10.02.2021 yildagi PF-6166-son
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari, Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimlari ushbu Farmonga 1 — 3-ilovalarda belgilangan talablarning so‘zsiz, o‘z vaqtida va natijali bajarilishi uchun shaxsan javobgar ekanligi to‘g‘risida ogohlantirilsin, bunda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha quyidagi ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratilsin:
8. “Ijro.gov.uz” tizimi orqali qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qilishning mazkur Farmonga 3-ilovada keltirilgan tartibga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi mutlaqo yangi tizimi joriy qilinsin:

Tarkibiy bo‘linmalar

Ijro va nazoratni tashkil etish

Bajarish muddati

Kanselyariya

1. Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarini (keyingi o‘rinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar) ro‘yxatdan o‘tkazish.

Imzolangandan bir soat mobaynida

2. Jo‘natish ro‘yxatiga muvofiq barcha ijrochilarga hujjatlarni elektron shaklda yetkazish.

3. “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritish uchun hujjatlarning elektron nusxasini Adliya vazirligiga yuborish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari

1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning vazirlik va idoralarda ijro holatini yillik o‘rganish grafigini tasdiqlash.

Har yili yanvar oyida

2. “Ijro.gov.uz” tizimidagi topshiriqlarni nazoratdan chiqarish va muddatini uzaytirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berish va tegishli choralarni belgilash.

Zaruratga ko‘ra

3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro etilishini tashkil etish borasidagi faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining ijro intizomini ta’minlashdagi mas’uliyatini kuchaytirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritib borish.

Zaruratga ko‘ra

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari bo‘linmalari, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati, Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti

1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar loyihalarini vazirlik va idoralar tomonidan tayyorlanishini muvofiqlashtirish, har tomonlama puxta ekspertizadan o‘tkazish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida taqdimot qilish.

Belgilangan muddatlarda

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilash, ijrosini o‘rganish, tahlil qilish hamda natijasi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borish.

Belgilangan muddatlarda

Ijro intizomini ta’minlash sho‘basi

1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni Adliya vazirligi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilishini nazorat qilish.

Doimiy

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qiluvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish.

Doimiy

3. Nazoratdan yechilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni qayta nazoratga qo‘yish, ularning ayrimlarini alohida nazoratga olish (nazoratdan faqat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan yechiladi).

Zaruratga ko‘ra

4. Bajarilmagan topshiriqlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilariga tahliliy materiallar kiritish.

Zaruratga ko‘ra

5. Hisob �alatasi xulosasiga asosan “Ijro.gov.uz” tizimidagi topshiriqlar muddatini uzaytirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga taklif kiritish.

Zaruratga ko‘ra

6. Davlat organlari va tashkilotlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida ijro intizomi holatini maqsadli va kompleks o‘rganishlarni tashkil etish.

Grafik asosida

Tarkibiy bo‘linmalar

Ijro va nazoratni tashkil etish

Bajarish muddati

Umumiy bo‘limi

1. Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarini (keyingi o‘rinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar) ro‘yxatdan o‘tkazish.

Kelib tushgandan 30 daqiqa mobaynida

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni Bosh vazir kotibiyatiga taqdim etish.

Kelib tushgandan bir soat mobaynida

3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar nusxasini Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga taqdim etish.

Kelib tushgandan bir soat mobaynida

4. Tarkibiy bo‘linmalar tomonidan tayyorlangan reyestr asosida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni Bosh vazir topshirig‘i bilan birgalikda tegishli vazirlik va idoralarga yetkazish.

Topshiriq imzolangandan 30 daqiqa mobaynida

Bosh vazir kotibiyati

1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni ko‘rib chiqish hamda tarkibiy bo‘linmalar bilan birgalikda Bosh vazir topshirig‘i loyihasini tayyorlash.

Kelib tushgandan uch soat mobaynida

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha tayyorlangan topshiriqni Bosh vazirga imzolash uchun kiritish.

Bir kunda ikki marta, zarurat bo‘lganda — darhol

3. Imzolangan topshiriqni ijrosini ta’minlash uchun mas’ul tarkibiy bo‘linmaga, nusxalarini esa nazoratga olish uchun Bosh vazir kotibiyatining mas’ul bosh mutaxassisiga hamda Nazorat va ijro intizomi bo‘limiga taqdim etish.

Topshiriq imzolangandan 30 daqiqa mobaynida

4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni umumlashtirish hamda “Ijro.gov.uz” tizimida ularning bajarilishi ustidan nazorat olib borish.

Doimiy

5. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha amalga oshirish grafiklari (nazorat rejalari)ni Bosh vazir tasdig‘iga kiritish.

Topshiriqqa muvofiq belgilangan muddatlarda

6. Bosh vazirning kotibiyati hamda har bir xodimning ish rejasiga ijro intizomi masalasi bo‘yicha alohida bo‘lim kiritish.

Har chorakda

7. Bosh vazir tomonidan ijro intizomi bo‘yicha o‘tkaziladigan yig‘ilishlarga tegishli tarkibiy bo‘linmalar bilan birgalikda materiallar tayyorlash va tashkiliy masalalarni hal qilish.

Har oyda

Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va mas’ul tarkibiy bo‘linmalari

1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bilan tanishish va ijrosini tashkil qilish bo‘yicha tegishli tarkibiy bo‘linmalarga topshiriqlar berish.

Kelib tushgandan darhol

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha tayyorlangan Bosh vazir topshirig‘i loyihasini ko‘rib chiqish.

Kelib tushgandan uch soat mobaynida

3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil qilish bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalar tomonidan tayyorlangan amalga oshirish grafiklari (nazorat rejalari)ni ko‘rib chiqish.

Topshiriqqa muvofiq belgilangan muddatlarda

4. Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga ijro intizomi masalasi bo‘yicha alohida bo‘lim kiritish.

Ish rejalarni shakllantirish jarayonida

5. Muddati kechiktirilayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha muhokamalar o‘tkazish.

Har hafta chorshanba va juma kunlari

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida o‘tkazilgan majlis bayonlari ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Bosh vazirga axborot berish.

