04.07.2023 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shanxay hamkorlik tashkilotining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Memorandumi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shanxay hamkorlik tashkilotida aʼzo-davlat maqomini olish uchun Belarus Respublikasining majburiyatlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo-davlatlar, Shanxay hamkorlik tashkiloti (keyingi oʻrinlarda — ShHT yoki Tashkilot), va Belarus Respublikasi, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchi,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 7-iyunda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkiloti Xartiyasida (keyingi oʻrinlarda “Xartiya”) mustahkamlangan maqsad va prinsiplarga hamda 2007-yil 16-avgustda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo-davlatlarning uzoq muddatli ahil qoʻshnichiligi, doʻstligi va hamkorligi toʻgʻrisidagi Shartnoma (keyingi oʻrinlarda “Shartnoma”), shuningdek ShHT doirasida qabul qilingan boshqa xalqaro shartnomalar va hujjatlar qoidalariga sodiqligini tasdiqlab,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 11-iyunda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga yangi aʼzolarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (keyingi oʻrinlarda “Nizom”) va 2022-yil 16-sentabrda imzolangan Belarus Respublikasini Shanxay hamkorlik tashkiloti aʼzoligiga qabul qilish jarayonini boshlash toʻgʻrisidagi ShHTga aʼzo-davlatlar rahbarlari Kengashining (keyingi oʻrinlarda “DRK”) 7-sonli qaroriga (keyingi oʻrinlarda “DRK”) asoslanib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda
Memorandum maqomi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Memorandum xalqaro shartnoma hisoblanadi va Belarus Respublikasi tomonidan ShHTda aʼzo-davlat maqomini olish uchun qabul qilingan majburiyatlarini oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

2-modda

Belarus Respublikasining umumiy majburiyatlari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belarus Respublikasi Xartiyaning maqsad va prinsiplariga, Shartnoma qoidalariga, shuningdek ShHT doirasida qabul qilingan xalqaro shartnomalar va hujjatlarga rioya qilish majburiyatini oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

3-modda

Belarus Respublikasining ShHT doirasidagi xalqaro shartnomalarga qoʻshilishi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.1. Belarus Respublikasi ShHT doirasida qabul qilingan barcha xalqaro shartnomalar va hujjatlarga mazkur moddada nazarda tutilgan muddatlarda qoʻshilish majburiyatini oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.2. Belarus Respublikasi Xartiyaga, 2001-yil 15-iyunda imzolangan Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash toʻgʻrisidagi Shanxay Konvensiyasiga va ularning bayonnomalariga Belarus Respublikasi mazkur Memorandum kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi haqida ShHT Kotibiyati tomonidan xabarnoma olingan sanadan boshlab 2023-yil 1-dekabrdan kechiktirmasdan qoʻshilish majburiyatini oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.3. Mazkur moddaning 3.2-bandida belgilangan tartib-taomillar bajarilgandan soʻng Belarus Respublikasi 2024-yil 15-yanvardan kechiktirmasdan mazkur Memorandumning 1-ilovasida koʻrsatilgan ShHT doirasidagi xalqaro shartnomalarga qoʻshilish majburiyatini oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.4. Belarus Respublikasi mazkur moddaning 3.2 va 3.3-bandlarida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarganidan soʻng hamda mazkur Memorandum kuchga kirgan taqdirda, Belarus Respublikasi mazkur Memorandumning 2-ilovasida koʻrsatilgan xalqaro shartnomalarga qoʻshilish huquqiga ega boʻladi. Belarus Respublikasi ularga 2024-yil 15-apreldan kechiktirmasdan qoʻshilish majburiyatini oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.5. ShHT doirasidagi xalqaro shartnomalarga qoʻshilish mazkur moddaning 3.2-bandida hamda mazkur Memorandumning 1 va 2-ilovalarida koʻrsatilgan xalqaro shartnomalar Belarus Respublikasi uchun kuchga kirganidan soʻng tugallangan hisoblanadi. Shundan soʻng, DRK Nizomda belgilangan tartibda Belarus Respublikasiga ShHTga aʼzo-davlat maqomini taqdim etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.6. Belarus Respublikasi mazkur moddaning 3.2-bandida hamda mazkur Memorandumning 1 va 2-ilovalarida koʻrsatilgan xalqaro shartnomalarga qoʻshilish muddatlari boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmagan holda, Belarus Respublikasi qoʻshilish muddatlarini qayta koʻrib chiqish imkoniyati toʻgʻrisida iltimos bilan ShHT Kotibiyatiga faqat bir marta murojaat qilish huquqiga ega. Bunda Belarus Respublikasining ShHT doirasidagi xalqaro shartnomalarga qoʻshilishi yangi muddatlari mazkur Memorandumning 3.2, 3.3 va 3.5-bandlarida koʻrsatilgan dastlabki muddatlardan oshmasligi lozim. ShHTga aʼzo-davlatlar Milliy koordinatorlari kengashi Belarus Respublikasining murojaati bilan ShHTga aʼzo-davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashiga (keyingi oʻrinlarda “TIVK”) tavsiyanoma tayyorlaydi. DRK TIVKning tavsiyasi bilan mazkur masala boʻyicha tegishli qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.7. Belarus Respublikasining Tashkilotga kirguniga qadar qabul qilingan ShHT organlari qarorlari Belarus Respublikasi uchun mazkur moddaning 3.5-bandida koʻrsatilgan DRK qarori qabul qilingan sanadan boshlab amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

