24.06.2021 yildagi PQ-5159-son

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Iqtisodiyot drayveri sifatida mis sanoati klasterini rivojlantirish

1.

Geologiya fani va geologiya xizmatlar bozorini rivojlantirish (geologiya-qidiruv ishlari, marksheyderlik xizmatlari, laboratoriya va boshqalar).

1.1

Mis xomashyosi hamda rangli, nodir va noyob metallarni, shu jumladan, qimmatbaho komponentlarni oqilona ajratib olishga yo‘naltirilgan istiqbolli ilmiy ishlanmalar va tadqiqot loyihalar portfelini shakllantirish.

Ilmiy-tadqiqot ishlari dasturi

2021-yil iyul

Davlat geologiya qo‘mitasi

(B. Islamov),

NKMK (Q. Sanaqulov),

OKMK (A. Xursanov)

1.2

Tasdiqlangan istiqbolli loyihalar portfeliga muvofiq ilmiy ishlanmalar va tadqiqotlar bajarilishini tashkil etish, keyinchalik texnologiyalar transferini amalga oshirish va ularni tijoratlashtirish.

Davlat geologiya qo‘mitasi Ilmiy-texnik kengashining qarori

Grafik asosida

1.3

Geologiya fanlari universiteti bazasida zamonaviy laboratoriyani tashkil etish va xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazishni boshlash.

Amaliy tadbirlar

2021-yil davomida

Davlat geologiya qo‘mitasi

(B. Islamov)

1.4

Xususiy ixtisoslashgan kompaniyalar tomonidan autsorsing asosida bajariladigan obyektlar va ishlar (xizmatlar) ro‘yxatini shakllantirish.

Davlat geologiya qo‘mitasi qarori

2021-yil avgust

Davlat geologiya qo‘mitasi

(B. Islamov)

1.5

Geologiya-qidiruv, marksheyderlik va laboratoriya-tadqiqot ishlarini bajarish uchun autsorsing asosida, shu jumladan “O‘zbek geologiya qidiruv” AJga yordamchi pudr�tchi tashkilotlarni jalb qilish uchun tanlov �tkazish.

Davlat geologiya qo‘mitasi va Moliya vazirligi qarori

2021-yil sentyabrdan

Davlat geologiya qo‘mitasi

(B. Islamov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

1.6

Davlat geologiya qo‘mitasi huzuridagi “Geologiya-marksheyderlik xizmati” DKning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar rejasi

2021-yil iyul

Davlat geologiya qo‘mitasi

(B. Islamov)

Zarur asbob-uskunalar, texnikalar va qurilmalarni o‘rnatilgan tartibda sotib olish.

Davlat geologiya qo‘mitasi qarori

Grafik asosida

2.

Loyiha va injiniring xizmatlarini, shu jumladan yetakchi xalqaro kompaniyalar bilan qo‘shma korxonalar tashkil etish orqali rivojlantirish.

2.1

Bozorni va kon-geologiya obyektlarni loyihalash sohasidagi salohiyatli hamkorlar ro‘yxatini tahlil qilish.

Tahliliy materiallar

2021-yil iyul

Vazirlar Mahkamasi (S. Umurzoqov),
ITSV (Sh. Vafayev),
Davlat geologiya qo‘mitasi
(B. Islamov)

2.2

Hamkorlik shartlarini aniqlash va “O‘zgeorangmetliti” loyihalash instituti negizida qo‘shma korxona tashkil etish.

Kelishuv loyihasi

2021-yil avgust

2.3

“O‘zgeorangmetliti” loyihalash instituti negizida qo‘shma korxona tashkil etish uchun sherik — injiniring kompaniyasi bilan muzokara o‘tkazish va tanlash.

Qo‘shma korxona tashkil etish bo‘yicha kelishuv

2021-yil sentyabr

2.4

Xorijiy davlatlarning kam xarajatli injiniring xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha tajribalarini o‘rganish va ularni respublikada qo‘llash bo‘yicha takliflarni tayyorlash.

Tahliliy materiallar

2021-yil 1-sentabr

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

ITSV (Sh. Vafayev),
Davlat geologiya qo‘mitasi

(B. Islamov),
NKMK (Q. Sanaqulov),

OKMK (A. Xursanov)

3.

