Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.10.2023 10.03.2020 yildagi PQ-4635-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.10.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimini kiritish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli “Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash sohasidagi islohotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar sohalarida mamlakatimiz oldida turgan strategik vazifalarni samarali amalga oshirish hamda vazirlik va idoralarning bu boradagi faoliyatini zarur darajada muvofiqlashtirish va uyg‘unligini ta’minlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi tugatilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimi kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yangi kiritilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari zimmasiga mavjud vazifalar bilan bir qatorda Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan Tashqi ishlar vazirligining, shuningdek, investitsiya, eksport va logistika masalalari bo‘yicha Transport vazirligining faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-son Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 10-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4635-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2020-y., 07/20/4635/0290-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)