Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining funksional vazifalari, Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati, Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati hamda Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-noyabrdagi 671-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining funksional vazifalari, Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati hamda Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 6-apreldagi PQ-195-son hamda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining ayrim tarkibiy boʻlinmalari tuzilmalarini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2022-yil 11-apreldagi 170-son qarorlarini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining funksional vazifalari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov oʻn kun muddatda Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati va Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati hamda Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi rahbarlari va mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimlanishini tasdiqlasin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining funksional vazifalari, Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati, Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati hamda Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2021-yil 13-iyuldagi 437-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 12-may,
254-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 254-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining funksional vazifalari toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-son, “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida” 2021-yil 2-iyundagi PF-6240-son va “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 9-iyundagi PF-6244-son, “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boʻyicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-son Farmonlari hamda “Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimini kiritish toʻgʻrisida” 2020-yil 10-martdagi PQ-4635-son, “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 21-apreldagi PQ-5088-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 2-iyundagi PQ-5133-son va “Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-iyundagi PQ-5143-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 6-apreldagi PQ-195-son qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining (keyingi oʻrinlarda — Bosh vazir oʻrinbosari) funksional vazifalarini belgilaydi.
2. Bosh vazir oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi uning nomzodini maʼqullagandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi.
Bosh vazir oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi.
3. Bosh vazir oʻrinbosari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi) qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Bosh vazir oʻrinbosarining faoliyati investitsiya, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, respublikada qulay investitsiya muhitini saqlash, innovatsion faoliyatni rivojlantirish, erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish, eksportni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish, iqtisodiyotning real sektori mahsulotlarining eksport hajmlari hamda geografiyasini kengaytirish, hududlarning eksport salohiyatini oshirish va logistika bilan bogʻliq masalalarni hal etish, mahalliy sanoatni rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, texnik jihatdan tartibga solish hamda iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy tashkilotlar oʻrtasida sanoat kooperatsiya aloqalarini kengaytirishga yoʻnaltirilgan.
5. Bosh vazir oʻrinbosari maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining aʼzosi hisoblanadi va Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga kiradi.
Bosh vazir oʻrinbosari Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.
6. Bosh vazir oʻrinbosariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 23-maydagi PQ-4332-son va “Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-iyundagi PQ-5143-son qarorlariga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha yordamchilari boʻysunadi.
2-bob. Bosh vazir oʻrinbosari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari va funksional majburiyatlari
7. Quyidagilar Bosh vazir oʻrinbosari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
vazirliklar, idoralar va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament, qonunchilik palatasi deputati va Senat aʼzosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishining samaradorligi va natijadorligi yuzasidan tizimli monitoringni taʼminlash, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini doimiy oʻrganish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi vazifalari, oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida hamda samarali amalga oshirilishini taʼminlash chora-tadbirlarini tashkil etish;
keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi doirasidagi vazifalarning amalga oshirilishi toʻgʻrisida hisobotlar tayyorlanishini taʼminlash;
Hukumat, davlat boshqaruvi organlarining asosiy xalqaro reytinglar hamda indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaxshilash boʻyicha ishlari samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash;
joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish choralarini koʻrish, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan, investitsiya loyihalari hamda davlat ilmiy dasturlarining amalga oshirilishini tashkil etish orqali yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholining bandligini taʼminlash va real daromadlari oshirilishini kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yoʻli bilan, shu jumladan, ilgʻor tajribani oʻrganish asosida, zarurat boʻlganda, ushbu maqsadlar uchun xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikni taʼminlash;
ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishlarni tashkil etishning zamonaviy uslublarini joriy qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy sektor subyektlariga berish orqali ortiqcha maʼmuriy tartibga solishni kamaytirish;
Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar va idoralarda, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yoʻl xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlash;
davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va oʻrta boʻgʻin boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi mexanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining oʻzaro hamkorligini takomillashtirish;
vazirliklar, idoralar va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat aʼzosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari bajarilishining monitoringini amalga oshirish;
Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya kotibiyati), Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati (keyingi oʻrinlarda — Mahalliy sanoat kotibiyati), Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasida (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya), shuningdek, biriktirilgan vazirliklar, idoralar hamda xoʻjalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirish va kadrlarning amaliy zaxirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish;
davlat boshqaruvi tizimiga, jumladan, strategik rejalashtirish va prognozlashtirishning zamonaviy shakllari, usullari va prinsiplari joriy etilishini muvofiqlashtirish;
barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishish, rivojlanish davlat dasturlari, investitsiya dasturlarini amalga oshirishning sifat va samaradorlik mezonlariga, shuningdek, eksport prognozlariga asoslangan baholash tizimi joriy etilishini muvofiqlashtirish;
Hukumatning muayyan sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishi hamda natijadorligini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda oʻtkazish.
8. Quyidagilar Bosh vazir oʻrinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) investitsiya, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5643-son Farmonida nazarda tutilgan investitsiyalar, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi va tashqi savdo yoʻnalishlarida boshqaruv tizimini takomillashtirish;
yagona davlat investitsiya siyosatini shakllantirish va yuritish, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha iqtisodiyot tarmoqlari hamda mamlakat hududlariga investitsiya kiritish hajmlari kengaytirilishini ragʻbatlantirish, respublikada investitsiya muhitini yanada takomillashtirish, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ishlarni muvofiqlashtirish;
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni yanada takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida investitsiya faoliyatini kengaytirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarining ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishga doir tashkiliy-amaliy tadbirlarni muvofiqlashtirish;
davlat investitsiya dasturlari va hududiy investitsiya dasturlarini shakllantirishda, shuningdek, yuqorida qayd etilgan dasturlarga kiritilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini monitoring qilishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish;
xorijiy investitsiyalarni, kreditlar va moliyaviy-texnik koʻmaklashish mablagʻlarini jalb qilish uchun investitsiya takliflarining yagona bazasi yuritilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan oʻzaro manfaatli asosda investitsiyaviy hamkorlik yoʻnalishlarini rivojlantirish hamda diversifikatsiyalashga doir takliflar ishlab chiqish;
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va xorijiy investorlar bilan investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish ishlarining asosiy yoʻnalishlarini belgilash hamda oshirish borasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarining rahbarlari hamda savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchilari va xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakillari faoliyatini muvofiqlashtirish;
investitsiya loyihalari amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar faoliyatini, investor tomonidan oʻzining investitsiya majburiyatlari toʻliq bajarilishini tahlil qilish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash hamda hal etish yuzasidan tezkor choralar koʻrish orqali mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining jalb qilinadigan kredit resurslari va texnik koʻmaklashish vositalaridan (grantlaridan), Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlaridan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan markazlashgan investitsiyalardan samarali foydalanish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasida va xorijda mamlakatning iqtisodiy va investitsiya salohiyati toʻgʻrisida xorijiy investorlarni keng xabardor qilish uchun xalqaro konferensiyalar, seminarlar, investitsiya forumlarini tashkil etishga koʻmaklashish;
eng avvalo, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish borasida loyiha institutlari hamda respublika tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Investitsiya portalining samarali faoliyatini taʼminlash boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ishlarini muvofiqlashtirish, portal kontentini muntazam yangilab borish, shu jumladan, investitsiya loyihalarini amalga oshirish holati, investorlar murojaatlarini koʻrib chiqish yakunlari va boshqalar haqida markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasini yuritish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-son Farmoniga asosan tashkil etilgan Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining faoliyatiga rahbarlik qilish;
har bir hududning ishlab chiqarish salohiyati va investitsiyalarga boʻlgan ehtiyoji, oldindan hisob-kitob qilingan aniq loyihalar hamda salohiyatli investorlar uchun qiziqish uygʻotadigan boshqa axborot aks ettirilgan Oʻzbekiston Respublikasining interfaol investitsiya xaritasini joriy qilish hamda uning faoliyatini taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda investitsiya va tashqi iqtisodiy hamkorlik, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish sohasidagi xalqaro shartnomalarning loyihalari belgilangan tartibda ishlab chiqilishini tashkil etish;
tashqi iqtisodiy faoliyat aloqalari sohasida davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati muvofiqlashtirilishida oʻzaro hamkorlikni taʼminlash, respublikani rivojlantirishning strategik maqsadlari va yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan tashqi iqtisodiy hamkorlikni tashkil etish hamda uning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
birinchi navbatda, tashqi savdo aylanmasining mutanosibligini taʼminlash, eksportni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish, eksport salohiyatini oshirish, tovarlar va xizmatlar importi hajmlari va tuzilmasini optimallashtirish, bojxona-tarif va notarif siyosatini tartibga solishga doir takliflar tayyorlanishini tashkil qilish borasida yagona tashqi iqtisodiy siyosat yuritilishini muvofiqlashtirish;
tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasining shakllantirilishi va yuritilishini tashkil qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga tashriflari yakunlari boʻyicha tashqi savdo hamkorligi yuzasidan erishilgan kelishuvlar bajarilishining monitoringini amalga oshirish, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan tashqi iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirishga oid ishlab chiqilgan takliflarni baholash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻziga xos tovarlarni eksport va import qilish uchun litsenziyalar berish ishlarini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida buyumlar va mahsulotlar eksporti boʻyicha tadbirlarni muvofiqlashtirish;
tegishli vazirliklar va idoralar, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda xalqaro shartnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlari hamda tashqi iqtisodiy xavfsizligiga rioya etilishini taʼminlash yuzasidan xulosalarni ekspert jihatidan ishlab chiqish hamda tayyorlashda belgilangan tartibda ishtirok etish;
xorijiy davlatlar hukumatlari, firmalar, kompaniyalar va nodavlat tashkilotlar, xalqaro tashkilotlar vakillari bilan oʻtkaziladigan muzokaralarda ishtirok etish;
b) investitsiya dasturlari, xususan, hududiy rivojlanish investitsiya dasturlarining shakllantirilishini muvofiqlashtirish va amalga oshirilishini monitoring qilish sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturlarini, qisqa va oʻrta muddatli tarmoq hamda hududiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish tadbirlarini muvofiqlashtirish;
investitsiyalardan samarali hamda oqilona foydalanish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari tomonidan ishlab chiqilgan tarmoq va hududiy investitsiya dasturlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatining hujjatlari loyihalarini koʻrib chiqish;
moliyalashtirishning turli manbalari, shu jumladan, toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobidan iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani iqtisodiy yuksaltirish hamda muvozanatli rivojlantirish surʼatlarining investitsiya resurslariga boʻlgan ehtiyojlar bilan bogʻliqligini taʼminlashga doir takliflar ishlab chiqish;
davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari tomonidan investitsiya, moddiy va qiymat balanslari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, ularning ijrosi yuzasidan monitoring yuritish;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini moliyalashtirish sxemalarini koʻrib chiqish;
investitsiya loyihalari va boshqa hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatining aniq investitsiya loyihalari boʻyicha hujjatlarning koʻrib chiqilishi, investitsiya loyihalarini amalga oshirishning samarali hamda eng maqbul sxemalarini tanlash boʻyicha takliflar tayyorlanishini taʼminlash;
davlat, tarmoq va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi, investitsiya dasturlari doirasida mablagʻlar jalb etilishi hamda oʻzlashtirilishi boʻyicha belgilangan prognoz parametrlar bajarilishi uchun tizimli va qatʼiy nazoratni tashkil qilish, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish holatini kompleks tahlil qilish hamda monitoring davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritish;
davlat va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalari boʻyicha maʼlumotlar bazasi yaratilishini, yuritilishini hamda muntazam yangilanishini taʼminlash;
davlat va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalar, shuningdek, investitsiya dasturlarining amalga oshirilishi, investitsiya dasturlarini amalga oshirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati hujjatlari va topshiriqlari bajarilishini, jumladan, joylarga borgan holda oʻrganish, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar hamda takliflar tayyorlash;
investitsiya loyihalarining dastlabki va yakuniy texnik-iqtisodiy asoslari hamda hisob-kitoblari ishlab chiqilishi va moslashtirilishi boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi muvofiqlashtirilishini, shuningdek, loyiha hujjatlari tayyorlanishi, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari loyihalarini ekspertizadan oʻtkazishni va texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlanishini taʼminlash;
v) xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari, diplomatik vakolatxonalari va ularning savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchilari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari boshliqlari faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
xorijiy investitsiyalarni jalb etish, buning uchun zarur shart-sharoitlar va imtiyozlar berish boʻyicha vazirliklar, idoralarning faoliyati muvofiqlashtirilishi va kelishilishini taʼminlash;
mamlakatni rivojlantirishning strategik maqsadlaridan kelib chiqqan holda, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan investitsiyaviy hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5643-son Farmoniga muvofiq xorijiy, birinchi navbatda, toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish va oʻzlashtirish jarayonini tashkil etish, ularning iqtisodiyotga keng kiritilishi uchun shart-sharoitlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish uchun investitsiya takliflarining yagona bazasini shakllantirish va yangilash jarayonini muvofiqlashtirishni taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida yaratilgan investitsiya muhiti, shu jumladan, investitsiya kiritish jarayonining asosiy tartib-taomili masalalari, shuningdek, amalga oshirish taklif etilayotgan investitsiya takliflari toʻgʻrisidagi axborotni salohiyatli investorlar va kreditorlarga yetkazish;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlikning qisqa hamda oʻrta muddatli dasturlarining ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini muvofiqlashtirish, ularning vazirliklar va idoralar tomonidan oʻz vaqtida va samarali bajarilishi nazorat qilinishini taʼminlash;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlikning ustuvor va istiqbolli yoʻnalishlari boʻyicha takliflarning ishlab chiqilishini taʼminlash;
texnik koʻmaklashish grantlari va mablagʻlarini respublikaga jalb etish tadbirlarini muvofiqlashtirish;
tizimlashtirilgan maʼlumotlar banki shakllantirilishi va yuritilishini tashkil etish, xalqaro moliya va iqtisodiyot institutlari bilan hamkorlik dasturiga kiritilgan investitsiya, grant va texnik koʻmaklashish loyihalari amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish;
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari, diplomatik vakolatxonalari va ularning savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchilari ishlarini muvofiqlashtirish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari boshliqlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
investitsiya faoliyatini amalga oshirish, xorijiy investitsiyalar, shu jumladan, toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda oʻzlashtirish borasida davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari, diplomatik vakolatxonalari faoliyatini baholashning reyting tizimi joriy etilishini taʼminlash;
g) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 3-maydagi PQ-3693-son qaroriga muvofiq chorva mollarini avtomatlashtirilgan holda, soʻyish texnologiyalarini joriy qilish, tayyor charm-poyabzal, charm-galantereya, moʻyna, qorakoʻl mahsulotlari hamda jun buyumlari ishlab chiqarishni rivojlantirish chora-tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
d) erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish sohasida:
“Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 21-dekabrdagi PF-5600-son Farmoni hamda “Kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 21-iyundagi PQ-4363-son va “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 21-apreldagi PQ-5088-son qarorlariga muvofiq maxsus iqtisodiy zonalarning maʼmuriy kengashlari va direksiyalarining, jumladan, toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni va mahalliy investorlarni jalb etish masalalarida faoliyatini muvofiqlashtirish hamda samaradorligini tahlil qilish, maxsus iqtisodiy zonalarning maʼmuriy kengashlariga tashqi bozorlarda talab qilingan va importning oʻrnini bosuvchi yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishga koʻmaklashish;
sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash sohasida yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish, shu jumladan, mahalliy xomashyo va materiallar negizida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida joylashtirilgan investitsiya loyihalari amalga oshirilishi monitoringi olib borilishi va tahlil qilinishini tashkil etish;
investitsiya loyihalarini tahlil qilishda, erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududida transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirishni va ulardan samarali foydalanishni taʼminlash boʻyicha dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etishni taʼminlash;
erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini, respublika hududlarining mavjud ishlab chiqarish va resurs salohiyatini hisobga olgan holda, mahalliy xomashyo va materiallarni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va ulardan foydalanish asosida ularda yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishni taʼminlaydigan loyihalarni yanada rivojlantirish boʻyicha takliflar va dasturlarni shakllantirish;
erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududida loyihalarni amalga oshiruvchi investorlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni koʻpaytirish maqsadida qonunchilik hujjatlarini yanada takomillashtirishga doir takliflarni belgilangan tartibda kiritish;
e) iqtisodiyotning real sektori mahsulotlarini eksport qilish sohasida:
yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ulushini yanada koʻpaytirish, tashqi bozorlarda yangi turdagi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga chiqarish hisobidan eksport salohiyatini kengaytirish, tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmlari va tuzilmasini optimallashtirish boʻyicha iqtisodiyot real sektori tarmoqlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
