16.10.2020 yildagi PQ-4864-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim va tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish, loyihalarni tayyorlash jarayonida mahalliy davlat hokimiyati organlari ishtirokini kengaytirish va yakuniy natijalarga erishish yuzasidan mutasaddi rahbarlarning masʼuliyatini oshirish, shuningdek, 2021 — 2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini (keyingi oʻrinlarda — Dastur) sifatli shakllantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi 2021-yil uchun Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Dasturni amalga oshirish uchun 17,1 trln soʻm, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga muvofiq hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish xarajatlari uchun 1,5 trln soʻm mablagʻlar ajratilishini koʻzda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2021-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida quyidagi tadbirlarni moliyalashtirish uchun alohida satrlarda mablagʻlar koʻzda tutiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) erkin iqtisodiy zonalarni, kichik sanoat zonalarini hamda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarini muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tuman markazlari va shaharlarning meʼmoriy qiyofasini zamonaviylashtirish va obodonlashtirish. Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ajratilgan mablagʻlar hisobidan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman markazlari, shaharlar va yirik aholi punktlarida park zonalarini rivojlantirish, tashqi yoritish, sugʻorish va drenaj tizimlarini yaratish, shuningdek, piyoda va velosiped yoʻlaklarini qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir tuman markazi va shaharda kamida bittadan markaziy koʻchani zamonaviy shaharsozlik loyihalari asosida rejalashtirgan holda mukammal taʼmirlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman markazlari va shaharlarning meʼmoriy qiyofasini zamonaviylashtirish va obodonlashtirishga 2021-yilda 1,4 trln soʻm mablagʻ ajratiladi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari parametrlarida alohida satrda koʻzda tutiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturni shakllantirishda tegishli vazirlik, idora va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan takliflar mazkur qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining asosiy parametrlari doirasida Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturning manzilli qismiga, birinchi navbatda, avvalgi yillardan oʻtuvchi va qurilish-montaj ishlari yakunlanmagan obyektlar, shuningdek, moliyaviy resurslar bilan toʻliq taʼminlanmaganligi sababli tugatilmay qolgan obyektlar kiritiladi hamda ularni foydalanishga topshirish uchun zarur mablagʻlar koʻzda tutiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mudofaa va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga mazkur tashkilotlarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari hisobidan mablagʻlar ajratilishi munosabati bilan, ularga yoʻnaltiriladigan markazlashgan investitsiya hajmlari mos ravishda qisqartiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yildan boshlab budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shaharlar va shahar tipidagi posyolkalarining bosh rejalarini, shuningdek, qishloqlar (ovullar) fuqarolar yigʻinlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachi funksiyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalariga oʻtkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda tuman markazi va shaharlarning bosh rejalari hamda batafsil rejalashtirish loyihalari va qishloq aholi punktlarini meʼmoriy rejalashtirishni tashkil etish loyihalarini ishlab chiqishni jadallashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 2021-yilda injiniring xizmatlarini koʻrsatish uchun eksperiment tariqasida xususiy tadbirkorlik subyektlari jalb etiladigan obyektlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksperiment doirasida buyurtmachi funksiyalarini bajarishga jalb qilinadigan xususiy tadbirkorlik subyektlari roʻyxatini eng yaxshi takliflarni tanlab olish natijalariga koʻra aniqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarni buyurtmachi xizmatlarining funksiyalarini bajarishga jalb qilinadigan xususiy tadbirkorlik subyektlari orqali moliyalashtirish, shuningdek, ular uchun gʻaznachilik shaxsiy hisobvaraqlarini ochishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Dasturni shakllantirish va amalga oshirish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Sogʻliqni saqlash vazirligi tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari va birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarining (qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar, tez yordam stansiyalari va shoshilinch tibbiy yordam muassasalari) moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlashning ustuvorligini taʼminlash, tarmoqda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini kengaytirish boʻyicha zarur choralarni koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Xalq taʼlimi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumtaʼlim maktablarini jihozlash uchun ajratiladigan mablagʻlarni 2 baravarga koʻpaytirish hisobiga xizmat