ishni bajarishi va xizmat ko‘rsatishi mumkin. Bunday savdo bitimlarini rasmiylashtirish uchun korxona xo‘jalik oborotida vekselni qo‘llashi mumkin. Korxona foiz to‘lash sharti bilan boshqa korxonalarga yoki banklarga kredit berishi mumkin.
(24-moddaning 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Korxona kredit shartnomalari va hisob-kitob intizomiga rioya etilishi uchun to‘la javobgardir. Hisob-kitob qilish yuzasidan o‘z majburiyatlarini muntazam bajarmaydigan korxona bank tomonidan to‘lovga qobiliyatsiz deb e’lon qilinishi mumkin. Bunday korxonalarga ta’sir o‘tkazish choralari va ularni qo‘llash tartibi banklar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Kapital qurilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Korxona O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, respublika Hukumati ayrim hudud zonalari bo‘yicha belgilaydigan har xil ishlab chiqarish turlarini joylashtirish haqidagi normativ talablarga, qurilish normalari va qoidalariga, kvotalar va litsenziyalarga rioya etgan holda respublika hududida qurilish joyini tanlab olishda erkindir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Korxona qurilish olib borish uchun har qanday sheriklarni tanlab olishda, pudratchi tashkilotlar konkursini tashkil etishda erkindir, zarur hollarda tegishli qonunlarga, tasdiqlab qo‘yilgan qurilish normalari va qoidalariga amal qilib, qidiruv ishlarini olib boradi, qurilish-montaj ishlarini loyihalash va bajarishni o‘zi amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Hamma hollarda qurilish loyihasi viloyat yoki respublika ekspert idoralari darajasida davlat ekspertizasidan o‘tkazilib, puxtaligi, chidamliligi, rasman tasdiqlangan xavfsizlik qoidalariga, mehnatni va atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya etilganligi baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Korxonaning tashqi iqtisodiy faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Korxona O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatni mustaqil ravishda amalga oshirish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Olingan valyuta korxonaning valyuta balansi hisobiga o‘tkaziladi va undan korxona mustaqil foydalanadi. Korxonaning valyuta tushumidan mazkur korxona o‘z valyuta mablag‘i hisobidan qilgan bevosita valyuta xarajatlari chegirib tashlanganidan so‘ng respublika budjetlariga va mahalliy budjetga valyuta ajratmalari o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika budjetlariga va mahalliy budjetlarga ajratmalar miqdori O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan tartibga solinadi. Korxonaning valyuta mablag‘ini qonunlarda nazarda tutilganidan bo‘lak hollarda o‘zga yo‘l bilan tortib olish taqiqlanadi.
(26-modda 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonunining 19, 22 va 36-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI BO‘LIM. KORXONANING IJTIMOIY KAFOLATLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Korxonaning ijtimoiy faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ijtimoiy taraqqiyot masalalari, shu jumladan mehnat sharoitlarini yaxshilash va ish vaqtining uzunligi masalalari, mehnat jamoasi a’zolari va ular oilalarining dam olish, turmush sharoitlarini va sihat-salomatligini yaxshilash masalalari, korxonaning iste’mol fondi hisobidan amalga oshiriladigan majburiy tibbiy sug‘urta kafolatlari masalalari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq mehnat jamoasi tomonidan korxonalar ma’muriyati ishtirokida hal qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxona amaldagi qonunlarda belgilab qo‘yilgan tartibda va miqdorda O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya fondiga hamda aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish fondiga pul o‘tkazishi shart.