ichki va tashqi bozorlarni rivojlantirish tendensiyalarini chuqur tahlil qilish ishlarini muvofiqlashtirish, shu asosda iqtisodiyot tarmoqlarining eksport salohiyatini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari, eng avvalo, eksport nomenklaturasini kengaytirish va hajmlarini oshirish, tashqi savdo bozorlarini diversifikatsiyalash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportining har yilgi prognozlarini shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish va davlat hamda xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan eksportning belgilangan prognoz parametrlari soʻzsiz bajarilishini tizimli nazorat qilish;
mahalliy tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni tashqi bozorlarga chiqarish uchun qulay sharoitlar bilan taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlariga eksport faoliyatini amalga oshirish hamda xorijiy sheriklar bilan uzoq muddatli barqaror savdo aloqalari oʻrnatishga koʻmaklashish;
marketing tadqiqotlarini tashkil etish, eksportning asosiy nomenklaturasi, eksport qiluvchi tashkilotlarda marketing xizmatlari tashkil etilishi hamda ularning faoliyat koʻrsatishiga uslubiy va amaliy koʻmaklashish boʻyicha marketing va tahliliy sharhlar tayyorlash;
iqtisodiyotning real sektorida eksport salohiyatini rivojlantirish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlarning har tomonlama tahlil etilishi hamda ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash, qayd etilgan loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, bajarilishini monitoring qilish, shuningdek, tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishish yuzasidan takliflar va tadbirlar ishlab chiqish;
j) hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish sohasida:
yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ulushini yanada koʻpaytirish, tashqi bozorlarda yangi turdagi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga chiqarish hisobiga hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish, tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmlari va tuzilmasini optimallashtirish boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari, tashqi bozorlardagi uzoq muddatli tendensiyalar natijalari va ularning tahlilidan kelib chiqqan holda, hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish boʻyicha eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishning zamonaviy quvvatlarini, zarur transport-logistika infratuzilmasini tashkil etish hamda eksport qiluvchi tashkilotlarni amaliy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan maqsadli dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil qilish;
hududiy darajada tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportining har yilgi prognozlarini shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotlar tomonidan eksportning belgilangan prognoz parametrlari soʻzsiz bajarilishini tizimli nazorat qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-son Farmoniga asosan eksport salohiyatini yanada kengaytirish, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalari hamda oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ga kiritilgan tadbirlarning ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash, ilm-fan va innovatsiya yutuqlarini keng joriy etgan holda, hududlarda “sanoat klasterlari”ni tashkil etish;
hududlarda eksportbop mahsulotlarning yangi turlarini oʻzlashtirishni tashkil qilishda mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida hududiy boʻysunuvdagi tashkilotlar va boshqa turdosh tarmoqlar, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish;
hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish boʻyicha takliflar, loyihalar va istiqbolli rejalarni har tomonlama tahlil qilish hamda kompleks ekspertizadan oʻtkazish, ustuvor loyihalar va dasturlarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishini monitoring qilish, shuningdek, iqtisodiyot va eksportni rivojlantirishning tasdiqlangan parametrlariga soʻzsiz erishishni taʼminlash boʻyicha takliflar hamda tadbirlar ishlab chiqish;
hududiy boʻsunuvdagi tashkilotlar tomonidan eksport mahsulotlarini ishlab chiqarish va yuklab joʻnatish boʻyicha shartnoma majburiyatlari bajarilishining nazoratini tashkil etish, ularga moliyaviy va boshqa resurslarni jalb qilish masalalarini, shuningdek, eksport faoliyatini tashkil etishning boshqa masalalarini hal etishda koʻmaklashish;
jahon va mintaqaviy meva-sabzavot mahsulotlari bozorlarining konyunkturasi chuqur oʻrganilishini muvofiqlashtirish, shu asosda respublika hududlarida yangi uzilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish hamda eksport qilishni jadal rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz ekinlari, uzumni eksport qilish boʻyicha oʻrta va uzoq muddatli prognozlari, meva-sabzavotchilikka ixtisoslashtirilgan tumanlarning eksport salohiyatini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
yangi uzilgan va qayta ishlangan mahalliy meva-sabzavot mahsulotlarini eksportga chiqarishni taʼminlash, yangi savdo bozorlarini topish hamda oʻzlashtirish, respublikada xalqaro meva-sabzavot yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, tuziladigan shartnomalar doirasida ularni yetkazib berish hajmlari va geografiyasini monitoring qilish;
eksport qiluvchi tashkilotlar tomonidan eksport mahsulotlarini yetishtirish va yuklab joʻnatish boʻyicha shartnoma majburiyatlari bajarilishi monitoringini taʼminlash, ularning faoliyatida yuzaga keladigan, shu jumladan, zarur moliyaviy resurslarni jalb qilish bilan bogʻliq masalalarni hal etishga koʻmaklashish;
mamlakatda yangi uzilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishni tashkil etish uchun ixtisoslashtirilgan yangi infratuzilma obyektlarini tashkil qilish, sabzavot omborlari va sovitish qurilmalarini barpo etish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash, zamonaviy idish-qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarishni oʻzlashtirish;
z) oliy darajadagi tashriflar natijasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
“yoʻl xaritalari”da nazarda tutilgan tadbirlar, shu jumladan, eksport kelishuvlarining toʻlaqonli bajarilishi hamda investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida amalga oshirilishi boʻyicha qatʼiy nazorat oʻrnatish;
“yoʻl xaritalari”da nazarda tutilgan tadbirlarning vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan oʻz vaqtida hamda samarali amalga oshirilishini taʼminlash, toʻsqinlik qiluvchi omillarni aniqlab, ularni bartaraf etish;
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan “yoʻl xaritalari”da nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishini sunʼiy ravishda choʻzish va sansalorlik holatlariga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish;
i) eksport faoliyatini moliyaviy va sugʻurta jihatidan qoʻllab-quvvatlash sohasida:
eksport qiluvchi tashkilotlarning moliyaviy resurslardan foydalanishini taʼminlash ishlarini tashkil etish, noxomashyo eksport hajmlari, milliy eksportchilar va ularning mahsulotlarini xarid qiluvchi mamlakatlar sonini koʻpaytirishga koʻmaklashish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sugʻurta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 24-maydagi PQ-4337-son va “Eksport faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 7-maydagi PQ-4707-son qarorlariga muvofiq respublikada va xorijda xalqaro standartlashtirish hamda sertifikatlashtirish tizimlarini joriy qilish, xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotni roʻyxatga olish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash, mahsulotlarni eksport qilishda avtomobil, havo va temir yoʻl transportida tashish xarajatlarini qisman kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etish uchun eksport qiluvchi tashkilotlarga maqsadli moliyaviy koʻmaklashish mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish;
mahalliy eksportni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va sugʻurtalash mexanizmlarini muvaffaqiyatli joriy qilgan xorijiy davlatlar tajribasi inobatga olingan holda, eksportoldi va eksportni moliyalashtirishni, eksport kreditlari va tavakkalchiliklarini sugʻurtalash mexanizmlari, jumladan, xalqaro moliya institutlarini jalb etgan holda joriy etilishini taʼminlash;
savdoni moliyalashtirish uchun xalqaro va xorijiy moliya institutlarining qarzlari va imtiyozli kreditlarini jalb qilish ishlarini muvofiqlashtirish;
k) Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (keyingi oʻrinlarda — JST) qoʻshilishi sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5643-son Farmonida belgilangan vazifalar hisobga olingan holda, Oʻzbekiston Respublikasining JSTga aʼzo boʻlish va boshqa koʻp tomonlama iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, milliy qonunchilikni JST bitimlari talablariga muvofiq moslashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Vazirlar Mahkamasining “Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiya toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 28-maydagi 339-son qaroriga muvofiq Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha Idoralararo komissiya faoliyatini muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasining JSTga qoʻshilishi boʻyicha muzokara jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi vakillarining ishtirok etishini muvofiqlashtirish, uning kotibiyati bilan oʻzaro hamkorlik qilish, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan tashqi savdo sohasida ikki tomonlama hamda koʻp tomonlama bitimlar (shartnomalar) tuzish;
Oʻzbekiston Respublikasining JSTdagi maslahatchisi-vakili va JST tuzilmalari bilan ishlash boʻyicha birinchi kotibi, Oʻzbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi (Shveysariya Konfederatsiyasi) BMT Boʻlimi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi Doimiy vakili faoliyatini muvofiqlashtirish;
l) transport-logistikani rivojlantirish sohasida:
investitsiyalarni jalb qilish hamda oʻzlashtirish va tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan, tranzit salohiyati darajasini oshirish, logistika va transport yoʻlaklarini takomillashtirish, shuningdek, eksport marshrutlarini diversifikatsiya qilish masalalarini ilgari surish;
xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash, yuk tashish transporti oqimlarini maqbullashtirish, xalqaro va mintaqaviy tranzitni rivojlantirish;
transport sohasida investitsiya, eksport va xalqaro yoʻnalishlarda logistika tizimida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash, innovatsion texnologiyalar va intellektual transport tizimlarini joriy etish;
m) Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlik masalalarini muvofiqlashtirish sohasida:
xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni (siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar) rivojlantirish, ushbu masalalarda vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishlarini muvofiqlashtirish;
xorijiy davlatlar bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalaridagi munosabatlarni qisqa va oʻrta muddatli rivojlantirish konsepsiyalarini ishlab chiqish hamda ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni shakllantirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga, xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflariga axborot-tahliliy materiallar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga, xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolanadigan xalqaro shartnomalar, investitsion kelishuvlar va eksport kontraktlar loyihalarini tayyorlashni muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlarga oliy va yuqori darajadagi tashriflari, shuningdek, xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflari davomida erishilgan kelishuvlarning bajarilishi boʻyicha vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlarining ishlarini muvofiqlashtirish;
xorijiy davlatlar bilan hukumatlararo komissiyalar (qoʻmitalar, kengashlar va ishchi guruhlar) majlislariga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish ishlarini muvofiqlashtirish;
hukumatlararo komissiyalarning (qoʻmitalar, kengashlar va ishchi guruhlar) majlislari yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlar hamda qabul qilingan bayonnoma qarorlar vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishini nazorat hamda monitoring qilish;
n) mahalliy sanoatni rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, texnik jihatdan tartibga solish hamda iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy tashkilotlar oʻrtasida sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish sohasida:
iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda sanoatni jadal rivojlantirish hamda ilm-fan, innovatsiya, loyiha, moliya, injiniring va investitsiya tashkilotlarini qamrab olgan “sanoat klaster”larini tashkil etish;
mahalliy xomashyo hamda materiallardan samarali foydalanish asosida qoʻshimcha qiymat zanjirini yaratishni taʼminlaydigan investitsiya loyihalarini amalga oshirishni tashkil etish;
“qoʻshimcha qiymat zanjirlari”ni kengaytirish, ishlab chiqarish tannarxi va xarajatlarini kamaytirish, tayyor mahsulotlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish;
tarmoqlarning ichki va tarmoqlararo kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va chuqurlashtirish, korxonalarni global ishlab chiqarish zanjirlariga jalb qilish;
mahalliy ishlab chiqaruvchilarni koʻllab-quvvatlash, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini oshirish maqsadida xalqaro standartlarga muvofiq texnik reglament loyihalarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish;
iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy tashkilotlarda texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va sifat menejmenti tizimlarini joriy etish sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
xalqaro standartlarni va texnik reglamentlarni joriy etish, qoʻllash hamda texnik jihatdan tartibga solish talablariga rioya etish darajasidan kelib chiqqan holda, korxona va tarmoq rahbarlariga nisbatan ragʻbatlantirish yoki intizomiy choralar koʻrib borish;
xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda, notarif mexanizm va usullarni joriy qilish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash, yangi turdagi import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish;
o) mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari sohasida:
iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda mahalliy sanoatni rivojlantirish sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda mahalliy sanoatda texnologik jarayonlarni maqbullashtirish va oqilona tashkil etish maqsadida ishlab chiqarishni tarkibiy oʻzgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni taʼminlash chora-tadbirlari amalga oshirilishini tashkil etish;
hududlarning tabiiy xomashyo va mehnat resurslarini hamda nisbiy ustunliklarini inobatga olgan holda, mahalliy sanoatni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yoʻnalishlarni belgilash;
mahalliy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarining ilmiy-texnik rivojlanish darajasini oshirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hisobiga ularni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash.
p) innovatsion rivojlantirish masalalari sohasida:
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati barqaror oʻsishi, shuningdek, aholining hayot darajasi va farovonligi oshishi uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlashga qodir boʻlgan ustuvor sohalar va tarmoqlar innovatsion rivojlanishining boʻlajak modellarini, innovatsion faoliyatni rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish jarayonini muvofiqlashtirish;
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik dasturlariga, iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ilm-fanni koʻp talab qiladigan texnologiyalarga boʻlgan real ehtiyojlariga muvofiq ilmiy hajmdor texnologiyalar sohasida yagona davlat siyosati yuritilishini hamda davlat ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirilishini taʼminlash, iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishini, shuningdek, mahalliy ilm-fan natijalarining raqobatbardoshligini oshirishni taʼminlashda intellektual salohiyatdan samarali foydalanishni tashkil etish;
ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining ilmiy laboratoriya bazasining jihozlanish darajasini oshirish, ularni zarur butlovchi va sarflash materiallari bilan uzluksiz taʼminlash, jamoaviy foydalaniladigan ilmiy laboratoriyalar, tajriba-eksperimental va konstruktorlik-texnologik infratuzilmani yaratish choralarini koʻrish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 29-oktabrdagi PF-6097-son Farmoniga muvofiq vazirlik va idoralarning ilmiy-innovatsion faoliyati samaradorligini baholashga yoʻnaltirilgan milliy reyting tizimini joriy etilishi, ilm-fan va ilmiy faoliyatni moliyalashtirish tizimini takomillashtirilishi hamda moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilinishini tashkil etish;
ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalarining ilmiy-texnik salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, ilgʻor xorijiy tajribani va ilmiy-tadqiqot ishlari sohasidagi vazifalarni hisobga olgan holda ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalalarida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boʻyicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-son Farmoni va “Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 1-apreldagi PQ-5047-son qaroriga muvofiq milliy ilm-fan va innovatsiya tizimini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdagi oʻrnini oshirish, hududlarda innovatsion faoliyatni rivojlantirish choralarini koʻrish.
9. Bosh vazir oʻrinbosari oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Bosh vazir tomonidan ijtimoiy sohada islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlanishi va kiritilishini tizimli asosda taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejalashtirilgan masalalar tayyorlanishi va kiritilishini taʼminlaydi;
mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda “yoʻl xaritalari” loyihalarining tayyorlanishi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va mutaxassislarining aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi;
tegishli vazirliklar, qoʻmitalar va boshqa davlat organlari rahbarlari, hokimlar oʻrinbosarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli va masʼuliyatini oshirish choralarini koʻradi;
tegishli yil uchun qabul qilingan davlat dasturi amalga oshirilishi toʻgʻrisida har choraklik hisobotlar tayyorlanishi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etilishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga binoan respublikaning tegishli hududlari va tarmoqlarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor vazifalari hamda dasturlari, iqtisodiy islohotlar bajarilishini muvofiqlashtiradi;
Investitsiya kotibiyati, Mahalliy sanoat kotibiyati va Inspeksiyaga bevosita rahbarlik qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-son Farmoni bilan tashkil etilgan Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga raislik qiladi;
mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar, shuningdek, hududlar va boshqa tashkilotlarning oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
aniq sohalar va yoʻnalishlarni rivojlantirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy safarlari va respublika hududlariga tashriflari yakunlari boʻyicha belgilangan topshiriqlar hamda vazifalarni bajarish boʻyicha “yoʻl xaritalari” ishlab chiqilishi, amalga oshirilishi va monitoringi olib borilishini muvofiqlashtiradi;
yil choraklari boʻyicha kapital qoʻyilmalarning tejab qolingan va oʻzlashtirilmagan limitlarini qayta taqsimlash, birinchi navbatda, investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirishga maqsadli yoʻnaltirish boʻyicha takliflar tayyorlanishini taʼminlaydi;
erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchisining maqomini toʻxtatib turish yoki undan mahrum etish, maxsus iqtisodiy zonalar maʼmuriy kengashlari va direksiyalari yoki boshqa tashkilotlarning investorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlar bajarilmagani toʻgʻrisidagi asoslangan taqdimnomalari boʻyicha maʼmuriy kengashlarning erkin iqtisodiy zonalar hududida xoʻjalik subyektlarini joylashtirish haqidagi qarorlarini bekor qilish tashabbuslarini ilgari suradi;
Investitsiya kotibiyati, Mahalliy sanoat kotibiyati va Inspeksiya faoliyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlaydi, hujjatlarning tayyorlangan loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan soʻng ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazorat tashkil etilishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlari loyihalarining ekspertizadan oʻtkazilishi va sifatli tayyorlanishini tashkil etish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining hujjatlari hamda topshiriqlarining bajarilishi yuzasidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlaydi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, ularning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha murojaatlarini koʻrib chiqadi;
Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan birgalikda Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati mudiri, uning oʻrinbosarlari va mutaxassislari, Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati mudiri va mutaxassislari hamda Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi boshligʻi va mutaxassislari lavozimlariga kadrlar tanlaydi;
Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati mudiri, uning oʻrinbosarlari va mutaxassislari, Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati mudiri va mutaxassislari hamda Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi boshligʻi va mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ragʻbatlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Investitsiya kotibiyati, Mahalliy sanoat kotibiyati va Inspeksiyada kadrlar zaxirasini shakllantirish ishlarini tizimli asosda tashkil etadi;
tegishli komissiyalarga (kengashlarga) rahbarlik qiladi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarlik qiladigan komissiyalar (kengashlar) faoliyatini tashkil etish hamda ularning oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha qarorlari bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi.
3-bob. Bosh vazir oʻrinbosarining huquqlari va javobgarligi
10. Bosh vazir oʻrinbosari oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
biriktirilgan vazirliklar, idoralar hamda boshqa tashkilotlar kollegial organlarining majlislarida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri topshiriqlari boʻyicha — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning oʻzi yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
davlat boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtincha ishchi guruhlar tuzish;
“Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablari buzilgan holda keladigan hujjatlarni qaytarish.
Bosh vazir oʻrinbosarining zarur materiallar, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari va topshiriqlari uning tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
Bosh vazir oʻrinbosarining oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, boshqa tashkilotlar rahbarlariga beriladigan topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir.
