11.05.2001 yildagi 211-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“MUDOFAA TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISHLAR VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “Mudofaa toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 10, 398-modda) oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 11-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
211-II-son

Oʻzbekiston respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MUDOFAA TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(yangi tahriri)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun mudofaani tashkil etishning hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini (bundan buyon matnda Qurolli Kuchlar deb yuritiladi) boshqarishning huquqiy asoslarini belgilaydi, mamlakat mudofaasini taʼminlashda davlat organlarining vakolatlarini, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar ishtirokini aniqlab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Mudofaa tushunchasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunda mudofaa deganda Oʻzbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilishni taʼminlashning siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ijtimoiy-huquqiy, axborot, tashkiliy va boshqa tadbirlari majmui tushuniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Mudofaa toʻgʻrisidagi qonunchilik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mudofaa toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Mudofaa sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mudofaa sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa davlatga qarshi harbiy kuch ishlatmaslik, tajovuzning oldini olish va uni daf etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi tegishli shartnomalar bilan bogʻlangan davlatlarga yordam koʻrsatish hollari bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro huquq normalariga muvofiq ravishda kollektiv xavfsizlik tizimlarida ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy-siyosiy bloklarda qatnashmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy qurilishning zamonaviy urushlar va qurolli mojarolarning xususiyatiga monand boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadroviy va boshqa turdagi yalpi qirgʻin qurollarini ishlab chiqarishni, qayta ishlashni, olishni, saqlashni, tarqatishni va joylashtirishni rad etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurolli Kuchlarning, iqtisodiyotning, aholining, hududning tajovuzni daf etishga doim shay turishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mudofaaning yetarli darajada boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmat sharafli ekanligini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. MUDOFAANI TASHKIL ETISH HAMDA QUROLLI KUCHLARGA RAHBARLIK QILISH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Mudofaani tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mudofaani tashkil etish quyidagilarni qamrab oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tajovuzning oldini olish va qaytarishga, Oʻzbekiston Respublikasiga tajovuzlardan uyushgan holda qurolli himoyalanishga qaratilgan zarur sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mudofaa sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, davlat harbiy tuzilishini zamonaviy talablarga muvofiq takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mudofaa vazifalarini hal etish uchun kerakli barcha kuchlar va vositalarning muvofiqlashtirib borilishini va hamkorlikda harakat qilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy-siyosiy vaziyat, milliy xavfsizlikka boʻlgan aniq va potensial tahdidlar monitoringini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi urushga va qurolli mojarolarga tortilishining oldini olish yuzasidan siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ijtimoiy-huquqiy, axborot, tashkiliy va boshqa chora-tadbirlar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurolli Kuchlarning qurilishi, tayyorgarligi, doim shay holda saqlab turilishi, ularning soni, tuzilishi va tarkibining maqbullashtirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurolli Kuchlarni tegishli ravishda zamonaviy qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, harbiy-texnikaviy va ashyoviy mol-mulklar, oziq-ovqat, boshqa moddiy-texnik vositalar, energetika va boshqa resurslar bilan taʼminlash, ularning zaxiralarini vujudga keltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurolli Kuchlar qoʻllanilishini rejalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mudofaa vazifalarini hal etish uchun tashqi siyosiy yoʻnalishdagi chora-tadbirlarni koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini va hududni mudofaaga tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasining qoʻriqlanishi va himoyalanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini, iqtisodiyot va hayot kechirish uchun zarur boʻlgan obyektlarni yalpi qirgʻin qurollaridan muhofaza qilishga doir tadbirlarni oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurolli Kuchlarning, mamlakat