31.12.2020 yildagi 822-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.07.2021
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimini kiritish to‘g‘risida” 2020-yil 10-martdagi PQ-4635-son, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 12-maydagi PQ-4710-son qarorlarini hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4612-son hamda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimini kiritish to‘g‘risida” 2020-yil 10-martdagi PQ-4635-son qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining (keyingi o‘rinlarda — Bosh vazir o‘rinbosari) funksional vazifalarini belgilaydi.
3. Bosh vazir o‘rinbosari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlar Mahkamasi) qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
6. Bosh vazir o‘rinbosariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 23-maydagi PQ-4332-son qaroriga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosarlari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari boshliqlari bo‘ysunadi.
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar, O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi, 2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasini hamda o‘rta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari o‘z vaqtida hamda samarali amalga oshirilishini ta’minlash chora-tadbirlarini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5643-son Farmonida nazarda tutilgan investitsiyalar, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi va tashqi savdo yo‘nalishlarida boshqaruv tizimini takomillashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoniga muvofiq 2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasini, O‘zbekiston Respublikasining investitsiya siyosati strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasining investitsiya dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishga doir tashkiliy-amaliy tadbirlarni muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-son Farmoniga asosan tashkil etilgan Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining faoliyatiga rahbarlik qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5643-son Farmoniga muvofiq xorijiy, birinchi navbatda, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish va o‘zlashtirish jarayonini tashkil etish, ularning iqtisodiyotga keng kiritilishi uchun shart-sharoitlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
g) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 3-maydagi PQ-3693-son qaroriga muvofiq chorva mollarini avtomatlashtirilgan holda so‘yish texnologiyalarini joriy qilish, tayyor charm-poyabzal, charm-galantereya, mo‘yna, qorako‘l mahsulotlari hamda jun buyumlari ishlab chiqarishni rivojlantirish chora-tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
“Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 21-dekabrdagi PF-5600-son Farmoni hamda “Kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 21-iyundagi PQ-4363-son qaroriga muvofiq maxsus iqtisodiy zonalarning ma’muriy kengashlari va direksiyalarining, jumladan, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni va mahalliy investorlarni jalb etish masalalarida faoliyatini muvofiqlashtirish hamda samaradorligini tahlil qilish, maxsus iqtisodiy zonalarning ma’muriy kengashlariga tashqi bozorlarda talab qilingan va importning o‘rnini bosuvchi yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishga ko‘maklashish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-son Farmoniga asosan eksport salohiyatini yanada kengaytirish, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalari hamda oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ga kiritilgan tadbirlarning ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, ilm-fan va innovatsiya yutuqlarni keng joriy etgan holda hududlarda “sanoat klasterlari”ni tashkil etish;
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sug‘urta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 24-maydagi PQ-4337-son va “Eksport faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” 2020-yil 7-maydagi PQ-4707-son qarorlariga muvofiq respublikada va xorijda xalqaro standartlashtirish hamda sertifikatlashtirish tizimlarini joriy qilish, xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotni ro‘yxatga olish bog‘liq xarajatlarni qoplash, mahsulotlarni eksport qilishda avtomobil, havo va temir yo‘l transportida tashish xarajatlarini qisman kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etish uchun eksport qiluvchi korxonalarga maqsadli moliyaviy ko‘maklashish mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5643-son Farmonida belgilangan vazifalar hisobga olingan holda, O‘zbekiston Respublikasining JST a’zo bo‘lish va boshqa ko‘p tomonlama iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, milliy qonunchilikni JST bitimlari talablariga muvofiq moslashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablari buzilgan holda keladigan hujjatlarni qaytarish.
o‘ziga yuklangan, ushbu Nizomning 8 va 9-bandlarida ko‘rsatilgan vazifalar va funksiyalarning zarur tarzda va samarali bajarilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va mutasaddilik qilinadigan, Kotibiyat va Inspeksiya vakolatlariga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa qonun hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son va “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarorlariga, shuningdek,
12. Bosh vazir o‘rinbosarining ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, ushbu Nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari asosida tashkil etiladi.
3. Kotibiyat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi vazifalari, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini, 2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasini hamda o‘rta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5643-son Farmonida nazarda tutilgan yo‘nalishlarda investitsiyalar, tashqi iqtisodiy faoliyat va tashqi savdo sohalaridagi boshqaruv tizimini takomillashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5643-son Farmoniga muvofiq xorijiy, birinchi navbatda, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish va o‘zlashtirish jarayonini tashkil etish, ularning iqtisodiyotga keng kiritilishi uchun shart-sharoitlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
g) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 3-maydagi PQ-3693-son qaroriga muvofiq chorva mollarini avtomatlashtirilgan holda so‘yish texnologiyalarini yanada joriy qilish, tayyor charm-poyabzal, charm-galantereya, mo‘yna, qorako‘l mahsulotlari hamda jun buyumlari ishlab chiqarishni rivojlantirish chora-tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
“Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 21-dekabrdagi PF-5600-son Farmoni hamda “Kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 21-iyundagi PQ-4363-son qaroriga muvofiq maxsus iqtisodiy zonalari ma’muriy kengashlari va direksiyalarining, jumladan, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni va mahalliy investorlarni jalb etish masalalarida faoliyatini muvofiqlashtirish hamda samaradorligini tahlil qilish, erkin iqtisodiy zonalarning ma’muriy kengashlariga tashqi bozorlarda talab qilingan va importning o‘rnini bosuvchi yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishga ko‘maklashish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sug‘urta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 24-maydagi PQ-4337-son qarori, “Eksport faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” 2020-yil 7-maydagi PQ-4707-son qaroriga muvofiq respublikada va xorijda xalqaro standartlashtirish hamda sertifikatlashtirish tizimlarini joriy qilish, xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotni ro‘yxatga olish bog‘liq xarajatlarni qoplash, mahsulotlarni eksport qilishda avtomobil, havo va temir yo‘l transportida tashish xarajatlarini qisman kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etish uchun eksport qiluvchi korxonalarga maqsadli moliyaviy ko‘maklashish mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5643-son Farmonida belgilangan vazifalar hisobga olingan holda, O‘zbekiston Respublikasining JST qo‘shilishi uchun zarur materiallar va hujjatlar paketini tayyorlash, shuningdek, milliy qonunchilikni JST bitimlari talablariga muvofiq moslashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtirish;
zarurat bo‘lganda, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti, Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda tushayotgan hujjatlarni puxta ishlab chiqish uchun qaytarib yuborish.
ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida ko‘rsatilgan o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning zarur tarzda va samarali bajarilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Kotibiyat vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha boshqa qonun hujjatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy ta’minlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 3-apreldagi PF-5395-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishi uchun javob beradi.
14. Kotibiyat ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati to‘g‘risidagi nizomga, ushbu Nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomaga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning o‘rinbosarlari, maslahatchilarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Kotibiyatning ish rejalari, Kotibiyat mudiri, uning o‘rinbosarlari va mutaxassislarining shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
3. Inspeksiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi vazifalari, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini, 2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasini hamda o‘rta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash;
zarurat bo‘lganda, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda tushayotgan hujjatlarni puxta ishlab chiqish uchun qaytarib yuborish.
ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida ko‘rsatilgan o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning zarur tarzda va samarali bajarilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Inspeksiya vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha boshqa qonun hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy ta’minlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 3-apreldagi PF-5395-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishi uchun javob beradi.
14. Inspeksiya faoliyati “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati to‘g‘risidagi nizomga, ushbu nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomaga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning o‘rinbosarlari, maslahatchilarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Inspeksiyaning ish rejalari, Inspeksiya boshlig‘i va mutaxassislarining shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.