Navoiy mashinasozlik zavodi, OKMK Markaziy ta’mirlash-mexanika zavodi va “Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish” IIChB hamda “O‘zbekko‘mir” AJ tarkibiga kiradigan Tog‘-kon uskunalarini sozlash zavodining ishlab chiqarish bazasida kon-metallurgiya mashinalari va uskunalarini ishlab chiqarish va ta’mirlashni tashkil etish.

3.1

Mahalliy xaridlar doirasida amalga oshiriladigan yoki yetakchi xorijiy litsenziarlar va ishlab chiqaruvchilarni jalb qilgan holda mahalliylashtirish uchun taklif etilayotgan kon-metallurgiya texnikalari va uskunalari ro‘yxatini shakllantirish.

OKMK va NKMK sohaviy ITK majlisi bayoni

2021-yil iyul

NKMK (Q. Sanaqulov),

OKMK (A. Xursanov)

3.2

Kooperatsiya asosida, shu jumladan butlovchi va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish uchun xususiy sektorni jalb qilgan holda kon-metallurgiya texnikalari va uskunalarini ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiqishda, texnologiyalarni ishlab chiqishda va mahsulot sifatini yaxshilashda xususiy sektorga ko‘mak berishga alohida e’tibor qaratiladi (NKMK tajribasiga ko‘ra).

Tarmoq grafigi bilan har bir turdagi uskunalar bo‘yicha “yo‘l xaritalari”

2021-yil avgust

NKMK (Q. Sanaqulov),

OKMK (A. Xursanov)

3.3

Mahalliy mis sanoati klasteri bo‘yicha yagona elektron axborot-interaktiv savdo portalini yaratish, bunda quyidagilarni nazarda tutish:

mis sanoati klasteri tarkibiga kiruvchi va ushbu sohada faoliyat yurituvchi hamda unga kooperatsiya asosida xizmat ko‘rsatuvchi va mahsulot yetkazib beruvchi tashkilotlar ro‘yxatini tuzish;

ushbu tashkilotlarning ishlab chiqaradigan mahsulotlari, ko‘rsatadigan xizmatlari ro‘yxati va spetsifikasi, ularning sifati va shartnoma shartlari bajarilishini inobatga olgan holda aniqlanadigan reytingini yuritish hamda onlayn yoritib borish;

portaldan ro‘yxatdan o‘tgan tashkilotlar faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqish va avtomatik ravishda ularning reytingini hisoblash mexanizmlarini joriy etish;

Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi va boshqa davlat organlarining idoraviy elektron ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya qilish;

mis sanoati klasteri ishtirokchilarining buyurtmalari va xaridlari;

respublikada ishlab chiqarilgan kon-metallurgiya mashinalari, texnikalar va uskunalar assortimenti;

tegishli yo‘ldosh ishlarga (xizmatlarga) ehtiyoj va xaridlari.

Yagona elektron axborot-interaktiv savdo portali dasturiy ta’minoti

2021-yil sentyabr

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B. Abdinazarov),
Moliya vazirligi (O. Isakov),

NKMK (Q. Sanaqulov),
OKMK (A. Xursanov),
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov)

3.4

Etakchi xorijiy konsalting kompaniyalarni jalb qilgan holda kon-metallurgiya mashinalari, texnikalar va uskunalar ishlab chiqarishni rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish.

Konsepsiya loyihasi

2021-yil 15-sentabr

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B. Abdinazarov),
NKMK (Q. Sanaqulov),

OKMK (A. Xursanov)

3.5

Tayyorlangan materiallar asosida 2022 — 2026-yillarda kon-metallurgiya mashinalari, texnikalari va uskunalarining yangi turlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat

2021-yil 15-oktabr

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B. Abdinazarov),

NKMK (Q. Sanaqulov),

OKMK (A. Xursanov),
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (D. Sattarov), “O‘zeltexsanoat” uyushmasi (M. Yunusov)

4.