iqtisodiyotining, davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning, shuningdek aholining safarbarlik tayyorgarligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va safarbarlik zaxiralari uchun moddiy boyliklar zaxiralarini vujudga keltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mudofaaning ilmiy, ilmiy-texnikaviy, maʼrifiy, harbiy-sanoat, iqtisodiy, axborot va qonunchilik bazasini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini maʼnaviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Qurolli Kuchlar shaxsiy tarkibini davlatni himoya qilishga axloqiy-ruhiy jihatdan tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakat mudofaasini tashkil etishga doir boshqa tadbirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Qurolli Kuchlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurolli Kuchlar urushlar va qurolli mojarolarni qaytarish hamda oldini olish, Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini, suvereniteti, hududiy yaxlitligini hamda aholining tinch hayotini himoya qilish uchun davlat tomonidan tashkil etilgan va saqlab turilgan harbiy birlashmalar, qoʻshilmalar va qismlarni, shuningdek boshqa harbiy tuzilmalarni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurolli Kuchlar oʻz faoliyatini qonun ustunligi, markazlashgan rahbarlik va yakkaboshchilik, jangovar va safarbarlik borasida doimiy shaylik hamda harbiy intizomga rioya etish asosida quradi va amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy obyektlar, binolar va inshootlar, qurol-yarogʻ, harbiy texnikaning barcha turlari, boshqa harbiy mol-mulklar davlat mulki hisoblanadi va Qurolli Kuchlar tasarrufida boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurolli Kuchlarning komplektlanishi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(6-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Qurolli Kuchlarga rahbarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mudofaaga va Qurolli Kuchlarga rahbarlikni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti — Qurolli Kuchlar Oliy bosh qoʻmondoni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Urush davrida Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri bir paytning oʻzida Qurolli Kuchlar Oliy bosh qoʻmondoni oʻrinbosari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurolli Kuchlarning kundalik faoliyatiga rahbarlikni oʻz boʻysunuvida Qurolli Kuchlarning tarkibiga kiradigan harbiy tuzilmalari boʻlgan vazirliklar va idoralarning rahbarlari amalga oshiradilar.
(7-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurolli Kuchlar oldiga qoʻyilgan vazifalarni bajarish yuzasidan ularga tezkor rahbarlikni Qurolli Kuchlar Bosh shtabining boshligʻi amalga oshiradi.
(7-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. DAVLAT ORGANLARINING MUDOFAA SOHASIDAGI VAKOLATLARI. FUQAROLARNING OʻZINI OʻZI BOSHQARISH ORGANLARI, KORXONALAR, MUASSASALAR, TASHKILOTLAR VA FUQAROLARNING MUDOFAANI TAʼMINLASHDAGI ISHTIROKI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mudofaa sohasidagi vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti — Qurolli Kuchlar Oliy bosh qoʻmondoni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa siyosati va harbiy qurilishining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruv organlarining mudofaa sohasidagi faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati taʼminlanishi, uning suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligi muhofaza etilishi yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurolli Kuchlarni qurish, qoʻllash va rivojlantirish rejalarini, shuningdek mudofaani tashkil etish yuzasidan davlatning boshqa reja va dasturlarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va boshqa harbiy tuzilmalarining tinchlik va urush davriga moʻljallangan tuzilishi, tarkibi va joylashuvini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy harakatlar olib borish toʻgʻrisida, shu jumladan xalqaro tinchlikparvarlik tadbirlarida qatnashish toʻgʻrisida, shuningdek Qurolli Kuchlarni oʻzlariga bevosita taalluqli boʻlmagan vazifalarni bajarishga jalb etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va Qurolli Kuchlarga buyruq beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan tartibda: Oʻzbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tugʻilganda urush holati, umumiy yoki qisman safarbarlik eʼlon qiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurolli Kuchlarning oliy qoʻmondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlarni beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy va muqobil xizmatga chaqirilishi lozim boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining sonini, ularning harbiy va muqobil xizmatni oʻtash tartibini, harbiy xizmatga majburlarni va chaqiriluvchilarni harbiy hisobga olish ishining yuritilish tartibini, mudofaa va Qurolli Kuchlar ehtiyojlari uchun qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, harbiy-texnikaviy va ashyoviy mol-mulklar, oziq-ovqat hamda boshqa moddiy-texnika vositalarining normalari hamda hajmini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga chaqirish, muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilarini rezervga va muqobil xizmat xizmatchilarini zaxiraga boʻshatish toʻgʻrisida, shuningdek harbiy xizmatga majburlarni harbiy yigʻinlarga chaqirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi, fuqarolarni safarbarlik boʻyicha va urush davrida harbiy xizmatga chaqirish, safarbarlikdan boʻshatish toʻgʻrisida farmonlar chiqaradi;
