21.04.2022 yildagi 206-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.01.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va davlat investitsiyalarini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmonining ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishning shaffofligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Budjet masalalari boʻyicha departamenti tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasining davlat investitsiyalarini boshqarishni baholash toʻgʻrisida” (PIMA) hisoboti tayyorlanganligi va hisobotda respublikamizda davlat investitsiyalarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha quyidagi tavsiyalar berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
infratuzilma loyihalarini shakllantirishga qaratilgan tizimni yagona normativ-huquqiy hujjat orqali tartibga solish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
infratuzilma va ijtimoiy soha loyihalarini tanlab olishning aniq mezonlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat resurslaridan moliyalashtirish uchun koʻrib chiqilayotgan loyihalar portfelini shakllantirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xususiy-sheriklik mexanizmlarini davlat budjeti va investitsiyalarini boshqarish tizimlari bilan integratsiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetdan mablagʻ olish va budjet tavakkalchiliklarini aniqlashni hisobga olgan holda, davlat xususiy-sheriklikni baholash boʻyicha metodologiya ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat investitsiya loyihalarini boshqarish uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini talab darajasida nazorat va tahlil qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirishning asosiy tamoyillari, loyihalar portfelini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda dastur doirasida amalga oshiriladigan infratuzilma loyihalarining ochiqligini taʼminlash tartibini nazarda tutuvchi Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomalar tuzish tartibi va shartlari, tomonlarning majburiyatlari va javobgarligi, obyektlarning foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari asosida qurilishini tashkil etish hamda obyektlar qurilishini moliyalashtirish tartibini nazarda tutuvchi Budjet tizimi budjetlari hisobidan kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vegetatsiya davrida qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish imkoni boʻlmagan irrigatsiya tizimi obyektlarini tanlab olish, ular boʻyicha loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarini bajarishning alohida tartibini nazarda tutuvchi Budjet tizimi budjetlari hisobidan qurilish va rekonstruksiya ishlari sugʻorish mavsumi boʻlmagan davrda bajariladigan irrigatsiya tizimi obyektlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 21-ilovaga muvofiq;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 665-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 09/25/665/0972-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monitoring maqsadi va vazifalari, investitsiya davrida monitoring hamda investitsiyadan keyingi monitoring tartibini nazarda tutuvchi Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan obyektlar (loyihalar) amalga oshirilishini monitoring qilish toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi va “Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-iyunga qadar budjet tizimi budjetlarining kapital qoʻyilmalari hisobidan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlarining manzilli roʻyxatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlashning maxsus avtomatlashtirilgan elektron tizimini yaratish va uni “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi bilan integratsiya qilish ishlarini yakunlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-iyulga qadar budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlarning manzilli roʻyxatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlashning maxsus avtomatlashtirilgan elektron tizimi Davlat moliyasini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-avgustga qadar ishlab chiqilgan maxsus elektron tizimni tajriba tariqasida Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati IK” DUK orqali sinovdan oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 15-avgustga qadar mazkur maxsus avtomatlashtirilgan elektron tizimning toʻliq ishga tushirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Moliya vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Qurilish vazirligi, budjet tizimidagi budjet mablagʻlaridan moliyalashtiriladigan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-noyabrga qadar binolarni saqlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish uchun moliyaviy resurslarga boʻlgan ehtiyojni hisoblash tartibini ishlab chiqsin;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda 2022-yil 1-dekabrga qadar budjet tashkilotlaridagi mavjud obyektlar, ularning joylashgan hududi, quvvati, balans qiymati va texnik holati, shuningdek, ularda amalga oshirilishi rejalashtirilgan qurish-taʼmirlash ishlarning muddatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni davlat mulki obyektlarining axborot tizimida yuritish tartibini joriy etsin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-sentabrga qadar loyihalar portfeliga kiritish taklif etilayotgan infratuzilma loyihasi boʻyicha maʼlumotlarni “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimida shakllantirish hamda loyihalar portfelidan infratuzilma loyihalarini tanlash mezonlarini avtomatlashtirilgan tarzda baholash tartibini joriy qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat investitsiyalarini boshqarish tizimini, jumladan, mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomlar amaliyotga tatbiq etilishi natijasidan kelib chiqib, ularni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari konsultantlarini jalb etgan holda davlat investitsiyalarini boshqarish tizimining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha doimiy ravishda oʻquv-seminarlar oʻtkazilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda 2022-yil 1-dekabrga qadar foydalanishga topshirilgan obyektlarni kafolat muddati davomida majburiy sugʻurtalash yoki tijorat banklari tomonidan kafolatlash tartibini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet tizimi budjetlari hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarni saralash, baholash va tasdiqlash Davlat investitsiyalarini boshqarish (Public Investment Management — PIM) tamoyillari asosida iqlim oʻzgarishi omillarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yilgi Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirishda undan keyingi yil dasturi doirasida vegetatsiya davrida qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish imkoni boʻlmagan irrigatsiya tizimi obyektlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish hamda sugʻorish mavsumi boʻlmagan davrda qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun zarur mablagʻlar inobatga olinadi.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 665-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 09/25/665/0972-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi shaharsozlik qurilish normalarini ishlab chiqish hamda amaldagi shaharsozlik qurilish normalarini takomillashtirishda iqlim oʻzgarishi va uning oqibatlarini yumshatishga qaratilgan omillar hisobga olinishini taʼminlab borsin.
(61 va 62-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 21-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
206-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-apreldagi 206-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini (keyingi oʻrinlarda — Dastur) shakllantirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastur respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy rivojlantirishga erishish, tabiiy, mineral xom ashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish yoʻli bilan tarmoqlar va hududlarni tarkibiy oʻzgartirishning asosiy yoʻnalishlarini va strategik vazifalarini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan hamda bir-biri bilan oʻzaro bogʻlangan chora-tadbirlar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rivojlantirish konsepsiyasi (strategiyasi) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan hamda tarmoq va (yoki) hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab beradigan va ularni bosqichma-bosqich rivojlantirish rejasini oʻzida aks ettiradigan hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
infratuzilma loyihasi — iqtisodiy oʻsishni qullab-quvvatlash va aholining hayot sifatini yaxshilash maqsadida ijtimoiy, yoʻl-transport, suv xoʻjaligi, muhandislik-kommunikatsiya obyektlarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash, shuningdek, iqlim oʻzgarishiga moslashuvchan va oqibatlarini yumshatishga qaratilgan loyiha;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kapital qoʻyilmalar — Dasturga kiritilgan infratuzilma loyihalarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash uchun budjet tizimi budjetlaridan ajratiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha pasporti — infratuzilma loyihasining asosiy parametrlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettiradigan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalar portfeli — rivojlantirish konsepsiyalarida (strategiyalarida), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlarida belgilangan maqsadlarga erishishni taʼminlash uchun kelgusi 3 (uch) yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan infratuzilma loyihalarining roʻyxati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Dasturini shakllantirishning asosiy tamoyillari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Dastur respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarining tarkibiy qismi hisoblanib, davlat investitsiya siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini aks ettiradi va kapital qoʻyilmalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Dasturni shakllantirishning asosiy tamoyillari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi turmush darajasi va sifatini oshirish uchun, birinchi navbatda, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan sogʻliqni saqlash, taʼlim, uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish, shu jumladan, ichimlik suv va kanalizatsiya hamda yoʻl-transport tarmoqlarini rivojlantirish sohalarini moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyalashtirish manbalari va hajmlarining asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi bilan muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy mineral xom ashyo, mehnat va boshqa resurslardan oqilona foydalanishni taʼminlash va rivojlantirish konsepsiyasida (strategiyasida) belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avvalgi yillar Dasturlari doirasida yildan yilga oʻtuvchi va qurilish-montaj ishlari yakunlanmagan obyektlarni, shuningdek, moliyaviy resurslar bilan toʻliq taʼminlanmaganligi sababli tugatilmay qolgan obyektlarni tugallash;
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 09/25/665/0972-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini hamda yirik investitsiya loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, yoʻl-transport infratuzilmalari bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yirik irrigatsiya tarmoqlarini qurish orqali respublikaning irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish va takomillashtirish, shu jumladan, transmintaqaviy transport koridorlariga integratsiyalash, logistika majmualari va transport logistika xablarini shakllantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish sohasida loyiha yechimlarini iqlim oʻzgarishiga moslashtirish, iqlim oʻzgarishi va uning oqibatini yumshatish hamda loyihalarni uglerod chiqindilarini kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni inobatga olgan holda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika iqtisodiyotiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hajmini oshirish maqsadida mahalliy investitsiya xarajatlarini ularga mutanosib yoʻnaltirib borish;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika iqtisodiyotiga investitsiyalar hajmini oshirish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshiriladigan loyihalarga xususiy investorlarning mablagʻlarini jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh turgan va samarasiz foydalanilayotgan davlat mulki obyektlariga investitsiya va infratuzilma loyihalarini joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
infratuzilma loyihalarining hududlarni rivojlantirishning bosh rejalariga, qishloqlar (ovullar) fuqarolar yigʻinlari hududlarining arxitektura-rejalashtirish loyihalariga va batafsil rejalashtirish loyihalariga hamda master rejalariga muvofiqligi;
(4-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tomonidan qoʻriqlanishi lozim boʻlgan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni taʼminlash va ichki tartibni saqlash, shuningdek, maʼmuriy binolarni qurish, xalqaro moliya institutlarini muhim loyihalarni moliyalashtirishga jalb qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Dastur yigʻma jadvallar bilan tahliliy qismdan, manzilli roʻyxatdan va ustuvor investitsiya loyihalarning yigʻma roʻyxatidan tashkil topadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Dasturni shakllantirish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Dastur Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Dasturning mazmuni va tahliliy qismi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Dastur quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi moliya yilida kapital quyilmalarning tarmoqlar va yoʻnalishlar kesimidagi asosiy parametrlari va keyingi yillarda tarmoqlar va yoʻnalishlar kesimidagi maqsadli koʻrsatkichlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi yilda kapital qoʻyilmalarni oʻzlashtirish koʻzda tutilgan infratuzilma loyihalarining manzilli roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi yilda amalga oshiriladigan infratuzilma loyihalarining manzilli roʻyxati va ikkinchi yilda kapital quyilmalar oʻzlashtiriladigan loyihalar boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqilib, uchinchi yilda kapital qoʻyilmalarni oʻzlashtirish koʻzda tutilgan infratuzilma loyihalarining manzilli roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi yilda infratuzilma loyihalarini ishga tushirish va yangi quvvatlar yaratishning maqsadli koʻrsatkichlari hamda keyingi ikki yil uchun maqsadli koʻrsatkichlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturni amalga oshirish doirasida erishiladigan maqsadli koʻrsatkichlar va umumlashtirilgan jadvallar bilan birga tahliliy qismi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Dasturning manzilli qismi obyektlar kesimidagi roʻyxatdan, ularda koʻzda tutiladigan chora-tadbirlarning bajarilish muddatlari, chora-tadbirlardan kutilayotgan natijalarning rivojlantirish konsepsiyasida (strategiyasida), tarmoqlar va hududlarni rivojlantirish dasturlarida belgilangan koʻrsatkichlar bilan bogʻliqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan tashkil topadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Dasturning tahliliy qismi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoqlar va hududlar kesimida kapital qoʻyilmalarning moliyalashtirish manbalarining tarkibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozi, Dastur va rivojlantirish konsepsiyalarida (strategiyalarida) nazarda tutilgan natijalarning oʻzaro bogʻliqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturning samaradorligini baholash, shu jumladan, aholining turmush darajasi va sifatining oshishi, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish (oʻzgarish) prognoziga taʼsirini aks ettiruvchi maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Loyihalar portfelini ishlab chiqish va tasdiqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Loyihalar portfeli mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida ishlab chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Loyihalar portfeli vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari (keyingi oʻrinlarda — tashabbuskorlar) tomonidan rivojlantirish konsepsiyalariga (strategiyasiga) asosan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzuridagi “mahalla yettiligi” va aholining takliflari asosida kelgusi uch yil uchun shakllantiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyundagi 334-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2024-y., 09/24/334/0419-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Loyihalar portfeli har yilgi Dasturni shakllantirish uchun maʼlumotlar bazasi boʻlib xizmat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tashabbuskorlar har yili 15-yanvarga qadar loyihalar portfeliga kiritiladigan infratuzilma loyihalarining tuman (shahar) kesimidagi dastlabki roʻyxatini shakllantirish boʻyicha mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda Hududiy ishchi guruhlar hamda 21-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda tuman (shahar) ishchi guruhlarini tuzadilar.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ishchi guruhlar 1-martga qadar tizimli ravishda obyektlarni, yaʼni binolar, inshootlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining texnik holatini oʻrgangan holda, loyihalar portfeliga kiritish taklif etilayotgan infratuzilma loyihalari roʻyxatini shakllantiradi hamda har bir infratuzilma loyihasi boʻyicha mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda maʼlumot tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruhlar oʻz faoliyatini “mahallabay” tashkil etib, bu jarayonlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimi yordamchilarining ishtirokini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ishchi guruhlar infratuzilma loyihalarining dastlabki roʻyxatini shakllantirishda obyektning haqiqiy texnik holatini va moddiy texnik taʼminotini, shuningdek, infratuzilma loyihalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashga muhtojligini oʻrganadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ishchi guruhlar 10-martga qadar oʻrganilgan infratuzilma loyihalarining roʻyxatini idoraviy mansubligiga qarab tegishli tashabbuskorga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tashabbuskorlar ishchi guruhlar tomonidan taqdim etilgan materiallar asosida loyihalar portfelini mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda tasdiqlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihalar portfeliga kiritilgan har bir infratuzilma loyihalari uchun rasm va video hisobot, shuningdek, uning joriy texnik holati toʻgʻrisida vakolatli organning xulosasi olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tashabbuskorlar tasdiqlangan loyihalar portfelini 1-mayga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 15-mayga qadar taqdim etilgan loyihalar portfelini oʻrganadi va zarurat boʻlganda oʻzining takliflarini (eʼtirozlarini) tegishli tashabbuskorga yuboradi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tashabbuskorlar 1-iyunga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligining takliflari (eʼtirozlari) asosida oʻzgartirish (qoʻshimcha) kiritilgan loyihalar portfelini yoki takliflar boʻyicha oʻzining fikrini asoslovchi hujjatlar bilan birgalikda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadilar.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Loyihalar portfeliga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, shuningdek, ishchi guruhlarning xulosalariga asosan oʻzgartirishlar (qoʻshimchalar) kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Loyihalar portfeliga kiritilgan maʼlumotlarning asosliligi va haqqoniyligi uchun ishchi guruhlar aʼzolari, shuningdek, vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalari rahbarlari javobgar hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tashabbuskorlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan loyihalar portfelini oʻzlarining rasmiy veb-saytiga yoki ommaviy axborot vositalariga joylashtiradi va oʻzgartirishlar (qoʻshimchalar) kiritilgan hollarda yangilab boradi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Dasturning manzilli qismini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Dastur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishning sifat jihatidan yangi tizimga oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 14-maydagi PF-5717-son Farmoni va “Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 16-oktabrdagi PQ-4864-son qarori talablari asosida har yili aniqlashtirilib, 3 (uch) yil muddatga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy moliyaviy davr uchun loyiha tashabbuskorlari tomonidan tasdiqlangan loyihalar portfeli asosida infratuzilma loyihalarini amalga oshirish muddatlari, moliyalashtirish manbalari va ularning hajmlari bilan oʻzaro bogʻlangan holda shakllantiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda vegetatsiya davrida qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish imkoni boʻlmagan irrigatsiya tizimi obyektlari alohida tartib asosida tanlab olinadi va loyihalashtiriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 665-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 09/25/665/0972-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Dasturni shakllantirish, kelishish va tasdiqlash mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq sxemada amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 1-fevralga qadar kelgusi uch yilga moʻljallangan Dasturga kiritish uchun investitsiya takliflarini taqdim etish shakllari namuna va maketlarini ishlab chiqib, tashabbuskorlarga joʻnatadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
271. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 1-martga qadar kelgusi yil uchun qurilish sohasida narxlarning oʻzgarish deflyatori prognoz koʻrsatkichlarini Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.
(271-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 09/25/665/0972-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
272. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi 1-aprelga qadar narxlarning oʻzgarish deflyatori prognoz koʻrsatkichlarini chuqur tahlil qilgan holda kelgusi yil uchun moʻljallangan qurilish, rekonstruksiya va mukammal taʼmirlash obyektlarining sohalar boʻyicha oʻrtacha qiymatini ishlab chiqib, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.
(272-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Tashabbuskorlar tuman (shahar) hokimlari va sektor rahbarlari bilan birgalikda 1-aprelga qadar Dasturga kiritish taklif etilayotgan infratuzilma loyihalarining holati, amalga oshirish zarurati va ularning joylashuvi boʻyicha keng jamoatchilik fikrini oʻrganadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 10-aprelga qadar Dasturda belgilangan maqsadli moʻljallardan kelib chiqib, kelgusi yil uchun ajratiladigan kapital quyilmalar miqdorining dastlabki parametrlarini tashabbuskorlarga yuboradi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari 1-mayga qadar tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyalaridan kelib chiqib, kelgusi uch yillikda Dasturga kiritish taklif etilayotgan infratuzilma loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kiritadi.
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tashabbuskorlar Dasturga kiritiladigan infratuzilma loyihalarining roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-43-son qaroriga asosan tuzilgan tegishli tuman (shahar) va hududiy shtablar bilan kelishadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tashabbuskorlar bilan birgalikda 1-mayga qadar davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirilishi taklif etilayotgan infratuzilma loyihalarining roʻyxatini Dasturga kiritish uchun shakllantiradi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 1-mayga qadar boʻsh turgan, samarasiz foydalanilayotgan va infratuzilma loyihalarini joylashtirish imkoni mavjud boʻlgan davlat mulki obyektlarining roʻyxatini Dasturga kiritish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
321. Loyiha tashabbuskorlari 1-mayga qadar xalqaro moliya institutlarining kreditlari ishtirokida belgilangan tartibda amalga oshirilayotgan loyihalar boʻyicha markazlashgan manbalar hisobidan budjet mablagʻlari kapital qoʻyilmalarga boʻlgan talablarni Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.
(321-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining takliflarini oʻrganish yakunlari boʻyicha 10-mayga qadar davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirilishi taklif etilayotgan infratuzilma loyihalarini va infratuzilma loyihalarini joylashtirish imkoni mavjud boʻlgan davlat mulki obyektlari roʻyxatini tashabbuskorlarga tavsiyalar bilan birga yuboradi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Tashabbuskorlar 1-iyunga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligiga quyidagilarni taqdim etadi:
(34-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Dasturga kiritish uchun loyihalar portfelidan mazkur Nizomga 6-ilovaga muvofiq ustuvor infratuzilma loyihalarini tanlash mezonlariga asosan tanlab olingan infratuzilma loyihalarining roʻyxatini;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Dasturga kiritish taklif etilayotgan har bir infratuzilma loyihalari boʻyicha ularni baholash jarayonini amalga oshirish uchun quyidagilarni oʻz ichiga olgan hujjatlar toʻplamini:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomga 7-ilovaga muvofiq shaklda Dasturga kiritish taklif etilayotgan infratuzilma loyihasining pasporti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning texnik holati toʻgʻrisida maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
infratuzilma loyihasining asosiy xatarlari, shu jumladan, iqlim oʻzgarishi va tabiiy ofatlar xavfi haqidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxitektura va qurilish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan loyiha hujjatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi boshlanayotgan obyektlar boʻyicha muhandislik tadqiqot va loyiha ishlarini bajarish uchun budjet xarajatlari hisobi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
infratuzilma loyihasining smeta qiymati (loyihaoldi va loyiha hujjatlari tasdiqlangan obyektlar boʻyicha);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ulushli moliyalashtirishda mahalliy budjetdan koʻzda tutilgan mablagʻlar, tashqi yordam mablagʻlari, qarz va boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish amalga oshirilishini tasdiqlovchi hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning amal qilish muddati davomida operatsion va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha dastlabki xarajatlar (shu jumladan, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish tadbirlarini amalga oshirish uchun koʻzda tutilgan xarajatlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy budjetdan birgalikda moliyalashtirilishi koʻzda tutilgan loyihalar boʻyicha xalq deputatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shahar Kengashining bayonlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihalarining iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq koʻrsatkichlarga taʼsiri boʻyicha maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiymati 10 mln AQSH dollari va undan ortiq boʻlgan yirik infratuzilma loyihalarining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini baholash natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumot.
(34-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Iqtisodiyot va moliya vazirligi taqdim qilingan investitsiya takliflari asosida Dastur loyihasiga kiritish uchun infratuzilma loyihalarining dastlabki roʻyxatini kelgusi yil prognoz mablagʻlari doirasida shakllantiradi.
(35-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Dasturga infratuzilma loyihalarini kiritish quyidagi ustuvorlik tartibida amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yildan yilga oʻtuvchi obyektlarni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugallangan obyektlar boʻyicha kreditor qarzdorlikni soʻndirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish boʻyicha milliy maqsadlarni inobatga olgan holda rivojlantirish strategiyalari (konsepsiyalari) va Davlat dasturlariga kiritilgan infratuzilma loyihalari;
(35-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashabbuskorlar tomonidan jalb qilinadigan qoʻshimcha mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshiriladigan infratuzilma loyihalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh turgan va samarasiz foydalanilayotgan Davlat mulki obyektlariga joylashtiriladigan infratuzilma loyihalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomga 6-ilovada koʻrsatilgan mezonlarga mos keladigan infratuzilma loyihalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Dasturning manzilli qismiga Nizomning 34 va 35 bandlarida koʻrsatilgan tartibda shakllangan infratuzilma loyihalaridan tashqari quyidagilar kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatning hujjatlarida nazarda tutilgan obyektlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tomonidan qoʻriqlanishi lozim boʻlgan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyatini, xavfsizligini taʼminlash va ichki tartibni saqlash, shuningdek, vakolatli organ tomonidan tabiiy ofatlardan zarar koʻrgani tasdiqlangan obyektlarni tiklashga (aniqlashga) qaratilgan loyihalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Dasturni amalga oshirishni birinchi yilida yildan yilga oʻtuvchi loyihalar hamda mazkur Nizom talablari asosida tanlangan yangidan boshlanayotgan infratuzilma loyihalari kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Dasturga kiritilgan infratuzilma loyihalarining koʻrsatkichlari bajarilishini tanqidiy tahlil qiladi, ularning rivojlantirish konsepsiyalariga (strategiyalariga) va moliyaviy resurslarga bogʻliqligini inobatga olgan holda oʻzgartirishlar (qoʻshimchalar) kiritadi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Dasturni amalga oshirishni ikkinchi yilida birinchi yildan oʻtuvchi, qiymatiga oʻzgartirish kiritilgan, mazkur Nizom talablari asosida tanlangan hamda loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlari birinchi yilda ishlab chiqilgan infratuzilma loyihalari kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Dasturni amalga oshirishning uchinchi yilida ikkinchi yildan oʻtuvchi, qiymatiga oʻzgartirish kiritilgan, mazkur Nizom talablari asosida tanlangan hamda loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlari ikkinchi yilda ishlab chiqilgan infratuzilma loyihalari kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Tashabbuskorlar infratuzilma loyihalarining roʻyxatini ajratilgan kapital quyilmalarning prognoz limitlari doirasida ishlab chiqadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
411. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining tegishli hujjatlariga asosan Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritilishi belgilangan, biroq Dasturda nazarda tutilmagan loyihalar (obyektlar) kelgusi yillar dasturlarini shakllantirishda ustuvor ravishda inobatga olinadi.
(411-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Tashabbuskorlar maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun hamda taklif etilayotgan infratuzilma loyihalarining mazkur Nizom talablari asosida belgilangan ustuvorlikka mos ravishda tanlanishiga masʼul hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 20-iyunga qadar tashabbuskorlar tomonidan taqdim etilgan infratuzilma loyihalarini koʻrib chiqib, Dasturga kiritish taklif etilayotgan infratuzilma loyihalarining dastlabki manzilli roʻyxatini shakllantiradi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Vazirlar Mahkamasi 1-iyulga qadar Dasturga kiritish taklif etilayotgan infratuzilma loyihalarini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini oʻrganadi hamda loyihalarning dastlabki manzilli roʻyxati Vazirlar Mahkamasi Rayosatida tasdiqlanishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
441. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlangan loyihalarning dastlabki manzilli roʻyxati asosida kelgusi yil loyihalarining loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish uchun zarur mablagʻlarni joriy yilda ajratilishini taʼminlaydi.
(441-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-iyundagi 330-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2024-y., 09/24/330/0420-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
442. Vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Dasturning tasdiqlangan dastlabki parametrlari doirasida yangi tashkil etiladigan quvvatlar, shuningdek, loyihalarni ishga tushirish muddatlarini hisobga olgan holda, kelgusi davr uchun oʻz tasarrufidagi obyektlar boʻyicha budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan texnik xizmat koʻrsatish va saqlash xarajatlariga boʻlgan ehtiyojlar hisoblab chiqilishini taʼminlaydi.
(442-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
443. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 10-oktabrga qadar kelgusi yil uchun tayyorlangan “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasidan kelib chiqqan holda, tashabbuskorlarga Dastur doirasida tarmoqlar va hududlar boʻyicha prognoz limitlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (qayta koʻrib chiqish va muvofiqlashtirish uchun) yuboradi.
(443-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Tashabbuskorlar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 1-oktabrga qadar Dasturning dastlabki manzilli roʻyxatiga kiritilgan infratuzilma loyihalarining loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlarining ishlab chiqilishini va 1-noyabrga qadar ushbu loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlari ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlaydi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
451. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Dasturning yakuniy loyihasiga davlat-xususiy sheriklik ishtirokidagi hamda xalqaro moliya institutlari kreditlari hisobidan belgilangan tartibda amalga oshiriladigan loyihalarning budjet kapital qoʻyilmalari qismi boʻyicha alohida ilovalarni kiritadi.
(451-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 10-noyabrga qadar kelgusi yil “Oʻzbekiston Respublikasining davlat budjeti toʻgʻrisida”gi qonunida nazarda tutilgan prognoz limitlar doirasida dasturni tasdiqlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Vazirlar Mahkamasi 20-noyabrga qadar Dasturni tasdiqlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Tasdiqlangan Dastur tashabbuskorlar tomonidan yangidan boshlanayotgan infratuzilma loyihalari boʻyicha tender (tanlov) oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Dasturga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Dasturga quyidagi hollarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan — Dasturning asosiy parametrlariga tasdiqlangan loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlari hamda moliyalashtirish manbalari mavjud boʻlgan qoʻshimcha loyihalar (obyektlar) kiritilishi, amalga oshirilmagan loyihalar (obyektlar) chiqarib tashlanishini, shuningdek, kapital qoʻyilmalarning buyurtmachilar (tashabbuskorlar) oʻrtasida qayta taqsimlanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan — loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, eng yaxshi takliflarni tanlash (tender) yakunlariga muvofiq Dastur doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar (obyektlar) parametrlariga buyurtmachilar (tashabbuskorlar) boʻyicha belgilangan kapital qoʻyilmalar limitlari doirasida tuzatish va aniqliklar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Dasturning asosiy parametrlariga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar Vazirlar Mahkamasiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining asosli takliflariga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksida nazarda tutilgan Davlat budjetining xarajatlar yoyilmasiga oʻzgartirishlar kiritish tartiblariga qatʼiy amal qilgan holda kiritiladi.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Tasdiqlangan Dastur doirasida birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar uchun koʻzda tutilgan mablagʻlarning 10 foiz va undan ortiq miqdordagi mablagʻlarni birinchi darajali budjet mablagʻi taqsimlovchidan boshqa birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchiga oʻtkazish belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonuniga tegishli oʻzgartirishlar kiritish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Dastur doirasida amalga oshiriladigan infratuzilma loyihalarining ochiqligini taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Dastur doirasida amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari roʻyxatini (qonunchilik hujjatlarida oshkor etilmasligi belgilangan infratuzilma loyihalari bundan mustasno) va ular uchun ajratilgan mablagʻlar toʻgʻrisida tarmoqlar va hududlar kesimidagi maʼlumotlarni har chorak yakunlariga koʻra, chorakdan keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmasdan oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtiradi.
(51-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rasmiy veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotda har bir infratuzilma loyihasi boʻyicha quyidagi maʼlumotlar aks ettirilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning nomi va joylashgan manzili (viloyat, tuman, shahar, aholi punkti va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning qiymati va uni foydalanishga topshirish muddati (yil, oy);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy moliya yili uchun kapital quyilmalarning limiti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bajarilgan ishlar, hisobot davrida amalga oshirilgan moliyalashtirish va infratuzilma loyihasi doirasida oʻzlashtirilgan mablagʻlar miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
infratuzilma loyihasini amalga oshirishdan kutilayotgan natija.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Mazkur Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihalar portfelini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI*
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Ijrochilar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