11. Bosh vazir oʻrinbosari:
oʻziga yuklangan, ushbu Nizomning 8 va 9-bandlarida koʻrsatilgan vazifalar va funksiyalarning zarur tarzda va samarali bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va mutasaddilik qilinadigan, Investitsiya kotibiyati, Mahalliy sanoat kotibiyati va Inspeksiya vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni va “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Bosh vazir oʻrinbosari oldiga bevosita qoʻyilgan vazifalarning tegishli darajada va samarali bajarilishi;
oʻzi rahbarlik qiladigan Investitsiya kotibiyati, Mahalliy sanoat kotibiyati va Inspeksiyadagi ishlarning holati, davlat va xoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining tegishli ravishda muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, uning vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;
oliy darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha uning vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan “yoʻl xaritalari”ning tegishli ravishda va samarali bajarilishi;
tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament, deputat va Senat aʼzosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari bajarilishining monitoringi olib borilishi;
joylardagi real ahvolni doimiy oʻrganish, iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarining davlat manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan va ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bogʻliq holda, puxta ekspertizadan oʻtkazilishi yuzasidan nazorat taʼminlanishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarorlariga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son va “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.
4-bob. Bosh vazir oʻrinbosari faoliyatini tashkil etish
12. Bosh vazir oʻrinbosarining ishlari “Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Vazirlar Mahkamasining Investitsiya kotibiyati, Mahalliy sanoat kotibiyati va Inspeksiyaning ish rejalari Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.
13. Bosh vazir oʻrinbosarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari ijrosining tizimli monitoringini taʼminlash boʻyicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks oʻrganishlarni amalga oshirish, Vazirlar Mahkamasining, Vazirlar Mahkamasi Rayosatining majlislarida hisobotlarni eshitish yoʻli bilan tashkil etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 254-son qaroriga
2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati (keyingi oʻrinlarda — Kotibiyat) Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
2. Kotibiyat faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vazirini (keyingi oʻrinlarda — Bosh vazir oʻrinbosari), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi), uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash, tashqi iqtisodiy aloqalar va logistika masalalari boʻyicha axborot-tahliliy jihatdan, shuningdek, Bosh vazir oʻrinbosari faoliyatini tashkiliy jihatdan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
3. Kotibiyat oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Kotibiyat oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Kotibiyat Bosh vazir oʻrinbosariga boʻysunadi, bir vaqtning oʻzida uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
5. Kotibiyat oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasining tarkibiy boʻlinmalari, davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari bilan hamkorlikda amalga oshiradi hamda ularning investitsiya, eksportni qoʻllab-quvvatlash, tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish va logistika masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi.
2-bob. Kotibiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Kotibiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirish;
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi vazifalari, oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlash;
vazirliklar, idoralar va boshqa davlat boshqaruvi organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat aʼzosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishini monitoring qilib borish, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini doimiy oʻrganish, iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
Hukumat aʼzolari, barcha darajalardagi vazirliklar va idoralar rahbarlari zimmasiga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli hamda masʼuliyatini oshirish hisobga olingan holda, Kotibiyat funksiyalarining sifatli hamda toʻliq hajmda bajarilishini taʼminlash;
keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi doirasidagi vazifalarning amalga oshirilishi toʻgʻrisida hisobotlar tayyorlanishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati, davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarining asosiy xalqaro reytinglar hamda indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaxshilash boʻyicha ishlari samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan, aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini taʼminlashni kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
idoraviy mansub tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishish, yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligiga asoslangan yangi baholash tizimi joriy etilishini taʼminlash;
iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
investitsiya, eksportni qoʻllab-quvvatlash, tashqi iqtisodiy aloqalar va logistika sohalarida davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishda, shu jumladan, investitsiyalarni jalb qilish va oʻzlashtirish, eksportni qoʻllab-quvvatlash tashqi iqtisodiy aloqalarni hamda innovatsion rivojlantirish masalalarida vazirliklar va idoralarning mustaqilligini idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali kuchaytirish;
investitsiya siyosatini amalga oshirish, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalarni hamda innovatsion rivojlantirishning muhim ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha masalalar tayyorlanishini hamda Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida koʻrib chiqilishini taʼminlash;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yoʻli bilan, shu jumladan, ilgʻor tajribani oʻrganish asosida, zarurat boʻlganda, ushbu maqsadlar uchun xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikni taʼminlash;
Kotibiyatda, shuningdek, biriktirilgan vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalarida ijro intizomi darajasini oshirish, ularning faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari, oliy va yuqori darajadagi tashriflar yakunlari boʻyicha “yoʻl xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlash;
ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishni tashkil qilishning zamonaviy uslublarini joriy qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha maʼmuriy tartibga solishni kamaytirish;
Kotibiyatda, shuningdek, unga biriktirilgan vazirliklar, idoralar hamda xoʻjalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirish va kadrlarning amaliy zaxirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish.
7. Quyidagilar Kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) investitsiya, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5643-son Farmonida nazarda tutilgan yoʻnalishlarda investitsiyalar, tashqi iqtisodiy faoliyat va tashqi savdo sohalaridagi boshqaruv tizimini takomillashtirish;
barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishish, davlat investitsiya dasturlarini amalga oshirishning sifat va samaradorlik mezonlariga, shuningdek, eksport prognozlariga asoslangan baholash tizimi joriy etish;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan Hukumatning muayyan sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar hamda xoʻjalik birlashmalari rahbarlari ishtirokida hududlarda mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini oʻtkazish uchun tegishli materiallarni doimiy asosda tayyorlash va kiritish;
yagona davlat investitsiya siyosatini shakllantirish va yuritish, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha iqtisodiyot tarmoqlari hamda mamlakat hududlariga investitsiya kiritish hajmlari kengaytirilishini ragʻbatlantirish, respublikada investitsiya muhitini yanada takomillashtirish, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ishlarni muvofiqlashtirish;
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni yanada takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida investitsiya faoliyatini kengaytirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarining ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini taʼminlash;
davlat investitsiya dasturlari va hududiy investitsiya dasturlarini shakllantirishda, shuningdek, yuqorida qayd etilgan dasturlarga kiritilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini monitoring qilishda davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ishlarini muvofiqlashtirish;
xorijiy investitsiyalarni, kreditlar va moliyaviy-texnik koʻmaklashish mablagʻlarini jalb qilish uchun investitsiya takliflarining yagona bazasi yuritilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan oʻzaro manfaatli asosda investitsiyaviy hamkorlik yoʻnalishlarini rivojlantirish hamda diversifikatsiyalashga doir takliflar ishlab chiqish;
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish ishlarining asosiy yoʻnalishlarini belgilash hamda oshirish borasida davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalar rahbarlari va savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchilari vakillari faoliyatini muvofiqlashtirish;
investitsiya loyihalari amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar faoliyatini, investor tomonidan oʻzining investitsiya majburiyatlari toʻliq bajarilishini tahlil qilish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishiga toʻsqinlik qiladigan omillarni aniqlash hamda hal etish yuzasidan tezkor choralar koʻrish orqali mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining jalb qilinadigan kredit resurslari va texnik koʻmaklashish vositalaridan (grantlaridan), Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlaridan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan markazlashgan investitsiyalardan samarali foydalanish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi va xorijda mamlakatning iqtisodiy va investitsiya salohiyati toʻgʻrisida xorijiy investorlarni keng xabardor qilish uchun xalqaro konferensiyalar, seminarlar, investitsiya forumlari oʻtkazilishini tashkil etish;
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish borasida loyiha institutlari hamda respublika tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
investitsiya portalining samarali faoliyatini taʼminlash boʻyicha davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishlarini muvofiqlashtirish, portal kontentini muntazam yangilab borish, shu jumladan, investitsiya loyihalarini amalga oshirishning holati, investorlar murojaatlarini koʻrib chiqish yakunlari va boshqalar haqida markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasini yuritish;
har bir hududning ishlab chiqarish salohiyati va investitsiyalarga boʻlgan ehtiyoji, oldindan hisob-kitob qilingan aniq loyihalar hamda salohiyatli investorlar uchun qiziqish uygʻotadigan boshqa axborot aks ettirilgan Oʻzbekiston Respublikasining interfaol investitsiya xaritasini joriy qilish hamda uning faoliyatini taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda investitsiya va tashqi iqtisodiy hamkorlik, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish sohasidagi xalqaro shartnomalar loyihalarining ekspert jihatidan belgilangan tartibda ishlab chiqilishini tashkil etish;
tashqi iqtisodiy faoliyat aloqalari sohasida davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi organlari faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash, respublikani rivojlantirishning strategik maqsadlari va yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan tashqi iqtisodiy hamkorlikni tashkil etish hamda uning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
tashqi savdo aylanmasining mutanosibligini taʼminlash, eksportni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish, eksport salohiyatini oshirish, tovarlar va xizmatlar import hajmlari va tuzilmasini optimallashtirish, bojxona-tarif va notarif siyosatni tartibga solishga doir takliflar tayyorlanishini tashkil etish borasida yagona tashqi iqtisodiy siyosat yuritilishini muvofiqlashtirish;
tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini tashkil qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga tashriflari yakunlari boʻyicha tashqi savdo hamkorligi yuzasidan erishilgan kelishuvlar bajarilishining monitoringini amalga oshirish, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan tashqi iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirishga doir ishlab chiqilgan takliflarni tahlil qilish hamda baholash;
import qilinadigan mahsulot hajmlari va turlari har tomonlama tahlil etilishini tashkil qilish, shu asosda importni yanada qisqartirish, import bojxona bojlarini optimallashtirish, bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari yoki Hukumatining qarorlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻziga xos tovarlarni eksport va import qilish uchun litsenziyalar berilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining qarorlari asosida buyumlar va mahsulotlar eksporti boʻyicha tadbirlarni muvofiqlashtirish;
tegishli vazirlik va idoralar, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda xalqaro shartnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlari hamda tashqi iqtisodiy xavfsizligiga rioya etilishini taʼminlash yuzasidan xulosalarni ekspert jihatidan ishlab chiqish hamda tayyorlashda belgilangan tartibda ishtirok etish;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari vakillari bilan oʻtkaziladigan muzokaralarda ishtirok etish;
b) investitsiya dasturlari, xususan, hududiy investitsiya dasturlarining shakllantirilishini muvofiqlashtirish va amalga oshirilishini monitoring qilish sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturlarini, qisqa va oʻrta muddatli tarmoq hamda hududiy investitsiya dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish tadbirlarini muvofiqlashtirish;
investitsiyalardan samarali hamda oqilona foydalanish boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari tomonidan ishlab chiqilgan tarmoq va hududiy rivojlanish dasturlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari loyihalarini koʻrib chiqish;
moliyalashtirishning turli manbalari, shu jumladan, toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobidan iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani iqtisodiy yuksaltirish hamda muvozanatli rivojlantirish surʼatlarining investitsiya resurslariga boʻlgan ehtiyojlar bilan bogʻliqligini taʼminlashga doir takliflar ishlab chiqish;
davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari tomonidan investitsiya, moddiy va qiymat balanslari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, ularning ijrosi yuzasidan monitoring yuritish;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini moliyalashtirish sxemalarini koʻrib chiqish;
investitsiya loyihalari va boshqa hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining aniq investitsiya loyihalari boʻyicha hujjatlarini koʻrib chiqish, investitsiya loyihalarini amalga oshirishning samarali hamda eng maqbul sxemalarini tanlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
davlat investitsiya dasturlari va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi, investitsiya dasturlari doirasida mablagʻlar jalb etilishi hamda oʻzlashtirilishi boʻyicha belgilangan prognoz parametrlar bajarilishi uchun tizimli va qatʼiy nazoratni tashkil qilish, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish holatini kompleks tahlil qilish hamda monitoring davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritish;
davlat investitsiya dasturlari va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalari boʻyicha maʼlumotlar bazasi yaratilishi, yuritilishi hamda muntazam yangilanishini taʼminlash;
davlat investitsiya dasturlari va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi, investitsiya dasturlarini amalga oshirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Hukumat qarorlarining bajarilishini, jumladan, joyiga chiqqan holda oʻrganish, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar hamda takliflar tayyorlash;
investitsiya loyihalarining dastlabki va yakuniy texnik-iqtisodiy asoslari hamda hisob-kitoblari ishlab chiqilishi va moslashtirilishi boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, loyiha hujjatlari tayyorlanishi, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish va texnik qoʻllab-quvvatlanishini taʼminlash;
v) xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va ularning savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchilari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari boshliqlari faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
xorijiy investitsiyalarni jalb etish, buning uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va imtiyozlar berish sohasida vazirliklar va idoralar faoliyati muvofiqlashtirish va samarali hamkorlikni taʼminlash;
mamlakatni rivojlantirishning strategik maqsadlaridan kelib chiqqan holda, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining bilan investitsiyaviy hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5643-son Farmoniga muvofiq xorijiy, birinchi navbatda, toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish va oʻzlashtirish jarayonini tashkil etish, ularning iqtisodiyotga keng kiritilishi uchun shart-sharoitlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish uchun investitsiya takliflarining yagona bazasini shakllantirish va yangilash jarayonini muvofiqlashtirishni taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasida yaratilgan investitsiya muhiti, shu jumladan, investitsiya kiritish jarayonining asosiy tartib-taomil masalalari, shuningdek, amalga oshirish taklif etilayotgan investitsiya takliflari toʻgʻrisidagi axborotni salohiyatli investorlar va kreditorlarga yetkazish;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlikning qisqa hamda oʻrta muddatli dasturlarining ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini muvofiqlashtirish, ularning vazirliklar va idoralar tomonidan oʻz vaqtida va samarali bajarilishi nazorat qilinishini taʼminlash;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlikning ustuvor va istiqbolli yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
texnik koʻmaklashish grantlari va mablagʻlarini respublikaga jalb etish tadbirlarini muvofiqlashtirish;
tizimlashtirilgan maʼlumotlar banki shakllantirilishi va yuritilishini tashkil etish, investitsiya, grant mablagʻlari jalb etilgan loyihalar, xalqaro moliya va iqtisodiyot institutlari bilan hamkorlik dasturlariga kiritilgan texnik koʻmaklashish loyihalari amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish;
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalarida Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va ularning savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchilari ishlarini muvofiqlashtirish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari ishlarini muvofiqlashtirish;
investitsiya faoliyatini amalga oshirish, xorijiy investitsiyalar, shu jumladan, toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda oʻzlashtirish borasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari faoliyatini baholashning reyting tizimi joriy etilishini taʼminlash;
g) iqtisodiyotning real sektori mahsulotlarini eksport qilish sohasida:
yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ulushini yanada koʻpaytirish, tashqi bozorlarda raqobatbardosh yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga chiqarish hisobidan eksport salohiyatini kengaytirish, tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmlari va tuzilmasini optimallashtirish boʻyicha iqtisodiyot real sektori tarmoqlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
ichki va tashqi bozorlarni rivojlantirish tendensiyalarini chuqur tahlil qilish ishlarini muvofiqlashtirish, shu asosda iqtisodiyot tarmoqlarining eksport salohiyatini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari, avvalambor, eksport nomenklaturasini kengaytirish va hajmlarini oshirish, tashqi savdo bozorlarini diversifikatsiyalash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportining har yillik prognozlarini shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish va davlat hamda xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan eksportning belgilangan prognoz parametrlari soʻzsiz bajarilishini tizimli nazorat qilish;
mahalliy tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) tashqi bozorlarga chiqarish uchun qulay sharoitlar bilan taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik subyektlariga eksport faoliyatini amalga oshirish hamda xorijiy sheriklar bilan uzoq muddatli barqaror savdo aloqalarini oʻrnatishga koʻmaklashish;
marketing tadqiqotlarni tashkil qilish, eksportning asosiy nomenklaturasi, eksport qiluvchi tashkilotlarda marketing xizmatlari tashkil etilishi hamda faoliyat koʻrsatishiga uslubiy va amaliy koʻmaklashish boʻyicha marketing va tahliliy sharhlar tayyorlash;
iqtisodiyot real sektori korxonalarining eksport salohiyatini rivojlantirish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlarning har tomonlama tahlil etilishi hamda ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash, qayd etilgan loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, bajarilishini monitoring qilish, shuningdek, tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishish yuzasidan takliflar va tadbirlar ishlab chiqish;
d) hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish sohasida:
yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ulushini yanada koʻpaytirish, tashqi bozorlarda raqobatbardosh yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga chiqarish hisobidan hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish, tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmlari va tuzilmasini optimallashtirish boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy boʻysunuvdagi korxonalarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari, tashqi bozorlardagi uzoq muddatli tendensiyalarning tahlilidan kelib chiqqan holda, hududlar eksport salohiyatini rivojlantirish boʻyicha eksportbop mahsulotlar ishlab chiqaradigan zamonaviy quvvatlarni tashkil etish hamda eksport qiluvchi tashkilotlarni amaliy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan maqsadli dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil qilish;
hududiy darajada tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportining har yilgi prognozlarini shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotlar tomonidan eksportning belgilangan prognoz parametrlarini soʻzsiz bajarilishini tizimli nazorat qilish;
hududiy darajadagi tashkilotlar va eksport qiluvchi tashkilotlarning tashqi bozorlarga chiqishi uchun qulay shart-sharoitlar bilan taʼminlash, ularga eksport faoliyatini amalga oshirish hamda xorijiy sheriklar bilan uzoq muddatli barqaror savdo aloqalarini oʻrnatishga koʻmaklashish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
hududlarda eksportbop mahsulotlarning yangi turlarini oʻzlashtirishni tashkil qilishda mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida hududiy boʻsunuvdagi tashkilotlar va boshqa turdosh tarmoqlar, shuningdek, kichik tadbirkorlik subyektlarining tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish;
hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish boʻyicha takliflar, loyihalar va istiqbolli rejalarni har tomonlama tahlil qilish hamda kompleks ekspertizadan oʻtkazish, ustuvor loyihalar va dasturlarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishini monitoring qilish, shuningdek, iqtisodiyot va eksportni rivojlantirishning tasdiqlangan parametrlariga soʻzsiz erishishni taʼminlash boʻyicha takliflar hamda tadbirlar ishlab chiqish;
hududiy boʻsunuvdagi tashkilotlar tomonidan eksport mahsulotlarini ishlab chiqarish va yuklab joʻnatish boʻyicha shartnoma majburiyatlari bajarilishining nazoratini tashkil etish, ularga moliyaviy va boshqa resurslarni jalb qilish masalalari, shuningdek, eksport faoliyatini tashkil etishning boshqa masalalarini hal etishda koʻmaklashish;
jahon va mintaqaviy meva-sabzavot mahsulotlari bozorlarining konyunkturasi chuqur oʻrganilishini muvofiqlashtirish, shu asosda respublika hududlarida yangi uzilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish hamda eksport qilishni jadal rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz ekinlari, uzumni eksport qilish boʻyicha oʻrta va uzoq muddatli prognozlari, meva-sabzavotchilikka ixtisoslashtirilgan tumanlarning eksport salohiyatini rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
yangi uzilgan va qayta ishlangan mahalliy meva-sabzavot mahsulotlarini eksportga chiqarishni taʼminlash, yangi savdo bozorlarini topish hamda oʻzlashtirish, respublikada xalqaro meva-sabzavot yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, tuziladigan shartnomalar doirasida ularni yetkazib berish hajmlari va geografiyasini monitoring qilish;
eksport qiluvchi tashkilotlar tomonidan eksport mahsulotlarini yetishtirish va yuklab joʻnatish boʻyicha shartnoma majburiyatlari bajarilishi monitoringini taʼminlash, ularning faoliyatida yuzaga keladigan, shu jumladan, zarur moliyaviy resurslarni jalb qilish bilan bogʻliq masalalarni hal etishga koʻmaklashish;
mamlakatda yangi uzilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishni tashkil etish uchun ixtisoslashtirilgan yangi infratuzilma obyektlarini tashkil qilish, sabzavot omborlari va sovitish qurilmalarini barpo etish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash, zamonaviy idish-qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarishni oʻzlashtirish;
e) eksport faoliyatini moliyaviy va sugʻurta jihatidan qoʻllab-quvvatlash sohasida:
eksport qiluvchi tashkilotlarning moliyaviy resurslardan foydalanishini taʼminlash ishlarini tashkil etish, noxomashyo eksport hajmlari, milliy eksportchilar va ularning mahsulotlarini xarid qiluvchi mamlakatlar sonini koʻpaytirishga koʻmaklashish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sugʻurta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 24-maydagi PQ-4337-son va “Eksport faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 7-maydagi PQ-4707-son qarorlariga muvofiq respublikada va xorijda xalqaro standartlashtirish hamda sertifikatlashtirish tizimlarini joriy qilish, xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotni roʻyxatga olish bogʻliq xarajatlarni qoplash, mahsulotlarni eksport qilishda avtomobil, havo va temir yoʻl transportida tashish xarajatlarini qisman kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etish uchun eksport qiluvchi tashkilotlarga maqsadli moliyaviy koʻmaklashish mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish;
mahalliy eksportni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va sugʻurtalash mexanizmlarini muvaffaqiyatli joriy qilgan xorijiy davlatlar tajribasi inobatga olingan holda, eksportoldi va eksportni moliyalashtirishni, eksport kreditlari va tavakkalchiliklarini sugʻurtalash mexanizmlari, jumladan, xalqaro moliya institutlarini jalb etgan holda joriy etilishini taʼminlash;
savdoni moliyalashtirish uchun xalqaro va xorijiy moliya institutlarining qarzlari va imtiyozli kreditlarini jalb qilish ishlarini muvofiqlashtirish;
j) Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (keyingi oʻrinlarda — JST) qoʻshilishi sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5643-son Farmonida belgilangan vazifalar hisobga olingan holda, Oʻzbekiston Respublikasining JSTga qoʻshilishi uchun zarur materiallar va hujjatlar paketini tayyorlash, shuningdek, milliy qonunchilikni JST bitimlari talablariga muvofiq moslashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasining JSTga qoʻshilishi boʻyicha muzokara jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi vakillarining ishtirok etishini muvofiqlashtirish, uning kotibiyati bilan oʻzaro hamkorlik qilish, xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan tashqi savdo sohasida ikki tomonlama hamda koʻp tomonlama bitimlar (shartnomalar) tuzish;
Oʻzbekiston Respublikasining JSTdagi maslahatchisi-vakili va JST tuzilmalari bilan ishlash boʻyicha birinchi kotibi, Oʻzbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi (Shveysariya Konfederatsiyasi) BMT boʻlimi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi Doimiy vakili faoliyatini muvofiqlashtirish.
