03.02.2021 yildagi PF-6155-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, yuqori iqtisodiy oʻsishga erishish hisobidan xalqimizning farovonligini oshirish va kundalik hayotidagi muammolarni hal etish, shuningdek 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xalq bilan ochiq muloqot natijalari asosida tayyorlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda — Davlat dasturi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Koronavirus pandemiyasi sharoitida tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash choralarini davom ettirish maqsadida quyidagilarning amal qilish muddati 2021-yil 31-dekabrga qadar uzaytirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm, transport va umumiy ovqatlanish sohalarida faoliyat yuritayotgan subyektlarning yer va mol-mulk soligʻi boʻyicha 2021-yil 1-yanvar holatiga qarzdorligi toʻlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi PF-5969 son Farmonida nazarda tutilgan vaqtincha qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha 2020-yil 31-dekabr holatiga koʻra mavjud qarziga penya hisoblanishini toʻxtatish va soliq qarzini majburiy undirishga qaratish choralarini koʻrmaslik talabi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koronavirus pandemiyasi davrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tadbirkorlik subyektlariga 2020-yil 31-dekabr holatiga qoldiqda turgan mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha berilgan foizsiz kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) summasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“xufiyona iqtisodiyot” ulushini qisqartirish uchun soliq auditi oʻtkazishda “tahlika-tahlil” tizimi bosqichma-bosqich joriy etilgan holda soliqlarni va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlab kelayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarida soliq auditi oʻtkazilishiga moratoriy.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy muhofazaga muhtoj talabalarni himoya qilish tizimini takomillashtirish, ijtimoiy adolat tamoyilini taʼminlash maqsadida 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida eng yuqori ball toʻplagan 200 nafar yoshlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti granti joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Moliya vazirligi va Davlat test markazi bilan birgalikda 2021-yil 1-aprelga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti grantini ajratish tartibini ishlab chiqsin va oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida ball toʻplagan shaxslar toʻgʻrisidagi ochiq maʼlumotlarni nazarda tutuvchi yagona elektron reyestrni shakllantirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) oliy taʼlim muassasasida ikki va undan ortiq farzandi shartnoma asosida oʻqiyotgan oilalarga taʼlim krediti berish va talaba tomonidan ushbu kreditni oʻqish davri tugagandan soʻng qaytarish amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur amaliyotni yoʻlga qoʻyish hamda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tijorat banklariga kreditlar uchun maqsadli resurslar ajratishni taʼminlash choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) oliy taʼlimga ajratiladigan davlat grantlari soni 25 foizga hamda ehtiyojmand oilalar farzandi boʻlgan xotin-qizlar uchun davlat grantlari soni 2 baravarga oshirilsin, shuningdek, xususiy oliy taʼlim muassasalarida mutaxassislarni tayyorlashga davlat granti berish tizimi joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021/2022 oʻquv yili uchun oʻqishga qabul qilishga davlat buyurtmasi parametrlarining tubdan qayta koʻrib chiqilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) akademik taʼtil berishning quyidagi tartibi oʻrnatilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akademik taʼtil olishni istagan talabalar oʻz ixtiyoriga koʻra akademik taʼtil muddatiga taʼlimning sirtqi va masofaviy shakliga oʻtkazilib (agar oliy taʼlim muassasasida bunday taʼlimning shakllari mavjud boʻlsa), ularga uzluksiz mustaqil taʼlim olish imkoniyati yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilasining betob aʼzosini parvarish qilish sababli anʼanaviy shakldagi taʼlimni davom ettirish imkoniyati boʻlmagan talabalarga ham akademik taʼtilni olish huquqi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalarga oʻqish davomida akademik taʼtil berilishi boʻyicha miqdoriy cheklovlar bekor qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akademik taʼtildan qaytgan talabalarni ilgari oʻzlashtirilgan fanlar boʻyicha qaytadan oʻqitish amaliyoti bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda akademik taʼtil olishni istagan talabalar tomonidan sirtqi va masofaviy shaklda mustaqil taʼlim olishni tashkil etish, oliy taʼlim muassasalarida eksternat tartibida taʼlim olish boʻyicha huquqiy asoslarni yaratishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ilmiy unvon va ilmiy darajalarni berish vakolati 2021-yil 1-sentabrdan boshlab respublikaning nufuzli oliy taʼlim muassasalarining ilmiy kengashlariga bosqichma-bosqich oʻtkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda ilmiy darajali kadrlar tayyorlash va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Respublikada talab yuqori boʻlgan kasblar boʻyicha iqtidorli mutaxassislarni nufuzli xorijiy taʼlim, ilmiy va boshqa muassasalarda tayyorlashning samaradorligini tubdan oshirish maqsadida 2021-yil 1-apreldan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali nufuzli xorijiy oliygohlarning magistratura va doktoranturasida oʻqishga yuboriladigan yoshlar soni 5 barobarga oshirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi hisobidan xorijda bakalavriat taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqitish tizimi joriy etilib, 2021-yilda 100 nafar yoshlarning xorijga taʼlim olish uchun yuborilishi taʼminlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi taʼlim dasturlari boʻyicha nomzodlarni saralashni ochiq stipendiya tanlovi asosida Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun ularning respublikadagi ish va oʻqish joyidan qatʼi nazar muntazam ravishda oʻtkazish amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bakalavriat, magistratura va doktoranturada oʻqish dasturlari uchun stipendiya tanlovini nufuzli xorijiy taʼlim, ilmiy yoki boshqa muassasadan oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi taklifnoma asosida oʻtkazish tartibi yoʻlga qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi bir oy muddatda davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijda tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha aniq choralar koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar Akademiyasi va Innovatsion rivojlanish vazirligi uch oy muddatda fizika fani va chet tillari boʻyicha uzluksiz taʼlim sifati va natijadorligini oshirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks dasturlarni ishlab chiqsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, taʼlim tashkilotlarida mazkur fanlarni oʻqitish metodikasini qayta koʻrib chiqish, amaliy va innovatsion loyihalar tanlovlarini tashkillashtirish, sohadagi ilmiy tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi avlod, shu jumladan elektron darslik va oʻquv kurslarini yaratish, shuningdek oʻquvchilarning amaliy koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida oʻquv dasturlarida amaliy va interfaol mashgʻulotlarning ulushini koʻpaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy tillarni oʻrganish uchun kengroq imkoniyat yaratish maqsadida bepul til oʻrganish elektron platformalarini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashgan maktab (sinf)lar faoliyatini bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyish, ularni oliy taʼlim tashkilotlari hamda ishlab chiqarish korxonalari bilan oʻzaro bogʻlash hamda xorijiy mamlakatlardan oʻqituvchilarni jalb etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Milliy olimpiya qoʻmitasi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda 2025-yilda Oʻzbekistonda yoshlar oʻrtasidagi IV yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazishga puxta tayyorgarlik koʻrish ishlari boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va unda quyidagilar nazarda tutilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada mavjud sport obyektlari va inshootlari, logistika, transport va mehmonxona infratuzilmasini oʻrganish natijasida Osiyo Olimpiya Kengashi va xalqaro sport federatsiyalari talablariga muvofiq ularni taʼmirlash yoki yangilarini qurish boʻyicha takliflarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlar oʻrtasidagi IV yozgi Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrishning bosh rejasini unda belgilanadigan har bir tadbir boʻyicha moliyalashtirish manbasi va masʼul ijrochini koʻrsatgan holda tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Osiyo Olimpiya Kengashi talablariga asosan yoshlar oʻrtasidagi IV yozgi Osiyo oʻyinlari dasturiga kiritiladigan sport turlarini saralab olish va oʻyinlar dasturini ishlab chiqish bosqichlarini belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Aholi salomatligini mustahkamlash va ijtimoiy himoyani kuchaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2021-yil 1-iyuldan boshlab “hamshiralik ishi” bilan mustaqil shugʻullanish uchun oʻrta tibbiyot mutaxassislariga oʻzini oʻzi band qilish asosida ruxsat berilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2021-yil yakuniga qadar mehribonlik uylarining uy-joyga muhtoj 900 nafar chin yetim bitiruvchilari uy-joy bilan taʼminlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi keyingi yillar uchun budjet parametrlarini shakllantirishda mehribonlik uylarining uy-joyga muhtoj yetim bitiruvchilari va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlashga mablagʻlar ajratilishini nazarda tutib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2021-yilda 22 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti binolari, 31 ta yangi maktab, 16 ta oliy taʼlim muassasalari binolari, 24 ta sogʻliqni saqlash obyektlari hamda 23 ta sport obyektlarining qurilishi taʼminlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning taʼlim olishi va kasb egallashiga koʻmaklashish, ogʻir kasallikka chalingan bolalarni davolash maqsadida Bolalarni qoʻllab-quvvatlash fondi tashkil etilsin va uning maqsadlari amalga oshirilishini moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan 100 milliard soʻm ajratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ilgʻor xorijiy tajriba va keng jamoatchilik takliflari inobatga olingan holda, 2021-yil 1-iyunga qadar nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan quyidagi amaliyot joriy etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhtoj aholini protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan taʼminlash amaliyotini sertifikat berish tizimiga oʻtkazib, fuqarolarga oʻz tanloviga koʻra davlat tomonidan beriladigan mablagʻlar (sertifikat) hisobidan istalgan ishlab chiqaruvchidan protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari sotib olish imkoniyatini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlik belgilari aniq koʻrinib turgan, anatomik nuqsonlari boʻlgan shaxslarni klinik-funksional maʼlumotlarni olishga doir qoʻshimcha tekshiruvdan oʻtkazmasdan turib, ular nogironligi boʻlgan shaxs deb topilganda nogironlikni muddatsiz davrga belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vazirligi uch oy muddatda tibbiy-ijtimoiy xizmatning mutlaqo yangi modelini shakllantirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Pensiya va nafaqalarni tayinlashda fuqarolar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida quyidagi tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2021-yil 1-iyundan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pensiyalarni tayinlashda shaxsning ish haqi va mehnat staji toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning elektron bazasi yuritilmagan davr — 2005-yildan avvalgi yillar uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar asosida tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch yil va undan avval tayinlangan, qayta hisoblangan pensiya va nafaqalarni tekshirish hamda ular boʻyicha aniqlangan ortiqcha toʻlovni undirish bekor qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlovchi fuqarolar tomonidan ishlamaydigan turmush oʻrtoqlari kelgusida pensiya taʼminotiga ega boʻlishlari uchun oʻz daromadlaridan ixtiyoriy ravishda har oyda ijtimoiy soliq toʻlash huquqi beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pensiya va nafaqalar fuqaroning xohishiga koʻra yashash yoki turgan joyi boʻyicha tayinlanadi va toʻlanadi;
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pensiya va nafaqalarni naqd pulsiz shaklda olish uchun arizalar fuqarolar tomonidan Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Pensiya jamgʻarmasi) tegishli boʻlimiga murojaat qilmagan holda, tijorat banklari filiallarida bank plastik kartalarini ochish jarayonida yoki bank mobil ilovalari orqali elektron shaklda rasmiylashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning pensiyaga boʻlgan huquqi yoʻqolganligini tegishli vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etiladigan elektron maʼlumotlar asosida aniqlash orqali pensiyalarni naqd pulsiz shaklda oluvchi shaxslar tomonidan har olti oyda Pensiya jamgʻarmasining boʻlimiga kelish hamda masʼul xodimlar tomonidan joylarga chiqqan holda monitoring oʻtkazish majburiyati bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Pensiya va nafaqalar toʻgʻri tayinlanishi hamda toʻlanishi boʻyicha tekshirishlar natijasida aniqlangan ortiqcha toʻlov summasining 2021-yil 1-fevral holatiga boʻlgan qarzdorligi hisobdan chiqarilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Iqtisodiyotni rivojlantirish, shu jumladan kambagʻallikni qisqartirish va uzoq muddatli barqaror iqtisodiy oʻsishning poydevorini yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ishsiz aʼzolari bor oilalarga, jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga dehqonchilik bilan shugʻullanish imkoniyatlarini kengaytirish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dehqonchilik bilan shugʻullanish uchun, shu jumladan yangi oʻzlashtirilgan, lalmi, foydalanilmayotgan yer maydonlarida 0,1 gektardan 1 gektargacha yer ajratilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajratilgan yer maydonlari sugʻorish tizimi (artezian quduqlar, tomchilatib sugʻorish tizimi va boshqalar) hamda elektr energiyasi bilan taʼminlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berilgan yerlarni oʻzlashtirish uchun (yer haydash, urugʻ, koʻchat xarid qilish va boshqalar) subsidiya ajratilishi yoʻlga qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi vazirligi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda 2021-yil 1-aprelga qadar har bir tumanning imkoniyati va rivojlanish yoʻnalishidan kelib chiqib, ehtiyojmand oilalarga dehqonchilik bilan shugʻullanish uchun koʻmaklashish tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan ishsiz, shu jumladan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak boʻlgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun 7 million soʻmgacha subsidiyalar ajratilishi amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda ishsiz aholini tadbirkorlikka va oʻzini oʻzi band qilib ishlash faoliyatiga jalb qilishning yangi mexanizmlari yuzasidan taklif kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2021-yil 1-martdan boshlab zargarlik sohasida keng imkoniyatlar yaratish uchun “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK tomonidan kumushni birja orqali zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga erkin sotish tartibi joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bir oy muddatda kumushning ishlab chiqaruvchilarga birja savdolari orqali sotilishi, birjaga qoʻyiladigan kumush hajmlarini shakllantirish va mahsulot boshlangʻich narxini asosli belgilash boʻyicha takliflarni kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Belgilab qoʻyilsinki, 2021-yil 1-martdan 2022-yil 1-iyunga qadar ichki turizmni ommalashtirish doirasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish uchun quyidagi xarajatlarning bir qismini qaytarish mexanizmi joriy qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aviatashuvchilarga — ichki turizm yoʻnalishlaridagi aviaqatnovlarda avia chipta narxining 25 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turoperator va turagentlarga — Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun tashkil etilgan turlar yuzasidan avia va temir yoʻl chiptalari narxining 15 foizi hamda joylashtirish vositalarining joylashtirish boʻyicha xizmatlari (mehmonxona xizmatlari) narxining 10 foizi. Bunda, ushbu xarajatlarning bir qismini qaytarish sayohat amalga oshirilgan hududlardagi joylashtirish vositalarida kamida bir kecha tunab qolish sharti bilan taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Elektr energiyasi va tabiiy gaz taʼminotida monopoliyani bekor qilib, bozor munosabatlarini shakllantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suyultirilgan gaz importi uchun belgilangan bojxona boji va uni import qilish uchun talab etiladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar bekor qilinsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-iyunga qadar ishlab chiqaruvchi va importyorlar uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan taʼminlash sohasiga bozor mexanizmlarini joriy etish orqali ulgurji bozorni shakllantirish “yoʻl xaritasi” ishlab chiqilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energetika vazirligi “yoʻl xaritasi” ishlab chiqilishini taʼminlasin hamda birinchi bosqichda, 2021-yil 1-avgustdan boshlab, yirik korxonalarga elektr energiyasi va tabiiy gazni import asosida sotib olish huquqi berilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Davlat soliq xizmatida “Soliqchi-koʻmakchi” tamoyili asosida fermer xoʻjaliklarining daromad va xarajatlarini avtomatik shakllantirish va soliq organlariga yuborish imkonini beruvchi elektron tizimni 2021-yil 1-iyulga qadar amaliyotga joriy etish choralari koʻrilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, davlat soliq xizmatining faoliyatini “Soliqchi-koʻmakchi” tamoyili asosida tashkil etish doirasida oldingi yil uchun daromadlari yillik moliyaviy hisobot maʼlumotlariga koʻra kamida 5 milliard soʻmni tashkil etgan, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklari soliq monitoringida ishtirok etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi va Hisob palatasining Moliya vazirligi tizimidagi Davlat moliyaviy nazorati departamenti tuzilmasini takomillashtirish va faoliyatining samaradorligini oshirish, ichki audit xizmatlarini tartibga solish tizimini rivojlantirish, shuningdek oʻtkaziladigan tekshirishlar va ularning natijalari yuzasidan maʼlumotlarni ochiq eʼlon qilib borish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi Hisob palatasi bilan birgalikda bir oy muddatda davlat moliyaviy nazorati va ichki audit tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha ishlarni jadallashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Bojxona nazorati tartib-taomillarini takomillashtirishda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida 2021-yil 1-iyuldan boshlab bojxona nazoratini olib borishning quyidagi tartibi belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toifadan tashqari maqomdagi “Masofaviy elektron deklaratsiyalash bojxona postlari” sinov tariqasida bosqichma-bosqich tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini masofaviy boshqarish, inson aralashuvi keskin qisqartiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chegaralarda veterinariya va fitosanitariya organlari tomonidan yuk tashuvchilarni roʻyxatga olish, hujjatlarni tekshirish, ularga koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar undirish jarayonini raqamlashtirish orqali umumiy onlayn nazorat amaliyoti joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, shu jumladan davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) joriy yilda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratgan holda har bir hududda bittadan tuman (shahar) budjetini shakllantirishda xarajatlarning kamida 5 foizini bevosita aholining fikr-mulohazalarini inobatga olib, mahalladagi muammolarni hal etishga yoʻnaltirish tartibi eksperiment tariqasida joriy etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2021-yilda davlat boshqaruvi xodimlari soni oʻrtacha 15 foizgacha optimallashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-martga qadar quyidagi choralarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi kiritilishini taʼminlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruvda bir-birini takrorlaydigan idoralar, funksiyalar va byurokratik toʻsiqlarni va majlisbozlikni qisqartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻp yillar davomida boʻsh turgan shtat birliklarini optimallashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayrim davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazish hamda litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni qisqartirish va ularni berish jarayonini avtomatlashtirish hisobiga ish jarayonlarini qayta koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik va idoralar faoliyatida qaror qabul qilish jarayonlarini soddalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hisobidan ish jarayonlarini optimallashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklarda faoliyatni tuman, shahar, qishloq va mahalla kesimida rejalashtirish tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) oʻrta va quyi boʻgʻin boshqaruv organlarining faoliyatini tubdan takomillashtirish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyat, tuman, shahar va mahalla boshqaruvida samaradorlikni oshirish uchun xodimlar soni va maoshi hududning oʻziga xosligi va ish hajmidan kelib chiqib belgilansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyi tizim rahbarlari va xodimlarini yangicha talablar va zamonaviy axborot texnologiyalari asosida samarali ishlashga oʻrgatish va malakasini muntazam oshirib borishning aniq tizimi joriy etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda oʻrta va quyi boʻgʻin boshqaruv organlarining faoliyatini tubdan takomillashtirish boʻyicha aniq choralarni koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 2021-yil yakuniga qadar amaldagi qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish, shu jumladan eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan hujjatlarni bekor qilish va tarqoq hujjatlarni tizimlashtirish orqali tartibga solish yukini va tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishning darajasini kamaytirish uchun ortiqcha normalarni qisqartirish taʼminlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi 2021-yil 1-mayga qadar normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan hujjatlarini bekor qilish boʻyicha ishlarni tashkil etish hamda aniq munosabatlarni tartibga soluvchi hujjatlarni tizimlashtirish boʻyicha takliflarni kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 2021-yil 1-iyulga qadar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qarorlarni faqatgina maxsus “E-qaror” elektron tizimi orqali tayyorlab, qabul qilish amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini tayyorlash, qabul qilish, hisobga qoʻyish va eʼlon qilish boʻyicha elektron axborot tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron tizimdan foydalanish, uni yuritish va unda jamoatchilik ishtirokini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilinayotgan qarorlarni ijrochi va manfaatdor tashkilotlarga yetkazish va tegishli bazalar bilan integratsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarini mazkur tizimda ishlash boʻyicha oʻqitish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron tizim orqali qabul qilinmagan hujjatlarni amalga kiritganlik hamda normativ-huquqiy hujjatlarni adliya organlarida huquqiy ekspertizadan oʻtkazmagan holda qabul qilganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni belgilash boʻyicha takliflarni kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Moliya vazirligi 2021-yil 1-maydan boshlab quyidagilarga oid moliyaviy maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalari va Internet jahon axborot tarmogʻida eʼlon qilish amaliyotini joriy etsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari budjetdan tashqari jamgʻarmalarining daromadi va xarajatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar hamda ularga ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi tegishli boʻlgan yuridik shaxslar xaridlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat subsidiya va grantlarining miqdorlari va oluvchilari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ikki oy muddatda ochiq eʼlon qilinishi lozim boʻlgan maʼlumotlar roʻyxatini kengaytirish, shu jumladan davlat xaridlari va investitsiya loyihalari doirasida hamda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish boʻyicha tashkil etiladigan tender va tanlov komissiyalarining tarkibi, davlat aktivlarining oldi-sotdi va davlat-xususiy sheriklik loyihalari jarayonlari ishtirokchilari, soliq va boshqa imtiyozlar oluvchilar kabi maʼlumotlarni ochiq eʼlon qilish boʻyicha takliflarni kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining quyidagilarni nazarda tutuvchi “E-Antikorrupsiya” loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan kiritilgan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish, soha va tarmoqlar kesimida chuqur tahlillar va jamoatchilik soʻrovlarini oʻtkazish natijasida “Korrupsiyaga moyil boʻlgan munosabatlar elektron reyestri”ni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Korrupsiyaga moyil boʻlgan munosabatlar elektron reyestri”ga muvofiq har bir korrupsiyaviy omilni birinchi navbatda raqamlashtirish (elektron navbat, auksion va boshqa zamonaviy usullar), ochiqlikni taʼminlash, jamoatchilik nazorati kabi vositalar orqali bartaraf etish boʻyicha takliflarni ekspertlar va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari orasida keng muhokamadan oʻtkazgan holda ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligini va korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga taʼsirini jamoatchilik fikrini oʻrgangan holda baholash va eʼlon qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Bosh prokuratura va Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda “E-Antikorrupsiya” loyihasini amalga oshirish mexanizmlari hamda korrupsiyaga moyil boʻlgan munosabatlarni bartaraf etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Adliya vazirligi ikki oy muddatda aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat organlari bilan munosabatga kirishishida byurokratik toʻsiqlarni tubdan qisqartirishga qaratilgan, quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasini kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning doimiy (vaqtincha) roʻyxatdan oʻtgan joyidan qatʼi nazar foydalanishi mumkin boʻlgan davlat xizmatlarining koʻlamini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat, ijtimoiy va boshqa xizmatlarni koʻrsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlashning yagona identifikatsiya raqamini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari oʻrtasida elektron maʼlumot almashinuvini yoʻlga qoʻyish orqali ular oʻrtasida qogʻoz koʻrinishida hujjat taqdim etish amaliyotiga chek qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatilgan davlat xizmatlarining natijalarini pochta aloqasi orqali yetkazish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“markaz-mahalla-fuqaro” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatib kelinayotgan xizmatlarning har bir oilaga kirib borishini taʼminlash boʻyicha Qarshi shahar tajribasini joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. 2021-yil 1-maydan boshlab mamlakatimizga 2005-yil 1-yanvarga qadar kelib, doimiy yashayotgan, shuningdek mamlakatimizda 15 yil davomida doimiy yashab turgan fuqaroligi boʻlmagan (chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan) shaxslar tomonidan istak bildirilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olish tartibi joriy qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Inson huquqlarini taʼminlash sohasidagi xalqaro standartlar va insonparvarlik tamoyilini keng joriy etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-aprelga qadar Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) tomonidan har chorakda jamoatchilik vakillari bilan birgalikda tergov izolyatori va jazoni oʻtash muassasalariga “monitoring tashriflari” tizimini yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrish tavsiya etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-iyunga qadar jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish va shartli ozod qilish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish vakolati jazoni ijro etish muassasalaridan yangi tashkil etiladigan insonparvarlik komissiyalariga oʻtkazilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yilda 6 tagacha manzil-koloniyalar qisqartirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Keng jamoatchilikning quyidagi takliflari maʼqullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining asosiy faoliyatini fuqarolarga koʻmak berishga yoʻnaltirish hamda korrupsiyaga imkon beradigan omillarni bartaraf etish choralarini koʻrish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomototransport vositasini texnik koʻrikdan oʻtkazishni eksterritoriallik prinsipi asosida yoʻlga qoʻyish va yangi avtomototransport vositasini texnik koʻrikdan oʻtkazish talabini bekor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyatlar markazlarida bittadan roʻyxatdan oʻtkazish va imtihon olish boʻlim (boʻlinma)larida fuqarolarning doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan hududidan qatʼi nazar avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga davlat raqami belgilarini berishni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha roʻyxatdan oʻtkazish va imtihon olish boʻlim (boʻlinma)larida hamda kamida 20 ta davlat xizmatlari markazlarida milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirishni (shu jumladan, almashtirish yoki yoʻqolgani oʻrniga yangisini berish) fuqarolarning doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan hududidan qatʼi nazar amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haydovchilik guvohnomasini olishga talabgorlardan imtihon olish jarayonini jamoatchilik tomonidan, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻi orqali kuzatish imkonini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor xorijiy tajribaga asoslangan holda, avtomobil yoʻllarida yoʻl transport hodisalarining oldini olish hamda oʻlim holatlarini, shu jumladan piyodalar oʻtish joylarining zamonaviy svetoforlar bilan taʼminlanganlik darajasini bosqichma-bosqich oshirish orqali qisqartirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vazirligi uch oy muddatda ushbu bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha Hukumat qarori loyihasini kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) respublika hududida davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning qimmatbaho navlari kesilishiga joriy etilgan moratoriyning amal qilish muddatini 2021-yil 31-dekabrga qadar uzaytirish. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir kesilgan daraxt va butalar uchun kompensatsiya tarzida 10 tup qimmatliligi jihatidan kesiladigan daraxt va butalardan kam boʻlmagan, yirik oʻlchamli koʻchat ekish hamda ularni kamida ikki yil davomida parvarish qilish, noqonuniy kesilgan daraxt va butalar uchun esa uch yil davomida parvarishlash sharti bilan 100 tup koʻchat ekish majburiyati kiritilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daraxt va butalarning kesilishiga joriy etilgan moratoriy talablariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida daraxt va butalarning noqonuniy kesilishini aniqlagan yoki oldini olgan fuqarolarni ragʻbatlantirish tizimi joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi ikki oy muddatda atrof-muhitga yetkazilgan zararni qoplash tartibini qayta koʻrib chiqib, tabiatni qayta tiklashga qaratilgan kompensatsiya mexanizmlarini keng joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda xorijiy mamlakatlar bilan 2021-yilda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-maʼrifiy, madaniy-gumanitar va siyosiy sohalarda, shuningdek, xavfsizlik sohasida hamkorlikni faollashtirishga qaratilgan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari va tadbirkorlik subyektlari uchun tartib-taomillarni soddalashtirish va maxsus qulay rejimlar taqdim etishni nazarda tutuvchi aniq chora-tadbirlar boʻyicha takliflarni kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Adliya vazirligi “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “Yuksalish” umummilliy harakati bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturi amalga oshirilishining borishini tizimli monitoring qilish, uni sifatli va oʻz vaqtida bajarish uchun qoʻshimcha choralar koʻrish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturi amalga oshirilishining borishi toʻgʻrisidagi axborotni har oyda umumlashtirish hamda yakunlarini aniq koʻrsatkichlar va erishilgan ijobiy oʻzgarishlarni, tahliliy axborot koʻrinishida aks ettirgan holda, oʻz veb-saytlarida joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monitoring natijalari toʻgʻrisidagi axborotni har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturini amalga oshirish yakunlariga bagʻishlangan axborot-tahliliy sharhlarni tayyorlash, ularni xorijiy tillarda eʼlon qilish va keng tarqatishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Oliy Majlis palatalari va Vazirlar Mahkamasining Davlat dasturining izchil va oʻz vaqtida ijrosini nazorat qilishni quyidagi tartibda amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashlari oʻz hududlarida Davlat dasturini amalga oshirish boʻyicha oʻn kun muddatda chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi va har oyda oʻz majlislarida muhokama qilib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi har oyda Davlat dasturi bajarilishini Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari huzurida tanqidiy koʻrib chiqadi, har chorakda Hukumat Rayosatida muhokama qilib boradi hamda oʻz vaqtida va toʻliq bajarilmagan tadbirlar yuzasidan masʼul vazirlik va idoralar rahbarlariga nisbatan tegishli choralar koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis palatalari har chorakda Bosh vazir va Hukumat aʼzolarining Davlat dasturi bajarilishi yuzasidan axborotlarini eshitib boradi hamda bu borada vazirlik va idoralar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Adliya vazirligi va Hisob palatasi bilan birgalikda har oyda Davlat dasturi bajarilishini nazorat qilib boradi hamda uning oʻz vaqtida va toʻliq ijro etilishini taʼminlash choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga Xalqaro press-klub bilan hamkorlikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Farmonning maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalari va Internet jahon axborot tarmogʻida keng tushuntirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturi amalga oshirilishining borishi toʻgʻrisidagi xolis va toʻliq maʼlumotning keng jamoatchilikka tezkorlik bilan yetkazilishini taʼminlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Adliya vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 3-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-6155-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoniga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DAVLAT DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Amalga oshiriladigan tadbir

Bajarish muddati

Ijro uchun masʼullar

Sarf-xarajatlar

Moliyalashtirish manbalari

Hujjat shakli, amalga oshirish mexanizmi, kutilayotgan natija

I. DAVLAT VA JAMIYAT QURILISHI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING USTUVOR YOʻNALISHLARI

1.1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish

1.

Qonun ijodkorligi faoliyati va qonunlar ijrosini taʼminlash sohasida Oliy Majlis palatalari hamda davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni yanada kuchaytirish.

2021-yil 1-iyun

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

davlat boshqaruvi organlari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuzilmasida qonun ijodkorligi faoliyati va qonunlar ijrosini taʼminlash sohasida Oliy Majlis palatalari bilan oʻzaro hamkorlik uchun masʼul boʻlgan rahbar oʻrinbosarini (amaldagi shtat birliklari doirasida) belgilash;

ushbu rahbar oʻrinbosari Parlament palatalari bilan oʻzaro hamkorligining mexanizmlari nazarda tutiladi.