Har oy yakuni bilan

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashriflari yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan majlis bayonlari ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga tayyorlangan materiallarni ko‘rib chiqish.

Har oy yakuni bilan

8. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi natijalari bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan ma’lumotlar asosida tayyorlangan Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini ko‘rib chiqish va Bosh vazirga axborot berish.

Har oy yakuni bilan

9. Ijro intizomi holati yuzasidan tahliliy materiallarni Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilariga kiritish.

Har chorak yakuni bilan

10. Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini o‘rganish natijalari bo‘yicha tayyorlangan Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini ko‘rib chiqish hamda Bosh vazirga axborot berish.

Har chorak yakuni bilan

11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida ijro intizomini o‘rganish natijalari bo‘yicha tayyorlangan Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini ko‘rib chiqish hamda Bosh vazirga axborot berish.

Har chorak yakuni bilan

12. Davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida ijro intizomiga mas’ul tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari uchun ijro intizomi masalasida o‘quv-amaliy seminarlarni tashkil etish.

Grafik asosida

1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlardagi nazorat topshiriqlarini tayyorlash va tarkibiy bo‘linmalarga (ijrochilar kesimida) yetkazish.

Kelib tushgandan bir kun mobaynida

2. Topshiriqlarning bajarilishi holati bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalar mutaxassislari bilan individual ishlash.

Doimiy

3. Topshiriqlar ijrosini tahlil qilib borish hamda muddati kechiktirilayotgan hujjatlar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot kiritib borish.

Har hafta chorshanba va juma kunlari

4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha amalga oshirish grafiklari (nazorat rejalari)ni ishlab chiqish va tasdiqlanishini nazorat qilish.

Topshiriqqa muvofiq belgilangan muddatlarda

5. Davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida ijro intizomi holatini o‘rganish.

Ish rejaga muvofiq

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida o‘tkazilgan majlis bayonlari ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tahliliy materiallar tayyorlash va Bosh vazirga kiritish.

Har oy yakuni bilan

7. Ijro intizomi holati bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilariga tahliliy materiallarni tayyorlash.

Har chorak yakuni bilan

8. Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini o‘rganish natijalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini tayyorlash.

Har chorak yakuni bilan

9. Davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazi�lar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida nazorat va ijro intizomiga mas’ul tarkibiy bo‘linmalar rahbarligiga nomzodlarni tanlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish.

O‘rnatilgan tartibda

Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari va Vazirlar Mahkamasi apparati mas’ul tarkibiy bo‘linmalari

1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha Bosh vazir topshirig‘i loyihasini ko‘rib chiqish.

Kelib tushgandan uch soat mobaynida

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha amalga oshirish grafiklari (nazorat rejalari)ni ishlab chiqish va tasdiqlanishini nazorat qilish.

Topshiriqqa muvofiq belgilangan muddatlarda

3. Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilarining ish rejalariga ijro intizomi masalasi bo‘yicha alohida bo‘lim kiritish.

Har oyda

4. Topshiriqlar ijrosini tashkil etish va nazorat qilish:

Vazirlar Mahkamasi apparatida;

davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida.

Belgilangan muddatlarda

5. Ijro intizomi masalasi bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ishtirokida muhokamalar o‘tkazish.

Har oy yakuni bilan

6. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosi natijalari bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan ma’lumotlar asosida tayyorlangan Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini ko‘rib chiqish.

Har oy yakuni bilan

7. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarini isloh qilish bo‘yicha ustuvor vazifalarini amalga oshirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritish.

Zaruratga ko‘ra

8. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda belgilangan ijro muddatlarini uzaytirish haqidagi Adliya vazirligi tomonidan ko‘rib chiqilgan takliflar asosliligini o‘rganish va “Ijro.gov.uz” tizimidagi topshiriqlar muddatini uzaytirish bo‘yicha Hisob palatasiga taklif kiritish.

Zaruratga ko‘ra

Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari

1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha Bosh vazir topshirig‘i loyihasini tayyorlash, tegishli tarkibiy bo‘linmalar hamda Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan kelishish.

Kelib tushgandan uch soat mobaynida

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha amalga oshirish grafiklari (nazorat rejalari)ni tayyorlash va tegishli tarkibiy bo‘linmalar hamda Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan kelishish.

Topshiriqqa muvofiq belgilangan muddatlarda

3. Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari hamda har bir xodimning ish rejalariga ijro intizomi masalasi bo‘yicha alohida bo‘lim kiritish.

Har chorakda

4. Topshiriqlar ijrosini tashkil etish va nazorat qilish:

Vazirlar Mahkamasi apparatida;

davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida.

Belgilangan muddatlarda

5. “Ijro.gov.uz” tizimida Vazirlar Mahkamasi tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, �o‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar — mas’ul ijrochilar tomonidan kiritilib, Adliya vazirligi tomonidan tekshirilgan ma’lumotlar to‘liqligi va haqqoniyligini tekshirish:

ijro natijalari qoniqarli bo‘lganda — topshiriqlar ijrosini “Ijro.gov.uz” tizimida tasdiqlash;

ijro natijalari qoniqarsiz bo‘lganda — ularni qayta ishlashga jo‘natish.

Bir kun muddatda, zarur hollarda besh kun muddatda

6. Topshiriqlar ijrosini tahlil qilib borish hamda muddati kechiktirilayotgan hujjatlar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga axborot kiritib borish.

Har hafta chorshanba va juma kunlari

7. Topshiriqlar ijrosi bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ishtirokida videokonferens-aloqa tizimi orqali muhokamalar o‘tkazib borish hamda natijasi bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilariga axborot kiritish.

Har hafta shanba kunlari

8. Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari huzurida davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ishtirokida ijro intizomi masalalari bo‘yicha o‘tkaziladigan muhokamalar uchun tahliliy materiallar tayyorlash.

Har oy yakuni bilan

9. Davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida ijro intizomi holatini maqsadli va kompleks o‘rganish.

Grafik asosida

10. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosi bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan ma’lumotlar asosida Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini tayyorlash.

