1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Chet el investitsiyalari. Konsessiya shartnomalari. Xorijdan mablagʻ jalb qilish. Erkin iqtisodiy zonalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-fevraldagi OʻRQ-604-sonli “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2020-yil 19-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Erkin iqtisodiy zona tushunchasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin iqtisodiy zona — mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan maʼmuriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti boʻlgan maxsus ajratilgan hududdir.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-son qaroribilan tasdiqlangan “Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida nizom” 2-bandining ikkinchi xatboshisi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin iqtisodiy zona hududida yuridik shaxslar va fuqarolar (jismoniy shaxslar) xoʻjalik, moliyaviy va boshqa faoliyatning istalgan turlari bilan shugʻullanishiga yoʻl qoʻyiladi, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida man etilgan faoliyat turlari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 2-dekabrdagi PF-4059-sonli “Navoiy viloyatida erkin iqtisodiy zona tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-sonli “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-maydagi PF-5032-sonli “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Boʻstonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PF-5412-sonli “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 27-yanvardagi 21-sonli “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 26-avgustdagi 234-sonli “Erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilariga yer uchastkalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-dekabrdagi 418-sonli “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori va boshqalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Erkin iqtisodiy zonani tuzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin iqtisodiy zona Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tashkil etiladi. Erkin iqtisodiy zonaning maqomi, shuningdek uning qancha muddatga tashkil etilishi mazkur zonani tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 2-dekabrdagi PF-4059-sonli “Navoiy viloyatida erkin iqtisodiy zona tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni 1-bandining birinchi xatboshisi, 2-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-sonli “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoning 1-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi PF-4931-sonli “Urgut”, “Gʻijduvon”, “Qoʻqon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoning 1-bandi, 4-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-maydagi PF-5032-sonli “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Boʻstonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni 3-bandining ikkinchi xatboshisi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin iqtisodiy zonaning chegaralari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 27-yanvardagi 21-sonli “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 1-bandi, Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 26-avgustdagi 234-sonli “Erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilariga yer uchastkalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qarori bilan tasdiqlangan “Urgut”, “Gʻijduvon”, “Qoʻqon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalariga kiruvchi hududlar”, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-son qaroriga 3-ilova sifatida tasdiqlanga “Erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilariga yer uchastkalari berish tartibi toʻgʻrisida nizom”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin iqtisodiy zonaning faoliyat koʻrsatish muddatini uzaytirish belgilangan muddat tugashidan kamida uch yil oldin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Erkin iqtisodiy zona maqomini tugatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin iqtisodiy zonaning maqomi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uni tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan muddat tugaganidan keyin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uni tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorda nazarda tutilgan vazifalar bajarilmaganda va maqsadlarga erishilmaganda tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin iqtisodiy zonaning maqomini tugatish toʻgʻrisidagi qaror belgilangan muddat tugashidan kamida uch yil oldin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadi.
(4-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-son qaroriga 1-ilova sifatida tasdiqlanga “Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida nizom”ning 4-bobi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Erkin iqtisodiy zonalarning turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin iqtisodiy zonalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
erkin savdo zonalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
erkin ishlab chiqarish zonalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
erkin ilmiy-texnikaviy va boshqa zonalar tarzida tuzilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Erkin savdo zonalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin savdo zonalari konsignatsiya omborlarini, erkin bojxona zonalarini, shuningdek tovarlarga ishlov berish, ularni oʻrash-joylash, saralash, saqlash zonalarini oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin savdo zonalari chegaraga tutash punktlarda, aeroportlarda, temir yoʻl uzellarida yoki Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududining boshqa joylarida tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Erkin ishlab chiqarish zonalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin ishlab chiqarish zonalari — tadbirkorlikni ragʻbatlantirish, iqtisodiyotning ustun tarmoqlariga chet el investitsiyalarini jalb etish, istiqbolli texnologiyalarni joriy etish maqsadida xoʻjalik-moliyaviy faoliyatning alohida tartiboti joriy etiladigan hududlardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin ishlab chiqarish zonalari eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarish zonalarini, agropolislarni, tadbirkorlik zonalarini, industrial-iqtisodiy zonalarni va boshqa zonalarni oʻz ichiga oladi.
(7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Erkin ilmiy-texnikaviy zonalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin ilmiy-texnikaviy zonalar alohida ajratilgan hududlardan iborat boʻlib, u yerda ilmiy-ishlab chiqarish va oʻquv markazlari jamlanadi hamda ular uchun ilmiy va ishlab chiqarish imkoniyatini rivojlantirishga qaratilgan maxsus huquqiy tartibot oʻrnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin ilmiy-texnikaviy zonalar yuksak texnologiyalar amal qiladigan zonalar, texnoparklar, mintaqaviy innovatsiya markazlari—texnopolislar shaklida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Yuridik va jismoniy shaxslar huquqlari hamda manfaatlarining kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi erkin iqtisodiy zona hududida faoliyat yuritayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kafolatlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin iqtisodiy zonalarda investorlarning Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha kafolatlari va imtiyozlariga rioya etilishi taʼminlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan qoʻshimcha kafolatlar va imtiyozlar nazarda tutilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga 3-ilova sifatida tasdiqlanga “Erkin iqtisodiy zonalar hududida soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizom”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va boshqa organlar yoxud mansabdor shaxslarning yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatiga asossiz aralashuvi natijasida ularga yetkazilgan zararning oʻrni, shuningdek boy berilgan foyda hamda yetkazilgan maʼnaviy ziyon sud tartibida qoplanishi yoki kompensatsiya qilinishi kerak.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin iqtisodiy zona Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan dasturga muvofiq rivojlantiriladi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-dekabrdagi 418-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturi ishlab chiqarish va bozor infrastrukturasini yaratishni, alohida huquqiy tartibotni taʼminlashni, yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatini iqtisodiy ragʻbatlantirish choralarini oʻz ichiga oladi.