muddati 10 yildan oshgan oʻquv partalarini 2021-2022-yillarda toʻliq yangilashni nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi navbatda, yangi barpo etilayotgan massivlarda maktablar qurish, navbatlilik koeffitsiyenti 1,5 dan yuqori boʻlgan umumtaʼlim maktablari quvvatlarini oshirish, taʼmirtalab maktablarni kapital taʼmirlash va sport zali mavjud boʻlmagan maktablarda sport zallari qurish, shuningdek, kasb-hunar kollejlarining bino-inshootlaridan mazkur maqsadlar uchun samarali foydalanishni koʻzda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Maktabgacha taʼlim vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim tashkilotlari, birinchi navbatda, aholisi nisbatan zich joylashgan va qamrov darajasi past boʻlgan aholi yashash punktlarida hamda yangi barpo etilayotgan massivlarda qurilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri, viloyatlar markazlari va shaharlarda asosan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurishni, olis va aholisi tarqoq joylashgan hududlarda esa oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etishni keng joriy qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda tasarrufida oliy taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalarini qurish-taʼmirlash va jihozlash ishlariga vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlarini keng jalb qilsin hamda toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlarning bir qismini yoʻnaltirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalarini zamonaviy oʻquv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlash darajasini oshirishga grant va xorijiy kreditlarni keng jalb qilish, xususan xorijiy hamkorlar bilan birgalikda nodavlat oliy taʼlim muassasalarini tashkil etish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va “Oʻzsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining ichimlik va oqava suv taʼminoti qamrovi darajasini oshirish hamda issiqlik taʼminoti obyektlarini modernizatsiya qilish ishlariga Davlat budjeti mablagʻlari bilan bir qatorda xorijiy moliya institutlarining krediti hamda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tadbirkorlik subyektlari mablagʻlarini jalb qilish ishlarini jadallashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olis, togʻ, choʻl va aholisi tarqoq joylashgan hududlarda aholini suv bilan taʼminlashning muqobil shakllarini, shu jumladan davlat ijtimoiy buyurtmalari asosida yoʻlga qoʻysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichimlik suvi tannarxini pasaytirish va suv yoʻqotishlarini kamaytirish maqsadida, sohaga ajratiladigan mablagʻlarning 10 foizini energiya tejamkor uskuna-jihozlarni oʻrnatish va maxsus texnikalarni xarid qilishga yoʻnaltirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) Transport vazirligi va Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlariga xalqaro moliya institutlari hamda xususiy sheriklarning mablagʻlarini keng jalb qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajratiladigan mablagʻlarni, asosan, serqatnov, tirbandlik yuqori boʻlgan, taʼmirga muhtoj va ijtimoiy jihatdan muhim boʻlgan mahalliy ahamiyatdagi yoʻllar, tuman va shahar markazlarini aholi punktlari bilan bogʻlovchi yoʻllar hamda shahar va qishloqlardagi ichki xoʻjalik yoʻllari, yoʻl oʻtkazgichlar va koʻpriklar qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlariga yoʻnaltirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) Suv xoʻjaligi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajratiladigan mablagʻlar hisobidan, asosan, oʻzining tizimidagi irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini (yirik suv inshootlari, magistral va xoʻjaliklararo tarmoqlarni) qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, yirik gidrotexnik inshootlarni xavfsiz ekspluatatsiya qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki xoʻjalik sugʻorish tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari fermer xoʻjaliklari hamda klasterlarning mablagʻlari, tijorat banklarining kreditlari va boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishini koʻzda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutasaddi vazirlik va idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan mazkur bandda nazarda tutilgan choralar amalga oshirilishini muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy soha va infratuzilma loyihalarining manzilli roʻyxatlari mazkur qarorga 1-ilovada keltirilgan asosiy parametrlarga muvofiq shakllantirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy yil 20-oktabrga qadar ijtimoiy soha va infratuzilma obyektlarining dastlabki manzilli roʻyxatini umumlashtirish hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga kiritish uchun tegishli vazirlik va idoralarga taqdim etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli idoralar bilan birgalikda joriy yil 1-noyabrga qadar davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida 1 tadan koʻp tarmoqli sogʻliqni saqlash muassasasi, 2 tadan umumtaʼlim maktabi, 3 tadan maktabgacha taʼlim tashkiloti va 1 tadan sport-sogʻlomlashtirish inshootini qoʻshimcha ravishda barpo etish yuzasidan 2021-yil Dasturiga kiritish boʻyicha takliflarni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga taqdim qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Moliya vazirligi va Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi joriy yil 1-noyabrga qadar 2021 — 2023-yillarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshiriladigan ijtimoiy soha va infratuzilma loyihalari roʻyxatini shakllantirib, Dasturiga kiritish uchun Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga taqdim qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi joriy yil 20-oktabrga qadar Dasturga kiritiladigan, tegishli vazirlik, idora va mahalliy davlat hokimiyati organlarining takliflari asosida shakllantirilgan ijtimoiy soha va infratuzilma loyihalarining dastlabki manzilli roʻyxatini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishli vazirlik, idora, loyihachi tashkilotlar va Qurilish vazirligi bilan birgalikda joriy yil 20-noyabrga qadar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan dastlabki manzilli roʻyxat asosida obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi va ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, obyektlarning texnik topshiriqlari mavjudligi, ularning loyiha yechimlari hamda zamonaviy energiya tejamkor qurilish materiallaridan foydalanilganligiga alohida eʼtibor qaratilsin, shuningdek, buyurtmachilar tomonidan loyiha tashkilotlarini eng yaxshi takliflarni tanlab olish natijalariga koʻra aniqlashga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik, idora va mahalliy davlat hokimiyati organlari loyiha-hujjatlari ishlab chiqilgan va ekspertizadan oʻtkazilgan obyektlarning yakuniy manzilli roʻyxatini joriy yil 20-noyabrga qadar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga taqdim qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi joriy yil 25-noyabrga qadar Dastur loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi joriy yil 1-dekabrga qadar Dastur loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda joriy yil 1-dekabrga qadar 2021-yilda shahar va qishloq joylarda uy-joylar qurish dasturi parametrlarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qurilish vazirligi tegishli idoralar bilan birgalikda ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda 2021-yil 1-fevralga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qurilish, rekonstruksiya va mukammal taʼmirlash ishlari yakunlangan obyektlarning kafolat muddatini belgilash masalasini tanqidiy koʻrib chiqib, ushbu muddatlarni obyektlarning turi, xavf-xatarlar toifalari, funksional maqsadlari va murakkablik darajasidan kelib chiqqan holda belgilash boʻyicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) obyektlarning loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ularni qabul qilish tizimini hamda ushbu sohada davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy tartiblarini yanada takomillashtirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha-smeta hujjatlarining sifati, ishonchliligi va asoslanganligi hamda meʼmoriy va texnik yechimlarning maqbulligi yuzasidan loyiha tashkilotlarining javobgarligini kuchaytirish, shuningdek, loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishda obyektning tavsiyaviy qiymatini emas, cheklangan qiymatini aniq belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharsozlik hujjatlari mavjud boʻlmagan va moliyaviy resurslar bilan taʼminlanmagan obyektlarda qurish-montaj ishlarini amalga oshirishga yoʻl qoʻygan yuridik va jismoniy shaxslarning javobgarligini kuchaytirish, shuningdek, tegishli vakolatlarga ega boʻlmagan shaxslarning qurilish jarayoniga hamda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritilishiga aralashuvini qatʼiyan taqiqlash, zarur hollarda, ularni jinoiy javobgarlikka tortishni nazarda tutuvchi normalarni qonunchilikka kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-yanvardan boshlab qurilish-montaj ishlari yakunlanganligi toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari qoshidagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalarining foydalanishga ruxsati olinmagan obyektlarni joriy saqlash uchun Davlat budjetidan mablagʻlar ajratmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini joriy qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi tegishli idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-aprelga qadar Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va boshqa xalqaro tuzilmalar hamkorligida “Davlat investitsiyalarini boshqarishni baholash (PIMA)” tizimini joriy etish boʻyicha tashkiliy-texnik ishlarni bajarish, zarur hujjatlarni tayyorlash, tegishli xulosalarni olish va meʼyoriy bazani shakllantirish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni yakunlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-avgustga qadar mazkur bandda nazarda tutilgan tizimni dastlab sinov tariqasida ayrim tarmoqlarda qoʻllash va uning natijalari asosida keyinchalik bosqichma-bosqich keng joriy etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi va Adliya vazirligi uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 16-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4864-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-oktabrdagi PQ-4864-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ASOSIY PARAMETRLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

