18.08.2020 yildagi PF-6042-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport salohiyatini yanada kengaytirish, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalari hamda oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ga kiritilgan tadbirlarning ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, ilm-fan va innovatsiya yutuqlarni keng joriy etgan holda hududlarda “sanoat klasterlari”ni tashkil etish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Hukumat komissiyasi) 1-ilovaga muvofiq yangilangan tarkibda tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-sentabrdagi PF-6306-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.09.2021-y., 06/21/6306/0852-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Hukumat komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport prognoz parametrlarining bajarilishini doimiy ravishda monitoring qilish, shuningdek kelgusi yillar uchun eksport prognozini shakllantirish ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlar va tarmoq eksport salohiyatining o‘sishi va safarbar etilishiga to‘sqinlik qiladigan joriy va tizimli muammolarni aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nobarqaror tashqi konyunktura, shuningdek yangi turdagi xalqaro tahdid va xatarlar (koronavirus pandemiyasi kabi) sharoitida mamlakatning eksport qilish salohiyatini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport faoliyatini amalga oshirishda aniqlangan muammolarni o‘rganib, zarur hollarda joyida bartaraf etish choralarini ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport salohiyatini yanada kengaytirish bo‘yicha amaliy, shu jumladan qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) investitsiya loyihalarining samarali amalga oshirilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat investitsiyalarini boshqarish tizimini takomillashtirgan holda investitsiya dasturlari va markazlashgan investitsiyalar hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarni shakllantirish hamda o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiyalar, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini monitoring qilish hamda investitsiya oqimining o‘sishi va ularning jalb etilishiga to‘sqinlik qiladigan joriy va tizimli muammolarni aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya dasturlari va tarmoqlar yo‘nalishi doirasida investitsiyalarning o‘zlashtirilishi va loyihalarning amalga oshirilishi holatini o‘rganish hamda vujudga kelayotgan muammolarni, shu jumladan joyida bartaraf etish choralarini ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihalari, shu jumladan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan kelishiladigan ko‘p yillik hamkorlik dasturlari va strategiyalarini taqdim etish, ular ishtirokidagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun mas’ul vazirliklar, idoralar va loyihalarni amalga oshirish guruhlarining hisobotlarini eshitish, shuningdek ushbu loyihalarning o‘z vaqtida ishlab chiqilishi va samarali amalga oshirilishini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) hududlarda sanoat klasterlarini tashkil etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududlarida sanoatni jadal rivojlantirish hamda ilm-fan, innovatsiya, loyiha, moliya, injiniring va investitsiya tashkilotlarini qamrab olgan “sanoat klasterlari”ni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy xomashyo hamda materiallardan samarali foydalanish asosida qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratishni ta’minlaydigan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish yuzasidan tasdiqlangan “yo‘l xaritalari” bo‘yicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yo‘l xaritalari”da nazarda tutilgan tadbirlar, shu jumladan eksport kelishuvlarining to‘laqonli bajarilishi hamda investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yo‘l xaritalari”da nazarda tutilgan tadbirlarning vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida hamda samarali ijro etilishini ta’minlash, to‘sqinlik qiluvchi omillarni aniqlab, ularni bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan “yo‘l xaritalari”da nazarda tutilgan tadbirlarning ijro etilishida sun’iy ravishda cho‘zish va sansalorlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Hukumat komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining respublika hududlariga tashriflari yakunlari bo‘yicha qabul qilingan bayonnoma topshiriqlarining eksport, investitsiyalar, hududiy sanoatni rivojlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamda boshqa tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi qismining ijrosini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Hukumat komissiyasining Ishchi organlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport salohiyatini yanada kengaytirish, investitsiya loyihalarining samarali amalga oshirilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha — Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy sanoatni rivojlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari bo‘yicha — Vazirlar Mahkamasining Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Hukumat komissiyasiga (S. Umurzakov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon va ichki bozorda narx va talab konyunkturasi, ishlab chiqarish va taqsimot balanslaridan kelib chiqib, eksport prognozining yillik umumiy ko‘rsatkichlarini saqlagan holda eksport prognoz ko‘rsatkichlariga o‘zgartirish kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi korxonalarga qo‘llab-quvvatlash choralarini qo‘llashda belgilangan me’yorlarga o‘zgartirishlar kiritish (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari bilan belgilangan me’yorlardan tashqari);