Faoliyatning ayrim yo‘nalishlari bo‘yicha mahalliy ixtisoslashgan kompaniyalar bilan kooperatsiya va autsorsingni rivojlantirish (asosiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lmagan tovarlar, avtotransport xo‘jaligi, burg‘ulash ishlari, axborot tizimlari va IT xizmatlari va boshqalar).

4.1

Mahalliy ixtisoslashgan kompaniyalarga autsorsingga beriladigan tovarlar, ishlar (xizmatlar) turlari ro‘yxati va ularning hajmlarini shakllantirish.

Autsorsingga o‘tkaziladigan tovar va xizmatlar ro‘yxati va “yo‘l xaritasi”

2021-yil 15-avgust

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
NKMK (Q. Sanaqulov),

OKMK (A. Xursanov)

4.2

Kon-geologiya va metallurgiya sohalariga ixtisoslashgan mahalliy “yunior” korxonalarni qo‘llab-quvvatlash dasturini ishlab chiqish, shuningdek, ular uchun teng raqobat muhitini yaratish.

Chora-tadbirlar dasturi

2021-yil iyul

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B. Abdinazarov)

4.3

2021 — 2023-yillarda tegishli tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni autsorsingga bosqichma-bosqich o‘tkazish bo‘yicha tarmoq jadvalini (chora-tadbirlar rejasi) ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar rejasi

2021-yil 15-avgust

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
NKMK (Q. Sanaqulov),

OKMK (A. Xursanov)

4.4

Mahalliy “yunior” korxonalarni qo‘llab-quvvatlash dasturi va tegishli ishlarni (xizmatlarni) autsorsingga bosqichma-bosqich o‘tkazish bo‘yicha tarmoq jadvali (chora-tadbirlar rejasi) bo‘yicha tayyorlangan tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan tizimli ishlarni tashkil etish.

Tanlovni e’lon qilish, monitoring o‘tkazish

Tasdiqlangan grafik asosida

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B. Abdinazarov),

Moliya vazirligi
(T. Ishmetov)

5.

Chet el kompaniyalari — texnologiya egalarini jalb qilgan holda yuqori qo‘shimcha qiymatga ega ishlab chiqarishni rivojlantirish (“Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish” IIChB, “O‘zeltexsanoat” korxonalari, “Texnopark” va boshqalar).

5.1

Mis va mis qotishmalaridan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarishning global zanjirlarini tahlil qilish, respublikada raqobatbardosh ustunlik mavjud bo‘lgan tovarlarning maqsadli guruhlarini, shu jumladan “yashil iqtisodiyot” rivojlanishini hisobga olgan holda aniqlash.

Tahliliy ma’lumot

2021-yil sentyabr

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B. Abdinazarov),
Moliya vazirligi
(T. Ishmetov),
OKMK (A. Xursanov)

5.2

Rangli, nodir va noyob metallarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha texnologik klasterlarni yaratish yuzasidan ochiq hamkorlik dasturini shakllantirish.

Hamkorlik dasturi

2021-yil oktyabr

5.3

Qattiq va issiqqa chidamli qotishmalar, asboblar va mahsulotlar ishlab chiqarish uchun texnologik klaster yaratish bilan “Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish” IIChBni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish.

Konsepsiya loyihasi

2021-yil sentyabr

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B. Abdinazarov),
OKMK (A. Xursanov), O‘zmilliybank
(A. Mirsoatov)

5.4

Mis sanoati klasteri faoliyatini tashkil etishga yetakchi xorijiy ishlab chiqaruvchilar va salohiyatli investorlarni jalb qilish tizimini joriy etish.

Biznes-rejalarni, loyihalar uchun loyihaviy hujjatlarni tayyorlashni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Tanlov asosida, investitsiya kelishuvi

2021-yil noyabrdan

ITSV (A. Voitov),
“O‘zeltexsanoat” (M. Yunusov),
OKMK (A. Xursanov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

5.5

Mis sanoati klasterini tashkil etish uchun zarur investitsiya loyihalari ro‘yxatini tarmoqlar kesimida tayyorlagan holda, maxsus sanoat zonalarini tashkil etish yuzasidan takliflar tayyorlash.