Har oy yakuni bilan

11. Davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida nazorat va ijro intizomiga mas’ul tarkibiy bo‘linmalar rahbarligiga nomzodlarni tanlash va Bosh vaziri o‘rinbosari va maslahatchilari suhbatidan o‘tkazish.

O‘rnatilgan tartibda

12. Davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining nazorat va ijro intizomiga mas’ul tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari uchun o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etish.

Grafik asosida

13. Mazkur Farmonda belgilangan tartiblarga joylarda rioya etilishi holatini o‘rganish.

Grafik asosida

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi

1. Davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ishtirokida ijro intizomi holatini tanqidiy muhokama qilish.

Har oy yakuni bilan

2. Ijro intizomini ta’minlashda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan, shuningdek, topshiriqlarni to‘liq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlamagan davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga nisbatan intizomiy javobgarlik masalalarini ko‘rib chiqish.

3. Majlislarda ijro intizomi masalalarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borish.

Tarkibiy bo‘linmalar

Ijro va nazoratni tashkil etish

Bajarish muddati

Davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparati mas’ul xodimlari

1. Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarini (keyingi o‘rinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar) ro‘yxatdan o‘tkazish hamda rahbarga axborot berish.

Kelib tushgandan 30 daqiqa mobaynida

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha aniq ijrochilar, muddatlar va bajarish mexanizmi ko‘rsatilgan topshiriqlarni tayyorlash hamda ijrochilarga yetkazish.

Kelib tushgandan uch kun muddatda, agar boshqa muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa

3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha amalga oshirish grafiklari (nazorat rejalari)ni tayyorlash, tasdiqlash va ijroga qaratish.

Topshiriqqa muvofiq belgilangan muddatlarda

4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni tahlil qilish, o‘rganish hamda ijro natijalari bo‘yicha Adliya vazirligiga axborot taqdim etish.

Belgilangan muddatlarda

5. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirish, targ‘ibot ishlarini o‘tkazish, mahallalarda ijrosini tashkil qilish, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borish hamda jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish.

Doimiy

6. Davlat organlari va tashkilotlari hamda xodimlarining ish rejalariga ijro intizomi masalasi bo‘yicha alohida bo‘lim kiritish.

Har chorakda

7. Topshiriqlar ijro holatini rahbarning birinchi o‘rinbosari huzurida har hafta juma kuni, rahbar huzurida haftaning dushanba kuni muhokama qilib borish.

Har hafta juma va dushanba kunlari

8. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holatini davlat organlari va tashkilotlarining hay’at majlislarida muhokama qilish hamda to‘liq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlanmagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik masalalarini ko‘rib chiqish.

Har oyda

9. Topshiriqlar ijrosini ta’minlash jarayonida aniqlangan muammoli masalalar yuzasidan tegishincha Vazirlar Mahkamasi yoki Hisob palatasiga axborot kiritish.

Zaruratga ko‘ra

10. Mazkur Farmonda belgilangan tartiblarga joylarda rioya etilishi holatini o‘rganish.

Grafik asosida

Davlat organlari va tashkilotlari tarkibiy va hududiy bo‘linmalari mas’ul xodimlari

1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda rahbarga axborot berish.

Kelib tushgandan 30 daqiqa mobaynida

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha aniq ijrochilar, muddatlar va bajarish mexanizmi ko‘rsatilgan topshiriq tayyorlash hamda ijrochilarga yetkazish.

Kelib tushgandan uch kun muddatda, agar boshqa muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa

3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha amalga oshirish grafiklari (nazorat rejalari)ni tayyorlash, tasdiqlash va ijroga qaratish.

Topshiriqqa muvofiq belgilangan muddatlarda

4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni tahlil qilish, o‘rganish hamda ijrosi natijalari bo‘yicha yuqori turuvchi davlat organi va tashkilotiga axborot kiritib borish.

Belgilangan muddatlarda

5. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning mazmun mohiyati bo‘yicha tushuntirish, targ‘ibot ishlarini o‘tkazish, mahallalarda ijrosini tashkil qilish, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borish hamda jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish.

Doimiy

6. Davlat organlari va tashkilotlari tarkibiy va hududiy bo‘linmalari hamda xodimlarining ish rejalariga ijro intizomi masalasi bo‘yicha alohida bo‘lim kiritish.

Har chorakda

7. Topshiriqlar ijro holatini rahbarning birinchi o‘rinbosari huzurida har hafta juma kuni, rahbar huzurida haftaning dushanba kuni muhokama qilib borish.

Har hafta juma va dushanba kunlari

8. Topshiriqlar ijrosini ta’minlash jarayonida aniqlangan muammoli masalalar yuzasidan yuqori turuvchi davlat organlari va tashkilotiga axborot kiritish.

Zaruratga ko‘ra

9. Mazkur Farmonda belgilangan tartiblarga joylarda rioya etilishi holatini o‘rganish.

Grafik asosida

Tarkibiy bo‘linmalar

Ijro va nazoratni tashkil etish

Bajarish muddati

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1. Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarini (keyingi o‘rinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar) ro‘yxatdan o‘tkazish hamda rahbarga axborot berish.

Kelib tushgandan 30 daqiqa mobaynida

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha aniq ijrochilar, muddatlar va bajarish mexanizmi ko‘rsatilgan topshiriqlarni tayyorlash hamda ijrochilarga yetkazish.

Kelib tushgandan uch kun muddatda, agar boshqa muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa

3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha amalga oshirish grafiklari (nazorat rejalari)ni tayyorlash, tasdiqlash va ijroga qaratish.

Topshiriqqa muvofiq belgilangan muddatlarda

4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilash, ijrosini o‘rganish, tahlil qilish hamda natijasi yuzasidan Adliya vazirligiga axborot kiritib borish.

Belgilangan muddatlarda

5. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning mazmun mohiyati bo‘yicha tushuntirish, targ‘ibot ishlarini o‘tkazish, mahallalarda ijrosini tashkil qilish, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borish hamda jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish.