I bosqich

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Loyihalar portfeliga kiritiladigan infratuzilma loyihalarining tuman (shahar) kesimidagi dastlabki roʻyxatini shakllantirish boʻyicha ishchi guruh tuzish.

Har yili 15-yanvarga qadar

II bosqich

Ishchi guruhlar

Tizimli ravishda obyektlarni, yaʼni binolar, inshootlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining texnik holatini oʻrgangan holda loyihalar portfeliga kiritish taklif etilayotgan infratuzilma loyihalari roʻyxatini shakllantirish hamda har bir infratuzilma loyihasi boʻyicha maʼlumot tayyorlash.

Bundan tashqari, taklif etilayotgan loyihalar roʻyxatini ishlab chiqishda iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq jihatlar koʻrib chiqiladi.

Har yili 1-martga qadar

III bosqich

Ishchi guruhlar

Oʻrganilgan infratuzilma loyihalarining roʻyxatini idoraviy mansubligiga qarab tegishli vazirlik va idoralarga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuborish.

Har yili 10-martga qadar

IV bosqich

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Ishchi guruhlar tomonidan taqdim etilgan materiallar asosida loyihalar portfelini tasdiqlash hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etish.

Har yili 1-mayga qadar

V bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Taqdim etilgan loyihalar portfelini oʻrganish va zarurat boʻlganda oʻzining takliflarini eʼtirozlarini) tegishli vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuborish.

Har yili 15-mayga qadar

VI bosqich

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Iqtisodiyot va moliya vazirligining takliflari (eʼtirozlari) asosida oʻzgartirish (qoʻshimcha) kiritilgan loyihalar portfelini yoki takliflar boʻyicha oʻzining fikrini asoslovchi hujjatlar bilan birgalikda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etish.

Har yili 1-iyunga qadar

VII bosqich

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan loyihalar portfelini oʻzlarining rasmiy veb-saytiga yoki ommaviy axborot vositalariga joylashtirish va oʻzgartirishlar (qoʻshimchalar) kiritilgan hollarda yangilab borish.

Doimiy ravishda

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Loyihalar portfeli kelgusi yil uchun har yili oʻrnatilgan tartibda aniqlashtirib boriladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihalar portfeliga kiritiladigan infratuzilma loyihalarining dastlabki roʻyxatini shakllantirish boʻyicha hududiy ishchi guruhning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — hududiy iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi, ishchi guruh rahbari

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Lavozimi boʻyicha

Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari

Lavozimi boʻyicha

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahardagi korxonalarining rahbarlari

Lavozimi boʻyicha

“Hududgaztaʼminot” AJning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahardagi korxonalarining rahbarlari

Lavozimi boʻyicha

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi

Lavozimi boʻyicha

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining hududiy bosh boshqarmasi boshligʻi

Lavozimi boʻyicha

tarmoq vazirliklari va idoralari hududiy boshqarmasi boshligʻi

Lavozimi boʻyicha

Statistika agentligining hududiy boshqarmasi boshligʻi

Lavozimi boʻyicha

loyihalashtiruvchi tashkilot (masʼul xodimi)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Ishchi guruh tarkibiga zarur mutaxassislar jalb qilinishi mumkin”;
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
21-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihalar portfeliga kiritiladigan infratuzilma loyihalarining dastlabki roʻyxatini shakllantirish boʻyicha tuman (shahar) ishchi guruhining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Lavozimi boʻyicha

Tuman (shahar) hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi, ishchi guruh rahbari

Lavozimi boʻyicha

Tuman (shahar) hokimlarining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari

Lavozimi boʻyicha

Tuman (shahar) hokimlarining investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Lavozimi boʻyicha

Tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari

Lavozimi boʻyicha

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning tuman (shahar) korxonasi rahbari

Lavozimi boʻyicha

“Hududgaztaʼminot” AJning tuman (shahar) korxonasi rahbarlari

Lavozimi boʻyicha

Tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi

Lavozimi boʻyicha

tarmoq vazirliklari va idoralari tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi

Lavozimi boʻyicha

Statistika agentligining tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi

Lavozimi boʻyicha

loyihalashtiruvchi tashkilot (masʼul xodimi)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Ishchi guruh tarkibiga zarur mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.
(21-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihalar portfeliga kiritish taklif etilayotgan infratuzilma loyihasi boʻyicha maʼlumot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

_____________________________________ (loyiha nomi)

T/r

Nomlanishi

Birlik

Maʼlumot

1.

Loyihaning joylashgan manzili

2.

Qurilgan yili hamda rekonstruksiya / taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan yil (oxirgi marta)

3.

Mavjud quvvat

4.

Idoraviy taalluqliligi

5.

Shtat birliklari soni

6.

Obyektda oxirgi marta amalga oshirilgan qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlari toʻgʻrisida maʼlumot (ish bajarilgan yil, quvvati va ajratilgan mablagʻ miqdori)

Qurilish

Rekonstruksiya qilish

Mukammal taʼmirlash

Jihozlash

7.

Amaldagi quvvat

8.