(10-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturini moliyaviy taʼminlash zonaning oʻz resurslari hamda xususiy va boshqa manbalardan mablagʻlar jalb etish, shu jumladan xalqaro dasturlar hisobiga, shuningdek mazkur hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga respublika budjetidan va mahalliy budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-dekabrdagi 418-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi”ga ilova sifatida tasdiqlangan “Erkin iqtisodiy zonalarning ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya va transport infrastrukturasini rivojlantirish chora-tadbirlari”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. ERKIN IQTISODIY ZONALARNING HUQUQIY TARTIBOTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Huquqiy tartibotning oʻziga xos jihatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin iqtisodiy zonalarda alohida bojxona, valyuta, soliq tartiboti, shuningdek fuqarolar kirishi, chiqishi va bu yerda boʻlishining, mehnat munosabatlari, moliya-kredit faoliyatining alohida tartiboti hamda investitsiyalarni jalb etishga, tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirishga va zonani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan boshqacha tartibot oʻrnatilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga 3-ilova sifatida tasdiqlanga “Erkin iqtisodiy zonalar hududida soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizom”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik va jismoniy shaxslarning alohida huquqiy tartibotni buzish yoʻli bilan olgan daromadi (foydasi) qonun hujjatlariga muvofiq undirib olinadi.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Alohida bojxona tartiboti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida bojxona tartiboti:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni olib kirish va olib chiqish uchun bojxona bojlarini bekor qilish yoki kamaytirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport yoki import uchun tarifdan tashqari cheklashlarni bekor qilish yoki yengillashtirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni belgilangan tartibda albatta bayonnomaga kiritgan holda erkin iqtisodiy zonaning bojxona chegarasi orqali olib oʻtishning soddalashtirilgan tartibini nazarda tutishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin iqtisodiy zona hududida alohida bojxona tartibotini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona organlari taʼminlaydi.
(12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida bojxona tartiboti erkin iqtisodiy zona hududi orqali tovarlarni tranzit olib oʻtishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga 3-ilova sifatida tasdiqlanga “Erkin iqtisodiy zonalar hududida soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizom”ning 3-bobi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.01.00 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Alohida valyuta tartiboti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida valyuta tartiboti milliy va chet el valyutalarining erkin muomalada boʻlishi hamda ayirboshlanishini nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida valyuta tartibotining amal qilish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin iqtisodiy zona hududidagi xoʻjalik faoliyati qatnashchilari (yuridik va jismoniy shaxslar) mamlakat investorlari va chet ellik investorlar uchun teng shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda qonun hujjatlarida belgilanadigan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlardan foydalanadi.
(14-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin iqtisodiy zonadagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishlash uchun eng avvalo mahalliy mehnat resurslari jalb etiladi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining boshqa mintaqalarida yashovchi shaxslar va chet el fuqarolari ham jalb etilishi mumkin. Erkin iqtisodiy zonaga mehnat resurslarini jalb etish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(15-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.01.00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonunchilik hujjatlarining amal qilish doirasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Erkin iqtisodiy zonalarda mehnat munosabatlarini tartibga solish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin iqtisodiy zonalarda mehnat munosabatlari qonun hujjatlari, jamoa shartnomalari (kelishuvlari) va yakka tartibdagi mehnat shartnomalari (kontraktlari) bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoa shartnomalari va yakka tartibdagi mehnat shartnomalari mazkur korxonalar, muassasalar va tashkilotlar xodimlarining ahvolini qonun hujjatlarida, shuningdek Xalqaro mehnat tashkilotining Oʻzbekiston Respublikasi ham qatnashchisi boʻlgan konvensiyalarida nazarda tutilgan shartlarga nisbatan yomonlashtirishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Erkin iqtisodiy zonaning budjeti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin iqtisodiy zona mustaqil budjetga ega boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-son qaroriga 1-ilova sifatida tasdiqlanga “Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida nizom”ning 11, 13-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin iqtisodiy zonani shakllantirish bosqichida kreditlar berish yoki ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastruktura obyektlarini toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalash tarzida respublika budjeti va mahalliy budjetdan mablagʻlar jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin iqtisodiy zonaning budjeti erkin iqtisodiy zonaning Maʼmuriy kengashi (bundan buyon matnda Maʼmuriy kengash deb yuritiladi) foydalanishi va boshqaruvida boʻlgan yer, binolar va inshootlarni ijaraga berishdan, xizmatlar koʻrsatishdan keladigan tushumlardan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlardan shakllantiriladi.