Doimiy

6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda xodimlarining ish rejalariga ijro intizomi masalasi bo‘yicha alohida bo‘lim kiritish.

Har chorakda

7. Topshiriqlar ijro holatini rahbarning birinchi o‘rinbosari huzurida har hafta juma kuni, rahbar huzurida haftaning dushanba kuni muhokama qilib borish.

Har hafta juma va dushanba kunlari

8. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holatini xalq deputatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar sessiyalarida muhokama qilish hamda to‘liq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik masalalarini ko‘rib chiqish.

Har oyda

9. Topshiriqlar ijrosini ta’minlash jarayonida aniqlangan muammoli masalala� yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish.

Zaruratga ko‘ra

10. Mazkur Farmonda belgilangan tartiblarga joylarda rioya etilishi holatini o‘rganish.

Grafik asosida

Tuman va shahar hokimliklari

1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda hokimga axborot berish.

Kelib tushgandan 30 daqiqa mobaynida

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha aniq ijrochilar, muddatlar va bajarish mexanizmi ko‘rsatilgan topshiriqlarni tayyorlash hamda ijrochilarga yetkazish.

Kelib tushgandan uch kun muddatda, agar boshqa muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa

3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha amalga oshirish grafiklari (nazorat rejalari)ni tayyorlash, tasdiqlash va ijroga qaratish.

Topshiriqqa muvofiq belgilangan muddatlarda

4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilash, ijrosini o‘rganish, tahlil qilish hamda natijasi yuzasidan yuqori turuvchi mahalliy davlat hokimiyati organiga axborot kiritish.

Belgilangan muddatlarda

5. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning mazmun mohiyati bo‘yicha tushuntirish, targ‘ibot ishlarini o‘tkazish, mahallalarda ijrosini tashkil qilish, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borish hamda jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish.

Doimiy

6. Tuman va shahar hokimliklari hamda xodimlarining ish rejalariga ijro intizomi masalasi bo‘yicha alohida bo‘lim kiritish.

Har chorakda

7. Topshiriqlar ijro holatini hokimning birinchi o‘rinbosari huzurida har hafta juma kuni, hokim huzurida haftaning dushanba kuni muhokama qilib borish.

Har hafta juma va dushanba kunlari

8. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holatini xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari sessiyalarida muhokama qilish hamda to‘liq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik masalalarini ko‘rib chiqish.

Har oyda

9. Topshiriqlar ijrosini ta’minlash jarayonida aniqlangan muammoli masalalar yuzasidan yuqori turuvchi mahalliy davlat hokimiyati organiga axborot kiritish.

Zaruratga ko‘ra

10. Mazkur Farmonda belgilangan tartiblarga joylarda rioya etilishi holatini o‘rganish.

Grafik asosida

Tarkibiy bo‘linmalar

Ijro va nazoratni tashkil etish

Bajarish muddati

Adliya vazirligi mas’ul bo‘linmalari va xodimlari

1. Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari (keyingi o‘rinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar) o‘z vaqtida ijro etilishining “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratini olib borish va “Ijro.gov.uz” tizimini yuritib borish.

Doimiy

2. “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratga olinadigan topshiriqlarni kiritish, mazkur topshiriqlardan kelib chiqqan holda mas’ul ijrochilar va topshiriqlarni bajarish muddatlarini belgilash.

Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalarini tartibga sol�shga qaratilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning mazmun-mohiyati “paket” tamoyili asosida davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparatlariga va Adliya vazirligi hududiy bo‘linmalariga yetkazish. Bunda topshiriqlar bo‘yicha infografika, prezentatsiya, tizer, slayd, strim, tahliliy materiallar va videodarslar tayyorlash.

Kelib tushgandan bir kun muddatda

3. “Ijro.gov.uz” tizimida mas’ul ijrochilar tomonidan kiritilgan ma’lumotlar to‘liqligi va haqqoniyligini tekshirish:

ijro natijalari qoniqarli bo‘lganda — topshiriqlar ijrosini “Ijro.gov.uz” tizimida tasdiqlash;

ijro natijalari qoniqarsiz bo‘lganda — ularni qayta ishlashga jo‘natish.

Bir kun muddatda, zarur hollarda besh kun muddatda

4. Topshiriqlar ijrosiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish hamda mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish masalasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga hamda Hukumat Rayosati majlisida ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga materiallarni kiritish.

Har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5 sanasigacha

5. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda belgilangan ijro muddatlarini uzaytirish haqidagi takliflar asosliligini o‘rganish va “Ijro.gov.uz” tizimidagi topshiriqlar muddatini uzaytirish bo‘yicha tegishincha Vazirlar Mahkamasi yoki Hisob palatasiga taklif kiritish.

Zaruratga ko‘ra

6. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati yuzasidan o‘tkazilgan manzilli va tematik o‘rganishlar natijasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Manzilli va tematik tahliliy o‘rganishlar dasturiga muvofiq

7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari xodimlari uchun onlayn tarzda “bepul huquqiy maslahat” kurslarini tashkil qilish.

Doimiy

8. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalarini “Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda” rukni ostidagi ko‘rsatuvlarda muntazam ra�ishda yoritib borish.

15 kunda bir marta

9. Adliya vazirligi tashabbusi bilan, shu jumladan ijtimoiy sheriklik asosida fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarni faol jalb etgan holda “Yuksalish” umummilliy harakati va “Taraqqiyot strategiyasi” markazining platformalarida jamoatchilik monitoringi hamda jamoatchilik eshituvlarini tashkil etish.

Har chorakda

Hisob palatasi mas’ul bo‘linmalari va xodimlari

1. “Ijro.gov.uz” tizimida mas’ul ijrochilar tomonidan kiritilib, Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tekshirilgan ma’lumotlar to‘liqligi va haqqoniyligini tekshirish:

ijro natijalari qoniqarli bo‘lganda — topshiriqlarni “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratdan yechish;

ijro natijalari qoniqarsiz bo‘lganda — ularni qayta ishlashga jo‘natish.

