1-ILOVA
ILOVA
|
T/r |
Koʻrsatkichlar |
2018-yil |
2025-yil |
|
I. Kutilayotgan umr koʻrish davomiyligini oshirish | |||
|
1. |
Tugʻilishdan kutilayotgan umr koʻrish davomiyligi (ikkala jinsda) (yillarda) |
73,7 |
75,0 |
|
2. |
Erkaklarda tugʻilishdan kutilayotgan umr koʻrish davomiyligi (yillarda) |
71,3 |
72,1 |
|
3. |
Ayollarda tugʻilishdan kutilayotgan umr koʻrish davomiyligi (yillarda) |
76,1 |
77,8 |
|
II. Sogʻliqni saqlash tizimini tashkil qilish va boshqarishni takomillashtirish | |||
|
1. |
Jamoat sektorini boshqarish, ishbilarmonlik maʼmuriyatchiligi, sogʻliqni saqlash iqtisodiyoti, davlat siyosati, sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va uning hududiy organlari oliy maʼlumotli xodimlarining ulushi (%) |
0 |
20,0 |
|
2. |
Xalqaro standartlarga muvofiq aniqlanadigan mavjud xalqaro salomatlik koʻrsatkichlari foizi |
<50 |
75,0 |
|
3. |
Xalqaro standartlarga muvofiq oʻlim haqidagi guvohnomalarni oʻlim sababi bilan birga elektron shaklda qayd etish foizi |
<50 |
75,0 |
|
4. |
Statsionarlarda va kutilmagan holatlarda yuqumli kasallikka chalinish holatlarini minimumga tushirish maqsadida 10 tadan kam boʻlmagan “bemorlar uchun xavfsizlik paketlari” tatbiq etilgan shifoxonalar foizi |
0 |
50,0 |
|
5. |
Tibbiyot xodimlarining oʻz faoliyatidan qoniqish foizi |
Maʼlumot mavjud emas |
50,0 |
|
6. |
Natijalari bemorlarning kasallik guruhiga yoki holatiga qarab nazorat qilish va ularni sifatini yaxshilash imkonini beradigan klinik axborot tizimlariga ega boʻlgan ambulatoriya muassasalari foizi |
0 |
50,0 |
|
7. |
Menejment boʻyicha tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan va malaka oshirishdan oʻtgan sogʻliqni saqlash tizimining barcha boʻgʻinlaridagi maʼmuriy-boshqaruv xodimlari (%) |
70,0 |
100 |
|
8. |
Bolalik yoshidan kasalliklarni integratsiyaviy olib borishni taʼminlaydigan yetkazib beruvchi/birlamchi tibbiy-sanitariya yordami poliklinikalari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining bolalar boʻlimlari ulushi (%) |
Mavjud emas |
100 |
|
9. |
MLU-TB davolash muvaffaqiyati koʻrsatkichi (%) |
57,0 |
65,0 |
|
10. |
Tez tibbiy yordamga javob berish vaqti, shaharlarda chaqiriqqa javob berish ≤ 10 minutdan kam boʻlgan foizi |
Maʼlumot mavjud emas |
50,0 |
|
11. |
Tez tibbiy yordamga javob berish vaqti, qishloq joylarda chaqiriqqa javob berish ≤ 30 minutdan kam boʻlgan foizi |
Maʼlumot mavjud emas |
50,0 |
|
12. |
Shoshilinch vaziyatlarda operatsiyadan keyingi oʻlim holati, foizda |
0,2 |
0,1 |
|
13. |
Barcha tibbiyot muassasalarida aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishda diagnostika va davolashning yuqori texnologiyalarini joriy etish (%) |
20,6 |
50,0 |
|
III. Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish | |||
|
1. |
Umumiy davlat xarajatlariga nisbatan sogʻliqni saqlash boʻyicha davlat xarajatlari foizda |
15,4 |
15,4 |
|
2. |
YAIMga nisbatan sogʻliqni saqlashga davlat xarajatlari foizda |
2,9 |
5,0 |
|
3. |
Umumiy sogʻliqni saqlash xarajatlarida dori vositalari va tibbiyot buyumlari sotib olish uchun xarajatlar ulushi (%) |
9,6 |
12,0 |
|
4. |
Hududlardagi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida (ambulator-poliklinika boʻgʻini) aholi jonboshiga moliyalashtirish (%) |
0 |
100 |
|
5. |
Davolanganlik holati boʻyicha statsionar muassasalarni moliyalashtirish (%) |
4,5 |
100 |
|
6. |
Majburiy tibbiy sugʻurta dasturi boʻyicha respublika fuqarolarini qamrab olish (%) |
0 |
90,0 |
|
7. |
Majburiy tibbiy sugʻurta dasturi boʻyicha tibbiy yordam koʻrsatishda xususiy tibbiyot tashkilotlarining ishtiroki (%) |
0 |
30,0 |
|
8. |
Aholining toʻgʻridan-toʻgʻri toʻlovlari darajasini kamaytirish (%) |
45,3 |
30,0 |
|
IV. Tibbiy yordam sifatini va imkoniyatini oshirish, sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash, yuqumli va yuqumli boʻlmagan kasalliklarni profilaktikasi va ular bilan kurashish | |||
|
1. |
Ichak infeksiyalari bilan kasallanish (100 ming aholiga) |
137,7 |
80,0 |
|
2. |
Oʻtkir virusli gepatit A bilan kasallanish (100 ming aholiga) |
98,1 (2017-y.) |
60,0 |
|
3. |
Anemiya bilan kasallanish (100 ming aholiga) |
5439 |
4587,8 |
|
4. |
Yod yetishmasligi bilan bogʻliq kasallanish (100 ming aholiga) |
184,3 |
156,6 |
|
5. |
Boʻyi oʻsishi kechikishi mavjud besh yoshgacha boʻlgan bolalar ulushi (%) |
8,7 |
7 |
|
6. |
Vazn ogʻirligi yetishmasligi mavjud besh yoshgacha boʻlgan bolalar ulushi (%) |
2,6 |
2,0 |
|
7. |
Ortiqcha vazn mavjud besh yoshgacha boʻlgan bolalar ulushi (%) |
4,6 |
< 4 |
|
8. |
Narkologik kasalliklar bilan kasallanish (100 ming aholiga) |
23,6 |
20,3 |
|
9. |
Yoʻl-transportda jarohatlanish natijasida oʻlim holatlari (100 ming aholiga) |
7,6 (2017-y.) |
7,0 |
|
10. |
NXD boʻyicha 3 yoki undan ortiq xavf omillari mavjud (har kuni chekuvchilar, meva va sabzavotlarni 5 foizdan kam isteʼmol qilish, jismoniy faollikning yetarli emasligi, BMI ≥ 25, yuqori qon bosimi) 45 — 64 yoshdagi aholining ulushi (%) |
44,6 (2016-y.) |
40,0 |
|
11. |
OIV infeksiyasining yangidan yuqishi 100 ming aholiga, jami, jinsi, yoshi boʻyicha |
12,4 (2017-y.) |
10,0 |
|
12. |
100 ming aholiga sil kasalligi bilan kasallanish |
44,7 (2017-y.) |
37,0 |
|
13. |
100 ming kishiga V gepatiti bilan kasallanish |
0,8 (2017-y.) |
0,2 |
|
14. |
Davlat tomonidan toʻlanadigan, immunizatsiya milliy dasturidagi vaksinalar ulushi (%) |
95,0 (2017-y.) |
100 |
|
15. |
9 — 12 yoshdagi oʻsmir qizlarni HPVga qarshi vaksina bilan qamrab olinishi (%) |
0 |
100 |
|
16. |
30 — 69 yoshdagi aholi orasida yurak-qon tomir kasalligi tufayli oʻlim koʻrsatkichi (%) |