Normativ-huquqiy hujjat

2021-yil 31-dekabr

ITSV (A. Voitov),
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B. Abdinazarov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

“O‘zeltexsanoat” (M. Yunusov),
OKMK (A. Xursanov)

6.

Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining (ITTKI) o‘zaro bog‘liq tizimini rivojlantirish, innovatsiyalarni joriy etish va sohaga oid texnologiyalarni transferi markazlarini yaratish.

6.1.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda NKMK Innovatsion markazi, OKMK Yangi texnologiyalar ilmiy-texnologik markazi, IIT huzuridagi Ilmiy-texnologik markazni rivojlantirish konsepsiyalarini ishlab chiqish:

moddiy-texnika va ekspert bazasini, shu jumladan tadqiqot-tahlil laboratoriyalarini mustahkamlash;

mahsulot tannarxini pasaytirish, sifatini oshirish va chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha ilmiy izlanishlar o‘tkazish yuzasidan qo‘shma dasturlarni ishlab chiqish;

mavjud xorijiy texnologiyalar transferini amalga oshirish va moslashtirish;

ishlab chiqarishga innovatsiyalar va yangi texnologiyalarni joriy etish;

davlat ilmiy-tadqiqot institutlari, universitetlar, xususiy korxonalarning mavjud laboratoriyalariga kirishni tashkil etish.

Kuzatuv Kengashlari tomonidan tasdiqlangan rivojlantirish Konsepsiyasi

2021-yil avgust

NKMK (Q. Sanaqulov),

OKMK (A. Xursanov),
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi
(B. Abdinazarov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmanov),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev)

6.2.

Yillik ish dasturini tanlov asosida moliyalashtirish uchun NKMK va OKMK ilmiy-innovatsion faoliyatini moliyalashtirish jamg‘armalarini shakllantirish.

Kuzatuv kengashi qarori

2021-yil avgust

NKMK (Q. Sanaqulov),

OKMK (A. Xursanov)

7.

Kon-metallurgiya sanoati uchun zarur bo‘lgan kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini (“Navoiyazot” AJda tashkil etilayotgan texnologik kimyo klasterini hisobga olgan holda) ishlab chiqish. Bunda:

tarmoq va tegishli yo‘ldosh ishlab chiqarish talablaridan kelib chiqib kimyoviy va neft-kimyo mahsulotlari (reagentlar, portlovchi moddalar va boshqalar) yetkazib berishni kengaytirish;

ichki ehtiyoj va xomashyoning mavjudligidan kelib chiqqan holda, tog‘-kon kombinatlari tomonidan ayrim turdagi kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlash.

Chora-tadbirlar dasturi

2021-yil 30-oktabr

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B. Abdinazarov),
“O‘zkimyosanoat”
(J. Mirzamaxmudov),
NKMK (Q. Sanaqulov),

OKMK (A. Xursanov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmanov)

8.

Quyidagi manbalar bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish bilan Mis sanoati klasterini zarur resurslar va infratuzilma bilan ta’minlash masalalarini o‘rganish. Bunda Mis sanoati klasterini tashkil qilishda:

elektr energiyasi, shu jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarish va transportirovka qilish imkoniyatlarini;

suv ta’minoti, transport va muhandislik kommunikatsiyalarini yaratish masalalarini;

klaster korxonalarining faoliyatini raqamlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish masalalarini nazarda tutish.

Tahliliy materiallar

2021-yil 1-noyabr

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B. Abdinazarov),

Moliya vazirligi
(T. Ishmetov),

Energetika vazirligi (A. Sultanov),
Transport vazirligi (I. Mahkamov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov)

9.

Chet elning yetakchi konsalting kompaniyalari, xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini muhokama qilish va ekspertizadan o‘tkazish.

Konsepsiya loyihasi

2021-yil 1-noyabr

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B. Abdinazarov),
Moliya vazirligi
(T. Ishmetov),
NKMK (Q. Sanaqulov),

OKMK (A. Xursanov), “O‘zeltexsanoat” (M. Yunusov)

10.

Mis sanoati klasterini yaratish uchun zarur bo‘lgan investitsiya loyihalari ro‘yxatini tarmoqlar bo‘yicha tayyorlash:

mavjud ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish loyihalari;

yangi quvvat va ishlab chiqarishlarni yaratish.