2.

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari kotibiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish.

Yil davomida

Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida), Davlat boshqaruvi akademiyasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari kotibiyatlari xodimlari malakasini oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish;

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari raislari tavsiyasiga asosan kotibiyat xodimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida oʻquv kurslari tashkil qilish nazarda tutiladi.

3.

Buxoro shahrida “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik” mavzusida xalqaro forumni 2021-yil 24-iyun sanasida oʻtkazish.

2021-yil 1-may

Oliy majlis palatalari (kelishuv asosida), Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

forumni oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal qilish;

ommaviy axborot vositalarining faoliyati uchun maksimal darajada qulay sharoitlar yaratish;

barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qaratilgan islohotlarni keng jamoatchilikka namoyish etish nazarda tutiladi.

1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish

4.

Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish.

2021-yil 1-mart

Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Adliya vazirligi, Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida),

vazirlik va idoralar

-

-

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihada:

boshqaruvda bir-birini takrorlaydigan idoralar, funksiyalar va byurokratik toʻsiqlarni va majlisbozlikni qisqartirish;

vazirlik va idoralar faoliyatida qaror qabul qilish jarayonlarini soddalashtirish;

raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hisobidan ish jarayonlarini optimallashtirish;

yuqoridagi choralar natijasida davlat boshqaruvi xodimlari sonini mehnat qonunchiligiga qatʼiy rioya etgan holda oʻrtacha 15 foizgacha optimallashtirish;

vazirliklarda faoliyatni tuman, shahar, qishloq va mahalla kesimida rejalashtirish tizimini joriy etish nazarda tutiladi.

5.

Oʻrta va quyi boʻgʻin boshqaruv idoralarining faoliyatini tubdan takomillashtirish.

2021-yil 1-aprel

Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, vazirlik va idoralar

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

davlat boshqaruvini nomarkazlashtirishga qaratilgan huquqiy asoslarni shakllantirish va ularni takomillashtirish;

viloyat, tuman, shahar va mahalla boshqaruvida samaradorlikni oshirish uchun xodimlar soni va maoshini hududning oʻziga xosligi va ish hajmidan kelib chiqib belgilash;

quyi tizim rahbarlari va xodimlarini yangicha talablar va zamonaviy axborot texnologiyalari asosida samarali ishlashga oʻrgatish va malakasini muntazam oshirib borishning aniq tizimini joriy etish nazarda tutiladi.

6.

Mahalliy ijro va vakillik organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish.

2021-yil 1-aprel

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Adliya vazirligi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat boshqaruvi organlari hududiy boshqarmalari (boʻlinmalari) bilan oʻzaro munosabatlarining aniq mexanizmlari;

hokimliklar va mahalliy kengashlar tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar turlari;

xalq deputatlari Kengashlarining Oliy Majlis Senati bilan, hokimliklarning Vazirlar Mahkamasi bilan oʻzaro aloqalari;

hokimlar, ularning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining vakolat chegarasi, vazifa va funksiyalari;

munitsipal mulkni mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan boshqarishning huquqiy asoslari va aniq tartibi nazarda tutiladi.

7.

Davlat fuqarolik xizmatida kadrlarni tanlash, ularning malakasini oshirish va faoliyatini baholash boʻyicha samarali va ochiq tizimni joriy etish.

2021-yil 1-mart

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Adliya vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

kadrlarni tanlash va ishga qabul qilishda ularning intellektual salohiyatini, maʼnaviy fazilatlarini baholaydigan ochiq va oshkora tizimni joriy qilish;

korrupsiyaning oldini olish boʻyicha davlat xizmatchilarini muntazam oʻqitish va bilimini baholab borish tizimini joriy etish;

vazirlar va ularning oʻrinbosarlari faoliyatini joylarda, shu jumladan mahallalarda amalda qanday oʻzgarish boʻlganiga qarab baholab borish tizimini yoʻlga qoʻyish nazarda tutiladi.

8.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilishning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish.

2021-yil 1-mart

Adliya vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi, vazirlik va idoralar

-

-

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

Adliya vazirligi qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilish va majburiy boʻlgan koʻrsatmalar talablarini bajarmaslik, “Ijro.gov.uz” tizimiga zarur maʼlumotlarni kiritmaslik yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarini oʻz muddatida bajarmaslik yoki sifatsiz ijro etish holatlari boʻyicha mansabdor shaxslarning masʼuliyatini oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari masʼullarga yetkazish, tushuntirish, amaliyotda qoʻllashga koʻmaklashish va hokimiyatlar boʻlinishi tamoyiliga qatʼiy rioya qilingan holda nazorat qilish boʻyicha Adliya vazirligi vakolatlarini kengaytirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda jamoatchilik ishtiroki va nazoratini keng yoʻlga qoʻyish maqsadida “jamoatchilik eshituvlari” va “jamoatchilik monitoringi” tizimlarini joriy etish hamda bu jarayonda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash;

tahlillar asosida tegishli davlat idoralarining ijroga xalaqit berayotgan ortiqcha vazifa va funksiyalarni qisqartirish;

ommaviy axborot vositalarida xalqqa islohotlar mohiyati va natijalarini yetkazib borishga qaratilgan “Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda” mavzusida koʻrsatuv va chiqishlar tashkil etish tizimini yoʻlga qoʻyish;

tegishli davlat organlaridagi ijro sifati va holatini viloyat, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlarida, respublika darajasida esa — Vazirlar Mahkamasida har oyda tanqidiy muhokama qilib borish amaliyotini joriy etish nazarda tutiladi.

9.

Xotin-qizlarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi mavqeyini yanada oshirishga qaratilgan yaxlit tizimni yaratish.

2021-yil 1-mart

Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Xalq banki

400 mlrd soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

xotin-qizlar jamoatchilik kengashlarining muvofiqlashtirilgan tizimini tashkil etish hamda ularning vazifa va vakolatlarini aniq belgilash;

Xotin-qizlar va oilani qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasini Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi ixtiyoriga oʻtkazish;

ayollarning biznes sohasidagi loyihalarini qoʻllab-quvvatlash, joylarda aniqlangan xotin-qizlar muammolarini hal etish uchun budjetdan qoʻshimcha mablagʻlarni yoʻnaltirish;

joylarda xotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish, biznesga oid namunaviy rejalarni ishlab chiqish va kredit olishda ularga amaliy yordam koʻrsatishning yangi tizimini joriy etish nazarda tutiladi.

495 mlrd soʻm

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari

105 mlrd soʻm

boshqa manbalar

10.

Aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat organlari bilan munosabatga kirishishida byurokratik toʻsiqlarni tubdan qisqartirish.

2021-yil mart

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablagʻlari va budjetdan tashqari mablagʻlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi.

Loyihada:

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat muassasalari tomonidan jismoniy shaxslardan axborot tariqasida soʻraladigan hujjatlar va maʼlumotlarni talab qilishni taqiqlash;

davlat, bank, ijtimoiy va boshqa xizmatlarni koʻrsatishda fuqaroning shaxsini identifikatsiya qilishning yagona raqamini joriy etish;

yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish jarayonlarini unifikatsiyalash;

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat muassasalari oʻrtasida elektron maʼlumot almashinuvini Yagona milliy tizimdan foydalangan holda yoʻlga qoʻyish orqali ular oʻrtasida qogʻoz koʻrinishida hujjat taqdim etish amaliyotiga chek qoʻyish;

fuqarolarning doimiy (vaqtincha) roʻyxatdan oʻtgan joyidan qatʼi nazar foydalanishi mumkin boʻlgan davlat xizmatlari koʻlamini kengaytirish;

davlat xizmatlari koʻrsatishning minimal talablari va standartlarini ishlab chiqish;

aholi gavjum boʻlgan va jamoat joylarida interaktiv infokiosklar orqali oʻziga oʻzi xizmat qilish tamoyili asosida davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini joriy etish;

koʻrsatilgan davlat xizmatlarining natijasini pochta aloqasi orqali yetkazish amaliyotini yoʻlga qoʻyish nazarda tutiladi.

11.

Bepul yuridik yordam toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

2021-yil 1-noyabr

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Advokatlar palatasi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

bepul yuridik yordam sohasida xalqaro standartlar va xalqaro tajribani hisobga olish;

kam taʼminlangan va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan fuqarolarga bepul yuridik yordam koʻrsatishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari;

kam taʼminlangan va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan fuqarolar uchun jinoiy, maʼmuriy, fuqarolik ishlari boʻyicha davlat tomonidan bepul yuridik yordam olish imkoniyatlarini kengaytirish;

bepul yuridik yordam tizimini rivojlantirishni davlat tomondan qoʻllab-quvvatlash choralari;

davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni elektron tanlash tizimini joriy etish nazarda tutiladi.

1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish

12.

Mahalla instituti faoliyatini takomillashtirish.

2021-yil 1-aprel

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

mahalla raisiga mahalliy Kengash majlisida koʻrilishi majburiy boʻlgan masalalarni kiritish huquqini berish;

mahallalarda ishlayotgan malakali va tashabbuskor kadrlarni davlat idoralari rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish tizimini yoʻlga qoʻyish;

mahallaning nufuzini, uning resurs va imkoniyatlarini oshirish, xodimlarining moddiy taʼminotini yaxshilash boʻyicha dastur ishlab chiqish;

mahalla raisi va uning oʻrinbosarlari vakolatlarini kengaytirib, ularga aholi muammolarini bevosita hal qilish imkonini yaratish nazarda tutiladi.

13.

Davlat organlarida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish.

2021-yil 1-aprel

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihalari.

Loyihalarda:

ochiq eʼlon qilinishi lozim boʻlgan maʼlumotlar roʻyxatini kengaytirish;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ochiqligi konsepsiyasini ishlab chiqish;

har yil yakunlari boʻyicha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining Ochiqlik indeksini aniqlash;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan oʻz veb-saytlariga joylashtiriladigan axborotni yangilab borish davriyligi muddatini qayta koʻrib chiqish;

ommaviy axborot vositalarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati toʻgʻrisida axborot olishga doir, shuningdek, mansabdor shaxslarning intervyusini tashkil etish toʻgʻrisidagi soʻrovini koʻrib chiqishga doir muddatlarni maqbullashtirish;

“Ochiq va hisobdor hukumat” gʻoyasini amalga oshirishga qaratilgan amaliy choralar koʻrish nazarda tutiladi.

14.

Davlat organlari xarajatlari boʻyicha jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.

2021-yil 1-may

Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada davlat organlari budjetdan tashqari jamgʻarmalarining daromad va xarajatlari, davlat ulushiga ega boʻlgan tashkilotlar xaridlari, davlat subsidiya va grantlariga oid maʼlumotlarni eʼlon qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish nazarda tutiladi.

15.

Hokimliklar tomonidan “E-qaror” elektron tizimi orqali qaror qabul qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

2021-yil 1-may

Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablagʻlari

Normativ-huquqiy hujjat loyihalari.

Loyihalarda:

mahalliy davlat hokimiyati idoralarining qarorlarini hisobga qoʻyish va eʼlon qilish boʻyicha elektron axborot tizimini joriy etish;

elektron tizimdan foydalanish, uni yuritish va unda jamoatchilik ishtirokini taʼminlash tartibi;

elektron tizim orqali qabul qilinmagan hujjatlarni amalga kiritganlik hamda normativ-huquqiy hujjatlarni adliya organlarida huquqiy ekspertizadan oʻtkazmagan holda tizim orqali qabul qilganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni belgilash;

mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarini mazkur tizimda ishlash boʻyicha oʻqitish nazarda tutiladi.

16.

Nodavlat notijorat tashkilotlarning roli va ahamiyatini, ijtimoiy faolligi va faoliyatining samaradorligini oshirish.

2021-yil 1-mart

Oliy majlis palatalari (kelishuv asosida), Adliya vazirligi, “Yuksalish” umummilliy harakati, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi

60 mlrd soʻm

Davlat budjeti va budjetdan tashqari mablagʻlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi.

Loyihada:

eng avvalo, taʼlim, madaniyat, tibbiyot, ekologiya, qurilish, kadastr, transport, kommunal xoʻjaligi, bandlik, ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasidagi mavjud muammolarni aniqlash, ularni chuqur tahlil qilish, yechimlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish, ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini taʼminlashga ijtimoiy buyurtma asosida nodavlat notijorat tashkilotlarni keng jalb qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Nodavlat notijorat tashkilotlarning doimiy vakili institutini joriy etish;

Nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi faoliyati uchun 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan 60 mlrd soʻm yoʻnaltirish nazarda tutiladi.

17.

Soʻz erkinligini taʼminlash va ommaviy axborot vositalarini har tomonlama rivojlantirish uchun huquqiy asoslarni yanada kuchaytirish.

2021-yil 1-may

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Jurnalistlar uyushmasi, MTRK, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, vazirlik va idoralar

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish, ularning mustaqil faoliyat yuritishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;

jurnalist va blogerlar erkin faoliyat yuritishi uchun huquqiy asoslarni yanada kuchaytirish;

davlat organlarida axborot xizmatlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish;

davlat organlari tomonidan oʻz faoliyatida ommaviy axborot vositalari bilan yaqin muloqot va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar;

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini qayta koʻrib chiqish nazarda tutiladi.

18.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni yuksak saviyada oʻtkazish boʻyicha aniq choralarni belgilash.

2021-yil 1-mart

Markaziy saylov komissiyasi (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjetidan saylov xarajatlari uchun ajratilgan mablagʻlar

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

saylov komissiyalari aʼzolarining saylov qonunchiligi va xalqaro standartlar boʻyicha bilimlarini tizimli asosda oshirish;

xalqaro kuzatuvchilar tomonidan berilgan tegishli tavsiyalarni milliy qonunchilik va amaliyotga tatbiq etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;

aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish boʻyicha aniq vazifalarni belgilash nazarda tutiladi.

19.

2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tengligiga erishish strategiyasini ishlab chiqish.

2021-yil aprel

Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

saylov huquqlarini amalga oshirishda, davlat xizmati, taʼlim, ilm-fan hamda sogʻliqni saqlash, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda, tazyiq va zoʻravonlikning oldini olishda, oilaviy munosabatlar hamda bolalar tarbiyasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash;

gender statistikasi yuritilishini takomillashtirish;

2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tengligiga erishish strategiyasini 2021 — 2023-yillarda amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini hamda maqsadli koʻrsatkichlarni ishlab chiqish nazarda tutiladi.

II. QONUN USTUVORLIGINI TAʼMINLASH VA SUD-HUQUQ TIZIMINI YANADA ISLOH QILISHNING USTUVOR YOʻNALISHLARI

2.1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish

20.

Sud boshqaruvchilari faoliyatini tubdan takomillashtirish.

2021-yil 1-oktabr

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Davlat xizmatlari agentligi, Oliy sud, Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasi

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

sud boshqaruvchilari talabgorlarini oʻqitish va ularning malakasini oshirishni tashkil etish huquqini kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashga ixtisoslashgan tashkilotlarga berish;

sud boshqaruvchisi attestatini davlat xizmatlari markazlari orqali berish boʻyicha shaffof tizimni yaratish;

“Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchi kasblari klassifikatori”ga sud boshqaruvchisi kasbini kiritish;

uch yildan kam boʻlmagan uzluksiz ish stajiga ega “fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish” ixtisoslashuvidagi advokatlarning sud boshqaruvchilarini tayyorlash boʻyicha oʻquv kursini oʻtamasdan sud boshqaruvchilari attestatsiya komissiyasining test imtihonlariga kirishi amaliyotini joriy qilish nazarda tutiladi.

21.

“Tashkent Law Spring” ikkinchi xalqaro yuridik forumini oʻtkazish.

2021-yil 1-aprel

Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, vazirlik va idoralar

-

-

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

videoanjuman shaklidagi forumni oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal qilish;

ommaviy axborot vositalarining faoliyati uchun maksimal darajada qulay sharoitlar yaratish;

sud hokimiyati va davlat organlari faoliyatining shaffofligini oshirishga qaratilgan islohotlarni keng jamoatchilikka namoyish etish;

yuridik texnikum va oliy yuridik taʼlim muassasalari talabalari forumda onlayn tarzda ishtirok etishi uchun sharoit yaratish nazarda tutiladi.

2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taʼminlash

22.

Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini berish tartibini takomillashtirish borasidagi islohotlarni izchil davom ettirish.

2021-yil 1-may

Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi.

Loyihada mamlakatimizga 2005-yil 1-yanvarga qadar kelib, doimiy yashayotgan, shuningdek, mamlakatimizda 15 yil davomida doimiy yashab turgan fuqaroligi boʻlmagan (chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan) shaxslar tomonidan istak bildirilgan taqdirda ularni Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olish tartibini joriy qilish nazarda tutiladi.

23.

Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirish.

2021-yil 1-aprel

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida) Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Inson huquqlari boʻyicha vakil (Ombudsman), Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) huzurida qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish boʻyicha jamoatchilik guruhlarini tashkil etish, ushbu guruhlar faoliyatini ommaviy axborot vositalari orqali keng va muntazam yoritish;

Ombudsman tomonidan har chorakda jamoatchilik guruhlari bilan birgalikda tergov izolyatori va jazoni oʻtash muassasalariga “monitoring tashriflari” tizimini yoʻlga qoʻyish;

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) huzuridagi qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish boʻyicha jamoatchilik guruhlarining davlat organlari va mansabdor shaxslar bilan oʻzaro munosabatda boʻlish qoidalarini belgilash hamda ular oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;

harakatlanish erkinligi cheklangan (gauptvaxtada hibsda saqlash qoʻllanilgan, maʼmuriy qamoqqa olingan, jinoyat ishini yuritish chogʻida ushlab turilgan va qamoqqa olingan, ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlgan jazolarga hukm qilingan, majburiy davolash muassasasiga joylashtirilgan) shaxslarning yagona elektron reyestrini yuritish;

harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda qiynoqning oldini olish boʻyicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, shu jumladan bunday joylarga har chorakda kamida bir marta monitoring tashriflarini amalga oshirish;

qiynoq uchun javobgarlik belgilangan normalarni xalqaro konvensiya talablariga muvofiqlashtirish, shuningdek, qiynoq jinoyatini sodir etgan shaxslarga nisbatan shartli hukm qilish, jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish instituti qoʻllanilmasligini belgilash;

Oliy Majlis palatalari har yili Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ning qiynoqlarning oldini olish boʻyicha maʼruzasini eshitib borish tartibini belgilash;

Ombudsman faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni belgilash nazarda tutiladi.

24.

Nodavlat sud-ekspertiza faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va muvofiqlashtirish mexanizmlarini joriy etish.

2021-yil aprel

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini tashkil etishning davlat-xususiy sheriklik asosidagi shakllarini joriy qilish;

sud-ekspertiza sohasida ilmiy-tadqiqot ishlariga koʻmaklashishning samarali mexanizmlarini joriy etish;

nodavlat ekspertiza faoliyatini muvofiqlashtirish, tartibga solish va nazorat qilish mexanizmlarini belgilash nazarda tutiladi.

25.

Narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolash uchun narkologiya muassasalariga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish yoki ushbu muassasada yotish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi masalalarni fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar tomonidan koʻrib chiqish tartibini belgilash.

2021-yil mart

Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

majburiy davolash uchun narkologiya muassasalariga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish masalasini kiritish huquqiga ega shaxslarning doirasi;

ariza berish hamda uni koʻrib chiqish tartib-taomili va muddati, shuningdek, sud tomonidan qaror qabul qilish tartibi nazarda tutiladi.

2.3. Maʼmuriy va jinoyat qonunchiligini takomillashtirish

26.

Yuridik shaxslarning moliyaviy javobgarligi institutini qayta koʻrib chiqish.

2021-yil 1-avgust

Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

ilgʻor xalqaro tajribani chuqur oʻrganish asosida yuridik shaxslarni moliyaviy javobgarlikka tortishni amalga oshirish tartibi va mexanizmlarini aniqlashtirish;

yuridik shaxslarga nisbatan qoʻllaniladigan jarimalar miqdorini asoslantirilgan holda qayta koʻrib chiqish nazarda tutiladi.

27.

Maʼmuriy jazolar miqdorini maʼmuriy huquqbuzarliklarning xavflilik darajasidan kelib chiqib maqbullashtirish.

2021-yil 1-iyun

Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi.

Loyihada Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda belgilangan jazo miqdorlarini huquqbuzarliklarning ijtimoiy xavflilik darajasidan kelib chiqib qayta koʻrib chiqish, jarima tarzidagi maʼmuriy jazolarning miqdorini maqbullashtirish nazarda tutiladi.

28.

Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini soddalashtirish va xalqaro andozalar asosida takomillashtirish.

2021-yil aprel

Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazishni eksterritoriallik prinsipi asosida amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish;

transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish muddatlarini (davriyligini) uzaytirish;

yangi avtomototransport vositasi olinganda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish talabini bekor qilish nazarda tutiladi.

29.

Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining faoliyatini bosqichma-bosqich raqamlashtirish.

2021-yil 1-iyun

Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

avtomototransport vositalari va ular egalarining tarixini aks ettiruvchi elektron bazani yaratgan holda, haydovchidan talab etiladigan hujjatlarni elektron shaklga bosqichma-bosqich oʻtkazish ishlarini boshlash;

notariuslar tomonidan avtomototransport vositasini boshqa shaxsga berish toʻgʻrisidagi shartnomani “yagona darcha” tamoyili asosida rasmiylashtirish imkoniyati;

haydovchilikka nomzodlardan amaliy va nazariy imtihon olish jarayonlarini jamoatchilik tomonidan, shu jumladan video kuzatuv qurilmalaridan foydalanib Internet tarmogʻi orqali kuzatish imkonini yaratish nazarda tutiladi.

30.

Xalqaro standartlar va insonparvarlik tamoyilini keng joriy etgan holda jazoni ijro etish va probatsiya xizmatini yanada takomillashtirish.

2021-yil 1-iyun

Ichki ishlar vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

-

-

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

xalqaro standartlardan kelib chiqib, 25 ta manzil-koloniyalarni bosqichma-bosqich qisqartirish;

birinchi marta ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan va qatʼiy tuzalish yoʻliga oʻtgan mahkumlarni manzil-koloniyaga oʻtkazish amaliyotini bekor qilib, ularni jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish asosida toʻgʻridan-toʻgʻri probatsiya nazoratiga olish tartibini joriy qilish;

jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish va jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish vakolatini jazoni ijro etish muassasalari (organlari)dan yangi tashkil etiladigan insonparvarlik komissiyalariga oʻtkazish;

probatsiya xizmati markaziy va hududiy mahkamalari maqomini oshirish, ushbu xizmatning kadrlar salohiyati va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvorini nazorat qilish, ularni ijtimoiy moslashtirish va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish mexanizmlarini takomillashtirish;

probatsiya nazoratidagi shaxslarning xatti-harakatlarini, ularga elektron braslet vositasini taqqan holda, real vaqt rejimida elektron kuzatish va monitoring qilish tartibini joriy qilish;

“probatsiya faoliyati” taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish;

hokimliklar huzuridagi ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish markazlari faoliyatini takomillashtirish nazarda tutiladi.

31.

Biznes-ombudsmanning maʼmuriy huquqbuzarlikni rasmiylashtirish boʻyicha vakolatlarini aniqlashtirish.

2021-yil 1-may

Biznes-ombudsman, Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Qonun loyihasi.

Loyihada Biznes-ombudsmanning tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashish va toʻsqinlik qilish, shuningdek, xususiy mulkdorlar huquqlarini buzganlik holatlarida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan xoʻjalik boshqaruvi organlari mansabdor shaxslariga nisbatan qoʻllaniladigan choralari doirasi nazarda tutiladi.

2.4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish

32.

Aholi osoyishtaligini taʼminlash va mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish boʻyicha “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan tizim joriy qilish ishlarini faollashtirish.

2021-yil 1-iyun

Ichki ishlar vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Milliy gvardiya, Axborot texnologiyalari vazirligi

-

-

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

hududlarda sodir boʻlayotgan har qanday qonun buzilishi holatlarini aniqlash va oʻz vaqtida bartaraf etish borasida fuqarolar yigʻini raisi va profilaktika inspektorining rolini oshirish, tashkilotlar masʼuliyatini kuchaytirish;

mahallalarda huquqni muhofaza qilish organlari va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda olib boriladigan profilaktik chora-tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida milliy gvardiya organlari harbiy xizmatchilari va xodimlarining jinoyatchilikni jilovlash va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasidagi faoliyatini respublikaning jinoyatchilik oʻsgan barcha mahallalarida yoʻlga qoʻyish;

“mahallabay” oʻrganish, aniqlangan ijtimoiy-maishiy muammolarni bartaraf etish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlashni muntazam ravishda monitoring qilish ishlarini amalga oshirishda zamonaviy texnika va raqamli texnologiyalarni keng tatbiq etish nazarda tutiladi.

33.

Bojxona nazorati tartib-taomillarini takomillashtirishda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish.

2021-yil 1-iyul

Davlat bojxona qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi.

Loyihada:

bojxona nazorati tartib-taomillari sohasiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish;

toifadan tashqari maqomidagi “Masofaviy elektron deklaratsiyalash bojxona postlari”ni sinov tariqasida bosqichma-bosqich tashkil etish;

bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini masofaviy boshqarish, inson aralashuvini keskin qisqartirish;

davlat bojxona xizmati organlari tarkibiy tuzilmalari faoliyatini qayta koʻrib chiqish;

chegaralarda veterinariya va fitosanitariya organlari tomonidan yuk tashuvchilarni roʻyxatga olish, hujjatlarni tekshirish, ularga koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar undirish jarayonini raqamlashtirish, umumiy onlayn nazorat amaliyotini joriy etish nazarda tutiladi.

34.

Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish.

2021-yil 1-may

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Oliy sud, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, vazirlik va idoralar

-

-

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan milliy strategiyani ishlab chiqish;

aniq indikatorlarni oʻzida aks ettiruvchi korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash va chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish;

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyati huquqiy asoslarini takomillashtirish;

korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi (“komplayens-nazorat”) huquqiy asoslarini yaratish hamda korrupsiyaga qarshi kurashishning vositalarini takomillashtirish;

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar natijalarini keng jamoatchilikka eʼlon qilib borish amaliyotini yoʻlga qoʻyish nazarda tutiladi.

2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash, huquqiy yordam va yuridik xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish

35.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatiga bevosita taʼsir koʻrsatadigan hujjatlarni tizimlashtirish.

2021-yil 1-avgust

Adliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Oʻzstandart agentligi, Savdo-sanoat palatasi, vazirlik va idoralar

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlarni tizimlashtirish sohasida ustuvor yoʻnalishlarni belgilash;

Texnik tartibga solish sohasidagi hujjatlarni tizimlashtirish boʻyicha idoralararo komissiya hamda uning ishchi organi sifatida Loyiha ofisini tashkil etish;

texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlarni xorijiy davlatlarning tajribasiga muvofiqlashtirish, shuningdek, ushbu sohada xalqaro standartlarni implementatsiya qilish;

texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari milliy bazasiga joylashtirish nazarda tutiladi.

36.

Internet tarmogʻida, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish choralarini takomillashtirish.

2021-yil 1-aprel

Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oliy sud, vazirlik va idoralar

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada Internet tarmogʻida, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

37.

Davlat organlari va tashkilotlarini huquqiy taʼminlashni yanada takomillashtirish maqsadida yuridik xizmat koʻrsatish markazlarini tashkil etish.

2021-yil 1-aprel

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari shtat birliklari hisobidan yuridik xizmat koʻrsatish markazlarini tashkil etish;

yuridik xizmat koʻrsatish markazlarining huquqiy maqomi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlarini aniq belgilash;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarga yuridik xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq barcha maʼlumot va jarayonlarni elektron ravishda yigʻish, qayta ishlash, tahlil qilish va amalga oshirish imkonini beruvchi “E-huquqshunos” elektron tizimini bosqichma-bosqich joriy etish;

yuridik xizmat koʻrsatish markazlari xodimlarini ragʻbatlantirish choralarini belgilash;

yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun bino va moddiy texnika resurslariga mablagʻlarni tegishli mahalliy budjet, adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ajratilishi;

yuridik xizmat koʻrsatish markazlarini malakali kadrlar bilan taʼminlash choralarini koʻrish nazarda tutiladi.

III. IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YOʻNALISHLARI

3.1. Makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va narx-navoning barqarorligini va inflyatsiya darajasi prognoz koʻrsatkichlaridan oshmasligini taʼminlash

38.

Inflyatsiyaviy targetlash doirasida 2021-yilda inflyatsiya darajasini 10 foizdan oshirmaslik hamda narx-navo barqarorligini taʼminlash.

Yil davomida

Markaziy bank, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

iqtisodiyotga ajratilgan kreditning oʻsish surʼatlarining yalpi ichki mahsulot nominal hajmi oʻsishi surʼatlari bilan muvofiqligini taʼminlash;

inflyatsiyani pasaytirish hamda pul resurslari bozorida ijobiy real foiz stavkalarining shakllanishi uchun zarur sharoitlar yaratish;

pul-kredit instrumentlaridan samarali foydalanish;

iqtisodiyotning real sektorida tarkibiy iqtisodiy islohotlar samaradorligini taʼminlash va ichki bozorni isteʼmol tovarlari bilan toʻldirish;

asosiy isteʼmol tovarlarining narxlari mavsumiy tebranishlari darajasidan kelib chiqib “xatar darajasi tahlili” tizimini joriy qilish nazarda tutiladi.

39.

Inflyatsiyaga nomonetar omillar taʼsirini pasaytirish va asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha choralarni amalga oshirish.

2021-yil 1-aprel

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Markaziy bank, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxining keskin oshib ketishiga yoʻl qoʻymaslik;

import bozorida monopoliyaga yoʻl qoʻymaslik, import tovarlarini olib kirishda raqobat sharoitlarini yaxshilash, shuningdek, tashqi bozorlarni diversifikatsiya qilish;

oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, kafolatlangan zaxirani yaratish, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini shakllantirishda kvota asosida sotib olish va ularni bozorga uzluksiz yetkazib berish;

asosiy isteʼmol tovarlarining transport xarajatlarini subsidiyalash;

tegishli hududlarning asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari (shakar, yogʻ, oʻsimlik yogʻi, un va boshqalar) talabidan kelib chiqib, ularni kvota asosida bozor sharoitlarida sotib olish va ichki bozorga intervensiya qilish choralari nazarda tutiladi.