(27-moddaning 1-bandi ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi 421-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 126-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Korxona bu erda ishlovchi barcha xodimlar uchun xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlashga majbur bo‘lib, ularning salomatligiga va mehnat qobiliyatiga yetkazilgan zarar uchun qonunlarda belgilab qo‘yilgan tartibda javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Pensiyaga chiqqunga qadar korxonada mehnat qilgan pensionerlar tibbiy xizmat, uy-joy bilan ta’minlanish, sog‘lomlashtirish va profilaktika muassasalariga yo‘llanmalar olish borasida korxonadagi mavjud imkoniyatlardan, shuningdek jamoaning umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi) qaroriga muvofiq boshqa ijtimoiy xizmatlar va imtiyozlardan uning xodimlari bilan baravar foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Korxona xotin-qizlarining mehnat va turmush sharoitini muntazam yaxshilashga, yosh bolali ayollarni ish kuni qisqartirilgan asosan kunduzgi ish bilan ta’minlashga, homilador ayollarni mehnat sharoiti zararsiz yengilroq ishga o‘tkazishga, shuningdek, ayollarga qonunlarda ko‘zda tutilgan boshqa imtiyozlarni berishga majburdir. Mehnat sharoiti zararli bo‘lgan korxona mehnat jamoasining roziligi bilan xotin-qizlarga yengilroq ish berish uchun sexlar, uchastkalar barpo etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Korxona mehnat jamoasiga xizmat qiladigan va uning tarkibiga kirmaydigan tibbiy muassasalar xodimlarini, bolalar, madaniy-ma’rifiy, sog‘lomlashtirish, o‘quv va sport muassasalari, umumiy ovqatlanish tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning xodimlarini moddiy rag‘batlantirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Fuqarolarning, xalq deputatlarining korxonaga iltimoslari va murojaatlariga doir masalalarni ko‘rib chiqish va hal etish faqat korxona ma’muriyatining vazifasi bo‘lib, bu ish fuqarolarning o‘z zimmasiga yuklab qo‘yilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Korxonaning mehnat jamoasi, uning vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘z mehnati bilan korxona faoliyatida mehnat shartnomasi (bitimi, kelishuvi), shuningdek xodimning korxona bilan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi boshqa shakllar asosida qatnashuvchi barcha fuqarolar shu korxonaning mehnat jamoasini tashkil etadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mehnat jamoasining vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, korxonani barpo etish to‘g‘risidagi ta’sis hujjatlari, korxona ustavi, korxona ma’muriyati (mol-mulki egasi) bilan mehnat jamoasi o‘rtasida tuzilgan shartnomalar bilan belgilab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxona mehnat jamoasi vakolatlarini amalga oshirishning asosiy shakli umumiy yig‘ilish (konferensiya)dir.
(28-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Korxona mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona mol-mulkini sotib olish bilan bog‘liq masalalarni hal qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona ma’muriyati bilan jamoa shartnomasi (bitimi) tuzish zarurligi to‘g‘risidagi masalani hal qiladi, bunday shartnoma (bitim) loyihasini ko‘rib chiqadi va uni mehnat jamoasi nomidan imzolash uchun kasaba uyushmasi qo‘mitasiga yoki boshqa organlarga vakolat beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona kengashiga (boshqaruviga) vakillar saylaydi (ularni chaqirib oladi), ularning faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni tinglaydi;
(29-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z xodimlari uchun qo‘shimcha ta’tillar, qisqartirilgan ish kuni va ishlab topilgan hamda iste’molga sarflanadigan mablag‘lar doirasida boshqa ijtimoiy imtiyozlar belgilaydi.