z) transport-logistikani rivojlantirish sohasida:
investitsiyalarni jalb qilish va oʻzlashtirish va tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan, tranzit salohiyati darajasini oshirish, logistika va transport yoʻlaklarini takomillashtirish, shuningdek, eksport marshrutlarini diversifikatsiya qilish masalalarini ilgari surish;
xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash, yuk tashish transporti oqimlarini maqbullashtirish, xalqaro va mintaqaviy tranzitni rivojlantirish;
transport sohasida investitsiya, eksport va xalqaro yoʻnalishlarda logistika tizimida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash, innovatsion texnologiyalar va intellektual transport tizimlarini joriy etish;
k) Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlik masalalarini muvofiqlashtirish sohasida:
xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar ishlarini muvofiqlashtirishda ishtirok etish hamda ularga koʻmaklashish;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda xorijiy davlatlar bilan munosabatlarni qisqa va oʻrta muddatli rivojlantirish konsepsiyalarini ishlab chiqish hamda ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflar kiritish;
Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro tadbirlarni tashkil etish va respublika delegatsiyalarining xorijda oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish masalalarini koʻrib chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan takliflar kiritish;
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida oʻtkaziladigan yigʻilishlarda xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilish, turli darajadagi tashriflar hamda respublikada va xorijda xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazishga doir takliflar kiritish;
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning oliy va yuqori darajadagi tashriflarga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish ishlarini muvofiqlashtirishda ishtirok etish;
respublika delegatsiyalarining xorijiy davlatlarga tashriflarini tashkil qilish va xalqaro tadbirlarda ishtirok etishi, shuningdek, xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflari dasturlarini tasdiqlash boʻyicha hukumat qarorlarining tayyorlanishi va qabul qilinishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga, xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflariga axborot-tahliliy materiallar tayyorlashda ishtirok etish;
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlarga oliy va yuqori darajadagi tashriflar, shuningdek, xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflari davomida erishilgan kelishuvlarning bajarilishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ishlarini muvofiqlashtirish;
oliy va yuqori darajadagi tashriflar natijalari boʻyicha hisobotlarni toʻplash, umumlashtirish, tayyorlash hamda maʼlumotlar bankini yuritish;
xalqaro tashkilotlar doirasida turli darajadagi majlislarga axborot-tahliliy materiallar tayyorlash, xalqaro tadbirlar kun tartibi masalalari yuzasidan respublikaning pozitsiyasini belgilash ishlarini muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda xorijiy davlatlarning diplomatik missiyalari va xalqaro tashkilotlar, xorijiy hukumatlar, tijorat hamda bank tuzilmalari vakolatxonalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik masalalarida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
l) hukumatlararo komissiyalar (qoʻmitalar, kengashlar va ishchi guruhlar) ishlarini muvofiqlashtirish va ularning bayonnoma qarorlari bajarilishining monitoringini olib borish sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining hukumatlararo komissiyalar (qoʻmitalar, kengashlar va ishchi guruhlar) majlislariga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish ishlarini muvofiqlashtirish;
hukumatlararo komissiyalar (qoʻmitalar, kengashlar va ishchi guruhlar) majlislarining kun tartibini va Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasining tarkiblarini kelishishda ishtirok etadi;
hukumatlararo komissiyalarning (qoʻmitalar, kengashlar va ishchi guruhlar) majlislari yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlar hamda qabul qilingan bayonnoma qarorlar Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari, idoralari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan bajarilishini nazorat hamda monitoring qilish;
hukumatlararo komissiyalar (qoʻmitalar, kengashlar va ishchi guruhlar) faoliyatini takomillashtirishga doir takliflar kiritish;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining topshirigʻiga asosan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari rahbarlik qiladigan hukumatlararo komissiyalarning (qoʻmitalar, kengashlar va ishchi guruhlar) Kotibiyat yuritadigan masalalar boʻyicha majlislarida ishtirok etish;
m) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ekspert jihatidan puxta ishlab chiqish sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarining mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadlari hamda vazifalariga, shuningdek, umumeʼtirof etilgan xalqaro huquq prinsiplari va normalariga, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan xalqaro majburiyatlarga muvofiqligi yuzasidan ularni ekspert jihatidan puxta ishlab chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri hamda uning oʻrinbosari oʻtkazadigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda hamda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etish;
p) innovatsion rivojlantirish masalalari sohasida:
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati barqaror oʻsishi, shuningdek, aholining hayot darajasi va farovonligi oshishi uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlashga qodir boʻlgan ustuvor sohalar va tarmoqlar innovatsion rivojlanishining boʻlajak modellarini, innovatsion faoliyatni rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish jarayonini muvofiqlashtirish;
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik dasturlariga, iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ilm-fanni koʻp talab qiladigan texnologiyalarga boʻlgan real ehtiyojlariga muvofiq ilmiy hajmdor texnologiyalar sohasida yagona davlat siyosati yuritilishini hamda davlat ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirilishini taʼminlash, iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishini, shuningdek, mahalliy ilm-fan natijalarining raqobatbardoshligini oshirishni taʼminlashda intellektual salohiyatdan samarali foydalanishni tashkil etish;
ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining ilmiy laboratoriya bazasining jihozlanish darajasini oshirish, ularni zarur butlovchi va sarflash materiallari bilan uzluksiz taʼminlash, jamoaviy foydalaniladigan ilmiy laboratoriyalar, tajriba-eksperimental va konstruktorlik-texnologik infratuzilmani yaratish choralarini koʻrish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 29-oktabrdagi PF-6097-son Farmoniga muvofiq vazirlik va idoralarning ilmiy-innovatsion faoliyati samaradorligini baholashga yoʻnaltirilgan milliy reyting tizimini joriy etilishi, ilm-fan va ilmiy faoliyatni moliyalashtirish tizimini takomillashtirilishi hamda moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilinishini tashkil etish;
ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalarining ilmiy-texnik salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, ilgʻor xorijiy tajribani va ilmiy-tadqiqot ishlari sohasidagi vazifalarni hisobga olgan holda ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalalarida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boʻyicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-son Farmoni va “Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 1-apreldagi PQ-5047-son qaroriga muvofiq milliy ilm-fan va innovatsiya tizimini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdagi oʻrnini oshirish, hududlarda innovatsion faoliyatni rivojlantirish choralarini koʻrish.
Vazirlar Mahkamasi Rayosati, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga, xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolanadigan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish.
8. Kotibiyat oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
aniq sohalar va yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlarni oʻrganish maqsadida Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbarlari ishtirokida hududlarda Hukumatning mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazirning maslahatchilari huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejali masalalarni tayyorlaydi va kiritadi;
yaqin, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan investitsiya va tashqi iqtisodiy siyosatni rivojlantirishning eng muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha davlat dasturlari va “yoʻl xaritalari” tayyorlanishini va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari huzurida himoya qilinishini taʼminlaydi;
Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali va natijali ijro etilishi uchun ularning rahbarlari shaxsiy roli va masʼuliyatini oshirish choralarini koʻradi;
aniq holatlar boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan, joyning oʻziga borib jamoatchilik fikrini oʻrganishni taʼminlaydi;
tegishli tarmoqlar va mutasaddilik qilinadigan masalalar boʻyicha turkumlashtirilgan elektron maʼlumotlar bazalari tashkil etilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda toʻldirilishi va yangilanishini taʼminlaydi;
yil choraklari yakunlari boʻyicha tejalgan yoki oʻzlashtirilmagan kapital qoʻyilmalar limitlarini birinchi navbatda respublika va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirishga maqsadli yoʻnaltirgan holda, qayta taqsimlash boʻyicha takliflar tayyorlanishini muvofiqlashtiradi;
Kotibiyatning yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha axborotni umumlashtiradi va tahliliy qayta ishlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning oʻrinbosari uchun, shuningdek, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun tegishli maʼlumotnoma, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
tashkilotlar va hududlarda ishlarning iqtisodiy va ijtimoiy holatini, Kotibiyat yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini, shu jumladan, joylarga chiqib oʻrganadi, oʻrganish yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallarning sifatli tayyorlanishini taʼminlaydi;
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi majlislariga tayyorgarlik koʻrish bilan bogʻliq materiallarni tayyorlashda va qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi va koʻrsatib oʻtilgan materiallar haqida Bosh vazirning oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga axborot beradi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli bayonlarining qarorlari ijrosi nazorat qilinishini taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiyalari va vazifalarini biriktirilgan sohada vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarga yuklangan davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun ularga berish boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosariga takliflar kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
materiallar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalari kompleks va sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini, shuningdek, manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini taʼminlaydi;
Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini hamda ularning himoya qilinishini tashkil etadi;
yuklangan vazifalarga muvofiq Kotibiyatga biriktirilgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va hududlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi;
Kotibiyatga biriktirilgan xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilarining nomenklaturasiga kiradigan rahbarlar lavozimlariga nomzodlar boʻyicha takliflarni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan maʼqullanishi uchun tayyorlashda ishtirok etadi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazirning oʻrinbosarlari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar ishlari samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, koʻrib chiqish va choralar koʻrish uchun ushbu murojaatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini shaxsan qabul qiladi.
Kotibiyat oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
3-bob. Kotibiyatning huquqlari va javobgarligi
9. Kotibiyat oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar, innovatsion faoliyat sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni oʻrganish maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvi hududiy organlari, jamoat tashkilotlari vakillari rahbarlari ishtirokida hududlarda Hukumatning mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda tayyorlash va oʻtkazishda ishtirok etish;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
markaziy iqtisodiyot organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlarning xodimlarini, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda, axborot-tahliliy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun ekspert guruhlari tashkil etish;
biriktirilgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarning kollegial organlari majlislarida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarining topshirigʻiga binoan esa — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Kotibiyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislarida va yigʻilishlarida qatnashish;
zarurat boʻlganda, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtincha ishchi guruhlar tashkil etish;
“Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda taqdim etilgan hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish uchun qaytarib yuborish.
Kotibiyatning zarur materiallarni, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, ularda belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
10. Kotibiyat:
tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvi boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat aʼzosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijrosi monitoringi olib borilishi;
ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning zarur tarzda va samarali bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Kotibiyat vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;
Kotibiyatdagi ishlarning holati, biriktirilgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va monitoring olib borilishi, Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;
oliy darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha tasdiqlanadigan “yoʻl xaritalari” Kotibiyat hamda biriktirilgan vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalariga yuklatilgan masalalar boʻyicha oʻz vaqtida va samarali bajarilishi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holatini har tomonlama va chuqur tahlil qilish, investitsiya (davlat) dasturlarini va hududlarni rivojlantirish dasturlarini shakllantirish, ularni amalga oshirishni tashkil etish va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarini oʻz vaqtida hal etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamentiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalari ulardagi masalalar barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bogʻliq holda, davlat manfaatlarini, iqtisodiy samaradorlikni taʼminlash nuqtai nazaridan puxta ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarorlariga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son va “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.
4-bob. Kotibiyatning tuzilmasi
11. Kotibiyatning tuzilmasiga:
Kotibiyat mudiri;
Kotibiyat mudirining oʻrinbosari (investitsiyalar masalalari);
investitsiya, shu jumladan, hududlar investitsiya dasturlarini shakllantirish va amalga oshirilishi monitoringini olib borish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis
xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, investitsiya loyihalari amalga oshirilishi monitoringi va loyihalarni amalga oshirish guruhlari faoliyati masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda diplomatik vakolatxonalarning savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchilari va xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakillar faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Kotibiyat mudirining oʻrinbosari (eksport, importni optimallashtirish, bojxona-tarif va notarif tartibga solish masalalari);
importni optimallashtirish, bojxona-tarif va notarif tartibga solish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
innovatsion faoliyatni rivojlantirish va ilmiy-tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
marketing faoliyatini tashkil etish, tashqi konyunktura tahlili, eksport faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va sugʻurta qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksportini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
transport sohasida investitsiya, eksport va xalqaro yoʻnalishlarda yuk tashish logistikasi masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
xalqaro shartnomalar ijrosi tahlili, tashqi savdo faoliyatini rivojlantirish va JST bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Xalqaro hamkorlik masalalari shuʼbasi mudiri (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oliy darajadagi tashriflari uchun tahliliy materiallar tayyorlash masalalari);
Yevropa va Amerika mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, yuqori darajadagi Hukumat delegatsiyalarining tashriflari uchun tahliliy materiallar tayyorlash masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Osiyo va Afrika mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va yuqori darajadagi Hukumat delegatsiyalarining tashriflari uchun tahliliy materiallar tayyorlash masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi, shu jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ikki tomonlama va koʻp tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va yuqori darajadagi Hukumat delegatsiyalarining tashriflari uchun tahliliy materiallar tayyorlash masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Bosh vazir oʻrinbosarining yordamchisi;
Bosh vazir oʻrinbosarining inspektori;
Kotibiyat va shuʼba inspektorlari kiradi.
Kotibiyat tuzilmasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
12. Kotibiyat ishlariga Kotibiyat mudiri rahbarlik qiladi.
13. Kotibiyat mudiri, uning oʻrinbosarlari, shuʼba mudiri, mutaxassislar va Bosh vazir oʻrinbosarining yordamchisi belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
5-bob. Kotibiyat faoliyatini tashkil etish
14. Kotibiyat ishlari “Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati toʻgʻrisidagi nizomga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlari, maslahatchilarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Kotibiyatning ish rejalari, Kotibiyat mudiri, uning oʻrinbosarlari va mutaxassislarining shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Kotibiyatning ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tasdiqlaydigan Vazirlar Mahkamasi ish rejasi asosida shakllantiriladi.