Kon-geologiya klasteri uchun maxsus sanoat zonalarini yaratish bo‘yicha takliflarni tayyorlash.

Loyihalar ro‘yxati hisob-kitoblar bilan

2021-yil 31-dekabr

ITSV (A.Voitov),

Moliya vazirligi
(T.Ishmetov),
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B.Abdinazarov),
OKMK (A.Xursanov),
“O‘zeltexsanoat” (M.Yunusov)

11.

Muhandislar, texnik va boshqa xodimlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini ishlab chiqish.

11.1

OKMK va NKMK muhandis-texnik xodimlarining asosiy toifalariga malaka talablarini ishlab chiqish.

Malakaviy talablar

2021-yil avgust

NKMK (Q. Sanaqulov),

OKMK (A. Xursanov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov),
Mehnat vazirligi
(N. Xusanov)

11.2

Navoiy davlat konchilik instituti va Olmaliq shahridagi MISIS filiali negizida muhandis-texnik xodimlarning malakasini oshirish dasturlarini tayyorlash.

O‘quv dasturlari

2021-yil sentyabrdan

11.3

Ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda, mis sanoati klasteri uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda sohada tajriba-konstruktorlik va ilmiy izlanishlar ko‘lamini kengaytirish dasturini ishlab chiqish:

kon-metallurgiya sanoati hamda mashinasozlik, dastgohsozlik, el�ktrotexnika, elektronika, yarim o‘tkazgichlar fizikasi kabi unga bog‘liq bo‘lgan sohalar uchun muhandis, texnik va boshqa o‘rta bo‘g‘in ishchi-xodimlarni tayyorlash bo‘yicha professional ta’lim o‘quv dasturlarini ularning amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini yanada kuchaytirgan holda takomillashtirish;

sohada joriy etilayotgan yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish va ulardan samarali foydalanish, loyihalashtirish, tajriba-konstruktorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;

ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalarida mos yo‘nalishlar bo‘yicha kechki, sirtqi va masofaviy ta’lim shakllari asosida kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish, shuningdek, ilmiy izlanishlar olib borish ko‘lamini kengaytirish.

Normativ-huquqiy hujjat

2021-yil 1-dekabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov),
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (I. Norqulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),

NKMK (Q. Sanaqulov),

OKMK (A. Xursanov),

“O‘zeltexsanoat” (M. Yunusov)

11.4

Elektrotexnika sanoati sohasida kasbiy malaka talablarini ishlab chiqish.

Malakaviy talablar

2021-yil dekabr

“O‘zeltexsanoat” (M. Yunusov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov),

Mehnat vazirligi
(N. Xusanov)

II. Mis, rangli va noyob metallarga geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish

12.

2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan mis va boshqa rangli va noyob metallar uchun geologiya-qidiruv ishlarining maqsadli dasturini quyidagilarni nazarda tutgan holda ishlab chiqish:

Sulton Uvays tog‘lari va Olmaliq mintaqasida qidiruv ishlarini olib borish;

Miskon maydonida va “Yoshlik-2” konining qanotlarida geologiya-qidiruv ishlarini jadallashtirish;

Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida qo‘shimcha geologiya-qidiruv ishlarini olib borish.

Normativ-huquqiy hujjat

2021-yil avgust

Davlat geologiya qo‘mitasi
(B. Islamov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B. Abdinazarov),

ITSV (Sh. Vafayev),
OKMK (A. Xursanov)

13.

Qalmoqqir, “Yoshlik-1” va Qorabuloq konlarida birlashgan loyihaviy ochiq koni doirasida JORC xalqaro standartlariga muvofiq batafsil geologiya tadqiqotlarni yakunlash.

Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha Davlat komissiyasining bayoni

2021-yil oktyabr

Davlat geologiya qo‘mitasi
(B. Islamov),
OKMK (A. Xursanov)

14.