40,9 |
34,5 |
|
17. |
30 — 69 yoshdagi aholi orasida saraton kasalligi tufayli oʻlim koʻrsatkichi (%) |
72,5 |
67,6 |
|
18. |
30 — 69 yoshdagi aholi orasida qandli diabet tufayli oʻlim koʻrsatkichi (%) |
73,2 |
58,5 |
|
19. |
30 — 69 yoshdagi aholi orasida surunkali respirator kasalliklar tufayli oʻlim koʻrsatkichi (%) |
45,4 |
20,2 |
|
20. |
Yurak-qon tomir kasalliklari mavjud 40 — 64 yoshdagi aholi ≥ 30% ulushi (%) |
20,0 (2014-y.) |
12,0 |
|
21. |
bugungi kunda davolanmayotgan yuqori qon bosimiga ega (Map ≥ 140 va / yoki DBP ≥ 90) aholining ulushi (%) |
22,0 (2014-y.) |
15,0 |
|
V. Onalar va bolalarga tibbiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish | |||
|
1. |
Reproduktiv yoshdagi (15 — 49 yosh) ayollarni zamonaviy kontratsepsiya vositalari bilan qamrab olish (%) |
47,4 (2017-y.) |
55,0 |
|
2. |
Oʻsmir qizlar (15 — 19 yosh) orasida tugʻish koʻrsatkichi, ushbu yosh guruhidagi 1000 nafar ayolga |
19,2 (2017-y.) |
7,0 |
|
3. |
100 ming nafar tirik tugʻilganlarga nisbatan onalar oʻlimi koeffitsenti |
21,0 (2017-y.) |
15 |
|
4. |
1000 nafar tirik tugʻilganlarga nisbatan neonatal oʻlim koeffitsenti |
7,8 (2017-y.) |
5,0 |
|
5. |
1000 nafar tirik tugʻilganlarga nisbatan chaqaloqlar oʻlimi koeffitsenti |
11,5 (2017-y.) |
7,5 |
|
6. |
1000 nafar tirik tugʻilganlarga nisbatan 5 yoshgacha bolalar oʻlimi koeffitsenti |
15,4 (2017-y.) |
9,8 |
|
7. |
Milliy dasturlarga kiritilgan barcha vaksinalar immunizatsiyasi bilan qamrab olingan bolalar ulushi (%) |
>99,0 (2017-y.) |
100 |
|
VI. Davlat-xususiy sherikligi va tibbiy turizmni rivojlantirish | |||
|
1. |
Davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan xususiy sektor vakillarining soni (%) |
0 |
35,0 |
|
2. |
Davlatning kafolatlangan aholiga bepul tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha dasturini amalga oshirishda xususiy tibbiyot tashkilotlarining ulushi (%) |
0 |
20,0 |
|
3. |
Tibbiy turizmdan olinadigan yillik daromad ($ XQ) |
Maʼlumot mavjud emas |
0,6 mln |
|
4. |
Respublika klinikalarida tibbiy xizmat olgan xorijiy bemorlar soni |
>15000 |
100000 |
|
VII. Farmatsevtika tarmogʻini yanada rivojlantirish | |||
|
1. |
Mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini isteʼmol qilish ulushi (%) |
24,0 |
35,0 |
|
2. |
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining “Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti” standartiga muvofiq sertifikatlangan mahalliy dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqaruvchilar ulushi (%) |
6,0 |
40,0 |
|
3. |
Mahalliy dori vositalari va tibbiyot buyumlari eksporti ulushi (%) |
- |
10,0 |
|
VIII. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va “elektron sogʻliqni saqlash”ni keng joriy etish | |||
|
1. |
Tibbiyot, tibbiy-ijtimoiy va farmatsevtika tashkilotlarini kompyuter va ofis uskunalari bilan taʼminlash |
20,0 |
100 |
|
2. |
Lokal tarmoq, Internet tarmogʻining mavjudligi |
15,0 |
100 |
|
3. |
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining kompyuter savodxonligi |
38,0 |
100 |
|
4. |
Elektron hujjat aylanishini amalga oshiruvchi tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlari soni (%) |
10,0 |
100 |
|
5. |
Bemorlarni roʻyxatga olishning elektron tizimi toʻliq joriy etilgan davlat tibbiyot muassasalarining foizi |
10,0 |
100 |
|
IX. Tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek tibbiyot fanini rivojlantirish | |||
|
1. |
Xalqaro standartlarga muvofiq akkreditlangan taʼlim dasturlarining foizi |
0 |
50,0 |
|
2. |
Xalqaro standartlar inobatga olingan holda isloh qilingan Oliy tibbiy taʼlimning diplomoldi dasturlari foizi |
50,0 |
90,0 |
|
3. |
Xalqaro standartlar inobatga olingan holda isloh qilingan ixtisoslashtirilgan tibbiy taʼlimning diplomdan keyingi dasturlari foizi |
50,0 |
90,0 |
|
4. |
Tibbiyot hamshiralari uchun xalqaro standartlarga muvofiq yangilangan (isloh qilingan) oʻquv tibbiyot taʼlim muassasalari foizi |
50,0 |
90,0 |
|
5. |
Farmatsevtlar uchun xalqaro standartlarga muvofiq yangilangan (isloh qilingan) tibbiyot dasturlari foizi |
40,0 |
80,0 |
|
6. |
Meditsina va farmatsevtika fani yutuqlarini amaliy sogʻliqni saqlashga joriy etish foizi |
45,0 |
70,0 |
|
7. |
Ilmiy-tadqiqotlar sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish (qoʻshma grantlar soni) |
4,0 |
15,0 |
|
8. |
Tibbiyot tashkilotlari xodimlarining ilmiy salohiyati foizi |
35,0 |
50 |
|
9. |
Meditsina va farmatsevtika sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borishda ishtirok etuvchi klinika va laboratoriyalarga ega Oliy tibbiyot taʼlim muassasalari |
72,0 |
100 |
2-ILOVA
|
T/r |
Tadbir nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Cogʻliqni saqlash sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish | ||||
|
1. |
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish, bunda quyidagilarni nazarda tutish: fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish sohasida davlat kafolati, ularning asosiy tushuncha va tamoyillari; fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish sohasi mutaxassislari va tibbiyot tashkilotlarining faoliyatida, davlat organlari vakolatlari; yordamchi reproduktiv texnologiyalarni qoʻllash tartibi; fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish boʻyicha profilaktik chora-tadbirlar. |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi |
2019-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Milliy palata (R. Izamov), manfaatdor vazirlik |
|
2. |
