Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.10.2024 22.07.2021 yildagi PQ-5189-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.10.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli “Idoralararo kollegial organlar faoliyatini tubdan takomillashtirish hamda ularning samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi besh yilda respublikamizda vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, ularning vazifalari, vakolatlari va javobgarlik sohalarini aniq belgilash boʻyicha keng koʻlamli kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan bir qatorda, tarmoqlar va hududlarda ishlarning haqqoniy holatini chuqur hamda har tomonlama tanqidiy oʻrganish vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlari zimmasiga yuklangan funksional vazifalarni lozim darajada hamda masʼuliyat bilan bajarish borasidagi shaxsiy javobgarligini kuchaytirish bilan bogʻliq bir qator jiddiy kamchiliklar va tizimli muammolar mavjudligini koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimiz taraqqiyotining zamonaviy bosqichida yangi Oʻzbekistonni barpo etish uchun amalga oshirilayotgan shiddatli va keng koʻlamli islohotlar jarayonida mamlakatimiz oldida turgan ustuvor, strategik va dolzarb vazifalarni tezkor hal qilishda vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining shaxsiy masʼuliyati va javobgarligini oshirish, vazifalari va vakolatlarini aniq belgilash, shuningdek, ularning faoliyati samaradorligi hamda maqsadli vazifalarga erishilishining asosiy mezonlari orqali baholashning yangi tizimini joriy etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining eʼtibori ularga Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan hamda oʻzlarining birinchi rahbarlari tomonidan yuklatilgan vazifalarni bajarishda sustkashlikka, sansalorlikka yoʻl qoʻyib boʻlmasligiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari (keyingi oʻrinlarda — davlat boshqaruvi organlari) va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlari oʻziga biriktirilgan tarmoq va sohalardagi faoliyatining samaradorligi va natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti oldida shaxsan javobgardir hamda Vazirlar Mahkamasi oldida hisobdordir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyatini baholash tizimi joriy etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari va davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan xoʻjalik birlashmalari (keyingi oʻrinlarda — xoʻjalik birlashmalari) rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlari Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili ijro intizomining ahvoli yuzasidan baho berishni nazarda tutgan holda davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati koʻrsatkichlari davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarining kollegial organlari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishini baholashning asosiy mezonlari va koʻrsatkichlari statistik va idoraviy hisobotlar hamda tahliliy maʼlumotlar asosida tizimli monitoring qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monitoring natijalari asosida rahbarlar oʻrinbosarlarining faoliyati tanqidiy tahlil asosida tegishli davlat boshqaruv organlari kollegial organi va xoʻjalik birlashmalarining kuzatuv kengashlarida hamda Vazirlar Mahkamasida har chorak yakuni boʻyicha muhokama qilib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash mezonlari va koʻrsatkichlari asosida har bir rahbar oʻrinbosari faoliyatiga baho berish orqali ularga ragʻbatlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish choralari koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlari tomonidan faoliyat koʻrsatkichlari ijrosi boʻyicha har oy ommaviy axborot vositalari, shu jumladan tele va radio kanallar orqali axborot berilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlari faoliyatini baholash tizimi doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati koʻrsatkichlari har yil yakuni boʻyicha keyingi yilning 10-yanvariga qadar belgilangan tartibda tasdiqlangan baholashning asosiy mezonlariga muvofiq davlat boshqaruvi organlari hamda xoʻjalik birlashmalarining kollegial organlari tomonidan ishlab chiqiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosarlari va maslahatchilari bilan kelishgan holda tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlari faoliyati har chorak yakuni boʻyicha kollegial organ yigʻilishida tanqidiy muhokama qilinadi hamda baholanadi. Bunda, rahbar oʻrinbosarlari tomonidan faoliyat koʻrsatkichlari ijrosi 70 foizdan kam taʼminlanganda — “qoniqarsiz”, 71 foizdan 90 foizgacha — “qoniqarli”, 91 foizdan 99 foizgacha — “yaxshi” hamda 100 foiz va undan yuqori boʻlganda “aʼlo” deb baholanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarining kollegial organlari tomonidan rahbarning tegishli oʻrinbosarlari masʼuliyati yuzasidan takliflar tayyorlanadi hamda tahliliy materiallar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va maslahatchilariga kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 10-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va maslahatchilari taqdim etilgan tahliliy materiallarni tegishli rahbarlar va ularning oʻrinbosarlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilib, har bir rahbar oʻrinbosari faoliyatiga shaxsiy baho bergan holda ularni ragʻbatlantirish choralarini yoki oʻziga biriktirilgan soha va tarmoqlarda asosiy koʻrsatkichlarga erishishda masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygani uchun lavozimga loyiqligi