Mis xomashyosi, rangli va noyob metallarni qidirish jarayoniga xalqaro kompaniyalarni jalb qilish:

Davlat geologiya qo‘mitasi
(B. Islamov),
“Loyihalarni ekspertiza qilish markazi” DUK (M. Allabergenov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

geologiya-qidiruv ishlari va 3D modellashtirish obyektlarini aniqlash, bunda mazkur ishlarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash uchun chet el kompaniyalarini jalb qilish;

Davlat geologiya qo‘mitasi qarori

2021-yil iyul

kompaniyalarni tanlash bo‘yicha tanlov savdolarini o‘tkazish jadvalini ishlab chiqish;

Tarmoq grafigi

2021-yil iyul

tender hujjatlarini tayyorlash va uni ekspertizadan o‘tkazish;

LEQM xulosasi

tanlov o‘tkazish va g‘olib bilan shartnomalar tuzish.

Shartnomalar xulosasi

2021-yil davomida

15.

Geologiya obyektlarini auksion orqali xususiy sektorga va investorlarga geologiya-qidiruv va qazib olish ishlarini amalga oshirish uchun sotish:

geologiya tadqiqotlar natijalari bo‘yicha auksion orqali sotuvga qo‘yilgan rangli va noyob metallarga oid geologiya obyektlar portfelini aniqlash;

Davlat geologiya qo‘mitasi qarori

2021-yil iyul-avgust

Davlat geologiya qo‘mitasi
(B. Islamov),

ITSV (Sh. Vafayev),
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov)

potensial investorlarni xabardor qilish va ularni auksionga qo‘yish uchun taqdimot materiallarini tayyorlash;

Materiallar paketi

2021-yil sentyabr

belgilangan tartibda auksionni tashkil etish.

Auksion bayoni

2021-yil sentyabrdan

III. Atrof-muhitni muhofaza qilish va suvdan foydalanish standartlari

16.

Kon-metallurgiya sanoatida milliy ekologik talablarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish:

O‘zbekistonning amaldagi qonunchiligini xalqaro amaliyot bilan qiyosiy tahlil qilish;

amaliy tadbirlar rejasi va xalqaro ekologik talablarni amalga oshirish jadvalini ishlab chiqish;

mis ishlab chiqarish korxonalarida ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning malakasini oshirish dasturini ishlab chiqish;

kon-metallurgiya sanoati va boshqa bazaviy tarmoqlarning yirik korxonalarida atrof-muhitga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalarning me’yordan ortiq miqdori va ularning ekologiyaga ta’sirini baholash na�ijalar bo‘yicha ushbu korxonalarda chiqindilarni kamaytirish dasturlarini ishlab chiqish;

“yashil kun tartibi”ni hisobga olgan holda taklif etilayotgan o‘zgarishlarning iqtisodiy ta’sirini baholash;

amaliy tadbirlar rejasini amalga oshirish uchun xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy donorlarning grantlar va texnik yordamini jalb qilish.

Normativ-huquqiy hujjat

2021-yil avgust




2021-yil sentyabr

Davlat ekologiya qo‘mitasi (A. Maqsudov),

O‘zbekiston texnik
jihatdan tartibga solish agentligi (D. Sattarov),

NKMK (Q. Sanaqulov),

OKMK (A. Xursanov),

ITSV (Sh. Vafayev)

17.

Investitsiya loyihalari ro‘yxati bilan OKMK va NKMK uchun chiqindilarni kamaytirish dasturlarini ishlab chiqish.

Kuzatuv kengashi qarori

2021-yil oktyabr

NKMK (Q. Sanaqulov),

OKMK (A. Xursanov),
Davlat ekologiya qo‘mitasi (A. Maqsudov)

18.

Kon-metallurgiya, elektrotexnika va boshqa bazaviy tarmoqlarda sanoat xavfsizligi, mehnat xavfsizligi, mahsulot sifatini ta’minlash bo‘yicha texnik va texnologik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, shu jumladan idoraviy hujjatlarni yetakchi xorijiy davlatlar tajribasiga muvofiq takomillashtirish dasturini tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat

2021-yil 31-dekabr

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (B. Gulyamov), Mehnat vazirligi (N. Xusanov),
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (N. Sattarov)

19.