Obyekt hududining kadastr hujjatlari boʻyicha umumiy maydoni

9.

Alohida turuvchi bino / inshoot, ularning vazifasi / yoʻnalishlari va turlari (standart yoki moslashtirilgan) shu jumladan:

oʻquv korpusi

sport zali

...

10.

Mavjud bino / inshootning mavjud maydoni, shundan har bir bino / inshoot:

oʻquv korpusi

sport zali

...

11.

Qamrab olingan aholi soni

12.

Obyektning texnik holati, mavjud bino / inshootlar (har biri boʻyicha alohida)

oʻquv korpusi

sport zali

...

13.

Bino / inshootlarni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash (mavjud yoki mavjud emas, mavjud boʻlsa quvvatini koʻrsatish)

elektr taʼminoti

gaz taʼminoti

suv taʼminoti

markazlashtirilgan kanalizatsiya

issiqlik taʼminoti

14.

Loyihani amalga oshirish uchun qisqacha asos (zarur boʻlganda qoʻshimcha tegishli maʼlumotlar aks ettiriladi)

15.

Loyihani amalga oshirishda erishiladigan yutuqlarni qisqacha asoslash (zarur boʻlganda qoʻshimcha tegishli maʼlumotlar aks ettiriladi)

16.

Loyihani amalga oshirish boʻyicha taklif

Qurilish, shundan:

Qayta taʼmirlash, shundan:

oʻquv korpusi

Kapital taʼmirlash, shundan:

sport zali

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Tarmoqning xususiyatidan kelib chiqib, loyiha boʻyicha maʼlumotda yuqoridagilardan boshqa maʼlumotlar (navbatlilik koeffitsiyenti, aholini qamrab olish darajasi, muhandislik tarmoqlari bilan taʼminlanganligi va boshqalar) ham aks ettirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“TASDIQLAYMAN”
_____________________
 (vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimi)

______ yil “_____” ___________

Kapital qoʻyilmalar hisobidan moliyalashtirish taklif etilayotgan
loyihalar portfeli

T/r

Loyihalarning nomlanishi

Amalga oshirish muddati

Oʻlchov birligi

Loyiha quvvati

Shundan 20__ yil ishga tushadigan quvvat

20__ yil uchun talab etiladigan mablagʻ

(mln soʻm)

20__ yil uchun talab etiladigan mablagʻ

(mln soʻm)

Erishiladigan natija (kutilish)

Izoh

Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirish, kelishish va tasdiqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Ijrochilar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

I bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) loyihasiga kiritish uchun investitsiya takliflarini taqdim etish shakllari namuna va maketlarini ishlab chiqib, loyiha tashabbuskorlariga joʻnatish.

Har yili 1-fevralga qadar

II bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Kelgusi yil uchun qurilish sohasida narxlarning oʻzgarish deflyatori prognoz koʻrsatkichlarini Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga taqdim etish.

Har yili 1-martga qadar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

Narxlarning oʻzgarish deflyatori prognoz koʻrsatkichlarini chuqur tahlil qilgan holda kelgusi yil uchun moʻljallangan qurilish, rekonstruksiya va mukammal taʼmirlash obyektlarining sohalar boʻyicha oʻrtacha qiymatini ishlab chiqish va Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etish.

Har yili 1-aprelga qadar

III bosqich

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Dasturga kiritish taklif etilayotgan infratuzilma loyihalarining roʻyxatini tuman (shahar) hokimlari va sektor rahbarlari bilan birgalikda ularni amalga oshirish zarurati hamda ularning joylashuvi boʻyicha keng jamoatchilik fikrini oʻrganish.

Har yili 1-aprelga qadar

IV bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Dasturda belgilangan maqsadli moʻljallardan kelib chiqib, kelgusi yil uchun ajratiladigan kapital qoʻyilmalar miqdorining dastlabki parametrlarini vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuborish.

Har yili 10-aprelga qadar

V bosqich

Vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyalaridan kelib chiqib, kelgusi uch yillikda Dasturga kiritish taklif etilayotgan infratuzilma loyihalarni Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga shaxsiy kafillik asosida kiritish.*

Har yili 1-mayga qadar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirilishi taklif etilayotgan infratuzilma loyihalarining roʻyxatini Dasturga kiritish uchun shakllantiradi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Boʻsh turgan, samarasiz foydalanilayotgan va infratuzilma loyihalarini joylashtirish imkoni mavjud boʻlgan davlat mulki obyektlarning roʻyxatini Dasturga kiritish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etish.

Loyiha tashabbuskorlari

Xalqaro moliya institutlarining kreditlari ishtirokida belgilangan tartibda amalga oshirilayotgan loyihalar boʻyicha markazlashgan manbalar hisobidan budjet mablagʻlari kapital qoʻyilmalarga boʻlgan talablarni Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etish.

VI bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining takliflari va davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirilishi taklif etilayotgan infratuzilma loyihalarining roʻyxatini oʻrganish yakunlari boʻyicha davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirilishi taklif etilayotgan infratuzilma loyihalarini va infratuzilma loyihalarini joylashtirish imkoni mavjud boʻlgan davlat mulki obyektlari roʻyxatini tashabbuskorlarga tavsiyalar bilan birga yuborish.

Har yili 10-mayga qadar

VII bosqich

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Tasdiqlangan loyihalar portfelidan tanlab olingan — loyihalar roʻyxatini va loyihalar boʻyicha hujjatlar toʻplamini Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etish.

Har yili 1-iyunga qadar

VIII bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Dasturga kiritish uchun taklif qilingan loyihalarning dastlabki manzilli roʻyxatini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Har yili 20-iyunga qadar

IX bosqich

Vazirlar Mahkamasi

Loyihalarning dastlabki manzilli roʻyxati Vazirlar Mahkamasi Rayosatida tasdiqlanishini taʼminlash.

Har yili 1-iyulga qadar

X bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Vazirlar Mahkamasi Rayosati (tomonidan tasdiqlangan loyihalarning dastlabki manzilli roʻyxati asosida kelgusi yil loyihalarining loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan mablagʻlar ajratilishini taʼminlash.

Belgilangan tartibda

XI bosqich

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

Dasturning dastlabki manzilli roʻyxatiga kiritilgan infratuzilma loyihalarining loyihaoldi va (yoki) loyiha-hujjatlari ishlab chiqilishini taʼminlash.

Har yili 1-oktabrga qadar

Infratuzilma loyihalarining loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash.

Har yili 1-noyabrga qadar

XII bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Dasturni tasdiqlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini oʻrnatilgan tartibda vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga. kiritish.

Har yili 10-noyabrga qadar

XIII bosqich

Vazirlar Mahkamasi

Dasturni tasdiqlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

Har yili 20-noyabrga qadar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Dasturga kiritiladigan infratuzilma loyihalarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-43-son qaroriga asosan tuzilgan tegishli tuman (shahar) va hududiy shtablar bilan kelishiladi.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 09/25/665/0972-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish uchun loyihalar portfelidan infratuzilma loyihalarini tanlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MEZONLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan infratuzilma loyihalari quyidagi mezonlar asosida tanlanadi va ular yordamida loyihaning ahamiyati baholanadi (aniqlanadi):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiy mezonlar — ushbu mezonlarga rioya qilmaslik boshqa xususiyatlardan qatʼi nazar loyihani Dasturga kiritilmasligiga sabab boʻladi. Agar loyiha majburiy shartlarga muvofiq boʻlmasa, baholash mezonlari hisobga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash mezonlari — mazkur mezonlar boʻyicha infratuzilma loyihalari ballar qoʻyish orqali baholanadi. Baholash mezonlari sifat va miqdor koʻrinishida boʻlishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoq mezonlari — maʼlum tarmoq boʻyicha infratuzilma loyihalarini amalga oshirishning ustuvorligini aniqlash boʻyicha alohida mezonlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar majburiy mezonlar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning davlat mulki obyektlari yoki mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mulki toifasiga kirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
infratuzilma loyihasining rivojlantirish strategiyalari (konsepsiyalari) Davlat dasturlariga kiritilganligi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatning hujjatlarida nazarda tutilganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiy mezonlar favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar natijasida zarar koʻrgan obyektlarni tanlash va baholashga qoʻllanilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Baholash mezonlari va tarmoq mezonlari quyida keltirilgan tartibda baholanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Mezonlar

Ballarni berish shartlari

Ballarning vazni

I.

Baholash mezonlari:

1.

Aholi hayoti va sogʻligi uchun tabiiy va texnogen ofatlar, epidemiologik vaziyat boʻyicha xavfni bartaraf etish, iqlim oʻzgarishiga moslashuvchan va uning oqibatlarini yumshatish, vakolatli organ tomonidan tabiiy ofatlardan zarar koʻrgani tasdiqlangan obyektlarni tiklashga (aniqlashga) qaratilgan loyihalar toifasiga tegishliligi

Tegishli

5

Tegishli emas

0

2.

Loyihani amalga oshirish zarurati va maqsadining son va sifat koʻrsatkichlarini asoslash hisob-kitoblari (maʼlumotlari) mavjudligi

Mavjud

5

Mavjud emas

0

3.

Loyiha ahamiyatining darajasi

Respublika

5

Viloyat

10

Bir qancha shahar va tumanlar

15

Tuman va shaharlar

20

Tuman yoki shaharlar

25

4.

Loyihaning samaradorligi, shu jumladan, ijtimoiy samarasi

Obyekti xizmat koʻrsatishni koʻzda tutib, toʻgʻridan toʻgʻri muammoni, shu jumladan, ijtimoiy muammolarni hal etishga hissa qoʻshishga qaratilgan

10

Loyiha boʻyicha alohida muammolar, shu jumladan, ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan koʻrsatkichlar belgilangan

5

Loyiha samaradorligini aniqlash qiyin

0

5.

Obyektning texnik holati

Yaroqsiz (foydalanib boʻlmaydi)

20

Oʻrtachadan past (rekonstruksiya qilish talab etiladi)

10

Oʻrta holatda (kapital taʼmirlash talab etiladi)

5

6.

Loyihaning barcha xatarlari va ularning miqdorini aniqlash, xavflar reytingi, ularni kamaytirish strategiyasi va qoldiq xavflarni baholash (xavf kamaygandan keyingi strategiyasi).

Batafsil xavflar reyestri va xatarlarni boshqarish rejasining mavjudligi

10

Loyihani amalga oshirishda asosiy xatarlarning sifatli tavsifi mavjudligi

5

Xavflar reyestri yoki xatarlarni boshqarish rejasi mavjud emas

0

7.

Obyektda oxirgi ish bajarilish vaqti (qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash)

Amalga oshirilmagan

20

10 yildan 15 yilgacha

10

5 dan 10 yilgacha

5

5 yilgacha

0

8.

Loyihani mahalliy budjetdan moliyalashtirish darajasi

50 foiz va undan ortiq

10

50 foizgacha

5

yoʻq

0

9.

Tasdiqlangan loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlari mavjudligi

Mavjud

10

Mavjud emas

0

10.

Yangi ish oʻrinlari yaratish

Yaratish koʻzda tutilgan

5

Yaratish kuzda tutilmagan

0

11.

Moliyaviy resurslarning asoslangan hisob-kitobi va moliyalashtirish manbalari aniqlanganligi

Mavjud

10

Mavjud emas

0

12.

Loyihaning tashqi-muhandislik tarmoqlari va transport infratuzilmasi bilan taʼminlash holati

Taʼminlangan

10

Qisman taʼminlangan

5

Taʼminlanmagan

0

13.

Loyihaning oʻrnatilgan quvvatidan foydalanish uchun isteʼmolchilar (foydalanuvchilar) yetarliligi

Yetarli miqdorda mavjud

10

Yetarli emas

0

14.

Loyiha xizmat koʻrsatadigan (qamrab olinadigan) aholi soni

10 ming nafardan ortiq

20

5 mingdan 10 ming nafargacha

15

1 mingdan 5 ming nafargacha

10

1 ming nafardan kam

5

II.

Tarmoq mezonlari:

Taʼlim muassasalari (maktablar, maktabgacha taʼlim tashkilotlari, oliy taʼlim tashkilotlari)

1.

Navbatchilik koeffitsiyenti (oʻquvchilar sonining taʼlim muassasasining quvvatiga nisbati)

2 va undan ortiq

15

1,5 dan 2 gacha

10

1 dan 1.5 gacha

5

1 dan kam

0

2.

Sport zallarining mavjudligi

Mavjud emas

15

Mavjud, ammo rekonstruksiya qilishga muhtoj

10

Mavjud, ammo kapital taʼmirlashga muhtoj

5

Mavjud

0

Sogʻliqni saqlash obyektlari

3.

Birlamchi kasallanish darajasi (100 ming aholiga)

30 mingdan kam

15

30 mingdan 40 minggacha

10

40 mingdan 50 minggacha

5

50 mingdan ortiq

1

4.

Har bir fuqaroga yiliga poliklinikaga tibbiy tashriflar soni (tashriflar)

5 tadan kam

15

5 tadan 7 gacha

10

7 tadan 10 tagacha

5

10 tadan koʻp

1

Ichimlik va oqova suv obyektlari

5.

Aholining ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasi

10 foizdan kam

15

10 dan 30 foizgacha

10

30 dan 50 foizgacha

5

50 foizdan ortiq

1

6.

Aholini markazlashtirilgan kanalizatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash

10 foizdan kam

15

10 dan 30 foizgacha

10

30 dan 50 foizgacha

5

Melioratsiya obyektlari

7.

Sugʻoriladigan yerlarning shoʻrlanish darajasi

50 foiz va undan ortiq

15

30 dan 50 foizgacha

10

20 dan 30 foizgacha

5

20 foizdan kam

0

Sugʻorish obyektlari

8.

Yerlarni sugʻorish darajasi

50 gektar va undan ortiq

20

10 dan 50 gektargacha

15

5 dan 10 gektargacha

10

1 dan 5 gektargacha

5

1 gektardan kam

0

9.

Sugʻoriladigan maydon

10 ming gektardan ortiq

5

5 — 10 ming gektar

4

1 — 5 ming gektar

2

ming gektardan kam

1

10.

Sugʻorish tarmogʻining foydali ish koeffitsiyenti

0,5 dan past

25

0,5 dan 0,6 gacha

20

0,6 dan 0,7 gacha

15

0,7 dan 0,8 gacha

5

11.

Nasos orqali suv oladigan kanallar

3 ta va undan ortiq koʻtarma nasos yordamida suv olish

7,5

2 ta koʻtarma nasos yordamida suv olish

5

1 ta koʻtarma nasos yordamida suv olish

2,5

12.

Koʻtarma usulidagi kanallar

Koʻtarma qismi 50 foizdan yuqori

10

Koʻtarma qismi 50 foizgacha

5

13.

Texnik holati yomonlashgan kanallar

Dastlabki loyihaviy koʻrsatkichlar oʻzgarishi 50 foizdan oshgan

10

Dastlabki loyihaviy koʻrsatkichlar oʻzgarishi 50 foizgacha

5

14.

Kanalning rekonstruksiya (betonlashtirish) qilingandan keyin loyqa choʻkmaslik holati

Suv tezligi 1 m/s dan yuqori

5

Suv tezligi 0,5 m/s dan 1 m/s gacha

2

15.

Kanaldagi filtratsiya natijasida sizot suvlar koʻtarilishi

Sizot suvlar chuqurligi 1,5 metrgacha

10

Sizot suvlar chuqurligi 1,5 — 2 metr

5

.

(3-bandning jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 09/25/665/0972-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Loyihalarning ustuvorligini belgilashda mazkur Nizom bilan belgilangan mezonlar boʻyicha har bir loyihaning ballar vazni hisoblab chiqariladi va eng koʻp ball toʻplagan loyiha birinchi navbatda Dasturga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tabiiy ofat natijasida zarur koʻrgan obyektlar, davlat mudofaasi va xavfsizligi ahamiyatiga ega boʻlgan obyektlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida nazarda tutilgan loyihalarga ustuvorlik beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu mezonlarga Iqtisodiyot va moliya vazirligining manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda kiritilgan taklifiga asosan Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan oʻzgartirishlar (qoʻshimchalar) kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlangan mezonlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Dastur loyihasiga kiritish uchun investitsiya takliflarini taqdim etish shakllari namuna va maketlari bilan birgalikda tashabbuskorlarga yuborilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Dastur loyihasiga kiritish uchun investitsiya takliflarini taqdim etish shakllari namuna va maketlari tashabbuskorlarga yuborilgandan keyingi yil davomida mezonlarga oʻzgartirish kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Dasturga kiritish taklif etilayotgan infratuzilma
loyihasining pasporti

______________________________________________________

(loyiha nomi)

1. Asosiy qoidalar

Yoʻnalish nomi

Loyihaning qisqa nomlanishi

_________ viloyati _________ tumanidagi _________

Loyihaning boshlanish va tugash muddati

20..-20.. yillar

Tarmoq vazirligi (idora) nomi

Loyiha tadbirlarining asosiy va hamkor ijrochilari

Loyiha pasportini ishlab chiquvchi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

2. Loyiha mazmuni

Loyihaning maqsadi

Taʼlim jarayonini sifatli oʻtkazish uchun tegishli sharoitlar yaratish

Loyiha koʻrsatkichlari va ularning yillar boʻyicha qiymati

Soni

Mavjud quvvat

Loyihaviy quvvati

Davr, yil

20..