Uch kun muddatda, zarur hollarda besh kun muddatda

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda belgilangan ijro muddatlarini uzaytirish haqidagi Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan ko‘rib chiqilgan takliflar asosliligini o‘rganish va “Ijro.gov.uz” tizimidagi topshiriqlar muddatini uzaytirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga xulosa kiritish.

Zaruratga ko‘ra

3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borish.

Har chorakda

4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan sohalar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy o‘rganishlarni olib borishda ishtirok etish.

Grafik asosida

T/r

Ishlarni tashkil qilish va ijro intizomini mustahkamlashning asosiy yo‘nalishlari

Amalga oshirish chora-tadbirlari

Ijro muddatlari

Mas’ullar:

vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Qonunchilik palatasi, Senat, Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi

I. Ijro intizomini mustahkamlash, tanqidiy tahlil va qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqish tizimini takomillashtirish

1.

Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani, shuningdek, respublika hududlarini rivojlantirishning maqsadli va ustuvor vazifalarini quyidagilardan kelib chiqqan holda belgilash:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat Oliy Majlisiga har yilgi Murojaatidan;

qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari (keyingi o‘rinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar);

o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani, shuningdek, respublika hududlarini rivojlantirishning tasdiqlangan “Yo‘l xaritalari” (Konsepsiyalar, Dasturlar).

1. Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani, shuningdek, respublika hududlarini rivojlantirish yakunlarini kalendar yilining 1-yanvar holatiga ko‘ra tanqidiy tahlil qilish.

Kalendar yilining

10-fevraligacha

Vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari, idoralar va tashkilotlar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari

Bosh vazir, Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari

2. Yakunlarni muhokama qilish va keyingi kalendar yili uchun tizimli vazifalarni belgilash.

Kalendar yilining

15-fevraligacha

3. Quyidagilarning tegishli qarorlarini qabul qilish:

vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hay’atlarining;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarining.

Kalendar yilining

15-fevraligacha

4. Quyidagilarning shaxsiy mas’uliyati choralarini belgilash va faoliyati natijadorligini baholash:

shaharlar va tumanlar hokimlarining;

Kalendar yilining

20-fevraligacha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining takliflari bo‘yicha — Bosh vazir

viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining;

Kalendar yilining 20-fevraligacha

Bosh vazir takliflari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilarining.

Kalendar yilining

1-martigacha

Bosh vazir takliflari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

2.

Boshqaruv tizimini iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani, shuningdek, respublika hududlarini rivojlantirishning maqsadli va ustuvor vazifalariga muvofiq takomillashtirish.

1. Quyidagilarning ish rejalarini shakllantirish, tasdiqlash va amalga oshirish tizimini takomillashtirish:

Vazirlar Mahkamasining;

I yarim yillik uchun — 20-yanvargacha

II yarim yillik uchun — 20-iyulgacha

Bosh vazir, Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi

vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning;

25-yanvargacha va 25-iyulgacha

Vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari, idoralar rahbarlari

Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining;

25-yanvargacha va 25-iyulgacha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari

shaharlar va tumanlar hokimliklarining.

1-fevralgacha va 30-iyulgacha

Shaharlar va tumanlar hokimlari

Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari

2. Quyidagilarning shaxsiy ish rejalarini shakllantirish, tasdiqlash va amalga oshirish ishlarini doimiy amaliyotga joriy qilish:

Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilarining;

Har oyda

Bosh vazir, Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari

Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va mas’ul xodimlarining;

Har chorakda

Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari

vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning birinchi rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, shuningdek, boshqaruv apparati xodimlarining;

Har oyda — rahbarlar uchun, har chorakda — xodimlar uchun

Vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari, idoralar rahbarlari, apparat xodimlari

Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari

viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, shuningdek, hokimliklar mas’ul xodimlarining.

Har oyda — rahbarlar uchun, har chorakda — xodimlar uchun

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, shaharlar va tumanlar hokimlari, apparat xodimlari

Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari

3. Erishilgan natijalarni tizimli tahlil qilish, muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish va keyingi davr uchun tuzatishlar kiritish.

Muntazam ravishda

Davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari va xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, shaharlar va tumanlar hokimlari, apparat xodimlari

Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari

3.

Tegishli tarmoqlarda, iqtisodiyot va moliya sohalarida rahbar va mutaxassislarning bilimlari darajasini tizimli ravishda oshirish, shuningdek, ularning huquqiy savodxonligini ta’minlash.

1. Tavsiya etilayotgan nomzodlarni ularning iqtisodiyot va moliya sohalaridagi maxsus bilimlari darajasini, shuningdek, huquqiy savodxonligini inobatga olgan holda tanlashning qat’iy nazoratini ta’minlash.

Muntazam ravishda

Kadrlar zaxirasini tayyorlashda

Vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari, idoralar rahbarlari Qoraqalpog‘iston, Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

Davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchi, Bosh vazir, Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari

2. Davlat boshqaruvi organlari va barcha darajalardagi hokimliklar xodimlarining huquqiy savodxonlik darajasini doimiy ravishda monitoring qilish hamda baholashni joriy etish bo‘yicha hukumat qarorini qabul qilish.

2021-yil

1-aprelgacha

Adliya vazirligi

Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi, Yuridik ta’minlash boshqarmasi

3. Davlat boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlari hamda mutaxassislarining quyidagilarda o‘qishini va stajirovka o‘tashini tashkil qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash:

nufuzli xalqaro markazlardagi kurslarda;

2021-yil

1-aprelgacha

Adliya vazirligi — chaqiriq Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

Bosh vazir o‘rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi

MDH, ShHT va uzoq xorijiy mamlakatlar davlat boshqaruvi organlari va hukumatlarining markaziy apparatlarida.

2021-yil

15-aprelgacha

Adliya vazirligi

Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi

4. Quyidagilarning o‘qishi va malaka oshirishini tashkil qilish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish:

Davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari: vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari, idoralar rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari;

2021-yil

15-aprelgacha

Vazirlar Mahkamasi, Davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchi

viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek, ularning o‘rinbosarlari;

2021-yil

1-aprelgacha

Vazirlar Mahkamasi, Davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchi

shaharlar va tumanlar hokimlari, shuningdek, ularning o‘rinbosarlari.

