14.05.2019 yildagi PF-5717-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishning sifat jihatidan yangi tizimiga oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi Investitsiya dasturida nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning, yangi ishlab chiqarish quvvatlari va ish joylarini yaratish, infratuzilmani takomillashtirish hamda hududlarni obodonlashtirish va xalq farovonligi darajasini oshirishning gʻoyat muhim omili hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, mazkur sohadagi ishlarning holatini tahlil qilish investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida va toʻla-toʻkis amalga oshirishga, investitsiyalarni jalb etish va oʻzlashtirishga toʻsqinlik qilayotgan ayrim tizimli kamchiliklar mavjudligini koʻrsatdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishning amaldagi tizimi istiqbolli investitsiya loyihalarini bosqichma-bosqich tayyorlashni, loyiha hujjatlari oʻz vaqtida ishlab chiqilishini taʼminlamayapti, bu esa moliyalashtirishning ochilishi, mablagʻlar oʻzlashtirilishi, oqibatda esa quvvatlar ishga tushirilishi kechiktirilishiga olib kelmoqda. Investitsiya dasturlarini ishlab chiqish va monitoring qilish jarayoniga ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tatbiq etilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya dasturlarini shakllantirishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish, Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi Investitsiya dasturi soʻzsiz, oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini, investitsiya loyihalarini monitoring qilishning samarali mexanizmlari joriy etilishini, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaga investitsiyalarni jalb etishni taʼminlash, barcha darajadagi davlat organlari, tashkilotlar rahbarlari va hokimlarning ushbu sohadagi shaxsiy javobgarligini kuchaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilansinki, 2020-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi tarmoqlar va hududlarni rivojlantirishning tasdiqlangan konsepsiyalari va dasturlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida uning asosiy koʻrsatkichlarini har yili aniqlashtirib va yangilab borgan holda uch yillik davrga shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2020 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Dastur) shakllantirish sxemasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Dasturni, shu jumladan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — XMI/XHMT), Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va boshqa markazlashtirilmagan manbalar mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxatini shakllantirish, shuningdek Dasturning amalga oshirilishini umumiy monitoring va nazorat qilish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda budjet tizimining budjetlari hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxatini shakllantirish, shuningdek unga aniqliklar va yangiliklar kiritish, ularning amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish yuzasidan vakolatli organ hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 25-iyunga qadar Dastur loyihasini jamlash uchun ushbu kichik bandning ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan loyihalarning manzilli roʻyxatini belgilangan tartibda loyihalarning tashabbuskorlari bilan kelishilgan, taklif etilayotgan loyihalarni joylashtirish, ularning quvvatlari va manbalari uygʻunlashtirilishini taʼminlashni hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun ajratiladigan prognoz limitlari oʻz vaqtida taqdim etilishini, shuningdek loyihalar markazlashtirilgan manbalar hisobidan toʻliq moliyalashtirilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan birgalikda Dastur loyihasiga kiritiladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun salohiyatli xorijiy investorlarni jalb etishda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga, tarmoqlar va hududlarga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) loyiha tashabbuskorlari — davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari (keyingi oʻrinlarda — loyiha tashabbuskorlari) oʻzlariga tegishli qismlarda, investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxatini oʻz vaqtida ishlab chiqish, ularni Dastur loyihasiga kiritish uchun taqdim etish, tarmoq jadvallari va loyiha hujjatlarini sifatli tayyorlash, shuningdek qurilish-montaj, ishga tushirish-sozlash, mablagʻlarni toʻliq hajmda oʻzlashtirish va ishlab chiqaruvchi quvvatlarni ishga tushirish borasidagi barcha tadbirlarning soʻzsiz va sifatli bajarilishini taʼminlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Vazirlar Mahkamasi tomonidan shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha, 2019-yil 1-iyunga qadar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobiga aniq investitsiya loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga taqdim etilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK loyihaoldi hujjatlari, shuningdek texnik topshiriqlar va tender hujjatlarining kompleks ekspertizasi belgilangan tartibda oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi oyiga kamida bir marotaba xorijiy investorlar bilan uchrashuv oʻtkazadilar, aniq investitsiya takliflari (loyihalari)ni taqdim etadilar (prezentatsiya qiladilar) hamda ularning amalda roʻyobga chiqarilishini taʼminlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Transport vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Moliya vazirligi Dastur loyihasiga kiritiladigan budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari manzilli roʻyxatini shakllantirishda respublika aholisining turmush sifatini oshirish va rivojlantirish tarmoq dasturlarini ildam bajarishga imkoniyat yaratadigan avtomobil yoʻllari qurish va rekonstruksiya qilish hamda ichimlik suv taʼminoti tarmoqlarini kengaytirish boʻyicha yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, loyihani bajarish Dasturni amalga oshirishning keyingi yiliga rejalashtirilgan taqdirda, loyiha hujjatlari mavjud boʻlmagan investitsiya loyihalarini Dastur loyihasiga kiritish taqiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov, E.M. Gʻaniyev) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari (G.K. Saidova) zimmasiga Dastur loyihasini shakllantirish bilan bogʻliq ishlarni umumiy tarzda muvofiqlashtirishni amalga oshirish vazifasi yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — Axborot tizimi) ishlab chiqilgan boʻlib, u investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb qilingan barcha ishtirokchilarni ulagan holda Loyiha boshqaruvi yagona milliy axborot tizimining bir qismi hisoblanadi va quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni hisobga olish, ularning amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilish jarayonlarini avtomatlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarning muddatlari, budjeti, maqsadlari va koʻrsatkichlari ustidan nazoratni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiyalar, shu jumladan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning jalb etilgan va oʻzlashtirilgan hajmlari boʻyicha ishonchli maʼlumotlarni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni amalga oshirishda quvvatlarni oʻz vaqtida ishga tushirish boʻyicha xavf-xatarlarni aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiyadan keyingi davrda, loyiha hujjatlarida nazarda tutilgan maqsadli koʻrsatkichlarga erishishni kuzatib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi bir hafta muddatda Axborot tizimining belgilangan tartibda “Texnik koʻmaklashish markazi” DUKda ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda vazirlik, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatiga Axborot tizimi joriy etilishi, shuningdek uning uzluksiz ishlab turishi, yanada modernizatsiya qilinishi va axborot xavfsizligi uchun javobgar boʻlgan tizimli operatorni belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda “UZINFOCOM davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator” MCHJ bilan birgalikda Axborot tizimining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi hamda boshqa davlat organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashuvini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda investitsiya loyihalarini, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi Investitsiya dasturi (keyingi oʻrinlarda — 2019-yilgi Investitsiya dasturi) amalga oshirilishini monitoring qilish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida hukumat qarorini qabul qilsin, unda, jumladan “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish va ekspluatatsiya qilish boʻyicha Reglament tasdiqlanishini, Axborot tizimini ishlab chiqish va keyinchalik undan foydalanish xarajatlarini toʻlash masalalarini hal etishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga muhim investitsiya loyihalarining bajarilishini har oyda tanqidiy koʻrib chiqqan holda, yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarining samarali muvofiqlashtirilishi va amalga oshirilishini nazorat qilish, shuningdek tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlariga erishilishini taʼminlash yuzasidan masʼuliyat yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va E.M. Gʻaniyev bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining taqdimnomasiga binoan 2019-yilgi Investitsiya dasturi doirasida loyihalar (obyektlar) boʻyicha investitsiyalar, kapital qoʻyilmalar limitlari (qiymati)ning prognoz parametrlari, joriy yilda ishga tushiriladigan har chorak boʻyicha taqsimlangan investitsiya loyihalarining aniqlashtirilgan roʻyxatlari tasdiqlanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalar tashabbuskorlari tomonidan 2019-yilgi Investitsiya dasturi hamda Dastur bajarilishini, shuningdek tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlariga erishilishini har oyda tanqidiy koʻrib chiqishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligining taklifiga binoan Dasturda nazarda tutilgan investitsiya loyihalari boʻyicha ajratilgan mablagʻlar oʻz vaqtida oʻzlashtirilmay qolganda markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan manbalar hisobidan kapital qoʻyilmalar roʻyxatlari va limitlari (qiymati)ga tuzatishlar kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov har oyda investitsiya loyihalari amalga oshirilishining holati toʻgʻrisidagi hisobotni va tahliliy materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etgan holda investitsiya loyihalarini amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilishni taʼminlash yuzasidan shaxsan masʼul ekanligi koʻrsatib oʻtilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga budjet tizimlarining budjet qismida iqtisodiyot va sanoat vazirining investitsiya dasturlarini shakllantirish va