40.

Budjet barqarorligini taʼminlashga qaratilgan budjet qoidalarini joriy etish.

2021-yil 1-noyabr

Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, vazirlik va idoralar

-

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va xorijiy mamlakatlar moliya vazirliklarining texnik koʻmagi

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqib Budjet qoidalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishni nazarda tutish.

Bunda umumiy fiskal balansni hisoblashda Hukumat nomidan jalb qilingan va qayta kreditlangan tashqi qarz mablagʻlarini inobatga olishni taʼminlashga qaratilgan budjet qoidalari belgilanadi.

41.

Tashqi qarz hajmini maqbul darajada saqlab turish.

Yil davomida

Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Markaziy bank, vazirlik va idoralar

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda davlat qarzi yalpi ichki mahsulotning 60 foizidan oshmasligini taʼminlash.

42.

Suveren xalqaro obligatsiyalarda milliy valyuta ulushini hozirgi 25 foizdan kamida 40 foizga oshirish.

2021 — 2023-yillar davomida

Moliya vazirligi

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

xalqaro moliyaviy konsultantlar va yuridik konsultantlarni yollash;

emissiya risolasini ishlab chiqish hamda suveren xalqaro obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish dasturini belgilash;

marketing tadbirlarini amalga oshirish, xususan, xalqaro investorlar bilan uchrashuvlar tashkil etish;

shakllangan buyurtmalar hajmi va moliyaviy konsultantlarning tahlillaridan kelib chiqib, xalqaro moliya bozorlarida xorijiy yoki milliy valyutadagi suveren obligatsiyalarni joylashtirish nazarda tutiladi.

43.

Davlat qarzi boʻyicha maʼlumotlarning yanada ochiqligini taʼminlash.

Yil davomida

Moliya vazirligi

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Oʻzbekiston Respublikasining davlat qarzi boʻyicha maʼlumotlarni shakllantirish;

davlat tashqi qarzi hisobidan amalga oshirilgan loyihalar boʻyicha oʻzlashtirilgan mablagʻlar hamda erishilgan natijalar toʻgʻrisida ijro agentliklari va loyiha tashabbuskorlari tomonidan maʼlumotlarni oʻz veb-saytlarida joylashtirishi;

ushbu maʼlumotlarni har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 25-sanasiga qadar Oliy Majlis palatalariga kiritib borish hamda Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib borish amaliyotini joriy etish;

har bir hududda tashqi qarz hisobiga amalga oshirilayotgan inftratuzilma loyihalari boʻyicha kengashlarga axborot kiritish va OAVda hisobot berish tartibini yoʻlga qoʻyish nazarda tutiladi.

3.2. Moliya tizimini isloh qilish, budjet mablagʻlaridan samarali foydalanish tizimini yanada takomillashtirish, qoʻshimcha imkoniyat va manbalar hisobidan budjet taqchilligini kamaytirish

44.

Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligini kamaytirish.

Yil davomida

Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 5,4 foizdan oshmasligini taʼminlash;

budjet mablagʻlarining maqsadli va oqilona sarflanishi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish;

“yashirin iqtisodiyot”ga qarshi kurashish nazarda tutiladi.

45.

Davlat xaridlari sohasidagi 1 milliard soʻmgacha budjet buyurtmachilari tomonidan avans toʻlovlari miqdorini 30 foizga yetkazish.

2021-yil 1-mart

Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada davlat xaridlari sohasidagi 1 milliard soʻmgacha budjet buyurtmachilari tomonidan avans toʻlovlari miqdorini 30 foizga yetkazish nazarda tutiladi.

46.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari xarajatlarini tashqi auditdan oʻtkazish va baholash tizimini joriy etish.

2021-yil 1-noyabr

Moliya vazirligi, Hisob palatasi

Hisob-kitoblarga asosan

Xalqaro valyuta jamgʻarmasining texnik koʻmagi

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada Budjet kodeksiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari loyihalari va ularning ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan har yili tashqi auditdan oʻtkazish hamda baholash tizimini joriy etishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish nazarda tutiladi.

47.

Tuman budjeti xarajatlarining 5 foizini jamoatchilik fikri asosida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirish boʻyicha yangi tartibni joriy etish.

2021-yil 1-aprel

Moliya vazirligi

Tegishli hisob kitoblarga asosan

Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti

Normativ huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

joriy yilda har bir hududda bittadan tumanda budjet xarajatlarining 5 foizini jamoatchilik fikri asosida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirish boʻyicha yangi tartibni joriy etish boʻyicha eksperiment oʻtkazish;

tuman budjeti xarajatlarining 5 foizining maqsadli ishlatilishini yakuniy nazorat qilish uchun tuman deputatlari Kengashida tegishli mansabdor shaxslarning hisobotini eshitish;

Tuman va shahar budjetlari qoʻshimcha manbalarining kamida 10 foizini jamoatchilik tomonidan bildirilgan tadbirlarga yoʻnaltirish boʻyicha namunaviy tartibni tasdiqlash nazarda tutish.

48.

Budjet tizimi shaffofligini oshirish.

Yil davomida

Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Tashkiliy chora-tadbirlar.

Bunda:

budjet tashkilotlari va davlat maqsadli jamgʻarmalarining depozitlar, berilgan qarzlar va qarz majburiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz veb-saytlarida chop etishini taʼminlash;

Hisob palatasi tomonidan maʼlumotlar tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarida mavjudligi, toʻliq joylashtirilishi ustidan nazorat qilishi va jarimaga tortish amalga oshirish nazarda tutiladi.

49.

Hayot sugʻurtasi tarmogʻini hamda shaxsiy sugʻurtani aholi orasida ommalashtirish, ularni keng miqyosda targʻib qilish hamda yangi hayot va shaxsiy sugʻurta turlarini rivojlantirish.

2021-yil 1-sentabr

Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi, vazirlik va idoralar

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Oʻzbekiston Respublikasida hayot sugʻurtasi tarmogʻini hamda shaxsiy sugʻurtani 2023-yilgacha rivojlantirish choralari;

yangi va zamonaviy sotish instrumentlarini joriy etish yoʻli orqali sugʻurta mahsulotlarini sotish kanallarini kengaytirish;

muhim sugʻurta mahsulotlarini eng qulay toʻlov usullarida amalga oshirish;

hayot sugʻurtasi tarmogʻida faoliyat yuritayotgan sugʻurta tashkilotlarining foyda soliq yukini ikki baravarga kamaytirishni koʻrib chiqish nazarda tutiladi.

3.3. Soliq islohotlarini amaliyotga samarali joriy etish, soliq maʼmuriyatchiligini shaffof yoʻlga qoʻyish, soliq yukini kamaytirish va soddalashtirish, shu asosda ishlab chiqarishni va soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish

50.

Soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish.

Yil davomida

Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi

-

-

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

barcha xoʻjalik subyektlari tomonidan toʻliq elektron hisobvaraq-fakturalarga oʻtilishini taʼminlash;

alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, ulgurji va chakana savdoni amalga oshirishning barcha boʻgʻinlarida raqamli markirovkani joriy etish;

ulgurji va chakana savdo bilan shugʻullanuvchi barcha tadbirkorlik subyektlarning savdo nuqtalarida onlayn KKM oʻrnatilishini taʼminlash;

tovar-moddiy zaxiralarni va tovarlarni (ishlarni, xizmatlari) yetkazib berish uchun elektron shartnomalar (ishonchnomalar) almashinuvini joriy etish nazarda tutiladi.

51.

Xalqaro standartlar asosida Davlat soliq qoʻmitasi axborot tizimlari kompleksining yagona platformasini ishlab chiqish.

2021-yil 1-noyabr

Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi

2,4 mln. AQSH dollari

Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

tadbirkorlik subyektlari oʻz majburiyatlarini bajarishini yengillashtirish va soliq maʼmuriyatchiligini soddalashtirish;

soliq maʼmuriyatchiligini avtomatlashtirishda foydalaniladigan axborot tizimlari kompleksining yagona platformasini yaratish;

maʼlumotlarni vizualizatsiya qilish tizimlarini joriy etish;

axborot tizimlarini standartlashtirish nazarda tutiladi.

52.

Sotiladigan tovarlarning yagona elektron tasniflagich tizimini ishlab chiqish va onlayn nazorat-kassa mashinalari, elektron hisobvaraq-fakturalari, markirovkalash tizimlariga integratsiyalash.

2021-yil 1-sentabr

Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi

2,4 mlrd. soʻm

Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi

Amaliy chora-tadbirlar:

Bunda:

mahsulotlarni noqonuniy olib kirish, ishlab chiqarish va sotish holatlarining oldini olish;

alohida turdagi mahsulotlarning qonuniy aylanmasini taʼminlash mexanizmini tubdan takomillashtirish;

ishlab chiqarish hajmini, omborlardagi qoldiqlarni va mahsulot real vaqt rejimida joʻnatilishini nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish;

tovarlar va xizmatlar turlari boʻyicha yagona tasniflash tizimini joriy etish nazarda tutiladi.

53.

Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash maʼmurchiligini takomillashtirish.

2021-yil 1-iyul

Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Adliya vazirligi

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligida markshreyderlik xizmatini tashkil etish;

noruda foydali qazilmalarni qazib oluvchidan isteʼmolchigacha boʻlgan jarayonni monitoring qilib boruvchi dasturiy mahsulot (tizim) yaratish;

qurilish korxonalari va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi subyektlar tomonidan foydalanilgan noruda qazilmalar hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etishi nazarda tutiladi.

54.

Teng raqobat sharoitini yaratish va qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilar huquqlarini kafolatlash boʻyicha soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish.

2021-yil 1-may

Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada haqiqatda qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarini toʻlagan ishonchli soliq toʻlovchilarga tezlashtirilgan tartibda soliq summasini qaytarish nazarda tutiladi.

55.

Soliq xizmatlarini koʻrsatishni yangi bosqichga chiqarish va xalqaro standartlarga moslashtirish, soliq organlarini “xizmat koʻrsatuvchi” yuqori texnologiyali tashkilotga transformatsiya qilishni davom ettirish.

2021-yil 1-avgust

Davlat soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, vazirliklar va idoralar

1,5 mlrd. soʻm

Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik hamda jismoniy shaxslar toʻgʻrisida yagona markazlashtirilgan axborot manbaini shakllantirish;

markaziy maʼlumotlar bazasida davlat xizmatlarini koʻrsatish va davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan idoralararo elektron hamkorlik qilish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar manbai boʻlgan davlat axborot resursini jamlash;

soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatishning yagona standartlarini ishlab chiqish va koʻrsatiladigan xizmat turlarini kengaytirish;

soliq organlari va soliq toʻlovchilar oʻrtasidagi biznes jarayonlarini takomillashtirish;

soliqqa oid huquqbuzarlikka chora koʻrishni bosqichma-bosqich avtomatlashtirish orqali soddalashtirish;

“Soliq yuki kalkulyatori” interaktiv xizmat turini yaratish;

“Soliq” mobil ilovasida oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun umumrespublika banklararo protsessing markazi (Uzcard) bilan hamkorlikda qoʻshimcha imkoniyat va xizmatlar yaratish;

ishonchli soliq toʻlovchilarni himoya qilish maqsadida “shubhali” soliq toʻlovchilar roʻyxati shakllantirilgan holda, unga kiritilgan subyektlar roʻyxatini doimiy yangilab borish nazarda tutiladi.

3.4. Bojxona tizimini isloh qilishni jadallashtirish

56.

“Yagona darcha” bojxona axborot tizimini takomillashtirish va unga tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bogʻliq barcha tartibotlarni bosqichma-bosqich qamrab olish.

2021-yil 1-avgust

Davlat bojxona qoʻmitasi, Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Mudofaa vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” AJ, Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

8 ta nazorat qiluvchi idoralarning 39 turdagi ruxsatnoma hujjatlarining faqat “Yagona darcha” axborot tizimi orqali berilishini tashkil etish;

temir yoʻl va havo transporti hamda logistika tashkilotlari tomonidan qogʻoz koʻrinishida rasmiylashtirilayotgan yuk hujjatlari va jarayonlarni raqamli koʻrinishga bosqichma-bosqich oʻtkazish;

barcha nazorat idoralari tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun tuziladigan shartnomalarni oferta shakliga oʻtkazish;

koʻrsatilgan xizmatlar uchun belgilangan yigʻimlarni “yagona darcha” axborot tizimi orqali amalga oshirish nazarda tutiladi.

57.

Temir yoʻl va avia chegara bojxona postlarida xavfni boshqarish tizimini joriy etish.

2021-yil 1-noyabr

Davlat bojxona qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” AJ, Axborot texnologiyalari vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

xavfni boshqarish tizimini temir yoʻl va avia chegara bojxona postlarida joriy etish boʻyicha ichki idoraviy hujjat ishlab chiqish;

xavfni boshqarish tizimiga “Temir yoʻl” va “Avia” axborotlashtirilgan axborot tizimini integratsiya qilish;

olib oʻtiladigan tovarlarning xavf darajasini oldindan baholash hamda samarali bojxona nazoratini amalga oshirish, kuch va vositalardan maqsadli foydalanish nazarda tutiladi.

58.

Xorijiy xomashyo va materiallarni “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga rasmiylashtirish talablarini soddalashtirish.

2021-yil 1-iyul

Davlat bojxona qoʻmitasi, vazirlik va idoralar

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

qayta ishlash boʻyicha operatsiyalar roʻyxatini kengaytirish;

qayta ishlangan mahsulotlarning chiqish normasini identifikatsiyalash va baholash uslubiyatini ishlab chiqish;

bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarga nisbatan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash amaliyotini yoʻlga qoʻyish;

bojxona rejimi talabida xorijiy buyurtmachi mavjud boʻlmagan hollarda ham qayta ishlash operatsiyalariga ruxsat berish mexanizmini joriy qilish nazarda tutiladi.

3.5. Bank tizimini isloh qilishni davom ettirish va bank sohasida raqobat muhitini yaratish, aholi va xoʻjalik subyektlariga koʻrsatilayotgan bank xizmatlari sifatini oshirish, tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishni qoʻllab quvvatlash, zamonaviy bank xizmatlari turlarini kengaytirish

59.

Bank tizimini xususiylashtirishga tayyorlash va transformatsiyalashni davom ettirish.

Alohida jadvallar asosida

Moliya vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

2021-yilda “Sanoatqurilishbank”, “Asaka bank”, “Ipoteka bank”, “Aloqabank”, “Turonbank” hamda “Qishloq qurilish bank”ni xususiylashtirishga tayyorlash;

kamida bitta yirik bankdagi davlat ulushini strategik investorlarga toʻliq sotish nazarda tutiladi.

60.

“Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalash toʻgʻrisida” qonun loyihasini kiritish.

2021-yil 1-mart

Markaziy bank

-

-

Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi.

Loyihada:

nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalash faoliyatini tartibga soluvchi qonun va qonunosti hujjatlarini birlashtirish orqali yagona qonunni qabul qilish;

nobank kredit tashkilotlarini litsenziyalash va nazorat qilish jarayonlarini soddalashtirish;

nobank kredit tashkilotlarining xizmat koʻrsatish imkoniyatlarini kengaytirish;

nobank kredit tashkilotlari xizmatlari isteʼmolchilarining huquqini himoya qilishni kuchaytirish;

nobank kredit tashkilotlari tomonidan islom moliyaviy xizmatlarini joriy etish boʻyicha huquqiy bazani yaratish nazarda tutiladi.

61.

Oilaviy tadbirkorlik dasturlarini amalga oshirishni davom ettirish.

2021-yil 1-mart

Markaziy bank, tijorat banklari

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

2021-yilda oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida jami 6 trln. soʻmlik kreditlar ajratish;

oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kreditlashda avvalambor xotin-qizlar va yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish orqali kredit ajratish tizimi joriy etish;

joylarda yangi “mahallabay ishlash” tizimini yoʻlga qoʻyish orqali har bir mahallaning mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqib, tadbirkorlik salohiyatini oshirish;

aholi va tadbirkorlarning kredit olish boʻyicha arizalarini qabul qilishda “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron platformasi”ni joriy qilish choralari koʻzda tutiladi.

62.

Banklarda ichki biznes jarayonlarini avtomatlashtirish orqali inson resurslaridan samarali foydalanib, xodimlarni asosan mijozbay ishlashga yoʻnaltirish.

Yil davomida

Markaziy bank, davlat ulushi mavjud tijorat banklari

-

-

Chora-tadbirlar rejasi.

Bunda:

banklarda xizmat koʻrsatish sifatini oshirish hamda xalqaro umum eʼtirof etilgan standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish (CRM) tizimini joriy etish;

moliyaviy texnologiyalar asosida yangi raqamlashtirilgan bank xizmatlarini joriy qilish;

banklarning axborot texnologiyalar infratuzilmasini takomillashtirish;

mijozlarga zamonaviy standartlar asosida xizmat koʻrsatish boʻyicha bilim va koʻnikmalarni oshirishga qaratilgan alohida oʻqish va seminarlar tashkil etish nazarda tutiladi.

63.

Kontaktsiz toʻlov tizimlarini rivojlantirish.

2021-yil 1-avgust

Markaziy bank, tijorat banklari

-

-

Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha choralarni ishlab chiqish.

Bunda:

naqd pulsiz toʻlovlarni rivojlantirish maqsadida aholini ragʻbatlantirish;

aholining naqd pul koʻrinishidagi jamgʻarmalarini naqd pulsiz koʻrinishdagi ichki investitsiyalarga yoʻnaltirilishini taʼminlash, jumladan qimmatbaho qogʻozlar bozorini rivojlantirish, investitsion fondlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

oʻz-oʻzini band qilgan shaxslarga naqd pulsiz toʻlovlardan foydalanish uchun qulay shart-sharoit yaratish, oʻz-oʻzini band qilgan shaxslar faoliyati bilan bogʻliq huquqiy normalarni takomillashtirish, roʻyxatga olish va soliqqa tortish masalalarini soddalashtirish, ular uchun maxsus bank xizmatlarini taklif qilish;

toʻlov xizmatlari turini koʻpaytirish, ilgʻor toʻlov texnologiyalarini jalb qilish, toʻlov xizmatlari bozorida teng raqobatga sharoit yaratish va cheklovlarni kamaytirish, toʻlov tashkilotlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash.

64.

Iqtisodiyotning xorijiy valyutaga bogʻliqlik darajasini bosqichma-bosqich kamaytirish.

Yil davomida

Markaziy bank, Moliya vazirligi, tijorat banklari

Chora-tadbirlarni rejasi.

Rejada:

valyuta kreditlari ulushini 50 foizdan 45 foizga pasaytirish;

banklarning aktivlari va majburiyatlarida xorijiy valyutaning ulushini kamaytirish uchun pul-kredit va prudensial instrumentlarni qoʻllash;

banklar tomonidan tashqi kreditlarni jalb etishda ehtiyotkor siyosatni yuritish boʻyicha choralar koʻrish.

65.

Nobank va boshqa moliyaviy tashkilotlar sharhini shakllantirish boʻyicha statistik hisobotlarni yuritish qoidalarini ishlab chiqish.

2021-yil 1-may

Markaziy bank, Moliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi

-

-

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Bunda:

“Nobank va boshqa moliyaviy tashkilotlar sharhi”ni Xalqaro valyuta jamgʻarmasining meʼyorlari asosida ishlab chiqish;

sugʻurta, lizing va boshqa bank faoliyati bilan shugʻullanmaydigan moliyaviy tashkilotlar tomonidan Markaziy bankka tegishli statistik hisobot taqdim etilishini koʻzda tutish;

Markaziy bank tomonidan shakllantirib kelinayotgan pul-kredit sharhlari bilan birgalikda “Moliya tizimi sharhi”ni yuritishning yoʻlga qoʻyilishini hamda respublika bank-moliya tizimi statistikasining yagona xalqaro formatda toʻliq qamrab olinishini taʼminlash;

moliya tizimi ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish, foydalanuvchilar, xususan xalqaro ekspertlar, moliyaviy institutlar va investorlar uchun mamlakat moliya tizimini kuzatish va tahlil qilib borish imkonini yaratish.

3.6. Iqtisodiyot tarkibini yanada diversifikatsiya qilish va uning raqobatbardoshligini oshirish, birinchi navbatda, mahalliy mineral xom ashyoni chuqur qayta ishlash boʻyicha ilgʻor texnologiyalarni joriy etish orqali yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlarni oʻzlashtirish, ishlab chiqarish tannarxini va energiya sarfini kamaytirish

66.

Suyultirilgan gazni bozor tamoyillari asosida sotish mexanizmini jadallashtirish.

2021-yil 10-mart

Energetika vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” AJ, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

-

-

Chora-tadbirlar rejasi.

Bunda:

suyultirilgan gaz bozorida samarali raqobat muhitini yaratish, ishlab chiqaruvchi korxonalarning quvvatlarini oshirishni ragʻbatlantirish;

aholi va iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarining suyultirilgan gazga boʻlgan ehtiyojini qanoatlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish nazarda tutiladi.

67.

Tabiiy gazni yuridik shaxslarga bozor tamoyillari asosida sotish mexanizmini ishlab chiqish.

2021-yil 1-iyun

Energetika vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

-

“Oʻztransgaz” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ mablagʻlari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

tabiiy gazni bozor tamoyillari asosida ulgurji sotish bosqichlari va muddatlarini aniqlash;

bozor tamoyillari asosida savdolarda ishtirok etadigan tabiiy gaz isteʼmolchilarini “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimi”ga ulangan tabiiy gaz oqimini avtomatik ravishda toʻxtatuvchi moslamalar bilan jihozlash;

Energetika vazirligi, “Oʻztransgaz” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ oʻrtasida tabiiy gaz isteʼmoli yuzasidan elektron maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish nazarda tutiladi.

68.

“Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini amalga oshirish.

2021-yil 1-oktabr

“Hududgaztaʼminot” AJ

605,4 mln. AQSH dollari

Xorijiy moliya tashkilotlar, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, tijorat banklari, jamiyatning oʻz mablagʻi

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

gaz yetkazib berishda hisob-kitoblarni “online” tartibda oldindan toʻlov tizimiga oʻtkazish, debitor qarzdorlikni qisqartirish;

“PrePay” tizimini joriy etish hamda tabiiy gaz yetkazib berish va qabul qilish jarayonida tafovut yoʻqotishlarning oldini olish nazarda tutiladi.

69.

Elektr energiyasi hisobini nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish.

2021-yil 1-may

Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

552 mln. AQSH dollari

Xalqaro moliya institutlari kreditlari, oʻz mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda 7,5 mln. dona yangi oʻrnatilgan elektr energiyasi hisoblagichlarini billing tizimiga ulash nazarda tutiladi.

70.

Respublika mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish dasturini ishlab chiqish.

2021-yil 20-fevral

Davlat geologiya qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Energetika vazirligi

Loyiha-smeta hujjatlari asosida

Davlat geologiya qoʻmitasining maxsus maqsadli hisobvaragʻi mablagʻlari

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

qidiruv ishlarida foydali qazilmalarning yangi istiqbolli maydonlarini izlash ulushini 2021-yilda 40 foizga yetkazish;

geologiya yoʻnalishidagi iqtidorli yosh mutaxassislarni xorijiy oʻquv kurslarida oʻqitish va amaliyot oʻtashini taʼminlash;

axborot ochiqligi va shaffofligini taʼminlash maqsadida davlat geologiya fondidagi arxiv materaillari boʻyicha raqamli axborotlar bankini tashkil qilish;

geologiya-qidiruv ishlab chiqarishiga mavjud geologik va boshqa maʼlumotlarni raqamlashtirishni keng joriy qilish nazarda tutiladi.

71.

2021-yilda 50 ta kon va istiqbolli maydonlarni mahalliy va xorijiy investorlarga shaffof mexanizmlar asosida foydalanishga berish.

2021-yil davomida

Davlat geologiya qoʻmitasi, Energetika vazirligi

Loyiha-smeta hujjatlari asosida

Davlat geologiya qoʻmitasining maxsus maqsadli hisobvaragʻi mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

dala geologiya ishlari natijasidan olingan namunalar tahlili va boshqa geologik maʼlumotlarni umumlashtirish asosida auksion savdolariga qoʻyiladigan geologik obyektlar roʻyxati shakllantiriladi hamda har bir obyekt boʻyicha tizerlar, taqdimot materiallarini tayyorlash;

2021-yilning ikkinchi yarmida tanlangan 50 ta geologik obyektlarda yer qaʼridan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomalar shaffof mexanizmlar asosida auksion savdolariga joylashtirilib, mahalliy va xorijiy investorlarga taklif etish nazarda tutiladi.

72.

Geologiya fanlari universitetida tashkil etilgan ilmiy klaster negizida fundamental, ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiqotlar hamda zamonaviy xalqaro standartlarni joriy qilgan holda, fan va amaliyotni integratsiyalashni jadallashtirish.

2021-yil 1-sentabr

Davlat geologiya qoʻmitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar Akademiyasi

Loyiha-smeta hujjatlari asosida

Davlat budjeti, Davlat geologiya qoʻmitasining maxsus maqsadli hisobvaragʻi mablagʻlari

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

geologiya-qidiruv amaliyotiga soha va xorijiy institutlarning istiqbolli maydonlarni prognoz qilish, maʼdanlarni qayta ishlashga yoʻnaltirilgan fundamental, ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiqotlari natijalarini joriy qilish;

foydali qazilmalar konlarining 3D-modellarini ishlab chiqish;

GIS-texnologiyalari negizida raqamli kartografik materiallarni yaratish nazarda tutiladi.

73.

Vodorod energetikasi texnologiyalarini oʻrganish va ilm-fanni rivojlantirish.

2021-yil fevral

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Energetika vazirligi, Moliya vazirligi, Fanlar akademiyasi, boshqa vazirlik va idoralar

-

-

Vodorod energetikasi texnologiyalari ilmiy-amaliy innovatsion markazini tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi.

Loyihada:

markazni ochish va laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash;

markazning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlarini belgilash;

vodorod energetikasi yoʻnalishlarida kadrlarni tayyorlash;

vodorod energetikasi sohasidagi olim va mutaxassislarni yetakchi xorijiy ilmiy muassasa va kompaniyalarga stajirovkalarga yuborish;

xorijiy davlatlarning vodorod sohasidagi ilmiy muassasa va markazlari bilan hamkorlikda tadqiqotlar tashkil qilish;

vodorod energetikasi texnologiyalari yoʻnalishida ilmiy-texnikaviy kengash tashkil qilish va vazifalarini belgilash;

mamlakatda yillik vodorod energetikasi holati boʻyicha Hisobotni tayyorlash va Xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida taqdimotini oʻtkazish amaliyotini 2021-yildan boshlab joriy qilish nazarda tutiladi.

74.

Kumushni birja orqali ishlab chiqaruvchilarga erkin sotish.

2021-yil 10-mart

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Navoiy KMK, Markaziy bank, “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

birjaga qoʻyiladigan kumush hajmlarini shakllantirish;

mahsulot boshlangʻich narxini asosli shakllantirish;

zargarlik sohasidagi ishlab chiqaruvchilar uchun kumush mahsulotini sotib olish uchun keng imkoniyatlar yaratish nazarda tutiladi.

75.

MDHga aʼzo davlatlar oʻrtasida elektron sanoat kooperatsiya aloqalarini tashkil etish va kengaytirish.

Yil davomida

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Axborot texnologiyalari vazirligi

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

MDHga aʼzo davlatlarda mavjud yirik ishlab chiqarish quvvatlarining istiqboldagi ehtiyojlarini taʼminlash uchun kooperatsiya aloqalarini kengaytirish;

MDH davlatlarining kooperatsiya forumini oʻtkazish;

mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun qulay boʻlgan yagona elektron sanoat kooperatsiya portalini rivojlantirish;

xomashyo va materiallarni yetkazib berish (xizmatlar koʻrsatish) boʻyicha eksport-import shartnomalarini masofaviy tuzish;

mahsulotlar eksporti va importiga oid statistik maʼlumotlarni doimiy ravishda joylashtirish va yangilab borish;

cheklov, taqiq, litsenziyalash, ruxsat berish hujjatlari, tarif stavkalari, bojxona imtiyozlari, transport kompaniyalarining tariflari toʻgʻrisidagi ishonchli maʼlumotlarni “onlayn” tarzida olish imkoniyatlarini yaratish;

sohalarni mahalliylashtirish boʻyicha xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilish masalasini oʻrganib chiqish va taklif tayyorlash nazarda tutiladi.

76.

Hududiy, tarmoq va Respublika miqyosidagi sanoat yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish.

Yil davomida

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda, real yoki virtual shaklda sanoat yarmarkalarini oʻtkazish;

mahalliy ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida sanoat sohasidagi kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash va rivojlantirish, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va kichik biznes subyektlarini sanoat faoliyatiga keng jalb qilish nazarda tutiladi.

3.7. Hudud, tuman va shaharlarni kompleks rivojlantirish, mustahkam va barqaror zamonaviy ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaratish

77.

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida mahalla va qishloqlar qiyofasini tubdan oʻzgartirish.

2021-yil 1-mart

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblar asosida

Respublika va mahalliy budjetlar, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

har bir tuman va shaharlardagi mahallalar va aholi sonidan kelib chiqib, ularning qiyofasini tubdan oʻzgartirish boʻyicha maqsadli parametrlar va moliyalashtirish manbalarini tasdiqlash;

amalga oshiriladigan ishlarni 50 foizini respublika budjetidan, 50 foizini mahalliy budjetdan teng ulushlarda ajratilishini belgilash;

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarida belgilangan tadbirlarga xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini jalb qilish;

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini shakllantirish va amalga oshirilayotgan ishlarni onlayn monitoringini olib borish imkonini beruvchi portalni (dastur) ishga tushirish nazarda tutiladi.

78.

Har bir qishloq yoki mahallani ularning imkoniyatlari, oʻz yoʻnalishi va “oʻsish nuqtalari”dan kelib chiqib rivojlantirish.

