Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofik:
1. 2023-yil 4-iyul kuni Nyu-Deli shahrida imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlat maqomini olish uchun Belarus Respublikasining majburiyatlari toʻgʻrisidagi memorandum tasdiklansin.
2. Tashki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalkaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida Shanxay hamkorlik tashkiloti Kotibiyatiga tegishli bildirishnoma yuborsin.
3. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan soʻng uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.
4. Mazkur karorning ijrosini nazorat kilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 12-oktabr,
PQ-333-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2023-y., 07/23/333/0774-son)