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-iyuldagi PF-111-sonli Farmoniga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 06/23/111/0509-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya dasturlariga ularning umumiy parametrlari hamda ko‘rsatkichlarini saqlagan holda tuzatish, qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlardagi erkin iqtisodiy zonalar direksiyalarining direktorlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish;
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi PF-6240-sonli Farmoniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2021-y., 06/21/6240/0514-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya miqdori 200 million AQSh dollaridan hamda ijaraga beriladigan maydoni 70 ming kvadrat metrdan yuqori bo‘lgan yirik savdo-ko‘ngilochar markazini qurish bo‘yicha investitsiya loyihalari doirasida tijorat binolarini ijaraga berish shartnomalarida ijara to‘lovlarini chet el valyutalariga va shartli birliklarga bog‘lanishiga ruxsat etish. Bunda, ijara to‘lovlari Markaziy bank tomonidan belgilangan valyuta kursi bo‘yicha milliy valyutada amalga oshiriladi;
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PF-62-sonli Farmoniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 06/23/62/0232-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish yuzasidan tasdiqlangan “yo‘l xaritalari” hamda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish vakolatlari berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish yuzasidan tasdiqlangan “yo‘l xaritalari”, shuningdek xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ning umumiy ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish Hukumat komissiyasi (S. Umurzakov) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Hukumat komissiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini o‘rganish uchun doimiy ravishda respublika viloyatlariga tashriflarni amalga oshirib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga mazkur Farmonning 2-bandida nazarda tutilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan axborot kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S. Umurzakov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda har bir hududda ishlab chiqarishni kengaytirish, raqobatdosh mahsulot chiqarishda ilm-fan, innovatsiya, loyihalashtirish, moliya, injiniring va investitsiya tashkilotlarini o‘z ichiga olgan “sanoat klasterlari”ni tashkil etish dasturini kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari S. Umurzakov va J. Qo‘chqorov:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot tarmoqlari va hudud rahbarlari bilan birgalikda har hafta sanoatdagi ishlar holatini muhokama qilib, muammolarni yechib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir hafta muddatda sanoat va investitsiya bo‘yicha barcha ko‘rsatkichlarni qayta hisob-kitob qilib, korxonabay ish rejasini tasdiqlasin hamda ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Iqtisodiyot tarmoqlari rahbarlari bir oy muddatda hududlarga chiqqan holda, sanoat korxonalarida ishlab chiqarish rejasini kafolatli ta’minlash va investitsiya loyihalarini yakunlash uchun zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir haftada barcha sanoat korxonalari bo‘yicha ishlab chiqarish dasturlarini tasdiqlasin va ijrosini qat’iy nazoratga olsin hamda har chorak yakuni bo‘yicha dasturlar ijrosi natijalari to‘g‘risida Hukumat komissiyasiga axborot kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida xodimlarning cheklangan soni 18 nafar bo‘lgan Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Inspeksiya) tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Inspeksiya zimmasiga Hisob palatasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy darajadagi tashriflari davomida imzolangan hujjatlari ijrosini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliylashtirish jarayonini yanada takomillashtirish, budjet tashkilotlari, budjet mablag‘larini oluvchilar va monitoring yuritiladigan korxonalar tomonidan import qilingan mahsulotlarning asoslanganligini o‘rganish bo‘yicha funksiyalari yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspeksiya shtat birliklari O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tuzilmasidagi Strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari ijrosini monitoring va nazorat qilish shu’basining 7 ta hamda Oliy darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar ijrosini nazorat qilish va unga ko‘maklashish shu’basining 11 ta shtat birliklarini qisqartirish hisobidan shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspeksiya faoliyati mazkur Farmonga muvofiq tasdiqlanayotgan Hukumat komissiyasi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Hisob palatasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy darajadagi tashriflari davomida imzolangan hujjatlarning hamda strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda amalga oshirish doirasida Inspeksiyaning “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimidan foydalanishi imkoniyatini yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomni hamda uning tuzilmasini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosarlari A. Voitov va L. Kudratov zimmasiga — Hukumat komissiyasining faoliyatini samarali tashkil etish, eksport prognoz ko‘rsatkichlari, Investitsiya dasturlarining umumiy parametrlari hamda oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish yuzasidan tasdiqlangan “yo‘l xaritalari” ijrosini ta’minlash, shuningdek xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlik qilish bo‘yicha mas’ul vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari faoliyatini umumiy muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari O. Rustamov zimmasiga — ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilarining faoliyatini samarali tashkil etish hamda mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovarlarning elektron kooperatsiya portaliga to‘liq joylashtirib borilishini ta’minlash, mazkur portalda savdo hajmlarini keskin oshirish choralarini ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh prokurorning o‘rinbosari S. Saidkarimov zimmasiga — Hukumat komissiyasi tomonidan berilgan topshiriqlarning mas’ul vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya vazirining birinchi o‘rinbosari O. Nasritdinxodjayev zimmasiga — Hukumat komissiyasi faoliyati doirasida mahalliy eksport qiluvchi korxonalar va loyiha tashabbuskorlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan chora-tadbirlarni moliyalashtirish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan zarur mablag‘larni o‘z vaqtida va to‘liq ajratilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari F. Arziyev zimmasiga — xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy diplomatiyani kengaytirish, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari tomonidan mamlakatning eksport va investitsiya salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank raisining o‘rinbosari B. Abubakirov zimmasiga — tijorat banklari tomonidan eksport qiluvchi korxonalarga aylanma mablag‘larni shakllantirish bo‘yicha zarur kredit mablag‘larini ajratish, shuningdek, investitsiya loyihalari hamda oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish yuzasidan tasdiqlangan “yo‘l xaritalari”da belgilangan tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirishni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari M. Saliyev zimmasiga — mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirishda bojxona tartib-taomillarini yanada soddalashtirish, ushbu yo‘nalishga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A. Fayzibayev zimmasiga — eksport qiluvchi korxonalar, investitsiya loyihalari tashabbuskorlariga taqdim etilgan soliq imtiyozlarini samarali qo‘llanilishini ta’minlash, shuningdek mahalliy eksport qiluvchi korxonalarga qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovlarini o‘z vaqtida qaytarilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zstandart” agentligi bosh direktori D. Sattarov zimmasiga — mahalliy eksport qiluvchi korxonalar hamda investitsiya loyihalari tashabbuskorlariga zamonaviy xalqaro standartlarni joriy etishda ko‘maklashish, mahalliy mahsulotlarni eksport qilishda tashqi bozorlarda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi to‘siqlarni aniqlash va bartaraf etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktori I. Ergashev zimmasiga — mahalliy mahsulotlarni eksport qilishda tashqi bozorlardagi fitosanitariya cheklovlarini bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
(13-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevraldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ boshqaruvi raisi A. Mirsoatov, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisi S. Annaklichev va “Asaka” ATB boshqaruvi raisi N. Saydullayev zimmasiga — mamlakatning eksport va investitsiya salohiyatini yanada kengaytirishga qaratilgan tadbirlar hamda raqobatbardosh loyihalarni amalga oshirishda ko‘maklashish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi ikki hafta muddatda mazkur Farmon talablari hamda davlat xaridlari, davlat mulkini boshqarish jarayonlarining qonuniyligini va davlat qarzi hisobiga moliyalashtirilgan loyihalarni audit qilish vazifalari yuklatilganligidan kelib chiqib, Hisob palatasi faoliyatini takomillashtirish yuzasidan taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-sentabrdagi “Hudud va tarmoqlarda eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy ishlovchi Respublika komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 758-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 18-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-6042-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-son Farmoniga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-sentabrdagi PF-6306-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.09.2021-y., 06/21/6306/0852-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