(29-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Jamoa shartnomasi (bitimi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoa shartnomasi (bitimi) hamma turdagi korxonalarda tuzilishi mumkin va u O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga zid bo‘lmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonadagi ishlab chiqarish va mehnat munosabatlari, mehnatni muhofaza qilish, jamoaning ijtimoiy taraqqiyoti va jamoa a’zolarining salomatligi masalalari jamoa shartnomasi (bitimi) bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoa shartnomasi (bitimi) tuzish yoki uni bajarish chog‘ida kelishmovchilik chiqqan taqdirda bu kelishmovchilik O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII BO‘LIM. KORXONA VA DAVLAT
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda. Korxonalar huquqlari va manfaatlarining kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat korxona huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishiga kafolat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxona xo‘jalik faoliyatini va o‘zga faoliyatni amalga oshirish chog‘ida o‘z tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga zid kelmaydigan har qanday qarorlarni qabul qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonaning xo‘jalik faoliyati va o‘zga faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan hollardan tashqari davlat, jamoat va kooperativ idoralarining aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Respublika va mahalliy davlat, jamoat hamda kooperativ idoralari va ularning mansabdor shaxslari korxonaga daxldor qarorlar qabul qilish chog‘ida va o‘zlarining shu korxona bilan munosabatlarida ushbu Qonunning qoidalariga rioya etilishi uchun javobgardirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat idoralari va o‘zga idoralar va mansabdor shaxslar o‘zlarining qonunlarda belgilab qo‘yilgan vakolatlariga muvofiq tarzdagina korxonaga ko‘rsatma berishlari mumkin. Davlat idoralari yoki o‘zga idoralar o‘z vakolatlariga yoki qonun talablariga mos kelmaydigan hujjatni qabul qilgan taqdirda korxona bunday hujjatni haqiqiy emas, deb e’tirof etish to‘g‘risida ariza bilan sud yoki xo‘jalik sudiga murojaat qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxona huquqni buzgan davlat idorasi yoki o‘zga idora yoxud ularning mansabdor shaxslari ko‘rsatmalarini bajarish natijasida, shuningdek bunday idoralar yoki ularning mansabdor shaxslari korxonaga nisbatan qonunda ko‘zda tutilgan burchlarini tegishlicha amalga oshirmaganliklari oqibatida korxonaga yetkazilgan zarar ana shu idoralar tomonidan to‘lanishi kerak. Zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi nizolarni xo‘jalik sudi o‘z vakolatlariga muvofiq holda hal qiladi.
(31-modda 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda. Korxona xo‘jalik faoliyatining huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat korxonalarga, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, xo‘jalik yuritishning teng huquqiy va iqtisodiy sharoitlarini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat bozorni rivojlantirishga ko‘maklashadi, monopoliyaga qarshi tadbirlarni amalga oshiradi, barcha mehnatkashlarning ijtimoiy kafolatlarini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqobatchining obro‘sini tushirishga qaratilgan xatti-harakatlarga, ishlab chiqarish kvotalari, sotish va ta’minot bozorlarini bo‘lib olish, erkin raqobatni cheklash maqsadida korxonalar o‘rtasida monopol narx-navoni ushlab turish haqidagi har qanday til biriktirishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Aks holda korxona monopoliyaga qarshi qonunlarga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat qonun asosida, huquqni himoya qiluvchi va moliya organlari orqali raqobat qilish erkinligini ta’minlaydi, iste’molchilarni ularning huquqlari kamsitilishidan, xo‘jalik faoliyatining har qanday sohasida monopolizm ko‘rinishlaridan muhofaza qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Korxona xo‘jalik oborotiga kiritayotgan buyumlar firma belgisini yoki buyumning ramzini, buyumni ta’riflaydigan boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda markirovka qilinishi shart. O‘zga firma va tovar belgilarini, shuningdek, bir ishlab chiqaruvchining buyumlarini boshqa ishlab chiqaruvchilarning buyumlari bilan chalkashtirib yuborishga (o‘xshatishga) imkon beradigan har qanday ma’lumotlarni o‘zlashtirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu masalalarda chiqqan nizolar sud tartibida hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda. Hisob va hisobot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Korxona o‘z ishi natijalarining operativ va buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistika hisoboti olib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat statistika hisobotining shakllarini davlat statistika idoralari, bunday hisobotlarni taqdim etish tartibini esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
(33-modda 1-bandining ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Korxonaning mansabdor shaxslari davlat hisobotini buzib ko‘rsatganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yilgan intizomiy, ma’muriy, moddiy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
(33-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-modda. Korxonaning tijorat siri
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Korxonaning tijorat siri deganda korxonaning ishlab chiqarishi, texnologiya axboroti, boshqaruvi, rejalashtirishi, moliyasi va boshqa faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan hamda e’lon qilish (topshirish, ochilib qolishi) uning manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan davlat siri bo‘lmagan ma’lumotlar tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tijorat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar tarkibi va hajmi, ularni himoya qilish tartibi korxona rahbari tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxona faoliyatining turlarini (agar ular haqidagi ma’lumot tijorat siri bo‘la olmasa) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi korxonalar atrof-muhitni ifloslantirayotganligi yoki jamiyatga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan boshqa salbiy faoliyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yashirishning oldini olish maqsadida belgilab qo‘yadi.