4-modda

ShHTga kirishning moliyaviy jihatlari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.1. Belarus Respublikasining Tashkilot budjetidagi yillik badallari miqdori ShHT Xartiyasida nazarda tutilgan ulushli ishtirok etish prinsipi asosida hamda 2017-yil 1-dekabrda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotining budjetini shakllantirish va ijro etish tartibi toʻgʻrisidagi Bitimga muvofiq aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.2. Belarus Respublikasining ShHT budjetidagi ulushli badali 5,8 foizni tashkil etadi. Mazkur Memorandum kuchga kirgandan soʻng 2017-yil 1-dekabrda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotining budjetini shakllantirish va ijro etish tartibi toʻgʻrisidagi Bitim ilovasiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.3. Belarus Respublikasining Tashkilot budjetiga dastlabki ulushli badali mazkur moddaning 4.2-bandida koʻrsatilgan 2017-yil 1-dekabrda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotining budjetini shakllantirish va ijro etish tartibi toʻgʻrisidagi Bitimiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kuchga kirgan yildan keyingi moliya yili davomida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

5-modda

ShHT doimiy faoliyat koʻrsatuvchi organlarida kvotali lavozimlarga joylashtirish

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.1. ShHT budjetidagi ulushli badal miqdoriga muvofiq Belarus Respublikasiga ShHT doimiy faoliyat koʻrsatuvchi organlarida 4 ta shtat lavozimlari ajratiladi (ShHT Kotibiyatida 2 ta shtat lavozimlari va ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qoʻmitasida 2 ta shtat lavozimlari). Yangi tuzilma va shtatlar jadvali ShHTga aʼzo-davlatlar Hukumat rahbarlari (Bosh vazirlari) kengashi qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.2. Belarus Respublikasi oʻz fuqarolarini Tashkilot budjetiga badallar toʻlanganidan soʻng tasdiqlangan shtatlar jadvaliga muvofiq ShHTning doimiy organlaridagi kvotali lavozimlarga joylashtirishga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