“Erta yoshdagi bolalar va goʻdaklarni ovqatlantirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish, bunda quyidagilarni nazarda tutish: ona suti bilan oziqlantirishni targʻib qilish yoʻli bilan erta yoshdagi bolalarni va goʻdaklarni himoya qilish, xavfsiz va sifatli ovqatlantirishni taʼminlashning huquqiy asoslari; koʻkrak suti oʻrnini bosuvchilar marketingi Kodeksi talablariga muvofiq koʻkrak suti oʻrnini bosuvchilar marketingini boshqarish; koʻkrak suti bilan oziqlantirishning afzalligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, mahsulotni qadoqlash etiketkasida boʻlishi shartligi; erta yoshidagi bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlarini yoshiga muvofiqligi va bexatarligi asoslari. |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi |
2019-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Adliya vazirligi (R. Davletov), (R. Izamov), YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi (kelishuv asosida), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (D. Li) |
|
3. |
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan, kafolatlangan bepul tibbiy xizmat hajmi toʻgʻrisida”gi hukumat qaror loyihasini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish, shu jumladan quyidagilarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan tibbiy xizmat hajmlarini aniqlash usullari va mexanizmi, budjet mablagʻlari amaliyotini boshqarish va rejalashtirish strukturasini belgilashni nazarda tutish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2019-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Milliy palata (R. Izamov) Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik |
|
4. |
“Majburiy tibbiy sugʻurta toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish, shu jumladan quyidagi majburiy tibbiy sugʻurtani tatbiq etishning mexanizmlari va bosqichlarini huquqiy asoslarni nazarda tutish: majburiy tibbiy sugʻurta bubyektlarini, ularning huquq va majburiyatlarini va sohada huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi vakolatli organni belgilash; majburiy tibbiy sugʻurta dasturlarini moliyalashtirish manbalari shakllantirish. |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi |
2019-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), LBMA (D. Li), Milliy palata (R. Izamov), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik |
|
5. |
Tibbiy xodim va bemor, tibbiy xodim va bemorning qarindoshlari oʻrtasidagi munosabatlarni chegaralovchi Tibbiy xodimlarning odob-axloq kodeksi loyihasini ishlab chiqish. |
Idoraviy hujjat |
2019-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Milliy palata (R. Izamov), Xususiy amaliyot shifokorlari uyushmasi (A. Voisov) |
|
6 |
“Tibbiy faoliyat va tibbiyot xodimlarining kasbiy javobgarligini majburiy sugʻurtalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish, bunda quyidagilarni nazarda tutish: Tibbiy xodimlarning kasbiy faoliyatni amalga oshirishda javobgarligi va majburiyati, shuningdek ular tomonidan fuqarolarga xizmat koʻrsatilganligi; Tibbiy xodimlarning fuqarolar sogʻligʻiga zarar yetkazgani uchun kasbiy javobgarligini majburiy sugʻurta qilish hamda xizmat vazifalarini bajarish vaqtida ularning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplash. |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi |
2019-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Milliy palata (R. Izamov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi (R. Xaydarov), LBMA (D. Li) |
|
7. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash kodeksi loyihasini ishlab chiqish: Sogʻliqni saqlash sohasida amaldagi qonun normalarini birlashtirish; sogʻliqni saqlash sohasini aniqlovchi asosiy atamalar; sogʻliqni saqlash tizimi va tibbiy yordamni tashkil etish; tibbiy va farmatsevtik faoliyatni belgilash, koʻrsatiladigan xizmat hajmi va turlarini aniqlash; sogʻliqni saqlash sohasini davlat tomonidan tartibga solish, boshqarish va nazorati, shuningdek, idoralararo hamkorlik qilish; sogʻliqni saqlash tizimini moliyalashtirish; sanitariya-epidemiologik nazoratni tashkil qilish; sogʻliqni saqlash sohasida taʼlim va ilmiy faoliyatni normasini belgilash; sogʻliqni saqlash sohasidagi huquqiy munosabatlarda tomonlarning huquq va majburiyatlari; tibbiy va farmatsevtik faoliyatlarning ayrim turlarini huquqiy tartibga solish va boshqalar. |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi |
2020-yil |
Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov), Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti (R. Hakimov kelishuv asosida) Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Milliy palata (R. Izamov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev) |
|
8. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya xizmatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish. |
Oʻzbekiston Respublikasi |
2019-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
II. Sogʻliqni saqlashni tashkil qilish va boshqarishni takomillashtirish | ||||
|
9. |
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi xodimlarining strategik rejalashtirish va boshqarish imkoniyatlarini quyidagi yoʻllar bilan oshirish: sogʻliqni saqlash tizimi boshqaruv kadrlari uchun zamonaviy menejment va korporativ boshqaruv, strategik rejalashtirish, moliyaviy boshqaruv, servisga yoʻnaltirilgan yondashuv, davlat buyurtmalarini bajarish va tibbiy xizmatlar sifatini boshqarishga asoslangan oʻquv dasturlarini ishlab chiqish; boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirish va ularning maʼlumotlar bazasini hududlar va boʻlinmalar boʻyicha joriy qilish. |