2021-yil 1-aprel

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3 trln. soʻm

Davlat budjeti va xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

har bir hudud imkoniyatlari, nisbiy raqobat ustunligidan kelib chiqib, hududni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari va “oʻsish nuqtalari”ni belgilash;

hududlar imkoniyatidan kelib chiqib, tanlangan yoʻnalishlarda tadbirkorlar tashabbuslari asosida loyihalarni amalga oshirish uchun zarur infratuzilma va sharoitlarni davlat tomonidan yaratib berish tizimini joriy etish. Buning uchun 2021-yilda 3 trln soʻm mablagʻga ega boʻladigan “hududlar infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi”ni tashkil etish;

jamgʻarmaning moliyaviy manbalarini belgilash, mablagʻlarni shakllantirish va taqsimlash tartibini tasdiqlash;

jamgʻarma mablagʻlarini mahalliy Kengashlar takliflariga asosan infratuzilma loyihalarini qoʻshma moliyalashtirishga yoʻnaltirish nazarda tutiladi.

79.

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash borasida tizimli monitoring oʻrnatish va nazoratini amalga oshirish hamda takomillashtirish.

Yil davomida

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Biznes-ombudsman, Savdo-sanoat palatasi

-

-

Amaliy chora-tadbirlar dasturi.

Bunda:

hududlarning, shu jumladan tuman (shahar)larni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holatini tegishli koʻrsatkichlar asosida chuqur tahlil qilib borish;

har oy barcha tuman va shahar hokimlarining amaliy chora-tadbirlar dasturlari va ulardagi maqsadli koʻrsatkichlar ijrosining Bosh vazir rahbarligida kengaytirilgan videoselektor oʻtkazgan holda muhokama qilinishini tashkil etish nazarda tutiladi.

80.

Kambagʻallikni qisqartirish borasida hududlardagi haqiqiy holatga baho berish, amalga oshirilayotgan ishlar ijrosini nazorat qilish tizimini takomillashtirish.

2021-yil 1-mart

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

Amaliy chora-tadbirlar dasturi.

Bunda:

har bir tuman va shahar hokimi oʻz hududida kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha manzilli dasturni ishlab chiqish;

uning ijrosi boʻyicha har chorakda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida hamda ommaviy axborot vositalari orqali xalqqa hisobot berib borish tizimini joriy etish;

kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar samarasini Davlat Xizmatini rivojlantirish agentligining hokimlar faoliyatiga baho berish reytingiga integratsiya qilish nazarda tutiladi.

81.

Hududlarda tashqi qarz hamda davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha jamoatchilik nazorati tizimini takomillashtirish.

2021-yil 1-mart

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblar asosida

Xalqaro moliya institutlari va xususiy sheriklar mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar dasturi.

Bunda:

tashqi qarz hisobidan hamda davlat-xususiy sheriklik asosida hududlarda amalga oshiriladigan loyihalarni mahalliy Kengashlar va jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish hamda ularning natijalari toʻgʻrisida jamoatchilikka hisobot berish tizimini yoʻlga qoʻyish;

davlat xususiy sherikligiga taklif etilayotgan barcha obyektlar boʻyicha maʼlumotlar yagona elektron portalda toʻliq joylashtirilishini taʼminlash;

hududlarda investitsiya va infratuzilma loyihalariga koʻproq xususiy kapitalni jalb etish maqsadida keyingi yilda davlat-xususiy sheriklik asosida 40 dan ortiq yirik va oʻrta loyihalarni amalga oshirish nazarda tutiladi.

82.

Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini zarur infratuzilmalar bilan taʼminlash.

2021-yil 1-aprel

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Energetika vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

1 trln. soʻm

Respublika budjeti mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar dasturi.

Bunda:

600 mlrd. soʻm

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

tuman va shaharda sanoat salohiyatini yanada oshirish uchun 100 ta texnopark, kichik sanoat zonalari, hududiy klaster va maxsus logistika markazlarini tashkil etish;

erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalariga, birinchi navbatda, zarur infratuzilma obyektlarining manzilli roʻyxatini shakllantirish;

maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlash uchun ajratiladigan mablagʻlarning eng maqbul yoʻnalishini belgilab borish nazarda tutiladi.

83.

Shahar va tumanlar markazlarini obodonlashtirish.

Yil davomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qurilish vazirligi

1,4 trln. soʻm

Respublika budjeti mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar dasturi.

Bunda:

shahar va tumanlar markazlarini obodonlashtirish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlarning manzilli roʻyxatini belgilash;

Qurilish vazirligi tomonidan obodonlashtiriladigan koʻchalarning batafsil rejalashtirish loyihalarini tayyorlash;

barcha tuman markazlari va shaharlarda maxsus piyodalar va velosiped yoʻlaklari barpo etish;

obyektlarda ishlarni sifatli va oʻz muddatida tashkil etish nazarda tutiladi.

3.8. Xususiy tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirishni taʼminlaydigan ishbilarmonlik muhitini yaratish

84.

Tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlarni qayta koʻrib chiqib, Tadbirkorlik kodeksi loyihasini ishlab chiqish.

2021-yil 1-oktabr

Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

tadbirkorlik tushunchasi, tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish, shuningdek, ularni ixtiyoriy va majburiy tugatish asoslari hamda tartibi;

tadbirkorlik subyektlari faoliyati ustidan davlat nazoratining huquqiy asoslari;

tadbirkorlik subyektlari faoliyatini yanada takomillashtirish va ragʻbatlantiruvchi normalar;

tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning samarali mexanizmlari;

tadbirkorlarning huquq va majburiyatlari;

tadbirkorlik subyektlari faoliyati shaffofligini oshirish, korrupsiya bilan bogʻliq omillar shakllanishining oldini olish, tartib va taomillarni yanada soddalashtirish hamda takomillashtirish;

“oʻrta biznes” subyektlari toifasini joriy etish, kichik, oʻrta va yirik biznes mezonlarini koʻrib chiqish va belgilash;

tadbirkorlik subyektlari uchun raqobat muhitini yaxshilash va davlatning ayrim funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazish tartibi;

tadbirkorlik subyektlarining tashqi savdo faoliyatini tartibga soluvchi qoidalar;

tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

85.

Davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat bojlari va yigʻimlar summasi hisobini yurituvchi Yagona billing tizimini takomillashtirish.

2021-yil 1-avgust

Axborot texnologiyalari vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblar asosida

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Yagona billing tizimining infratuzilmasini kengaytirish va uni takomillashtirish yuzasidan tegishli tadbirlarni amalga oshirish;

Yagona billing tizimining maxsus modulini ishlab chiqish;

toʻlovlarni onlayn rejimda hisobini yurituvchi tizim mavjud boʻlmagan davlat organlarida joriy etish;

vazirlik va idoralarning ayrim yigʻim, bojlar va boshqa toʻlovlarni undirish bilan bogʻliq tizimlarini Yagona billing tizimiga ulash nazarda tutiladi.

86.

Isteʼmolchilar huquqi ustuvorligini taʼminlagan tadbirkorlik subyektlari reytingini joriy qilish.

2021-yil 1-iyun

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, vazirlik va idoralar

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda tovar (mahsulot), ish va xizmatlarni isteʼmolchilar tomonidan ongli tanlovini taʼminlash maqsadida ularning xabardorligini oshirish uchun tadbirkorlik subyektlarida ish va xizmatlarni koʻrsatishda, tovarlarni sotishda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qonunchiligiga muvofiqligini, keng jamoatchilikni jalb qilgan holda baholash orqali reyting yuritilishini joriy qilish nazarda tutiladi.

87.

Maxsus iqtisodiy zonalari ishtirokchisi maqomini olish jarayonlarida shaffoflikni taʼminlash maqsadida sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllashni keng joriy etish.

2021-yil 1-avgust

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

-

-

Chora-tadbirlar rejasi.

Bunda:

maxsus iqtisodiy zonalarining ishtirokchisi maqomini olishda elektron tanlov oʻtkazish tartibini joriy etish;

talabgorlarning hujjatlarini Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish va koʻrib chiqish amaliyotini joriy etish;

erkin iqtisodiy zonalarining yagona portalida ijaraga beriladigan yer uchastkalari, binolar, inshootlar haqidagi maʼlumotlarni joylashtirish;

talabgorlarga investitsiya loyihalarining koʻrib chiqilishini real vaqt rejimida kuzatib borish tartibotini joriy etish nazarda tutiladi.

88.

Ishsiz aholini tadbirkorlikka va oʻzini oʻzi band qilib ishlash faoliyatiga jalb qilish.

2021-yil 1-aprel

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi

140 mlrd. soʻm

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi, Ayollar daftari jamgʻarmasi, Yoshlar daftari jamgʻarmasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada tadbirkorlik va oʻzini-oʻzi band qilish faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan ishsiz, ayniqsa “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak boʻlgan asbob-uskuna, mehnat qurollari xarid qilish uchun 7 million soʻmgacha subsidiyalar berish nazarda tutiladi.

3.9. Yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish sohasida ishlar sifatini oshirish, turizm sohasi va aholiga sifatli va qulay transport xizmatlari koʻrsatish, transport oqimini boshqarishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, yoʻlovchi tashishda xavfsizlikni taʼminlash, transport infratuzilma obyektlari loyihalarini ishlab chiqish, qurish va ekspluatatsiya qilishda eskirgan normalarni qayta koʻrib chiqish

89.

5 mingdan ortiq taʼmirtalab koʻpriklarni taʼmirlash ishlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish.

Yil davomida

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzyoʻlinspeksiya”, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

400 mlrd. soʻm

Respublika budjeti

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

hududlardagi koʻpriklar holatini qayta xatlovdan oʻtkazish;

xatlov natijalari boʻyicha 2021-yilda taʼmirlanishi zarur boʻlgan koʻpriklarning manzilli roʻyxatini tasdiqlash;

manzilli roʻyxatga kiritilgan obyektlarda taʼmirlash ishlarini sifatli amalga oshirish nazarda tutiladi.

90.

Hududlar oʻrtasidagi transport aloqasini taʼminlash, jumladan eng yirik shaharlar va turistik markazlarga tezda kelib-ketish imkoniyatini beradigan, oʻzaro bogʻlangan transport tarmogʻini yaratish.

2021-yil 1-mart

Transport vazirligi, Moliya vazirligi, “Uzbekistan Airways” AJ, “Uzbekistan Airrorts” AJ

Hisob-kitoblar asosida

Respublika budjeti (subsidiya qismi) mablagʻlari, jalb etiladigan xususiy investorlar mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

xorijiy tajribani chuqur oʻrgangan holda, yoʻlovchilarni shahar atrofida va viloyatlar ichidagi shaharlararo norentabel avtobus yoʻnalishlarida (qishloq joylarda) muntazam tashish bilan band boʻlgan tashuvchilar xarajatlarini moliyalashtirish, norentabel yoʻnalishlar boʻyicha zararlarni qoplash tartibini ishlab chiqish;

2 ta tezyurar poyezd harakati yoʻlga qoʻyiladi, Buxoro — Urganch — Xiva temir yoʻlini elektrlashtirishni boshlash nazarda tutiladi.

91.

Temir yoʻl transporti sohasini transformatsiya qilish, boshqaruv tizimini takomillashtirish, tarmoqning raqobatbardoshligini oshirish.

2021-yil 1-iyul

Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada :

temir yoʻl transporti xizmatlarini koʻrsatishda xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda raqamlashtirish darajasini oshirish;

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish va korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishga yoʻnaltirilgan tashkiliy-huquqiy tadbirlarni amalga oshirish;

moslashuvchan tarif siyosatini olib borish, raqobatbardosh tariflarni belgilash boʻyicha faol chora-tadbirlarni belgilash;

temir yoʻllarning oʻtkazuvchanlik qobiliyatini oshirish nazarda tutiladi.

92.

Aholi uchun yanada qulayliklar yaratish va ularga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida temir yoʻl va metropoliten infratuzilmasini rivojlantirish.

Yil davomida

Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

1 trln. soʻm

Respublika budjeti mablagʻlari

yer usti metro halqa yoʻlining qurilish ishlarini davom ettirish va 12 km boʻlgan ikkinchi bosqichini foydalanishga topshirish;

yer osti va yer usti metro liniyalarini yaxlit tizim sifatida bir-biriga ulash;

42,2 mln. yevro

Ispaniya savdo vazirligining Korporativ rivojlantirish fondi krediti

2 ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi Talgo-250 rusumli yoʻlovchi elektropoyezdini olib kelish va 2 ta marshrutga harakatni yoʻlga qoʻyish;

53 mln. AQSH dollari

Roseksimbank va Vnesh-ekonombank krediti

Buxoro — Urganch — Xiva temir yoʻlini elektrlashtirish ishlarini boshlash;

metro uchun 4 ta yangi elektropoyezdlarni xarid qilish;

15,3 mln. yevro

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ mablagʻlari

lokomotiv parkini yangilash nazarda tutiladi.

93.

Hududlarning transport tizimi modellarini ishlab chiqish.

2021-yil 1-noyabr

Transport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Hisob-kitoblar asosida

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

respublikaning 30 ta shahrida oʻziga xos xususiyatidan kelib chiqib, shaharda alohida yoʻlakda avtobuslar harakatini tashkil etish, unga katta sigʻimli avtobuslarni qoʻyish;

yirik chorrahalar oʻtkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, avtobuslar intervallarini qisqartirish;

jamoat transporti tizimi va infratuzilmasini takomillashtirish boʻyicha bosh reja loyihalarini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

94.

Qishloqdan — tuman markazigacha hamda tuman markazidan — viloyat markazigacha transport xizmatlari koʻlamini kengaytirish va ularning sifatini oshirish.

2021-yil 1-may

Transport vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Hisob-kitoblar asosida

Mahalliy budjet, tijorat banklari krediti va xususiy sheriklar mablagʻlari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

aholi punktlari oʻrtasidagi, ayniqsa, qishloqlarni tumanlar markazlari bilan bogʻlaydigan uzluksiz avtobus qatnovlarini xususiy sektorni jalb qilish orqali koʻpaytirish;

har bir hududda bittadan tumanda tashuvchilar uchun iqtisodiy samarasiz boʻlgan avtobus yoʻnalishlarida yoʻlovchi tashish xarajatlarining bir qismini bosib oʻtilgan masofa va yoʻlovchi sonidan kelib chiqib, budjetdan subsidiyalash tizimini joriy etish;

avtobekatlarda tadbirkorlik obyektlarini ochish uchun ruxsat berishning shaffof elektron tartibi va ulardan foydalanishga aniq talablarni belgilash;

750 ta avtobus bekatlarini namunaviy loyihalar asosida xususiy sektorni jalb qilgan holda, taʼmirlash va tiklash nazarda tutiladi.

95.

Hududlarda 130 ming kilometr uzunlikdagi past va oʻrta kuchlanishli elektr tarmoqlari va 40 mingdan ortiq transformatorni bosqichma-bosqich yangilash dasturini tasdiqlash.

2021-yil 1-aprel

Energetika vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblar asosida

Xalqaro moliya institutlari va korxonalarning oʻz mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada 2021 — 2025-yillarda past va oʻrta kuchlanishli elektr tarmoqlarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish dasturini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

96.

Barcha maʼlumotlarni oʻz ichiga qamrab oluvchi yoʻl-transport tizimining yagona axborot platformasini ishlab chiqish.

2021-yil 1-sentabr

Transport vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Uzbekistan Airways” AJ, “Uzbekistan Airports” AJ, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

Hisob-kitoblar asosida

Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

yagona axborot platformasini ishlab chiqish;

Davlat bojxona qoʻmitasi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar axborot tizimlari bilan integratsiyalash nazarda tutiladi.

97.

Respublika transport-logistika tarmogʻini rivojlantirish va xalqaro koridorlarga integratsiyalash.

Yil davomida

Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Uzbekistan Airports” AJ, “Uzbekistan Airways” AJ, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

“Xitoy — Qirgʻiziston — Oʻzbekiston — Turkmaniston — Ozarbayjon — Gruziya” multimodal yoʻnalishida yuk tashuvlarini tashkil etgan holda respublikaning tranzit salohiyatini oshirish;

“Oʻzbekiston — Turkmaniston — Eron — Ummon” yoʻnalishidagi transport yoʻlaklarini rivojlantirish nazarda tutiladi.

98.

Aviatsiya sohasida xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash maqsadida hududiy aeroportlarni davlat-xususiy sheriklik asosida tashqi boshqaruvga berish.

2021-yil 1-iyul

Transport vazirligi, “Uzbekistan airports” AJ, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda, davlat-xususiy sheriklik asosida taqdim etiladigan aeroportlar aniqlanadi, shuningdek, ulardan foydalanish boʻyicha tegishli talab va mezonlarni belgilash nazarda tutiladi.

99.

Ziyorat turizmi va ichki turizmni rivojlantirish.

2021-yil 1-mart

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Transport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, vazirlik, idoralar va hokimliklar

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

salohiyatli ziyorat turizmi bozoriga ega mamlakatlardan muntazam aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish;

ayrim davlatlar uchun viza tizimini yanada soddalashtirish;

targʻibot tadbirlari uchun alohida mablagʻlar ajratish, har yili turli festival va tanlovlarni oʻtkazish va keng targʻib qilish;

targʻibot ishlarining qoʻshimcha moliyalashtirish manbalarini belgilash;

mavsumdan tashqari turizm davri uchun turli ragʻbatlantiruvchi tadbirlarni oʻtkazish;

madaniy meros obyektlarini va ziyoratgohlarni obodonlashtirish nazarda tutiladi.

100.

Turizm obyektlari atrofidagi yer maydonlari, suv va yoʻl infratuzilmalarini yaxshilash.

2021-yil davomida

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Moliya vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi

1 trln. soʻm

Respublika budjeti, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

tegishli turizm infratuzilmasi va yondosh infratuzilmani qurish, rekonstruksiya qilish, kengaytirish va modernizatsiya qilish ishlarini olib borish;

jahon standartlariga mos va zarur madaniy koʻngilochar infratuzilmani rivojlantirish;

madaniy meros obyektlarini restavratsiya, konservatsiya qilish va obodonlashtirish nazarda tutiladi.

101.

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi hamda Toʻdakoʻl koʻllari hududida turistik infratuzilmani rivojlantirish.

2021-yil 1-aprel

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Jizzax viloyati hokimligi

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi hamda Toʻdakoʻl koʻllarining hududida turizm salohiyatidan unumli foydalanish;

hududning turizm infratuzilmasini rivojlantirish, jahon standartlariga mos xizmatlar yaratish boʻyicha tegishli talab va mezonlarni belgilash nazarda tutiladi.

102.

Jizzax viloyatida zamonaviy turistik-rekreatsion zonasi faoliyatini hamda xalqaro umummavsumiy togʻ-changʻi kurortini tashkil etish.

2021-yil 1-aprel

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Jizzax viloyati hokimligi

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada zamonaviy turistik-rekreatsion zona hududida zamonaviy mehmonxona majmualari, madaniy-sogʻlomlashtirish, savdo-koʻngilochar va turistik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa obyektlar, shuningdek, zamonaviy muhandislik infratuzilmasi obyektlarini tashkil etish nazarda tutiladi.

103.

Turizm sohasidagi bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash maqsadida ish beruvchilar bilan hamkorlikni tashkil etishga qaratilgan onlayn-platforma yaratish.

2021-yil 1-sentabr

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi

150 mln. soʻm

Budjetdan tashqari mablagʻlar

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

mehnat bozorini tahlil qilgan holda bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash maqsadida turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlarida mavjud boʻsh ish oʻrinlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni shakllantirish;

ishtirokchilar bilan muloqot oʻrnatishga qaratilgan axborot tadbirlari (konferensiya, uchrashuv, press va video konferensiya, yigʻilishlar) toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlarni shakllantirish;

boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalarida turizm firma va kompaniyalarining faol ishtirokini taʼminlash nazarda tutiladi.

104.

Buxoro va Xorazm viloyatlarining turizm salohiyatini pandemiya sharoitidan soʻng tiklash va yanada rivojlantirish.

2021-yil 1-mart

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, vazirlik va idoralar, Buxoro va Xorazm viloyatlari hokimliklari

-

-

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda tegishli viloyatlarning turizm infratuzilmasini yaxshilash, yangi yoʻnalishlarni tashkil etish, turizm sohasi xizmatlar turini diversifikatsiyalash, yangi targʻibot kampaniyalarini tashkil etish, ommaviy tadbirlarni belgilangan tartibda oʻtkazish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilash nazarda tutiladi.

3.10. Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, xorijiy investorlarni qoʻllab-quvvatlash va huquqiy himoya qilish

105.

Ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarga yoʻnaltirilgan markazlashgan investitsiyalar samaradorligini oshirish, davlat investitsiyalarini boshqarishni baholash (PIMA) tizimini joriy etish.

2021-yil 1-avgust

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi

-

-

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

investitsiya loyihalarini tanlash va amalga oshirish bilan bogʻliq muammolarni tahlil qilish maqsadida markazlashgan investitsiyalarni boshqarishni baholash (PIMA) tizimini joriy etish;

ijtimoiy soha tarmoqlari, yoʻl-transport infratuzilmasi va boshqa tarmoqlar boʻyicha investitsiya loyihalarini tanlash meʼyorlari va muhimligini belgilash tartibini oʻrnatish;

markazlashgan investitsiyalar va xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan va taklif etiladigan loyihalar maʼlumotlarining har yili yangilanadigan yagona bazasini yaratish;

Investitsiya dasturini markazlashgan investitsiyalar hisobidan amalga oshirish doirasida hududiy loyihalarni mahalliy resurslar, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan bajarish orqali Davlat budjeti ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish nazarda tutiladi.

106.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilishning avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish.

2021-yil 1-iyul

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

2021 — 2023-yillarda moʻljallangan Investitsiya dasturi va hududiy investitsiya dasturlari doirasida moliyalashtirishning barcha manbalari, shu jumladan markazlashgan investitsiyalar, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar (obyektlar) boʻyicha tarmoq jadvallarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ijrosini taʼminlash;

loyiha va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash, tender jarayonlarini oʻtkazish, moliyalashtirishni ochish;

qurilish-montaj ishlarini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish, belgilangan investitsiyalarni toʻliq va oqilona oʻzlashtirish, ishlab chiqarish quvvatlari va obyektlarini oʻz vaqtida va sifatli foydalanishga topshirish ustidan tizimli monitoring oʻrnatish;

2017 — 2020-yillarda foydalanishga topshirilgan quvvatlar va obyektlarning texnik-iqtisodiy asoslarda belgilangan koʻrsatkichlarga erishilishi ustidan tizimli monitoring oʻrnatish;

monitoring yakunlari boʻyicha yoʻl qoʻyilgan qoloqliklarni bartaraf etish hamda mavjud muammolarni tezkorlik bilan hal etish yuzasidan tegishli choralar koʻrish;

monitoring yakunlarini Hukumat komissiyasi yigʻilishlarida muhokama qilib borilib, tegishli choralar koʻrish nazarda tutiladi.

107.

Tarmoqlar va hududlarga jalb qilingan va oʻzlashtirilgan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar va kreditlarning davlat statistik hisobotlarida aks ettirilishi boʻyicha xorijiy tajribani, jumladan UNCTAD tavsiyalarini oʻrgangan holda yagona hisobot shakllari va ularni joriy qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

2021-yil 1-iyul

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Markaziy bank, vazirlik va idoralar

-

-

Metodologik qoʻllanma loyihasi.

Bunda:

Hujjat loyihasida tarmoqlar va hududlarga jalb qilingan hamda oʻzlashtirilgan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlarning davlat statistik hisobotlarida aks ettirilishi boʻyicha xorijiy tajribani, jumladan UNCTAD tavsiyalarini oʻrgangan holda, yagona hisobot shakllari ishlab chiqiladi va ularni joriy qilish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish nazarda tutiladi.

108.

2021-yilda 23 mlrd dollar qiymatidagi investitsiyalarni oʻzlashtirish hamda 226 ta yirik sanoat va infratuzilma obyektlarini ishga tushirish.

Yil davomida

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, tashabbuskor idoralar (vazirlik, idora va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari)

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

2021-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturi doirasida loyihalarning tarmoq jadvallarini tasdiqlash, loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish, qurilish-montaj ishlarini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish chora-tadbirlari;

2021-yilda amalga oshirilayotgan, jumladan ishga tushirish belgilangan jami 226 ta yirik investitsiya loyihalarini Idoralararo ishchi guruhi bilan birgalikda tasdiqlangan Grafikka asosan joylarga chiqqan holda oʻrganish va oʻrganish yakunlari boʻyicha tegishli takliflar tayyorlash nazarda tutiladi.

109.

Davlat qarzi hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining natijadorligini taʼminlash.

Yil davomida

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Davlat qarzi hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonlarini barcha bosqichlarini sifatli va samarali tashkil etish;

xalqaro moliya tashkilotlarining mutaxassislarini jalb qilgan holda qarz oluvchi tashkilotlarning masʼul rahbarlari hamda loyihalarni amalga oshirish guruhlarining xodimlarini loyihalarni boshqarish va xaridlarni tashkil etish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish;

loyihalarni amalga oshirishda kechiktirish va belgilangan natijalarga erishishni taʼminlamagan loyiha tashabbuskorlarining birinchi rahbarlariga nisbatan intizomiy choralar koʻrish;

Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish hamda unga yuklatilgan vazifalarni toʻliq amalga oshirish choralari nazarda tutiladi.

3.11. Yangi bozorlarni oʻzlashtirish, mahsulot raqobatbardoshligini oshirish, xalqaro sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishda eksport qiluvchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlashni choralari va mexanizmlarini kengaytirish orqali hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarining eksport salohiyatini yanada oshirish

110.

Mahalliy eksportchi korxonalarning savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shuningdek, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bogʻliq chet eldagi xarajatlarini qoplab berish tizimini joriy etish.

2021-yil 15-mart

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, tarmoq korxonalari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy hokimliklar

-

-

Normativ huquqiy hujjat loyihasi.

Bunda mahalliy eksportchi korxonalarning savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shuningdek, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bogʻliq chet eldagi xarajatlarini qoplab berish tartibini tasdiqlash nazarda tutiladi.

111.

Yevropa Ittifoqining “GSP+” tizimi doirasidagi imtiyozlarni mamlakatimizda samarali qoʻllash uchun keng koʻlamli dastur ishlab chiqish.

2021-yil 1-iyun

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, tarmoq korxonalari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy hokimliklar

-

-

Amaliy chora-tadbirlar dasturi.

Bunda “GSP+” tizimi doirasidagi imtiyozlarni samarali qoʻllash borasida amaliy chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish nazarda tutiladi.

112.

Yangi eksport bozorlariga chiqish.

Yil davomida

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, vazirlik va idoralar, tarmoq korxonalari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy hokimliklar

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

2021-yil davomida xorijiy davlatlarda tashkil etiladigan xalqaro koʻrgazma va yarmarkalarda mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokini taʼminlash;

xorijiy davlatlarda savdo uylari, “shou-rum”lar va reklama kampaniyalarini tashkil etish ishlarini jadallashtirish;

2021-yilda alohida mahsulot turlari uchun 40 ta yangi davlatlar bozorini oʻzlashtirish choralarini koʻrish nazarda tutiladi.

113.

Jahon savdo tashkilotiga aʼzolik masalasi hamda Yevropa Ittifoqi bilan keng qamrovli hamkorlik boʻyicha ishlarni faollashtirish.

Yil davomida

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Oʻzbekiston Respublikasining JSTga aʼzo boʻlishi boʻyicha Ishchi guruhning 5-yigʻilishini oʻtkazish;

“Faktologik hujjat” loyihasini tayyorlash;

JSTga aʼzo davlatlar bilan ikki tomonlama muzokaralarni oʻtkazish;

tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislari uchun JST bitimlari va koʻp-tomonlama savdo tizimi qoidalari boʻyicha seminar va treninglar tashkil etish;

Yevropa Ittifoqi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik bitimi (KSHHB) boʻyicha muzokaralarning 7-raundini oʻtkazish;

KSHHBning ochiq masalalarini hal etish boʻyicha Oʻzbekiston — Yevropa ekspertlari oʻrtasida videokonferensiyalarni oʻtkazish va Bitim matnini kelishish nazarda tutiladi.

114.

2021-yilda korxonalarga xomashyo sotib olish va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish uchun Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan 100 mln AQSH dollari ajratish.

Yil davomida

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, tijorat banklari, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar

100 mln. AQSH dollari

Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan 100 mln. dollar resurs mablagʻlarining Eksportni ragʻbatlantirish agentligiga toʻliq ajratib berilishini taʼminlash;

Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan tijorat banklari talabiga muvofiq eksportoldi moliyalashtirish ishlari uchun resurs mablagʻlari ajratish;

eksportoldi moliyalashtirish uchun ajratilgan mablagʻlarning maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat oʻrnatish nazarda tutiladi.

115.

Tovar va xizmatlar eksportini kamida 20 foizga oshirish.

Yil davomida

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Hukumat komissiyasi tomonidan eksport qiluvchi korxonalar bilan korxonabay ishlash tizimini faol davom ettirgan holda, ularning faoliyati davomidagi muammoli masalalarni tezkorlik bilan hal etish choralarini koʻrish;

investitsiya dasturlari doirasida ishga tushiriladigan yangi ishlab chiqarish quvvatlarini eksport faoliyatiga keng jalb etish choralarini koʻrish;

xomashyo eksportini keskin kamaytirgan va respublika hududida chuqur qayta ishlagan holda, yuqori qoʻshilgan qiymatli sanoat mahsulotlari eksport hajmini kengaytirish choralarini koʻrish nazarda tutiladi.

116.

Respublikaga xavfli mahsulotlar kirib kelishining oldini olish.

2021-yil 20-fevral

“Oʻzstandart” agentligi, Davlat bojxona qoʻmitasi

60 mln. soʻm

Budjetdan tashqari mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

YEI va YEOII mamlakatlariga kiritilishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar toʻgʻrisida maʼlumotlar yigʻish va tezkor axborotni bojxona idoralariga yetkazish boʻyicha maxsus Internet portalini yoʻlga qoʻyish;

portalga kiritilgan xavfli mahsulotlar importini taqiqlash nazarda tutiladi.

117.

Elektrotexnika sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish.