(17-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Erkin iqtisodiy zonaga kirish, erkin iqtisodiy zonadan chiqish va uning hududida boʻlish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin iqtisodiy zonaga chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning kirishi, iqtisodiy zonadan chiqishi va shu hududda boʻlishining qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladigan soddalashtirilgan tartiboti joriy etilishi mumkin.
(18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Sugʻurta
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin iqtisodiy zona qatnashchilarining investitsiyalari va tavakkalchiligini sugʻurta qilish ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurta himoyasi qonun hujjatlariga muvofiq taʼminlanadi.
(19-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. ERKIN IQTISODIY ZONANI BOShQARISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Erkin iqtisodiy zonaning boshqaruv organlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin iqtisodiy zonaning faoliyati Maʼmuriy kengash tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin iqtisodiy zona direksiyasi (bundan buyon matnda direksiya deb yuritiladi) erkin iqtisodiy zonaning operativ boshqaruv organidir.
(20-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Erkin iqtisodiy zonaning Maʼmuriy kengashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy kengash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy kengashga rais boshchilik qiladi. Erkin iqtisodiy zonaning chegaralari Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy birligi (tuman, shahar, shahardagi tuman) chegarasiga toʻgʻri kelgan taqdirda, Maʼmuriy kengash raisining vazifalarini ijro etish tegishli hokim zimmasiga yuklanadi.
(21-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Erkin iqtisodiy zona Maʼmuriy kengashining vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy kengash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida huquqiy tartibotga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
erkin iqtisodiy zonada joylashtirish uchun investorlar tanlovini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
erkin iqtisodiy zonaning faoliyat koʻrsatishi bilan bogʻliq masalalar boʻyicha davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
erkin iqtisodiy zonaga investitsiyalarni jalb etish uchun qoʻshimcha shartlar belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
erkin iqtisodiy zonaning har yilgi budjetini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy kengashning oʻz vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari erkin iqtisodiy zona hududidagi xoʻjalik faoliyati qatnashchilari (yuridik va jismoniy shaxslar) ijro etishi uchun majburiydir.
(22-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Erkin iqtisodiy zonada davlat mulki huquqining oʻziga xos jihatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin iqtisodiy zona chegaralarida joylashgan davlat mulki obyektlari (er, suv, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslar, binolar, inshootlar) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlarining oʻz vakolatlari doirasidagi qaroriga koʻra operativ boshqarish yoki xoʻjalik yuritish huquqi asosida Maʼmuriy kengashga topshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati organlari Maʼmuriy kengashga topshirilgan yer, suv, yer osti boyliklari, boshqa tabiiy resurslar va obyektlardan oqilona foydalanilishi hamda ularning muhofaza qilinishi ustidan nazoratni taʼminlaydi.
(23-moddaning birinchi va ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin iqtisodiy zona hududida joylashgan davlat mulki obyektlarini xususiy mulk qilib sotish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 19-noyabrdagi 425-XII-sonli “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Erkin iqtisodiy zona direksiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiya yuridik shaxs boʻlib, u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida huquqiy tartibotning amal qilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy kengash tomonidan tanlab olingan investorlar majburiyatlari lozim darajada bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturi amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
erkin iqtisodiy zona hududida xoʻjalik faoliyati qatnashchilarining (yuridik va jismoniy shaxslarning) roʻyxatdan oʻtkazilishini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik holatning yaxshilanishi ustidan nazoratni taʼminlaydi, shuningdek moddiy madaniy meros obyektlarining but saqlanishi uchun javobgar boʻladi.
(24-moddasining ikkinchi qismi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiya yuridik va jismoniy shaxslarning operativ xoʻjalik, moliyaviy faoliyatiga hamda boshqa faoliyatiga aralashishga haqli emas, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
(24-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Erkin iqtisodiy zona hududida xoʻjalik faoliyati qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin iqtisodiy zona hududida xoʻjalik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar direksiyada roʻyxatdan oʻtadi.
(25-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiya roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik yoki jismoniy shaxsga erkin iqtisodiy zonada roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma beradi va bu haqda tegishli davlat boshqaruvi organlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xabar qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlarini buzgan taqdirda, direksiya erkin iqtisodiy zona hududida yuridik yoki jismoniy shaxsning faoliyatini tugatish hamda unga berilgan guvohnomani bekor qilish toʻgʻrisida sudga murojaat qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-son qaroriga 2-ilova sifatida tasdiqlangan “Erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish hamda erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom”.
(25-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarni qayta tashkil etish va tugatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin iqtisodiy zonada ishlab turgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlar qayta tashkil etilgan va tugatilgan taqdirda, mehnat shartnomasi (kontrakt) bekor qilinayotgan xodimda qonun hujjatlarida belgilangan kafolatlar saqlanib qoladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 104, 109 va 110-moddalari.
(26-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Nizolarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin iqtisodiy zonalar sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(27-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 25-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
220-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 58-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 49-50-son, 365-modda; 2006-y., 41-son, 405-modda; 2009-y., 39-son, 424-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)