(8-moddaning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-238-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 553-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakat iqtisodiyotining safarbarlik tayyorgarligi, shuningdek safarbarlik va strategik davlat zaxiralarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish rejalarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarini, oliy taʼlim muassasalari qoshida harbiy taʼlim fakultetlarini, shuningdek harbiy tayyorgarlik oʻquv markazlarini (harbiy kafedralar yoki sikllarni) tashkil etadi, qayta tashkil etadi va tugatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(8-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi OʻRQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mudofaa sohasidagi vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat harbiy buyurtmalarini shakllantirish va mudofaa ahamiyatiga molik ishlab chiqarishlarni tashkil etish sohasida yagona davlat siyosati oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakat iqtisodiyotining safarbarlik tayyorgarligi, shuningdek safarbarlik va strategik davlat zaxiralarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish rejalarini ishlab chiqadi, mazkur rejalarning ijrosi ustidan nazorat olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining moddiy va ijtimoiy-maishiy taʼminoti masalalarini hal etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurolli Kuchlarning tegishli ravishda qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, harbiy-texnikaviy va ashyoviy mol-mulklar, oziq-ovqat hamda boshqa moddiy-texnika vositalari bilan jihozlanishi va taʼminlanishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurol-yarogʻlar va harbiy texnika, strategik materiallar eksporti hamda importi ustidan nazorat olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar mudofaa ehtiyojlariga doir vazifalarni bajarganligi munosabati bilan ular sarf qilgan moddiy xarajatlarning oʻrnini qoplash tartibini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(9-moddaning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi oʻz tasarrufidagi qoʻshinlarga boshqaruvni amalga oshiradi, mudofaa va harbiy qurilish sohasidagi davlat siyosati yuritilishini, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlarining zamonaviy qurol-yarogʻlar, harbiy texnika va moddiy-texnika vositalari bilan jihozlanishini, harbiy hamkorlik kengaytirilishini, chaqiruvning va Qurolli Kuchlar kadrlari tayyorlashning tashkil etilishini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
(10-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Qurolli Kuchlarning Bosh shtabi
(11-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurolli Kuchlarning Bosh shtabi Oʻzbekiston Respublikasining suvereniteti va hududiy yaxlitligini qurolli himoya qilish sohasidagi qarorlarni ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi yagona qoʻmondonlik organi hisoblanadi.
(11-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurolli Kuchlarning Bosh shtabi:
(11-moddaning ikkinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy harbiy strategiya, Qurolli Kuchlar qurilishi va rivojlantirilishining konseptual asoslarini ishlab chiqish uchun masʼul boʻladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurolli Kuchlarni, harbiy okruglarni, vazirliklar va idoralarning harbiy tuzilmalarini tezkor-strategik boshqarishning bosh organi vazifasini bajaradi;
(11-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshinlarning jangovar harakatlari strategik jihatdan va tezkor rejalashtirilishini hamda ularga rahbarlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshinlarning tezkor va jangovar tayyorgarligiga, ular tashkiliy-shtat tuzilishining qoʻshinlarni qoʻllash shakl va usullariga koʻnikma hosil qilishiga doir tadbir-choralar ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlari doirasida barcha vazirliklar va idoralar tomonidan, Qurolli Kuchlarning shakl va turdagi qoʻshinlarining, birlashmalari, qoʻshilmalari va boʻlinmalarining qoʻmondonlari tomonidan ijro etilishi majburiy boʻlgan direktivalar va buyruqlar chiqaradi;
(11-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(11-modda ikkinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Harbiy okruglar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy okrug operatsion yoʻnalishlarda Oʻzbekiston Respublikasining xavfsizligi va hududiy yaxlitligini taʼminlovchi asosiy harbiy-maʼmuriy birlik hamda umum qoʻshin tezkor-strategik hududiy birlashmasidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy okruglar zimmalariga yuklangan vazifalarni bajaradilar hamda qonunchilikka muvofiq qarorlar qabul qiladilar.