6-modda

Memorandum amal qilishini toʻxtatib turish va tugatish

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.1. Belarus Respublikasi Xartiyaning maqsad va prinsiplariga rioya qilish majburiyatlarini buzsa yoki mazkur Memorandumda belgilangan majburiyatlarni bajarmasa, ShHTga aʼzo-davlatlar va ShHT TIVK tavsiyasiga bilan qabul qilingan DRK qaroriga asosan mazkur Memorandum amal qilishini toʻxtatib turishi yoki tugatishi mumkin. Tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab 15 kun ichida ShHT Kotibiyati Belarus Respublikasini mazkur qaror toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi. Mazkur Memorandum Belarus Respublikasiga ShHT Kotibiyatining yozma xabarnomasi yuborilgan sanadan boshlab 30 kun oʻtgach toʻxtatiladi yoki oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.2. Mazkur Memorandumning amal qilishi muddatini tiklash toʻgʻrisidagi qaror, agar u toʻxtatib qoʻyilgan boʻlsa, ShHTga aʼzo-davlatlar va ShHT tomonidan Belarus Respublikasi murojaatiga muvofiq TIVK tavsiyasi bilan qabul qilingan DRK qaroriga asosan qabul qilinishi mumkin. Tegishli qaror qabul qilingan sanadan boshlab 15 kun ichida ShHT Kotibiyati Belarus Respublikasini mazkur qaror toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi. Mazkur Memorandumning amal qilishi Belarus Respublikasiga ShHT Kotibiyatining yozma xabarnomasi yuborilgan sanadan boshlab 30 kun oʻtgach tiklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

7-modda

Yakuniy qoidalar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7.1. Mazkur Memorandum uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida ShHTga aʼzo-davlatlar va Belarus Respublikasining soʻnggi yozma xabarnomasi diplomatik kanallar orqali ShHT Kotibiyati tomonidan olingan sanadan boshlab 30 kun oʻtgach kuchga kiradi. ShHT Kotibiyati Tomonlarga davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi haqida kelgan yozma xabarnomalar toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Memorandumga, 3-moddaning 3.6-bandida, shuningdek, 4-moddaning 4.2-bandida, 5-moddaning 5.1-bandida, mazkur Memorandumning 1 va 2-ilovalarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7.2. Mazkur Memorandumni qoʻllash va (yoki) talqin qilish bilan bogʻliq nizo va kelishmovchiliklar Tomonlar oʻrtasida maslahatlashuvlar orqali hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7.3. TIVK tavsiyasi bilan qabul qilingan DRK qarori asosida ShHTga aʼzo-davlatlar va ShHT yoki Belarus Respublikasi, 6-moddada nazarda tutilgan hollardan tashqari, mazkur Memorandum amal qilishini tugatish sanasidan kamida 90 kun oldin boshqa Tomonlarga yozma xabarnoma yuborish orqali tugatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7.4. Mazkur Memorandum tugatilgan taqdirda, Tomonlar mazkur Memorandumda nazarda tutilgan majburiyatlarni tartibga solish majburiyatini oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nyu-Deli shahrida 2023-yil 4-iyulda ikki asl nusxada, har biri rus va xitoy tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shanxay hamkorlik tashkilotida aʼzo-davlat maqomini olish uchun Belarus Respublikasining majburiyatlari toʻgʻrisida Memorandumga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ShHT doirasida amaldagi xalqaro shartnomalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI*
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2002-yil 7-iyunda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo-davlatlar oʻrtasida Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi toʻgʻrisida Bitim. 2003-yil 14-noyabrda kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2003-yil 5-sentabrda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo-davlatlar oʻrtasida Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi toʻgʻrisida Bitimga oʻzgartirishlar kiritish haqida Bayonnoma. 2004-yil 1-oktabrda kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2004-yil 17-iyunda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi doirasida maxfiy axborotni muhofaza qilishni taʼminlash toʻgʻrisida Bitim. 2015-yil 19-noyabrda kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2007-yil 16-avgustda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo-davlatlar oʻrtasida Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi toʻgʻrisida Bitimga oʻzgartirishlar kiritish haqida Bayonnoma. 