Kotibiyatning ish rejasi, Kotibiyat mudirining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Kotibiyat mudiri oʻrinbosarlarining va bosh mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Kotibiyat mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Kotibiyatga biriktirilgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari Vazirlar Mahkamasining qarorlari amalga oshirilishi tizimli monitoringini olib borish boʻyicha Kotibiyatning faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks oʻrganish yoʻli bilan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir oʻrinbosari topshiriqlariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida hisobotlarini eshitish yoʻli bilan taʼminlanadi.
15. Kotibiyat mudiri:
Kotibiyatga bevosita rahbarlik qiladi, Kotibiyat mudirining oʻrinbosarlari va bosh mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi hamda Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritilgan Kotibiyat yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatdan puxta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalarida, respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi toʻgʻrisida tizimli monitoring tashkil etilishini hamda maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, respublika tarmoqlari va hududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini taʼminlaydi;
tasdiqlangan tuzilmaga va shtatlar jadvaliga muvofiq Kotibiyatda lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, Kotibiyat mudirining oʻrinbosari va bosh mutaxassislarning kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish va jazolash choralari boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishgan holda, Bosh vazir oʻrinbosariga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Kotibiyat mudirining oʻrinbosarlari va bosh mutaxassislar oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishini ishlab chiqadi va tasdiqlash, shuningdek, Kotibiyatning yarim yillik uchun ish rejasi loyihasini kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga kiritadi, Kotibiyat mudirining oʻrinbosarlari va bosh mutaxassislarning ish rejalarini tasdiqlaydi;
Vazirlar Mahkamasiga kelgan, Hukumat qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Kotibiyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Kotibiyat kadrlar zaxirasini shakllantirish va yangilashni, kadrlar zaxirasiga kiritilgan shaxslar bilan tizimli ishlar olib borilishi tashkil etilishini taʼminlaydi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
kadrlar tanlash tizimini takomillashtirish, Kotibiyat xodimlari malakasini oshirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish, kadrlarning amaliy zaxirasini tayyorlash va moddiy ragʻbatlantirish choralarini koʻradi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritilishini taʼminlaydi;
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
16. Kotibiyat mudiri vaqtincha boʻlmaganda, uning vazifasini Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining ixtiyoriga koʻra Kotibiyat mudirining oʻrinbosarlaridan biri bajaradi.
17. Kotibiyat mudirining oʻrinbosari:
tegishli mutaxassislarga bevosita rahbarlik qiladi va ularga biriktirilgan masalalar boʻyicha Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi va ijro intizomining holati uchun shaxsan javob beradi;
ularga biriktirilgan masalalar boʻyicha materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi, topshiriqlar bajarilishi nazorat qilinishini taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritilgan Kotibiyat yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatdan puxta ishlab chiqilishini tashkil qiladi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
maʼlumotnoma materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Kotibiyat mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, Bosh vazir oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga axborot beradi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalarida, respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi toʻgʻrisida tizimli monitoring tashkil etilishini hamda maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, respublika tarmoqlari va hududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini taʼminlaydi;
Kotibiyat mudiri bilan kelishgan holda, Vazirlar Mahkamasiga kelgan, respublika Hukumati qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
investitsiya va tashqi iqtisodiy faoliyatni, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, tegishli sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini tashkil etadi va Kotibiyat mudiriga taqdim etadi;
Kotibiyatning yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda ishtirok etadi;
Kotibiyat mudirining topshirigʻiga koʻra chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Kotibiyat mudiriga tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalarini taqsimlash boʻyicha takliflarni kiritadi;
Kotibiyat mudiriga lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, Kotibiyat mutaxassislari malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish va jazolash toʻgʻrisida takliflar kiritadi.
18. Shuʼba mudiri:
Shuʼbaga bevosita rahbarlik qiladi, mutaxassislarning ishlarini tashkil qiladi, Shuʼbaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi, ijro intizomi uchun shaxsan javob beradi;
Shuʼba yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ishlab chiqish hamda tayyorlashda ishtirok etadi;
xalqaro shartnomalar loyihalari va xalqaro shartnomalarni imzolash, ularga qoʻshilish, ratifikatsiya qilish hamda tasdiqlash maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida takliflarni ishlab chiqish va tayyorlashda ishtirok etishni tashkil qiladi;
xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari ishlab chiqilishini tashkil qiladi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari, kengashlar va boshqa kollegial organlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Shuʼba yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida Shuʼba yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
19. Kotibiyatning bosh mutaxassisi:
oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert xulosalarni tayyorlaydi, shuningdek, ularning Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur tarzda kelishilishini taʼminlaydi;
materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisida Kotibiyat mudiriga va uning oʻrinbosarlariga, shuningdek, belgilangan tartibda — Bosh vazir oʻrinbosariga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha reja-jadvalni yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining hamda uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha topshiriqlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;
biriktirilgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlari (iqtisodiy, moliyaviy va yuridik xizmatlar)ning tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, ularning faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
tarmoqni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari samarali hal etilishi boʻyicha Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralarning muvofiqlashtirilgan ishini taʼminlaydi;
xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha materiallar va hujjatlar tayyorlaydi;
biriktirilgan masalalar yuzasidan tegishli maʼlumotnoma va tahliliy materiallar tayyorlashda ishtirok etadi;
idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring olib borishning aniq tizimini joriy qilish yoʻli bilan biriktirilgan sohada davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishida Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralarning mustaqilligini kuchaytirishda ishtirok etadi;
aniq koʻrsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga, yaqin, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligini taʼminlashga asoslangan idoraviy mansub tashkilotlar va ular rahbarlarining faoliyatini baholash tizimini ishlab chiqish va joriy etishda ishtirok etadi;
oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek, ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni zarur darajada tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
20. Bosh vazir oʻrinbosarining yordamchisi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishi nazorat va tahlil qilinishini taʼminlaydi, ularning bajarilishi natijalari toʻgʻrisida Bosh vazir oʻrinbosariga axborot beradi;
Bosh vazir oʻrinbosarining joriy ish rejalari shakllantirilishida ishtirok etadi va ularning ijrosini tashkil qiladi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda Bosh vazir oʻrinbosari koʻrib chiqishi hamda Bosh vazir oʻrinbosarining maʼruzalari va nutqlari uchun axborot-maʼlumotnoma va boshqa materiallar tayyorlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri yoki uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlar va majlislarni, shu jumladan, Hukumat komissiyalari majlislariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazishni tashkil etadi, topshiriqlarni umumlashtiradi, ularning belgilangan muddatlarda ijro etilishini nazorat qiladi, Kotibiyat mudirini va Bosh vazir oʻrinbosarini topshiriqlar bajarilishining borishi toʻgʻrisida muntazam ravishda xabardor qiladi;
Bosh vazir oʻrinbosari nomiga keladigan xat-xabarlarni tahlil qiladi, tegishli materiallar toʻgʻrisida axborot beradi va xat-xabarlarga topshiriqlarni belgilangan tartibda ijrochilarga yuboradi;
Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari qabul qilinishini taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda fuqarolarning Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan qabul qilinishini tashkil etadi, Bosh vazir oʻrinbosari topshirigʻi boʻyicha fuqarolarni shaxsan qabul qiladi.
21. Inspektor Kotibiyatda ish yuritilishini taʼminlaydi, hujjatlarning Kotibiyatda oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, inspektorga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 254-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati (keyingi oʻrinlarda — Kotibiyat) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
2. Kotibiyat faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vazirini (keyingi oʻrinlarda — Bosh vazir oʻrinbosari), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi), uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini mahalliy sanoatni rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, texnik jihatdan tartibga solish hamda iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy tashkilotlar oʻrtasida sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish, maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha axborot-tahliliy jihatdan, shuningdek, Bosh vazir oʻrinbosari faoliyatini tashkiliy jihatdan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
3. Kotibiyat oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Kotibiyat oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Kotibiyat Bosh vazir oʻrinbosariga boʻysunadi, bir vaqtning oʻzida uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirilib boriladi.
5. Kotibiyat oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasining tarkibiy boʻlinmalari, davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari bilan hamkorlikda amalga oshiradi hamda ularning mahalliy sanoatni rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish, maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi.
2-bob. Kotibiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Kotibiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirish;
Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat aʼzosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijrosi monitoringi olib borilishini tashkil etish, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini doimiy oʻrganish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda sanoat sohasidagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
Hukumat aʼzolari, barcha darajalardagi vazirliklar va idoralar rahbarlari zimmasiga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli hamda masʼuliyatini oshirish hisobga olingan holda, Kotibiyat funksiyalarining sifatli hamda toʻliq hajmda bajarilishini taʼminlash;
biriktirilgan sohalarda davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishi, shu jumladan, idoraviy mansub tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish yoʻli bilan moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning mustaqilligini kuchaytirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi doirasidagi vazifalarning amalga oshirilishi toʻgʻrisida choraklik hisobotlar tayyorlanishini taʼminlash;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yoʻli bilan, shu jumladan, ilgʻor tajribani oʻrganish asosida, zarurat boʻlganda, ushbu maqsadlar uchun xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish;
joylarda tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilgan holda, “Davra suhbatlari” oʻtkazish amaliyotini va joylarda shaxsiy uchrashuvlarni takomillashtirish, sanoat tarmoqlarini rivojlantirishni kafolatlaydigan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini hamda amalga oshirilishini tashkil etish, shu jumladan, aholi bandligini va real daromadlari oshishini taʼminlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikni taʼminlash;
Kotibiyatning vakolatlariga tegishli boʻlgan yoʻnalishlar va masalalar boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tayyorlash;
hududlar sanoat salohiyatini rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, texnik jihatdan tartibga solish va tashkilotlar oʻrtasida sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish, maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish konsepsiyalari, xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”, yirik loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, biriktirilgan sohalar va tarmoqlarda eng muhim ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni puxta ishlab chiqish hamda Bosh vazir oʻrinbosari va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga axborot berish uchun tayyorlash;
respublikada mahalliy sanoatni rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish, standartlashtirish, metrologiya va sifat menejmentini joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy tashkilotlar oʻrtasida sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish;
sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, tadbirkorlik subyektlarini sanoat faoliyatiga keng jalb etish, maxsus iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish;
Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning aniq koʻrsatkichlarga hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan prinsipial jihatdan yangi tizimini joriy etish, yaqin va uzoq muddatli istiqbolda tarmoqlarni strategik rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishi sifati va samaradorligini taʼminlash;
Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning faoliyati bilan bogʻliq mavjud muammolarning sabablarini aniqlash va bartaraf etish choralarini koʻrish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq belgilangan vazifalar asosida ijro intizomini taʼminlash, shu jumladan, Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va barcha darajalardagi tashkilotlarda ijro intizomini zamonaviy tizimli nazorat qilinishini tashkil etish;
Kotibiyatda shuningdek, biriktirilgan vazirliklar, idoralar hamda xoʻjalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirish va kadrlarning amaliy zaxirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish.
7. Quyidagilar Kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) hududlar sanoat salohiyatini rivojlantirish masalalari sohasida:
halq isteʼmoli mollari, shu jumladan, mebel va chinni buyumlar ishlab chiqarishni rivojlantirish yuzasidan:
iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda xalq isteʼmoli mollari, shu jumladan, mebel va chinni buyumlar ishlab chiqarish boʻyicha rivojlanish strategiyalari va dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda xalq isteʼmoli mollari, shu jumladan, mebel va chinni buyumlar ishlab chiqarish sanoatida texnologik jarayonlarni maqbullashtirish va oqilona tashkil etish maqsadida ishlab chiqarishni tarkibiy oʻzgartirish, modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalashni taʼminlash chora-tadbirlari amalga oshirilishini tashkil etish;
hududlarning tabiiy xomashyo va mehnat resurslarini hamda nisbiy ustunliklarini inobatga olgan holda, xalq isteʼmoli mollari, shu jumladan, mebel va chinni buyumlar ishlab chiqarishni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yoʻnalishlarni belgilash, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish uygʻunligini taʼminlash maqsadida ishlab chiqarish kuchlari samarali joylashtirilishini “xomashyo bazasini tahlil qilish — ichki bozor ehtiyojlarini oʻrganish — importni tahlil qilish — yangi loyihalarni ishlab chiqish — loyihalarni joylashtirish va amalga oshirish” tamoyili asosida tashkil etish;
xalq isteʼmoli mollari, shu jumladan, mebel va chinni buyumlar ishlab chiqarish sanoatida ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda, hududlarni rivojlantirishning milliy metodologik asoslari va yondashuvlarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish;
xalq isteʼmoli mollari, shu jumladan, mebel va chinni buyumlar ishlab chiqarish korxonalarining ilmiy-texnik rivojlanishi darajasini oshirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hisobiga ularni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning xalq isteʼmoli mollari, shu jumladan, mebel va chinni buyumlar ishlab chiqarish korxonalariga (ularning investitsiya loyihalariga) xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish ishlarining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
tashqi bozorlarda raqobatbardosh yangi turdagi xalq isteʼmoli mollari, shu jumladan, mebel va chinni buyumlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga chiqarish hisobidan eksport salohiyatini kengaytirish, tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmlari va tuzilmasini optimallashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
xalq isteʼmoli mollari, shu jumladan, mebel va chinni buyumlar ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini boshqarish tizimini joriy etish hamda ularning jahon standartlariga muvofiq boʻlishini taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
xalq isteʼmoli mollari, shu jumladan, mebel va chinni buyumlar ishlab chiqarish sanoati uchun kadrlar tayyorlashni tashkil etish tizimini oʻrganish va tahlil qilish, ushbu sohalarni malakali kadrlar bilan taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarida mebelsozlik sanoatini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 21-iyundagi PQ-5155-son qaroriga muvofiq chora-tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etish;
oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini va meva-sabzavotni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish yuzasidan:
iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini va meva-sabzavotni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini va meva-sabzavotni qayta ishlash sanoatida texnologik jarayonlarni maqbullashtirish va oqilona tashkil etish maqsadida ishlab chiqarishni tarkibiy oʻzgartirish, modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalashni taʼminlash chora-tadbirlari amalga oshirilishini tashkil etish;
hududlarning tabiiy xomashyo va mehnat resurslarini hamda nisbiy ustunliklarini inobatga olgan holda, oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini va meva-sabzavotni qayta ishlashni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yoʻnalishlarni belgilash, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish uygʻunligini taʼminlash maqsadida ishlab chiqarish kuchlari samarali joylashtirilishini “xomashyo bazasini tahlil qilish — ichki bozor ehtiyojlarini oʻrganish — importni tahlil qilish — yangi loyihalarni ishlab chiqish — loyihalarni joylashtirish va amalga oshirish” tamoyili asosida tashkil etish;
oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini va meva-sabzavotni qayta ishlash sanoatida ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda, hududlarni rivojlantirishning milliy metodologik asoslari va yondashuvlarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish;
oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini va meva-sabzavotni qayta ishlash korxonalarining ilmiy-texnik rivojlanishi darajasini oshirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hisobiga ularni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini va meva-sabzavotni qayta ishlash korxonalariga (ularning investitsiya loyihalariga) xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish ishlarining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
tashqi bozorlarda raqobatbardosh yangi turdagi oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini va meva-sabzavotni qayta ishlash sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga chiqarish hisobidan eksport salohiyatini kengaytirish, tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmlari va tuzilmasini optimallashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini va meva-sabzavotni qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini boshqarish tizimini joriy etish hamda ularning jahon standartlariga muvofiq boʻlishini taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini va meva-sabzavotni qayta ishlash sanoati uchun kadrlar tayyorlashni tashkil etish tizimini oʻrganish va tahlil qilish, ushbu sohalarni malakali kadrlar bilan taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yogʻ-moy tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar va sohani boshqarishda bozor mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 16-yanvardagi PQ-4118-son, “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 29-iyuldagi PQ-4406-son va “Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2020-yil 23-iyuldagi PQ-4787-son qarorlariga muvofiq meva-sabzavot, yogʻ-moy, vinochilik va oziq-ovqatlar sanoati korxonalari faoliyatining monitoringi olib borilishi va tahlil qilinishini tashkil etish;
xalqaro standartlarga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, oziq-ovqat sanoati korxonalarining eksport salohiyatini rivojlantirish, import oʻrnini bosadigan tovarlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
oziq-ovqat sohasida energiya sarfini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hamda mahsulot tannarxini pasaytirish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish monitoringini tashkil etish;
toʻqimachilik va ipakchilik sanoatini rivojlantirish yuzasidan:
iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda toʻqimachilik va ipakchilik sanoatini rivojlantirish sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda toʻqimachilik va ipakchilik sanoatida texnologik jarayonlarni maqbullashtirish va oqilona tashkil etish maqsadida ishlab chiqarishni tarkibiy oʻzgartirish, modernizatsiyalash qilish va diversifikatsiyalashni taʼminlash chora-tadbirlari amalga oshirilishini tashkil etish;
hududlarning tabiiy xomashyo va mehnat resurslarini hamda nisbiy ustunliklarini inobatga olgan holda, toʻqimachilik va ipakchilik sanoatini rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yoʻnalishlarni belgilash, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish uygʻunligini taʼminlash maqsadida ishlab chiqarish kuchlari samarali joylashtirilishini “xomashyo bazasini tahlil qilish — ichki bozor ehtiyojlarini oʻrganish — importni tahlil qilish — yangi loyihalarni ishlab chiqish — loyihalarni joylashtirish va amalga oshirish” tamoyili asosida tashkil etish;
toʻqimachilik va ipakchilik sanoatida ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda, hududlarni rivojlantirishning milliy metodologik asoslari va yondashuvlarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish;
toʻqimachilik va ipakchilik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarining ilmiy-texnik rivojlanishi darajasini oshirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hisobiga ularni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning toʻqimachilik va ipakchilik sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalariga (ularning investitsiya loyihalariga) xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish ishlarining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
tashqi bozorlarda raqobatbardosh yangi turdagi toʻqimachilik va ipakchilik sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga chiqarish hisobidan eksport salohiyatini kengaytirish, tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmlari va tuzilmasini optimallashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
toʻqimachilik va ipakchilik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini boshqarish tizimini joriy etish hamda ularning jahon standartlariga muvofiq boʻlishini taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