monitoring qilish masalalari boʻyicha vazir oʻrinbosari lavozimi kiritilsin, uning zimmasida qisqartirilayotgan, iqtisodiyot va sanoat vazirining infratuzilmani rivojlantirish strategiyasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari masalalari boʻyicha vazir oʻrinbosari oʻrniga infratuzilmani rivojlantirish strategiyasi boʻyicha funksiyalar saqlanib qolinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligining Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida 7 nafar shtat birligidan iborat Infratuzilmaviy loyihalar tahlili guruhini tashkil etish, uning zimmasiga markazlashtirilgan manbalar hisobidan amalga oshirilgan infratuzilmaviy loyihalarni kompleks tahlil etish, iqtisodiy samarani baholash, ularning ish yuklamasini koʻpaytirish va samarasini oshirish chora-tadbirlarini, shuningdek yangi infratuzilmaviy loyihalar boʻyicha aniq takliflarni ishlab chiqish vazifalarini yuklash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Infratuzilmaviy loyihalar tahlili guruhi faoliyatini moliyalashtirish budjet mablagʻlari, tegishli vazirliklarning budjetdan tashqari mablagʻlari, XMI/XHMT mablagʻlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini yanada takomillashtirishning “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Belgilansinki, 2019-yilning 1-iyulidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlaganlik, shuningdek tasdiqlangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishganlik uchun tashkilotlarning budjetdan tashqari mablagʻlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Respublika budjeti hamda viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjeti qoʻshimcha manbalari hisobidan ikki lavozim maoshigacha boʻlgan miqdorda biryoʻla mukofotlash tarzida davlat organlari va tashkilotlarining, mahalliy ijro hokimiyati organlarining rahbarlarini ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu bandning ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan talablar bajarilishini taʼminlamaganlik uchun hayfsan eʼlon qilish, lavozim maoshining ellik foizigacha miqdorida jarima solish va belgilangan tartibda mehnat shartnomasini bekor qilish (egallab turgan lavozimidan ozod qilish) tarzida mazkur rahbarlarning intizomiy javobgarligi tizimi joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) loyihalarni amalga oshirish guruhi (keyingi oʻrinlarda — LAOG) faoliyatini tashkil etish, shuningdek xaridlar jarayonlarining shaffofligini oshirishning yangi mexanizmlarini joriy etsin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LAOG rahbarlari va xodimlarini loyiha tashabbuskorlarining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi toʻgʻrisida LAOG rahbarlarining hisobotlarini XMI/XHMT, shuningdek loyihalar tashabbuskorlarining markazlashtirilgan hamkorligi boʻyicha tegishli boshqaruvchilar (organlar)ni jalb etgan holda kollegial asosda eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LAOGning hisobdorligi, ular faoliyatining samarali muvofiqlashtirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, manfaatdor idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda 2019-yil 1-iyunga qadar XMI/XHMT ishtirokida investitsiya loyihalarini amalga oshirish chogʻida jalb etiladigan, milliy konsultantlar tomonidan ilgari amalga oshirilgan investitsiya loyihalari samaradorligini baholashni inobatga olgan holda ularning maʼlumotlar bazasini shakllantirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) LAOG xodimlarini hamda loyiha tashabbuskorlarini oʻqitish va malakasini oshirish maqsadida xaridlarni oʻtkazish, moliyaviy boshqarish, investitsiya loyihalarini ijtimoiy-ekologik baholash hamda boshqa gʻoyat muhim yoʻnalishlarga oid masalalar boʻyicha XMI/XHMT konsultantlari va mutaxassislarining muntazam asosda jalb etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihalarning tashabbuskorlariga Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, zarur hollarda, LAOG tuzilmasiga belgilangan umumiy shtatlar soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida Agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi negizida XMI/XHMT ishtirokida investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha alohida boʻlinmani tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Belgilansinki, oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan investitsiya va tashqi savdo sohasidagi hujjatlarni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”, shuningdek xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatdagi korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Hisob palatasi bilan birgalikda ikki oy muddatda oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ga kiritilgan investitsiya loyihalarining bajarilishini tanqidiy oʻrganib chiqsin hamda uning natijalariga koʻra ushbu loyihalarni qayta koʻrib chiqish yuzasidan takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2020-y., 06/20/6042/1190-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va oʻzlashtirish, shuningdek ishlab chiqarish quvvatlarining ishga tushirilishini hisobga olishning takomillashtirilgan tartibini joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 14-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5717-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PF-5717-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi loyihasini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

