Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.10.2023 12.05.2020 yildagi PQ-4710-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.10.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli “Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash sohasidagi islohotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yaqin istiqbolga mo‘ljallangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy yuksaltirishda, ijtimoiy sohalarni, jumladan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniyat sohalarini izchil rivojlantirish, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy barkamol yosh avlodni tarbiyalash masalalarida mutasaddi idoralar faoliyatini samarali muvofiqlashtirish, shuningdek, IT-texnologiyalar va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish, innovatsiyalarni joriy etish, sanoatning bazaviy tarmoqlarini, birinchi navbatda, geologiya, tog‘-kon, metallurgiya sohalarini, neft-gaz va yoqilg‘i-energetika sanoatini rivojlantirishdagi rolini oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalla, oila va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, madaniyat, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tugatilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i lavozimlari kiritilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti etib qayta tashkil etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti etib qayta tashkil etilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5143-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2021-y., 07/21/5143/0547-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘limini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosariga yuklansin hamda ushbu bo‘lim Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyati tarkibiga kiritilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band “d” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5143-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2021-y., 07/21/5143/0547-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5143-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2021-y., 07/21/5143/0547-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan ustuvor vazifalarni hal qilishning muhimligi va natijadorligini hisobga olgan holda, zarurat bo‘lganda, Vazirlar Mahkamasi xodimlarining umumiy shtatlari soni doirasida uning ijro etuvchi tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasida belgilangan asosiy ustuvor vazifalar bilan birga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Vazirlar Mahkamasining quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IT-texnologiyalar, “elektron hukumat”ni joriy etish, axborot xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, telekommunikatsiyalar, ilm-fan, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni rivojlantirishni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoatning bazaviy tarmoqlarini, shu jumladan geologiya, tog‘-kon va metallurgiya sohalarini, shuningdek, neft-gaz, yoqilg‘i va atom energetikasi sanoatini jadal va barqaror rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, to‘qimachilik, zargarlik, kimyo, ko‘mir, mudofaa sanoati va qishloq xo‘jaligi mashinasozligi yo‘nalishlarini kompleks rivojlantirishni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoatda kooperatsiya aloqalarini, sanoat xavfsizligi, mahsulotlarni standartlashtirish sohalarini rivojlantirish, shuningdek, tegishli davlat inspeksiyalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda davlat moddiy zaxiralarini mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mazkur yo‘nalishlarda jadal rivojlanish va natijalarga erishish bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi “o‘sish nuqta”larini aniqlash va shu asosda qo‘shimcha resurs va zaxiralarni ishga solish hamda mavjudlarini o‘zlashtirish, iqtisodiyot va aholining energiya manbalari va xomashyo resurslariga bo‘lgan ehtiyojlarini yetarlicha ta’minlashga mo‘ljallangan rivojlantirishning strategiya va tarmoq dasturlarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xususiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, xorijiy investitsiyalarni jalb etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, ularning har tomonlama baholanishi va ekspertiza qilinishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan loyihalarni amalga oshirishning maqbul shartlarini topish maqsadida xorijiy investorlar bilan muzokaralar o‘tkazish, shuningdek, ular bo‘yicha tegishli takliflar kiritish va qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek, vazirliklar, idoralar va ularning rahbarlari faoliyati natijalarini baholash uchun asosiy ko‘rsatkichlarni belgilash vazifalari yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagilarni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda — Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalarining tuzilmalarini va yangilangan shtat jadvalini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘n besh kun muddatda — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va maslahatchilarining funksional vazifalarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda — Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida Hukumat qarorlarini qabul qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasi apparatining yangidan tashkil etilgan tarkibiy bo‘linmalarini zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, qo‘yilgan vazifalar samarali bajarilishini yuksak professional darajada ta’minlashga qodir bo‘lgan malakali mutaxassislar bilan to‘ldirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4612-son qarorining 4-bandi, shuningdek, qarorga ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 12-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4710-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5143-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2021-y., 07/21/5143/0547-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2020-y., 07/20/4710/0582-son, 30.07.2020-y., 07/20/4794/1121-son, 18.08.2020-y., 06/20/6042/1190-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2021-y., 07/21/5143/0547-son)