masalasini koʻrib chiqadi hamda bu toʻgʻrisida aniq takliflar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga hisobot beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 15-sanasiga qadar davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlari faoliyatini baholash natijalari boʻyicha yakuniy tahliliy materiallar, shu jumladan, ularni ragʻbatlantirish yoki intizomiy choralar qoʻllash yuzasidan aniq takliflar umumlashtirilib, koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuboriladi. Bunda zaruratga koʻra, oʻz faoliyatida tizimli kamchiliklarga yoʻl qoʻyib kelayotgan rahbar oʻrinbosarlari lavozimini qisqartirgan holda ularga yuklangan vazifalarning ijrosini taʼminlash boʻyicha tegishli departament faoliyatini tashkil etish boʻyicha takliflar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Rahbarlar oʻrinbosarlarining faoliyati koʻrsatkichlari ijrosi ustidan monitoringni amalga oshirishda asosiy eʼtibor quyidagi tizimli va ustuvor masalalarga qaratilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
makroiqtisodiy barqarorlikni, barqaror va mutanosib iqtisodiy taraqqiyotni taʼminlash, iqtisodiyot tarmoqlarini kompleks rivojlantirish va diversifikatsiyalash, shuningdek, “xufiyona” iqtisodiyotga qarshi kurashish hamda uning ulushini keskin qisqartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi ish oʻrinlari yaratish, aholi bandligini taʼminlash, mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirish, aholining daromad topishga qaratilgan tadbirkorlik intilishlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, aholi va biznes uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishbilarmonlik muhitini va biznes yuritish shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish, ularni zarur moliyaviy va infratuzilmaviy resurslar bilan taʼminlash hamda “Har bir oila — tadbirkor” dasturini izchil amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya muhitini yaxshilash, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, ajratilgan kapital quyilmalarni samarali oʻzlashtirish hamda iqtisodiy oʻsishni taʼminlashda xizmatlar sohasini muhim drayverga aylantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoatda eksportbop va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishning oʻsishi, importni qisqartirish hamda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish orqali mahsulot tannarxini kamaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya qilish, shu jumladan, klasterlar faoliyatini tashkil etish, qishloq xoʻjaligiga zamonaviy, innovatsion agrotexnologiyalarni faol kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsion ishlanmalar va raqamli texnologiyalarni joriy qilish orqali mehnat unumdorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ijtimoiy sohada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni hududlarda toʻlaqonli joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim tizimini rivojlantirish, uning sifati va samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik shaklidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish ishlarini jadallashtirish hamda ushbu sohaga xususiy sektorni kengroq jalb etish orqali maktabgacha taʼlim qamrovini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash, tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari tomonidan aholiga yanada sifatli tibbiy xizmatlar koʻrsatish qamrovini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pensionerlarni ijtimoiy koʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, qariyalar va keksa yoshdagilarga har tomonlama gʻamxoʻrlik qilish, fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish va sport infratuzilmasini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan har bir shaxs bilan individual va tizimli ravishda muntazam ish olib borishni tashkil qilish orqali aholining, ayniqsa, moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalar, nogironligi boʻlgan, kam taʼminlangan xotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularning real daromadlarini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning bandligiga koʻmaklashish, tadbirkorlik gʻoya va tashabbuslarini ragʻbatlantirish, ular munosib daromad olishi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizmni jadal rivojlantirish, tashrif buyurayotgan xorijiy va mahalliy turistlar oqimini koʻpaytirish, yangi turizm mahsulotlarini yaratish, turizm infratuzilmasi va transport logistikani kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, aholi oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik sohalarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining turmush sharoitlarini yaxshilash va ularni munosib turar joy bilan taʼminlash va farovonligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kapital qurilish va qurilish industriyasi sohasini jadal rivojlantirish, ijtimoiy soha, uy-joy va infratuzilma obyektlarining sifatli qurilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda orqada qolayotgan qishloq tumanlari va shaharlarni kompleks va jadal rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining sifatli kommunal xizmatlar bilan qamrab olinishini tubdan yaxshilash, koʻp kvartirali uy-joy fondidan foydalanish tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, oqova suv, ichki xoʻjalik yoʻllari va boshqa kommunikatsiya tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ishni rejalashtirish va “temir intizom”ga asoslangan qatʼiy ijro intizomini taʼminlash sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6166-son