Masʼul vazirliklar, idoralar, boshqa tashkilotlar

I. Investitsiya loyihalari roʻyxatini budjet tizimining budjetlari hisobidan shakllantirish

1-bosqich

2020 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) loyihasiga kiritish uchun investitsiya takliflarini taqdim etish shakllarining namuna va maketlarini ishlab chiqish va tashabbuskorlarga joʻnatish.

2019-yil 20-maygacha

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

2-bosqich

Sohani va hududlarni rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qabul qilingan qarorlarini hisobga olgan holda Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga Dastur loyihasiga kiritish uchun asoslangan investitsiya takliflarini taqdim etish.

2019-yil 1-iyungacha

Vazirliklar va idoralar,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga Dastur loyihasiga kiritish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshiriladigan investitsion takliflarni taqdim etish.

2019-yil 1-iyungacha

DXSH agentligi

4-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga Dastur loyihasiga kiritish uchun boʻsh turgan davlat mulki obyektlaridan foydalanish boʻyicha investitsiya takliflarini taqdim etish.

2019-yil 1-iyungacha

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

5-bosqich

Dastur loyihasiga kiritish uchun taqdim etiladigan quyidagilarni nazarda tutuvchi investitsiya loyihalarining dastlabki roʻyxatini shakllantirish:

boshqalar tasarrufiga oʻtuvchi obyektlar boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish, tugallangan obyektlar boʻyicha kreditor qarzdorligini soʻndirish;

yangidan boshlanadigan loyihalar, loyiha hujjatlari va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan ularni moliyalashtirish manbalari;

davlat-xususiy sheriklik shartlari asosidagi loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari va tegishli hududlardagi boʻsh turgan davlat mulki obyektlari mavjudligi imkoniyatidan kelib chiqib — markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar boʻyicha investitsiya takliflarini baholash.

Birinchi navbatda, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini (elektr, gaz, suv taʼminotini, kanalizatsiya, yoʻl va boshqa infratuzilmani) rivojlantirish va moliyaviy tahlilning umumqabul qilingan uslubidan foydalanish zarurligini hisobga olgan holda ularni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini baholash natijalariga koʻra Dastur loyihasiga kiritish uchun taqdim etiladigan investitsiya loyihalarini saralashni amalga oshirish.

2019-yil 20-iyungacha

Iqtisodiyot va sanoatvazirligi

6-bosqich

2020 — 2022-yillar uchun ajratiladigan budjet mablagʻlarini kelishish uchun investitsiya loyihalarining shakllantirilgan roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuborish.

2019-yil 20-iyungacha

Iqtisodiyot va sanoatvazirligi

7-bosqich

Budjet mablagʻlari hisobidan ajratiladigan kapital qoʻyilmalar hajmini koʻrib chiqish va kelishish.

2019-yil 25-iyungacha

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoatvazirligi

8-bosqich

Oʻrnatilgan tartibda loyiha tashabbuskorlari bilan kelishilgan, taklif etilayotgan loyihalar manbalari, quvvatlari va joylashtirilishi uygʻunlashtirilishini taʼminlashni hisobga olgan holda, budjet tizimining budjetlari hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxati dasturi loyihasini yigʻma holga keltirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va savdo vazirligiga kiritish.