toʻqimachilik va ipakchilik sanoati uchun kadrlar tayyorlashni tashkil etish tizimini oʻrganish va tahlil qilish, ushbu sohalarni malakali kadrlar bilan taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5285-son, “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 5-maydagi PF-5989-son va “Oʻzbekiston Respublikasida pillachilik va qorakoʻlchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 2-sentabrdagi PF-6059-son Farmonlari hamda “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uning eksport salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 12-fevraldagi PQ-4186-son, “Respublikada pillachilik tarmogʻini jadal rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 4-dekabrdagi PQ-4047-son va “Pillachilik tarmogʻida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 17-yanvardagi PQ-4567-son qarorlariga muvofiq chora-tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etish;
charm-poyabzal sanoatini rivojlantirish yuzasidan:
iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda charm-poyabzal sanoatini rivojlantirish sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda charm-poyabzal sanoatida texnologik jarayonlarni maqbullashtirish va oqilona tashkil etish maqsadida ishlab chiqarishni tarkibiy oʻzgartirish, modernizatsiyalash qilish va diversifikatsiyalashni taʼminlash chora-tadbirlari amalga oshirilishini tashkil etish;
hududlarning tabiiy xomashyo va mehnat resurslarini hamda nisbiy ustunliklarini inobatga olgan holda, charm-poyabzal sanoati mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yoʻnalishlarni belgilash, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish uygʻunligini taʼminlash maqsadida ishlab chiqarish kuchlari samarali joylashtirilishini “xomashyo bazasini tahlil qilish — ichki bozor ehtiyojlarini oʻrganish — importni tahlil qilish — yangi loyihalarni ishlab chiqish — loyihalarni joylashtirish va amalga oshirish” tamoyili asosida tashkil etish;
charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatida ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda, hududlarni rivojlantirishning milliy metodologik asoslari va yondashuvlarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish;
charm-poyabzal sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarining ilmiy-texnik rivojlanishi darajasini oshirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hisobiga ularni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning charm-poyabzal sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalariga (ularning investitsiya loyihalariga) xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish ishlarining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
tashqi bozorlarda raqobatbardosh yangi turdagi charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga chiqarish hisobidan eksport salohiyatini kengaytirish, tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmlari va tuzilmasini optimallashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
charm-poyabzal sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini boshqarish tizimini joriy etish hamda ularning jahon standartlariga muvofiq boʻlishini taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
charm-poyabzal sanoati uchun kadrlar tayyorlashni tashkil etish tizimini oʻrganish va tahlil qilish, ushbu sohalarni malakali kadrlar bilan taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 3-martdagi PQ-5017-son, “Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 9-fevraldagi PQ-4982-son hamda “Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 3-maydagi PQ-3693-son qarorlariga muvofiq chora-tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etish;
ipakchilik sanoatini rivojlantirish yuzasidan:
iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda ipakchilik sanoatini rivojlantirish sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda ipakchilik sanoatida texnologik jarayonlarni maqbullashtirish va oqilona tashkil etish maqsadida ishlab chiqarishni tarkibiy oʻzgartirish, modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalashni taʼminlash chora-tadbirlari amalga oshirilishini tashkil etish;
hududlarning tabiiy xomashyo va mehnat resurslarini hamda nisbiy ustunliklarini inobatga olgan holda, ipakchilik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yoʻnalishlarni belgilash, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish uygʻunligini taʼminlash maqsadida ishlab chiqarish kuchlari samarali joylashtirilishini “xomashyo bazasini tahlil qilish — ichki bozor ehtiyojlarini oʻrganish — importni tahlil qilish-yangi loyihalarni ishlab chiqish — loyihalarni joylashtirish va amalga oshirish” tamoyili asosida tashkil etish;
ipakchilik mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatida ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda, hududlarni rivojlantirishning milliy metodologik asoslari va yondashuvlarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish;
ipakchilik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarining ilmiy-texnik rivojlanishi darajasini oshirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hisobiga ularni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning ipakchilik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalariga (ularning investitsiya loyihalariga) xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish ishlarining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
tashqi bozorlarda raqobatbardosh yangi turdagi ipakchilik sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga chiqarish hisobidan eksport salohiyatini kengaytirish, tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmlari va tuzilmasini optimallashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
ipakchilik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini boshqarish tizimini joriy etish hamda ularning jahon standartlariga muvofiq boʻlishini taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
ipakchilik mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati uchun kadrlar tayyorlashni tashkil etish tizimini oʻrganish va tahlil qilish, ushbu sohalarni malakali kadrlar bilan taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida pillachilik va qorakoʻlchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 2-sentabrdagi PF-6059-son Farmoni hamda “Respublikada pillachilik tarmogʻini jadal rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 4-dekabrdagi PQ-4047-son va “Pillachilik tarmogʻida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 17-yanvardagi PQ-4567-son qarorlariga muvofiq chora-tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etish;
qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish yuzasidan:
iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda qurilish materiallari sanoatida texnologik jarayonlarni maqbullashtirish va oqilona tashkil etish maqsadida ishlab chiqarishni tarkibiy oʻzgartirish, modernizatsiyalash qilish va diversifikatsiyalashni taʼminlash chora-tadbirlari amalga oshirilishini tashkil etish;
hududlarning tabiiy xomashyo va mehnat resurslarini hamda nisbiy ustunliklarini inobatga olgan holda, qurilish materiallari sanoati mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yoʻnalishlarni belgilash, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish uygʻunligini taʼminlash maqsadida ishlab chiqarish kuchlari samarali joylashtirilishini “xomashyo bazasini tahlil qilish — ichki bozor ehtiyojlarini oʻrganish — importni tahlil qilish — yangi loyihalarni ishlab chiqish — loyihalarni joylashtirish va amalga oshirish” tamoyili asosida tashkil etish;
qurilish materiallari mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatida ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda, hududlarni rivojlantirishning milliy metodologik asoslari va yondashuvlarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish;
qurilish materiallari sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarining ilmiy-texnik rivojlanishi darajasini oshirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hisobiga ularni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning qurilish materiallari sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalariga (ularning investitsiya loyihalariga) xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish ishlarining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
tashqi bozorlarda raqobatbardosh yangi turdagi qurilish materiallari sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga chiqarish hisobidan eksport salohiyatini kengaytirish, tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmlari va tuzilmasini optimallashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
qurilish materiallari sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini boshqarish tizimini joriy etish hamda ularning jahon standartlariga muvofiq boʻlishini taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
qurilish materiallari mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati uchun kadrlar tayyorlashni tashkil etish tizimini oʻrganish va tahlil qilish, ushbu sohalarni malakali kadrlar bilan taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 9-iyundagi PF-6244-son Farmoni hamda “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 23-maydagi PQ-4335-son qaroriga muvofiq chora-tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etish;
elektrotexnika va zargarlik sanoatini rivojlantirish yuzasidan:
iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda elektrotexnika va zargarlik sanoatini rivojlantirish sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda elektrotexnika va zargarlik sanoatida texnologik jarayonlarni maqbullashtirish hamda oqilona tashkil etish maqsadida ishlab chiqarishni tarkibiy oʻzgartirish, modernizatsiyalash qilish va diversifikatsiyalashni taʼminlash chora-tadbirlari amalga oshirilishini tashkil etish;
hududlarning tabiiy xomashyo va mehnat resurslarini hamda nisbiy ustunliklarini inobatga olgan holda, elektrotexnika va zargarlik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yoʻnalishlarni belgilash, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish uygʻunligini taʼminlash maqsadida ishlab chiqarish kuchlari samarali joylashtirilishini “xomashyo bazasini tahlil qilish — ichki bozor ehtiyojlarini oʻrganish — importni tahlil qilish — yangi loyihalarni ishlab chiqish — loyihalarni joylashtirish va amalga oshirish” tamoyili asosida tashkil etish;
elektrotexnika va zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatida ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda, hududlarni rivojlantirishning milliy metodologik asoslari va yondashuvlarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish;
elektrotexnika va zargarlik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarining ilmiy-texnik rivojlanishi darajasini oshirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hisobiga ularni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning elektrotexnika va zargarlik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalariga (ularning investitsiya loyihalariga) xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish ishlarining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
tashqi bozorlarda raqobatbardosh yangi turdagi elektrotexnika va zargarlik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga chiqarish hisobidan eksport salohiyatini kengaytirish, tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmlari va tuzilmasini optimallashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
elektrotexnika va zargarlik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini boshqarish tizimini joriy etish hamda ularning jahon standartlariga muvofiq boʻlishini taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
elektrotexnika va zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati uchun kadrlar tayyorlashni tashkil etish tizimini oʻrganish va tahlil qilish, ushbu sohalarni malakali kadrlar bilan taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mashinasozlik va elektrotexnika maxsus sanoat xabi” maxsus sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 27-maydagi PQ-5128-son, “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 2-martdagi PQ-5011-son, “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va tarmoqning investitsiyaviy hamda eksport salohiyatini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 30-maydagi PQ-4348-son qarorlariga muvofiq chora-tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etish;
farmatsevtika sanoatini rivojlantirish yuzasidan:
iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda farmatsevtika sanoatida texnologik jarayonlarni maqbullashtirish va oqilona tashkil etish maqsadida ishlab chiqarishni tarkibiy oʻzgartirish, modernizatsiyalash qilish va diversifikatsiyalashni taʼminlash chora-tadbirlari amalga oshirilishini tashkil etish;
hududlarning tabiiy xomashyo va mehnat resurslarini hamda nisbiy ustunliklarini inobatga olgan holda, farmatsevtika sanoati mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yoʻnalishlarni belgilash, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish uygʻunligini taʼminlash maqsadida ishlab chiqarish kuchlari samarali joylashtirilishini “xomashyo bazasini tahlil qilish — ichki bozor ehtiyojlarini oʻrganish — importni tahlil qilish — yangi loyihalarni ishlab chiqish — loyihalarni joylashtirish va amalga oshirish” tamoyili asosida tashkil etish;
farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatida ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda, hududlarni rivojlantirishning milliy metodologik asoslari va yondashuvlarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish;
farmatsevtika sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarining ilmiy-texnik rivojlanishi darajasini oshirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hisobiga ularni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning farmatsevtika sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalariga (ularning investitsiya loyihalariga) xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish ishlarining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
tashqi bozorlarda raqobatbardosh yangi turdagi farmatsevtika sanoati mahsulotlari ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga chiqarish hisobidan eksport salohiyatini kengaytirish, tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmlari va tuzilmasini optimallashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
farmatsevtika sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini boshqarish tizimini joriy etish hamda ularning jahon standartlariga muvofiq boʻlishini taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati uchun kadrlar tayyorlashni tashkil etish tizimini oʻrganish va tahlil qilish, ushbu sohalarni malakali kadrlar bilan taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish toʻgʻrisida” 2020-yil 28-yanvardagi PQ-4574-son va “Oʻzbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmogʻida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4554-son qarorlariga muvofiq chora-tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etish;
b) ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, texnik jihatdan tartibga solish va tashkilotlar oʻrtasida sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish sohasida:
iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan:
iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rivojlantirish sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
respublika import hajmi va nomenklaturasini chuqur tahlil qilish asosida hamda hududdagi mavjud resurslarni hisobga olgan holda, hududda mahalliylashtiriladigan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va materiallarning roʻyxatini shakllantirish;
iqtisodiyot tarmoqlari va hududlar tomonidan shakllantirilgan roʻyxatga muvofiq mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi investitsiya loyihalarini shakllantirish va amalga oshirish jarayonlarini muvofiqlashtirish;s
sanoatning bazaviy tarmoqlari hamda hududlarda mavjud xomashyo bazasi va ishlab chiqarish salohiyatini inobatga olgan holda, aniq va maqsadli koʻrsatkichlar asosida mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishni nazarda tutuvchi, uzoq va qisqa muddatli tasdiqlangan dasturlardagi loyihalarda belgilangan maqsadli parametrlarga erishishning tizimli monitoringini olib borish;
mahalliy xomashyo resurslari negizida import oʻrnini bosadigan va ichki bozorni zarur isteʼmol tovarlari, dori-darmon vositalari, ishlab chiqarish-texnik ahamiyatdagi mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar bilan toʻldirishni taʼminlaydigan korxonalar barpo etish yuzasidan takliflar tayyorlash;
respublikada ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan tadbirlar natijadorligi va samaradorligini baholash natijalariga koʻra vazirlik, idora, xoʻjalik birlashmalari va hududlar masʼullarini ragʻbatlantirish yoki ularga nisbatan taʼsirchan choralar koʻrish taklifini ishlab chiqish;
“qoʻshimcha qiymat zanjirlari”ni kengaytirish, ishlab chiqarish tannarxi va xarajatlarini kamaytirish, tayyor mahsulotlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish;
“Standartlashtirish toʻgʻrisida”, “Metrologiya toʻgʻrisida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”, “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”, “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining hamda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning amalda bajarilishini taʼminlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish va monitoring olib borish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 9-iyundagi PF-6244-son Farmoni hamda “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 21-avgustdagi PQ-4812-son qaroriga muvofiq chora-tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etish;
iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy tashkilotlar oʻrtasida sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish yuzasidan:
iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy tashkilotlar oʻrtasida sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
mamlakatda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar ishlab chiqarish borasida xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish boʻyicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;
tarmoqlarning ichki va tarmoqlararo kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va chuqurlashtirish, korxonalarni global ishlab chiqarish zanjirlariga jalb qilish taklifini ishlab chiqish;
mahalliy ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida uzoq muddatli barqaror kooperatsiya aloqalari oʻrnatilishi, mahalliy xomashyo va sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ishtirokchilari va loyihalari sonini kengaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini sanoat kooperatsiyasiga keng jalb etish;
hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarida mahsulot xarid qilish boʻyicha shartnomalar tuzilishini, shuningdek, ilgari import qilingan mahsulotlarni oʻzlashtirish boʻyicha mahalliy ishlab chiqaruvchilar va yirik sanoat tashkilotlari oʻrtasida texnik hamkorlik qilish memorandumlari shakllantirilishi hamda shartnomalar tuzilishi hajmlarini kengaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 9-iyundagi PF-6244-son Farmoni hamda “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini jadallashtirishning yangi tizimini joriy etish boʻyicha masʼuliyatini yanada oshirish toʻgʻrisida” 2019-yil 24-avgustdagi PQ-4426-son va “Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 1-maydagi PQ-4302-son qarorlariga muvofiq chora-tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etish;
texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va sifat menejmenti tizimlarini joriy etish yuzasidan:
iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy tashkilotlarda texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va sifat menejmenti tizimlarini joriy etish sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
milliy standartlashtirish tizimini va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi faoliyat turlarini jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, institutsional jihatdan takomillashtirib borish;
xalqaro standartlarni va texnik reglamentlarni joriy etish, qoʻllash hamda texnik jihatdan tartibga solish talablariga rioya etish darajasidan kelib chiqqan holda, korxona va tarmoq rahbarlariga nisbatan ragʻbatlantirish yoki intizomiy choralar koʻrib borish taklifini ishlab chiqish;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi tasdiqlanishi majburiy boʻlgan mahsulotlar roʻyxatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlash;
xavflilik darajasi yuqori boʻlgan ayrim turdagi mahsulotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini hamda bunday mahsulotlar roʻyxatini tasdiqlash, unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taklifini ishlab chiqish;
mahalliy korxonalarning xalqaro standartlarni xarid qilish va joriy etish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
Texnik jihatdan tartibga solish agentligining faoliyati samaradorligi yuzasidan tahliliy materiallar tayyorlash;
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash sohasida kadrlarni tayyorlash, ularning vakolatini oshirish hamda faoliyatini xalqaro talablar asosida tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida” 2021-yil 2-iyundagi PF-6240-son Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 2-iyundagi PQ-5133-son qarorida belgilangan ustuvor vazifalar hamda chora-tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etish;
v) maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish sohasida:
maxsus iqtisodiy zonalarni rivojlantirish yuzasidan:
maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat koʻrsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlash;
maxsus iqtisodiy zonalarni rivojlantirish dasturlarini hamda ularning chegaralarini tasdiqlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
maxsus iqtisodiy zonalar maʼmuriy kengashlari va direksiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda samaradorligini tahlil qilish, erkin iqtisodiy zonalarning maʼmuriy kengashlariga tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan va import oʻrnini bosuvchi yuqori qoʻshilgan qiymatga ega boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishga koʻmaklashish;
sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash sohasida yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish, shu jumladan, mahalliy xomashyo va materiallar negizida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha erkin iqtisodiy zonalarda joylashtirilgan investitsiya loyihalari amalga oshirilishi boʻyicha monitoring olib borish va tahlil qilish;
investitsiya loyihalarini tahlil qilishda, erkin iqtisodiy zonalar hududida transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirishni va ulardan samarali foydalanishni taʼminlash boʻyicha dasturlar loyihalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda amalga oshirish;
erkin iqtisodiy zonalarni yanada rivojlantirish, respublika hududlarining mavjud ishlab chiqarish va resurs salohiyatini hisobga olgan holda, mahalliy xomashyo va materiallarni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish asosida ularda yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni taʼminlaydigan loyihalarni joylashtirish boʻyicha takliflar va dasturlarni shakllantirish;
erkin iqtisodiy zonalar hududida loyihalarni amalga oshiruvchi investorlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni koʻpaytirish maqsadida qonunchilik hujjatlarini yanada takomillashtirishga doir takliflarni shakllantirish;
“Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 21-dekabrdagi PF-5600-son Farmoni hamda “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-apreldagi PQ-5101-son qarorida belgilangan ustuvor vazifalar hamda chora-tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etish;
kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish yuzasidan:
kichik sanoat zonalari hamda yoshlar va tadbirkorlik zonalarini faoliyat koʻrsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlash;
kichik sanoat zonalari hamda yoshlar va tadbirkorlik zonalarini tashkil etish hamda rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha takliflar tayyorlash;
kichik sanoat zonalari hamda yoshlar va tadbirkorlik zonalarini maʼmuriy kengashlari va direksiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda samaradorligini tahlil qilish, ushbu zonalarda tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan va import oʻrnini bosuvchi yuqori qoʻshilgan qiymatga ega boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishga koʻmaklashish;
kichik sanoat zonalari hamda yoshlar va tadbirkorlik zonalarida joylashtirilgan investitsiya loyihalari amalga oshirilishi boʻyicha monitoring olib borish va tahlil qilish;
kichik sanoat zonalari hamda yoshlar va tadbirkorlik zonalari hududida loyihalarni amalga oshiruvchi investorlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni koʻpaytirish maqsadida qonunchilik hujjatlarini yanada takomillashtirishga doir takliflar tayyorlash;
kichik sanoat zonalari hamda yoshlar va tadbirkorlik zonalari hududida transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirishni va ulardan samarali foydalanishni taʼminlash boʻyicha dasturlar loyihalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 21-apreldagi PQ-5088-son hamda “Kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 21-iyundagi PQ-4363-son qarorlarida belgilangan ustuvor vazifalar hamda chora-tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etish.