-

-

-

-

Loyiha natijasi

(ijtimoiy va (yoki) iqtisodiy samarasi)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

3. Bosqich va nazorat nuqtalari

T/r

Nomlanishi

Turi

(bosqichning yakunlanishi, nazorat nuqtasi)

Muddati

1.

Texnik topshiriqni ishlab chiqish

20.. yil ...oy

2.

Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish

20.. yil ...oy

3.

… …

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

4. Loyiha budjeti

Moliyalashtirish manbai

Amalga oshirish yili

Hammasi

20..

...

...

...*

Budjet manbasi, mln soʻm

Respublika budjeti

Mahalliy budjet

Boshqa manbalar

Budjetdan tashqari manbalar, mln soʻm

Jami

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

5. Asosiy xatarlar

T/r

Xatarlarning nomlanishi

Xatarlardan ogohlantiruvchi tadbirlar

(oqibatlarning tavsifi)

Xatar darajasi

(past, oʻrta, yuqori)

Xatarlarni boshqarish va kamaytirish choralari

1.

Loyiha hujjatlarini oʻz vaqtida ishlab chiqmaslik

2.

Loyihalarni amalga oshirishda moliyalashtirishning kechiktirilishi

3.

Iqlim oʻzgarishi va uning oqibatlari (sizot suvlarning koʻtarilishi, haroratning koʻtarilishi, yogʻingarchiliklar va boshqa talafotlar)

4.

…..

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

6. Loyiha tavsifi

Tarmoqlarni rivojlantirish strategiyalari va dasturlari, shuningdek, hududlarni rivojlantirish dasturlari bilan bogʻliqligi

Boshqa loyihalar va dasturlar bilan oʻzaro bogʻliqligi

Loyihani amalga oshirish uchun asos

Loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar (benefitsiar koʻrsatkichlari (soni, jinsi, ijtimoiy inklyuziyasi va boshqalar)

Qoʻshimcha maʼlumotlar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

7. Obyektning texnik holati va oxirgi ish bajarilish vaqti

Texnik holati

Foydalanishga topshirilgan vaqti

Oxirgi ish bajarilish vaqti

Yaroqsiz

(foydalanib boʻlmaydi)

Oʻrtachadan past

(rekonstruksiya qilish talab etiladi)

Oʻrta holatda

(kapital taʼmirlash talab etiladi)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

8. Obyektning foydalanishga topshirilishi natijasida unga koʻrsatiladigan texnik xizmat va saqlash xarajatining taxminiy hisob-kitobi

Obyektni saqlash xarajatlari nomi

Xarajatlar hisob-kitobi, mln soʻm

Jami

sh.j., yillar

20..y.

20..y.

20..y.

20..y.

20..y.

Texnik xizmat koʻrsatish

Saqlash xarajati

Jami

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

9. Investitsiya loyihalarining iqlim oʻzgarishiga taʼsirini baholash

Iqlim oʻzgarishiga taʼsiri

Izoh

Oqibatlarini yumshatish shartlari

Issiqxona gazi chiqindilari

Energiya isteʼmoli

Qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy qilish

Suv sarfi

Moslashish, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish va boshqa choralar

Umumiy baho:

