28.05.2020 yildagi 339-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha Idoralararo komissiya toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha Idoralararo komissiya faoliyatini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha Idoralararo komissiya toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha Idoralararo komicsiya tuzish toʻgʻrisida” 1995-yil 10-fevraldagi 45-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 28-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
339-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 339-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha Idoralararo komissiya toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizom

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha Idoralararo komissiyaning (keyingi oʻrinlarda — Idoralararo komissiya) vazifalari va funksiyalari, tarkibi, faoliyatini tashkil etish va ishlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Idoralararo komissiya Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga (keyingi oʻrinlarda — JST) aʼzo boʻlishi boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiruvchi va yoʻnalishlarni belgilaydigan kollegial organ hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Idoralararo komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga hamda Vazirlar Mahkamasining qarorolari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Idoralararo komissiya oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishda davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari, ekspert hamjamiyatlar va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Idoralararo komissiyaning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Idoralararo komissiyaning vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar Idoralararo komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JST Kotibiyatiga yoki JSTga aʼzo mamlakatlarga kelgusida yuborish uchun Idoralararo komissiyaga koʻrib chiqish uchun taqdim etilgan hujjatlarni kelishish va tasdiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JST qoidalari va tamoyillariga muvofiqlashtirish va uygʻunlashtirish maqsadida Idoralararo komissiya aʼzolari va sohaga oid ishchi guruhlarning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga zarur oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarini kelishish;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JST bilan ishlash boʻyicha muzokaralar guruhi bilan birgalikda strategik masalalar boʻyicha, shu jumladan, Oʻzbekistonning JSTga kirishi shartlari, shuningdek, JST aʼzosi boʻlgan mamlakatlar bilan ikki tomonlama, koʻp tomonlama va har taraflama savdo muzokaralari jarayonidagi kelishuvlar va shartnomalar boʻyicha Oʻzbekistonning umumiy pozitsiyasini ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq Idoralararo komissiya faoliyatiga tegishli boshqa faoliyatni amalga oshirish.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Idoralararo komissiya unga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi asosiy funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JSTga aʼzo boʻlgan mamlakatlar bilan maslahatlar va muzokaralarni tashkil etadi va oʻtkazadi, shu jumladan, maslahatlar va muzokaralarning formati, kun tartibi, muddatlari va oʻtkazilish joyi, bunday maslahatlar va muzokaralarda Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasining tarkibi va boshqa masalalarni koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JST bilan oʻzaro faoliyat masalalari boʻyicha xalqaro donorlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga berilayotgan texnik koʻmakdan samarali foydalanish boʻyicha takliflarni baholaydi va ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JST bilan ishlash boʻyicha muzokaralar guruhi va sohaga oid ishchi guruhlarning ishini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning masʼul vazirlik va idoralari vakillaridan iborat tarkibda sohaga oid ishchi guruhlarning tarkibini shakllantiradi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiyaga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborotni, hujjatlarni, maʼlumot va materiallarni davlat organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va xoʻjalik birlashmalaridan belgilangan tartibda soʻraydi va oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiya tarkibini oʻzgartirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda Idoralararo komissiya yigʻilishlarida ishtirok etish uchun xalqaro ekspertlarni, vazirliklar va idoralarning vakillarini, shuningdek, Idoralararo komissiya tarkibiga kirmaydigan boshqa shaxslarni jalb qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga yuklangan vazifalardan kelib chiqib boshqa funksiyalarni bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Idoralararo komissiya tarkibi va uning faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish maqsadida Idoralararo komissiya raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiya majlislarida raislik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiya ish rejasiga takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiya majlislarini chaqiradi, Idoralararo komissiya, uning kotibiyati