8. Kotibiyat unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
aniq sohalar va yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlarni oʻrganish maqsadida Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbarlari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarni tizimli asosda oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallarni tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazir oʻrinbosari huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejali masalalarni tayyorlaydi va kiritadi;
yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan hududlar sanoat salohiyatini rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, texnik jihatdan tartibga solish hamda iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy tashkilotlar oʻrtasida sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish, maxsus iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirishning eng muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha davlat dasturlari hamda “yoʻl xaritalari” tayyorlanishini va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazir oʻrinbosari huzurida himoya qilinishini taʼminlaydi;
Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali va natijali ijro etilishi uchun ularning rahbarlari shaxsiy roli va masʼuliyatini oshirish choralarini koʻradi;
aniq holatlar boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan, joyiga chiqqan holda, jamoatchilik fikrini oʻrganishni taʼminlaydi;
tegishli tarmoqlar va mutasaddilik qilinadigan masalalar boʻyicha turkumlashtirilgan elektron maʼlumotlar bazalari tashkil etilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda toʻldirilishi va yangilanishini taʼminlaydi;
Kotibiyatning yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha axborotni umumlashtiradi va tahliliy qayta ishlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazir oʻrinbosariga axborot berish uchun, shuningdek, ularni Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun tegishli maʼlumotnoma, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
Kotibiyatga biriktirilgan tashkilotlarda ishlarning iqtisodiy va ijtimoiy holatini, Kotibiyat yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bajarilishini, shu jumladan, joylarga chiqib oʻrganadi, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari hujjatlari, parlament, deputat va Senat aʼzosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazir oʻrinbosarining, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi topshiriqlarining ijrosini nazorat qiladi;
tahliliy, maʼlumotnoma va boshqa materiallarni Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazir oʻrinbosarining topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallar sifatli tayyorlanishini taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasi majlislariga tayyorgarlik koʻrish bilan bogʻliq materiallarni tayyorlashda va qarorlarini rasmiylashtirishda ishtirok etadi va koʻrsatib oʻtilgan materiallar haqida Bosh vazirning oʻrinbosari va Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga axborot beradi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli yigʻilish bayonlari qarorlari ijrosi nazorat qilinishini taʼminlaydi;
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishi uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish boʻyicha Bosh vazirning oʻrinbosariga takliflar kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallarni tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
materiallar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalari kompleks va sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini, manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini taʼminlaydi;
Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini hamda ularning himoya qilinishini tashkil etadi;
Kotibiyatning yuritishiga kiradigan masalalar boʻyicha hududlar sanoat salohiyatini rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, texnik jihatdan tartibga solish va tashkilotlar oʻrtasida sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish, maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish tarmoqlarining Kotibiyatga biriktirilgan tashkilotlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Kotibiyatga biriktirilgan xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilarining nomenklaturasiga kiradigan rahbarlar lavozimlariga nomzodlar boʻyicha takliflarni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan maʼqullanishi uchun tayyorlashda ishtirok etadi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazirning oʻrinbosari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar ishlari samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, koʻrib chiqish va choralar koʻrish uchun ushbu murojaatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini qabul qiladi;
Kotibiyatga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
3-bob. Kotibiyatning huquqlari va javobgarligi
9. Kotibiyat oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
hududlar sanoat salohiyatini rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, texnik jihatdan tartibga solish hamda iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy tashkilotlar oʻrtasida sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish, maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar roʻyobga chiqarilishini oʻrganish maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida joylarda sayyor (ochiq) majlislarni tayyorlash va oʻtkazishda ishtirok etish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
markaziy iqtisodiyot organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlarning xodimlarini, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda, axborot-tahliliy tadqiqotlar oʻtkazish uchun ekspert guruhlar tashkil etish;
Kotibiyatga biriktirilgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining kollegial organlari majlislarida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazir oʻrinbosari topshirigʻiga binoan — boshqa tashkilotlarning Kotibiyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
zarurat boʻlganda, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtincha ishchi guruhlar tashkil etish;
zarurat boʻlganda, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamenti hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda, kelayotgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Kotibiyatning zarur materiallarni, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, ularda belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
10. Kotibiyat:
ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan vazifalar va funksiyalar zarur tarzda va samarali bajarilishi;
Bosh vazirning oʻrinbosariga va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga kiritiladigan takliflar va hujjatlar loyihalarining asoslanganligi, ushbu topshiriqlar va qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishi samaradorligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Kotibiyat vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
Kotibiyat vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining hujjatlari va topshiriqlari sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;
Kotibiyatdagi ishlarning holati, tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining muvofiqlashtirilishi, Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;
oliy darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan “yoʻl xaritalari”ning zarur darajada va samarali bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamentiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalari davlat manfaatlari taʼminlanishi, iqtisodiy samaradorligi va ulardagi masalalar barcha manfaatdor tuzilmalar bilan oʻzaro bogʻliq holda, kelishilganligi nuqtai nazaridan puxta ekspertizadan oʻtkazilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarorlariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son va “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.
4-bob. Kotibiyatning tuzilmasi
11. Kotibiyat tuzilmasiga:
Kotibiyat mudiri;
a) hududlar sanoat salohiyatini rivojlantirish masalalari shuʼbasi:
Kotibiyat mudirining oʻrinbosari — shuʼba mudiri;
xalq isteʼmoli mollari, shu jumladan, mebel va chinni buyumlar ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini va meva-sabzavotni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
toʻqimachilik va ipakchilik sanoatini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
charm-poyabzal sanoatini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
elektrotexnika va zargarlik sanoatini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
farmatsevtika sanoatini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
b) ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, texnik jihatdan tartibga solish va tashkilotlar oʻrtasida sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish masalalari shuʼbasi:
Kotibiyat mudirining oʻrinbosari — shuʼba mudiri;
iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy tashkilotlar oʻrtasida sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va sifat menejmentini tizimlarini joriy etish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
v) maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish masalalari shuʼbasi:
shuʼba mudiri;
maxsus iqtisodiy zonalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
inspektor kiradi.
Kotibiyat tuzilmasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
12. Kotibiyat ishiga bevosita Bosh vazir oʻrinbosari rahbarlik qiladi.
13. Kotibiyat mudiri, shuʼba mudirlari va mutaxassislar belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
5-bob. Kotibiyat faoliyatini tashkil etish
14. Kotibiyat ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati toʻgʻrisidagi nizomga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning oʻrinbosari topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejasi, Kotibiyatning ish rejasi, Kotibiyat bosh mutaxassislarining shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Kotibiyatning ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlar Mahkamasining ish rejasi asosida shakllantiriladi.
Kotibiyatning ish rejasi, Kotibiyat mudirining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Kotibiyat mudiri oʻrinbosarlari — shuʼba mudirlari va bosh mutaxassislarining shaxsiy ish rejalari Kotibiyat mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Kotibiyatga biriktirilgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, boshqa organlar va tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari amalga oshirilishi tizimli monitoringini amalga oshirish boʻyicha Kotibiyatning faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks oʻrganish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish yoʻli bilan taʼminlanadi.
15. Kotibiyat mudiri:
Kotibiyatga bevosita rahbarlik qiladi, Kotibiyat mudirining oʻrinbosarlari va bosh mutaxassislari ishlarini tashkil qiladi hamda Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritilgan Kotibiyat yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatdan puxta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalarida, respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi toʻgʻrisida tizimli monitoring tashkil etilishini hamda maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, respublika tarmoqlari va hududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini taʼminlaydi;
tasdiqlangan tuzilmaga va shtatlar jadvaliga muvofiq Kotibiyatda lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, Kotibiyat mudirining oʻrinbosari va bosh mutaxassislarning kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish va jazolash choralari boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishgan holda, Bosh vazir oʻrinbosariga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Kotibiyat mudirining oʻrinbosarlari va bosh mutaxassislar oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishini ishlab chiqadi va tasdiqlash, shuningdek, Kotibiyatning yarim yillik uchun ish rejasi loyihasini kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga kiritadi, Kotibiyat mudirining oʻrinbosarlari va bosh mutaxassislarning ish rejalarini tasdiqlaydi;
Vazirlar Mahkamasiga kelgan, Hukumat qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Kotibiyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Kotibiyat kadrlar zaxirasini shakllantirish va yangilashni, kadrlar zaxirasiga kiritilgan shaxslar bilan tizimli ish olib borilishi tashkil etilishini taʼminlaydi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
kadrlar tanlash tizimini takomillashtirish, Kotibiyat xodimlari malakasini oshirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish, kadrlarning amaliy zaxirasini tayyorlash va moddiy ragʻbatlantirish choralarini koʻradi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritilishini taʼminlaydi;
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
16. Kotibiyat mudiri vaqtincha boʻlmaganda, uning vazifasini Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining ixtiyoriga koʻra Kotibiyat mudirining oʻrinbosarlari — shuʼba mudirlaridan biri bajaradi.
17. Kotibiyat mudirining oʻrinbosari — shuʼba mudiri:
tegishli mutaxassislarga bevosita rahbarlik qiladi va ularga biriktirilgan masalalar boʻyicha Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi va ijro intizomining holati uchun shaxsan javob beradi;
ularga biriktirilgan masalalar boʻyicha materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi, topshiriqlar bajarilishi nazorat qilinishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritilgan Kotibiyat yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatdan puxta ishlab chiqilishini tashkil qiladi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
maʼlumotnoma materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Kotibiyat mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, Bosh vazir oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga axborot beradi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalarida, respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi toʻgʻrisida tizimli monitoring tashkil etilishini hamda maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, respublika tarmoqlari va hududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini taʼminlaydi;
Kotibiyat mudiri bilan kelishgan holda, Vazirlar Mahkamasiga kelgan, respublika Hukumati qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
hududlar sanoat salohiyatini rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, texnik jihatdan tartibga solish va tashkilotlar oʻrtasida sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish, maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish, shuningdek, tegishli sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini tashkil etadi va Kotibiyat mudiriga taqdim etadi;
Kotibiyatning yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda ishtirok etadi;
Kotibiyat mudirining topshirigʻiga koʻra chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi hamda Kotibiyat mudiriga tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalarini taqsimlash boʻyicha takliflar kiritadi;
Kotibiyat mudiriga lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, Kotibiyat mutaxassislari malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish va jazolash toʻgʻrisida takliflar kiritadi.
18. Shuʼba mudiri:
Shuʼbaga bevosita rahbarlik qiladi, mutaxassislarning ishlarini tashkil qiladi, shuʼbaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi, ijro intizomi uchun shaxsan javob beradi;
Shuʼba yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ishlab chiqish hamda tayyorlashda ishtirok etadi;
Oʻzbekiston Respublikasining qabul qilingan qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Hukumat qarorlarini amalga oshirish boʻyicha mutaxassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri yoki Bosh vazirning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi, erishilgan natijalarning monitoringini doimiy ravishda taʼminlaydi;
masalalarni oʻrganib chiqishni muvofiqlashtirishni va tegishli davr uchun mutaxassislar, Kotibiyat va Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan ish rejalaridagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlaydi, tanqidiy tahlil asosida tegishli takliflarni koʻrib chiqish uchun Kotibiyat mudiriga kiritadi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari, sohalari va sektorlari, shuningdek, respublika hududlari boʻyicha turkumlangan maʼlumotlar bazasining mutaxassislar tomonidan yaratilishi va yuritilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
maʼlumotnoma materiallari va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Kotibiyat mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, Bosh vazir oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek, Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Kotibiyat mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Bosh vazir oʻrinbosariga taqdim etadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, shuʼba yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda qatnashadi;
davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida Shuʼba yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
19. Kotibiyatning bosh mutaxassisi:
oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyatning tegishli organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert xulosalarni tayyorlaydi, shuningdek, ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarni taʼminlaydi;
materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisida Bosh vazirning oʻrinbosariga, shuningdek, belgilangan tartibda — Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga va uning oʻrinbosarlariga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlari davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;
tarmoqni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari samarali hal etilishi boʻyicha Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralarning hamda Kotibiyatga yuklatilgan vazifalar doirasida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining muvofiqlashtirilgan ishini taʼminlaydi;
idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy qilish yoʻli bilan biriktirilgan sohada davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishida Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralarning mustaqilligini kuchaytirishda ishtirok etadi;
aniq koʻrsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga, yaqin, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli istiqbolga iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligini taʼminlashga asoslangan idoraviy mansub tashkilotlar va ular rahbarlarining faoliyatini baholash tizimini ishlab chiqish va joriy etishda ishtirok etadi;
Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalarining kollegial organlari majlislarida ishtirok etadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek, ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
funksional vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
20. Inspektor Kotibiyatda ish yuritilishini taʼminlaydi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 254-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
2. Inspeksiya faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vazirini (keyingi oʻrinlarda — Bosh vazir oʻrinbosari), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi), uning Rayosatini, shuningdek, Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasini (keyingi oʻrinlarda — Hukumat komissiyasi), Vazirlar Mahkamasi apparatining oliy darajadagi tashriflar yakunlari bilan qabul qilingan “yoʻl xaritalari”ning ijro holati, Davlat investitsiya dasturidagi loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish hamda hudud va tarmoqlarda mahalliylashtirish jarayonini yanada takomillashtirish boʻyicha axborot-tahliliy jihatdan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
3. Inspeksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Inspeksiya oʻz faoliyatini Bosh vazir oʻrinbosari rahbarligida hamda Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati bilan kelishgan holda amalga oshiradi.
Inspeksiya Bosh vazir oʻrinbosariga boʻysunadi, bir vaqtning oʻzida uning faoliyati Hukumat komissiyasi va Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
5. Inspeksiya oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Hisob palatasi, davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikda amalga oshiradi hamda oliy darajadagi tashriflar yakunlari bilan imzolangan hujjatlarni amalga oshirish yuzasidan “yoʻl xaritalari” loyihalarini tayyorlash ishlarini muvofiqlashtiradi va qabul qilingan “yoʻl xaritalari” ijrosini nazorat qiladi, Davlat investitsiya dasturidagi loyihalarining toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishi boʻyicha nazoratni tashkil etadi, hudud va tarmoqlarda mahalliylashtirish jarayonini hamda tashqi savdoni, shuningdek, Hukumat komissiyasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini monitoring qiladi.
2-bob. Inspeksiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Inspeksiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirish;
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi vazifalari, oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlash;
vazirliklar, idoralar va boshqa davlat boshqaruvi organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat aʼzosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining hamda Hukumat komissiyasining qarorlari va topshiriqlari bajarilishini monitoring qilib borish, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini doimiy oʻrganish, iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish maqsadida tegishli yil uchun qabul qilingan davlat dasturi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishi toʻgʻrisida tahliliy materiallar hamda hisobotlar tayyorlash;
iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
Hukumat aʼzolari, barcha darajalardagi vazirliklar va idoralar rahbarlari zimmasiga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli hamda masʼuliyatini oshirish;
oliy darajadagi tashriflar yakunlari bilan qabul qilingan “yoʻl xaritalari”ning ijrosini hamda Davlat investitsiya dasturidagi loyihalarning toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qilish, hudud va tarmoqlarda mahalliylashtirish jarayonini hamda tashqi savdoni monitoring qilishning aniq tizimini joriy etish orqali kuchaytirish;
oliy darajadagi tashriflar yakunlari bilan qabul qilingan “yoʻl xaritalari”ning ijro holati, Davlat investitsiya dasturidagi loyihalarning amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish hamda hudud va tarmoqlarda mahalliylashtirish jarayonini yanada takomillashtirish yoʻnalishlari boʻyicha masalalar tayyorlanishini hamda Vazirlar Mahkamasi Rayosati va Hukumat komissiyasi majlislarida koʻrib chiqilishini taʼminlash;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yoʻli bilan, shu jumladan, ilgʻor tajribani oʻrganish asosida, zarurat boʻlganda, ushbu maqsadlar uchun xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikni taʼminlash;
Inspeksiyada, shuningdek, vazirliklar va idoralarda ijro intizomi darajasini oshirish, ularning faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, “yoʻl xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlash;
ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishni tashkil qilishning zamonaviy uslublarini joriy qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha maʼmuriy tartibga solishni kamaytirish;
Inspeksiyada xodimlar malakasini oshirish va kadrlarning amaliy zaxirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish.
7. Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) oliy darajadagi tashriflar yakunlari bilan qabul qilingan “yoʻl xaritalari”ning ijrosini va investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini nazorat qilish, hudud va tarmoqlarda mahalliylashtirish jarayonini yanada takomillashtirish hamda tashqi savdoni monitoring qilish sohasida:
Davlat investitsiya dasturidagi loyihalarning amalga oshirilishini monitoring qilishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ishlarini muvofiqlashtirish;
investitsiya loyihalari amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar faoliyatini, investor tomonidan oʻzining investitsiya majburiyatlarini toʻliq bajarilishini tahlil qilish, xorijiy investitsiyalar ishtirokida investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishiga toʻsqinlik qiladigan omillarni aniqlash hamda ularni hal etish yuzasidan tezkor choralar koʻrish orqali mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish;
tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini tashkil qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga tashriflari yakunlari boʻyicha tashqi savdo hamkorligi yuzasidan erishilgan kelishuvlar bajarilishining monitoringini amalga oshirish, shuningdek, xorijiy davlatlar, xalqaro tuzilmalar va xorijiy kompaniyalar bilan tashqi iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirishga doir ishlab chiqilgan takliflarni tahlil qilish hamda baholash;
import qilinadigan mahsulot hajmlari va turlari har tomonlama tahlil etilishini tashkil qilish, shu asosda importni yanada qisqartirish, import bojxona bojlarini optimallashtirish, bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
b) oliy darajadagi tashriflar natijasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
oliy darajadagi tashriflarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha qabul qilingan Vazirlar Mahkamasi qarorlarida nazarda tutilgan tashkiliy tadbirlarning oʻz vaqtida ijro etilishi boʻyicha nazorat oʻrnatish;
oliy darajadagi tashriflar davomida imzolash uchun hujjatlar loyihalarini tayyorlash jarayonini muvofiqlashtirish va tayyorlangan hujjatlar loyihalarini batafsil oʻrganib chiqish;
“yoʻl xaritalari”da nazarda tutilgan tadbirlar, shu jumladan, eksport kelishuvlarining toʻlaqonli bajarilishi hamda investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida amalga oshirilishi boʻyicha qatʼiy nazorat oʻrnatish;
“yoʻl xaritalari”da nazarda tutilgan tadbirlarning vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan oʻz vaqtida hamda samarali ijro etilishini taʼminlash, toʻsqinlik qiluvchi omillarni aniqlab, ularni bartaraf etish;
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan “yoʻl xaritalari”da nazarda tutilgan tadbirlarning ijro etilishini sunʼiy ravishda choʻzish va sansalorlik holatlariga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish;
“yoʻl xaritalari”ning ijrosi boʻyicha vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini tahlil qilish va uning asosida tahliliy maʼlumotlarni tegishli takliflar bilan birgalikda muhokama qilish uchun Hukumat komissiyasi va Vazirlar Mahkamasi majlislariga kiritish;
v) Davlat investitsiya dasturidagi loyihalari toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish sohasida:
Davlat investitsiya dasturidagi loyihalar maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
Davlat investitsiya dasturidagi loyihalarni amalga oshirishga koʻmaklashish, tegishli tadbirlarning oʻz vaqtida va samarali ijro etilishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlab, tizimli tahlil qilgan holda, yakuniy natijalarga erishish uchun ularni hal etishda, shu jumladan, joyiga chiqqan holda zarur yordam koʻrsatish;
Davlat investitsiya dasturidagi loyihalar toʻliq va oʻz vaqtida ijro etilishi boʻyicha monitoring va doimiy nazoratni amalga oshirish hamda ularning natijalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritish;
Davlat investitsiya dasturidagi loyihalarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi axborotlarning asoslanganligini birlamchi maʼlumotlar asosida oʻrganish;
g) tarmoq va hududlarda mahalliylashtirish jarayonini yanada takomillashtirish sohasida:
mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalarni amalga oshirishga koʻmaklashish, tegishli tadbirlarning oʻz vaqtida va samarali ijro etilishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlab, tizimli tahlil qilgan holda, yakuniy natijalarga erishish uchun ularni hal etishda, shu jumladan, joyiga chiqqan holda zarur yordam koʻrsatish;
mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalarni toʻliq va oʻz vaqtida ijro etilishi boʻyicha monitoring va doimiy nazoratni amalga oshirish;
mahalliylashtirish dasturidagi loyihalarda belgilangan maqsadli parametrlarga erishishning tizimli monitoringini olib borish;
monitoring natijalari boʻyicha aniqlangan tizimli muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni Hukumat komissiyasi muhokamasiga kiritib borish;
d) budjet tashkilotlari, budjet mablagʻlarini oluvchilar, monitoring yuritiladigan korxonalar tomonidan import qilingan mahsulotlarning asoslanganligini oʻrganish sohasida;
budjet va davlat maqsadli jamgʻarmalarining mablagʻlari hisobidan, shuningdek, monitoring yuritiladigan korxonalar tomonidan amalga oshirilgan import hajmlari va nomenklaturasini doimiy tahlil qilish;
budjet tashkilotlari, budjet mablagʻlarini oluvchilar va monitoring yuritiladigan korxonalar tomonidan davlat xaridlari doirasida sotib olingan mahsulotlarning asoslanganligini, importdan olingan mahsulotlarning, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlari ― rezidentlardan xarid qilingan import mahsulotlarining narx boʻyicha belgilangan parametrlarga muvofiqligini oʻrganish;
oʻtkazilgan oʻrganish va tahlillar natijalari boʻyicha mahalliylashtirish jarayonini yanada takomillashtirish yuzasidan tayyorlangan maʼlumotlarni Hukumat komissiyasi muhokamasiga kiritib borish;
e) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ekspert jihatidan puxta ishlab chiqish sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarining mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadlari hamda vazifalariga, shuningdek, umumeʼtirof etilgan xalqaro huquq prinsiplari va normalariga, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan xalqaro majburiyatlarga muvofiqligi yuzasidan ularni ekspert jihatidan puxta ishlab chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir oʻrinbosari hamda Hukumat komissiyasi oʻtkazadigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda hamda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etish.
8. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Inspeksiya oʻziga biriktirilgan soha va yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganish maqsadida vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbarlari ishtirokida mintaqalarda Hukumatning mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallarni tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasi Rayosati va Hukumat komissiyasi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazir oʻrinbosari huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejali masalalarni tayyorlaydi va kiritadi;
yaqin, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan investitsiya va tashqi iqtisodiy siyosatni rivojlantirishning eng muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha davlat dasturlari va “yoʻl xaritalari” tayyorlanishini va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari huzurida himoya qilinishini taʼminlaydi;
Inspeksiyaga biriktirilgan soha va yoʻnalishlarda mutasaddi vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali va natijali ijro etilishi uchun ularning rahbarlari shaxsiy roli va masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
tegishli tarmoqlar va mutasaddilik qilinadigan masalalar boʻyicha turkumlashtirilgan elektron maʼlumotlar bazalari tashkil etilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda toʻldirilishi va yangilanishini taʼminlaydi;
yil choraklari yakunlari boʻyicha tejalgan yoki oʻzlashtirilmagan kapital qoʻyilmalar limitlarini birinchi navbatda respublika va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirishga maqsadli yoʻnaltirgan holda, qayta taqsimlash boʻyicha takliflar tayyorlanishini muvofiqlashtiradi;
Inspeksiyaning yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha axborotni umumlashtiradi va tahliliy qayta ishlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir oʻrinbosari, Hukumat komissiyasi uchun, shuningdek, ularni Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun tegishli maʼlumotnoma, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
Inspeksiyaning yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini, shu jumladan, joylarga chiqib oʻrganadi va nazorat qiladi, oʻrganish yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Hukumat komissiyasi va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallarning sifatli tayyorlanishini taʼminlaydi;
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi majlislariga tayyorgarlik koʻrish bilan bogʻliq materiallarni tayyorlashda va qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi va koʻrsatib oʻtilgan materiallar haqida Bosh vazir oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga axborot beradi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli bayonlarining qarorlari ijrosini nazorat qilinishini taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiyalari va vazifalarini biriktirilgan sohada vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarga yuklangan davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun ularga berish boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosariga takliflar kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, hamda Hukumat komissiyasi tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
materiallar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalari kompleks va sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini, shuningdek, manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini taʼminlaydi;
Inspeksiya vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini hamda ularning himoya qilinishini tashkil etadi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazir oʻrinbosari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar ishlari samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun ushbu murojaatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini shaxsan qabul qiladi.
Inspeksiya oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
3-bob. Inspeksiyaning huquqlari va javobgarligi
9. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
oliy darajadagi tashriflar yakunlari bilan qabul qilingan “yoʻl xaritalari”ning ijrosini va investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi nazorat qilish, hudud va tarmoqlarda mahalliylashtirish jarayonini yanada takomillashtirish hamda tashqi savdoni monitoring qilish maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvi hududiy organlari, jamoat tashkilotlari vakillari rahbarlari ishtirokida hududlarda Hukumatning mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislariga tizimli asosda tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazishda ishtirok etish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
markaziy iqtisodiyot organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlarning xodimlarini, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda, axborot-tahliliy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun ekspert guruhlari tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir oʻrinbosarining topshirigʻiga binoan davlat organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Inspeksiya yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislarida va yigʻilishlarida qatnashish;
zarurat boʻlganda, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtincha ishchi guruhlar tashkil etish;
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida Hukumat komissiyasiga takliflar kiritish;
zarurat boʻlganda, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda, kelayotgan hujjatlarni puxta ishlab chiqish uchun qaytarib yuborish.
Inspeksiyaning zarur materiallarni, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, ularda belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
10. Inspeksiya:
tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvi boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat aʼzosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijrosi monitoringi olib borilishi;
ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning zarur tarzda va samarali bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Inspeksiya vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi va Hukumat komissiyasining qarorlarini sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;
Inspeksiyadagi ishlarning holati, unga biriktirilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va monitoring olib borilishi, Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;
oliy darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan “yoʻl xaritalari”ning zarur darajada va samarali bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamentiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalari ulardagi masalalar barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bogʻliq holda, davlat manfaatlarini, iqtisodiy samaradorlikni taʼminlash nuqtai nazaridan puxta ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarorlariga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son va “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.
4-bob. Inspeksiyaning tuzilmasi
11. Inspeksiyaning tuzilmasiga:
Inspeksiya boshligʻi;
Inspeksiya boshligʻining oʻrinbosari;
Osiyo va Tinch okeani havzasi davlatlari, shu jumladan Xitoy, Janubiy Koreya davlatlari bilan hamda Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida oliy darajadagi tashriflar yakunlari boʻyicha amaliy tadbirlar rejalarini (“yoʻl xaritalari”ni) ishlab chiqish va amalga oshirilishi samaradorligi monitoringi masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Yevropa (Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya va boshqalar), MDH davlatlari (Markaziy Osiyo davlatlaridan tashqari), shu jumladan Rossiya Federatsiyasi hamda Amerika davlatlari bilan oliy darajadagi tashriflar yakunlari boʻyicha amaliy tadbirlar rejalarini (“yoʻl xaritalari”ni) ishlab chiqish va amalga oshirilishi samaradorligi monitoringi masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Markaziy va Janubiy Osiyo, Oʻrta Sharq, Arab va Afrika davlatlari hamda Turkiy davlatlar kengashi doirasida oliy darajadagi tashriflar yakunlari boʻyicha amaliy tadbirlar rejalarini (“yoʻl xaritalari”ni) ishlab chiqish va amalga oshirilishi samaradorligi monitoringi masalalari boʻyicha bosh mutaxassis Investitsiya dasturlari doirasida metallurgiya, zargarlik, avtomobil, elektrotexnika, toʻqimachilik va charmsanoati sohalaridagi investitsiya loyihalari ijrosini monitoring va nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
investitsiya dasturlari doirasida energetika, energiyaning tiklanadigan manbalari, kimyo, neft-kimyo sanoati va geologiya sohasidagi investitsiya loyihalari ijrosini monitoring va nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
investitsiya dasturlari doirasida hududlar, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasidagi investitsiya loyihalari ijrosini monitoring va nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
investitsiya dasturlari doirasida agrar va oziq-ovqat sohalaridagi investitsiya loyihalari ijrosini monitoring va nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
investitsiya dasturlari doirasida bank-moliya, xizmat koʻrsatish, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, turizm va ijtimoiy yoʻnalishdagi investitsiya loyihalari ijrosini monitoring va nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
budjet tashkilotlari, budjet mablagʻlarini oluvchilar tomonidan import qilingan mahsulotlarning asoslanganligini oʻrganish, tarmoqlarda va hududlarda mahalliylashtirish jarayonini yanada takomillashtirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
inspektor kiradi.
Inspeksiya tuzilmasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
12. Inspeksiya ishlariga Inspeksiya boshligʻi rahbarlik qiladi.
13. Inspeksiya boshligʻi, uning oʻrinbosari va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Inspeksiya mutaxassislarida koʻp yillik xizmatlari uchun ustamalar va lavozim maoshlariga qoʻshimcha toʻlovlar, avvalgi ish joyida berilgan martaba darajalari va diplomatik daraja saqlab qolinadi. Inspeksiyadagi ish vaqtiga martaba darajalari va diplomatik daraja, shuningdek, koʻp yillik xizmatlari uchun ustamalar olish uchun zarur ish staji qoʻshiladi.
Inspeksiya xodimlariga koʻp yillik xizmatlari uchun ustamalar va lavozim maoshlariga qoʻshimcha toʻlovlarni toʻlashga yoʻnaltiriladigan xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
5-bob. Inspeksiya faoliyatini tashkil etish
14. Inspeksiya faoliyati “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati toʻgʻrisidagi nizomga, ushbu nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlari, maslahatchilarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Inspeksiyaning ish rejalari, Inspeksiya boshligʻi va mutaxassislarining shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Inspeksiyaning ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tasdiqlaydigan Vazirlar Mahkamasi ish rejasi asosida shakllantiriladi.
Inspeksiyaning ish rejasi, Inspeksiya boshligʻining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Inspeksiya bosh mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Inspeksiya boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
Inspeksiyaga biriktirilgan masalalar boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari Vazirlar Mahkamasining qarorlari amalga oshirilishi tizimli monitoringini olib borish boʻyicha Inspeksiyaning faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks oʻrganish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir oʻrinbosari, Hukumat komissiyasi topshiriqlariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida hisobotlarini eshish yoʻli bilan taʼminlanadi.
15. Inspeksiya boshligʻi:
Inspeksiyaga bevosita rahbarlik qiladi, Inspeksiya bosh mutaxassislari ishlarini tashkil qiladi hamda Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritilgan Inspeksiya yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatdan puxta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalarida, respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi toʻgʻrisida tizimli monitoring tashkil etilishini hamda maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, respublika tarmoqlari va hududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini taʼminlaydi;
tasdiqlangan tuzilmaga va shtatlar jadvaliga muvofiq Inspeksiyada lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, Inspeksiya bosh mutaxassislarining kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish va jazolash choralari boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishgan holda, Bosh vazir oʻrinbosariga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Inspeksiya bosh mutaxassislari oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishini ishlab chiqadi va tasdiqlash, shuningdek, Inspeksiyaning yarim yillik uchun ish rejasi loyihasini kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga kiritadi, Inspeksiya bosh mutaxassislarining ish rejalarini tasdiqlaydi;
Vazirlar Mahkamasiga kelgan, Hukumat qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Inspeksiya yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Inspeksiya kadrlar zaxirasini shakllantirish va yangilashni, kadrlar zaxirasiga kiritilgan shaxslar bilan tizimli ish olib borilishi tashkil etilishini taʼminlaydi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, Inspeksiya vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
kadrlar tanlash tizimini takomillashtirish, Inspeksiya xodimlari malakasini oshirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish, kadrlarning amaliy zaxirasini tayyorlash va moddiy ragʻbatlantirish choralarini koʻradi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritilishini taʼminlaydi;
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
16. Inspeksiya boshligʻi vaqtincha boʻlmaganda, uning vazifasini Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining ixtiyoriga koʻra Inspeksiya boshligʻining oʻrinbosari bajaradi.
17. Inspeksiyaning bosh mutaxassisi:
oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert xulosalarni tayyorlaydi, shuningdek, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur tarzda kelishilishini taʼminlaydi;
materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisida Inspeksiya boshligʻiga, shuningdek, belgilangan tartibda — Bosh vazir oʻrinbosariga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha reja-jadvalni yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining hamda uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha topshiriqlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;
biriktirilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlari (iqtisodiy, moliyaviy va yuridik xizmatlar)ning tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, ularning faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
tarmoqni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari samarali hal etilishi yuzasidan Inspeksiyaga biriktirilgan masalalar boʻyicha vazirliklar va idoralarning muvofiqlashtirilgan ishini taʼminlaydi;
xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha materiallar va hujjatlar tayyorlaydi;
biriktirilgan masalalar yuzasidan tegishli maʼlumotnoma va tahliliy materiallar tayyorlashda ishtirok etadi;
oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek, ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini zarur darajada tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
18. Inspektor Inspeksiyada ish yuritilishini taʼminlaydi, hujjatlarning Inspeksiyada oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, inspektorga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/254/0411-son)