2021-yil

1-aprelgacha

Vazirlar Mahkamasi, Davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchi

5. Quyidagi tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va mutaxassislarining bilim darajasi, huquqiy savodxonligi va ishchanlik malakasini oshirishni tizimli hamda doimiy asosda tashkil qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish:

Davlat boshqaruvi organlari markaziy apparatlari va hududiy bo‘linmalari;

2021-yil

1-aprelgacha

Vazirlar Mahkamasi, Davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, shaharlar va tumanlar hokimliklari.

2021-yil

1-aprelgacha

Vazirlar Mahkamasi, Davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchi

II. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni hisobga hamda ro‘yxatga olish, ularning tegishli mansabdor shaxslar va x�dimlarga yetkazilishini ta’minlash, bajarilishini tashkil qilish

4.

Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar loyihalarini sifatli va har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy hamda huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash.

Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar loyihalari Administratsiyaning tegishli xizmatlariga, Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilariga shaxsan vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari, idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, tegishli hududlar hokimlari tomonidan shaxsan taqdim etilishi tartibini joriy etish.

Bunda ko‘rsatib o‘tilgan mansabdor shaxslar tomonidan mazkur hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda va vakolatli davlat boshqaruvi organlarida kelishishda shaxsiy nazorat yoki shaxsan o‘zlari ishtirok etishi ta’minlanadi.

2021-yil

1-martdan boshlab

Davlat boshqaruvi organlarining birinchi rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, tegishli hududlar hokimlari

Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari

5.

Quyidagilar haqida ma’lumotlarning elektron bazasini doimiy asosda, shu jumladan “maxfiylik” rejimda shakllantirish:

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar;

har bir kalendar yili uchun iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani, shuningdek, respublika hududlarini rivojlantirish yakunlari;

tasdiqlangan “yo‘l xaritalari”, konsepsiyalar va dasturlarning amalga oshirilishi.

1. Quyidagi hujjatlar bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish:

Davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari

Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari

O‘zbekiston Respublikasida 2010 — 2021-yillar davrida qabul qilingan;

2021-yil

10-martgacha

keyingi davrda qabul qilinadigan.

Muntazam ravishda

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishini maqsadli o‘rganish to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron bazasini shakllantirish.

Muntazam ravishda Tegishli davr uchun mo‘ljallangan ish rejaga muvofiq

Erishilgan aniq natijalarning doimiy asosda tanqidiy tahlilini tayyorlash.

Muntazam ravishda

Erishilgan natijalar, aniqlangan kamchiliklar va muammolarning doimiy asosda tahlilini tayyorlash. Qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Muntazam ravishda

6.

Normativ-huquqiy hujjatlarni ijrochilarga o‘z vaqtida yetkazish ishlarini tashkil qilish.

1. Mazkur Farmonga 1a — 1d-ilovalarga muvofiq qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar amalga oshirilishi bo‘yicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etish tartibida bayon etilgan talablarning bajarilishiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash.

Qat’iy belgilangan muddatlarda

Davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari

Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi, Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari

Barcha hujjatlar va topshiriqlar amalga oshirilishini nazorat qilish rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash amaliyotini joylarda joriy qilish.

Muntazam ravishda

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni yoritish bo‘yicha yangi axborot texnologiyalari va raqamli uskunalardan foydalangan holda, axborot-tahliliy materiallar va media materiallar, shu jumladan, audio va videoroliklar, teleko‘rsatuvlar hamda radioeshittirishlar, voqealar joyidan reportajlar tayyorlash chora-tadbirlarini amalga oshirish.

Muntazam ravishda

Adliya vazirligi — chaqiriq Davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari

Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasi, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari

7.

Quyidagilarda O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlari talablari o‘z vaqtida, aniq va to‘liq hajmda bajarilishini ta’minlash ishlarini tashkil qilish:

vazirlik, davlat qo‘mita va idoralarda;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida.

Mazkur Farmonga 1a — 1d-ilovalarga muvofiq qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar amalga oshirilishi bo‘yicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etish tartibida bayon etilgan talablarning bajarilishiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash.

Belgilangan muddatlarda

Davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari

Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari

Xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida hokimlarning hisobotlarini eshitish amaliyotini joriy qilish.

Har chorakda

Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari

Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, Qonunchilik palatasi va Senat

III. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar amalga oshirilishini maqsadli o‘rganishni tashkil qilish

8.

Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar amalga oshirilishini maqsadli o‘rganish tizimini takomillashtirish.

1. Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarining ish rejalariga qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar amalga oshirilishini maqsadli o‘rganishga bag‘ishlangan maxsus bo‘limlar kiritilishini ta’minlash.

Muntazam ravishda

Davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari

Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning samarali amalga oshirilishini, erishilgan natijalar, aniqlangan muammolar va kamchiliklarni tanqidiy tahlil qilish.

Muntazam ravishda

Davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari

Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari

3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlardagi vazifalar va talablarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlamagan mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi choralari bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Muntazam ravishda

Davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari

Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari

IV. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishining nazoratini ta’minlash

9.

Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishini nazorat qilish tizimini takomillashtirish.

1. 2021-yil 1-fevraldan boshlab qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishini nazorat qilishning quyidagi tartibini joriy etish:

vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarda — birinchi rahbar huzurida va kollegial organlar majlislarida tanqidiy va har tomonlama muhokama qilish;

Har haftada — dushanba kuni Har chorakda — hay’at majlislarida

Davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari

Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari

respublika tumanlari, shaharlari va viloyatlari hokimliklarida;

Har haftada — dushanba kuni

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari

Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida:

a) “VKA” orqali tegishli davlat boshqaruvi organlari va barcha darajalardagi hokimliklarda ijro nazorati tanqidiy ko‘rib chiqilishini ta’minlash;

Har haftada — shanba kuni

Vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari, idoralar va tashkilotlar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari

Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari

b) Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalarida bajarilishini tanqidiy tahlil qilish;

Har haftada — juma kuni

Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va tarkibiy bo‘linmalari rahbar�ari

v) Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni mutasaddilik qilinadigan davlat boshqaruvi organlarida bajarilishini tanqidiy tahlil qilish;

Har oyda — 5-sanagacha

Tegishli davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari, barcha darajalardagi hokimlar

Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari

g) Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida ijro nazoratining natijadorligini tanqidiy tahlil qilish, kamchiliklar va muammoli masalalarni aniqlash, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning samarali amalga oshirilishi bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni tasdiqlash.