2009-yil 25-iyunda kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 2001-yil 14-sentabrda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkiloti ishtirokchi-davlatlar hukumatlari oʻrtasida mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikning asosiy maqsad va yoʻnalishlari hamda savdo va investitsiyalar sohasida qulay sharoitlar yaratish jarayonini boshlash toʻgʻrisida Memorandum. Imzolangan sanadan boshlab kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 2001-yil 14-sentabrda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkiloti ishtirokchi-davlatlar hukumatlari oʻrtasida mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikning asosiy maqsad va yoʻnalishlari hamda savdo va investitsiyalar sohasida qulay sharoitlar yaratish jarayonini boshlash toʻgʻrisida Memorandumga Bayonnoma. Imzolangan sanadan boshlab kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 2004-yil 17-iyunda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotining imtiyoz va immunitetlari toʻgʻrisidagi Konvensiya. 2007-yil 4-oktabrda kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 2004-yil 17-iyunda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo-davlatlar oʻrtasida narkotik moddalar, psixotrop moddalar va ularning prekursorlarini noqonuniy yoʻl bilan olib oʻtishga qarshi kurashish toʻgʻrisida hamkorlik qilish toʻgʻrisida Bitim. 2007-yil 16-avgustda kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 2004-yil 17-iyunda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining maʼlumotlar banki toʻgʻrisida Bitim. 2007-yil 11-aprelda kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. 2004-yil 17-iyunda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo-davlatlar tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida hamkorlik va faoliyatni muvofiqlashtirish toʻgʻrisida Bayonnoma. Imzolangan sanadan boshlab kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. 2006-yil 15-iyunda imzolangan Terrorizm, separatizm va ekstremizm kabi faoliyatga daxldor shaxslarning Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo-davlatlar hududiga suqulib kirish yoʻllarini aniqlash va toʻsish sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida Bitim. 2008-yil 6-noyabrda kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. 2006-yil 15-iyunda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo-davlatlar hududida terrorchilikka qarshi birgalikdagi tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Bitim. 2009-yil 17-martda kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. 2008-yil 28-avgustda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo-davlatlar tomonidan qoʻshma aksilterror oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Bitim. 2013-yil 29-noyabrda kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. 2009-yil 16-iyunda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo-davlatlar hukumatlari oʻrtasida xalqaro axborot xavfsizligini taʼminlash sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitim. 2011-yil 2-iyunda kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. 2009-yil 16-iyunda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo-davlatlar oʻrtasida aksilterror tuzilmalar uchun kadrlarni tayyorlash toʻgʻrisida Bitim. 2011-yil 13-sentabrda kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. 2009-yil 16-iyunda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotining terrorizmga qarshi Konvensiyasi. 2012-yil 14-yanvarda kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. 2017-yil 1-dekabrda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotining budjetini shakllantirish va ijro etish tartibi toʻgʻrisida Bitim. 2018-yil 26-fevralda kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. 2017-yil 9-iyunda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotining ekstremizmga qarshi kurashish Konvensiyasi. 2019-yil 10-mayda kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-roʻyxatga 2002-yil 7-iyunda imzolangan ShHT Xartiyasi, 2001-yil 15-iyunda imzolangan Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish tugʻrisidagi Shanxay Konvensiyasi ishtirokchi-davlatlari qoʻshilishi uchun ochiq, shuningdek har qanday davlatlar ochiq boʻlgan ShHT xalqaro shartnomalari kiritilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Shanxay hamkorlik tashkilotida aʼzo-davlat maqomini olish uchun Belarus Respublikasining majburiyatlari toʻgʻrisida Memorandumga