faoliyatini, majlislarda koʻrib chiqilayotgan masalalar tayyorlanishini va qabul qilingan qarorlar ijrosini tashkil etadi, shuningdek, har chorakda tomonlarni ularning bajarilish jarayonidan xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomonlar hamkorligiga va Idoralararo komissiya qarorlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ular oʻrtasida kelishuvga erishilishiga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiya ishida ishtirok etish uchun ularning tarkibiga kirmaydigan mansabdor va boshqa shaxslarni taklif qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlari doirasida boshqa funksiyalarni bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Yuklangan vazifalar va funksiyalarini bajarish maqsadida Idoralararo komissiya kotibi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiyaning raisi bilan kelishish uchun yigʻilishlarning muddatlari, oʻtkazilish joyi va kun tartibi boʻyicha takliflarni shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiya aʼzolarini navbatdagi yigʻilishning muddati, oʻtkazilish joyi va kun tartibi boʻyicha xabardor qiladi, ularni zarur materiallar bilan taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiyaning bayonnomalarini yuritadi va yigʻilish oʻtkazilishini va ish yuritishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan qarorlarni Idoralararo komissiya aʼzolariga tarqatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiya qarorlarining ijrosi monitoringini olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiya raisining Idoralararo komissiya faoliyatiga oid topshiriqlarini bajaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiyaning kun tartibi masalalari boʻyicha tahliliy materiallarni tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish maqsadida Idoralararo komissiya aʼzolari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiya yigʻilishida ishtirok etadi va qarorlarni qabul qilishda ovoz beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiyaning qarorlarini ijro etish natijalari boʻyicha Idoralararo komissiyaga hisobot taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiya yigʻilishining kun tartibi va masalalarni muhokama qilish tartibi boʻyicha takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiyaning yigʻilishlariga materiallarni tayyorlashda ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiya aʼzolari Idoralararo komissiyaning oʻz vaqtida va samarali ishlashini taʼminlash boʻyicha boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Idoralararo komissiya faoliyatini tashkil etish va qarorlarni qabul qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Idoralararo komissiya oʻz faoliyatini yigʻilishlar shaklida amalga oshiradi, Idoralararo komissiyaning yigʻilishlari bir yilda kamida ikki marta oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Idoralararo komissiyaning yigʻilishlari Idoralararo komissiya raisining qarori, rais boʻlmagan hollarda oʻrinbosarlarining qarori, shuningdek, Idoralararo komissiya raisi bilan kelishgan holda Idoralararo komissiya aʼzolarining tashabbusi boʻyicha chaqiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiya yigʻilishlariga materiallarni tayyorlash uning Kotibiyati — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Jahon savdo tashkiloti bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda Kotibiyat deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Idoralararo komissiya aʼzolari yigʻilishlarda shaxsan ishtirok etadilar. Idoralararo komissiya aʼzolari asossiz sabablarga koʻra uch martadan ortiq yigʻilishlarda ishtirok etmagan hollarda Idoralararo komissiya Vazirlar Mahkamasiga Idoralararo komissiya aʼzolarini oʻzgartirish boʻyicha takliflarni kiritish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Idoralararo komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻtkazilgan yigʻilish yakunlari boʻyicha hisobot kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Idoralararo komissiya yigʻilishda aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda qaror qabul qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Koʻriladigan masalalar boʻyicha qarorlar ochiq ovoz berish orqali koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Idoralararo komissiyaning har bir aʼzosi, shu jumladan, rais ham bitta ovozga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiyaning qarorlari Idoralararo komissiyaning barcha aʼzolari uchun majburiy xususiyatga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorini talab qiladigan masalalar yuzasidan tegishli takliflarni Idoralararo komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Idoralararo komissiyaning yigʻilishlarida koʻrib chiqilgan masalalar va qabul qilingan qarorlar yigʻilish bayonnomasi shaklida rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Idoralararo komissiya tomonidan qabul qilingan qarorga norozi boʻlgan Idoralararo komissiya aʼzolari (aʼzosi) tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida oʻz takliflari yoki fikrlarini yozma ravishda Kotibiyatga taqdim etishlari mumkin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/339/0683-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)