Qoʻshma buyruq |
2019-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), LBMA (D. Li) |
|
10. |
Tibbiy tashkilotlar darajasi va tibbiy yordam koʻrsatish turlariga koʻra nomenklaturasi hamda ularni jihozlash tabeli va kadrlar taʼminoti, tibbiy obyektlar infratuzilmasi normativini, uning zichligi va transport infratuzilmasi hamda aholi jon boshini inobatga olgan holda ishlab chiqish. Shahar oilaviy poliklinikalarida koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar hajmini, mavjud talablardan kelib chiqqan holda tor mutaxassislar faoliyatini tashkillashtirish orqali oshirish. |
Normativ hujjatlar loyihalari |
2019-yil davomida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Milliy palata (R. Izamov) |
|
11. |
Quyidagilarni nazarda tutib, kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlovchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish: tibbiyot muassasalarining asbob-uskunalar, sarflov vositalari va ehtiyot qismlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlovchi yagona mexanizm va standartlarni tatbiq etish; tibbiy asbob-uskuna va jihozlar hisobini yurituvchi axborot tizimini joriy qilish; davlat-xususiy sheriklik shartlarida tibbiy asbob-uskuna va texnikalarni metrologik tekshirish va ularga texnik xizmat koʻrsatuvchi hududiy xizmatlarni tashkil etish; tibbiy asbob-uskunalarning texnik holatini yaxshilash. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2019-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), “Oʻzstandart” Agentligi (D. Sattarov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), LBMA (D. Li) |
|
12. |
Sogʻliqni saqlashning birlamchi tizim muassasalari faoliyatini kasalliklar profilaktikasi va ularni erta aniqlashga qayta yoʻnaltirish orqali optimallashtirish, mobil patronaj brigadalari bilan maxsus jihozlangan “uy statsionarlari” tizimini tatbiq etish. Hududlarning sogʻliqni saqlash tizimini oʻzaro bir-birini toʻldiruvchi va bir-birini kuchaytiruvchi har xil darajadagi tibbiy tashkilotlarni bir guruhga birlashtirishni nazarda tutuvchi “klaster” yondashuvi asosida tashkil etish. |
Tashkiliy-amaliy |
2019 — 2021-yillar davomida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Milliy palata (R. Izamov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar |
|
13. |
Sogʻliqni saqlash tizimida obyektlar qurishda yagona talablar hamda qurilish, qayta qurish, bino va inshootlardan foydalanish nizomini tasdiqlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyih�si |
2019-yil |
Qurilish vazirligi (A. Tuxtayev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov) Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), vazirlik va idoralar |
|
14. |
Faoliyati giyohvand vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar oboroti bilan bogʻliq hamda shifokor va provizorlar faoliyatini yakka tartibda litsenziyalash bilan bogʻliq tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlarini akkreditatsiya qilish mexanizmlarini chet elning ilgʻor tajribalarini inobatga olgan holda tatbiq etish. |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari |
2019-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Milliy palata (R. Izamov), LBMA (D. Li), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
III. Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish | ||||
|
15. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasida majburiy tibbiy sugʻurtalash mexanizmlarini joriy qilish toʻgʻrisidagi qarori loyihasini ishlab chiqish, unda quyidagilar nazarda tutiladi: majburiy tibbiy sugʻurtalashni bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun normativ-huquqiy bazani shakllantirish; mablagʻ toʻplash va bepul tibbiy yordam dasturlarini moliyalashtirish uchun davlat organini jamgʻarmasini (fondini) tashkil etish; moliyalashtirishning yagona aholi jon boshiga mos standartlarini kiritish va “davolangan holat” uchun klinik xarajatlar guruhlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish orqali mintaqaviy budjet taqsimlanishini baravarlashtirish chora-tadbirlar; 2021-yildan boshlab maqsadli bemor va maqsadli tibbiy yordam uchun cheklangan majburiy tibbiy sugʻurta dasturlarini joriy etish; majburiy tibbiy sugʻurta dasturi boʻyicha tibbiy yordam koʻrsatishda xususiy tibbiyot tashkilotlarining ishtiroki; aholini majburiy tibbiy sugʻurtalashga bosqichma-bosqich oʻtish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi |
2019-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Milliy palata (R. Izamov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Davlat raqobat qoʻmitasi (N. Sharipov) |
|
16. |
Birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam muassasalari bilan shartnomalar (kontraktlar) tuzish mexanizmlari va tartibini joriy etish, shu jumladan: mintaqaviy jihatlar, aholi zichligi, tashkilot turini hisobga olgan xolda, jon boshiga oʻrtacha moliyalashtirishga asoslangan tizimning metodologiyasi; klinik va xarajatli guruhlar boʻyicha “davolangan holat” uchun tibbiy xizmatlarga haq toʻlash mexanizmlari; har xil turdagi ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamning klinik-xarajatli guruhlarni aniqlash metodologiyasi; namunaviy shartnomalar (bitimlar)ni ishlab chiqish; zamonaviy boshqaruv tamoyillari asosida sifatni oshirish va nazorat qilish mexanizmlari. |
Normativ-xuquqiy |
2020-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), LBMA (D. Li) |
|
17. |