2021-yil 20-mart

“Oʻzstandart” agentligi

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

“CENELEC” standartlarini qabul qilish;

Yevropada joriy etilgan sifat talablariga muvofiq elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarishni taʼminlash nazarda tutiladi.

3.12. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining samaradorligini oshirish, yer maydonlari va suv resurslaridan oqilona foydalanish, intensiv texnologiyalar va innovatsion ishlanmalarni keng joriy qilish, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, agrar soha eksport salohiyatini oshirish, klaster tizimini va barcha yoʻnalishlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni yanada rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish yoʻnalishlarida qishloq xoʻjaligi sohasini isloh qilishni davom ettirish

118.

“Yagona darcha” tamoyili boʻyicha fermer, dehqon xoʻjaliklari, agroklasterlar, kooperatsiyalar va boshqa tadbirkorlik subyektlariga innovatsiyalarga asoslangan sifatli agroxizmatlar koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish.

2021-yil 20-may

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari

160 mln. AQSH dollari

Jahon banki va Yevropa Ittifoqi mablagʻlari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimini 2021 — 2025-yillarda rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish;

Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi negizida Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazini tashkil etish;

sohada ilmiy va innovatsion ishlanmalarni yaratgan va samarali joriy etgan olimlar hamda yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Milliy markaz huzurida Qishloq xoʻjaligida ilmiy-tadqiqotlarni va innovatsion ishlanmalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tashkil etish;

hududiy markazlar faoliyatlarini mavjud kollejlar bazasida tashkil etish hamda ularning zarur infratuzilmasini yanada mustahkamlash;

Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida agroxizmatlarni muvofiqlashtiruvchi markaz faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

Akademik M. Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti hududida zamonaviy texnologiyalar asosidagi Qishloq xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutlarini muvofiqlashtirish markazini tashkil etish;

2022-yildan boshlab davlat-xususiy sheriklik asosida Milliy markazning tuman boʻlinmalari tashkil etish nazarda tutiladi.

119.

Qishloq xoʻjaligida ekinlar hosildorligini va samaradorlikni oshirish.

2021-yil 1-noyabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” AK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari, tijorat banklarining kreditlari

Amaliy chora-tadbirlar dasturi.

Bunda:

qishloq xoʻjaligida eng ilgʻor texnologiyalar, resurs tejovchi va biologik usullardan foydalanish, qishloq xoʻjaligi ekinlarining yuqori avlodli urugʻlari bilan taʼminlash, ilm-fan yutuqlari va innovatsiyalarni qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga keng joriy etish;

paxta maydonlarida 160 ming gektar suv tejovchi texnologiyalar joriy etilib, hosildorlikni paxta va gʻallachilikda 8 — 10 foizga, meva-sabzavotchilikda 15 — 20 foizga oshirish choralarini koʻrish;

har bir gektar yerdan olinadigan daromadni hozirgi oʻrtacha 2 ming AQSH dollaridan kamida 5 ming AQSH dollarigacha bosqichma-bosqich yetkazish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish;

sholichilikda suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida asosiy maydonlarda 20 foizgacha va takroriy maydonlarda 70 foizgacha koʻchat usulida ekishni joriy etish;

organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish hisobiga ekologik toza, sifatli eksportbop meva-sabzavotlar yetishtirish;

paxta va gʻalla yetishtirishga qoʻshimcha ravishda sholi, sabzavot mahsulotlari yetishtirishni ham moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish;

unumdorligi yuqori koʻchatlarni xarid qilishda hamda xalqaro sertifikatlarni (GlobalGAP, Organic) olish xarajatlarining 50 foizini hamda qishloq xoʻjaligi texnikalari lizing xarajatlari foiz stavkasini 50 foizini davlat tomonidan qoplab berish mexanizmini joriy etish;

qishloq xoʻjaligi ekinlari nav mualliflari, urugʻ va koʻchat yetishtiruvchilar manfaatdorligi va masʼuliyatini oshirish;

kooperatsiyalar tashkil etilib, ularda yetishtirilgan mahsulotlarni sotib olish, daladan bozorga yetkazib berish va eksportni amalga oshirish tizimini joriy etish nazarda tutiladi.

120.

Qishloq xoʻjaligida yer munosabatlari boʻyicha islohotlarni yanada takomillashtirish, yerlarni bozor aktivlariga aylantirish hamda yer uchastkalarini ijara huquqi bilan foydalanishga berishning zamonaviy va shaffof mexanizmlarini joriy etish.

2021-yil 20-mart

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi qoshidagi Kadastr agentligi

-

-

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

qishloq xoʻjaligi yerlarini toʻliq kadastr xatlovidan oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi yerlarini ajratishning bozor mexanizmlariga asoslangan shaffof tizimini joriy etish;

yerning toʻlaqonli subijara bozorini shakllantirish, yerga boʻlgan ijara huquqini sotish va sotib olishni elektron tizimda, onlayn platformada amalga oshirish;

ekin yerlaridan foydalanish tizimini raqamlashtirish, barcha qishloq xoʻjaligi yerlarining elektron xaritalarini yaratish nazarda tutiladi.

121.

Mamlakatda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish maqsadida irrigatsiya-melioratsiya obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda sugʻorish quduqlarini oʻrnatish orqali jami 90 ming gektar maydonlarni qayta foydalanishga kiritish va qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish.

Yil davomida

Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari

960 mlrd. soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari, tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari va tijorat banklari kreditlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

2021-yilda 90 ming gektar yangi yerlarni qayta foydalanishga kiritish ishlarining manzilli roʻyxatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

tasdiqlangan manzilli roʻyxatlar asosida yerlarni foydalanishga kiritish, amalga oshirilayotgan ishlarning tizimli monitoringini yuritish hamda ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot taqdim qilib borish;

foydalanishga qayta kiritilgan maydonlarda qoʻshimcha ravishda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish imkoniyatini yaratish nazarda tutiladi.

122.

Suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etiladigan yer maydonlarini koʻpaytirish hamda suvni iqtisod qilish texnologiyalarini joriy etish.

Yil davomida

Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari

330 mlrd. soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

1,17 trln. soʻm

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy moliya tashkilotlari mablagʻlari, Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan ajratiladigan imtiyozli kreditlari

tumanlarda suv xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini montaj qilish hamda ularni ishlatishda koʻmaklashish boʻyicha servis guruhlarini tashkil qilish;

230 ming gektarda suv tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish;

200 ming gektar maydonni lazerli tekislagich yordamida tekislash;

suvni tejaydigan sugʻorish va boshqa texnologiyalarni joriy etishni kengaytirish;

sugʻorish davrida respublika boʻyicha 5 mlrd. kub metrgacha suv tejash;

Osiyo taraqqiyot banki grant mablagʻlari hisobidan Amudaryo havzasida suv resurslarini boshqarishni avtomatlashtirish boʻyicha namunaviy loyihani amalga oshirish nazarda tutiladi.

123.

2021 — 2023-yillarda davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni ekish, parvarish va shakl berish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish

2021-yil mart

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

Kompleks chora-tadbirlar dasturi.

Bunda:

Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho turlarining kesilishiga joriy etilgan moratoriyga qatʼiy rioya etilishi ustidan ekologik nazoratni yanada kuchaytirish;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Obodonlashtirish boshqarmalari tarkibida daraxt va butalarni himoya qilish boʻlimlarini tashkil etish masalasini koʻrib chiqish;

davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlardagi biologik yoshini oʻtab boʻlgan, zararkunanda va kasalliklar taʼsirida zararlangan daraxt va butalarni soha olimlari va mutaxassislari ishtirokida oʻrganib, tegishli xulosalarni rasmiylashtirish;

daraxt va butalar oʻsishini toʻxtatishga olib keladigan shikastlanish darajasini aniqlash meʼyorlarini belgilash nazarda tutiladi.

124.

“Daladan isteʼmolgacha” tamoyili asosida mahsulotlar yetishtirish boʻyicha qishloq xoʻjaligi kooperatsiyalarini ragʻbatlantirish tizimini joriy etish, xususan, yoshlar va xotin-qizlarning faol ishtirokini taʼminlash.

2021-yil 1-noyabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent, Buxoro, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari

5,6 mln. AQSH dollari

Yevropa Ittifoqi grant mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent, Buxoro, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida “daladan isteʼmolgacha” tamoyili asosida mahsulotlarni yetishtirish zanjirini tashkil etish boʻyicha qishloq xoʻjaligi kooperatsiyalarini tashkil etishga Yevropa Ittifoqining grant mablagʻlarini yoʻnaltirish;

ushbu hududlarda 500 nafar yoshlar va “temir daftarga” kirgan ehtiyojmand aholiga 1 gektardan yer maydonlari ajratiladi va ularni meva-sabzavotchilik kooperatsiyalariga birlashtirish orqali yangi ish oʻrinlari yaratilib, daromad olishini taʼminlash nazarda tutiladi.

125.

Foydalanishdan chiqqan yerlarni foydalanishga kiritish va yangi yerlarni oʻzlashtirish hamda yerga yer qoʻshish orqali qishloq hududlarida yangi ish oʻrinlar yaratish va 0,1 — 1 gektarlik kichik uchastkalardan iborat oilaviy va boshqa turdagi xoʻjaliklar kooperatsiyalarini tashkil qilish.

2021-yil 20-avgust

Oʻzbekiston fermer, dehqon va tomorqa yer egalari kengashi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi qoshidagi Kadastr agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam taʼminlangan oilalarni qoʻllab-quvvatlash;

kooperatsiyalar tomonidan sifatli va eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmlarini oshirish orqali ichki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash va eksport qilish;

qishloq aholisi va yoshlarni doimiy ish bilan taʼminlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam taʼminlangan oilalarni “temir daftar”dan chiqarish nazarda tutiladi.

126.

Qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi, urugʻchilik va koʻchatchilik tizimini takomillashtirish, xaridorlarni kafolatlangan urugʻlik va koʻchatlar bilan taʼminlash mexanizmini joriy etish.

2021-yil 20-avgust

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilishi inspeksiyasi, Fanlar Akademiyasi, Intellektual mulk agentligi

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Bunda:

Jahon bozori konyunkturasini hisobga olgan holda, respublika tuproq-iqlim sharoitlariga mos qishloq xoʻjaligi ekinlari turlari va navlarini aniqlash, hududlarni ixtisoslashtirish;

nav mualliflarining manfaatdorligini oshirish, sifatli urugʻliklar bilan taʼminlash;

davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektorni ilm-fan bilan uzviy bogʻlash orqali seleksiya, urugʻchilik va koʻchatchilik sohasini rivojlantirish;

tadbirkorlar tomonidan urugʻchilik va koʻchatchilikni rivojlantirish boʻyicha kooperatsiyalarni tashkil etish nazarda tutiladi.

127.

Qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish, raqamlashtirish, yerning unumdorligini oshirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish.

2021-yil 1-noyabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi

600 mln. AQSH dollari

Xalqaro moliya institutlari va donorlar mablagʻlari

Amaliy chora tadbirlar.

Bunda:

xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining sohaga 100 mln. AQSH dollardan ortiq grant mablagʻlari jalb etiladi va quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi;

xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va jamgʻarmalarning vakillaridan iborat “Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini (grantlarini) muvofiqlashtirish boʻyicha kengash” faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

vazirlik huzurida xalqaro va mahalliy grantlar bilan ishlash boʻyicha idoralararo ekspertlar guruhlarini tashkil etish;

qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish doirasida jalb etilgan 500 mln dollar miqdoridagi mablagʻlarni oʻzlashtirish nazarda tutiladi.

128.

Qishloq xoʻjaligi tarmogʻi statistikasining shaffof mexanizmini joriy etish va raqamlashtirish.

Yil davomida

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, vazirlik va idoralar

7,5 mln. AQSH dollari

Xalqaro moliya institutlari va donorlar mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

“Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsiyalashgan platformasini ishlab chiqish;

qishloq xoʻjaligi yerlarining asosiy va takroriy ekin turlari, hosildorlik darajasini hisobga olgan holda, interfaol xaritada kuzatish imkoniyatiga ega “onlayn hosil” yagona axborot bazasini shakllantirish nazarda tutiladi.

129.

Aholining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida goʻsht, sut, tuxum va baliq mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish.

2021-yil 20-mart

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekchorvanasl” agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

6 trln. soʻm

Oʻz mablagʻlari va bank kreditlari hisobidan

Chora-tadbirlar dasturi.

Bunda, 2021-yilda chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirishga qaratilgan 1 500 ta yangi loyihalarni ishga tushirish nazarda tutiladi.

130.

Aholi tomorqalariga kompleks xizmat koʻrsatishni tashkil etish uchun respublikaning meva-sabzavot koʻp yetishtiriladigan 32 ta tumanida tomorqa xizmati klasterlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2021-yil 1-noyabr

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

102 mlrd. soʻm

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi mablagʻlari

Chora-tadbirlar dasturi.

Bunda, aholi tomorqalarida mahsulot yetishtirishni koʻpaytirish uchun texnika xizmati koʻrsatish, sovutgichli omborxonalar qurish, koʻchatchilik issiqxonalarini qurish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va boshqa xizmat koʻrsatish obyektlarini ishga tushirish orqali tomorqalarda mahsulot yetishtirishni koʻpaytirish, ichki bozorga va eksportga sotishda koʻmaklashish nazarda tutiladi.

3.13. Raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, inson faoliyatining barcha sohalariga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, jumladan sogʻliqni saqlash va taʼlim sohalariga, iqtisodiyotning real sektorida ishlab chiqarish va boshqarish tizimlarini avtomatlashtirish, axborot tizimining yaxlitligi va barqaror faoliyatini hamda axborot xavfsizligini taʼminlash

131.

Elektron davlat xizmatlarini joriy etish hamda mavjud elektron davlat xizmatlarini takomillashtirish.

Yil davomida

Axborot texnologiyalari vazirligi, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida talabgorligi yuqori boʻlgan elektron davlat xizmatlarini joriy etish reja-jadvalini shakllantirish;

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida 60 ta davlat xizmatlarini elektron shaklga oʻtkazish hamda masofaviy xizmatlar ulushini 60 foizga yetkazish;

jismoniy va yuridik shaxslarni mobil telefon raqamlari hamda boshqa maʼlumotlari asosida roʻyxatga olish, identifikatsiyalash, autentifikatsiyalash va avtorizatsiyalash imkoniyatlarini yaratish;

elektron xabardor qilish tizimini joriy qilish;

elektron dasturlarni ishlab chiqish uchun davlat organlarining tegishli maʼlumotlar bazasidan erkin foydalanish imkoniyatini yaratish uchun ochiq platforma yaratish nazarda tutiladi.

132.

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-park)larni kengaytirish va yangi infratuzilma obyektlarini qurish.

2021-yil 20-iyun

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Axborot texnologiyalari vazirligi, vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablagʻlari, mahalliy budjet mablagʻlari va tijorat banklari kreditlari

IT-parkning Buxoro, Namangan, Navoiy, Nukus, Urganch, Termiz va Toshkent shaharlarida hududiy filiallari faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi qoʻshma qarorlar qabul qilish:

IT-parkning hududiy filiallarini qurish hamda zarur infratuzilmalarni tashkil etishni mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan va davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish;

tashkil etilgan obyektlarni belgilangan tartibda IT-parkka operativ boshqaruv huquqi asosida berish nazarda tutiladi.

133.

Tashqi reklama obyektlarini raqamli monitoring qilish tizimini joriy qilish.

2021-yil 1-sentabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

Budjetdan tashqari mablagʻlar, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

tashqi reklama obyektlari noqonuniy oʻrnatilishining oldini olish, joylashgan joyi va mulkdorini qulay identifikatsiya qilish;

joylashtiriladigan reklamalarni qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan tizimli ravishda doimiy monitoring qilib borish;

kamchilikka yoʻl qoʻyilgan har bir holatga nisbatan tezkor munosabat bildirish imkoniyatini beruvchi yagona maʼlumotlar bazasini yaratish boʻyicha dasturiy taʼminot ishlab chiqish nazarda tutiladi.

134.

Isteʼmolchilar huquqlarini toʻlaqonli taʼminlash maqsadida “Smart consumer” axborot tizimini joriy qilish.

2021-yil 1-noyabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi, vazirlik va idoralar

-

Budjetdan tashqari mablagʻlar, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda onlayn tarzda isteʼmolchilardan murojaatlarni (shikoyatlarni) qabul qilish, ularga maslahat berish imkoniyatlarini beruvchi “Smart consumer” axborot tizimini joriy qilish nazarda tutiladi.

3.14. Davlat boshqaruvining zamonaviy usullarini, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini qoʻllash koʻlamini kengaytirish, boʻsh turgan yer maydonlari, bino va inshootlardan samarali foydalanishni jadallashtirish

135.

Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “Oʻzbekneftgaz”, “Oʻzbekgidroenergo”, “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatlari xalqaro moliya bozoriga chiqib, davlat kafolatisiz mablagʻ jalb qilish.

Yil davomida

Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

-

Xorijiy investorlar mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda xalqaro kapital bozorida korporativ obligatsiyalarni (“yevrobond”) joylashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilashga oid jamiyatlarning kuzatuv kengashi qarorlarini qabul qilish nazarda tutiladi.

136.

Strategik ahamiyatga ega boʻlgan 32 ta yirik korxona va tarmoqni transformatsiya qilish ishlarini amalga oshirish.

Yil davomida

Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

-

-

Chora-tadbirlar dasturi.

Bunda strategik ahamiyatga ega boʻlgan 32 ta yirik korxona va tarmoqni transformatsiya qilish ishlarini amalga oshirish nazarda tutiladi.

137.

Yirik korxonalardagi davlat ulushini sotuvga qoʻyish.

Yil davomida

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Chora-tadbirlar dasturlari.

Bunda “Fargʻona azot” va “Dehqonobod kaliy” zavodlari, “Koka-kola ichimligi” korxonasi, “Bildirsoy” va “Chorvoq” oromgohlari, “Ichan qalʼa” va “Hayat Rejensi” mehmonxonalari, “Poytaxt” biznes majmuasi, alkogol, yogʻ-moy kabi tarmoqlardagi 83 ta yirik korxonalardagi davlat ulushini sotuvga qoʻyishga tayyorlash boʻyicha manzilli dasturlarni tasdiqlash nazarda tutiladi.

138.

Davlat ulushi boʻlgan korxonalar sonini kelgusi ikki yilda kamida 3 baravar qisqartirish.

2021-2022-yillar

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Chora-tadbirlar dasturi.

Bunda davlat ulushi boʻlgan korxonalar sonini yilma-yil qisqartirish boʻyicha aniq “Yoʻl xarita”sini ishlab chiqish, tasdiqlash va ijrosini amalga oshirish nazarda tutiladi.

139.

Xoʻjalik jamiyatlari kuzatuv kengashi aʼzolarining faoliyatini baholash tizimini joriy etish.

2021-yil 20-iyun

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, xalqaro moliya institutlari (OTB)

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

kuzatuv kengash tarkibi aʼzolarini kasbiy tajribasi, bilimlari, koʻnikmalari va shaxsiy fazilatlari asosida shakllantirish;

ularning faoliyati uchun samarali motivatsiya tizimini shakllantirish;

kengash aʼzolarining ish haqini ularning faoliyati samaradorligidan kelib chiqib aniqlash;

korxonalarda korporativ boshqaruv amaliyotining sifatini yaxshilash nazarda tutiladi.

140.

Baholash faoliyatining yagona axborot platformasini yaratish.

2021-yil 1-sentabr

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Axborot texnologiyalari vazirligi

500 mln. soʻm

Agentlikning budjetdan tashqari fondi, Xalqaro institutlar va tashkilotlar, homiylik xayriyalari, boshqa manbalar

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda baholash xizmatlari bozoridagi axborot, baholash faoliyati toʻgʻrisidagi dolzarb, haqqoniy va doim yangilanuvchi shaffof axborotning oshkoraligi va ochiqligini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasida baholash faoliyatining yagona axborot platformasini joriy etish nazarda tutiladi.

141.

Davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashiga nomzodlarni jalb qilish jarayonini boshqarish, xususan, kuzatuv kengashiga mustaqil aʼzolarni jalb qilish imkonini beruvchi portalni yaratish.

2021-yil 1-sentabr

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashiga nomzodlarni jalb qilish boʻyicha portalni yaratish;

davlat ishtirokidagi korxonalarda kuzatuv kengashi nomzodlarini koʻrsatish jarayonining ochiqligi va shaffofligini oshirish;

har bir nomzodning davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashlaridagi boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarini erkin koʻrishini taʼminlash nazarda tutiladi.

3.15. Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik

142.

Xorijga tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan va xorijiy til hamda kasblar boʻyicha malaka imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan fuqarolarni ragʻbatlantirish tizimini joriy qilish.

2021-yil 1-iyun

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Transport vazirligi, Moliya vazirligi

52 mlrd. soʻm

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

Loyihada:

“Labor-migration” dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtgan, xorijiy tillar yoki kasblarga oʻqigan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga xorijiy tillar yoki kasb boʻyicha muvaffaqiyatli topshirilgan malaka imtihoni xarajatlarini toʻlab berish, xorijga ketish uchun yoʻl transport chiptasini xarid qilishga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida subsidiya berish;

rivojlangan davlatlarga (Yevropa mamlakatlari, Yaponiya, Shimoliy Amerika davlatlari, Avstraliya va boshqalar) tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga mazkur mamlakatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun “ishchi viza”ni rasmiylashtirish xarajatlarini qoplab berish nazarda tutiladi.

143.

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan Oʻzbekiston Respublikasining “kuzatuvchi davlat” maqomidagi hamkorligini rivojlantirish.

Yil davomida

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida qabul qilinayotgan hujjatlar, oʻtkazilayotgan tadbirlar va rejalashtirilayotgan harakatlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni yigʻish, oʻrganish va tahlillarni amalga oshirish;

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan Oʻzbekiston Respublikasining “kuzatuvchi davlat” maqomidagi hamkorligini rivojlantirish nazarda tutiladi.

144.

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YEOII) aʼzo boʻlgan davlatlar bozorlarida toʻlaqonli ishtirok etish uchun milliy texnik tartibga solish meʼyorlarini ularning talablariga moslashtirish boʻyicha ishlarni jadallashtirish.

Yil davomida

“Oʻzstandart” agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

YEOII texnik reglament talablarini qabul qilish;

YEOII mamlakatlarida qabul qilingan 26 ta texnik reglamentlar asosida maxsus texnik reglamentlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;

ishlab chiqariladigan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish nazarda tutiladi.

3.16. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish

145.

Aholining minimal isteʼmol xarajatlarini eʼlon qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

2021-yil 1-mart

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, vazirlik va idoralar

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

aholining minimal isteʼmol xarajatlarini eʼlon qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;

ushbu koʻrsatkichlardan ijtimoiy siyosatni yuritishda samarali instrument sifatida foydalanish;

ijtimoiy kafolatlarni bir tizimga keltirilgan holda, ularni minimal meʼyorlar darajasida bosqichma-bosqich taʼminlash boʻyicha maxsus dasturni tasdiqlash nazarda tutiladi.

146.

Kambagʻal va ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan taʼminlash va mehnat faolligini oshirish maqsadida ularni kasb-hunarga va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha tizimni toʻliq joriy etish, oʻqishga jalb qilingan fuqarolar qamrovini kengaytirish.

Yil davomida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

140,5 mlrd. soʻm

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi, Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

70 ming nafar ishsiz fuqaroni 40 ta kasb-hunar boʻyicha oʻqitish;

ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka oʻqitish (39,6 ming nafar, shu jumladan Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi dasturi boʻyicha);

50 ming fuqarolarni tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi uchun chet tillarga oʻqitish;

“Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kirgan fuqarolar oʻqish xarajatlarini Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi, yoshlar va xotin-qizlarning oʻqish xarajatlarini (1 mln. soʻm) Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tomonidan qoplash nazarda tutiladi.

147.

Ishsiz fuqarolar, ayniqsa, yoshlar, xotin-qizlar, qaytib kelgan mehnat migrantlarini mahalla darajasida kasb-hunarga, tadbirkorlikka oʻqitish koʻlamini kengaytirish maqsadida mahalla kasb-hunarga oʻqitish maskanlari tarmogʻini kengaytirish.

2021-yil 20-aprel

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

95 mlrd. soʻm

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi, “Ayollar daftari” jamgʻarmasi, “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

kasb-hunar maskanlari sonini 1 000 taga yetkazish, bunda 136 ta mavjud maskanga qoʻshimcha ravishda 864 ta mahallada tikuvchilik, oshpazlik-qandolatchilik, erkaklar va ayollar sartaroshligi, kompyuter savodxonligi, buxgalteriya va tadbirkorlik asoslari hamda boshqa murakkab asbob-uskunalar talab etilmaydigan yoʻnalishlar boʻyicha kasbga oʻqitish maskanlarini tashkil etish;

tuman (shahar) hokimliklari tomonidan mahallalarda kasbga oʻqitish maskanlarini tashkil etish joyi bilan taʼminlash;

kasbga oʻqitish maskanlarini oʻquv jihozlari bilan Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi, “Ayollar daftari” jamgʻarmasi va “Yoshlar kelajagimiz” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan taʼminlash;

kasbga oʻqitish maskanlarini saqlash hamda oʻqish jarayonlarini tashkil etish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi tomonidan qoplanishi nazarda tutiladi.

148.

Mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan ishchi kasblar boʻyicha fuqarolarning malaka darajasini tasdiqlash tizimini joriy etish.

Yil davomida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

Chora-tadbirlar rejasi.

Bunda:

har bir hududda tashkil etilgan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Ishga marhamat” monomarkazlarida kamida 10 ta ishchi-kasblar boʻyicha malakani baholash markazlarini tashkil etish;

kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq va hududiy kengashlar tomonidan malakani baholash markazlarini tashkil etish;

xususiy kasbiy malakani baholash markazlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish nazarda tutiladi.

149.

Har bir tumanning imkoniyati va rivojlanish yoʻnalishidan kelib chiqib, dehqonchilik bilan shugʻullanadigan ehtiyojmand oilalarga 0,1 gektardan 1 gektargacha yer maydonlari ajratish.

2021-yil 1-aprel

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

10 mlrd. soʻm

Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, mahalliy budjet, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

ishsiz aʼzolari bor oilalarga, jumladan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalarga:

dehqonchilik bilan shugʻullanish uchun yangi oʻzlashtirilgan, lalmi, foydalanilmayotgan yer maydonlarida 0,1 gektardan 1 gektargacha yer ajratish;

ajratilgan yer maydonlarini sugʻorish tizimi (artezian quduqlar, tomchilatib sugʻorish tizimi va boshqalar) va elektr energiyasi bilan taʼminlash;

berilgan yerlarni oʻzlashtirish uchun (yer haydash, urugʻ koʻchat xarid qilish va boshqalar) subsidiya ajratish nazarda tutiladi.

150.

Davlat mablagʻlari hisobidan ishsiz fuqarolar, kambagʻal oila aʼzolariga ularning bandligini taʼminlash va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash uchun berilayotgan moddiy yordam va subsidiyalar samaradorligini oshirish maqsadida ijtimoiy kontrakt tizimini joriy etish.

2021-yil 20-mart

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

ishsiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga bandligini taʼminlash va moddiy koʻmak berish maqsadida ajratilayotgan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlar boʻyicha fuqaroning olayotgan mablagʻlar hisobiga majburiyatlarni belgilovchi “ijtimoiy kontrakt” mexanizmini joriy etish;

fuqaroning ijtimoiy kontrakt boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarish ustidan monitoring tizimini oʻrnatish va davlatdan yordam olgan fuqaroning “shaxsiy profili”ni yaratish;

ijtimoiy kontrakt boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajargan fuqarolarni ragʻbatlantirish, bajarilmagan holatlarda fuqarolarning ijtimoiy masʼuliyatini belgilash;

ijtimoiy kontrakt tizimi tajriba tariqasida joriy etilayotgan tuman (shahar)lar roʻyxatini belgilash, tajriba natijalariga koʻra qolgan tuman (shahar)larida tatbiq etish;

ijtimoiy kontrakt tizimini joriy etish boʻyicha jahon tajribasini oʻrganish va xorijiy ekspertlarni jalb qilish maqsadida Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlik qilish nazarda tutiladi.

IV. Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash HAMDA Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari

4.1. Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularni har tomonlama kamol topishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga oid davlat siyosatini takomillashtirish

151.

Yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslari, startap va gʻoyalarini yanada qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan kreditlar ajratish.

2021-yil fevral

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari, Yoshlar ishlari agentligi

600 mlrd. soʻm milliy valyutada joylashtirilgan xalqaro obligatsiyalar hisobidan 45 mln. AQSH dollari Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan 455 mlrd. soʻm (45 mln. AQSH dollari ekvivalentida), “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida avval ajratilgan kreditlarni qaytarilishi hisobidan 50 mln. AQSH dollari

Davlat budjeti, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, tijorat banklari mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada yoshlarning biznes loyihalarini kreditlash mexanizmlari yaratiladi hamda ularni kasb-hunarga oʻqitish choralari nazarda tutiladi.

152.

Bolalarni qoʻllab-quvvatlash fondini tashkil etish.

2021-yil 1-sentabr

Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

100 000 mln. soʻm

Respublika budjeti

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada Bolalarni qoʻllab-quvvatlash fondi maqomi, faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari, moliyalashtirish manbalari, jamoatchilik ishtiroki mexanizmlari nazarda tutiladi.

153.

Bolalar huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida “Bolalar Ombudsmani toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2021-yil 1-oktabr

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida), Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Adliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, nodavlat notijorat tashkilotlari (kelishuv asosida), vazirlik va idoralar

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi.

Loyihada mamlakatimizda bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish samaradorligini yangi bosqichga olib chiqishda inson huquqlarini himoya qilishning yagona milliy tizimini saqlagan holda Bolalar Ombudsmani faoliyatini tashkil etish nazarda tutiladi.

154.

BMT shafeligida “Inson huquqlari boʻyicha taʼlim” global forumini tashkil etish va oʻtkazish.

2021-yil 20-iyul

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti, boshqa manbalar

Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi.

Loyihada:

ishchi guruhni shakllantirish, forum konsepsiyasi va dasturini tasdiqlash;

forumni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish hamda mahalliy va xorijiy OAVlarda keng yoritish nazarda tutiladi.