(34-modda 2-bandining ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonunining 34 va 35-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Korxonaning tijorat siri bo‘lgan ma’lumotlarni e’lon qilganlik, bunday ma’lumotlarni saqlash tartibini buzganlik uchun javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-modda. Korxonaning mas’uliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Shartnoma majburiyatlarini, kredit hisob-kitob va soliq intizomini, mahsulot sifatiga qo‘yiladigan talablarni, xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishning boshqa qoidalarini buzganlik uchun korxona O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilganidek to‘la mulkiy javobgar bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Korxona yer va boshqa tabiat resurslaridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza etish talablariga amal qilmaslik, uni ifloslantirish va boshqa zararli ta’sirlar oqibatida ishlab chiqarish xavfsizligi qoidalari, sanitariya-gigiyena normalarini hamda korxona xodimlarini, aholining va mahsulot iste’mol qiluvchilarning salomatligini himoya qilish talablarini buzganlik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan miqdorda jarima to‘lashi shart.
(35-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiatdan foydalanish rejimini buzayotgan korxona faoliyati yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tugatilguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan tartibda to‘xtatib qo‘yilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-modda. Korxona faoliyatini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati korxona mol-mulki egasining tashabbusiga binoan taftish qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Korxonalar faoliyatini rejali tarzda tekshirishlar O‘zbekiston Respublikasi Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashining qaroriga binoan soliq va boshqa nazorat qiluvchi organlar tomonidan yiliga ko‘pi bilan bir marta amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida hamda to‘la hajmda to‘lovchi, boshqa norma va qoidalarga rioya qiluvchi, auditorlarning har yilgi tegishli xulosalariga ega bo‘lgan korxonalar faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan, qoida tariqasida, ikki yilda ko‘pi bilan bir marta amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalar faoliyatini tekshirishdan o‘tkazish muddatlari o‘ttiz kalendar kunidan oshmasligi lozim. Alohida hollarda Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashining qaroriga binoan bu muddat uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kichik va o‘rta biznes korxonalarining, O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi a’zolarining faoliyatini tekshirishlar Palata yuridik xizmatlari va hududiy tuzilmalarining majburiy ishtirokida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Korxonalarni ularning xo‘jalik faoliyatini taftish qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda tekshirishlar Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika Kengashi tasdiqlagan rejalar asosida tegishli nazorat qiluvchi (yong‘inga qarshi, sanitariya, veterinariya, energetika nazorati va boshqa) organlar tomonidan, qoida tariqasida; bir yo‘la o‘tkaziladigan kompleks tekshiruv davomida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Auditorlik tekshirishlarini o‘tkazish xarajatlari shu tekshirishlarni tayinlagan tashkilotlar hisobidan qoplanadi”.