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam muassasalari uchun tibbiy xizmatlarni sotib olish tartibini joriy etish, quyidagilarni nazarda tutish: respublikaning bir viloyatdagi muassasalarida tibbiy xizmatlarni sotib olish; butun mamlakat boʻylab tibbiy xizmatlarni sotib olish mexanizmlarini joriy etish. |
Tashkiliy-amaliy |
2020-yil |
LBMA (D. Li), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev) |
|
IV. Tibbiy yordam sifatini va undan foydalanish imkoniyatini oshirish, sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash, yuqumli hamda yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi va ularga qarshi kurash | ||||
|
18. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuqumli kasalliklar profilaktikasi, sogʻlom turmush tarzini qoʻllab quvvatlash va aholi jismoniy faolligining darajasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish: 2019 — 2022-yillarda yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi, sogʻlom turmush tarzi va aholining jismoniy faolligini oshirish konsepsiyasini tasdiqlash, uni amalga oshirish chora-tadbirlari dasturini tasdiqlash; Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash huzurida sogʻlom turmush tarzini qoʻllab–quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun javobgar boʻlgan davlat muassasasini tashkil etish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi |
2019-yil 1-fevral |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Milliy palata (R. Izamov), manfaatdor vazirlik |
|
19. |
Sogʻliqni saqlash sohasida tibbiy xizmatlarning yagona reyestrini yaratish, unda xizmat koʻrsatish texnologiyasi zarur kadrlar resurslari, dori-darmon va sarf materiallarini tavsiflashni nazarda tutiladi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻining loyihasi |
2019-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Milliy palata (R. Izamov) |
|
20. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuqumli va parazitar kasalliklarning diagnostikasi, ularni davolash va profilaktikasini takomillashtirish davlat dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarori loyihasini ishlab chiqish, unda quyidagilar nazarda tutiladi; Yuqumli kasalliklar xizmatning tibbiy muassasalarini samarali muvofiqlashtirish va hamkorligini taʼminlash, ular bilan aloqa tizimini yaratish; istiqbolli sohalarni aniqlash, yuqumli kasalliklar, epidemiologiya, virusologiya, mikrobiologiyaning muhim masalalari boʻyicha fundamental va amaliy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish, yuqumli kasalliklar muassasalarining faoliyatiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish; yuqumli kasalliklar muammolari bilan shugʻullanuvchi yuqumli kasalliklar boʻlimlari va statsionarlari, yuqumli kasalliklar xonasi, ilmiy-tadqiqot institutlarining moddiy-texnik taʼminoti. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi |
2019-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), manfaatdor vazirlik |
|
21. |
Qariyalar va keksa yoshdagi fuqarolar uchun uzoq muddatli tibbiy yordamning zamonaviy modelini yaratish, gerontologik parvarishning sifati va undan foydalanishni yaxshilash, geriatriyani rivojlantirish; |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi loyihasi |
2019-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Milliy palata (R. Izamov) |
|
22. |
Dalillarga asoslangan tibbiyot va xalqaro standartlar asosida, asosiy va keng tarqalgan kasalliklarning sharoitga mos milliy klinik standartlarini (bayonnomalar, qoʻllanmalar, tavsiyalar) ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish. |
Normativ hujjatlar loyihasi |
2019 — 2021-yillar davomida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Milliy palata (R. Izamov) |
|
23. |
Katta koʻp tarmoqli tibbiyot muassasalarini tashkil etish va tibbiyot oliy oʻquv yurtlarining klinik bazasini kengaytirish, shu bilan birga samarasiz faoliyat yuritayotgan davlat tibbiyot tashkilotlarini optimallashtirish yoʻli bilan yuqori sifatli malakali tibbiy xizmatlardan foydalanishni taʼminlash. |
Tashkiliy-amaliy |
2019 — 2021-yillar davomida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Davlat investitsiya qoʻmitasi (S. Bekenov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov) |
|
24. |
Xalqaro standartlarga muvofiq kam invaziv yuqori texnologiyali jarrohlik usullarini amaliyotga tatbiq qilish (radiojarrohlik, robot-jarrohlik, shuntlash, fotodinamik terapiya va boshqalar). |
Tashkiliy-amaliy |
2019 — 2021-yillar davomida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Milliy palata (R. Izamov) Davlat investitsiya qoʻmitasi (S. Bekenov), manfaatdor vazirlik |
|
V. Onalar va bolalarga tibbiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish | ||||
|
25. |
Reproduktiv yoshdagi ayollar va bolalarga tibbiy yordam sifatini oshirish va yaxshilash, shu bilan birga tashkillashtirish yoʻli bilan: respublika ixtisoslashtirilgan bolalar jarrohlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazini Toshkent shahar 2-son bolalar shifoxonasi negizida Sogʻliqni saqlash vazirligining tashkiliy-shtat tuzilmasida tegishli funksiyalar va boʻlimlarni optimallashtirish yoʻli bilan; markaziy tuman(shahar) koʻp tarmoqli poliklinikalarida perinatal diagnostikasi (onalar skriningi) bilan ayollar konsultatsiyasi boʻlimi; tegishli tibbiyot muassasalarida bolalar uchun tunu-kun kechiktirib boʻlmaydigan shoshilinch tibbiy yordam; tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida bolalar anesteziologiyasi, jonlantirish va intensiv terapiya boʻlimlari; ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha yoki olis tumanlarda, tuman va tumanlararo bolalar boʻlimlari. |