S.U. Umurzakov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, Hukumat komissiyasi raisi

2.

A.B. Voitov

O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari, Hukumat komissiyasi raisi o‘rinbosari

3.

O.B. Rustamov

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari, Hukumat komissiyasi raisi o‘rinbosari

4.

S.S. Saidkarimov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari, Hukumat komissiyasi raisi o‘rinbosari

5.

F.J. Raximov

Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati mudiri, Hukumat komissiyasi raisi o‘rinbosari

6.

A.R. Jumanazarov

Vazirlar Mahkamasining Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari

7.

O.Z. Nasritdinxodjayev

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

8.

L.Sh. Kudratov

O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari

9.

F.N. Arziyev

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari

10.

I.R. Maxkamov

O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi

11.

N.K. Xolmurodov

O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari

12.

Sh.A. Vafayev

O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining ijro etuvchi direktori

13.

B.Y. Abubakirov

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari

14.

M.O. Saliyev

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

15.

A.E. Fayzibayev

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

16.

D.N. Sattarov

“O‘zstandart” agentligi bosh direktori

17.

T.N. Nabiyev

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi

18.

I.K. Ergashev

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktori

19.

A.K. Mirsoatov

“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ boshqaruvi raisi

20.

S.S. Annaklichev

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisi

21.

N.N. Saydullayev

“Asaka” ATB boshqaruvi raisi

22.

J.Sh. Avezov

Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari, Hukumat komissiyasi kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur hollarda Hukumat komissiyasi tarkibiga vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklarining rahbarlari qo‘shimcha ravishda jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumat komissiyasi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevraldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi “Oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni, shuningdek, strategik ahamiyatga ega xo‘jalik jamiyatlari va korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish samaradorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5565-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-2-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 3-bandning to‘rtinchi — oltinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyatining Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Inspeksiya) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorida nazarda tutilgan tashkiliy tadbirlarning o‘z vaqtida ijro qilinishi ustidan nazorat o‘rnatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy darajadagi tashriflar davomida imzolash uchun hujjatlar loyihalari tashrif boshlanishidan bir oy avval Inspeksiya bilan birga batafsil ko‘rib chiqilganidan so‘ng Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspeksiya har oyda oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar va strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari ijrosining borishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 4-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi” so‘zlari “Inspeksiya” so‘zi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi-sakkizinchi xatboshilar tegishincha oltinchi-yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan — oliy darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha ishlab chiqiladigan va amalga oshiriladigan aniq investitsiya loyihalari, xalqaro moliya institutlarining qarzlari, kreditlari, texnik ko‘mak mablag‘larini (grantlarini) jalb qilish hamda xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari yuzasidan”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi va Bosh prokuraturasi” so‘zlari “Inspeksiya va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va boshqa mas’ul idoralar oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar va strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari bo‘yicha, shu jumladan ularning ijro holati to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini shakllantirish uchun “Ijro.gov.uz” tizimiga integratsiya qilish imkoniyati mavjud bo‘lgan elektron materiallarni Inspeksiyaga taqdim etib borsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi (Ikramov)ga” so‘zlari “Inspeksiyaga” so‘zi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Kudratov) va boshqa manfaatdor vazirliklar rahbarlariga — oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarda avvaldan qo‘yilgan maqsadlarga erishish va amalga oshirish bo‘yicha ko‘tarilgan masalalarni va yuzaga kelgan muammolarni hal qilishga qaratilgan vazifalar ijrosi natijalarini o‘z vaqtida va sifatli taqdim etish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik va idoralarga — oliy darajadagi tashriflar davomida imzolash uchun hujjatlar loyihalarini sifatli ishlab chiqish, shuningdek, Inspeksiyaga ushbu Farmonga muvofiq materiallarni o‘z vaqtida, asoslantirilgan holda va to‘liq taqdim etish uchun”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishning sifat jihatidan yangi tizimiga o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5717-son Farmoni 15-bandidan ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining 2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4563-son qarori 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi nomidan yoki kafolati ostida tashqi qarzni jalb etish bo‘yicha 2020-yilda yangi imzolanadigan shartnomalar doirasida jalb qilinadigan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan chegaraviy hajmlar doirasida aniqlanadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2020-y., 06/20/6042/1190-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2021-y., 06/21/6240/0514-son, 08.09.2021-y., 06/21/6306/0852-son; 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son; 27.04.2023-y., 06/23/62/0232-son; 22.07.2023-y., 06/23/111/0509-son)