2019-yil 25-iyungacha

Iqtisodiyot va sanoatvazirligi

II. Investitsiya loyihalari roʻyxatini XMI/XHMT, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va boshqa markazlashtirilmagan manbalar hisobidan shakllantirish

1-bosqich

Dastur loyihasiga kiritish uchun investitsiya takliflarini taqdim etish shakllari namunalari va maketlarini ishlab chiqish va tashabbuskorlarga yuborish.

2019-yil 20-maygacha

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

2-bosqich

Sohalar va hududlarni rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qabul qilingan qarorlarini hisobga olgan holda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga Dastur loyihasiga kiritish uchun investitsiya takliflarini taqdim etish.

2019-yil 1-iyungacha

Vazirliklar va idoralar,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga Dastur loyihasiga kiritish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshiriladigan investitsion takliflarni taqdim etish.

2019-yil 1-iyungacha

DXSH agentligi

4-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga Dastur loyihasiga kiritish uchun boʻsh turgan davlat mulki obyektlaridan foydalanish boʻyicha investitsiya takliflarini taqdim etish.

2019-yil 1-iyungacha

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

5-bosqich

Dastur loyihasiga kiritish uchun taqdim etiladigan quyidagilarni nazarda tutuvchi investitsiya loyihalarining dastlabki roʻyxatini shakllantirish:

boshqalar tasarrufiga oʻtuvchi obyektlar boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish, tugallangan obyektlar boʻyicha kreditor qarzdorligini soʻndirish, yakunlovchi bosqichdagi obyektlari;

yangidan boshlanadigan loyihalar, loyiha hujjatlari va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan moliyalashtirish manbalari;

markazlashtirilmagan manbalar, XMI/XHMT va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilayotgan loyihalar boʻyicha — loyiha hujjatlariga muvofiq, iqtisodiy samaradorligi, ustuvorligi va maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda investitsiyaviy takliflarni baholash.

Birinchi navbatda, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini (elektr, gaz, suv taʼminotini, kanalizatsiya, yoʻl va boshqa infratuzilma) rivojlantirish va moliyaviy tahlilning umumqabul qilingan uslubidan foydalanish zarurligini hisobga olgan holda, ularni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini baholash natijalariga koʻra Dastur loyihasiga kiritish uchun taqdim etiladigan investitsiya loyihalarini saralashni amalga oshirish.

2019-yil 20-iyungacha

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Moliya vazirligi

III. 2020 — 2022-yillarga moʻljallangan Dastur loyihasini shakllantirish va tasdiqlash

1-bosqich

Taqdim etilgan takliflarni umumlashtirish va Dastur loyihasiga kiritish uchun taklif qilingan investitsiya loyihalarining dastlabki roʻyxatini shakllantirish.

2019-yil 1-avgustgacha

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi

2-bosqich

Dastur loyihasiga kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga investitsiya loyihalarining dastlabki roʻyxatini kiritish.

2019-yil 1-avgustgacha

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

3-bosqich

Dastur loyihasiga kiritiladigan investitsiya loyihalarining dastlabki roʻyxatini kelishish.

2019-yil 10-avgustgacha

Vazirlar Mahkamasi

4-bosqich

Loyiha-smeta hujjatlarini oʻrnatilgan tartibda oʻz vaqtida ishlab chiqish va kelishishni taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirligining ekspertiza organlariga (ijtimoiy obyektlar boʻyicha) keyinchalik quyidagilarga kiritish uchun taqdim etish:

budjet tizimining budjetlari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga;

XMI/XHMT va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va boshqa markazlashtirilmagan manbalar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga.

2019-yil 20-noyabrgacha

Vazirliklar va idoralar,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

loyihalar tashabbuskorlari

5-bosqich

Dastur loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil 25-noyabrgacha

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

6-bosqich

Dastur loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2019-yil 5-dekabrgacha

Vazirlar Mahkamasi

7-bosqich

Dasturni tasdiqlash.

2019-yil 15-dekabrgacha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

8-bosqich

Tasdiqlangan Dasturning parametrlarini kelgusi yil uchun har yili aniqlashtirish.