mlrd soʻm

T/r

Mablagʻlardan foydalanish yoʻnalishlari

Kapital qoʻyilma*

I

Ijtimoiy sohalar, shu jumladan:

5450

1.

Oliy taʼlim muassasalari

700

2.

Umumtaʼlim maktablari

2050

shundan, jihozlashga

200

3.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari

900

4.

Tibbiy va tibbiy-ijtimoiy muassasalar

1200

5.

Jismoniy tarbiya va sport

400

6.

Madaniyat va sanʼat

150

7

Ilm-fan va innovatsiya

50

II

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, shu jumladan:

900

1.

Suv taʼminoti va kanalizatsiya

800

2.

Issiqlik taʼminoti

100

III

Yoʻl-transport infratuzilmasi, shu jumladan:

2600

1.

Avtomobil yoʻllari

2200

shundan, koʻpriklar va yoʻl oʻtkazgichlar

400

2.

Temir yoʻl transporti va metro

400

IV

Irrigatsiya va melioratsiya, shu jumladan:

1100

1.

Irrigatsiya tarmoqlari va inshootlari, BVO “Sirdaryo”, BVO “Amudaryo”

800

2

Melioratsiya tarmoqlari va inshootlari

300

V

Boshqa yoʻnalishlar, shu jumladan:

6150

1.

Tuman markazlari va shaharlarning meʼmoriy qiyofasini zamonaviylashtirish va obodonlashtirish

1400

2.

Erkin iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari hamda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarini muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlash

1000

3.

Yopiq qism

1300

4.

Mudofaa va huquqni muhofaza qiluvchi organlar

900

5.

Maʼmuriy va boshqa obyektlar

1550

shundan, bosh reja, hududlarning arxitektura-rejalashtirish loyihalarini (ARL) va batafsil rejalashtirish loyihalarini (BRL) ishlab chiqish

150

VI

Davlat-xususiy sheriklik loyihalari

900

JAMI

17100

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Manzilli roʻyxatni tasdiqlash jarayonida oʻzgarishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-oktabrdagi PQ-4864-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yilda injiniring xizmatlarini koʻrsatish uchun xususiy tadbirkorlik subyektlari jalb etiladigan obyektlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Obyekt nomi

I

Yangidan quriladigan obyektlar:

1.

Uchtepa tumanidagi 283-son maktabning 540 oʻringa moʻljallangan yangi oʻquv bloki

2.

Bektemir tumanidagi 289-son maktabning 630 oʻringa moʻljallangan yangi oʻquv bloki

3.

Yashnobod tumanidagi 23-son maktabning 630 oʻringa moʻljallangan yangi oʻquv bloki

4.

Yashnobod tumanidagi 61-son maktabning 630 oʻringa moʻljallangan yangi oʻquv bloki

5.

Mirobod tumanidagi 83-son maktabning 630 oʻringa moʻljallangan yangi oʻquv bloki

II

Rekonstruksiya qilinadigan obyektlar:

1.

Olmazor tumanidagi 4-son (sobiq) 180 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi

2.

Yakkasaroy tumanidagi 358-son 720 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi

3.

Yashnobod tumanidagi 203-son umumtaʼlim maktab binosi

4.

M. Ulugʻbek tumanidagi 35-son umumtaʼlim maktab binosi

5.

Yunusobod tumanidagi 53-son umumtaʼlim maktab binosi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Obyektlar roʻyxatiga Vazirlar Mahkamasining Rayosati qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2020-y., 07/20/4864/1392-son)