(36-modda O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-modda. Korxonaning davlat hokimiyati mahalliy idoralari bilan munosabatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Korxonaning davlat boshqaruvi idoralari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish idoralari bilan o‘zaro munosabatlari ushbu Qonunga hamda ana shu idoralarining vakolatlarini belgilab beruvchi O‘zbekiston Respublikasi boshqa qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Korxona davlat hokimiyati mahalliy idorasining hududni kompleks iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiradigan ishlarda ixtiyoriy ravishda shartnoma asosida qatnashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxona davlat hokimiyati mahalliy idorasining yoki boshqa vakolatli davlat idoralarining qarori bilan shu idoralar mablag‘lari hisobidan mehnat qobiliyati cheklangan shaxslar uchun maxsus ish joylarini barpo etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat hokimiyatining mahalliy idoralari korxonaga qarashli uy-joy va ishlab chiqarish maydonini ayrim obyektlarini tortib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(37-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII BO‘LIM. KORXONANI TUGATISh VA QAYTA TAShKIL ETISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38-modda. Korxonani tugatish va qayta tashkil etish shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Korxonani tugatish va qayta tashkil etish (birlashtirish, qo‘shish, bo‘lib yuborish, ajratish, qaytadan tuzish), korxona mol-mulki egasining yoki shunday korxonalarni tuzishga vakolatli bo‘lgan idoralar qaroriga binoan yoxud sud yoki xo‘jalik sudining qaroriga binoan amalga oshiriladi. Singan korxonalarni tugatish O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan tartibga solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxona olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonasi esa — uch oy mobaynida) bank hisobvaraqlari bo‘yicha pul operatsiyalarini o‘tkazish bilan bog‘liq moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan, dehqon va fermer xo‘jaliklari bundan mustasno, va (yoki) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran bir yil ichida o‘z ustav fondini ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirmagan taqdirda, qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, belgilangan tartibda tugatilishi lozim. Shu bilan birga o‘z ustav fondini belgilangan muddatda ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantira olmagan korxona uni amalda shakllantirib ulgurgan, ammo qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lmagan darajada kamaytirishi yoki o‘zi boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga aylantirilishi mumkin.
(38-modda 1-bandining ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Korxonani qayta tashkil etish va tugatish chog‘ida ishdan bo‘shatilayotgan xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ularning huquqlari va manfaatlariga rioya etilishiga kafolat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Korxona davlat ro‘yxati reyestridan chiqarib yuborilgan paytdan boshlab qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Korxona boshqa korxona bilan qo‘shilgan taqdirda mazkur korxonalarning har biriga taalluqli barcha mulkiy huquqlar va majburiyatlar qo‘shilish natijasida vujudga kelgan korxonaga o‘tadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir korxonaning boshqa bir korxonaga qo‘shilishi chog‘ida uning barcha mulkiy huquqlari va majburiyatlari qo‘shib olgan korxonaga o‘tadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Korxona bo‘lib yuborilgan taqdirda qaytadan tashkil etilgan korxonaning mulkiy huquqlari va majburiyatlari ana shu bo‘lib yuborish natijasida vujudga kelgan yangi korxonalarga bo‘lib yuborish hujjatlari (balansi)ga muvofiq tegishli qismlarda o‘tadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonadan bitta yoki bir nechta yangi korxonani ajratib chiqarish chog‘ida qaytadan tashkil etilgan korxonaning mulkiy huquqlari va majburiyatlari bo‘lib yuborish hujjati (balansi)ga muvofiq tegishli qismlarda ularning har biriga o‘tadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bir korxonani boshqa korxona qilib o‘zgartirish chog‘ida avvalgi korxonaning barcha mulkiy huquqlari va majburiyatlari qaytadan tashkil etilgan korxonaga o‘tadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39-modda. Tugatish komissiyasi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Korxonani tugatish mol-mulk egasi yoki shu mol-mulkni boshqarishga vakil qilingan organ tuzgan tugatish komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi, bankrotlik hollari bundan mustasno. Xo‘jalik sudi xo‘jalik yuritish subyektining bankrot bo‘lganligi to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilgan taqdirda, tugatish komissiyasini tuzish hamda uning ishlash tartibi “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadi.
(39-modda 1-bandining birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonani tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan korxona mol-mulki egasi, sud (xo‘jalik sudi) yoki korxonani barpo etishga vakolatli bo‘lgan idora tugatish tartibi va muddatini, shuningdek qarz berganlarning da’vo qilish muddatlarini belgilaydi. Bu muddat tugatish e’lon qilingan kundan boshlab ikki oydan kam bo‘lmasligi kerak.