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Loyiha pasporti har bir soha va tarmoqning xususiyati boʻyicha tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan alohida tartibda ishlab chiqiladi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik, idora rahbari F.I.O., lavozimi.
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-apreldagi 206-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjet tizimi budjetlari hisobidan kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom budjet tizimi budjetlarining kapital qoʻyilmalari hisobidan obyektlarni moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom talablari boshqa manbalardan moliyalashtiriladigan obyektlar uchun tavsiyaviy xususiyatga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi — obyektlar boʻyicha loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlarini tashkil etish vazifasi yuklatilgan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet tizimi budjetlari — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetkazib beruvchi (ishlab chiqaruvchi) — obyektni barpo etishda foydalaniladigan moddiy-texnik resurslarni, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarini), asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi va (yoki) yetkazib beruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish hujjatlari — alohida binolar (inshootlar) va ish turlari uchun tuziladigan ish chizmalarining kompleksi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha-qidiruv ishlarining manzilli roʻyxati — loyiha hujjatlarini (ishchi loyiha, ish hujjatlari, loyiha-smeta hujjatlari) ishlab chiqish muddatlarini, ishlar hajmini (quvvatini), umumiy va qoldiq qiymatlarini, obyekt uchun joriy moliya yilda ajratiladigan kapital qoʻyilmalar miqdorini, loyiha tashkilotlarining nomini oʻzida aks ettiruvchi moliyaviy hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha va pudrat tashkiloti — obyektlar boʻyicha loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash ishlarini bajarish uchun davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq tanlab olingan tashkilot;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy kabinet — loyiha tashabbuskorlari va buyurtmachilarga elektron platformada maʼlumotlarni kiritish, yuklash, saqlash, yuborish va tasdiqlash funksiyalarini amalga oshirish maqsadida biriktirilgan sahifa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron platforma — dasturlarning amalga oshirilishini monitoring qilish va manzilli roʻyxatlarni kelishishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilishlarning manzilli roʻyxati — ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda — dastur) doirasida har bir obyektda qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirish muddatini, ularning hajmi va quvvatini, umumiy va qoldiq qiymatlarini, joriy moliya yilida ajratiladigan kapital qoʻyilmalar miqdorini, foydalanishga topshiriladigan quvvatlarini, obyekt boʻyicha olingan ekspertiza xulosasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda pudrat tashkilotining nomini oʻzida aks ettiruvchi moliyaviy hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ID raqam — Dastur doirasida loyihani amalga oshirishdan boshlab uning foydalanishga topshirilgunga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan elektron platformada identifikatsiya qilish uchun bir loyihaga beriladigan maxsus raqam.
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qaroriga asosan sakkizinchi — oʻn birinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Shartnomalarni tuzish tartibi va shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Obyektni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (keyingi oʻrinlarda — qurilish) boʻyicha shartnoma davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga asosan aniqlanadigan loyiha tashkiloti, yetkazib beruvchi va (yoki) pudratchilar (keyingi oʻrinlarda — pudratchi) bilan qurilishning butun davriga tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda qurilish sohasidagi boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Obyektlarning qurilishiga shartnoma davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining va tuzilgan shartnomaning shartlariga muvofiq qurilish ishlarini bajarishga qodir boʻlgan pudratchi — yuridik shaxslar bilan tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarurat boʻlganda, qoʻshma faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq ish koʻruvchi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan yuridik shaxslarning birlashmasi qurilish shartnomasi boʻyicha bosh pudratchi boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Buyurtmachi va pudratchi, buyurtmachi va loyiha tashkiloti, pudratchi va subpudratchilar, asbob-uskunalar va qurilish materiallari (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi shartnomalar vositachi tashkilotlar va boshqa oraliq boʻgʻinlarning ishtirokisiz amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda pudratchilar tomonidan qurilish ishlariga subpudratchilarning jalb etilishi, shu jumladan ularni shartnomaga binoan bu ishlarni materiallar bilan taʼminlash majburiyati asosida jalb etilishi vositachilar ishtiroki deb baholanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar shartnomaga binoan qurilish ishlarini materiallar bilan taʼminlash majburiyati buyurtmachining zimmasida boʻlsa, ushbu materiallarga boʻlgan mulk huquqi buyurtmachining oʻzida saqlanib qolgan taqdirda, buyurtmachi tomonidan berilgan materiallar qiymati soliq bazasiga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Pudratchi bilan shartnoma, agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, tender (tanlov) hujjatlarida va davlat xaridlari tartib-taomillari natijasida aniqlangan narxlarda davlat xaridlarining tartib-taomillari yakunlangandan soʻng uch kun ichida tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tender (tanlov) hujjatlarining shartlariga muvofiq qurilish muddati bir kalendar yil doirasidan tashqariga chiqadigan obyektlar boʻyicha ikkinchi va keyingi yillar uchun qoldiq ishlar qiymati belgilangan tartibda aniqlashtiriladi. Qoldiq qiymatning aniqlashtirilishi shartnomaga qoʻshimcha kelishuvlar va bitim bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Shartnomaga ishlar hajmini koʻpaytirish yoki obyekt loyihasini oʻzgartirish bilan bogʻliq oʻzgartirishlar (qoʻshimchalar) kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma shartlarida belgilangan majburiyatlarni toʻliq bajarish uchun yildan-yilga oʻtuvchi hamda hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan obyektlar boʻyicha buyurtmachi va pudratchi oʻrtasida qoʻshimcha kelishuvlar tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Shartnomani bekor qilish vaqtida taraflar oʻrtasida kelib chiqadigan nizolar, shuningdek, yetkazilgan zararni qoplash qonunchilik hujjatlarida va (yoki) shartnomada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Subpudratchilar va yetkazib beruvchilar (ishlab chiqaruvchilar)ni tanlash buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomadagi majburiyatlar saqlanib qolish sharti bilan pudratchi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Obyektlar qurilishiga shartnoma tuzish va (yoki) shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq kafillik, kafolat va boshqalar bilan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Obyekt qurilishi shartnomasida aks ettiriladigan oʻzaro hisob-kitob shartlari qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Tomonlarning majburiyatlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Buyurtmachi tomonidan quyidagilar taʼminlanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasini tanlash va ajratish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish, birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlarni va qurilish hududini tayyorlash, loyihaoldi ishlarini tashkil etish, loyihaning ish hujjatlari (obyektni foydalanishga tayyor holda qurish hollaridan tashqari) va tanlov (tender) hujjatlarini tasdiqlash hamda ularni ekspertizadan oʻtkazish;
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq loyiha tashkiloti va pudratchini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudratchi bilan qurilish ishlarini bajarish grafigi va moliyalashtirish jadvallarini koʻrsatgan holda shartnoma tuzish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf-xatar toifasidan qatʼi nazar, barcha obyektlarning qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasidan roʻyxatdan oʻtkazish va nazoratga olinishini taʼminlash;
(14-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudratchiga qurish uchun birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlarni taqdim etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buziladigan, koʻchiriladigan yoki rekonstruksiya qilinadigan binolarda, shuningdek, obyekt qurilishi hududida yashayotgan shaxslarni, qishloq xoʻjaligi nobudgarchiliklari va daraxtlar hamda koʻp yillik butalarni koʻchirish ishlarini tashkil etish;
(14-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudratchilar bilan tuzilgan shartnomalarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda gʻaznachilik boʻlinmalarida roʻyxatdan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlardagi qurilish ishlarini moliyalashtirish, shartnoma boʻyicha pudratchiga yuklatilgan majburiyatlarga rioya etilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik kuzatish va obyekt qurilishi boʻyicha texnik nazoratni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilishi tugallangan obyektni belgilangan tartibda foydalanish uchun qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchi tashkilot tasarrufiga oʻtkazish uchun avizoni rasmiylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudrat shartnomasida belgilangan kafolat muddati yakuni bilan foydalanuvchi tashkilotning eʼtirozlari mavjud yoki mavjud emasligini bildiruvchi rasmiy xabarnomasini olish;
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qaroriga asosan oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi xatboshilari bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kafolat muddati davrda aniqlangan nuqsonlar bartaraf etilishini nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmachi qonunchilik hujjatlari va shartnoma shartlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Pudratchi tomonidan quyidagilar taʼminlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnologik qismni buyurtmachi bilan kelishgan holda ish hujjatlarini (obyekt foydalanishga tayyor holda qurilganda) ishlab chiqish va qurilish jarayonida uni ekspert tarzida kuzatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish hujjatlarini (obyekt foydalanishga tayyor holda qurilganda) texnologik izchillik va obyekt qurilishining aniq shartlari bilan bogʻlagan holda toʻliq hajm va belgilangan muddatlarda ishlab chiqarishga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan loyihada nazarda tutilgan qurilish ishlarini ishlarni bajarish grafigi, standartlar hamda qurilish normalari va qoidalariga rioya qilgan holda bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektni shartnoma shartlariga muvofiq asbob-uskuna, konstruksiya va qurilish materiallari bilan butlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish-montaj, maxsus va ishga tushirish-sozlash ishlarini loyiha yechimlari, qurilish normalari va qoidalariga rioya qilgan holda oʻz vaqtida hamda sifatli bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning ijro hujjatlarini, sertifikatlanishi shart boʻlgan mahsulotlar boʻyicha ularning muvofiqlik sertifikatlarini, foydalanilgan qurilish materiallari va asbob-uskunalarga texnik pasportlarni buyurtmachiga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektni tasdiqlangan loyihalar, shaharsozlik normalari va qoidalari hamda shartnoma shartlariga muvofiq buyurtmachiga topshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pudratchi qonunchilik hujjatlariga va shartnoma shartlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Buyurtmachi bilan pudratchi oʻrtasidagi vazifalar taqsimoti, shuningdek, ularning mulkiy javobgarligi qonunchilik hujjatlariga, shu jumladan, davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq har bir pudrat shartnomasini tuzishda aniqlashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qurilish ishlari tugallangan obyekt Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy nazorat qilish inspeksiyasi ruxsatnomasi asosida hamda belgilangan sifat standartlari hisobga olingan holda buyurtmachi tomonidan foydalanishga qabul qilinadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 09/25/665/0972-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Buyurtmachi qonunchilik hujjatlariga va shartnomaga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlarni bajarishga birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlarni taqdim etish muddatlarini kechiktirilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geodeziya — yer ajratish asoslari hamda qurilish hududiga biriktirilgan punktlar va belgilar berilishi kechiktirilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma shartlariga muvofiq ishlab chiqarishga va xizmat koʻrsatishga moʻljallangan qurilishi tugallangan obyekt, uning alohida navbatlari, ishga tushirish majmui hamda bino va inshootlarni qabul qilib olishni asossiz ravishda kechiktirilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyalashtirishni, shuningdek, bajarilgan ishlarni tasdiqlash va hisob-kitob qilishni belgilangan muddatlarda amalga oshirmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomada nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Pudratchi qonunchilik hujjatlariga va shartnomaga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish hujjatlari ishlab chiqilmaganligi yoki sifatsiz ishlab chiqilganligi (obyektni foydalanishga tayyor holda qurishda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlari sifatsiz bajarilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektda qurilish-montaj ishlari va (yoki) uning navbati va bosqichi belgilangan vaqtda tugallanmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha montaj ishlarini bajarayotgan montaj va boshqa ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga asbob-uskunalarni montaj qilishga moʻljallangan maydonlarni topshirish muddatlari buzilganligi (agar bu shartnoma va tanlov (tender) hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomaga koʻra alohida shartlarda berilgan yerlarni rekultivatsiya qilish boʻyicha belgilangan muddatlarning buzilganligi va (yoki) toʻliq hajmda amalga oshirilmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish jarayonida va (yoki) oraliq qabul qilish jarayonida buyurtmachi, mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi tashkilot va nazorat organlari tomonidan qurilish ishlari va konstruksiyalarda yoʻl qoʻyilgan va aniqlangan chala ishlar hamda nuqsonlarni bartaraf etishning kechikkanligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomada nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Pudratchi tomonidan qurilish ishlari shartnoma shartlarini buzgan holda yoki boshqa nuqsonlarga yoʻl qoʻygan holda bajarilganda buyurtmachi, agar qonunchilik hujjatlarida va shartnomada boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, pudratchidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nuqsonlar oqilona muddatda pudratchining mablagʻlari hisobidan bartaraf etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish qiymati ish uchun belgilangan narxga mutanosib miqdorda kamaytirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar shartnomada buyurtmachining nuqsonlarni bartaraf etish huquqi nazarda tutilgan boʻlsa, nuqsonlarni bartaraf etish bilan bogʻliq xarajatlar qoplashni talab qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Pudratchi nuqsonlarni bartaraf etish oʻrniga qurilish ishlarini oʻz hisobidan qaytadan bajarish huquqiga ega. Bunda pudratchi tomonidan qurilish ishlarining bajarish muddati kechiktirilishi tufayli yetkazilgan zararlarni buyurtmachiga qoplab berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Pudratchi tomonidan nuqsonlar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan hollarda, buyurtmachi yoki foydalanuvchi tashkilot nuqsonlarni oʻz mablagʻlari hisobidan va (yoki) oʻz kuchi bilan bartaraf etishi mumkin. Bunda nuqsonni bartaraf etish ishlarining qiymati va nuqson oʻz vaqtida bartaraf etilmaganligi natijasida koʻrilgan zarar pudratchidan undirib olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Bajarilgan qurilish ishlari (xizmatlari) va yetkazib berilgan tovarlar (materiallar) uchun belgilangan muddatlarda haq toʻlanmagan taqdirda, buyurtmachi pudratchiga qonunchilik hujjatlarida va shartnomada belgilangan tartibda hamda miqdorda neustoyka (jarima, penya) toʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Mazkur Nizomda koʻzda tutilgan neustoyka (jarima, penya) toʻlaganligidan qatʼi nazar, shartnoma majburiyatlarini buzgan taraf ikkinchi tarafga ana shu zarar oqibatida oʻzi yetkazgan zarar qismini ham qoplaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Muddatini oʻtkazib yuborish yoki shartnoma majburiyatlarini oʻzgacha tarzda lozim darajada bajarmaslik hollari uchun mazkur Nizomda belgilangan neustoykani (jarimani, penyani) toʻlash hamda shartnoma majburiyatlarini lozim darajada bajarmaslik oqibatida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash taraflarni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod etmaydi, qonunchilikda va shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Obyektlarni foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari asosida qurilishini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Obyektni foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari pudratchining loyihada nazarda tutilgan ishlarning butun hajmini, shu jumladan, maxsus va ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish, obyektni texnologiya va muhandislik asbob-uskunalari bilan butlash boʻyicha majburiyatlarni nazarda tutadi hamda tayyor qurilish mahsuloti yaratishning yagona uzluksiz kompleks jarayoni sifatida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Obyektni foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari asosida qurish budjet tizimi budjetlarining kapital qoʻyilmalari hisobidan moliyalashtiriladigan qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirishda majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlarda foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari tomonlarning kelishuvi boʻyicha yoki tanlov (tender) savdolarining shartlaridan kelib chiqib qoʻllanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Obyektni foydalanishga tayyor holda topshirish shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni bajarishga pudratchi tomonidan subpudrat tashkilotlari jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Obyektni foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun zarur boʻlgan xom ashyo, konstruksiyalar va buyumlar, asbob-uskunalar va texnikalar, texnologik va energetik asbob-uskunalar hamda maxsus materiallar bilan taʼminlash ishlari pudratchining majburiyati hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Pudratchi shartnomada belgilangan kafolat davrida obyektdan loyihada nazarda tutilgan parametrlarda foydalanilishi uchun buyurtmachi oldida mulkiy javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Pudratchi bilan uzil-kesil hisob-kitob qilish qurilish ishlari yakunlanib, obyekt foydalanishga topshirganidan keyin buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Obyektlar foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari asosida qurilayotganda, obyektda bajarilgan qurilish-montaj ishlarining qiymati obyekt foydalanishga topshirilgunga qadar pudratchining balansida boʻladi. Qurilishi tugallanmagan obyektlarni soliqqa tortish soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
331. Tegishli tartibda pudrat shartnomasi bekor qilingan obyektlarda qurilish-pudrat ishlarni yakunlash uchun buyurtmachi tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma bekor boʻlgan kundan eʼtiboran bir oy muddatda obyektning qoldiq ish hajmlari nazorat oʻlchovi orqali aniqlanadi va xatlov dalolatnomasi rasmiylashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning aniqlangan qoldiq ish hajmlari joriy narxlarda aniqlashtiriladi va davlat ekspertizasi xulosalari olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertiza xulosalariga muvofiq qoldiq ish hajmlari boʻyicha belgilangan tartibda eng yaxshi takliflarni tanlash (tender) amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektda amalga oshirilgan ishlardan hosil boʻlgan 5 foizlik kafolat toʻlovlari, bajarilgan ish hajmlari qiymatiga qarab pudrat tashkilotlari oʻrtasida taqsimlanadi va toʻlab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda qurilish-pudrat ishlarini yakunlash uchun amalga oshirilgan qoʻshimcha loyiha-qidiruv ishlari Vazirlar Mahkamasining “Markazlashtirilgan kapital quyilmalar hisobiga roʻyobga chiqarilayotgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda shartnomaviy joriy narxlarga oʻtish toʻgʻrisida” 2003-yil 11-iyundagi 261-son qaroriga muvofiq buyurtmachining boshqa xarajatlari hisobidan qoplanadi.
(331-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Obyektlar qurilishini moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonuni qabul qilinib, Dastur tasdiqlangandan keyin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan;
(34-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Iqtisodiyot va moliya boshqarmalari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan qurilish ishlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan kapital qoʻyilmalar hajmlari choraklar va sohalar kesimidagi taqsimoti toʻgʻrisidagi maʼlumotni oʻn kun ichida (agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa) buyurtmachilarga yetkaziladi.
(34-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
(34-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 09/25/665/0972-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar kapital qoʻyilmalar hisobidan obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun oʻzlariga ajratilgan mablagʻlar boʻyicha xarajatlar yoyilmasini (bazaviy smeta) shakllantiradilar va axborot tizimi (“UzASBO” DM) orqali tasdiqlash uchun kiritadilar;
(34-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-388-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachisi aniqlanmagan va taqsimlanmagan mablagʻlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi uchun ajratilgan mablagʻlar sifatida aks ettiriladi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda buyurtmachilarga qayta taqsimlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vegetatsiya davrida qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish imkoni boʻlmagan irrigatsiya tizimi obyektlari alohida tartib asosida moliyalashtiriladi;
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 665-sonli qaroriga asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 09/25/665/0972-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastur tasdiqlangandan keyin elektron platformada har bir obyekt boʻyicha ID raqam ochiladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Kapital qoʻyilmalar uchun ajratiladigan mablagʻlar hajmlari buyurtmachilarga yetkazilgandan keyin besh ish kuni ichida buyurtmachilarga Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochiladi va unga kapital qoʻyilmalar uchun ajratiladigan mablagʻlar hajmlari kiritiladi.
(35-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan budjet tizimi budjetlaridan ajratiladigan mablagʻlar doirasida budjet darajasi, sohalar va yoʻnalishlar boʻyicha belgilangan tartibda xarajatlar yoyilmasi tuziladi va ajratilgan mablagʻlar Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida buyurtmachilarga ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga kiritilishini taʼminlaydi.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan joriy yilda ajratilgan mablagʻlar elektron platformada obyektlar (ID raqamlar) boʻyicha rejalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda qayta taqsimlanadigan mablagʻlar sohalar kesimida aks ettiriladi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda buyurtmachilarga qayta taqsimlanadi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qaroriga asosan uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Dastur doirasida barpo etilayotgan obyektlar boʻyicha qurilishlarning va loyiha-qidiruv ishlarining manzilli roʻyxatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq tartibda elektron platformada amalga oshiriladi, davlat sirlari jumlasiga kiritiladigan obyektlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat sirlari jumlasiga kiritiladigan obyektlar boʻyicha qurilishlarning va loyiha-qidiruv ishlarining manzilli roʻyxatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlar bilan ishlash boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 504-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va loyiha-qidiruv ishlarining manzilli roʻyxatlari tasdiqlangandan soʻng moliya organlari tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida har bir obyekt boʻyicha alohida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasdiqlangan manzilli roʻyxatlarga asosan obyektlarning xarajatlar smetasi buyurtmachilar tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachilar tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimlari orqali har bir obyekt boʻyicha tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga xarajatlar smetasi va unga oʻzgartirish (qoʻshimcha)lar kiritiladi;
(37-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachilarga ochilgan gʻazna hisobvaragʻida (qayta taqsimlanadigan) nazarda tutilgan mablagʻlar manzilli roʻyxatlarga asosan tasdiqlangan har bir obyektning xarajatlar smetasidan kelib chiqib, buyurtmachilar tomonidan mustaqil ravishda qayta taqsimlanadi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Xarajatlar smetalarini tuzish, tasdiqlash, roʻyxatdan oʻtkazish va ularga oʻzgartirishlar (qoʻshimchalar) kiritish budjet qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Davlat tomonidan qoʻriqlanishi lozim boʻlgan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyatini, xavfsizligini taʼminlash va ichki tartibni saqlash tadbirlari doirasida barpo etiladigan obyektlarning qurilishi uchun ajratiladigan mablagʻlar obyektlar kesimida taqsimlanmagan holda shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari orqali bir satrda moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Moliyalashtirishni boshlash uchun buyurtmachi tomonidan manzilli roʻyxatlar tasdiqlangandan soʻng ikki ish kuni ichida maxsus axborot portali orqali gʻaznachilik boʻlinmalariga quyidagilar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda tasdiqlangan qurilishlarning va (yoki) loyiha-qidiruv ishlarining manzilli roʻyxatlari nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq pudratchini (loyiha tashkilotini) aniqlash boʻyicha xarid komissiyasi yigʻilishining bayoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi bilan pudratchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudrat tashkilotining qurilish tavakkalchiliklarini sugʻurtalash yuzasidan shartnomasi nusxasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining qurilish-montaj ishlarini bajarishga (qurilishning butun davri uchun berilgan) ruxsati nusxasi;
(40-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ekologiya ekspertizasi xulosasining nusxasi (zarur boʻlganda);
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar qonunchilik hujjatlarida tovarning (ishning, xizmatning) davlat xaridi toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida amalga oshirilgan boʻlsa, shartnoma va shartnoma boʻyicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasining tegishli xulosasi (qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno).
(40-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Buyurtmachi va pudrat tashkiloti oʻrtasida obyektni qurish, rekonstruksiya qilish yoki mukammal taʼmirlash yuzasidan tuzilgan shartnomada va unga ilova qilinadigan mablagʻ bilan taʼminlash jadvalida quyidagilar hisobga olinishi zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qurilishi tayyor holda foydalanishga topshirish shartlari asosida quriladigan obyektlar boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilishning dastlabki ikki oyi mobaynida avans toʻlovlari qurilishning prognoz qilinayotgan yili uchun tanlov savdolari natijalari boʻyicha belgilangan ishlar qiymatining 30 foizigacha miqdorda ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajratilgan avansning moliya yili mobaynida mutanosib ravishda ushlab qolinishini hisobga olgan holda, bajarilgan ishlar qiymatining 95 foizi miqdorida har oyda joriy moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan kafolatli muddat oʻtgandan keyin amalga oshiriladigan obyekt qiymatining 5 foizi toʻlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar davlat xaridlari natijalariga koʻra qurilish muddati uch oydan kam boʻlsa, obyektlarga birinchi oyda obyekt qiymatining 30 foizi miqdorida avans toʻlovlari ajratiladi, keyingi toʻlovlar belgilangan tartibda moliyalashtiriladi.
(41-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 665-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 09/25/665/0972-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) obyektlarni jihozlash (texnologik uskunalar bundan mustasno) boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jihozlash ishlarining dastlabki oyi mobaynida avans toʻlovlari jihozlash ishlarining tender (tanlov) savdolari natijalari boʻyicha belgilangan ishlar qiymatining 15 foizi miqdorida ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avansning mutanosib ravishda ushlab qolinishini hisobga olgan holda, yetkazib berilgan jihozlarning 100 foizi miqdorida joriy moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha ishlarining dastlabki oyi mobaynida avans toʻlovlari loyiha ishlarining tender (tanlov) savdolari natijalari boʻyicha belgilangan ishlar qiymatining 15 foizi miqdorida ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablagʻlar, shartnomalarda koʻrsatilgan shartlarda bajarilgan ishlar qiymatidan kelib chiqib, ajratilgan avansni ushlab qolgan holda joriy moliyalashtirilishi nazarda tutiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
411. Bajarilgan qurilish-montaj va loyiha ishlari hamda yetkazib berilgan jihozlar uchun toʻlovlarga elektron hisobvaraq-faktura asoslovchi hujjat hisoblanadi, davlat sirlari jumlasiga kiritiladigan obyektlar bundan mustasno.
(411-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 504-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
412. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining tegishli hujjatlariga asosan loyihalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish bilan ayni bir vaqtda qurish (obyektlarni parallel loyihalashtirgan holda qurish) muddati tugagandan soʻng va loyiha-smeta hujjatlari tasdiqlangunga qadar obyektlarni parallel loyihalashtirgan holda qurish muddati davomida elektron hisobvaraq-faktura orqali rasmiylashtirilgan bajarilgan qurilish-montaj ishlari moliyalashtirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda davlat sirlari jumlasiga kiritiladigan obyektlar boʻyicha manzilli roʻyxatlar davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlar bilan ishlash boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(412-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 504-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
413. Loyihalashtirish ishlari ikki bosqichli (texnik-iqtisodiy asoslar yoki texnik-iqtisodiy hisob-kitob (TIA/TIHK) va ishchi hujjat) boʻlgan obyektlar boʻyicha qurilish-montaj ishlarini bajarish va moliyalashtirish tasdiqlangan ishchi hujjat asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ishchi hujjat belgilangan tartibda davlat ekspertizasi xulosasi asosida tasdiqlanadi.
(411 — 413-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Tanlov natijalari boʻyicha shartnomada belgilangan narxga nisbatan sifati va hajmiga taʼsir qilmagan holda tejalgan mablagʻlar pudrat tashkiloti tasarrufida qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Obyektlarini moliyalashtirish qatʼiy ravishda budjet tizimi budjetlaridan har bir obyekt uchun ajratilgan kapital qoʻyilmalarning limitlari doirasida amalga oshiriladi hamda mablagʻlarni qurilishlarning va loyiha-qidiruv ishlarining manzilli roʻyxatlarida nazarda tutilmagan boshqa maqsadlar uchun sarflash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Joriy moliyalashtirish buyurtmachilar tomonidan tasdiqlangan hisobvaraq-fakturalar va toʻlov topshiriqnomalariga asosan ular gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etilgandan soʻng uch ish kun ichida, biroq qonunchilik hujjatlarida ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar birinchi navbatda moliyalashtirilishini inobatga olingan holda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Buyurtmachining saqlash bilan bogʻliq xarajatlari obyektning qurilish qiymatiga kiritiladi va Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida har bir obyekt boʻyicha alohida ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi orqali budjet tasnifining alohida xarajatlar moddasida bitta satrda nazarda tutiladi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Buyurtmachilarni saqlash bilan bogʻliq xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali belgilangan tartibda moliya organlarida roʻyxatga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
461. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Dastur doirasida kreditor qarzdorliklarni qoplash uchun sohalar kesimida ajratilgan mablagʻlarni avvalgi yillarda qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan obyektlarning 5 foizlik kafolat summasini buyurtmachilarning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq tasdiqlangan manzilli roʻyxatlar asosida moliyalashtirish choralarini koʻradi.
(461-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Budjet tizimi budjetlarining kapital qoʻyilmalari hisobidan obyektlarni moliyalashtirish mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
471. Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan hamda har yili iqtisodiyot va moliya organlarida roʻyxatga olingan saqlash xarajatlari smetalarida koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida bino va inshootlarni kapital taʼmirlashni moliyalashtirish va manzilli roʻyxatlarini shakllantirish mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq tartibda amalga oshiriladi.
(471-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Buyurtmachilar tomonidan budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar uchun davriy moliyaviy hisobotlarni tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish toʻgʻrisidagi tartibiga muvofiq hisobotlar taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda budjet tizimi budjetlari boʻyicha buyurtmachilar tomonidan tegishli hisobotlar taqdim etilmaganda, buyurtmachi rahbariyatini yozma xabardor qilgan holda iqtisodiyot va moliya organlari tegishli hisobotlar talab darajasida taqdim etilgunga qadar budjet mablagʻlari hisobidan xarajatlarni moliyalashtirishni (toʻlashni) cheklab qoʻyishga haqli.
(48-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjet tizimi budjetlari hisobidan kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida qurilishlarning va loyiha-qidiruv ishlarining manzilli roʻyxatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARTIBI

1. Ushbu Tartib ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda — dastur) doirasida qurilishlarning va loyiha-qidiruv ishlarining manzilli roʻyxatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Tartib talablari vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha manzilli roʻyxatlarni ishlab chiqish va tasdiqlashga ham tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari obyektlarni loyihalashtirish va qurish-taʼmirlash ishlari boʻyicha bir vaqtning oʻzida ham tashabbuskor, ham buyurtmachi boʻlishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tashabbuskorlar, buyurtmachilar, shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi oʻzlarining soliq organlari tomonidan berilgan elektron raqamli imzolaridan (keyingi oʻrinlarda — ERI) foydalangan holda “Kapital qoʻyilmalar” avtomatlashtirilgan elektron axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — elektron platforma) roʻyxatdan oʻtishi talab etiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Dastur doirasida qurilishlarning va keyingi yillar uchun loyiha-qidiruv ishlarining manzilli roʻyxatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi bosqichda — pudrat (loyiha) tashkilotlarini aniqlash boʻyicha tanlov (tender) savdolari oʻtkazishdan oldin qurilishlarning va loyiha-qidiruv ishlarining dastlabki manzilli roʻyxatlari (keyingi oʻrinlarda — dastlabki manzilli roʻyxatlar) ishlab chiqilib, tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi bosqichda — pudrat (loyiha) tashkilotlari aniqlangandan keyin qurilishlarning va loyiha-qidiruv ishlarining manzilli roʻyxatlari (keyingi oʻrinlarda — manzilli roʻyxatlar) ishlab chiqilib, tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Manzilli (dastlabki manzilli) roʻyxatlar buyurtmachilar tomonidan har bir obyektlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni aks ettiradigan, mazkur Tartibga 1- va 2-ilovalarga muvofiq shakllarda elektron platforma orqali Iqtisodiyot va moliya vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) taqdim etiladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda davlat sirlari jumlasiga kiritiladigan obyektlar boʻyicha manzilli roʻyxatlar davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlar bilan ishlash boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda kiritiladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 504-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Dastlabki manzilli roʻyxatlarni ishlab chiqish, koʻrib chiqish va tasdiqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonuni va Dastur qabul qilingandan soʻng buyurtmachilar tomonidan uch ish kuni ichida dastlabki manzilli roʻyxatlarni ishlab chiqib, kelishish uchun vakolatli organlarga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Dastlabki manzilli roʻyxatlarda qurilish-montaj ishlarining hamda buyurtmachining boshqa xarajatlari (loyiha qidiruv ishlari) uchun talab etiladigan mablagʻlarning prognoz qiymatlari koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Prognoz qiymatlar buyurtmachilar tomonidan asoslangan hisob-kitoblarga koʻra ishlab chiqiladi va tasdiqlangan xarajatlar smetasini iqtisodiyot va moliya organlariga taqdim etadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Yangidan boshlanadigan loyihalar boʻyicha dastlabki manzilli roʻyxatlar quyidagilardan kelib chiqqan holda ishlab chiqiladi va elektron platformaga yuklanadi:
(9-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kapital qoʻyilmalar uchun ajratilgan mablagʻlarning hajmi va moliyalashtirish manbalarining belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha obyektning loyihaviy quvvati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha davlat ekspertizasi xulosasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasi xulosasi;
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaviy hujjatlarni ishlab chiqish bilan bir vaqtda qurilish ishlarini bajarishga ruxsat beruvchi hujjat (mavjud boʻlgan hollarda).
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Manzilli roʻyxatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etilgan hujjatlarning (maʼlumotlarning) elektron platformaga yuklanishiga hamda toʻgʻriligi va haqqoniyligi uchun buyurtmachi javobgar boʻladi.
(9-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda davlat sirlari jumlasiga kiritiladigan obyektlar boʻyicha manzilli roʻyxatlar davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlar bilan ishlash boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(9-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 504-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Buyurtmachilar ishlab chiqilgan dastlabki manzilli roʻyxatlarni kelishish uchun talab etilayotgan mablagʻlar boʻyicha asoslovchi hisob-kitoblarni ilova qilgan holda elektron platforma orqali vakolatli organga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Dastur doirasida mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan loyihalarning (obyektlarning) manzilli roʻyxatlari tegishli hududiy iqtisodiyot va moliya boshqarmalari bilan kelishiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi dastlabki manzilli roʻyxatlarni va ularga ilova qilingan hujjatlarni ikki ish kuni ichida koʻrib chiqadi va kelishadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari yoki ular tomonidan vakolat berilgan masʼul rahbarlar dastlabki manzilli roʻyxatlarni ikki ish kuni ichida koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Dastlabki manzilli roʻyxatlar tasdiqlangandan soʻng buyurtmachilar tomonidan ikki ish kuni ichida xarajatlar smetasi belgilangan tartibda iqtisodiyot va moliya organlariga taqdim etiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Iqtisodiyot va moliya organlari xarajatlar smetasiga asosan ikki ish kuni ichida obyektlar uchun ajratilgan kapital qoʻyilmalar limitlarini har bir obyekt uchun ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga kiritadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Manzilli roʻyxatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Buyurtmachilar tomonidan pudratchi (loyiha tashkiloti) bilan shartnoma tuzilgandan keyin uch ish kuni ichida manzilli roʻyxatlar ishlab chiqiladi va kelishish uchun mazkur Tartibning 5-bandida belgilangan tartibda vakolatli organlarga kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Manzilli roʻyxatlar quyidagilardan kelib chiqib ishlab chiqiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kapital qoʻyilmalar uchun ajratilgan mablagʻlarning hajmi va moliyalashtirish manbalarining belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha obyektning loyihaviy quvvati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha davlat ekspertizasi xulosasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasi xulosasi;
(16-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq pudrat (loyiha tashkilotini) aniqlash boʻyicha (yildan yilga oʻtuvchi obyektlarni foydalanishga topshirish muddatlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha) xarid komissiyasi yigʻilishining bayoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudrat va (yoki) loyiha tashkiloti bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzilishiga asos boʻlgan hujjat (mavjud boʻlgan hollarda);
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar qonunchilik hujjatlarida tovarning (ishning, xizmatning) davlat xaridi toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida amalga oshirilgan boʻlsa, shartnoma va shartnoma boʻyicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasining tegishli xulosasi (qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno);
(16-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaviy hujjatlarni ishlab chiqish bilan bir vaqtda qurilish ishlarini bajarishga ruxsat beruvchi hujjat (mavjud boʻlgan hollarda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan obyektlar boʻyicha belgilangan tartibda tasdiqlangan tegishli Hukumat qarori (farmoyishi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yildan yilga oʻtuvchi obyektlar boʻyicha belgilangan tartibda amalga oshiriladigan qayta hisob-kitob maʼlumotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudrat va loyiha tashkiloti bilan oʻzaro hisob-kitob dalolatnomalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudrat va (yoki) loyiha tashkiloti bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzilgan obyektlarda loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlarining buyurtmachilar tomonidan hisoblangan dastlabki qiymati.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Manzilli roʻyxatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etilgan hujjatlarning (maʼlumotlar va talab etilayotgan mablagʻlar boʻyicha asoslovchi hisob-kitoblarning) toʻgʻriligi va haqqoniyligi uchun buyurtmachi javobgar boʻladi.
(16-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Manzilli roʻyxatlar vakolatli organ bilan kelishish uchun talab etilayotgan mablagʻlar boʻyicha asoslovchi hisob-kitoblarni ilova qilgan holda elektron platforma orqali taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Dastur doirasida mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan loyihalarning (obyektlarning) manzilli roʻyxatlari tegishli hududiy iqtisodiyot va moliya boshqarmalari bilan kelishiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Manzilli roʻyxatlarni vakolatli organlar tomonidan koʻrib chiqish va kelishish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Iqtisodiyot va moliya vazirligi manzilli roʻyxatlarni va ularga ilova qilingan hujjatlarni, uch ish kuni ichida quyidagilarni koʻrib chiqadi va kelishadi:
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manzilli roʻyxatlarning dasturda koʻzda tutilgan mablagʻlar hajmiga mosligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyalashtirish jadvallarining joriy yil uchun ajratilgan kapital quyilmalar hajmlariga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning loyiha smeta-hujjatlari boʻyicha davlat ekspertizasi xulosasining mavjudligi va manzilli roʻyxatlarga kiritilgan pudratchilarning (loyiha tashkilotlari) davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlangan pudratchining (loyiha tashkilotining) muvofiqligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manzilli roʻyxatlarning Dasturning yangi ishga tushiriladigan quvvatlar, kapital qoʻyilmalar va asosiy fondlarni oshirish boʻyicha parametrlariga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yildan yilga oʻtuvchi obyektlar boʻyicha ishlarning qoldiq qiymati va xarajatlari toʻgʻrisida taqdim etilgan maʼlumotlar asosliligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manzilli roʻyxatlarda qurilish-montaj ishlari hajmi, jihozlar (mebel, jihozlar) va buyurtmachining saqlash xarajatlari uchun prognoz qilingan mablagʻlar miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻgʻri aks ettirilishi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qaroriga asosan beshinchi — yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Manzilli roʻyxatlar kelishilgandan soʻng tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari yoki ular tomonidan vakolat berilgan masʼul rahbarlar tomonidan ikki ish kuni ichida koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Vakolatli organlar tomonidan manzilli roʻyxatlarda kamchiliklar aniqlangan taqdirda uch ish kuni ichida manzilli roʻyxatlar kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish usullari koʻrsatilgan xabarnoma bilan birgalikda elektron platforma orqali buyurtmachilarga qaytariladi.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda davlat sirlari jumlasiga kiritiladigan obyektlar boʻyicha manzilli roʻyxatlar davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlar bilan ishlash boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qaytariladi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 504-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Buyurtmachilar tomonidan elektron platformada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda kiritilgan manzilli roʻyxatlar vakolatli organlar tomonidan uch ish kuni ichida koʻrib chiqiladi va kelishiladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Vakolatli organ elektron platformada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan kiritilgan manzilli roʻyxatlarni kelishmasdan qaytarishga haqli. Bunda kamchiliklarni elektron platformada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi, qoʻshimcha ravishda taqdim etilgan materiallar bilan bogʻliq kamchiliklar bundan mustasno.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Manzilli roʻyxatlar Iqtisodiyot va moliya vaziri yoki ular tomonidan vakolat berilgan masʼul shaxslar tomonidan imzolanadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Moliyalashtirishni boshlash uchun buyurtmachilar ikki ish kuni ichida zarur hujjatlarni, shu jumladan, tasdiqlangan manzilli roʻyxatlarni tegishli gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etadilar.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Gʻaznachilikning tegishli boʻlinmalari amaldagi qonunchilik hujjatlariga asosan buyurtmachilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga muvofiq yuridik va moliyaviy majburiyatlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Manzilli roʻyxatlarga quyidagi hollarda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda buyurtmachilarga qoʻshimcha kapital qoʻyilmalar ajratilganda yoki ularga ajratilgan kapital qoʻyilmalar hajmi kamaytirilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning qiymati oʻzgarganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manzilli roʻyxatlarni shakllantirish uchun asos hisoblangan va mazkur Tartibning 16-bandida keltirilgan hujjatlarga (talablar, meʼyorlar) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Tasdiqlangan manzilli roʻyxatlar elektron tizimda avtomatik tarzda unifikatsiya qilinadigan raqam bilan roʻyxatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Mazkur Tartib talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida qurilishlarning va loyiha-qidiruv ishlarining manzilli roʻyxatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibiga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“TASDIQLAYMAN”

vazirlik va idora rahbari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari yoki ular tomonidan vakolat berilgan masʼul shaxslar

_____________________________

(F.I.O.)

202___ yil “___” _________

202__ yilda budjet tizimi budjetlari hisobidan _________________________ obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlarining

MANZILLI ROʻYXATI

(Asos: ______________________________________________)

(mln soʻm, joriy narxda)

Obyektlar nomi va manzili

Qurilish boshlanish va foydalanishga topshirish yili

Loyiha quvvati

Obyektning umumiy qiymati (shartnoma asosida) jumladan, buyurtmachi boshqa xarajatlari

01.01.202__ y. holatiga obyekt qoldiq qiymati jumladan, buyurtmachi boshqa xarajatlari

01.01.202__ y., holatiga yildan yilga oʻtuvchi obyektning (qayta hisoblash bilan) qoldiq qiymati jumladan, buyurtmachi boshqa xarajatlari

01.01.202_ y., holatiga obyektning moliyalashtirish qoldigʻi jumladan, buyurtmachi boshqa xarajatlari

202__ yil uchun kapital qoʻyilmalar limiti

202__ yilda foydalanishga topshiriladigan

01.01.202__ y., holatiga yildan yilga oʻtuvchi obyektning (qayta hisoblash bilan) qoldiq qiymati jumladan, buyurtmachi boshqa xarajatlari

01.01.202__ y., holatiga yildan yilga oʻtuvchi obyektning moliyalashtirish qoldigʻi jumladan, buyurtmachi boshqa xarajatlari

Ekspertiza xulosasi raqami va sanasi

Tender (tanlov)lar natijasiga boʻyicha bayonnoma raqami va sanasi

Qurilish pudrat tashkilot nomi

Jami kapital qoʻyilmalar

shu jumladan

Muddat / quvvat

Asosiy fond summasi

Qurilish — montaj ishlari

Jihoz

Buyurtmachi boshqa xarajatlari

Jami

jumladan, saqlash xarajatlari

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

Jami kapital qoʻyilmalar,

jumladan

Avvalgi yillardan oʻtuvchi

Yangi qurilish

1.

2.

Rekonstruksiya, modernizatsiya

1.

2.

Yangidan boshlanuvchi

Yangi qurilish

1.

2.

Rekonstruksiya, modernizatsiya

1.

2.

Boshqalar

“Kiritildi”
Buyurtmachi xizmati rahbari

_____________________________
(F.I.O.)
202__ yil “___” _________
(imzo, muhr)

“Kelishildi”
Oʻzbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi
_____________________________
(F.I.O.)
202__ yil “___” _________

“Kelishildi”
Oʻzbekiston Respublikasi
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni
qisqartirish vazirligi
_____________________________
(F.I.O.)
202__ yil “___” _________

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida qurilishlarning va loyiha-qidiruv ishlarining manzilli roʻyxatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibiga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“TASDIQLAYMAN”

Vazirlik va idora rahbari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar
Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari yoki ular tomonidan vakolat berilgan masʼul shaxslar

_____________________________
(F.I.O.)
202___ yil “___” _________

202__ yilda budjet tizimi budjetlari hisobidan _________________________ obyektlari boʻyicha amalga oshiriladigan
loyiha-qidiruv ishlarining
MANZILLI ROʻYXATI

(Asos: __________________________________________________________________________)

(mln soʻm, joriy narxda)

T/r

Obyektlar nomi va manzili

Loyiha quvvati xos birlikda

Qurilish boshlanish va foydalanishga topshirish yili

Obyekt qurilishining hisobiy (dastlabki) umumiy qiymati

Loyiha bosqichi DTIA, DTIX, TIA, TIX, L, IH, IL, TH

Obyektning loyiha-qidiruv ishlari qiymati

Loyiha boshidan 01.01.202___ yil holatiga bajarilgan loyiha-qidiruv ishlari

01.01.202___ yil holatiga loyiha-qidiruv ishlari qoldiq qiymati

202___ yil uchun kapital qoʻyilmalar limiti

Loyiha-smeta hujjatlarini buyurtmachiga topshirish muddati
(oy, yil)

Tender (tanlov)lar natijasiga boʻyicha bayonnoma raqami va sanasi

Loyihachi tashkilot nomi

x

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

Jami loyiha-qidiruv ishlari,
jumladan

“Kiritildi”
Buyurtmachi xizmati rahbari

_____________________________
(F.I.O.)
202__ yil “___” _________
(imzo, muhr)

“Kelishildi”
Oʻzbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi
_____________________________
(F.I.O.)
202___ yil “___” _________

“Kelishildi”
Oʻzbekiston Respublikasi
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni
qisqartirish vazirligi
_____________________________
(F.I.O.)
202___ yil “___” _________

Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjet tizimi budjetlari hisobidan kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kapital qoʻyilmalar koʻrinishidagi budjet tizimi budjetlari hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Ijrochilar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

I bosqich

Iqtisodiyot va moliya organlari

Kapital qoʻyilmalar uchun ajratiladigan mablagʻlar hajmlari buyurtmachilarga yetkazilgandan keyin Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida buyurtmachilar uchun ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga va elektron platformada ID raqamlariga kapital qoʻyilmalar uchun ajratiladigan mablagʻlar hajmlarini kiritish.

5 ish kuni ichida

II bosqich

Buyurtmachilar

“Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonun va Dastur qabul qilingandan soʻng Dastlabki manzilli roʻyxatlarni ishlab chiqib, kelishish uchun vakolatli organlarga kiritish.

3 ish kuni ichida

III bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Dastlabki manzilli roʻyxatlarni koʻrib chiqish va kelishish.

2 ish kuni ichida

IV bosqich

Tegishli vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Dastlabki manzilli roʻyxatlarni koʻrib chiqish va tasdiqlash.

2 ish kuni ichida

V bosqich

Buyurtmachilar

Tasdiqlangan dastlabki manzilli roʻyxatlarni va zarur hujjatlarni ilova qilgan holda ikki ish kuni ichida moliya organlariga taqdim etish.

2 ish kuni ichida

VI bosqich

Iqtisodiyot va moliya organlari

Obyektlar uchun ajratilgan kapital qoʻyilmalar limitlarini har bir obyekt uchun ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga kiritish.

2 ish kun ichida

VII bosqich

Buyurtmachilar

Pudratchi (loyiha tashkiloti) bilan shartnoma tuzilgandan keyin manzilli roʻyxatlarni ishlab chiqib, kelishish uchun vakolatli organlarga kiritish.

3 ish kun ichida

VIII bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Manzilli roʻyxatlarni koʻrib chiqish va kelishish.

3 ish kuni ichida

IX bosqich

Tegishli vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Manzilli roʻyxatlarni koʻrib chiqish va tasdiqlash.

3 ish kuni ichida

X bosqich

Buyurtmachilar

Moliyalashtirishni boshlash uchun buyurtmachilar zarur hujjatlarni, shu jumladan, vakolatli organlar bilan kelishilgan manzilli roʻyxatlarni, tegishli gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etish.

2 ish kun ichida

XI bosqich

Gʻaznachilik organlari

Buyurtmachilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga muvofiq yuridik va moliyaviy majburiyatlarni amalga oshirish.

Qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjet tizimi budjetlari hisobidan kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan hamda har yili iqtisodiyot va moliya organlarida roʻyxatga olingan saqlash xarajatlari smetalarida koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida bino va inshootlarni kapital taʼmirlashni moliyalashtirish va manzilli roʻyxatlarni shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Tartib Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan binolar va inshootlarni kapital taʼmirlashni moliyalashtirish va manzilli roʻyxatlarni shakllantirish tartib-taomillarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan bino va inshootlarni kapital taʼmirlashning manzilli roʻyxatlari har yili iqtisodiyot va moliya organlarida mazkur Tartibga ilovaga muvofiq shaklda roʻyxatga olingan saqlash xarajatlari smetalarida koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida buyurtmachilar tomonidan shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Budjet tashkilotini saqlash xarajatlar smetasida koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida tuzilgan binolar va inshootlarni kapital taʼmirlashning manzilli roʻyxatlarida quyidagilar hisobga olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtgan yilgi bino va inshootlarini kapital taʼmirlashning manzilli roʻyxatlarida koʻzda tutilgan bajarilgan ishlar va xizmatlar, obyektlar boʻyicha yetkazib berilgan qurilish materiallari va jihozlar uchun kreditorlik qarzdorligini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtgan yilgi aniq roʻyxatlarda hisobga olingan kapital taʼmirlash obyektlarining tugallanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik pasportlari va belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga olingan davlat ekspertizasi xulosasi hamda xarid qilish tartib-taomillari natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kamchiliklar dalolatnomalariga asosan kapital taʼmirlanishi zarur boʻlgan obyektlarning loyiha hujjatlarini, jumladan, resurs smetasini ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kapital taʼmirlashning manzilli roʻyxatlarini shakllantirish jarayonida budjet mablagʻlariga boʻlgan ehtiyoj ishlab berilmagan boʻnaklar boʻyicha debitorlik qarzini va yakunlangan yilda buyurtmachi xarid qilgan moddiy-texnik resurslar qiymatini chegirgan holda aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Obyektlarni kapital taʼmirlash manzilli roʻyxatlarga kiritishning majburiy shartlari boʻlib, belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha hujjatlari, jumladan, resurs smetasi yoki ishlar va mablagʻ bilan taʼminlash manbalarining roʻyxati mavjudligi, shuningdek, obyektlarning kapital taʼmirlanishini asosan hisobot yili davomida amalga oshirish hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiradigan binolar va inshootlarni kapital taʼmirlashning shakllantirilgan manzilli roʻyxatlari quyidagicha kelishilgan holda budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan tasdiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtirishda — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlaridan moliyalashtirishda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari bilan kelishib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) tuman va shaharlar mahalliy budjetlaridan moliyalashtirishda — tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya boʻlimlari bilan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bino va inshootlarni kapital taʼmirlashning tasdiqlangan va kelishilgan manzilli roʻyxatlarini budjet tashkilotlari va budjetdan mablagʻ oluvchilar tegishli tuman (shahar) Gʻaznachilik xizmati boʻlimlari va xizmat koʻrsatuvchi banklarga taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Obyektlar boʻyicha pudrat va loyiha tashkiloti hamda kapital taʼmirlash ishlarining shartnomaviy qiymati qurilish sohasida belgilangan tartibda xarid qilish tartib-taomillari natijalariga koʻra aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xarid qilish tartib-taomillari boʻyicha aniqlangan kapital taʼmirlashning shartnoma qiymati, agar ish bir kalendar yildan ortiq amalga oshirilgan boʻlsa va bu ishlarni bajarish hamda ularni moliyalashtirish bilan bogʻliq boʻlmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirdagina, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta hisoblab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Kapital taʼmirlashning manzilli roʻyxatlariga yil davomida qoʻshimcha obyektlar kiritilishga avariyali vaziyatlarda, shuningdek, moliyalashtirish manbalari tasdiqlanganda yoʻl qoʻyiladi. Bino va inshootlarni kapital taʼmirlashning qoʻshimcha manbalari mavjud boʻlmaganida, qoʻshimcha obyektni inobatga olgan holda, ushbu maqsadlar uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida aniqlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bino va inshootlarni kapital taʼmirlashning aniqlashtirilgan aniq roʻyxatlari budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan moliyalashtiruvchi organ bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Har chorakda budjet tashkilotlari bino va inshootlarni kapital taʼmirlashning manzilli roʻyxatlari kelishilgan tegishli iqtisodiyot va moliya organlariga bino va inshootlarni kapital taʼmirlash mablagʻlarining shartnomaviy narxlarda oʻzlashtirilishi, shuningdek, ushbu manzilli roʻyxatlarga muvofiq obyektlar kesimida moliyalashtirish toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Bino va inshootlarni kapital taʼmirlash Davlat budjeti xarajatlarini iqtisodiy tasniflashning 4-guruhi xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlashning umumiy summasi doirasida qatʼiy moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur Tartib talablariga rioya etmaganlik uchun masʼuliyat budjet tashkilotlarining birinchi rahbarlari — obyektlarni balansda saqlovchilari zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan bino va inshootlarni kapital taʼmirlashni moliyalashtirish va manzilli roʻyxatlarini shakllantirish tartibiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“TASDIQLAYMAN”

“KELISHILDI”

vazirlik va idora (hududiy boʻlinma) rahbari,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

yoki ular tomonidan vakolat berilgan masʼul shaxslar

__________________

20___ yil, “___” ___________

imzo. muhr

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri

oʻrinbosari (hududiy boʻlinma rahbari)

__________________

20___ yil, “___” ___________

Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan bino va inshootlarni kapital taʼmirlash boʻyicha

MANZILLI ROʻYXATI

Obyekt nomi va manzili

Taʼmirlash boshlanishini va foydalanishga topshirish yili

Loyiha quvvati

Obyektning umumiy

qiymati

(shartnoma asosida, shu jumladan buyurtmachi boshqa xarajatlari)

01.01.20___ y.

holatiga obyekt

 qoldiq  qiymati, shu jumladan, buyurtmachi boshqa xarajatlari

01.01.20___ y.
holatiga yildan yilga oʻtuvchi obyektning qayta hisoblash bilan qoldiq qiymati  jumladan, buyurtmachi boshqa xarajatlari

01.01.20___ y.
holatiga  yildan yilga oʻtuvchi obyektning moliyalashtirish qoldigʻi 

20___ yil uchun ajratilgan mablagʻlar limiti

20___ yilda foydalanishga topshiriladigan

01.01.20___ y. holatiga yildan yilga oʻtuvchi obyektning (qayta hisoblash bilan) qoldiq qiymati, shu jumladan buyurtmachi xarajatlari

Ekspertiza xulosasi raqami va sanasi

Tender (tanlov) natijasiga koʻra bayonnoma raqami va sanasi

Qurilish pudrat tashkilot nomi

Jami

shu jumladan:

Qurilish montaj ishlari

Jihoz

Buyurtmachi boshqa xarajatlari

Muddat quvvat

Asosiy fond

Jami

Jumladan . saqlash xarajatlari

Kiritildi

Buyurtmachi xizmati rahbari

__________________

20___ yil, “___” ___________

imzo. muhr

Kelishildi

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

departament (boshqarma) boshligʻi

(hududiy boʻlinma tuzilmasi boshligʻi)

__________________

20___ yil, “___” ___________

Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-apreldagi 206-son qaroriga
21-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjet tizimi budjetlari hisobidan qurilish va rekonstruksiya ishlari sugʻorish mavsumi boʻlmagan davrda bajariladigan irrigatsiya tizimi obyektlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom vegetatsiya davrida qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish imkoni boʻlmagan irrigatsiya tizimi obyektlarini tanlab olish, ularning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq sugʻorish mavsumi boʻlmagan davrda bajariladigan qurilish-montaj ishlarini moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom vegetatsiya davrida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish imkoni boʻlgan irrigatsiya tizimi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi — irrigatsiya tizimi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni taʼminlovchi, shuningdek, shu maqsadlarda loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun tegishli tashkilotlar bilan shartnomalar tuzuvchi yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vegetatsiya davri — 1-apreldan 30-sentabrgacha boʻlgan davr;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
irrigatsiya obyektlari — vegetatsiya davrida qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish imkoni boʻlmagan irrigatsiya tizimi obyektlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻorish mavsumi boʻlmagan davr — 1-oktabrdan 31-martgacha boʻlgan davr.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi har yilgi Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirishda undan keyingi yil dasturi doirasida vegetatsiya davrida qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish imkoni boʻlmagan irrigatsiya tizimi obyektlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish hamda sugʻorish mavsumi boʻlmagan davrda qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun zarur mablagʻlarning taqsimlanmagan holda alohida satrda nazarda tutilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vegetatsiya davrida qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish imkoni boʻlmagan irrigatsiya tizimi obyektlarida qurilish-montaj ishlari sugʻorish mavsumi boʻlmagan davrda bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vegetatsiya davrida qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish imkoni boʻlmagan irrigatsiya tizimi obyektlarini tanlab olish, ularning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda sugʻorish mavsumi boʻlmagan davrda bajariladigan qurilish-montaj ishlarini moliyalashtirish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Vegetatsiya davrida qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish imkoni boʻlmagan irrigatsiya tizimi obyektlarini tanlab olish va ularning dastlabki manzilli roʻyxatini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy shtablar bilan birgalikda har yili 1-martga qadar tizimli ravishda irrigatsiya tarmoqlari holati, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarining suvga boʻlgan talabini oʻrgangan holda, irrigatsiya obyektlari roʻyxatini shakllantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi 15-martga qadar ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida moliyalashtiriladigan irrigatsiya obyektlarining roʻyxatini shakllantirish uchun sugʻorish mavsumi boʻlmagan davrda amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda takliflar ushbu Nizomning 6-bandiga muvofiq shakllantirilgan irrigatsiya obyektlari roʻyxatidan sugʻorish mavsumi boʻlmagan davrni inobatga olgan holda, tanlab olinadi. Irrigatsiya obyektlarini qurish (rekonstruksiya qilish) muddati sugʻorish mavsumi boʻlmagan davrdan oshgan taqdirda, bunday loyihalar alohida lotlarga (qismlarga) boʻlingan holda amalga oshirilishi taklif etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi 1-aprelga qadar Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan taqdim etilgan takliflarni koʻrib chiqib, sugʻorish mavsumi boʻlmagan davrda amalga oshiriladigan loyihalarning dastlabki manzilli roʻyxatini shakllantiradi hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasi 15-aprelga qadar ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilishi taklif etilayotgan loyihalarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini oʻrganadi hamda sugʻorish mavsumi boʻlmagan davrda bajariladigan loyihalarning dastlabki manzilli roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — loyihalarning dastlabki manzilli roʻyxati) Vazirlar Mahkamasining Rayosatida tasdiqlanishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Vegetatsiya davrida qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish imkoni boʻlmagan irrigatsiya tizimi obyektlarini moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi 1-mayga qadar Vazirlar Mahkamasining Rayosati tomonidan tasdiqlangan loyihalarning dastlabki manzilli roʻyxati asosida irrigatsiya obyektlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish uchun zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Buyurtmachilar 15-mayga qadar ajratilgan mablagʻlar doirasida irrigatsiya obyektlari boʻyicha loyiha tashkilotlarining davlat xaridlari tartib-taomillariga muvofiq aniqlanishini taʼminlaydi va ular bilan shartnomalar tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 1-avgustga qadar loyihalarning dastlabki manzilli roʻyxatiga asosan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi hamda 1-sentabrga qadar ularning ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 1-sentabrga qadar loyihalarning dastlabki manzilli roʻyxatiga kiritilgan irrigatsiya obyektlarida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun kanallarda vaqtincha suvni yopish va ochish reja-grafiklarini tasdiqlab, ularga qatʼiy rioya etilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Buyurtmachilar irrigatsiya obyektlari boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-oktabrga qadar tasdiqlangan loyiha hujjatlari va davlat xaridlari tartib-taomillariga muvofiq pudrat tashkilotlari aniqlanishini taʼminlaydi hamda ular bilan pudrat shartnomalarini tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-oktabrga qadar davlat xaridlari natijalaridan kelib chiqib, qurilish-montaj ishlarini moliyalashtirish uchun zarur hujjatlarning belgilangan tartibda moliya organlarida roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Irrigatsiya obyektlarini moliyalashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilishning dastlabki ikki oyi mobaynida avans toʻlovlari tanlov savdolari natijalari boʻyicha belgilangan ishlar qiymatining 30 foizigacha miqdorda ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajratilgan avansning qurilish muddati mobaynida mutanosib ravishda ushlab qolinishini hisobga olgan holda, bajarilgan ishlar qiymatining 95 foizi miqdorida har oyda joriy moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudrat shartnomasida nazarda tutilgan kafolat muddati oʻtgandan keyin qolgan 5 foiz mablagʻ toʻlab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar davlat xaridlari natijalariga koʻra qurilish muddati uch oydan kam boʻlsa, irrigatsiya obyektlariga birinchi oyda ular qiymatining 30 foizi miqdorida avans toʻlovlari ajratiladi, keyingi toʻlovlar belgilangan tartibda moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Irrigatsiya obyektlarida qurilish-montaj ishlari 10-oktabrdan kechikmagan holda boshlanadi hamda keyingi yilga oʻtuvchi qoldiq ishlar qiymati qayta hisob-kitob qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjet tizimi budjetlari hisobidan qurilish va rekonstruksiya ishlari sugʻorish mavsumi boʻlmagan davrda amalga oshiriladigan irrigatsiya tizimi obyektlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vegetatsiya davrida qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish imkoni boʻlmagan irrigatsiya tizimi obyektlarini tanlab olish, ularning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda sugʻorish mavsumi boʻlmagan davrda bajariladigan qurilish-montaj ishlarini moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Ijrochilar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy shtablar

Irrigatsiya tarmoqlari holati, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarining suvga boʻlgan talabini oʻrganadi hamda vegetatsiya davrida qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish imkoni boʻlmagan irrigatsiya tizimi obyektlari (keyingi oʻrinlarda — irrigatsiya obyektlari) roʻyxatini shakllantiradi.

har yili 1-martga qadar

2-bosqich

Suv xoʻjaligi vazirligi

Belgilangan mablagʻlar doirasida moliyalashtiriladigan irrigatsiya obyektlarining roʻyxatini shakllantirish uchun sugʻorish mavsumi boʻlmagan davrda amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.

har yili 15-martga qadar

3-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Taqdim etilgan takliflarni koʻrib chiqadi, sugʻorish mavsumi boʻlmagan davrda amalga oshiriladigan loyihalarning dastlabki manzilli roʻyxatini shakllantiradi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

har yili 1-aprelga qadar

4-bosqich

Vazirlar Mahkamasi

Belgilangan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilishi taklif etilayotgan loyihalarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini oʻrganadi hamda sugʻorish mavsumi boʻlmagan davrda bajariladigan loyihalarning dastlabki manzilli roʻyxatini tasdiqlaydi.

har yili 15-aprelga qadar

5-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Irrigatsiya obyektlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish uchun zarur mablagʻlar ajratadi.

har yili 1-mayga qadar

6-bosqich

Buyurtmachilar

Irrigatsiya obyektlari boʻyicha loyiha tashkilotlarini davlat xaridlari tartib-taomillariga muvofiq aniqlaydi va ular bilan shartnomalar tuzadi.

har yili 15-mayga qadar

7-bosqich

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Loyihalarning dastlabki manzilli roʻyxatiga asosan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqadi.

har yili 1-avgustga qadar

Loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazadi.

har yili 1-sentabrga qadar

8-bosqich

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Loyihalarning dastlabki manzilli roʻyxatiga kiritilgan irrigatsiya obyektlarida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun kanallarda vaqtincha suvni yopish va ochish reja-grafiklarini tasdiqlaydi va ularga qatʼiy rioya etilishini taʼminlaydi.

har yili 1-sentabrga qadar

9-bosqich

Buyurtmachilar

Tasdiqlangan loyiha hujjatlari va davlat xaridlari tartib-taomillariga muvofiq pudrat tashkilotlarini aniqlaydi hamda ular bilan pudrat shartnomalarini tuzadi.

har yili 1-oktabrga qadar

Davlat xaridlari natijalaridan kelib chiqib, qurilish-montaj ishlarini moliyalashtirish uchun zarur hujjatlarni moliya organlarida roʻyxatdan oʻtkazadi.

har yili 5-oktabrga qadar

Irrigatsiya obyektlarida qurilish-montaj ishlarini boshlaydi.