Har oyda — 10-sanagacha

Tegishli davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari, barcha darajadagi hokimlar

Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi, Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga tegishli davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligi choralari bo‘yicha axborot va takliflar kiritish.

Har oyda — 15-sanagacha

Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi, Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari

10.

Davlat boshqaruvi organlarining tarkibiy bo‘linmalari va hokimliklarning zimmasiga qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni ro‘yxatga hamda hisobga olish va ularning bajarilishini nazorat qilish vazifalari yuklangan rahbarlari va mutaxassislarining kasbiy darajasini, ishchanlik malakasini va shaxsiy mas’uliyatini oshirish.

1. Davlat boshqaruvi organlari tarkibiy bo‘linmalari va barcha darajalardagi hokimliklarning hisobga va ro‘yxatga olish hamda ijro nazorati vazifalari zimmasiga yuklangan rahbarlari va mutaxassislarining sifat tarkibini puxta tahlil qilish.

2. Tahlil asosida quyidagilar bo‘yicha takliflar tayyorlash:

2021-yil

1-aprelgacha

Davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari

Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari

barcha respublika darajasidagi davlat organlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining ijro intizomiga mas’ul bo‘linmalari rahbarlari lavozimlarini Administratsiyaning Ijro intizomini ta’minlash sho‘basining hisobga olish nomenklaturasiga kiritish;

2021-yil

1-aprelgacha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijro intizomini ta’minlash sho‘basi mudiri

kadrlarni tanlash, suhbat o‘tkazish, stajirovka va lavozimga tayinlash bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish.

2021-yil

15-aprelgacha

Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijro intizomini ta’minlash sho‘basi mudiri

3. Vazirliklar, idoralar va barcha darajalardagi hokimliklarda tizimni takomillashtirish hamda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha amaliy seminarlar tashkil qilish va o‘tkazishga doir takliflar tayyorlash.

2021-yil

15-martgacha

Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi, Qonunchilik palatasi va Senat apparatlari rahbarlari, Hisob palatasi, Davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchi

4. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlari uchun “Bepul huquqiy maslahatlar” onlayn kurslarni tashkil qilish.

Muntazam ravishda

Adliya vazirligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasi

11.

Jamoatchilik nazoratini fuqarolik jamiyati institutlari, OAV va fuqarolarning faol ishtirokida ijtimoiy sheriklik asosida rivojlantirish.

1. “Yuksalish” milliy harakati va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi maydonlarida jamoatchilik monitoringi va jamoatchilik eshituvlarini fuqarolik jamiyati institutlari, OAV va fuqarolarning faol ishtirokida ijtimoiy sheriklik asosida tashkil qilish.

Tartibga muvofiq muntazam ravishda

Adliya vazirligi, “Yuksalish” milliy harakati va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi

Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasi va apparati tark�biy bo‘linmalari rahbarlari

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarish masalalari bo‘yicha davlat tashkilotlariga mobil ilovalar orqali murojaat qilish mexanizmini yo‘lga qo‘yish.

2021-yil

iyul

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi

Bosh vazir maslahatchisi

3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishi bo‘yicha ishlarni “Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda” mavzusidagi ko‘rsatuvlarda, shu jumladan doimiy matbuot anjumanlarini tashkil etish orqali muntazam yoritib borish.

Reja-jadvalga asosan

Adliya vazirligi, AOKA, O‘zA

Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasi va apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari

12.

“Ijro.gov.uz” tizimini takomillashtirish.

“Ijro.gov.uz” tizimiga quyidagi o‘zgartirishlarni kiritish:

a) muddati o‘tgan va ijrosi ta’minlanmagan topshiriqlar ro‘yxati, ular bo‘yicha mas’ul davlat organlari va tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar hamda mansabdor shaxslarga nisbatan ko‘rilgan ta’sir choralari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish;

b) ijro muddati yaqinlashgan va muddati o‘tgan topshiriqlar bo‘yicha “Ijro.gov.uz” tizimi foydalanuvchilariga ogohlantiruvchi xabarlar yuborish;

v) davlat organlari va tashkilotlarining ijro intizomi bo‘yicha ko‘rsatkichlarini e’lon qilish;

g) Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qilishning “Ijro intizomi — islohotlar garovi” tamoyiliga asoslangan yangi tizimini joriy qilish;

d) Administratsiya va Vazirlar Mahkamasining barcha boshqaruv xodimlarini “Ijro.gov.uz” tizimiga ulash.

2021-yil

1-aprel

Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Bosh vazir maslahatchisi, Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasi va apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari

13.

Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni amalda qo‘llashga ko‘maklashish.

1. Adliya vazirligi, vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni amalda qo‘llashda manzilli ko‘maklashish.

Muntazam ravishda

Adliya vazirligi, vazirliklar, qo‘mitalar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasi, apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari

Adliya vaziri o‘rinbosarlarining qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish, shuningdek, ularning ushbu yo‘nalishdagi ustuvor vazifalarini belgilash.

2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi hujjat loyihasini ishlab chiqish:

a) Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha adliya vaziri o‘rinbosarlariga sohalarni hamda davlat organlari va tashkilotlarini biriktirish;

b) adliya vaziri o‘rinbosarlarining qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha ustuvor vazifalari etib quyidagilarni belgilash:

davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlariga qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli ijro etilishini ta’minlashga huquqiy-uslubiy ko‘maklashish;

davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning aniq amaliy natijalarga erishilishi ta’minlanmasdan turib, yuzaki bajarilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rish;

biriktirilgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi ustidan ta’sirchan monitoringni ta’minlash.