(39-modda 1-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tugatish komissiyasi yoki korxonani tugatishni amalga oshirayotgan boshqa idora korxona joylashgan erdagi rasmiy matbuotda uni tugatish va qarz berganlarning da’volarini qabul qilish tartibi va muddati to‘g‘risida e’lon beradi. Tugatish komissiyasi (tugatishni amalga oshirayotgan idora) ana shu e’lon bilan bir qatorda korxonaga debitorlik qarzini undirib olish va qarz berganlarni korxona tugatilganidan xabardor qilib, ularning da’volarini aniqlash ishlarini bajarishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tugatish komissiyasi (tugatishni amalga oshirayotgan idora) tugatilayotgan korxonaning mol-mulkini baholaydi va qarz berganlar bilan hisob-kitob qiladi, tugatish balansini tuzadi va uni korxona mol-mulki egasiga yoki tugatish komissiyasini tayinlagan idoraga taqdim etadi. Tugatish komissiyasi o‘z aybi bilan yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi. Zararni undirib olish miqdorlari va tartibini xo‘jalik sudi belgilaydi.
(39-modda 2-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40-modda. Qarz berganlarning da’volarini qondirish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tugatilayotgan korxonaga qarz berganlarning da’volari ana shu korxonaning mol-mulkidan qondiriladi. Bunda birinchi navbatda budjet oldidagi qarzlar qondiriladi va tugatilayotgan korxona tasarrufida bo‘lgan yerlarni qaytadan tiklash xarajatlari qoplanadi. “Bankrot bo‘lgan xo‘jalik yuritish subyektining kreditorlar da’volarini qanoatlantirish hamda mol-mulkini taqsimlash tartibi va navbati “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadi”.
(40-modda 1-bandining birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxs — garovga qo‘yuvchi qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda garovga oluvchi garov bilan ta’minlangan majburiyatning ijro muddatidan qat’i nazar, undirishni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratish huquqini qo‘lga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Da’vo qilish uchun belgilangan muddat o‘tganidan keyin aniqlangan va qilingan da’volar birinchi navbatdagi da’volar, aniqlangan da’volar, shuningdek, belgilangan muddatda ma’lum qilingan da’volar qondirilgandan keyin korxonaning qolgan mol-mulkidan qondiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mol-mulk yetishmaganligi uchun qondirilmagan da’volar bekor qilingan deb hisoblanadi. Tugatish komissiyasi (tugatishni amalga oshirgan idora) tan olinmagan da’volar ham, agar qarz beruvchilar da’voni to‘la yoki qisman tan olmaslik to‘g‘risidagi xabarni olgan kunidan e’tiboran bir oy muddat ichida o‘z talablari qondirilishi to‘g‘risida xo‘jalik sudiga da’vo qilmagan bo‘lsalar, bekor qilingan deb hisoblanadi.
(40-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Korxonani tugatish chog‘ida fuqaroning shikastlanganligi yoki salomatligiga boshqa xil zarar yetganligi yoxud o‘limi munosabati bilan shu korxonadan undiriladigan vaqtinchalik to‘lovlarga pul ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Korxonani tugatish chog‘ida mehnat jamoasi a’zosining qo‘shgan hissasi qarz berganlarning da’volari ustavda ko‘zda tutilgan shartlar asosida va tartibda qondirilgandan so‘ng unga pul shaklida yoki qimmatli qog‘ozlar bilan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qarz berganlarning va mehnat jamoasi a’zolarining da’volari qondirilganidan keyin qolgan mol-mulkdan mulkdorning ko‘rsatmasiga binoan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Korxona qaytadan tashkil etilganida uning huquq va majburiyatlari qonuniy vorislariga o‘tadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1991-yil 15-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
229-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 4-son, 78-modda; 1993-y., 6-son, 246-modda; 1994-y., 11-12-son, 285-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda; 1997-y., 2-son, 56-modda; 4-5-son, 126-modda; 9-son, 241-modda; 1998-y., 5-6-son, 102-modda; 9-son, 181-modda; 1999-y., 5-son, 124-modda; 9-son, 229-modda)