155.

Yoshlar huquqlariga bagʻishlangan Butunjahon yoshlar anjumanini tashkil etish va oʻtkazish.

2021-yil 1-sentabr

Yoshlar ishlari agentligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti, boshqa manbalar

Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi.

Loyihada anjumanni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha Tashkiliy guruh tarkibi hamda anjuman konsepsiyasi va dasturi tasdiqlanadi.

156.

Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari tajribasi asosida barcha shahar va tumanlarida “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari”ni tashkil etish.

2021-yil 20-mart

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

100 mln. AQSH dollari

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

yoshlarning loyihalarini moliyalashtirish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida alohida jamgʻarma tashkil etish;

Jamgʻarma orqali yoshlarning loyihalarini roʻyobga chiqarish uchun qulay shartlarda moliyalashtirish;

sanoat va tadbirkorlik zonalarida ishlab chiqarish binolari qurish va ularni yoshlarga imtiyozli shartlarda ijara va lizing asosida berish;

sanoat va tadbirkorlik zonalarida yoshlar loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashish uchun zarur boʻladigan barcha infratuzilma obyektlarini joylashtirish nazarda tutiladi.

157.

Yoshlarning xalqaro “IT” sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizgacha boʻlgan qismini budjetdan qoplab berish tartibini ishlab chiqib, joriy etilishini taʼminlash.

2021-yil 20-aprel

Axborot texnologiyalari vazirligi, Moliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

yoshlarning xalqaro “IT” sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizgacha boʻlgan qismini Davlat budjetidan qoplab berish tartibi;

yosh mutaxassislarni oʻqitish va ularning xalqaro IT-sertifikatlarini olish uchun 50 foizgacha xarajatlarini moliyalashtirish boʻyicha ekspert kengashi tuzish;

yosh mutaxassislarni oʻqitish va ularning xalqaro IT-sertifikatlarini olish uchun 50 foizgacha xarajatlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash nazarda tutiladi.

158.

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida yoshlarni dasturlash tillarini oʻzlashtirishga qiziqtirish orqali ularni ish bilan taʼminlash tizimini yoʻlga qoʻyish.

Yil davomida

Axborot texnologiyalari vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

ixtisoslashtirilgan va boshqa umumtaʼlim maktablarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini “Bir million dasturchi” loyihasiga oid oʻquv dasturlari bilan bosqichma-bosqich integratsiya qilish;

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan oʻquvchilar IT-parkining IT-akademiyasida tahsil olishi uchun ularga maxsus chegirmalar asosida yoʻllanma berish;

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 2021-2022-yillarda 300 ming nafar yoshlarni kompyuter dasturlash asoslariga bepul oʻqitish boʻyicha sohaga qiziqadigan yoshlarni aniqlash, oʻqitish va ish bilan taʼminlash nazarda tutiladi.

159.

Xalqaro taʼlim dasturlari (imtihonlar) boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan iqtidorli yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berish tartibini yoʻlga qoʻyish.

2021-yil 20-mart

Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada xalqaro taʼlim dasturlari (imtihonlar) boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan iqtidorli yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berish tartibini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

160.

Yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda Andijon viloyati tajribasini oʻrganish maqsadida mamlakatimizning barcha hududlaridan faol yoshlarni jalb qilgan holda “Andijon yoshlar forumi”ni tashkil etish.

2021-yil 20-may

Andijon viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

Hisob-kitoblarga asosan

Mahalliy budjet mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda Andijon viloyati tajribasini oʻrganish maqsadida mamlakatimizning barcha hududlaridan faol yoshlarni jalb qilgan holda “Andijon yoshlari forumi”ni tashkil etish nazarda tutiladi.

161.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlab mamlakatimizning barcha hududlaridan faol yoshlarni jalb qilgan holda 2021-yil avgust oyida “Fargʻona yosh hunarmandlar festivali”ni tashkil etish.

2021-yil 20-avgust

Fargʻona viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

Hisob-kitoblarga asosan

Mahalliy budjet mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlab mamlakatimizning barcha hududlaridan faol yoshlarni jalb qilgan holda “Fargʻona yosh hunarmandlar festivali”ni tashkil etish nazarda tutiladi.

162.

“Yoshlar: 1+1” dasturi doirasida uyushmagan va ishsiz yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish.

Yil davomida

Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

Savdo-sanoat palatasining hududiy oʻquv markazlarida uyushmagan va ishsiz yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitishni tashkil etish;

“Hunarli kishi xor boʻlmas” gʻoyasi asosida usta hunarmandlar qoʻlida ishsiz yoshlarga kasb-hunar oʻrgatish maqsadida hududlarda “ustoz-shogird” anʼanasini yangi tizimda joriy etish;

“Ustoz-shogird” anʼanasiga jalb etiladigan hunarmand ustalarni Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasidan moddiy ragʻbatlantirish tizimini joriy etish nazarda tutiladi.

163.

“Har bir tadbirkor — yoshlarga madadkor” tamoyili asosida koʻngilli tadbirkorlarni jalb etgan holda 1 nafar tadbirkorga 1 nafardan ishsiz yoshlarni biriktirish tashabbusini amalga oshirish.

Yil davomida

Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ishlari agentligi

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda “Har bir tadbirkor — yoshlarga madadkor” tamoyili asosida koʻngilli tadbirkorlarni jalb etgan holda yoshlarga qoʻshimcha ish joyi yaratish nazarda tutiladi.

164.

Yoshlar, ayniqsa, ish va oʻqish bilan band boʻlmagan yoshlar bilan masʼullar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot oʻrnatishga xizmat qiluvchi “Yoshlar murojaati” elektron platformasini yaratish.

2021-yil 20-may

Axborot texnologiyalari vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda yoshlar, ayniqsa, ularning uyushmagan qatlami bilan masʼullar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot oʻrnatishga xizmat qiluvchi “Yoshlar murojaati” elektron platformasini yaratish hamda amaliyotga joriy etish nazarda tutiladi.

165.

Yosh oilalarni arzon uy-joylar bilan taʼminlash maqsadida 2021 — 2023-yillarda Yoshlar uylarini qurish dasturini amalga oshirish.

2021-yil 20-may

Yoshlar ishlari agentligi, Qurilish vazirligi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimlari

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada yosh oilalarni arzon uy-joylar bilan taʼminlash maqsadida 2021 — 2023-yillarda Yoshlar uylarini qurish dasturini tasdiqlash;

yosh oilalarni arzon uy-joylar bilan taʼminlashning shaffof tartibini tasdiqlash nazarda tutiladi.

166.

Hududlarda ilmiy faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ilm-fanga keng jalb qilish, nufuzli ilmiy maktablarni shakllantirish, ularning ilmiy salohiyatini oshirish, soddalashtirilgan tartibda yoshlarning ilmiy va startap loyihalarini moliyalashtirish maqsadida ilmiy dasturni amalga oshirish.

2021-yil 20-mart

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi

50 000 mln. soʻm

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

yoshlar uchun eʼlon qilinadigan startap loyihalari tanlovlari talablarining soddalashtirilgan tizimini ishlab chiqish;

2021-yildan boshlab iqtidorli yoshlar oʻrtasida “Akademik harakatchanlik” dasturi va “Boʻlajak olim” tanlovini tashkil qilish;

stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktoranturaga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich oshirish;

iqtidorli yoshlarning ilmiy gʻoyalarini ragʻbatlantirish, ularning xorijiy universitetlar va ilmiy markazlarga qisqa muddatli stajirovkalarini tashkil etish;

yoshlarga ilmiy tashkilotlar, oliy taʼlim muassasalari, shuningdek, vazirlik, idora va tashkilotlar huzuridagi ilmiy tuzilmalardagi zamonaviy ilmiy asbob-uskunalardan bepul foydalanish huquqini berish nazarda tutiladi.

167.

Toshkent viloyatida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining filiali hamda barcha hududlarda mazkur yoʻnalishda texnikumlar tashkil etilishini taʼminlash.

2021-yil 20-may

Axborot texnologiyalari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti, budjetdan tashqari boshqa mablagʻlar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada Toshkent viloyatida Axborot texnologiyalari universiteti filiali hamda barcha hududlarda mazkur yoʻnalishda texnikumlarni tashkil etish nazarda tutiladi.

168.

Mashinasozlik yoʻnalishida barpo etilayotgan korxonalarni malakali oliy maʼlumotli mutaxassislar bilan taʼminlash choralarini koʻrish.

2021-yil 20-may

“Oʻzavtosanoat” AJ, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Jizzax viloyat hokimligi

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablagʻlari

Oliy taʼlim muassasalarining oʻzaro kelishuv shartnomasi.

Shartnomada 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab Jizzax politexnika institutida Toshkentdagi Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish nazarda tutiladi.

169.

“Kamalak yulduzlari”, “Yilning eng faol yoshlar yetakchisi”, “Yil sardori”, “Talabalar festivali”, “Intellektual oʻyinlar” haftaligi, “Yil talabasi” singari koʻrik-tanlov va musobaqalarni tashkil etish.

Yil davomida

Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, MTRK

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi bayoni loyihasi.

Loyihada “Kamalak yulduzlari”, “Yilning eng faol yoshlar yetakchisi”, “Yil sardori”, “Talabalar festivali”, “Intellektual oʻyinlar” haftaligi, “Yil talabasi” singari koʻrik-tanlov va musobaqalarni 2021-yildan boshlab tashkil etish va yuqori saviyada oʻtkazish, gʻoliblarni munosib ragʻbatlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish nazarda tutiladi.

170.

“Vatanparvar” mudofaaga koʻmaklashuvchi tashkiloti bazasida yoshlarni mehnat bozorida ehtiyoj yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitishni taʼminlash.

Yil davomida

Mudofaa vazirligi, Vatanparvar MKT, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda har bir hudud va soha kesimida “Vatanparvar” tashkiloti bazasida yoshlarni mehnat bozorida ehtiyoj yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitish nazarda tutiladi.

171.

Oʻzbekiston talabalar assotsiatsiyasini tashkil etish.

2021-yil 1-sentabr

Samarqand viloyati hokimligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda Oʻzbekiston talabalar assotsiatsiyasini tashkil etish va shu orqali “Samarqand tajribasi”ni yaratish nazarda tutiladi.

172.

Navoiy viloyati, Nurota tumanidagi ishsiz yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida hududning oʻziga xosligidan kelib chiqib ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish.

2021-yil 20-avgust

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi

Hisob-kitoblarga asosan

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida tashkil etiladigan jamgʻarma mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda Navoiy viloyati, Nurota tumanidagi ishsiz yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida hududda yoshlar bilan uchrashuv tashkil etish, yoshlar uchun yangi ish oʻrinlarini yaratish nazarda tutiladi.

173.

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan, ushbu sohada muayyan yutuqlarga erishgan isteʼdodli yoshlarning mazkur sohada ilgʻor tajribaga ega davlatlar tomonidan tashkil etiladigan anʼanaviy va masofaviy kurslarda ishtirokini tashkil etish.

Yil davomida

Axborot texnologiyalari vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablagʻlari, xorijiy hamkorlar grantlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan, ushbu sohada muayyan yutuqlarga erishgan isteʼdodli yoshlarni yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida ularning ilgʻor tajribaga ega davlatlar tomonidan tashkil etiladigan anʼanaviy va masofaviy kurslarda ishtiroki etishlari nazarda tutiladi.

174.

Markaziy Osiyo xattotlik sanʼati anʼanalarini qayta tiklash va rivojlantirish maqsadida Islom sivilizatsiya markazi joylashgan Hazrati imom majmuasi hududida “Kitobot ilmi maktabi”ni tashkil etish.

2021-yil 20-avgust

Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita

-

-

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi bayoni loyihasi.

Loyihada:

Markaziy Osiyo xattotlik sanʼati anʼanalarini qayta tiklash va rivojlantirish maqsadida Islom sivilizatsiya markazi joylashgan Hazrati imom majmuasi hududida “Kitobot ilmi maktabi”ni tashkil etish;

markazni zarur texnik vositalar bilan taʼminlash choralarini koʻrish nazarda tutiladi.

175.

Yoshlarning xorijiy tillarni oʻrganishlari uchun yanada kengroq imkoniyat yaratish maqsadida bepul til oʻrganish elektron platformasini yaratish.

2021-yil 20-may

Yoshlar ishlari agentligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Budjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlari

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda yaratilishi kutilayotgan elektron platformada yoshlarning xorijiy tillarni bepul oʻrganishlari uchun yanada kengroq imkoniyat yaratish nazarda tutiladi.

176.

Farzandlikka olish amaliyotini oʻrganish va bu boʻyicha huquqiy asoslarini qayta koʻrib chiqish.

2021-yil 1-may

Bosh prokuratura, Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida), Adliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, vazirlik va idoralar

-

-

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

farzandlikka olish tizimini tanqidiy tahlil qilish va amaliyotdagi muammolarni oʻrganish;

farzandlikka olish boʻyicha qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish va tizimlashtirish;

“Bola sotish” holatlarining oldini olish maqsadida fuqarolarning oʻzaro kelishuvi asosida farzandlikka olish boʻyicha ochiq huquqiy asoslarini yaratish nazarda tutiladi.

4.2. Aholining salomatligini mustahkamlash, aholini ijtimoiy himoya qilish va xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish

177.

Respublika aholisini koronavirusga qarshi profilaktik emlash ishlarini tashkil etish.

Yil davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati

Hisob-kitoblarga asosan

Xalqaro moliya institutlari va Davlat budjeti mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda respublika aholisi oʻrtasida koronavirusga qarshi profilaktik emlashlarni oʻtkazish nazarda tutiladi.

178.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

Yil davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati

200 mln. AQSH dollari

Osiyo taraqqiyot va Osiyo infratuzilma investitsiya banklari mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalari moddiy-texnika bazasini yaxshilash, laboratoriyalar imkoniyatini kengaytirish uchun asbob-uskunalar xaridi uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni jalb qilish;

Osiyo taraqqiyot banki hamda Osiyo infratuzilma investitsiya banki bilan qarz shartnomasini imzolash nazarda tutiladi.

179.

Hududlarda koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yaxshilash maqsadida respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlari va ularning filiallari oʻrtasida telemeditsina tizimini ommalashtirish.

Yil davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Markazlarning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlari va ularning filiallari oʻrtasida telemeditsinani yoʻlga qoʻyish nazarda tutiladi.

180.

6 — 23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutriyent kukuni bilan, 6 oylikdan 5 yoshgacha boʻlgan bolalarni “A” vitamini bilan va 2 — 10 yoshdagi bolalar gelmintoz profilaktikasi boʻyicha maxsus preparatlar bilan bepul taʼminlash.

2021-yil 20-iyul

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

28 870 mln. soʻm

Davlat budjeti, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

6 — 23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutriyent kukuni bilan taʼminlash;

2 — 10 yoshdagi bolalarni gelmintoz profilaktikasi boʻyicha maxsus preparatlar bilan taʼminlash;

Andijon va Jizzax viloyatlaridagi 6 oylikdan 5 yoshgacha boʻlgan bolalarni “A” vitamin bilan taʼminlash nazarda tutiladi.

181.

Neyrosensor karlik yoki zaif eshitadigan bolalarda koxlear implantatlardan foydalangan holda operatsiyalar oʻtkazish.

Yil davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

27 824 mln. soʻm

Davlat budjeti

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda sensonevral eshitish pastligining III-IV darajasi tashxisi bilan nazoratda boʻlgan 200 dan ortiq bolalarda koxlear implantatsiya operatsiyalarini oʻtkazish nazarda tutiladi.

182.

Birlamchi boʻgʻinda umumiy amaliyot shifokori oʻrniga oilaviy shifokor va unga 5 ta yordamchi hamshiradan iborat tibbiy brigadalar tashkil qilish.

2021-yil 20-iyul

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda amaldagi umumiy amaliyot shifokori va hamshiralar oʻrniga oilaviy shifokor, uning terapiya va pediatriya yoʻnalishlari boʻyicha yordamchilari, patronaj hamshiralari va doyadan iborat boʻlgan “tibbiyot brigadalari”ni tashkil qilish nazarda tutiladi.

183.

Respublikada 5 yoshgacha bolalar, tugʻish yoshidagi va homilador ayollar, nogironligi boʻlganlar, qon-tomir, onkologik, endokrin kabi kasalliklarga moyilligi boʻlgan fuqarolar bilan ishlashning alohida tizimini joriy etish.

Yil davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

hududlarning oʻziga xos xususiyatidan, kasallik turlari, fuqarolarning yoshi, kasallanish darajasi va boshqa omillardan kelib chiqib xavf guruhlarini aniqlash mezonlarini belgilash;

joriy qilinayotgan yangi tibbiy profilaktika va patronaj tizimi boʻyicha tibbiyot xodimlarini oʻqitishga koʻmaklashish;

aholini xavf guruhlariga ajratish, ularning salomatligini davriy kuzatib borish;

maqsadli skrining va maqsadli patronaj bilan qamrab olinadigan fuqarolarni koʻrikdan muntazam oʻtkazib borish va ularga nisbatan davo choralarini koʻrish nazarda tutiladi.

184.

Aholiga davlat tomonidan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari bilan kafolatlangan paket doirasida tibbiy xizmat koʻrsatish tizimini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish.

2021-yil fevral

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Amaliy chora-tadbir.

Bunda:

kafolatlangan paketga kiritiladigan tibbiy xizmatlar va dori vositalari roʻyxatini ishlab chiqish va tasdiqlash;

Sirdaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida aholiga kafolatlangan paket doirasida tibbiy xizmatlar koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish nazarda tutiladi.

185.

Aholiga koʻrsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatini yanada takomillashtirish maqsadida kelgusi 3 yilda 315 ta oilaviy shifokor punkti va 85 ta oilaviy poliklinika faoliyatini tashkil etish.

Yil davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar, Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda 100 ta oilaviy shifokor punktlari, 17 ta qishloqlarda joylashgan oilaviy poliklinikalarni, 7 ta shaharlarda joylashgan oilaviy poliklinikalar tashkil etish nazarda tutiladi.

186.

Hamshira va feldsherlarning obroʻsi va mavqeyini oshirish maqsadida “hamshiralik ishi” bilan mustaqil shugʻullanish uchun ruxsat berish.

2021-yil 1-iyul

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Ish beruvchilar va tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada “hamshiralik ishi” bilan mustaqil shugʻullanish uchun oʻrta tibbiyot mutaxassislariga oʻzini-oʻzi band qilish asosida ruxsat berish tartibini belgilash nazarda tutiladi.

187.

Olis va chekka hududlarda birlamchi va ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatish va ehtiyojmand aholi uchun skrining va davolash tadbirlariga xususiy shifoxonalarni jalb etish va ularga subsidiya ajratish.

Yil davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablagʻlari doirasida

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar paketidan kelib chiqqan holda olis va chekka hududlarda birlamchi va ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatish va ehtiyojmand aholi uchun subsidiya ajratish;

xususiy shifoxonalarni jalb etgan holda olis va chekka hududlarda skrining va davolash tadbirlarini tashkil qilish nazarda tutiladi.

188.

Onkologiya va onkogematologiya kasalligidan aziyat chekayotgan fuqarolarga yuqori malakali tibbiy yordam koʻrsatish.

Yil davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

250 000 mln. soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

onkologiya va onkogematologiya kasalligi bilan ogʻrigan bemorlarni zarur dori vositalari bilan taʼminlashni yanada yaxshilash;

oq qon va ogʻir irsiy gematologik kasallikdan aziyat chekayotgan fuqarolarga autologik oʻzak hujayralari transplantatsiyasi amaliyotini oʻtkazish uchun dori vositalari, tibbiy sarflov vositalari, yuqori texnologik tashxis uchun reagentlar va asbob-uskunalarni xarid qilish;

transplantatsiya oldi kimyoterapiya kurslari, oʻzak hujayralari yigʻib olish, ularni saqlash, transplantatsiya amaliyoti va transplantatsiyadan keyingi nazorat bilan qamrab olish (reabilitatsiya) nazarda tutiladi.

189.

Respublikadagi gemodializ muolajasiga muhtoj bemorlarni tibbiy xizmat bilan bepul qamrab olish.

Yil davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

137 780 mln. soʻm

Davlat budjeti

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

gemodializga muhtoj bemorlarning yillik 20 foizga oʻsishini hisobga olgan holda, 5 mingdan ortiq bemorni bepul gemodializ xizmati bilan qamrab olish;

xizmat sifatini yanada yaxshilash maqsadida reja boʻyicha 2021-yilda 100 ta sunʼiy buyrak apparati, 33 ta suv tozalash moslamasi, 44 ta mikser, 665 280 ta komplekt dializator va unga mos ravishda boshqa sarflov vositalari xarid qilish nazarda tutiladi.

190.

Endokrin kasalliklarni erta aniqlash va davolash hamda endokrinologiya muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

2021-yil 1-noyabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

150 000 mln. soʻm

Davlat budjeti

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

ixtisoslashtirilgan endokrinologiya muassasalarini (Buxoro, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm va Fargʻona viloyatlari endokrinologiya dispanserlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahar endokrinologiya dispanserlari, akademik Yo.X. Toʻraqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot Markazi) zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash;

qandli diabetning 1 turi bilan kasallangan bolalar va oʻsmirlar uchun muntazam ravishda analogli insulinni yetkazib berish;

qandli diabetning 1 turi bilan kasallangan bolalar va oʻsmirlar uchun oʻzini oʻzi nazorat qilish vositalarini (test-chiziqchalarini) xarid qilish nazarda tutiladi.

191.

Tuman va shahar tibbiyot birlashmalari negizida 35 ta tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarini tashkil etish.

2021-yil 1-iyul

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

24 mln. AQSH dollari

Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar, Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarini 2021-2022-yillar davomida bosqichma-bosqich tashkil etish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni, xususan, kerakli qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish, zarur tibbiyot uskunalarini xarid qilish, markazlarda mavjud boʻlishi zarur boʻlgan dori va sarflash vositalari bilan taʼminlash hamda markazlarda faoliyat koʻrsatadigan mutaxassislar faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

yurak-qon tomir (miokard infarkti), miya-qon tomir kasalliklari (insult), qoʻshma shikastlanishlardan kasallanish, oʻlim va nogironlikni kamaytirish uchun tibbiy yordam bosqichlarida uzluksizlikni yaxshilash, “oltin soat”ni hisobga olgan holda bemorlarning qoʻshni hududlardan oʻz vaqtida kelishini tashkil qilish;

qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlari tashkil etilishi yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni qishloq aholisiga yaqinlashtirishga imkon yaratadi, shoshilinch tibbiy yordamni oʻz vaqtida va mukammal ravishda koʻrsatish hisobiga esa minglab fuqarolar hayoti saqlab qolinishiga va ularning faol mehnat qobiliyatini tiklashga yordam berish nazarda tutiladi.

192.

Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlarida buyrak transplantatsiyasi amaliyotini oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish.

Yil davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

hududlarda buyrak transplantatsiyasini boshlash uchun respublika muassasalari mutaxassislarining 2021-yil tashriflar jadvalini tasdiqlash;

jadvalga muvofiq buyrak transplantatsiyasi boʻyicha operatsiyalarni oʻtkazish nazarda tutiladi.

193.

Ixtisoslashtirilgan markazlar tomonidan birlamchi boʻgʻinda aholi oʻrtasida kasallikning oldini olish va erta aniqlash maqsadida muayyan kasalliklar boʻyicha maqsadli skrining tekshiruvlarini amalga oshirish, onlayn konsiliumlar, maslahat va namoyish operatsiyalarini videokonferensaloqa orqali oʻtkazib borish.

Yil davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

endokrinologik (qandli diabet, buqoq, semizlik), yurak qon-tomir kasalliklari (infarkt, insult), onkologik (bachadon boʻyni, koʻkrak bezi, oshqozon, ogʻiz boʻshligʻi, qiziloʻngach oʻsma kasalliklari), buyrak (siydik tosh, glomerulonefrit, piyelonefrit) kasalliklari boʻyicha maqsadli skrining tekshiruvlarini amalga oshirish;

Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining hududlarga aniq grafik asosida viloyat va tumanlarga oʻz yoʻnalishlari boʻyicha chiqishlarni tashkil qilish;

hududiy tibbiyot muassasalari bilan murakkab jarrohlik amaliyotlari, diagnostika va davolash uslublarini viloyat, shahar va tuman shifoxonalariga telemeditsina orqali translyatsiya qilish boʻyicha muntazam ravishda onlayn konsiliumlar, maslahat va namoyish operatsiyalarini videokonferensaloqa orqali oʻtkazib borish;

kasallikning oldini olish, erta aniqlash, tarqalishi xavfini kamaytirish, samarali davolash va oʻlimni qisqartirish imkonini yaratish nazarda tutiladi.

194.

Nuroniylarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Yil davomida

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, MTRK, Moliya vazirligi

100 mlrd. soʻm

Davlat budjeti, “Nuroniy” jamgʻarmasi, homiylar mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Respublika “Nuroniy” jamgʻarmasining moliyaviy imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida jamgʻarmaga Davlat budjetidan 100 milliard soʻm ajratish;

oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan 16 mingdan ziyod keksalarga yordam berish, ularning hayotini mazmunli tashkil etish uchun toʻlovlar miqdorini oshirish va ularga koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar koʻlamini kengaytirish;

Buxoro, Qarshi va Urganch shaharlarida yangidan tashkil etiladigan sihatgohlarda hamda mavjud dam olish maskanlarida jami 25 mingdan ortiq nuroniylarning sogʻligʻini tiklash;

markaziy telekanallarda namoyish etilayotgan “Otalar soʻzi — aqlning koʻzi” koʻrsatuvi sonini koʻpaytirish va mazmunan boyitish;

“Nuroniylar maslahati”, “Mahallada gurung” kabi yangi koʻrsatuvlar tashkil etish nazarda tutiladi.

195.

Davlat tibbiyot muassasalarining tibbiyot kadrlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish uchun xorijiy yetakchi tibbiyot hamda ilmiy muassasalarga yuborish, shuningdek, respublikaga malakali xorijiy tibbiyot mutaxassislarini jalb etish.

Yil davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

6 600 mln. soʻm

Davlat budjeti

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

xorijiy yetakchi tibbiyot va ilmiy muassasalarga qayta tayyorlash hamda malaka oshirish uchun yuboriladigan davlat tibbiyot muassasalarining 400 nafar tibbiyot kadrlarini tanlov asosida tanlab olish;

tibbiyot tashkilotlarining tibbiyot kadrlarini yetakchi xorijiy tibbiyot va ilmiy muassasalarga markazlashtirilgan holda yuborish;

respublikaga 300 nafar malakali xorijiy tibbiyot mutaxassislarini taklif etish orqali mahorat saboqlarini oʻtkazish nazarda tutiladi.

196.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari va tibbiyot kollejlarini respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlariga, ilmiy-tadqiqot institutlari va tibbiyot oliy taʼlim muassasalariga biriktirish.

2021-yil 1-sentabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Budjetdan tashqari mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

47 ta Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari va 28 ta tibbiyot kollejlari oʻquvchilarini ixtisosligidan kelib chiqib respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlariga, ilmiy-tadqiqot institutlari va tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining boshqa turdagi tibbiyot klinikalariga biriktirish;

texnikum va kollejlarda oʻrta tibbiyot kadrlarini tayyorlashning mutlaqo yangi tizimini shakllantirish nazarda tutiladi.

197.

Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish hamda ogʻir turmush sharoitida yashayotgan, nogironligi boʻlgan ayollarga yordam berish.

Yil davomida

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi, Xalq banki, Agrobank, Mikrokredit bank, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi, tijorat banklari mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

6,5 ming nafar xotin-qizning kichik tadbirkorlik loyihalariga kreditlar berish;

1 ming 600 nafar ogʻir turmush sharoitidagi, nogironligi boʻlgan xotin-qizlarni arzon uy-joylar bilan taʼminlash maqsadida uylarning boshlangʻich badalini toʻlab berish;

6 ming nafar xotin-qizlarni reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash hamda 205 nafar nogironligi boʻlgan xotin-qizlarni jarrohlik yoʻli bilan sogʻlom hayotga qaytarish choralarini koʻrish;

ijrochilar oʻrtasida kelishuv bitimini imzolash;

tijorat banklari hamda Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kreditlar ajratish;

xotin-qizlarning biznes sohasidagi loyihalarini qoʻllab-quvvatlash hamda joylarda aniqlangan xotin-qizlar muammolarini hal etish, ularning bandligini taʼminlash;

muhtoj xotin-qizlarni protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash;

nogironligi boʻlgan xotin-qizlarni jarrohlik yoʻli bilan sogʻlom hayotga qaytarish choralarini koʻrish nazarda tutiladi.

198.

Boshqariluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi emlash maqsadlari uchun 13 turdagi vaksina bilan taʼminlash.

Yil davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati

198 600 mln. soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan emlanishi kerak boʻlgan aholi qatlami sonidan kelib chiqqan holda Sogʻliqni saqlash vazirligining buyurtmasini tayyorlash;

aholi oʻrtasida vaksina orqali boshqariluvchi yuqumli kasalliklar boʻyicha epidemik barqarorlikni taʼminlash nazarda tutiladi.

199.

Respublika boʻyicha 3-4 yoshdagi barcha bolalarni poliomiyelit kasalligiga va 12-13 yoshdagi barcha oʻsmir qizlarni bachadon boʻyni saratoniga qarshi emlash.

Yil davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati

1 mln. AQSH dollari

GAVI xalqaro tashkiloti mablagʻlari, xalqaro institutlar mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

JSST mablagʻlari jalb etilib, 2,5 mln doza poliomiyelitga qarshi faolligi kamaytirilgan vaksina olinadi va respublikada tozalash milliy emlash kunlarini (emlash bilan qamrab olinmagan aholi qatlamini qamrab olish) oʻtkazish;

GAVI xalqaro tashkiloti mablagʻlari doirasida respublika boʻyicha 12 — 14 yoshdagi barcha oʻsmir qizlarni odam papiloma virusiga qarshi emlash;

JSST tomonidan berilgan Oʻzbekistonning poliomiyelit kasalligidan holi hudud maqomini saqlab qolish;

bolalar oʻrtasida shol kasalligi bilan kasallanish holatlari va bu bilan bogʻliq ogʻir asoratlarning oldini olish;

ayollarda uchraydigan bachadon boʻyni raki bilan kasallanish hamda bu bilan bogʻliq oʻlim holatlari sonini keskin kamaytirish nazarda tutiladi.