Normativ-huquqiy |
2019-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov) |
|
26. |
Irsiy, genetik va birlamchi immunitet tanqisligi (kam uchrovchi) kasalliklari boʻlgan bolalarni tashxislash, davolash va reabilitatsiya qilish dasturlarini amalga oshirish, shuningdek, jismoniy va ruhiy-ijtimoiy rivojlanishdan orqadan qolish xavfi boʻlgan, orqada qolgan bolalarga erta yordam berish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi |
2019-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov) |
|
27. |
Onalar, yangi tugʻilgan chaqaloqlar va bolalarni hududlarda samarali perinatal, neonatal va pediatrik xizmatlarni olish imkoniyatlarini yaratish: mintaqaviy perinatal markazlarni takomillashtirish va 2-3 darajali akusherlik muassasalarini jihozlash tabellariga muvofiq qilib toʻliq jihozlash; perinatal yordamni hududiylashtirish maqsadida respublika, viloyat va tumanlararo jonlantirish-maslahat, akusher-ginekologik, neonatal va pediatrik shoshilinch tibbiy yordam guruhlarini tashkil qilish. |
Tashkiliy-amaliy |
2019-2020-yillar davomida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar LBMA (D. Li) |
|
28. |
Oʻzbekiston Respublikasining “Maktab yoshidagi bolalarning sogʻligʻiga nisbatan munosabatini oʻrganish” (HBSC) Yevropa tarmogʻiga va bolalardagi semizlikning epidemiologik nazorati (COSI) Yevropa tarmogʻiga qoʻshilishi. Jahon Sogʻliqni saqlash tashkilotining “Sogʻliqni saqlashga koʻmaklashuvi maktablar” dasturini amalga oshirish. |
Tashkiliy-amaliy |
2019-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov) Adliya vazirligi (R. Davletov), |
|
29. |
Onalar va bolalar oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi dasturlarini amalga oshirishni davom ettirish, erta yoshdagi bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlarini uy sharoitida fortifikatsiyalash dasturini ishga tushirish. |
Tashkiliy-amaliy |
2019 — 2021-yillar davomida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi (kelishuv boʻyicha) |
|
30. |
Respublika hududlarida bolalar uchun ixtisoslashtirilgan yuqori texnologiyali tibbiy yordam tizimini kengaytirish: barcha viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida bolalar neyroxirurgik boʻlimlari (oʻrinlar) ochilishi; yirik shahar bolalar shifoxonalarini va koʻp tarmoqli shahar bolalar shifoxonalarini qayta tashkil etish. |
Tashkiliy-amaliy |
2019 — 2021-yillar davomida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar |
|
31. |
Barcha hududlardagi perinatal markazlarida ixtisoslashgan kam invazivli endovizual (laporoskopik) ginekologiya boʻlimlarini tashkil qilish, shu jumladan quyidagilar orqali: mazkur boʻlimlarni jihozlash uchun tegishli tibbiyot asbob-uskunalarni xarid qilish; tibbiy va texnik xodimlarining malakasini oshirish; endoskopik asbob-uskunalardan foydalanishda majburiy klinik protokollarni ishlab chiqish va tatbiq etish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi loyihasi |
2019-yil 1-avgust |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov) |
|
32. |
Respublika Ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida raqamli, tarmoq va informatsion texnologiyalardan foydalanilgan holda, Milliy referens-laboratoriyani tashkil etish orqali bolalar uchun ixtisoslashgan tibbiy yordam tizimidagi laboratoriya xizmatlari sifatini oshirish. |
Tashkiliy-amaliy choralar |
2019-yil 1-sentabr |
LBMA (D. Li), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Davlat investitsiya qoʻmitasi (S. Bekenov) |
|
33. |
Surunkali kasalliklar va nogironligi mavjud bolalar uchun hududiy bolalar reabilitatsiya markazlarini tashkil etish orqali bolalarni sogʻlomlashtirish va reabilitatsiya qilishni kengaytirish. |
Tashkiliy-amaliy choralar |
2019 — 2021-yillar davomida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar |
|
34. |
Zamonaviy, xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan parvarishlash usullari, standartlari, tashxis qoʻyish va davolashning klinik protokollarini joriy etish orqali kam vaznli tugʻilgan chaqaloqlarga tibbiy yordam sifatini yaxshilash. |
Tashkiliy-amaliy choralar |
2019 — 2021-yillar davomida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Milliy palata (R. Izamov) |
|
35. |
Oʻzbekiston Respublikasining barcha tugʻruq muassasalarida Jahon Sogʻliqni saqlash tashkilotining “Onalar oʻlimini maxfiy tahlil qilish” va “Kritik holatlarini tahlil qilish” tavsiyalarini tatbiq etish hamda perinatal auditni oʻtkazish, tashkilotchilar, akusher-ginekolog hamda anesteziologlarni oʻqitish. Har bir ona oʻlimi boʻyicha audit oʻtkazish, uning natijalariga asoslanib onalar oʻlimini kamaytirish hamda tibbiy yordam sifatini oshirishni nazarda tutgan yillik tadbirlar rejasini ishlab chiqish. |
Tashkiliy-amaliy choralar |
Muntazam |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Milliy palata (R. Izamov) |
|
VI. Davlat-xususiy sheriklikni va tibbiy turizmni rivojlantirish | ||||
|
36. |
Yirik davlat tibbiyot muassasalarida tibbiy turizm xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha, shu jumladan xorij davlatlaridan kelayotgan fuqarolarni va ularning kuzatuvchilarini qabul qilish va davolash boʻyicha maxsus tuzilmalarni tashkil qilish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi loyihasi |
2019-yil 15-fevral |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov) |
|
37. |