2-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ShHT doirasida amaldagi xalqaro shartnomalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI*
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2005-yil 26-oktabrda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida banklararo hamkorlik (birlashma) toʻgʻrisida Bitim. Imzolangan sanadan boshlab kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2006-yil 15-iyunda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotining Mintaqaviy antiterroristik tuzilmasida axborotni texnikaviy muhofaza qilish toʻgʻrisida Bitim. 2015-yil 5-sentabrda kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2005-yil 26-oktabrda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo-davlatlar hukumatlari oʻrtasida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga koʻmaklashishda oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida Bitim. 2007-yil 24-iyulda kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2006-yil 15-iyunda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo-davlatlar hukumatlari oʻrtasida taʼlim sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida Bitim. 2008-yil 30-yanvarda kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 2007-yil 27-iyunda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo-davlatlar oʻrtasida hamkorlikdagi harbiy oʻquvlarni oʻtkazish toʻgʻrisida Bitim. 2018-yil 8-avgustda kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 2007-yil 16-avgustda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo-davlatlar hukumatlari oʻrtasida madaniyat sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida Bitim. 2014-yil 24-aprelda kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 2007-yil 2-noyabrda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo-davlatlar hukumatlari oʻrtasida bojxona ishlarida hamkorlik qilish va oʻzaro yordam toʻgʻrisida Bitim. 2014-yil 24-aprelda kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 2007-yil 16-avgustda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo-davlatlarning uzoq muddatli ahil qoʻshnichiligi, doʻstligi va hamkorligi toʻgʻrisida Shartnoma. 2012-yil 31-oktabrda kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 2008-yil 28-avgustda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo-davlatlar hukumatlari oʻrtasida qurollar, oʻq-dorilar va portlovchi moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik toʻgʻrisida Bitim. 2010-yil 3-mayda kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. 2008-yil 30-oktabrda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo-davlatlarining bojxona xizmati organlari oʻrtasida energiya resurslarining harakati ustidan nazorat qilish sohasida axborot almashinuvi toʻgʻrisida Bayonnoma. Imzolangan sanadan boshlab kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. 2009-yil 14-oktabrda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo-davlatlarining bojxona xizmati organlari oʻrtasida bojxona organlari mansabdor shaxslarini tayyorlash va malakasini oshirish sohasida hamkorlik qilishi toʻgʻrisida Bayonnoma. 2017-yil 3-noyabrda kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. 2010-yil 11-iyunda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo-davlatlar hukumatlari oʻrtasida jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilish toʻgʻrisida Bitim. 2012-yil 11-yanvarda kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. 2010-yil 11-iyunda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo-davlatlar hukumatlari oʻrtasida qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida Bitim. 2014-yil 15-avgustda kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. 2011-yil 15-iyunda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo-davlatlar hukumatlari oʻrtasida sogʻliqni saqlash sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida Bitim. 2020-yil 14-mayda kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. 2014-yil 15-dekabrda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo-davlatlar bojxona xizmatlarining huquqni muhofaza qilish sohasida hamkorlik qilishi toʻgʻrisida Bayonnoma. 2017-yil 9-yanvarda kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. 2012-yil 5-dekabrda imzolangan 2005-yil 26-oktabrdagi Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo-davlatlar hukumatlari oʻrtasida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga koʻmaklashishda oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida Bitimga Bayonnoma. 2015-yil 14-martda kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. 2013-yil 13-sentabrda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo-davlatlar hukumatlari oʻrtasida ilmiy-texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida Bitim. 2015-yil 20-oktabrda kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. 2015-yil 18-avgustda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo-davlatlar adliya vazirliklari oʻrtasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida Bitim. Imzolangan sanadan boshlab kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. 2015-yil 10-iyulda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo-davlatlarning chegara masalalari boʻyicha hamkorligi va bahamjihat harakat qilishi toʻgʻrisida Bitim. 2016-yil 29-oktabrda kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. 2018-yil 24-aprelda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo-davlatlar mudofaa vazirliklari oʻrtasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida Bitim. Imzolangan sanadan boshlab kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. 2019-yil 29-aprelda imzolangan 2007-yil 27-iyundagi Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo-davlatlar oʻrtasida hamkorlikdagi harbiy oʻquvlarni oʻtkazish toʻgʻrisida Bitimga qoʻshimchalar kiritish haqida Bayonnoma. 2021-yil 7-iyunda kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. 2019-yil 14-iyunda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo-davlatlar vakolatli idoralari oʻrtasida jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida Bitim. Imzolangan sanadan boshlab kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. 2019-yil 14-iyunda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo-davlatlar hukumatlari oʻrtasida ommaviy axborot vositalari sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitim. 2021-yil 28-noyabrda kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. 2021-yil 17-sentabrda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo-davlatlar vakolatli idoralari oʻrtasida yoshlar bilan ishlash sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida Bitim. Imzolangan sanadan boshlab kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. 2021-yil 17-sentabrda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo-davlatlar hukumatlari oʻrtasida madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida Bitim. Imzolangan sanadan boshlab kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. 2022-yil 16-sentabrda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo-davlatlar vakolatli idoralari oʻrtasida oʻsimliklar karantini sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida Bitim. Imzolangan sanadan boshlab kuchga kirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-roʻyxatga ShHTga aʼzo boʻlgan har qanday davlat qoʻshilishi uchun ochiq ShHT xalqaro shartnomalari kiritilgan.