OKMK va NKMKning suv resurslariga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish:

ishlab chiqarish dasturlarini hisobga olgan holda NKMK va OKMK ishlab chiqarish korxonalarida suvdan foydalanishni baholash;

investitsiya loyihalari ro‘yxati bilan OKMK va NKMK uchun suv resurslaridan tejamkor foydalanish dasturini ishlab chiqish.

Kuzatuv kengashi qarori

2021-yil
avgust

Suv xo‘jaligi vazirligi
(Sh. Xamroyev),
Davlat geologiya qo‘mitasi
(B. Islamov),
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B. Abdinazarov),

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (B. Gulyamov),
NKMK (Q. Sanaqulov),

OKMK (A. Xursanov)

IV. Soliq rejimi va moliyaviy masalalar

20.

Xalqaro amaliyotni o‘rganish, sanoat korxonalari, mutaxassislar va xalqaro tashkilotlar bilan maslahatlashish.

Tahliliy materiallar

2021-yil iyul

Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B. Abdinazarov),
Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev)

21.

Kon-metallurgiya sanoati bo‘yicha jahon amaliyotni o‘rganish, eng maqbul tajribalarni respublika amaliyotiga tatbiq etish, ishlab chiqarish zanjirlarini tahlil qilish va rivojlantirish, qazib olish tannarxini kamaytirish va qo‘shimcha qiymat yaratish masalalari bilan shug‘ullanuvchi Kon-metallurgiya sanoati iqtisodiyotini o‘rganish markazini tashkil etish.

Tahliliy materiallar

2021-yil sentyabr

22.

Kon-metallurgiya sanoati uchun yangi soliqqa tortish tizimini joriy etish bo‘yicha quyidagilarni ko‘zda tutgan holda takliflar kiritish:

foydali qazilmalarni qazib olish uchun maxsus renta solig‘ini joriy etish;

NKMK va AGMK foydalariga qo‘shimcha foyda solig‘ini bosqichma-bosqich kamaytirish;

konchilik sohasidagi yangi loyihalar uchun soliq solishning maxsus mexanizmini joriy etish;

2022-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat



Soliq Kodeksi va “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar kiritish

2021-yil 1-oktabr

Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev)

23.

Mis sanoati klasterini tashkil etishga bog‘liq bo‘lgan moliyaviy masalalarni o‘rganish:

xarajatlarni baholash va investitsiyalarga bo‘lgan ehtiyoj;

mablag‘larning istiqbolli manbalari;

loyiha hujjatlarini tayyorlashni rag‘batlantirish va yangi texnologiyalarni jalb qilish bo‘yicha takliflar.

Tahliliy materiallar

2021-yil 1-noyabr

Moliya vazirligi
(O. Nasritdinxodjayev),

ITSV (Sh. Vafayev), Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B. Abdinazarov)

24.

Sanoat tarmoqlarida milliy raqobatbardoshlikni, shu jumladan mehnat unumdorligini oshirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha o‘rganish va takliflar taqdim etish.

Tahliliy materiallar

2021-yil 1-noyabr

Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B. Abdinazarov)

A.N. Aripov

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, komissiya raisi

J.A. Qo‘chqorov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri, komissiya raisi o‘rinbosari

R.A. Gulyamov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, komissiya raisi o‘rinbosari

T.A. Ishmetov

moliya vaziri

I.Y. Abduraxmanov

innovatsion rivojlanish vaziri

B.F. Islamov

Davlat geologiya qo‘mitasi raisi

Sh.M. Sadikov

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

B.I. Zakirov

qurilish vaziri

A.B. Voitov

investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari

B.Q. Abdinazarov

iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari

Sh.A. Vafayev

investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari

A.N. Karimov

adliya vaziri o‘rinbosari

Q.S. Sanaqulov

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ bosh direktori

A.X. Xursanov

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruv raisi

B.V. Gulyamov

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi

A.I. Maksudov

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi

Lavozimi bo‘yicha

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori

M.M. Yunusov

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi boshqaruv raisi

A.R. Jumanazarov

Vazirlar Mahkamasining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari

Lavozimi bo‘yicha

Vazirlar Mahkamasining Metallurgiya tarmog‘ini va mis sanoati klasterini rivojlantirish sho‘basi mudiri, komissiya kotibi