Quyidagilarni nazarda tutgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish: sogʻliqni saqlash sohasida davlat-xususiy sherikchilikning shakllari; davlat-xususiy sherikchilik toʻgʻrisidagi bitimlar (shartnomalar)ning turlari; davlat-xususiy sherikchilik hamda davlat-xususiy sheriklik asosida davlat tibbiy muassasalarining xizmat turlarini tadbirkorlik subyektlariga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi |
2019-yil 1-mart |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Davlat raqobat qoʻmitasi (N. Sharipov), manfaatdor vazirlik |
|
38. |
Profilaktika, davolash-diagnostika, laboratoriya va servis xizmat koʻrsatishning ayrim turlarini taqdim etishda davlat-xususiy sherikchilik va autsorsingni tatbiq etish yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni joriy etish. Davlat tibbiy muassasalarining qoʻshimcha va yordamchi funksiyalarini (taom tayyorlash, kir yuvish, tozalash, texnik xizmat koʻrsatish, axborot-komunikatsiya taʼminoti va h.k.z.) xususiy sektorga oʻtkazish. |
Tashkiliy-amaliy choralar |
2019 — 2021-yillar davomida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar |
|
39. |
JCI (Joint Comission International) va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlarda (TAS, ACHSI, CCHSA va boshqalar) akkreditatsiya uchun davlat tibbiyot tashkilotlari roʻyxatini belgilash, shuningdek uni amalga oshirish uchun tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar majmuini tasdiqlash. |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi loyihasi |
2019-yil 1-fevral |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov) |
|
40. |
“Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy turizmni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi |
2019-yil 1-aprel |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Akkulov), Davlat investitsiya qoʻmitasi (S. Bekenov) |
|
41. |
Tibbiy turizmni rivojlantirish sohasida yirik xalqaro tadbirlarda Oʻzbekiston tibbiyot muassasalarining ishtirokini taʼminlash. |
Tashkiliy-amaliy choralar |
2019 — 2021-yillar davomida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Akkulov). |
|
42. |
Mahalliy tibbiyot muassasalari salohiyatini namoyish etish hamda ular tomonidan sayyohlik xizmatlari bilan uygʻunlashgan holda tibbiy xizmatlar koʻrsatilishini ochib berish maqsadida keng doirada PR-kompaniyalar oʻtkazish. |
Tashkiliy-amaliy |
Muntazam |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Milliy palata (R. Izamov) Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Akkulov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov) |
|
43. |
Maxsus tibbiy tur paketlar ishlab chiqarish, shu jumladan sayyohlar kelishi, davolanishi va qaytib ketishi vaqtlarida ularni kuzatish, shu jumladan: viza va roʻyxatga olish hujjatlarini olishda koʻmaklashish; kutib olish va mehmonxonalarda joylashtirish; tibbiyot va sogʻlomlashtirish-sanator muassasalarida diagnostika va davolash ishlarini tashkil etish; madaniy-maʼrifiy tadbirlarda ishtirok etish; oʻzi yashaydigan mamlakatga kirib kelishga koʻmaklashish. |
Qoʻshma “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash va namunaviy turistik paketlarni ishlab chiqish |
2019-yil 1-may |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Akkulov), Respublika Ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar |
|
VII. Farmatsevtika tarmogʻini yanada rivojlantirish. | ||||
|
44. |
Qimmat dori vositalari bilan davolashni talab etadigan bemorlarning registrlarini shakllantirish. |
Tashkiliy-amaliy choralar |
2019-yil 1-mart |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi (A. Abdullayev) |
|
45. |
Dori va farmakologik vositalarning klinik tadqiqotlar oʻtkazishning baholash yagona hisoblash usulini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Qoʻshma buyruq loyihasi |
2019-yil 1-may |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov). |
|
46. |
Shifokor retsepti asosida beriladigan dori vositalarini noqonuniy sotilishini oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni takomillashtirish, shu jumladan: ushbu dori-vositalarini dorixonaning peshtaxtasi va boshqa koʻrinadigan joylarida saqlanishini taqiqlash; dori vositalari va tibbiy buyumlar chakana savdosini litsenziyalash ishchi organiga dori vositalari va tibbiy buyumlar chakana savdosi tartibiga rioya etilishini nazorat qilish funksiyasini yuklatish. |
Normativ-huquqiy |
2019-yil 1-aprel |
Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi (A. Abdullayev), Bosh prokuratura huzuridagi Departament (D. Raximov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar |
|
47. |
Xitoy Xalq Respublikasi tajribasini oʻrganish hamda Oʻzbekistonda XXRning quyidagi tajribasini joriy etish muvofiqligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish: dori-vositalari, tibbiy uskunalar va tibbiy buyumlarni toʻgʻridan-toʻgʻri ishlab chiqaruvchilardan sotib olish tartibini belgilash; davlat tibbiyot-profilaktika muassasalarida davlat dorixonalarini ochish; shifokor retseptisiz dori-vositalarini sotish uchun javobgarlikni belgilash. |
Tahliliy maʼlumot |
2019-yil 1-mart |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Milliy palata (R. Izamov), Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi (A. Abdullayev), Bosh prokuratura huzuridagi Departament (D. Raximov) |
|
VIII. Tibbiyot va farmatsevtika mutaxassislarini oʻqitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, tibbiyot fanlarini rivojlantirishning samarali tizimini shakllantirish | ||||
|
48. |