Farmoniga asosan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning barvaqt va sifatli ijrosini taʼminlash, “temir intizom”ga asoslangan ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha yagona va uzluksiz “texnologik zanjir”ning yangicha taʼsirchan tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda “mahallabay” ishlash tizimini joriy etish orqali mahalliy boshqaruv organlarini aholiga yanada yaqinlashtirish, aholi va tadbirkorlarning muammolarini aniqlash hamda ularni samarali hal etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlarida faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali ular faoliyatining samaradorligi va natijadorligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va hududiy rivojlantirish dasturlarini, oliy va yuqori darajalardagi tashriflar yakunlari boʻyicha “yoʻl xaritalari”, hududlarda iqtisodiy, ijtimoiy va maʼmuriy islohotlarni oʻz vaqtida va toʻliq hajmda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi bilan oʻzaro hamkorlik va toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni tashkil qilish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini oʻz vaqtida hamda sifatli koʻrib chiqishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat safarlari, shu jumladan, xorijiy davlatlarga safarlar samaradorligi va natijadorligini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati koʻrsatkichlarini ishlab chiqish, monitoring qilish va samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻz vakolatiga kiritilgan tegishli yoʻnalishlar va masalalar boʻyicha davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari tomonidan strategik va ustuvor vazifalar, tasdiqlangan “yoʻl xaritalari” hamda oʻrta va uzoq istiqbolga moʻljallangan dasturlarning samarali amalga oshirilishida ularning faoliyatini muvofiqlashtirish hamda oʻzaro samarali hamkorligini taʼminlash uchun taʼsirchan choralar koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari tomonidan ularning oʻrinbosarlari faoliyat koʻrsatkichlarini baholashning asosiy mezonlaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlari va maslahatchilari bilan kelishgan holda ularning oylik shaxsiy ish rejalari tasdiqlab boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasidagi nodavlat notijorat tashkilotlariga rahbar oʻrinbosarining faoliyatini baholashning asosiy mezonlari va koʻrsatkichlarini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda ularning faoliyatiga baho berib borish tizimini joriy etish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari bir oy muddatda belgilangan tartibda tasdiqlangan baholashning asosiy mezonlaridan kelib chiqib, 2021-yil II yarim yilligi uchun davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati koʻrsatkichlarini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qaror bilan joriy etilayotgan davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlari faoliyatini samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholash tizimi 2021-yil yakuniga qadar eksperiment tarzida amalga oshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi 2022-yil 15-yanvarga qadar davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarining rahbarlari oʻrinbosarlari faoliyatini baholash jarayonlarini puxta tahlil qilgan holda ushbu qaror bilan joriy etilgan tizimni yanada takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflarni kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlar Mahkamasi oʻtkazilgan eksperiment yakunlariga koʻra 2022-yil 1-fevralga qadar davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlari faoliyatini samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholashni tashkil etishda yuzaga kelgan muammolar va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, mazkur tizim samaradorligini oshirish maqsadida uni takomillashtirish yuzasidan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan birgalikda har yili muntazam ravishda davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining malakasini oshirish boʻyicha qisqa muddatli kurslarni tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi ishlar vazirligi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi bilan birgalikda davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarini chet davlatlarga oʻz yoʻnalishi boʻyicha qisqa muddatli oʻqish va tajriba orttirishga yuborish boʻyicha kompleks choralarni koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ikki oy muddatda vazirliklar va idoralar rahbariyati faoliyatining koʻrsatkichlarini baholashda inson omilini kamaytirish maqsadida asosiy koʻrsatkichlar boʻyicha maʼlumotlarni avtomatik tarzda tahlil qilish orqali mavjud holatni aniqlash imkonini beruvchi maxsus elektron platformani ishga tushirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda mazkur qarordan kelib chiqqan holda davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlarining har bir oʻrinbosari vakolatlarini qayta koʻrib chiqib, ularning funksional vazifalariga vakolat va javobgarlik chegarasini aniq belgilash boʻyicha qaror loyihasini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga hamda rahbar oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimining joriy etilishiga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga 2021-yil 1-oktabr va 2022-yil 15-yanvarga qadar axborot berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 22-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-5189-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qaroriga

ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati koʻrsatkichlarini ishlab chiqish, monitoring qilish va samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari hamda davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan xoʻjalik birlashmalari (keyingi oʻrinlarda — davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari) rahbarlari oʻrinbosarlarining (keyingi oʻrinlarda — rahbar oʻrinbosarlari) funksional vazifalari asosida ularning faoliyati koʻrsatkichlarini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda ularga baho berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Rahbar oʻrinbosarlari oʻziga biriktirilgan tarmoq va sohalardagi faoliyatining samaradorligi va natijadorligi, oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarining toʻliq va sifatli bajarilishini tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti oldida shaxsan javobgardir hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oldida hisobdordir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbar oʻrinbosarlarining faoliyati koʻrsatkichlarini ishlab chiqish, monitoring qilish va samaradorligini baholash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom talablari uning 2-ilovasidagi roʻyxatda keltirilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalariga nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Rahbar oʻrinbosarlarining faoliyati koʻrsatkichlarini hamda ularni baholash mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Rahbar oʻrinbosarlarining tegishli yil uchun faoliyati koʻrsatkichlari, davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbar oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlari tegishli davlat boshqaruvi organi hamda xoʻjalik birlashmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari hamda tasdiqlangan asosiy vazifa va funksiyalaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Rahbar oʻrinbosarlarining tegishli yil uchun moʻljallangan faoliyat koʻrsatkichlari shu yilning 10-yanvariga qadar davlat boshqaruvi organlari hamda xoʻjalik birlashmalarining kollegial organlari tomonidan Bosh vazirning tegishli oʻrinbosarlari va maslahatchilari bilan kelishgan xolda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Rahbar oʻrinbosarlarining faoliyat koʻrsatkichlari ijrosini monitoring qilish va baholash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat boshqaruvi organlari hamda xoʻjalik birlashmalarining birinchi rahbarlari har bir rahbar oʻrinbosari boʻyicha tasdiqlangan koʻrsatkichlarni amalda joriy etilganligi yuzasidan tizimli monitoring olib boradi hamda ularning natijalarini tanqidiy tahlil qilib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarining birinchi rahbarlari zarur hollarda boshqa davlat organlari, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasidan har bir rahbar oʻrinbosari boʻyicha tasdiqlangan koʻrsatkichlarni amalda joriy etilganligi yuzasidan rasmiy statistik va idoraviy maʼlumotlarni soʻrab oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi davlat boshqaruvi organlari hamda xoʻjalik birlashmalarining soʻroviga asosan ularni tegishli statistik maʼlumotlar bilan taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 3-sanasiga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat boshqaruvi organlarining birinchi rahbarlari hisobot davri yakuni boʻyicha rahbar oʻrinbosarlari faoliyatining yakuniy natijalarini koʻrib chiqish uchun kollegial organ majlisini oʻtkazadi hamda ushbu Nizomning 8 va 9-bandlarida belgilangan tartibda tegishli davlat boshqaruvi organining kollegial organi tomonidan har bir rahbar oʻrinbosariga baho beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xoʻjalik birlashmalarining birinchi rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda hisobot davri yakuni boʻyicha rahbar oʻrinbosarlari faoliyatining yakuniy natijalarini koʻrib chiqish uchun kuzatuv kengashi majlisini oʻtkazadi