2021-yil

1-aprel

14.

Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish.

“Ijro.gov.uz” tizimiga zarur ma’lumotlarni o‘z vaqtida kiritmaslik yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritish, shuningdek, bu borada Adliya vazirligi ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun davlat xizmatchilariga nisbatan ma’muriy jazo choralarini qo‘llash bo‘yicha Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonunchilik loyihasini ishlab chiqish.

2021-yil

1-aprel

Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud

Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasi

15.

Adliya organlari faoliyatiga oid qonunchilikni takomillashtirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Adliya organlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish:

adliya organlarining maqomi, vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari;

adliya organlarida xizmatni o‘tash tartibi va shartlari;

adliya organlari xodimlarini huquqiy va ijtimoiy himoya qilish;

adliya organlari xodimlari kunini belgilash;

adliya organlarining boshqa organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi.

2021-yil

1-may

Adliya vazirligi

Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasi

V. Davlat boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, Vazirlar Mahkamasining hisobdorligi

16.

Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishi to‘g‘risida hisobdorlik tizimini takomillashtirish.

1. Mazkur Farmonga 3-ilova talablari bajarilishining qat’iy nazoratini ta’minlash.

Qat’iy ravishda belgilangan muddatlarda

Adliya vazirligi — chaqiriq Vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari, idoralar va tashkilotlar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari

Bosh vazir, Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi, Hisob palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijro intizomini ta’minlash sho‘basi

2. “Ijro.gov.uz” tizimida hisobdorlik amaliyotini takomillashtirish, belgilangan talablar buzilishi uchun shaxsiy javobgarlik choralarini ko‘rish.

Muntazam ravishda

Adliya vazirligi — chaqiriq Davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari

Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari

3. Quyidagilarda:

vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralarda;

Jadval asosida

Adliya vazirligi — chaqiriq Vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari, idoralar va tashkilotlar rahbarlari

Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi, Hisob palatasi, Qonunchilik palatasi va Senat, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijro intizomini ta’minlash sho‘basi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, shaharlar va tumanlar hokimliklarida mazkur Farmon talablarining bajarilishini maqsadli o‘rganishni ta’minlash.

Jadval asosida

Adliya vazirligi — chaqiriq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari

Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi, Hisob palatasi, Qonunchilik palatasi va Senat, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijro intizomini ta’minlash sho‘basi

17.

Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar hamda hududlarni rivojlantirish dasturlarining bajarilishi holatini muhokama qilish.

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shaharlar Kengashlari majlislarida mazkur hujjatlarning bajarilishi holati va natijadorligini tanqidiy o‘rganish, muhokama qilish amaliyotini joriy etish.

Har chorakda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari

Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijro intizomini ta’minlash sho‘basi, Qonunchilik palatasi va Senat

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi kanselyariyasi

“Ijro.gov.uz” tizimi orqali qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari (keyingi o‘rinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar deb yuritiladi) elektron nusxalarini Adliya vazirligiga yuborish.

bir kun muddatda, shoshilinch topshiriqlar — zudlik bilan


2-bosqich

Adliya vazirligi

“Ijro.gov.uz” tizimida nazoratga olinadigan topshiriqlarni kiritish, ulardan kelib chiqqan holda mas’ul ijrochilar va topsh�riqlarni bajarish muddatlarini belgilash.

hujjatning elektron nusxasini olgan kundan boshlab bir kun muddatda


2 (1)-bosqich

Vazirlar Mahkamasi

(Hukumat tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bo‘yicha)

1. “Ijro.gov.uz” tizimi orqali qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha kelib tushgan ma’lumotlarni qabul qilish.

2. Vazirlar Mahkamasi apparatida topshiriqlar bo‘yicha mas’ul ijrochini, zarur bo‘lganda vazirlik va idoralarni belgilash.

3. Topshiriqlarni nazoratga olish.

topshiriqlar olingan kundan boshlab bir kun muddatda


3-bosqich

Mas’ul ijrochilar

Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni amalga oshirish holati va ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tasdiqlovchi axborotni ilova qilgan holda “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritish.

belgilangan muddatlarda


4-bosqich

Adliya vazirligi

Mas’ul ijrochilar tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning bajarilishi natijalarini ko‘rib chiqish:

a) ijro natijalari qoniqarsiz bo‘lganda — ularni qayta ishlashga jo‘natish;

b) ijro natijalari qoniqarli bo‘lganda — nazoratga olingan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini “Ijro.gov.uz” tizimida tasdiqlash.

bir kun muddatda, qo‘shimcha o‘rganish talab etilganda besh kun muddatda


4 (1)-bosqich

Vazirlar Mahkamasi

(Hukumat tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bo‘yicha)

Mas’ul ijrochilar tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishining borishini ko‘rib chiqish:

a) ijro natijalari qoniqarsiz bo‘lganda — ularni qayta ishlashga jo‘natish;

b) ijro natijalari qoniqarli bo‘lganda — nazoratga olingan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini “Ijro.gov.uz” tizimida tasdiqlash.

rahbariyat tomonidan natijalar tasdiqlangandan keyin bir kun muddatda


5-bosqich

Hisob palatasi

Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishining borishini ko‘rib chiqish:

a) ijro natijalari qoniqarsiz bo‘lganda — ularni qayta ishlashga jo‘natish;

b) ijro natijalari qoniqarli bo‘lganda — “Ijro.gov.uz” tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni nazoratdan yechish.

uch kun muddatda, qo‘shimcha o‘rganish talab etilganda besh kun muddatda


6-bosqich

Hisob palatasi

Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borish.

har chorakda


7-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijro intizomini ta’minlash sho‘basi

1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qiluvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish.

1. Muntazam ravishda

2. Nazoratdan yechilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni qayta nazoratga qo‘yish, ularning ayrimlarini alohida nazoratga olish (nazoratdan faqat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan yechiladi).

2. Zarurat bo‘lganda