(12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Vazirliklar va idoralarning mudofaa sohasidagi vakolatlari
(13-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar va idoralar qonunchilikka muvofiq mamlakat mudofaa qobiliyatini, Qurolli Kuchlarning jangovar va safarbarlik tayyorgarligini, shuningdek jangovar qobiliyatini taʼminlashda qatnashadilar hamda zimmalariga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun masʼuldirlar.
(13-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy buyurtmalarni bajaruvchi vazirliklar va idoralar mudofaa ehtiyojlariga zarur boʻlgan mahsulotlar yetkazib berilishi, tarmoqning safarbarlik tayyorgarligi uchun masʼuldirlar, safarbarlik tayyorgarligi rejasiga muvofiq tarmoqning urush davrida barqaror ishlashini taʼminlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradilar.
(13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari
(14-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
(14-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli safarbarlik topshiriqlari bajarilishini taʼminlaydilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz hududlarida joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda safarbarlik rejalari hamda davlat va safarbarlik zaxiralari moddiy boyliklarini jamlash topshiriqlari bajarilishi ustidan nazorat olib boradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy hisobga olish ishini, harbiy va muqobil xizmatga chaqirishni, safarbarlik, harbiy yigʻinlarni tashkil etishda, shuningdek safarbarlik va urush davrida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga bron berishda qatnashadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaro muhofazasi tadbirlari bajarilishini taʼminlaydilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy mudofaa tadbirlarini rejalashtirishda va ularning bajarilishini taʼminlashda qatnashadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurolli Kuchlarning zarur mahalliy ishlab chiqarish mahsulotlariga, issiqlik va elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojlarini taʼminlaydilar, ularga aloqa vositalarini beradilar, kommunal-maishiy va boshqa xizmatlar koʻrsatadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy qismlar, Qurolli Kuchlarning korxona, muassasa va tashkilotlari ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda yer, xizmat xonalari hamda turar joy beradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning harbiy xizmatni oʻtashi, jangovar harakatlarda qatnashishi munosabati bilan ularga, shuningdek ularning oila aʼzolari uchun belgilangan ijtimoiy kafolatlar amalga oshirilishini taʼminlaydilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.
(14-moddaning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mudofaani taʼminlashdagi ishtiroki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmatga majburlarni va chaqiriluvchilarni xabardor etish va mudofaa ishlari boʻlimlariga chaqirishni tashkil etishda koʻmaklashadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharchalar, qishloqlar va ovullarda harbiy xizmatga majburlarni va chaqiriluvchilarni birlamchi shaxsiy hisobga olish ishini yuritadilar, shuningdek fuqarolarni maʼnaviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda qatnashadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaro muhofazasi va hududiy mudofaa tadbirlarida qatnashadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz mulkidagi binolar, inshootlar, transport va aloqa vositalari hamda boshqa mol-mulklarni urush davrida mudofaa ehtiyojlari uchun qonunda belgilangan tartibda berib turadilar, qilingan xarajatlarning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda keyinchalik qoplanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarda qatnashadilar.
(15-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mudofaani taʼminlashdagi ishtiroki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
safarbarlik rejalari hamda davlat va safarbarlik zaxiralari moddiy boyliklarini jamlash topshiriqlarida nazarda tutilgan tadbirlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaro muhofazasi va hududiy mudofaa tadbirlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni hisobga olish va ularga bron berish tadbirlarini;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa tadbirlarni bajaradilar.