hamda ushbu Nizomning 8 va 9-bandlarida belgilangan tartibda tegishli xoʻjalik birlashmaning kuzatuv kengashi tomonidan har bir rahbar oʻrinbosariga baho beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Rahbar oʻrinbosarlari tomonidan faoliyat koʻrsatkichlari ijrosi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70 foizdan kam taʼminlanganda — “qoniqarsiz”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71 foizdan 90 foizgacha — “qoniqarli”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91 foizdan 99 foizgacha — “yaxshi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100 foiz va undan yuqori boʻlganda “aʼlo” deb baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Rahbar oʻrinbosarlarining ish samaradorligini baholash reytingi natijasi shu oʻrinbosarning baholash samaradorlik koʻrsatkichlari (SK)ning har biri uchun olingan foizlarni qoʻshish yoʻli bilan oʻrtacha arifmetik koʻrsatkichlari orqali hisoblab chiqariladigan hamda quyidagi formulaga asosan aniqlanadigan umumiy samaradorlik koʻrsatkichi (keyingi oʻrinlarda — USK) orqali amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
USK = (SK1 + SK2 + … + SKn)/N.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda N — samaradorlik koʻrsatkichlari soni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar davlat boshqaruvi organlari hamda xoʻjalik birlashmalarining kollegial organlari tomonidan har bir rahbar oʻrinbosari boʻyicha berilgan baho natijalari boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumotlar, shu jumladan, tegishli oʻrinbosarlar masʼuliyati yuzasidan takliflar hamda boshqa tahliliy materiallar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosarlari va maslahatchilariga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 10-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va maslahatchilari taqdim etilgan tahliliy materiallarni tegishli rahbarlar va ularning oʻrinbosarlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilgan holda har bir rahbar oʻrinbosari faoliyatiga shaxsiy baho beradilar, ularni ragʻbatlantirish yoki oʻziga biriktirilgan soha va tarmoqlarda asosiy koʻrsatkichlarga erishishda masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan rahbar oʻrinbosarlarining lavozimiga loyiqligi masalasini koʻrib chiqadilar hamda bu toʻgʻrisida aniq takliflar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va maslahatchilarining hisobot materiallari Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari tomonidan umumlashtirish uchun Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyatiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyati har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 15-sanasiga qadar davlat boshqaruvi organlari hamda xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlari faoliyatini baholash yakunlari boʻyicha yakuniy tahliliy materiallar, shu jumladan, ularni ragʻbatlantirish yoki intizomiy choralar qoʻllash, shuningdek, zaruratga koʻra, oʻz faoliyatida tizimli kamchiliklarga yoʻl qoʻyib kelayotgan rahbar oʻrinbosarlari lavozimini qisqartirgan holda ularga yuklangan vazifalarning ijrosini taʼminlash boʻyicha tegishli departament (boshqarma) faoliyatini tashkil etish yuzasidan aniq takliflar umumlashtirilib, koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur Nizom talablarining bajarilishini taʼminlash uchun har bir davlat boshqaruvi organi hamda xoʻjalik birlashmasining birinchi rahbarlari shaxsan masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati koʻrsatkichlarini ishlab chiqish, monitoring qilish va samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlariga nomzodlarni tanlash, lavozimga tayinlash va ularning faoliyati koʻrsatkichlarini ishlab chiqish, monitoring qilish va samaradorligini baholashning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TASHKILIY SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarining
birinchi rahbarlari

1. Davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlarining oʻrinbosarlari lavozimlariga nomzodlarni tanlash.

Doimiy ravishda
(zaruratga koʻra)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi,

Vazirlar Mahkamasi

2. Davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlari lavozimlariga nomzodlarni kelishish va tavsiya etish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, xoʻjalik birlashmalari boshqaruv organlari

3. Davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlash.

2-bosqich

Davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari birinchi rahbarlari

Davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining funksional vazifalari, vakolatlari doirasi hamda javobgarlik sohasini belgilash.

Belgilangan muddatlarda

3-bosqich

Davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari

Tasdiqlangan faoliyat samaradorligi mezonlaridan kelib chiqib, davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining tegishli yil uchun faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlarini ishlab chiqish hamda kollegial organlarida muhokama qilgan holda tasdiqlash.

Har yili
10-yanvarga
qadar

4-bosqich

Davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarining
birinchi rahbarlari

Davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarining kollegial organlari tomonidan tasdiqlangan faoliyat koʻrsatkichlarining amalda joriy etilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borish hamda uning natijalarini tanqidiy tahlil qilib borish, zarur hollarda boshqa davlat organlari, Davlat statistika qoʻmitasidan rasmiy statistik va idoraviy maʼlumotlarni soʻrab olish.

Doimiy
ravishda

5-bosqich

Davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarining kollegial organlari

Hisobot davri yakuni boʻyicha rahbar oʻrinbosarlari faoliyatining yakuniy natijalarini koʻrib chiqish uchun kollegial organ majlisini oʻtkazish hamda har bir rahbar oʻrinbosariga baho berish.

Har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 3 sanasiga qadar

6-bosqich

Davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarining
birinchi rahbarlari

Har bir rahbar oʻrinbosari boʻyicha berilgan baho natijalari boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumotlar, shu jumladan, tegishli oʻrinbosarlar masʼuliyati yuzasidan takliflar hamda boshqa tahliliy materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosarlari va maslahatchilariga kiritish.

Har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 5 sanasiga qadar

7-bosqich

Bosh vazir oʻrinbosarlari
va maslahatchilari

Tahliliy materiallarni tegishli rahbarlar va ularning oʻrinbosarlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilgan holda har bir rahbar oʻrinbosari faoliyatiga shaxsiy baho berish, ularni ragʻbatlantirish choralarini yoki oʻziga biriktirilgan soha va tarmoqlarda asosiy koʻrsatkichlarga erishishda masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygani uchun lavozimga loyiqligi masalasini koʻrib chiqish rahbar oʻrinbosarlarining lavozimiga loyiqligi masalasini koʻrib chiqish hamda bu toʻgʻrisida aniq takliflar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot berish.

Har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 10 sanasiga qadar

8-bosqich

Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi,

Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari

Davlat boshqaruvi organlari hamda xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlari faoliyatini baholash yakunlari boʻyicha yakuniy tahliliy materiallar, shu jumladan, ularni ragʻbatlantirish yoki intizomiy choralar qoʻllash, shuningdek, zaruratga koʻra, oʻz faoliyatida tizimli kamchiliklarga yoʻl qoʻyib kelayotgan rahbar oʻrinbosarlari lavozimini qisqartirgan holda ularga yuklangan vazifalarning ijrosini taʼminlash boʻyicha tegishli departament faoliyatini tashkil etish yuzasidan aniq takliflarni umumlashtirish hamda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborish.