1-aprelgacha

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, loyihalar tashabbuskorlari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PF-5717-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini yanada takomillashtirishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoʻl xaritasi”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni yangi tahrirda tasdiqlash, undashu jumladan quyidagilarni nazarda tutish.

investitsiya dasturlarini ishlab chiqish, kelishish, kiritish va tasdiqlash masalalari;

investitsiya loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha loyihalar tashabbuskorlarining vakolatlari, muddatlari, masʼuliyatlari;

investitsiya dasturlariga kiritish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish mezonlari;

investitsiya loyihalarini koʻrib chiqish va kelishish mexanizmlari;

vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — XMI/XHMT) bilan kelishilgan oʻzaro hamkorligi;

avval investitsiya dasturlariga kiritilgan va yangidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish tartibini takomillashtirish;

tasdiqlangan investitsiya dasturlariga oʻzgartirishlar (tuzatishlar) kiritishning soddalashtirilgan tartibi;

investitsiya dasturlarini koʻrib chiqishda ortiqcha maʼmuriy bosqichlarni chiqarib tashlash hamda moliyaviy xarajatlarni qisqartirish.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil 1-iyunga qadar

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), Moliya vazirligi (D. Sultonov), manfaatdor vazirliklar va idoralar

2.

Qonun hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish:

oʻtkazish muddatlarini qisqartirishga yoʻnaltirilgan, oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz ichiga olgan xarid qilish tartib-taomillari jarayonlarini jadallashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan qayta eʼlon qilingan savdolarni kuzatib borish, asoslanmagan retenderlar oʻtkazishga yoʻl qoʻygan aybdor shaxslarga maʼmuriy choralar qoʻllash;

xarid va baholash komissiyalari umumiy tarkibida ijro etuvchi agentlik vakillarining soni oshishiga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek, XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalar boʻyicha xarid tartib-taomillarini oʻtkazish jarayonida raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan holatlar yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatish;

savdolar ishtirokchilaridan hujjatlarni qabul qilishda asoslanmagan rad javoblarini berishga yoʻl qoʻymaslik va uni aniqlash, shuningdek, tanlov saralovi natijalari boʻyicha eʼlon qilingan gʻoliblarga shartnomalarni taqdim etish;

loyihalarni amalga oshirish guruhlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini, loyihalarni amalga oshirish guruhlari xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etishning aniq tartibini oʻrnatish, ularning faoliyatiga talablarni belgilash;

loyihalarni amalga oshirish guruhlari xodimlari malakasini oshirishning malaka talablari va tartibini joriy etish, malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganligi toʻgʻrisida sertifikatlar berish.

Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2019-yil 10-iyunga qadar

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), Moliya vazirligi (D. Sultonov), manfaatdor vazirliklar va idoralar

3.

Davlat qabul komissiyaga yozma bildirish xati yoʻllash orqali loyiha tashabbuskoriga qurilishi tugallangan obyektlardan belgilangan maqsadlarda foydalanishni amalga oshiruvchi huquqni taqdim etishni nazarda tutadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni qonun hujjatlariga kiritish.

Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2019-yil 1-iyulga qadar

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Davergeodezkadastr (A. Abdullayev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
(B. Xodjayev), manfaatdor vazirliklar va idoralar

4.

Qonun hujjatlariga mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ortda qolayotgan, ayniqsa tuman va shaharlarda, yer uchastkalarini ajratish mexanizmlarini yanada soddalashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

Qonun hujjatlariga oʻzgartirishva qoʻshimchalar kiritish

2019-yil 1-iyulga qadar

Davergeodezkadastr (A. Abdullayev), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
(B. Xodjayev), manfaatdor vazirliklar va idoralar

5.

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari balansida mavjud boʻlgan, mulk asosida munitsipal obligatsiyalarni chiqa�ish va aylanmaga kiritish huquqini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga berishni nazarda tutuvchi munitsipal obligatsiyalarni chiqarish va muomalaga kiritish tartibini reglamentatsiya qilish.

Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2019-yil 1-avgustga qadar

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (A. Nazirov), Moliya vazirligi (D. Sultonov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar

6.