4.3. Arzon uy-joylarni barpo etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini taʼminlovchi yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiya qilish

200.

Ehtiyojmand oilalarni uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha olib borayotgan ishlar koʻlamini yanada kengaytirish.

2021-yil 20-iyul

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti

Normativ huquqiy-hujjat loyihasi.

Loyihada:

chin yetim yoshlarni uy-joy bilan taʼminlash;

boshpanasiz qolgan, ogʻir turmush sharoitiga tushib qolgan oilalar va shaxslarni vaqtinchalik yoki umrbod mulk huquqi berilmagan holda joylashtirish uchun mahalliy hokimliklar tomonidan uy-joylarni sotib olish tartibini joriy etish nazarda tutiladi.

201.

Aholiga kommunal xizmatlar koʻrsatish tizimini yanada yaxshilash.

Yil davomida

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

101,6 mlrd. soʻm

Mahalliy budjet

koʻp kvartirali uylarning 56 ta liftini taʼmirlash va 535 ta liftni yangisiga almashtirish;

180,8 mlrd. soʻm

Koʻp kvartirali uy-joy fondini taʼmirlash jamgʻarmasi va tijorat banklari kredit mablagʻlari

4 ming 466 ta koʻp kvartirali uy-joy fondini taʼmirlash va tutash hududlarni obodonlashtirish;

koʻp kvartirali uylarda energiya tejamkor va energiya yoʻqotishlarini kamaytirishga qaratilgan sanatsiya dasturini tajriba tariqasida amalga oshirish;

140 mln. AQSH dollari

Jahon banki kredit mablagʻlari

Buxoro shahrida 264 ta individual issiqlik punktlarini oʻrnatish va 5,5 km issiqlik uzatish quvurlarini almashtirish, Chirchiq shahri “Yubileynaya” qozonxonasida 2 ta 25 MVTdan boʻlgan qozonlar oʻrnatish;

14 mlrd. soʻm

Respublika budjeti

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida aholisi 15 mingdan kam boʻlmagan, markazlashgan ichimlik suv taʼminoti yetib bormagan qishloq aholi punktlarini ijtimoiy buyurtma ichimlik suvi bilan taʼminlash;

1,1 trln. soʻm

Respublika budjeti mablagʻlari

Markazlashgan mablagʻlar hisobidan 971 km ichimlik va oqova suv tarmoqlari va 63 ta suv olish inshootlarini qurib, foydalanishga topshirish nazarda tutiladi.

202.

Yangi ijtimoiy soha obyektlarini qurish va mavjudlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash.

Yil davomida

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Prezident ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi

Markazlashgan mablagʻlar

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

2 050 mlrd. soʻm

31 ta yangi maktab qurish va 320 ta maktabni taʼmirlash;

200 mlrd. soʻm

Andijon, Nurafshon, Guliston, Navoiy va Termiz shaharlarida Prezident maktablarini qurish;

700 mlrd. soʻm

16 ta oliy taʼlim muassasalari binolarini yangidan qurish va 19 tasini taʼmirlash;

900 mlrd. soʻm

22 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari binosini yangidan qurish va 203 tasini taʼmirlash;

1,4 trln. soʻm

24 ta sogʻliqni saqlash obyektlarini yangidan qurish va 99 tasini taʼmirlash;

400 mlrd. soʻm

23 ta sport obyektlarini yangidan qurish va 34 tasini taʼmirlash;

150 mlrd. soʻm

11 ta madaniyat va sanʼat obyektini yangidan qurish va 7 tasini rekonstruksiya qilish nazarda tutiladi.

203.

Toshkent shahri markazida iqtidorli yoshlarning yuqori texnologiyalar va zamonaviy bilimlarni chuqur oʻzlashtirishiga keng sharoit yaratish maqsadida alohida universitet binosini barpo etish boʻyicha chora-tadbirlar belgilash.

2021-yil 20-mart

Prezident ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qurilish vazirligi, Madaniyat vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi

Respublika budjetidan 50 mlrd. soʻm

(universitet loyihasini ishlab chiqish uchun)

Respublika budjeti, xalqaro kredit va grantlar, boshqa manbalar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

obyektlarni barpo etishga xalqaro konsultantlar va loyiha institutlarini jalb qilish;

xorijiy tajribani oʻrgangan holda obyektlarning loyihalarini ishlab chiqish va kelishish;

obyektlar qurilishiga salohiyatli xorijiy va mahalliy pudratchilarni jalb qilish va boshqa tashkiliy tadbirlarni belgilash nazarda tutiladi.

204.

Milliy akademik drama teatri, yangi sanʼat muzeyi, zamonaviy kutubxona hamda Alisher Navoiy nomidagi xalqaro ijod maktabidan iborat madaniyat va maʼrifat majmuasini hamda Mustaqilligimizning 30 yilligiga bagʻishlab “Istiqlol” majmuasini barpo etish.

Yil davomida

Qurilish vazirligi, Madaniyat vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Prezident ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi

85 mlrd. soʻm

(A. Navoiy nomidagi ijod maktabini qurish uchun Respublika budjetidan ajratiladi)

Xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar va homiylik mablagʻlari, Respublika budjeti mablagʻlari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

obyektlarni barpo etishga xalqaro konsultantlar va loyiha institutlarini jalb qilish;

xorijiy tajribani oʻrgangan holda obyektlarning loyihalarini ishlab chiqish va kelishish;

obyektlar qurilishiga salohiyatli xorijiy va mahalliy pudratchilarni jalb qilish va boshqa tashkiliy tadbirlarni belgilash nazarda tutiladi.

4.4. Madaniyat, sanʼat, sportni yanada rivojlantirish

205.

Madaniyat va sanʼat muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularda zamonaviy shart-sharoitlar yaratish.

Yil davomida

Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

Amaliy-chora tadbirlar:

Bunda:

55,7 mlrd. soʻm

Respublika budjeti mablagʻlari

16 ta madaniyat markazi binolarini mukammal taʼmirlash va jihozlash;

7,9 mlrd. soʻm

10 ta muzey binosini mukammal taʼmirlash va jihozlash;

8,5 mlrd. soʻm

2 ta teatr binosini mukammal taʼmirlash va jihozlash hamda 1 ta teatr binosini jihozlash ishlari amalga oshiriladi.

206.

Beshta muhim tashabbusni amaliyotga toʻliq joriy etishga qaratilgan “Sportni sev”, “Biz — Yangi Oʻzbekiston yoshlarimiz”, “Biz bir jamoamiz” shiorlari ostida ommaviy sport festivallari, shuningdek, “Maktablar futbol ligasi”, “Sport maktablari futbol ligasi” kabi sport tadbirlari va musobaqalarini tizimli oʻtkazish.

Yil davomida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasi asosida

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

mahallalar, taʼlim muassasalari, korxona va tashkilotlarda hamda aholi oʻrtasida 50 000 dan ortiq ommaviy sport musobaqalari va tadbirlarini tizimli ravishda oʻtkazish orqali aholining keng qatlamlari ommaviy jismoniy tarbiya va sportga jalb etilishini taʼminlash;

oʻtkaziladigan musobaqalarga aholining 40 foizini qamrab olish, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanadigan aholining umumiy sonini 25 foizga yetkazish nazarda tutiladi.

207.

Aholini ommaviy sport turlariga keng jalb qilish orqali 2021-yilda jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanuvchilar qamrovini hozirgi 19 foizdan 25 foizga yetkazish.

Yil davomida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

aholining barcha qatlamlarini qamrab oladigan ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish;

aholini ommaviy yugurishga jalb etish yuzasidan “Samarqand Half marathon”, “Yangi nafas marafon”, “Navruz marathon”, “Save Aral” marafon (yarim marafon)larni;

yoshlar oʻrtasida olimpiya harakatini rivojlantirish maqsadida 23-iyun — Xalqaro olimpiya kuniga bagʻishlab “Olimpiya harakati” sport festivalini;

aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida “Milliy qadriyatlarimiz — beqiyos boyligimiz” shiori ostida “Navroʻz” umumxalq bayrami arafasida milliy sport turlari va xalq oʻyinlari boʻyicha barcha hududlarda sport festivalini;

mahalla yoshlari oʻrtasida “Charm toʻp — 2021” futbol musobaqalarini;

davlat organlari va tashkilotlari xodimlari oʻrtasida “Bosh vazir kubogi”, “Hokim kubogi”, “Rahbar kubogi” kabi sport musobaqalarini oʻtkazish nazarda tutiladi.

208.

Aholi salomatligini mustahkamlash, inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan samarali jismoniy tarbiya tizimini yaratish hamda hayotga tatbiq etish maqsadida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini oʻtkazish va ragʻbatlantirish tizimini yoʻlga qoʻyish.

2021-yil 20-may

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasi asosida, ijrochilar mablagʻlari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarining oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha Respublika va hududiy komissiyalar tarkibini tasdiqlash;

sport sinovida gʻolib boʻlgan fuqarolarga sport razryadlari, unvonlari, “Temurbeklar maktabi” ga imtiyozli kirish huquqini berish berish;

safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat uchun toʻlovlar boʻyicha 50 foizli chegirma berish;

dam olish maskanlari va sanatoriylarga bepul yoʻllanmalar taqdim etish nazarda tutiladi.

209.

Sportning yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol va “Workout” (mahalla va koʻcha fitnesi) turlarini ommaviylashtirish va rivojlantirish maqsadida aholi punktlarida, har bir mahalla va tuman (shahar)da jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shugʻullanishga shart-sharoitlar yaratish.

Yil davomida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

104 000 mln. soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

sportning yurish va yugurish turlarini ommalashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturlarni tasdiqlash;

hududlarda mini-futbol, badminton, stritbol, “Workout” (mahalla va koʻcha fitnesi) boʻyicha sport maydonchalarini barpo etish parametrlarini tasdiqlash nazarda tutiladi.

210.

Jismoniy tarbiya va sport muassasalari hamda 16 mingta maktabgacha taʼlim va umumtaʼlim muassasalarini sport jihozlari bilan taʼminlash.

Yil davomida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

100 000 mln. soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari, Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasi asosida

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

har bir davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga 2 million soʻmlik, umumtaʼlim muassasasiga 5 million soʻmlik birlamchi sport jihozlari yetkazib berish;

sport muassasalarini zamonaviy sport jihozlari bilan taʼminlash nazarda tutiladi.

211.

Tokio shahri (Yaponiya)da oʻtkaziladigan Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish va unda munosib ishtirok etish uchun zarur choralarni koʻrish.

2021-yil 20-iyul

Milliy olimpiya qoʻmitasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

180 000 mln. soʻm

Davlat budjeti

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan sportchilarning yakuniy roʻyxatini va Oʻzbekiston delegatsiyasi roʻyxatini shakllantirish;

ishtirokchilarni zarur sport jihozlari, ekipirovka va ustki kiyim-bosh bilan taʼminlash;

Oʻzbekiston delegatsiyasining ishtirokini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan barcha moliyaviy va tashkiliy masalalarni hal qilish nazarda tutiladi.

212.

2025-yilda Oʻzbekistonda yoshlar oʻrtasidagi IV yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazishga puxta tayyorgarlik koʻrish.

Yil davomida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, MTRK

Hisob-kitoblarga asosan

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasi asosida, homiylar mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

yoshlar oʻrtasidagi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazishni tashkil etish uchun munosib infratuzilmani yaratish maqsadida musobaqalarni oʻtkazish boʻyicha respublikada mavjud boʻlgan sport inshootlari, logistika, transport va mehmonxona infratuzilmalarini oʻrganish, xatlovdan oʻtkazish hamda Osiyo Olimpiya Kengashi va xalqaro sport federatsiyalari talablariga muvofiq yangilarini barpo etish boʻyicha takliflar tayyorlash;

Osiyo Olimpiya Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan yoshlar oʻrtasida Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlikning bosh rejasini tuzish;

Osiyo Olimpiya Kengashi talablariga asosan mazkur yoshlar oʻrtasida Osiyo oʻyinlari dasturiga kiritiladigan sport turlarini saralab olish va oʻyinlar dasturini ishlab chiqish;

yoshlar oʻrtasida Osiyo oʻyinlari gʻoya va qadriyatlarini targʻib etishga qaratilgan reklama tadbirlarini oʻtkazish, axborot bilan taʼminlash, marketing dasturlarini amalga oshirish;

yoshlar oʻrtasida Osiyo oʻyinlariga homiylarni jalb etish;

yoshlar oʻrtasida Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik ishlari borishini OAV orqali, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida keng yoritilishini tashkil etish nazarda tutiladi.

213.

“Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kino festivalini tashkil etish.

2021-yil 20-avgust

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi, Toshkent shahar hokimligi, vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti, homiy va hamkorlar mablagʻlari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Toshkent xalqaro kinofestivalini yuqori saviyada tashkil etish, oʻzbek kinosini dunyoga tanitish, xorijiy kinokompaniyalarni mamlakatga jalb etish hamda kinematografiya sohasida oʻzaro almashinuvni kengaytirish;

festival tashkiliy qoʻmitasi tarkibi va nizomini tasdiqlash;

tadbir doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani oʻtkazish;

ommaviy axborot vositalarida festival doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarni keng yoritish nazarda tutiladi.

214.

Alisher Navoiy asarlarining bugungi yoshlar tushunadigan ixcham namunalarini yaratib, turli mobil ilova va elektron dasturlar ishlab chiqish.

Yil davomida

Yoshlar ishlari agentligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi

Hisob-kitoblarga asosan

Tashkilotchilar mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

mobil ilova va elektron dasturlar ishlab chiqish uchun adabiyotshunos va navoiyshunos olimlardan iborat Ishchi guruh tashkil etish;

Alisher Navoiy asarlari roʻyxatini shakllantirish;

Alisher Navoiy asarlarining bugungi yoshlar tushunadigan ixcham variantlarini yaratish;

Alisher Navoiy asarlari asosida mobil va elektron dasturlarni ishlab chiqish nazarda tutiladi.

215.

Atoqli shoir va adiblar Abdulla Oripov, Oʻtkir Hoshimov, buyuk sanʼatkor Botir Zokirovning yubiley sanalarini nishonlash boʻyicha belgilangan tadbirlarni aholi, avvalambor, yoshlar xotirasida yorqin iz qoldiradigan darajada, chinakam adabiyot va sanʼat bayramlari sifatida oʻtkazish maqsadida “Abdulla Oripov izdoshlari”, “Oʻtkir Hoshimov asarlari bilimdoni”, “Botir Zokirov sanʼati davomchilari” koʻrik-tanlovlarini tashkil etish.

Yil davomida

Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Hamkor tashkilotlar mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

“Abdulla Oripov izdoshlari”, “Oʻtkir Hoshimov asarlari bilimdoni”, “Botir Zokirov sanʼati davomchilari” koʻrik-tanlovlari rejasini ishlab chiqish;

tanlovlarning tuman, shahar, viloyat va respublika bosqichlarini yuqori saviyada oʻtkazish;

tanlov gʻoliblarini munosib taqdirlash nazarda tutiladi.

216.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlab “Buyuk oʻzbek yoʻli” nomli maqolalar toʻplami, “Kelajakka boshlaydi ishonch” nomli sheʼriy asarlar majmuasi, “Orzular xiyoboni” nomli nasriy asarlar toʻplamlarini nashrga tayyorlash va chop etish.

2021-yil 20-avgust

Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi

Hisob-kitoblarga asosan

Homiy tashkilotlar mablagʻlari, “Ilhom” jamoat fondi mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar, shu jumladan soʻnggi toʻrt yil davomida barcha sohalarni tubdan isloh qilish, erkinlashtirish hamda toʻplanib qolgan muammolarni hal etish, xalqimiz hayot darajasini yaxshilash boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar, erishilgan salmoqli natijalar aks ettirilgan asarlarni toʻplash;

asarlarni mutaxassislar tomonidan koʻrib chiqish va saralash;

toʻplamlarni nashr etish hamda taqdimotlarini oʻtkazish nazarda tutiladi.

217.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan jurnalistika sohasida “Eng ulugʻ, eng aziz” koʻrik-tanlovini oʻtkazish.

2021-yil 20-avgust

Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Madaniyat vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Tashkilotchilar mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan oʻtkaziladigan ushbu tanlovni “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” gʻoyasi ostida tashkil etish;

mazkur gʻoya aks etgan eng sara materiallar mualliflarini tantanali ravishda taqdirlash nazarda tutiladi.

218.

Madaniy meros obyektlarining hisobini yuritish, saqlash va himoyasini taʼminlash boʻyicha dastur qabul qilish.

2021-yil fevral

Madaniyat vazirligi, YUNESKO ishlari boʻyicha milliy komissiya, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar

-

-

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

barcha madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini qayta tarixiy-madaniy ekspertizadan oʻtkazish hamda ularning Milliy roʻyxatni qayta shakllantirish;

Madaniy meros obyektlari elektron portalini yaratish, uni davlat elektron xizmatlari bilan integratsiya qilish;

davlat kadastr hujjatini rasmiylashtirish va davlat kadastrlari yagona tizimiga tegishli axborotlarni joylashtirish;

mahalliy hokimliklar, mahalla, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilikni ishtirokini ragʻbatlantirish hamda madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, ilmiy tadqiq etish va ommalashtirish ishlarini kuchaytirish;

chora-tadbirlarni amalga oshirishni moliyalashtirish manbalarini belgilash boʻyicha 2021-2022-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash nazarda tutiladi.

219.

Xiva shahrida YUNESKO bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” xalqaro anjumanini oʻtkazish.

2021-yil 20-avgust

YUNESKO ishlari boʻyicha milliy komissiya, Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi,

vazirlik va idoralar

-

-

Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi.

Loyihada Xiva shahrida YUNESKO bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” xalqaro anjumanini oʻtkazish, shu jumladan mazkur tadbirni moliyalashtirish bilan bogʻliq tashkiliy masalalar nazarda tutiladi.

220.

Toshkent shahrining qadimiy 12 ta darvozasini tiklash va turizm namoyishi obyektlariga kiritish choralarini koʻrish.

2021-yil 1-iyun

Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi

Hisob-kitoblar asosida

Mahalliy budjet mablagʻlari, tashabbuskorlar va homiylar mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi va Fanlar akademiyasi tomonidan Toshkent shahrining qadimiy 12 ta darvozalarning aniq belgilangan joylari, ularning koʻrinishi va tarixi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish;

Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi va Qurilish vazirligi tomonidan 12 ta darvozani tarixiy koʻrinishlari asosida qayta tiklash;

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan qayta tiklangan 12 ta darvozalarni turizm namoyishi obyektlariga kiritish va turistlarni jalb qilishga qaratilgan choralarni amalga oshirish nazarda tutiladi.

4.5. Taʼlim va fan sohasini rivojlantirish

221.

Maktabga tayyorlov tizimi bilan 560 ming nafar 6 yoshli bolalarni yoki ularning 82 foizini qamrab olish.

2021-yil 1-noyabr

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari

159 mlrd. soʻm

Davlat budjet mablagʻlari, Xalqaro moliya institutlari budjet mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlarini tashkil etish;

toʻliq kunlik tayyorlov guruhlarini tashkil etish;

qisqa muddatli tayyorlov guruhlarini tashkil etish orqali qamrovni oshirish nazarda tutiladi.

222.

Bolaning ilk rivojlanishiga xizmat qiladigan maktabgacha taʼlimning muqobil shakllarini yanada kengaytirish.

Yil davomida

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Xalqaro moliya institutlari, Jahon banki, YUNISEF mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

“Aqlvoy” loyihasi doirasida respublikadagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlmagan hamda qamrov koʻrsatkichlari past boʻlgan hududlarda 4,7 mingdan ortiq bolalarni qamrab oladigan qayta jihozlangan 49 ta Isuzu avtobuslari negizida 294 ta guruhlarni shakllantirish hamda 98 ta bolalar maydonchasini tashkil etish orqali mobil guruhlar tarmogʻini kengaytirish;

BMTning Xalqaro bolalar fondi YUNISEF tashkiloti bilan hamkorlikda maktabgacha taʼlimning “Turli xil yoshdagi maktabgacha taʼlim guruhlari” (oʻyin guruhlari) muqobil shaklini Namangan viloyatining Kosonsoy, Toʻraqoʻrgʻon, Chust va Norin hamda Xorazm viloyatining Bogʻot va Qoʻshkoʻpir tumanlarida joriy etish nazarda tutiladi.

223.

YUNISEF hamda Jahon banki bilan hamkorlikda imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktabgacha taʼlimni uyda berish modelini joriy qilish.

2021-yil 1-noyabr

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

4,5 mln. AQSH dollari

Jahon banki, YUNISEF

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Jahon banki bilan hamkorlikda Respublikaning chekka hududlaridagi 7 yoshgacha boʻlgan alohida taʼlimga ehtiyoji mavjud bolalar, jumladan talaffuzida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun “Uyga tashrif” maktabgacha taʼlimning muqobil shaklini joriy qilish, bunda:

maktabgacha taʼlimning muqobil shaklini oʻtkazish uchun hududlarni aniqlash;

alohida taʼlimga ehtiyoji mavjud bolalar uchun pedagoglarni tanlab olish;

tanlab olingan pedagoglar uchun taʼlim jarayonlarini tashkil etish boʻyicha seminarlar oʻtkazish;

alohida taʼlimga ehtiyoji mavjud bolalar uyiga tashrifni tashkil etish;

bolalarni boshlangʻich taʼlimga tayyorlash boʻyicha maktabgacha taʼlimning muqobil shakli sifatida “Ilk rivojlanish markaz”lari faoliyatini tashkil etish nazarda tutiladi.

224.

Maktabgacha taʼlim tizimiga xususiy sektor mablagʻlarini koʻproq jalb qilish va budjetdan subsidiya berish hisobidan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olingan bolalar ulushini 25 foizgacha yetkazish.

Yil davomida

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi

600 mlrd. soʻm

Davlat budjeti, Xorijiy moliya institutlaridan jalb etiladigan kredit resurslari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

respublikaning barcha hududlarida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida 40 ta nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish, olis va aholisi tarqoq joylashgan hududlarda esa 2000 ta oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish;

davlat-xususiy sheriklik asosida yangi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun xalqaro moliya institutlarining grant va boshqa mablagʻlarini jalb qilish imkoniyatlarini topish;

nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini rivojlantirish maqsadida oilaviy bogʻchalar hamda davlat-xususiy sheriklik uchun ajratilgan 600,0 mlrd. soʻm miqdorda subsidiyalardan samarali foydalanish;

nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini rivojlantirish orqali 54 000 qoʻshimcha quvvat hamda 4 400 yangi ish oʻrinlarini yaratish nazarda tutiladi.

225.

Umumiy oʻrta taʼlimning Milliy oʻquv dasturini bosqichma-bosqich joriy etish.

2021-yil 1-sentabr

Xalq taʼlimi vazirligi, vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblarga asosan

-

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

milliy oʻquv dasturi loyihasini xalqaro tajribadan kelib chiqib, xalqaro ekspertlar va amaliyotchi oʻqituvchilarning takliflari asosida takomillashtirish;

milliy oʻquv dasturiga mos ravishda yangi avlod darsliklarini oʻqituvchining metodik qoʻllanmasi, oʻquvchining mashq daftari va multimedia ilovasi bilan birga kompleks tarzda yaratish va nashr etish;

oʻquvchilarni kelgusi hayotga tayyorlash va ularga oʻz bilim va koʻnikmalaridan amaliyotda foydalanishni oʻrgatuvchi malaka talablarini sinflar kesimida ishlab chiqish nazarda tutiladi.

226.

Fizika fanini ilm-fan sohasining ustuvor yoʻnalishi sifatida rivojlantirish boʻyicha ilmiy izlanishlar koʻlamini oshirish va jahonning yetakchi ilmiy tashkilotlariga yosh olimlarni qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish, stajyor-tadqiqotchilik va doktorantura uchun maqsadli kvotalar ajratish.

2021-yil 1-may

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralar

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida fizika fanini rivojlantirish, yangi ilmiy hajmdor mahsulotlarni yaratish, ilmiy maktablarni jonlantirish maqsadida davlat buyurtmasi talablariga muvofiq amaliy va innovatsion loyihalar tanlovlarini eʼlon qilish;

fizika sohasida faoliyat yuritayotgan yosh olimlarni ilmiy stajirovkalarga yuborishni tashkil etish;

respublika va hududlarda nazariy fizikani rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish;

fizika sohasidagi ilmiy tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

fizika sohasida ilmiy darajali kadrlarni maqsadli tayyorlashda stajyor-tadqiqotchilik va doktorantura uchun qabul kvotalarini shakllantirish.

227.

Chet tillarini oʻqitish tizimini takomillashtirish.

2021-yil 1-may

Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davlat test markazi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari va boshqa mablagʻlar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

chet tillaridan bakalavriat yoʻnalishidagi kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish;

chet tillaridan tan olingan xalqaro sertifikatlarning roʻyxatini qayta koʻrib chiqish;

bosqichma-bosqich chet tili (ingliz, fransuz, nemis, rus) fanlaridan maktab dasturlarini qayta koʻrib chiqish va zamonaviy darsliklarni yaratish;

xorijdan ingliz va rus tili oʻqituvchilarini jalb qilish nazarda tutiladi.

228.

Pedagog xodimlarga malaka toifasini berish tizimini qayta koʻrib chiqish, shaffoflik va avtomatlashtirish asosidagi yangi tizimni joriy qilish.

2021-yil 20-iyul

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

-

-

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

toifa berishda oʻqituvchining fan boʻyicha malaka va koʻnikmalari hamda psixologik tayyorgarligini yagona mezon sifatida kiritish;

malaka toifasi berish yoki bermaslikning va amaldagi pedagogning portfoliosi orqali ish samaradorligini baholash mexanizmini bekor qilish;

yigʻma jild orqali hujjat topshirish tizimini bekor qilish;

attestatsiyadan oʻtishga talabgor pedagog hujjatlarini maxsus portalda onlayn tarzda mustaqil ravishda topshirish mexanizmini yaratish;

toifa boʻyicha sertifikatni onlayn generatsiya qilish va pedagog oʻz sertifikatini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron shaklda yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali olish imkoniyatini yaratish;

uzoq muddatli uzluksiz stajga va oliy malaka toifasiga ega pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazmasdan ularning oliy malaka toifasini saqlash;

onlayn malaka toifa sertifikatlar bazasini UzASBO va Maktab boshqaruv (ERP) dasturlari bilan integratsiya qilish nazarda tutiladi.

229.

Yagona “Elektron taʼlim” tarmogʻini joriy qilish.

Yil davomida

Xalq taʼlimi vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Moliya vazirligi

98 mlrd. soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

optik tolali yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻi liniyalari olib borilgan umumtaʼlim muassasalarining telekommunikatsiya infratuzilmasini (Wi-Fi va ichki lokal tarmoqni) yaratish;

3200 ta umumtaʼlim maktablarini qamrab olish va kelgusi yillarda davom ettirish;

yagona “Elektron taʼlim” tarmogʻini yaratish, joriy qilish va uni boshqarish;

kompyuter uskunalari va yagona “Elektron taʼlim” tarmogʻini texnik qoʻllab-quvvatlash;

elektron kontentni ishlab chiqish va ularni yangilab borish;

rahbar va pedagog xodimlarning AKT boʻyicha savodxonligini oshirish hamda sertifikatlash tizimini joriy etish nazarda tutiladi.

230.

Taʼlim sifati past maktablarda taʼlim sifatini oshirish va ijobiy tajribani keng tarqatish maqsadida pedagog-oʻqituvchilarni muddatli shartnoma asosida boshqa tuman va viloyatlarga mehnat faoliyatini olib borish uchun yuborish.

2021-yil 20-avgust

Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

taʼlim sifati past maktablarni aniqlash mezonlarini ishlab chiqish;

jalb qilinadigan oʻqituvchi-pedagoglar uchun talablarni ishlab chiqish;

boshqa tumandagi maktabga borib dars beradigan oʻqituvchilar maoshiga 50 foiz, boshqa viloyatga borib dars beradigan oʻqituvchilar maoshiga — 100 foiz ustama haq toʻlash tartibini belgilash nazarda tutiladi.

231.

Alohida eʼtiborga muhtoj 18 yoshgacha boʻlgan bolalarning taʼlim olishi, aniq bir kasbni egallashi uchun koʻmaklashish.

2021-yil 20-iyun

Xalq taʼlimi vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, vazirlik va idoralar

-

-

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

masʼul vazirliklar va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruhni tuzish;

mazkur yoʻnalishga oid xorijiy davlatlar tajribasini tahlil qilish;

alohida eʼtiborga muhtoj 18 yoshgacha boʻlgan bolalarning taʼlim olishi, aniq bir kasbni egallashi uchun koʻmaklashish mezonlarini belgilash nazarda tutiladi.

232.

Oliy taʼlimning qamrovi va sifatini yanada oshirish, jumladan 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalariga ajratiladigan davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlarini kamida 25 foizga oshirish, ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar sonini 2 barobarga koʻpaytirib, 2 mingtaga yetkazish.

2021-yil 20-aprel

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblar asosida

Davlat budjeti mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi.

Loyihada:

2021/2022 oʻquv yili uchun oʻqishga qabul qilishda davlat granti asosidagi davlat buyurtmasi parametrlarini 2020/2021 oʻquv yiliga nisbatan 25 foizga oshirilgan holda belgilash;

2021/2022 oʻquv yili uchun qabul parametrlarini shakllantirishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun alohida davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlarini 2 barobarga koʻpaytirish (2 mingtaga yetkazish) nazarda tutiladi.

233.

Xususiy oliy taʼlim muassasalariga ham ehtiyoj yuqori boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha kadrlarni tayyorlashni nazarda tutuvchi davlat buyurtmasi parametrlarini berish tizimini yoʻlga qoʻyish.

2021-yil 20-aprel

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi.