Har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 15 sanasiga qadar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati koʻrsatkichlarini ishlab chiqish, monitoring qilish va samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Rahbarlar oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimi joriy etiladigan vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalarining

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

I. Vazirliklar

1.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

2.

Moliya vazirligi

3.

Transport vazirligi

4.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

5.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

6.

Xalq taʼlimi vazirligi

7.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

8.

Ichki ishlar vazirligi

9.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

10.

Qurilish vazirligi

11.

Tashqi ishlar vazirligi

12.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

13.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

14.

Adliya vazirligi

15.

Madaniyat vazirligi

16.

Turizm va sport vazirligi

17.

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

18.

Maktabgacha taʼlim vazirligi

19.

Innovatsion rivojlanish vazirligi

20.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

21.

Suv xoʻjaligi vazirligi

22.

Energetika vazirligi

23.

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

II. Davlat qoʻmitalari

1.

Davlat statistika qoʻmitasi

2.

Davlat soliq qoʻmitasi

3.

Davlat bojxona qoʻmitasi

4.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

5.

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

6.

Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi

7.

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

8.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

9.

Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi

III. Markaziy muassasalar

1.

Fanlar akademiyasi

2.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi

IV. Agentliklar

1.

Yoshlar ishlari agentligi

2.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

3.

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi

4.

Milliy axborot agentligi

5.

Kinematografiya agentligi

7.

“Oʻzarxiv” agentligi

8.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi

9.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi

12.

Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi

13.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi

14.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

15.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

16.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati

17.

Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

18.

Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi

19.

Turizm va sport vazirligi huzurida Madaniy meros agentligi

20.

Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzatom” agentligi

21.

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

V. Qoʻmitalar

1.

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi

2.

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

3.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita

4.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi

5.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi

6.

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

VI. Markazlar

1.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

2.

Gidrometeorologiya xizmati markazi

3.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi

4.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi

5.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi

6.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi

VII. Inspeksiyalar

1.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

2.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

3.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

4.

Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi

5.

Transport vazirligi huzuridagi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi

6.

Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

7.

Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi

8.

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi

9.

Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi

VIII. Uyushmalar

1.

“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi

2.

Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasi

3.

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi

4.

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi

5.

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

6.

“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi

7.

“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi

8.

“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi

9.

“Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi

10.

“Yongʻoq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar” uyushmasi

11.

“Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi

12.

Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi

13.

Limon yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi

14.

Kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi

15.

“Parrandasanoat” uyushmasi

16.

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi

IX. Jamgʻarmalar

1.

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi

2.

Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi

X. Davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan kompaniyalar va jamiyatlar

1.

“Oʻzbektelekom” AJ

2.

“Oʻzbekiston pochtasi” AJ

3.

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

4.

“Uzbekistan Airways” AJ

5.

“Uzbekistan Airports” AJ

6.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

7.

“Toshshahartransxizmat” AJ

8.

“Oʻzbekkoʻmir” AJ

9.

“Oʻzshahar qurilish invest” MChJ

10.

“Qishloqqurilishinvest” IK

11.

“Oʻzagrosugʻurta” AJ

12.

“Oʻzbekneftgaz” AJ

13.

“Oʻztransgaz” AJ

14.

“Hududgaztaʼminot” AJ

15.

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

16.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

17.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ

18.

“Oʻzbekgidroenergo” AJ

19.

“Oʻzkimyosanoat” AJ

20.

“Olmaliq KMK” AJ

21.

“Oʻzmetkombinat” AJ

22.

“Oʻzikkilamchiranglimetall” AJ

23.

“Oʻzavtosanoat” AJ

24.

“Oʻzagrolizing” AJ

25.

“Oʻzagroservis” AJ

26.

“Navoiy KMK” DK

27.

“Oʻzdonmahsulot” AK

28.

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-oktabrdagi PF-164-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 06/24/164/0843-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 07/21/5189/0688-son, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son; 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son; 24.10.2024-y., 06/24/164/0843-son)