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda ortda qolayotgan tuman va shaharlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishda investorlarni yanada ragʻbatlantirishni nazarda tutadigan takliflarni tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2019-yil 1-iyulga qadar

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
(B. Xodjayev), Moliya vazirligi
(D. Sultonov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzoqov), manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Iqtisodiyot, investitsiyalarni jalb qilish, eksport, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi boʻyicha hokim oʻrinbosarlarining funksional vazifalarini aniqlash, ularning vakolatlarini aniq chegaralashga alohida eʼtibor qaratgan holda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinganligini hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-apreldagi “Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 123-son qarorini yangi tahrirda ishlab chiqish va qabul qilish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2019-yil 1-iyulga qadar

Vazirlar Mahkamasi (A. Ramatov,
J. Qoʻchqorov),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

Quyidagilar orqali Investitsiya portalini takomillashtirish:

xorijiy tajribani hisobga olgan holda Investitsiya portali interfeysini yangilash;

investorlarni onlayn-konsultatsiya qilish tizimini joriy etish;

Investitsiya portali foydalanuvchilari uchun sharoitlar yaratish maqsadida interaktiv funksiyalarni joriy etish va faollashtirish;

Investitsiya portalini boshqa vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish;

Investitsiya portalini, ayniqsa xorijdagi ommaviy axborot vositalarida ommalashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil 1-iyunga qadar

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirlig (Sh. Sodiqov), manfaatdor vazirliklar va idoralar

9.

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan taqdim etilgan salohiyatli xorijiy investorlar uchun va xalqaro ishbilarmon doiralarida hududlarning tasdiqlangan loyiha takliflari hamda investitsiya pasportlarining doimiy asosda taqdimot qilib borilishini taʼminlash.

Taqdimotlar va uchrashuvlar oʻtkazish jadvali

Tasdiqlash — 2019-yil 25-mayga qadar

Amalga oshirish — jadvalga muvofiq

Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev)

10.

Loyihalarni amalga oshirish guruhlari xodimlari va investitsiya boʻlinmalari xodimlarini oʻqitish va malakasini oshirish boʻyicha loyiha sikli, XMI/XHMT ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalarni boshqarish va monitoring qilish, asosiy tamoyillar va tayanch hujjatlari, xorijiy konsultantlar bilan ishlash, tenderlar tashkil qilish, xaridlar, xorijiy standartlarga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritish va moliya hisobotini tuzish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil qilish.

Oʻquv kurslarini oʻtkazish jadvali

Tasdiqlash — 2019-yil 1-iyulga qadar

Amalga oshirish — jadvalga muvofiq

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov), Moliya vazirligi (D. Sultonov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), manfaatdor vazirliklar va idoralar

11.

Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizm�tlari portalid� 2020 — 2022-yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi loyihasiga kiritish uchun taklif etilayotgan Toshkent shahri boʻyicha investitsiya takliflarini jamoatchilik bilan eksperiment tartibida keng muhokama qilishni oʻtkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil 1-iyunga qadar