Loyihada:

2021/2022 oʻquv yili uchun qabul parametrlarini shakllantirishda ehtiyoj yuqori boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha kadrlarni tayyorlashni nazarda tutuvchi davlat granti parametrlarini kiritish;

mazkur buyurtmaga asosan xususiy oliy taʼlim muassasalariga qabul koʻrsatkichlarini shakllantirish nazarda tutiladi.

234.

Oliy taʼlim muassasalari va taʼlim tizimining quyi boʻgʻinlari oʻrtasidagi uzviylikni kuchaytirish maqsadida 65 ta akademik litseylarning oliy taʼlim muassasalari bilan uzviy bogʻlanishini taʼminlash, 187 ta texnikumni oʻz yoʻnalishi boʻyicha turdosh oliy taʼlim muassasalari va tarmoq korxonalariga biriktirish.

2021-yil 1-iyun

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

Loyihada:

texnikumlarni oʻz yoʻnalishlari boʻyicha turdosh oliy taʼlim muassasalari hamda tarmoq korxonalariga biriktirish;

oʻquvchilarning tegishli oʻquv mashgʻulotlari va amaliyotlarini biriktirilgan korxonalarda tashkil etish;

tarmoq korxonalari tomonidan zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda bitiruvchilarni mavjud boʻsh ish oʻrinlariga ishga joylashtirish choralarini koʻrish;

ilgʻor xorijiy tajriba asosida akademik litseylarning oʻquv-metodik hujjatlarini oliy taʼlim muassasalari tomonidan ishlab chiqish va tasdiqlash nazarda tutiladi..

235.

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida eng yuqori ball toʻplagan 200 nafar yoshlar uchun Prezident grantini joriy etish.

2021-yil 1-aprel

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davlat test markazi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablagʻlari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Prezident granti sohibi boʻlgan talabaga oʻqishni bitirguniga qadar amaldagi Prezident stipendiyasi miqdoriga teng boʻlgan Prezident granti stipendiyasini toʻlash;

oʻquv semestri yakuni boʻyicha barcha fanlardan oʻzlashtirish koʻrsatkichi “aʼlo” baho boʻlib, bitta fandan oʻzlashtirish koʻrsatkichi “aʼlo” baho boʻlmaganda, ushbu toifadagi talabalarga kelgusi semestrlar mobaynida Prezident granti stipendiyasi berilmasligi;

yoshlarda oʻz ustida mustaqil ishlash koʻnikmalarini hosil boʻlishini qoʻllab-quvvatlash nazarda tutiladi.

236.

Magistratura va doktoranturada oʻqiyotgan iqtidorli yoshlarni ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi kvotalari sonini kamida ikki barobarga oshirish hamda Oʻzbekistondagi xorijiy va qoʻshma oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat bosqichi talabalari uchun Prezident va davlat stipendiyalarini joriy etish.

2021-yil 10-iyul

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Moliya vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablagʻlari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi kvotalarini ikki barobarga oshirish;

Oʻzbekistondagi xorijiy taʼlim muassasalarining bakalavriat bosqichi talabalari uchun Prezident va davlat stipendiyalarini joriy etish nazarda tutiladi.

237.

Oliy taʼlim muassasasida ikki va undan ortiq farzandi shartnoma asosida oʻqiyotgan oilalarga taʼlim krediti berish tartibini joriy etish.

2021-yil aprel

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Markaziy bank, Moliya vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

talabalarning oʻqish davri tugab ishga joylashgandan soʻng kreditni qaytarish;

davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tijorat banklariga kreditlar uchun maqsadli resurslar ajratishni taʼminlash nazarda tutiladi;

toʻlov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar va ularning ota-onalariga qoʻshimcha moliyaviy yordam berish imkoniyatlarini yaratish nazarda tutiladi.

238.

Respublikadagi 30 ta yetakchi davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, qabul kvotasi va moliyaviy masalalarni mustaqil hal qilish huquqini berish.

2021-yil 20-oktabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar

-

-

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

Loyihada:

akademik va moliyaviy mustaqillik beriladigan oliy taʼlim muassasalarini aniqlash;

amalda oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilgan oliy taʼlim muassasalariga berilgan vakolatlar va huquqlarni qayta koʻrib chiqish;

oliy taʼlim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati, uning moddiy-texnik bazasi imkoniyatlarini inobatga olib talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish parametrlarini belgilash;

yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochish;

oʻquv dasturlarini mustaqil ishlab chiqish;

2022-yil 1-yanvardan boshlab akademik va moliyaviy mustaqillik berilgan oliy taʼlim muassasalari sonini 30 taga yetkazish nazarda tutiladi.

239.

Nufuzli xorijiy universitetlar, ilmiy va innovatsion markazlar bilan aloqalarni kuchaytirish, ular bilan kadrlar tayyorlash boʻyicha hamkorlikni yanada kengaytirish.

Yil davomida

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalari, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi

Oliy taʼlim muassasalari mablagʻlari, xorijiy hamkorlar grantlari, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

15 000 mln. soʻm

Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar oʻrnatish, shuningdek, Yevropa Ittifoqining taʼlim dasturlari doirasida hamkorlikni kengaytirish;

5 000 mln. soʻm

Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, Belarus va Hindiston davlatlarining yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan “mahorat darslari”, maʼruza oʻqish, qoʻshma nashrlar tayyorlash maqsadida taʼlim va ilm-fan almashinuvlarini amalga oshirish hamda nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari doirasida kadrlar tayyorlashni kengaytirish nazarda tutiladi.

240.

Iqtidorli yoshlar va ilmiy izlanuvchilar uchun oliy taʼlim muassasalari orasida faoliyat yuritadigan innovatsion oʻquv-ilmiy markaz tashkil etish.

2021-yil 20-iyul

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Qurilish vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Oliy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi, Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

Toshkent davlat texnika universiteti huzurida oliy taʼlim muassasalari orasida faoliyat yuritadigan innovatsion oʻquv-ilmiy markazni tashkil etish;

markazni zarur asbob-uskunalar hamda laboratoriya jihozlari bilan taʼminlash;

yoshlar va ilmiy izlanuvchilar tomonidan ilmiy va innovatsion faoliyatni olib borish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish nazarda tutiladi.

241.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Samarqand, Navoiy, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida Yoshlar texnoparklari faoliyatini tashkil etish.

Yil davomida

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti hamda tegishli viloyatlar mahalliy budjetlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Innovatsion rivojlanish vazirligi muassisligidagi Yoshlar texnoparklarini tashkil etish;

texnoparklar bino va inshootlarini qurish, jihozlar hamda loyiha ishlarini amalga oshirish;

texnoparklar bino va inshootlarini qurish, qayta taʼmirlash va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash xarajatlarini Innovatsion rivojlanish vazirligi hisobidan amalga oshirish;

texnoparklar tashkil etilganidan boshlab uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash, bino va inshootlarini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, joriy xarajatlarini qoplash tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti hamda viloyatlar mahalliy budjetlari hisobidan amalga oshirish nazarda tutiladi.

242.

Muqobil energetika hamda elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish.

2021-yil 20-may

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Energetika vazirligi, “Oʻzeltexsanoat” AJ, Moliya vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

muqobil energetika hamda elektrotexnika sanoatini rivojlantirish maqsadida sohaga yuqori malakali mutaxassislar, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash boʻyicha maqsadli kompleks dasturni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutida “Mikroelektronika va elektrotexnika materialshunosligi” va “Muqobil energiya manbalari” ilmiy laboratoriyalarini tashkil etish va jihozlash;

institutning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jumladan bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish;

yuqori sinf maktab oʻquvchilarini ilm-fanga, iqtidorli talabalar va doktorantlarni sohaga oid ilmiy tadqiqotlarga faol jalb etishga shart-sharoitlar yaratish, ularning ilmiy izlanishlarini qoʻllab-quvvatlash nazarda tutiladi.

243.

Fizika boʻyicha oʻquvchilar oʻrtasida Ahmad Al-Fargʻoniy nomidagi xalqaro fan olimpiadasini tashkil etish.

2021-yil may

Xalq taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablagʻlari, davlat budjeti, oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi bayoni loyihasi.

Loyihada olimpiadani joriy yil 4-choragida tashkil etish, musobaqaga xorijiy terma jamoalarni taklif etish masalalari nazarda tutiladi.

V. XAVFSIZLIK, MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAGʻRIKENGLIKNI TAʼMINLASH, SHUNINGDEK, VAZMIN, OʻZARO FOYDALI VA KONSTRUKTIV TASHQI SIYOSATNI AMALGA OSHIRISH SOHASIDAGI USTUVOR YOʻNALISHLAR

5.1. Xavfsizlik, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikni taʼminlash sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar

244.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qoʻllanilishini rejalashtirish tartibini takomillashtirish.

Yil davomida

Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qoʻllanilishini rejalashtirish asoslari, tartibi, taʼminot choralari, vazirlik va idoralarning vakolatlarini belgilash, fuqarolar va tashkilotlarning huquq va majburiyatlarini aniqlashtirish nazarda tutiladi.

245.

Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy hamkor davlatlar Qurolli Kuchlari oʻrtasida ikki va koʻp tomonlama hamkorlikni rivojlantirish.

Yil davomida

Mudofaa vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, vazirlik va idoralar

Hamkor davlatlar bilan kelishuv asosida

Tomonlarning mudofaa vazirliklari mablagʻlari

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda xorijiy hamkor davlatlar bilan hamkorlikdagi oʻqishlarda (treninglarda) ishtirok etish, harbiy taʼlim va sport sohalarida keng hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, ushbu yoʻnalishlardagi turli tadbirlarda ishtirok etish nazarda tutiladi.

246.

Oʻzbekiston Respublikasining “Favquloddagi holat toʻgʻrisida”gi Qonunini qabul qilish.

2021-yil 1-noyabr

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan favqulodda holat sohasidagi hamkorligi davlat organlari tomonidan xalqaro shartnomalar va qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi;

favqulodda holatni joriy etishda vujudga kelishi mumkin boʻlgan munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan normalar, favqulodda holatni joriy etish asoslari va tartibi;

favqulodda holatda qoʻllaniladigan choralar va cheklovlar, ushbu davr uchun joriy etiladigan maxsus davlat boshqaruvi organlari, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari kafolatlari hamda boshqa maxsus qoidalar nazarda tutiladi.

247.

Yongʻin xavfsizligini taʼminlash tizimining samaradorligini tubdan oshirish.

2021-yil 1-mart

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Energetika vazirligi, Qurilish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi.

Loyihada:

yongʻin xavfsizligini taʼminlashning yangi tizimini joriy etish, sohaning moddiy-texnik bazasini va kadrlar salohiyatini tubdan mustahkamlash;

aholi xonadonlarini metan, propan va is gazini barvaqt aniqlaydigan, xabar beradigan va gazni tarmoqdan klapan orqali uzib qoʻyadigan gazoananilizatorlar bilan taʼminlashni tashkil etish;

yangi turar joy majmualari qurilgan, maʼmuriy markazdan uzoqda joylashgan hamda yongʻinlarni tezkor bartaraf etish imkoniyati cheklangan hududlarda qoʻshimcha ajratiladigan shtat birliklari hisobiga yongʻin-qutqaruv qismlari (postlari)ni tashkil etish;

yongʻin xavfsizligini taʼminlash tizimining samaradorligini yanada oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash;

yongʻin-qutqaruv sportini rivojlantirish va ommalashtirish nazarda tutiladi.

248.

BMTning Markaziy Osiyoda Global aksilterror strategiyasini amalga oshirish natijalarini muhokama qilishga bagʻishlangan xalqaro konferensiyani oʻtkazish.

2021-yil 30-noyabr

Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Tashqi ishlar vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi loyihasi.

Loyihada:

Toshkentda boʻlib oʻtadigan xalqaro konferensiyaning tashkiliy masalalarini hal qilish;

konferensiyada “Global aksilterror strategiyani amalga oshirish boʻyicha Markaziy Osiyo davlatlarining qoʻshma harakat rejasi”ni amalga oshirish natijalari va oʻzaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilish nazarda tutiladi.

249.

Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) bilan hamkorlikni kengaytirish.

2021-yil 15-iyun

Inson huquqlari milliy markazi, Tashqi ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Chora-tadbirlari rejasi.

Rejada:

Xalqaro migratsiya tashkiloti Bosh direktorining Oʻzbekistonga tashrifini tashkillashtirish;

2022-2023-yillarda hamkorlik boʻyicha dasturi imzolanishini tashkil qilish;

Toshkentda Xalqaro migratsiya tashkiloti vakolatxonasi ochilishini tashkil qilish;

2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirish, mehnat migrantlarini ijtimoiy himoya qilishda kafolatlangan tenglik mezonlariga erishish nazarda tutiladi.

250.

Orol dengizi halokati oqibatida yuzaga kelgan ekologik fojialar taʼsirini yumshatishga qaratilgan amaliy harakatlarni qatʼiy davom ettirish.

Yil davomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Suv xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralar

Respublika budjeti mablagʻlari Orolboʻyi mintaqasida inson xavfsizligini taʼminlash boʻyicha koʻp tomonlama Trast fondi, homiylar va masʼul ijrochilar mablagʻlari

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

200 mlrd. soʻm

Orolboʻyi hududlarida amalga oshirilayotgan ulkan qurilish va obodonchilik ishlarini izchil davom ettirish;

Hisob-kitoblarga asosan

BMT bilan hamkorlikda tuzilgan Orolboʻyi mintaqasida inson xavfsizligini taʼminlash boʻyicha koʻp tomonlama Trast fondi doirasidagi amaliy ishlarni yanada kuchaytirish nazarda tutiladi.

251.

Atrof-muhitning ifloslanish darajasi holatini baholash mexanizmlarini takomillashtirish.

2021-yil 1-aprel

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Oʻzgidromet, vazirlik va idoralar

Dasturda belgilangan budjet doirasida

Davlat budjeti mablagʻlari, Davlat ekologiya qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

2021 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof-muhit monitoringi dasturini tasdiqlash;

korxonalarda atrof-muhitning ifloslanish manbalari monitoringi va davlat ekologik nazoratini oʻrnatish;

atrof-muhit monitoringi tizimining ishlash sifatini oshirish;

atrof-muhitning ifloslanish darajasi holatini muntazam baholash va prognoz qilishni taʼminlash nazarda tutiladi.

252.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydonini kengaytirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning hududlarida ekoturizmni rivojlantirish.

2021-yil 1-dekabr

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Davlat soliq qoʻmitasi qoshidagi Kadastr agentligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

3400 mln. soʻm

Davlat ekologiya qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

Loyihada:

“Markaziy Qizilqum” milliy tabiat bogʻi, “Oqtogʻ (Tomdi)” davlat qoʻriqxonasini tashkil etish;

“Janubiy Ustyurt”, “Markaziy Qizilqum” milliy tabiat bogʻlari, Sudochye-Akpetki davlat buyurtma qoʻriqxonasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ekoturizmni rivojlantirish nazarda tutiladi.

253.

Iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining uzoq muddatli davlat siyosatini ishlab chiqish.

2021-yil 1-sentabr

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Oʻzgidromet, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi.

Loyihada:

Oʻzbekiston Respublikasining 2030-yilgacha boʻlgan iqlim oʻzgarishi oqibatlariga qarshi kurash strategiyasini tasdiqlash;

iqlim oʻzgarishi oqibatlariga qarshi kurash boʻyicha mintaqaviy strategiya loyihasini tayyorlash nazarda tutiladi.

254.

“Jaholatga qarshi maʼrifat” gʻoyasi asosida aholining mafkuraviy immunitetini mustahkamlash va islom dinining insonparvarlik mohiyatini targʻib qilish.

2021-yil 1-aprel

Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, MTRK, vazirlik va idoralar

-

-

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada mutaassiblik, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish maqsadida maʼnaviy-maʼrifiy va targʻibot tadbirlarini oʻtkazish nazarda tutiladi.

255.

Xalqlar doʻstligi kunini belgilash.

2021-yil 1-aprel

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Adliya vazirligi

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada 30-iyul — Xalqaro doʻstlik kunini yurtimizda “Xalqlar doʻstligi kuni” deb belgilash nazarda tutiladi.

256.

“Doʻstlik haftaligi” va “Doʻstlik” xalqaro forum-festivalini oʻtkazish.

2021-yil 30-iyul

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

6000 mln. soʻm

Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi

Vazirlar Mahkamasining farmoyishi loyihasi.

Loyihada “Doʻstlik haftaligi” va xalqaro forum-festival Oʻzbekiston Respublikasining millatlararo totuvlikni mustahkamlash sohasidagi obroʻsini yanada targʻib qilish boʻyicha aniq tadbirlar nazarda tutiladi.

257.

Inson huquqlari sohasida jamoatchilik monitoringi tizimini shakllantirish.

2021-yil 30-iyun

Adliya vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Ombudsman, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida)

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

“Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga jamoatchilik nazoratining har bir shaklini amalga oshirish mexanizmlari va tartib-taomillarini belgilash;

inson huquq va erkinliklariga taalluqli xalqaro va milliy huquqiy normalarning amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha “jamoat inspektori”, “jamoat kuzatuvchisi”, “jamoat komissiyasi” institutlarini shakllantirish;

inson huquqlari sohasidagi qonunlar samaradorligini baholash va ilmiy asoslangan hamda chuqur oʻylangan jamoatchilik monitoringi tizimini shakllantirish nazarda tutiladi.

5.2. Tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar

258.

Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasini takomillashtirish.

2021-yil 1-dekabr

Tashqi ishlar vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada Oʻzbekistonning ochiq va pragmatik tashqi siyosatini izchil amalga oshirish hamda belgilangan strategik rejalarning jadal ijrosini taʼminlash maqsadida Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasini takomillashtirish nazarda tutiladi.

259.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasida soʻzlagan nutqida ilgari surilgan tashabbuslarni parlamentlararo darajada targʻib qilish.

2021-yil fevral

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida),Tashqi ishlar vazirligi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, vazirlik va idoralar

-

-

Oliy Majlis palatalari Kengashining qoʻshma qarori loyihasi.

Loyihada:

pandemiya davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari toʻgʻrisidagi xalqaro kodeksni qabul qilish;

Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda va inson huquqlarini taʼminlashda parlamentlar rolini oshirish toʻgʻrisida BMT Bosh assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini tasdiqlash;

BMTning Global aksilterror strategiyasini amalga oshirish boʻyicha mintaqaviy qoʻshma harakatlar rejasi doirasida erishilgan natijalarga va oʻzaro hamkorlik istiqbollariga bagʻishlangan xalqaro konferensiyani tashkil etish;

BMT huzurida Afgʻoniston boʻyicha doimiy qoʻmita tuzish;

Orol dengizi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb eʼlon qilish toʻgʻrisida BMT Bosh assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini targʻib qilish nazarda tutiladi.

260.

Asosiy xorijiy sheriklar — Rossiya, Xitoy, AQSH, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston, Pokiston, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa davlatlar bilan koʻp qirrali va oʻzaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish, mazkur davlatlar bilan yangi, yanada samarali ish tizimini joriy etish.

Yil davomida

Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

mazkur xorijiy mamlakatlar bilan oliy va yuqori darajadagi delegatsiyalar almashuvini muntazam amalga oshirish;

xorijiy mamlakatlar bilan hukumatlararo va idoralararo qoʻshma komissiyalar va ishchi guruhlarining navbatdagi yigʻilishlarini oʻtkazish;

xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish;

hududlararo (mintaqalararo, shaharlararo) hamkorlikni oʻrnatish va rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni samarali tashkil etish chora-tadbirlari koʻriladi.

261.

Xorijiy mamlakatlardagi Oʻzbekiston mehnat migrantlariga xizmat koʻrsatish, ularning huquq va manfaatlarini samarali himoya qilish tizimini tubdan rivojlantirish.

2021-yil mart

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Idoralararo chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy mamlakatlarda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qulay sharoitlarni yaratib berish, ularning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, sogʻligʻi va hayotini sugʻurtalash;

vakolatli davlat boshqaruvi organlari oʻrtasida idoralararo meʼyoriy-huquqiy hujjat imzolash;

Oʻzbekistonning chet eldagi konsullik idoralari faoliyatini takomillashtirish, xususan fuqarolarga koʻrsatiladigan onlayn konsullik xizmatlarini kengaytirish, shu jumladan konsullik xizmatlari respublika idoralari bilan toʻgʻridan toʻgʻri ishlashi va maʼlumotlar olishlari uchun tegishli tizimlar bilan integratsiya qilish;

mehnat migrantlari koʻp boʻlgan davlatlarda konsulxonalar va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonalarini ochish nazarda tutiladi.

262.

Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatilishi va mazkur mamlakatning barqaror rivojlanishini taʼminlash yoʻlidagi global saʼy-harakatlarni faol qoʻllab-quvvatlash. Markaziy Osiyoni Hind okeani bilan bogʻlaydigan Trans-afgʻon transport yoʻlagini barpo etish borasida aniq manzilli tadbirlarni amalga oshirish.

Yil davomida

Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Transport vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Afgʻonistonda tinchlik va barqarorlik oʻrnatishga qaratilgan harakatlarni ikki va koʻp tomonlama formatlarda ilgari surish;

Afgʻonistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, qayta tiklash jarayonlariga koʻmaklashish maqsadida BMT huzurida doimiy faoliyat koʻrsatuvchi qoʻmita tashkil etish boʻyicha BMT kotibiyati va aʼzo davlatlar bilan muzokaralar oʻtkazish;

Markaziy Osiyoni Hind okeani bilan bogʻlaydigan Trans-afgʻon transport yoʻlagini barpo etish borasida manzilli tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish;

Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasida parlamentlararo doʻstlik komissiyasini tuzish;

Oʻzbekistonga Afgʻoniston parlamenti delegatsiyasi tashrifini tashkillashtirish nazarda tutiladi.

263.

Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalaridagi qoʻshni davlatlar bilan azaliy doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va oʻzaro ishonch ruhidagi aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyani yuqori darajada va samarali tashkil etish.

2021-yil 1-aprel

Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, vazirlik va idoralar

-

-

Vazirlar Mahkamasining farmoyishi loyihasi.

Loyihada:

2021-yil 20-21-may kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya konsepsiyasini ishlab chiqish;

konferensiyada xorijiy mamlakatlarning obroʻli vakillari ishtirokini taʼminlash;

tegishli tavsiyalar ishlab chiqish nazarda tutiladi.

264.

Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosatida iqtisodiy diplomatiyani faol ilgari surish.

Yil davomida

Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

respublikaning eksport salohiyatini yanada oshirish maqsadida tadbirkorlarga yangi xorijiy hamkorlar bilan aloqa oʻrnatishda koʻmaklashish;

hududiy loyihalarga xorijiy investorlarni keng jalb qilishga amaliy yordam berish;

xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning moliyaviy-texnik koʻmaklari va grantlarini jalb etish;

yurtimizning investitsiya imkoniyatlarini targʻib qilish hamda eksportga koʻmaklashish maqsadida xorijda turli tadbirlar oʻtkazish nazarda tutiladi.

265.

Amerika Qoʻshma Shtatlari Davlat departamenti va Mehnat vazirligining global odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi hisobotlarida Oʻzbekiston Respublikasining mavqeyini yaxshilash boʻyicha saʼy-harakatlar samaradorligini oshirish.

2021-yil 30-mart

Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʻyicha milliy komissiya, Tashqi ishlar vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Chora-tadbirlar rejasi.

Loyihada:

Davlat departamentining global odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha hisobotda Oʻzbekistonning mavqeyini yaxshilash maqsadida AQSH tomonidan tavsiya etilgan takliflarni amalga oshirish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni olib borish;

AQSH Mehnat vazirligining hisobotida Oʻzbekistonning mavqeyini yaxshilash boʻyicha ishlarni jadallashtirish, hukumat rasmiylari va AQSH tahlil-tadqiqot markazlari Oʻzbekistonning bolalar va majburiy mehnatni cheklash boʻyicha amaliy harakatlari toʻgʻrisida keng xabardor qilish nazarda tutiladi.

266.

Transchegaraviy hamkorlikda mahalliy vakillik organlarining rolini kengaytirish.

2021-yil 5-may

Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida), vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, Tashqi ishlar vazirligi

-

-

Oliy Majlis Senati Kengashining qarori loyihasi.

Loyihada:

transchegaraviy hamkorlikning eng dolzarb masalalarini hal qilishda mahalliy hokimiyat vakillik organlari xalqaro faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;

qoʻshni hududlarning vakillik organlari oʻrtasidagi hamkorlikning yangi shakllari, usullari va mexanizmlarini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

267.

Chet elda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularni Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va sayyohlik salohiyatini oshirish jarayonlariga faol jalb qilish.

2021-yil 10-may

Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi.

Loyihada:

vatandoshlarimizni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ular bilan aloqalarni yanada mustahkamlash choralarini koʻrish hamda ushbu maqsadga qaratilgan “Vatandoshlar” maxsus jamgʻarmasini taʼsis etish;

chet ellarda Oʻzbekiston Respublikasining ijobiy imijini shakllantirish va mustahkamlashga vatandoshlarni keng jalb qilish nazarda tutiladi.

268.

Oʻzbekistonda gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirish.

2021-yil 10-iyun

Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiya, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

-

-

Milliy harakatlar dasturi loyihasi.

Dasturda:

gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirish:

“BMT-ayollar” tuzilmasi bilan oʻzaro hamkorlikni chuqurlashtirish;

Oʻzbekistonda akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirokida Milliy gender strategiyasini amalga oshirish masalalarini muhokama qilish boʻyicha parlament forumini oʻtkazish nazarda tutiladi.

269.

Oʻzbekiston Respublikasining 2021-2022-yillarda Shanxay hamkorlik tashkilotida raisligining ustuvor yoʻnalishlari va asosiy tadbirlarini ishlab chiqish.

2021-yil 15-iyul

Tashqi ishlar vazirligi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

SHHT doirasida iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, xalqaro terrorizm, ekstremizm va transchegaraviy jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha hamkorlikni kuchaytirish, tashkilot tomonidan qabul qilingan qarorlarning amaliy natijadorligini oshirish va aʼzo davlatlar oʻrtasida gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlash;

SHHT Xavfsizlik Kengashlari rahbarlari kengashining majlisi, SHHT davlatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi, SHHT davlat rahbarlari kengashining majlisi va boshqa tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha choralarni amalga oshirish nazarda tutiladi.

270.

BMTning voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish uchun boshqaruv prinsiplari (Ar-Riyod boshqaruv prinsiplari) Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlari va dasturiy hujjatlarida amalda va tizimli aks ettirilishini inobatga olib, unga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish.

2021-yil 1-avgust

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha vakil, Bolalar huquqlari boʻyicha vakil, vazirlik va idoralar

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi xalqaro normalarni milliy qonunchilikka tatbiq etish nazarda tutiladi.

271.

Xalqaro parlamentlararo tashkilotlar (YEXHT Parlament Assambleyasi, MDH Parlamentlararo Assambleyasi, Turkiy tilli davlatlar Parlament Assambleyasi va boshqalar) bilan hamkorlikni faollashtirish.

2021-yil 1-may

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Tashqi ishlar vazirligi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, vazirlik va idoralar

-

-

Oliy Majlis palatalari kengashlarining qoʻshma qarori loyihasi.

Loyihada:

xalqaro tashkilotlarda masʼul va rahbarlik lavozimlariga mamlakatimiz vakillari nomzodlarini ilgari surish;

Oʻzbekistonda yirik parlamentlararo tadbirlarni tashkil etish nazarda tutiladi.

272.

Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston bilan yaqin qoʻshnichilik aloqalarini mustahkamlash boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish.

2021-yil 1-mart

Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, vazirlik va idoralar

-

Belgilangan budjet mablagʻlari

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ikki tomonlama va mintaqaviy aloqalarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha kompleks chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish;

oliy va yuqori darajada oʻzaro tashriflarni tashkil etish;

“Xalq diplomatiyasi” mexanizmlaridan samarali foydalanish;

yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlash yoʻlidagi mavjud toʻsiqlarni birgalikda hal etish;

savdo iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tovar ayirboshlash hajmining oʻsishi va hamkorlikni mustahkamlash uchun qulay sharoitlar yaratish;

mintaqaning tranzit va logistika salohiyatidan samarali foydalanish va transport infratuzilmasining rivojlanishini taʼminlash;

Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqalari (shu jumladan chegara hududlari) oʻrtasidagi hamkorlikni faollashtirish nazarda tutiladi.

273.

Islom taraqqiyot banki (ITB) Boshqaruvchilari kengashi yillik anjumanini 2021-yil Oʻzbekistonda oʻtkazish va unga tayyorgarlik koʻrish.

2021-yil 15-aprel

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Bunda:

ITB yillik anjumanini oʻtkazish va unga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tadbirlarni belgilab berish;

tashkiliy qoʻmita va har bir ishchi guruhlarning vazifalarini belgilab berish nazarda tutiladi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi jarayonida ularning moliyalashtirish manbalariga aniqlik kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti mablagʻlari deganda markazlashgan investitsiyalar, vazirlik, idora va tashkilotlarning xarajatlar smetasida nazarda tutilgan budjet mablagʻlari tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli komissiya bilan kelishilgan holda, Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun qabul qilinadigan hujjatlar shakli zaruratga qarab oʻzgartirilishi, boshqa bandlardagi hujjatlar bilan birlashtirilishi yoki bir necha turdagi hujjatlarga boʻlinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida mutasaddi vazirlik va idoralarning takliflari asosida Dasturda belgilangan tadbirlarning mazmuniga mos keladigan boshqa masalalar ham nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yilda Davlat dasturi tadbirlarini amalga oshirishning jami xarajatlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29 492,7 mlrd soʻm, 2 600,4 mln AQSH dollari va 57,5 mln yevroda shundan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

mlrd soʻmda

mln AQSH dollarida

mln yevroda

Davlat budjeti va Davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari

19 474,9

2,4

-

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari

1 395,0

850,4

-

Ijrochilar va xayriya tashkilotlari mablagʻlari

292,8

-

15,3

Tijorat banklarining kreditlari

6 560,0

-

-

Xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari mablagʻlari va begʻaraz yordam

1 770,0

1 747,6

42,2

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-oktabrdagi PQ-5254-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2021-y., 07/21/5254/0933-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.02.2021-y., 06/21/6155/0082-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2021-y., 07/21/5254/0933-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)