har yili 10-oktabrga qadar

(21-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 665-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 09/25/665/0972-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-apreldagi 206-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar (obyektlar) amalga oshirilishini monitoring qilish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar (obyektlar) amalga oshirilishini monitoring qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monitoringni amalga oshirish va muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organ (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) — Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha ishtirokchilari — buyurtmachilar hamda ular bilan tuzilgan shartnomalarga asosan obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlarini (keyingi oʻrinlarda — qurilish) amalga oshirish uchun jalb etilgan loyiha va pudrat tashkilotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monitoring — obyektni loyihalashtirishdan boshlab, uni foydalanishga topshirishgacha boʻlgan barcha jarayon, shu jumladan ushbu davr ichida qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlari amalga oshirilishini kuzatib borish, tahlil qilish, baholash, shuningdek, obyektning holati va natijadorligi bilan bogʻliq maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy kabinet — loyiha tashabbuskorlari va buyurtmachilarga elektron platformada maʼlumotlarni kiritish, yuklash, saqlash, yuborish va tasdiqlash funksiyalarini amalga oshirish maqsadida biriktirilgan sahifa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron platforma — dasturlarning amalga oshirilishini monitoring qilish va manzilli roʻyxatlarni kelishishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ID raqam — Dastur doirasida loyihani amalga oshirishdan boshlab uni foydalanishga topshirilgunga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan elektron platformada identifikatsiya qilish uchun bir loyihaga beriladigan maxsus raqam.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qaroriga asosan beshinchi — yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Monitoringning maqsadi va vazifalari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Monitoringni yuritish maqsadida buyurtmachi tomonidan elektron platformaga shaxsiy kabineti orqali har bir obyektning ID raqami boʻyicha kiritilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) doimiy amal qiladigan oʻzgarmaydigan (bir marta kiritiladigan) maʼlumotlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning joylashgan manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer maydonini ajratish qarori, obyektning loyihalashtirish uchun berilgan arxitekturaviy rejalashtirish topshirigʻi (ART);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binoning texnik holati xulosasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash yuzasidan ekspertiza xulosasi, qurilish-montaj ishlarini boshlash toʻgʻrisida xabarnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha topshirigʻi, foydalanishga topshirish dalolatnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) doimiy ravishda yangilanib boriladigan va oʻzgaradigan maʼlumotlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyekt (loyiha)ning dastlabki, joriy va yakuniy holati boʻyicha foto surati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyekt (loyiha) qurilish jarayonining jonli video kuzatuvi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mualliflik nazorati kitobi, qurilish sohasida nazorat inspeksiyalari koʻrsatmalari va taqdimnomalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Dastur qabul qilinib, obyekt (loyiha)ga ID raqam biriktirilgandan soʻng buyurtmachi tashkilot oʻzining shaxsiy kabineti orqali quyidagi vazifalarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) doimiy amal qiladigan oʻzgarmaydigan (bir marta kiritiladigan) maʼlumotlar har oyda, obyekt (loyiha)ni loyihalashtirish va qurish-taʼmirlash ishlari jarayonlaridan kelib chiqib, majburiy koʻrsatkichlarni toʻliq ravishda kiritib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) doimiy ravishda yangilanib boriladigan maʼlumotlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning dastlabki, joriy va yakuniy holati boʻyicha kamida 3 ta fotosurati rasmiylashtirilgan hisob-fakturalarga qarab, har chorak yakuni boʻyicha va foydalanishga topshirilgandan soʻng hisobot davrining 10-sanasiga qadar kiritib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mualliflik nazorati kitobi, qurilish sohasida nazorat inspeksiyalari koʻrsatmalari va taqdimnomalari nazorat tadbirlari oʻtkazilgan kundan eʼtiboran 5 (besh) kun ichida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga kiritib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) moliyalashtirish uchun iqtisodiyot va moliya organlariga yuboriladigan maʼlumotlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyekt (loyiha) uchun tasdiqlangan manzilli roʻyxatlarga asosan shaxsiy gʻazna varagʻini ochish uchun arizani belgilangan tartibda yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyekt (loyiha)ning tender (tanlov) savdolari yakunlariga koʻra tasdiqlangan manzilli roʻyxatlarga muvofiq ajratilgan mablagʻlar doirasida xarajatlar smetasini va unga kiritiladigan oʻzgartirishlarni belgilangan tartibda yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Axborot tizimlari bilan ID raqami asosida elektron platformani integratsiya qilish orqali quyidagi maʼlumotlar shakllantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Shaffof” qurilish milliy axborot tizimi bilan integratsiya qilish orqali avtomatik tarzda shakllantiradigan maʼlumotlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi nomi, STIRi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha tashkilotini tanlash boʻyicha lot raqami, loyiha tashkiloti STIRi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudrat tashkilotini tanlash boʻyicha lot raqami, pudrat tashkiloti STIRi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
topoxarita va geologiya qidiruvini bajaruvchi tashkilotni aniqlash lot raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik holatni oʻrganadigan tashkilotni aniqlash lot raqami, ekspertiza oʻtkazishda lot raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha-smeta hujjatlariga davlat ekspertizasi xulosasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashi xulosasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geodeziya (geologiya) xulosasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning tasdiqlangan bosh rejasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
topoxaritasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning shartnomasi va unda bajariladigan ishlar grafigi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning tanlov (tender) savdolari yakuni boʻyicha bayon va boshqa maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Davlat moliyasini boshqarish” axborot tizimiga integratsiya qilish orqali avtomatik tarzda shakllantiriladigan maʼlumotlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyekt (loyiha)ning gʻazna hisobvaragʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyekt (loyiha) toʻlov topshiriqnomalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyekt (loyiha) boʻyicha xarajatlar smetasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK axborot tizimiga integratsiya qilish orqali avtomatik tarzda xarid hujjatlari boʻyicha kompleks ekspertiza xulosasi boʻyicha maʼlumotnomalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) soliq organlari axborot tizimiga integratsiya qilish orqali avtomatik tarzda qurilish-montaj ishlari boʻyicha elektron hisob faktura boʻyicha maʼlumotnomalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Monitoringni asosiy maqsadi budjet tizimi budjetlarining kapital qoʻyilmalari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar (obyektlar) boʻyicha loyiha hujjatlarida nazarda tutilgan parametrlarga erishilishini taʼminlashdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Monitoringning asosiy vazifalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha ishtirokchilari tomonidan loyihalashtirish, qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirish jarayonida qonunchilik hujjatlari talablariga qatʼi rioya etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlar boʻyicha loyiha hujjatlarida nazarda tutilgan natijalarga, shu jumladan, obyekt uchun kapital qoʻyilmalar ajratish boʻyicha talabnomalarda koʻrsatilgan loyiha koʻrsatkichlariga toʻliq erishilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlar uchun ajratiladigan mablagʻlarning belgilangan muddatlarda va maqsadli oʻzlashtirilishini hamda obyektlarning oʻz vaqtida foydalanishga topshirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha ishtirokchilari tomonidan kapital qoʻyilmalarni oʻzlashtirish, qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlarini hamda boshqa majburiyatlarni bajarish tegishli shartnomalar shartlariga muvofiq amalga oshirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish ishlarining bajarish grafigiga qatʼiy amal qilgan holda toʻliq bajarilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlarini belgilangan muddatlarda hamda sifatli bajarishga salbiy taʼsir etuvchi omillarning oʻz vaqtida aniqlanishi va bartaraf etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha ishtirokchilarining obyektlarni ish tushirish jarayonidagi faoliyati va oʻzaro aloqalari doimiy muvofiqlashtirilishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Investitsiya davrida monitoring
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Monitoring vakolatli organ tomonidan rejalashtirilgan va rejadan tashqari monitoring tadbirlari asosida tashkil etiladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rejalashtirilgan tadbirlar — joriy kalendar yil uchun tasdiqlangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida, shuningdek, vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan reja-grafiklar asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rejadan tashqari tadbirlar — vakolatli organ rahbariyatining topshiriqlari asosida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Monitoring tadbirlarini amalga oshirish doirasida vakolatli organ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarning amalga oshirilish holatini oʻrganish va tahlil qilish maqsadida loyiha ishtirokchilaridan tegishli obyektlar toʻgʻrisidagi zarur maʼlumot, axborot va hisobotlarni tizimli olib, umumlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kapital qoʻyilmalar oʻz vaqtida, toʻliq va maqsadli oʻzlashtirilishini, obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlari belgilangan muddatlarda bajarilishini tizimli oʻrganadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlar doirasidagi ishlar tarmoq jadvallaridan ortda qolish sabablarini tahlil qiladi va loyiha ishtirokchilariga aniqlangan kamchiliklar hamda yoʻl qoʻyilgan kechikishlarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar kiritib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha ishtirokchilari tomonidan shartnomalarda (bitimlarda) belgilangan majburiyatlar bajarilishi, obyektlarda qurilish, rekonstruksiya va jihozlash ishlari amalga oshirilishi, shuningdek, kapital qoʻyilmalardan foydalanilish holatlarini joylarga chiqqan holda oʻrganishni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar toʻgʻrisida maʼlumotlar bankini shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa vazifa va funksiyalarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vakolatli organ tomonidan monitoring tadbirlari bevosita joyiga chiqqan holda oʻtkazilganda, vakolatli organ mutaxassislari qidiruv va qurilish ishlari amalga oshirilayotgan hamda loyiha ishtirokchilarining haqiqatda joylashgan joylarga borishi, obyektlarda amalga oshirilayotgan ishlarni vakolatli organga taqdim etilgan maʼlumotlarga muvofiqligini tanlov asosida oʻrganishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda loyiha ishtirokchilari monitoring tadbirlarini oʻtkazayotgan shaxslarga tegishli obyektga toʻsiqsiz kirishini va uni amalga oshirish bilan bogʻliq barcha kerakli hujjatlar taqdim etilishini taʼminlashi shart, davlat sirlari jumlasiga kiritiladigan obyektlar va davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlar bundan mustasno.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 504-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vakolatli organning monitoring tadbirlariga jalb qilingan mutaxassislari tomonidan monitoring obyektiga taalluqli boʻlmagan hujjat va maʼlumotlar talab qilinishi, monitoring tadbirlari doirasida oʻziga maʼlum boʻlgan axborotdan qonunga xilof ravishda foydalanishi, shuningdek, monitoring tadbirlarida qonun bilan taqiqlangan masalalarga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Monitoring ilovaga muvofiq sxemaga asosan elektron platformadan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari — loyiha tashabbuskorlari (buyurtmachilar) tomonidan obyektlarning amalga oshirilishi holat va ularning yakunlanishiga toʻsiq boʻlayotgan muammolar toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritib, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga hisobot oyidan keyingi oyning 3-sanasiga qadar taqdim etib boradi.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda davlat sirlari jumlasiga kiritiladigan obyektlar boʻyicha maʼlumotlar davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlar bilan ishlash boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etiladi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 504-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mazkur Nizomda belgilangan tartib va muddatda vakolatli organga taqdim etilmagan taqdirda yoki taqdim etilgan maʼlumotlarda nomuvofiqlik va (yoki) noaniqliklar aniqlanganda, vakolatli organ ikki ish kuni ichida loyiha tashabbuskoriga (buyurtmachiga) tegishli xabarnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha tashabbuskori (buyurtmachi) xabarnomani olgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida vakolatli organga zarur maʼlumotlarni (qayta ishlangan hisobotni) hamda nomuvofiqlik va (yoki) noaniqliklar yuzasidan tushuntirishlarni yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha tashabbuskori (buyurtmachi) ushbu band talablariga rioya etilmagan yoki topshiriqni bajarish asossiz ravishda rad etilgan hollarda vakolatli organ rejadan tashqari monitoring tadbirlarini oʻtkazish, shu jumladan, obyektning holatini joyiga chiqqan holda oʻrganish yuzasidan qaror qabul qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vakolatli organ har oyning 10-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-43-son qaroriga muvofiq tuzilgan Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabiga hamda “2022 — 2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 22-yanvardagi PQ-98-son qaroriga muvofiq tuzilgan Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasiga monitoring natijalari yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi oylik, choraklik va yillik axborotni kiritib boradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarning loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va davlat ekspertizasidan oʻtkazish holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudrat tashkilotini aniqlash jarayonlari hamda shartnomalar tuzilganlik holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish, taʼmirlash va jihozlash ishlarining holati, loyiha pasportida aniqlangan asosiy xavflarning holati, shu jumladan, xavf darajasi va ularni kamaytirish strategiyasining samaradorligi, ularni moliyalashtirish va mablagʻlarning oʻzlashtirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mablagʻlarni oʻzlashtirish boʻyicha belgilangan prognoz koʻrsatkichlar bajarilishi, shu jumladan, tarmoq jadvalidan ortda qolish sabablari, mavjud muammolar va ularning yechimi boʻyicha takliflar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarni foydalanishga topshirish holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniqlangan kamchiliklar va yoʻl qoʻyilgan kechikishlarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Monitoringni tashkil etish va amalga oshirish jarayonlarida loyihalar tashabbuskorlari (buyurtmachilar):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumotlarni toʻliq, toʻgʻri, haqqoniy va oʻz vaqtida kiritish hamda yuklash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan muddatlarda obyekt (loyiha)ning fotosuratlari va video kuzatuv jarayonlarini yuklab borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarning oʻz vaqtida, toʻliq hamda sifatli amalga oshirilishini taʼminlash va bu boradagi ishlarni doimiy nazorat qilish, shuningdek, elektron platformaga taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻgʻri va haqqoniyligi uchun javobgar hisoblanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Investitsiyadan keyingi monitoring
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Investitsiyadan keyingi monitoring budjet tizimi budjetlarining kapital qoʻyilmalari hisobidan qurilgan, rekonstruksiya qilingan, mukammal taʼmirlangan, jihozlangan va foydalanishga topshirilgan obyektlarda vakolatli organ tomonidan oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
141. Dastur doirasida foydalanishga topshirilgan obyektlarni monitoring qilish ishlari elektron platforma yordamida amalga oshiriladi.
(141-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Investitsiyadan keyingi monitoring obyekt foydalanishga topshirilgandan soʻng besh yil davomida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Loyiha tashabbuskorlari (buyurtmachilar) qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlari yakunlangan obyektlar boʻyicha investitsiyadan keyingi monitoring amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida vakolatli organga uning soʻroviga asosan elektron platforma orqali quyidagi maʼlumotlarni kiritadi:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyekt parametrlari tasdiqlangan loyihaoldi va loyiha hujjatlarida nazarda tutilgan parametrlarga muvofiqligi, shu jumladan, obyektning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektni boshqarish, saqlash va ekspluatatsiya qilish bilan bogʻliq xarajatlar hajmi, ularni moliyalashtirish manbalari, resurslarni tejash hisobiga maqbullashtirilgan xarajatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning va unga sarflangan mablagʻlarning natijadorligini baholash uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Vakolatli organ investitsiyadan keyingi monitoring natijalaridan kelib chiqib, budjet tizimi budjetlarining kapital qoʻyilmalari hisobidan amalga oshiriladigan qurilish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlari samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi hamda loyiha tashabbuskorlariga (buyurtmachilarga) tavsiyalar kiritib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
171. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda Dasturning amalga oshirilishining yakuniy natijalaridan kelib chiqib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻzlangan maqsadlarga erishilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarning belgilangan muddatlarda bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud muammolar va ularni kelgusida bartaraf etish boʻyicha takliflar yuzasidan sohalar va hududlar kesimida tahliliy maʼlumotlar tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tahliliy maʼlumotlar yuzasidan tayyorlangan axborot Vazirlar Mahkamasiga kiritib boriladi.
(171-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tarqatishni vakolatli organ bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar (obyektlar) amalga oshirilishini monitoring qilish toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar (obyektlar) amalga oshirilishini monitoring qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Ijrochilar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

I bosqich

Loyiha tashabbuskorlari

(buyurtmachilar)

Obyektlarning amalga oshirilish holati va ularning yakunlanishiga toʻsiq boʻlayotgan muammolar toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni axborot tizimi orqali Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etish.

Hisobot oyidan keyingi oyning 3-sanasiga qadar

II bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Maʼlumotlar vakolatli organga taqdim etilmagan taqdirda yoki taqdim etilgan maʼlumotlarda nomuvofiqlik va (yoki) noaniqliklar aniqlanganda, loyiha tashabbuskoriga (buyurtmachiga) tegishli xabarnoma yuborish.

2 ish kuni ichida

III bosqich

Loyiha tashabbuskorlari

(buyurtmachilar)

Vakolatli organga xabarnoma boʻyicha zarur maʼlumotlarni (qayta ishlangan hisobotni) hamda nomuvofiqlik va (yoki) noaniqliklar yuzasidan tushuntirishlar yuborish.

2 ish kuni ichida

IV bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Monitoring natijalari yuzasidan maʼlumot va takliflar boʻyicha oylik, choraklik va yillik axborotni Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabi va Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasiga kiritib borish.

Hisobot davridan keyingi oyning 10-sanasiga qadar

V bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Investitsiyadan keyingi monitoringni amalga oshirish, uning natijalari boʻyicha kapital qoʻyilmalar hisobidan amalga oshiriladigan qurilish ishlari samaradorligini oshirish yuzasidan taklif va loyiha tashabbuskorlari (buyurtmachilari) uchun tavsiyalar ishlab chiqish.

Obyekt foydalanishga topshirilganidan soʻng 5 yil davomida

(zaruratga koʻra)

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2022-y., 09/22/206/0334-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son; 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son; 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son; 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son, 15.06.2024-y., 09/24/330/0420-son, 14.06.2024-y., 09/24/334/0419-son; 15.10.2024-y., 09/24/651/0817-son; 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son; 24.10.2025-y., 09/25/665/0972-son; 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son; 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)