Toshkent shahar hokimligi
(J. Ortiqxoʻjayev), manfaatdor vazirliklar va idoralar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Chora-tadbirlarni amalga oshirish shakli oʻzgarishi, ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar esa huquqiy munosabatlarni tartibga solish predmeti va sohasidan kelib chiqib birlashtirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ikki va undan koʻp bandlar birlashtirilganida, birlashadigan bandlar uchun belgilangan eng kech muddat ijro muddati etib oʻrnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PF-5717-son Farmoniga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 12-noyabrdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “M39 Toshkent-Termiz avtomobil yoʻlini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1433-son qarorining rus tilidagi matni 1-ilovasi 11-bandi “Vsego*” ustunidagi “97” raqamlari “105” raqamlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 28-dekabrdagi “Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “4R87 Gʻuzor-Chim-Koʻkdala avtomobil yoʻlini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1671-son qarorining rus tilidagi matni 1-ilovasi 8-bandi “Vsego*” ustunidagi “82” raqamlari “100” raqamlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-maydagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “M39 Toshkent-Termiz avtomobil yoʻlini rekonstruksiya qilish” hamda “Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “4R87 Gʻuzor-Chim-Koʻkdala avtomobil yoʻlini rekonstruksiya qilish” loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3011-son qarorining rus tilidagi matnida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-bandidagi “1-oktabrya 2018 goda” va “1 maya 2019 goda, s uchetom zakritiya zaymov” soʻzlari tegishlicha “1-iyunya 2019 goda” va “1-noyabrya 2020 goda, bez ucheta garantiynogo perioda (srok garantiynogo perioda — odin god posle sdachi obyekta v ekspluatatsiyu) i” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 4-bandidagi “Ministerstvu finansov” soʻzlari “Ministerstvu investitsiy i vneshney torgovli” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-dekabrdagi “Xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikning samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3439-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1. Oʻzbekiston Respublikasidan quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi — moliya institutlari bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha vakolatli organ (boshqaruvchi idorasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev — Islom taraqqiyot banki guruhi bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha boshqaruvchi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari L.Sh. Kudratov — Islom taraqqiyot banki guruhi bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha boshqaruvchi oʻrinbosari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov — Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha boshqaruvchi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari S.X. Bekenov — Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha boshqaruvchi oʻrinbosari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev — Osiyo taraqqiyot banki bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha boshqaruvchi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi oʻrinbosari R.A. Gulyamov — Osiyo taraqqiyot banki bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha boshqaruvchi oʻrinbosari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov — Jahon banki guruhi bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha boshqaruvchi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari Sh.A. Vafayev — Jahon banki guruhi bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha boshqaruvchi oʻrinbosari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki — Xalqaro valyuta jamgʻarmasi bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha vakolatli organ (boshqaruvchi idorasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov — Xalqaro valyuta jamgʻarmasi bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha boshqaruvchi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov — Xalqaro valyuta jamgʻarmasi bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha boshqaruvchi oʻrinbosari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov — Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha boshqaruvchi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari L.Sh. Kudratov — Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha boshqaruvchi oʻrinbosari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev — Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha boshqaruvchi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari (lavozimi boʻyicha) — Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha boshqaruvchi oʻrinbosari etib belgilansin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi va sakkizinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-iyuldagi “Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3857-son qarorining 2-bandi beshinchi xatboshi “doirasida” soʻzidan keyin “belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4105-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-band:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi markaziy apparati departamentlari tuzilmasida 4 ta va undan ortiq shtat birligidan iborat boshqarma (shu jumladan, yigʻma) tashkil etish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 1-ilova quyidagi mazmundagi blok bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Infratuzilmaviy loyihalar tahlili guruhi

”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining markaziy apparati
tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni – 206 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Vazirlik markaziy apparatining umumiy shtat birliklariga kiritilmaydi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Andijon viloyati”, “Qashqadaryo viloyati” va “Fargʻona viloyati” pozitsiyalarining “Xodimlarning cheklangan soni (birlikda)” ustunidagi “54” raqamlari “55” raqamlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Namangan viloyati”, “Surxondaryo viloyati” va “Xorazm viloyati” pozitsiyalarining “Xodimlarning cheklangan soni (birlikda)” ustunidagi “46” raqamlari “47” raqamlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4135-son qarori quyidagi mazmundagi 71-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“71. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining budjetdan tashqari Rivojlanish va moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moddiy-texnik bazani mustahkamlash, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish, yuqori malakali, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish (mehnatga haq toʻlash, transport xarajatlari va boshqalar), xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlar, shu jumladan chet elda oʻtkaziladigan tadbirlar, shuningdek, Vazirlik faoliyatini rivojlantirish bilan bogʻliq boshqa tadbirlarni tashkil qilish va oʻtkazish xarajatlarini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladigan Vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari, shu jumladan vaqtincha boʻsh turgan budjetdan tashqari va qarz mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan va koʻrsatiladigan xizmatlardan olinadigan daromadlar, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar Jamgʻarmani shakllantirish manbalari etib belgilansin”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2019-y., 06/19/5717/3132-son; 18.08.2020-y., 06/20/6042/1190-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)