(16-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar oʻz mulkidagi binolar, inshootlar, transport va aloqa vositalari hamda boshqa mol-mulklarni mudofaa ehtiyojlari uchun qonunchilikka muvofiq berib turgan taqdirda ular qilgan xarajatlarning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda qoplanadi.
(16-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Fuqarolarning mudofaani taʼminlashdagi ishtiroki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasini, uning hududiy yaxlitligi va mustaqilligini himoya qilish — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining konstitutsiyaviy burchidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni oʻtashga, shuningdek oʻz mulkidagi binolar, inshootlar, transport va aloqa vositalari hamda boshqa mol-mulklarini urush davrida mudofaa ehtiyojlari uchun qonunda belgilangan tartibda berib turishga majburdirlar, qilingan xarajatlarning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda keyinchalik qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga koʻmaklashuvchi jamoat birlashmalari tuzish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. URUSH HOLATI. URUSH DAVRI. SAFARBARLIK. HUDUDIY MUDOFAA. QUROLLI MOJAROLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Urush holati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Urush holati Oʻzbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tugʻilganda qonunda belgilangan tartibda eʼlon qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga qoʻshinlar toʻsatdan hujum qilgan yoki bostirib kirgan taqdirda harbiy okruglar qoʻshinlarining qoʻmondonligi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari urush holati eʼlon qilinishini kutmay hujumni yoki bosqinni daf etishning barcha chora-tadbirlarini koʻrishlari shart.
(18-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Urush davri
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Urush davri urush holati eʼlon qilingan vaqtdan yoki harbiy harakatlar amalda boshlanib ketgan paytdan eʼtiboran boshlanadi hamda harbiy harakatlar toʻxtatilganligi eʼlon qilingan vaqtdan eʼtiboran, lekin bunday harakatlar amalda toʻxtatilganidan keyin tugaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Urush davri sharoitida Qurolli Kuchlar Oliy bosh qoʻmondoni tomonidan Qurolli Kuchlarga va mamlakat iqtisodiyotiga rahbarlikni amalga oshiradigan vakolatli organ tuzilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Safarbarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Urush holati eʼlon qilinishi yoki favqulodda holat joriy etilishi bilanoq umumiy yoki qisman safarbarlik eʼlon qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Safarbarlik tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(20-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Hududiy mudofaa
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy mudofaa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini himoyalash va mudofaa qilish, aholini, obyektlar va kommunikatsiyalarni dushman xurujlaridan, qoʻporuvchilik va terrorchilik harakatlaridan himoya qilish maqsadida, shuningdek favqulodda holat rejimini saqlab turish uchun tashkil etiladi va amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy mudofaani taʼminlashga jalb etiladigan kuchlarning vazifalari, hamkorlikdagi harakatlarining tashkil etilishi va tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(21-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Qurolli mojarolar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Cheklangan doiradagi harbiy nizolar (harakatlar va qurolli toʻqnashuvlar) qurolli mojarolar deb hisoblanadi, bunda urush holati eʼlon qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurolli mojarolar kelib chiqqan va Oʻzbekiston Respublikasi bu mojarolarga tortilgan taqdirda Qurolli Kuchlar darhol ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Mudofaa sohasidagi xalqaro hamkorlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro huquqning yakka tartibda va kollektiv tarzda mudofaalanishdan iborat boʻlgan huquqni mustahkamlovchi umum eʼtirof etilgan normalari va prinsiplariga asoslanib, harbiy qurilish, tinchlik va xavfsizlikni saqlab turish sohasida boshqa davlatlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Mudofaa ehtiyojlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika taʼminoti
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mudofaa ehtiyojlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika taʼminoti qonunchilikka muvofiq davlat budjeti mablagʻlari hamda boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(24-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mudofaaga ajratiladigan mablagʻlardan belgilangan maqsadda foydalanilishi ustidan nazorat qonunga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Mudofaa toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mudofaa toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(25-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 80-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2009-y., 52-son, 553-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)