Tibbiy taʼlim tizimi va tibbiyot fanini rivojlantirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish, shu jumladan taʼlim muassasalari tarkibi va yoʻnalishlarini optimallashtirish, “taʼlim-ilm-amaliyot” integratsiyasi va uzluksizligini joriy etish, oliy va oʻrta tibbiyot taʼlimning yangi yoʻnalishlarini belgilash, anatomik morg va oʻquv-biologik laboratoriyalarini tashkil etish, yetakchi xorijiy oliy oʻquv yurtlari xalqaro fakultetlari va filiallari ochilishini nazarda tutish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi |
2019-yil 1-fevral |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Milliy palata (R. Izamov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
49. |
Taʼlim standartlari hamda oliy taʼlim va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning oʻquv dasturlarini, shu jumladan kredit-modulli taʼlim tizimini joriy etish va ularda amaliy komponentni oshirish orqali takomillashtirish. |
Normativ-huquqiy |
2019-yil 1-mart |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), LBMA (D. Li), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Milliy palata (R. Izamov) |
|
50. |
Xorijiy tibbiyot taʼlim muassasalari bilan keng hamkorlik, ularning fakultetlari va filiallarining ochilishi hamda ikki tomonlama diplom berilishi tizimini joriy etish. Xususan: xorijiy tibbiyot oliy oʻquv yurtlari filiallarini ochish boʻyicha muzokaralar olib borish, shu jumladan joylarga tashriflar uyushtirish; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga tahliliy maʼlumotnoma kiritish, unda amalga oshirilgan kelishuvlar boʻyicha aniq takliflarni taqdim qilish. |
Tashkiliy-amaliy choralar Tahliliy maʼlumotnoma |
2019-yil yanvar — mart 2019-yil 1-aprel |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), LBMA (D. Li), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Milliy palata (R. Izamov) |
|
51. |
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, unda quyidagilar orqali taʼlimning uzluksizligini taʼminlash: balli (jamgʻarib boriladigan) taʼlim tizimi; muammoga yoʻnaltirilgan modulli oʻquv dasturlari; masofaviy taʼlim dasturlari; tibbiy va farmatsevtika taʼlimini tashkil etish boʻyicha uzluksiz interaktiv portal. |
Normativ-huquqiy |
2019-yil 1-mart |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Milliy palata (R. Izamov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev) |
|
52. |
Tibbiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi samaradorligini oshirish, tibbiyot sohasini, ilmiy, taʼlim hamda tibbiyot muassasalarini xalqaro standartlar asosida, shu jumladan GCP (Good clinikal practice) standarti asosida, sertifikatsiya (akkreditatsiya) qilish asosida rivojlantirish. |
Tashkiliy-amaliy choralar |
2019 — 2021-yillar davomida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev) |
|
53. |
Xalqaro talablar asosida taʼlim, fan va amaliyotning integratsiyalashuviga qaratilgan klinikalar, oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish bazalari, oʻquv-ishlab chiqarish va markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini rivojlantirish orqali tibbiy mutaxassislar tayyorlovining sifatini oshirish; tibbiyot va farmatsevtika yoʻnalishi taʼlim muassasalarining klinikalari, oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish bazalari toʻgʻrisida nizom ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Tashkiliy-amaliy |
2019 — 2021-yillar davomida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Milliy palata (R. Izamov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar |
|
54. |
Toshkent Davlat stomatologiya instituti faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan “Davolash ishi” bakalavriat yoʻnalishini ochish orqali. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi |
2019-yil 1-aprel |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev) |
|
55. |
Tibbiy xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish maqsadida koʻp funksional oʻquv-metodik markazi va simulyatsiya markazlar tarmogʻini yaratish, shu jumladan davlat-xususiy sherikligi shartlarida xususiy investorlarni jalb qilish orqali shifokorlarga tibbiy trenajerlar va manekenlarda qoʻshimchalar va virtual olam muhitida taʼlim olishlari uchun imkoniyat yaratib berish. |
Tashkiliy-amaliy |
2019-yil 1-avgust |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Milliy palata (R. Izamov), Davlat investitsiya qoʻmitasi (S. Bekenov) |
|
IX. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va “Elektron sogʻliqni saqlash”ni keng tatbiq etish | ||||
|
56. |
Oʻzbekiston Respublikasida yagona tibbiy maʼlumotlar bazasi, “elektron sogʻliqni saqlash” hamda integratsiyalashgan axborot tizimlari kompleksini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini tayyorlash va uni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish, bunda quyidagilarni nazarda tutish: a) aholi uchun: tibbiy xizmat koʻrsatish va tibbiy muassasalar toʻgʻrisida maʼlumotlar olish; shifokorlarning malakasi va ish tajribasi, qabul vaqti, “elektron navbat” toʻgʻrisida maʼlumot olish, shu jumladan uzoq masofadan turib navbat olish; koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini, shu jumladan tibbiy personal faoliyatini baholash; mobil ilova orqali tizimga kirish; b) sogʻliqni saqlash boshqarmalari va tibbiyot muassasalari uchun: muassasaning innovatsion ijtimoiy-yoʻnaltirilgan turiga oʻtkazish; sogʻliqni saqlash tizimida standartlashtirishni joriy qilish; elektron hujjat aylanuvini joriy qilish orqali ish jarayonini maqbullashtirish (tibbiy karta va kasallik tarixini toʻldirish, “elektron retseptlar” berish); tibbiy xodimlar, dori vositalari, tibbiy asbob-uskunalar va tibbiy buyumlar, sarflov materiallarni hisobga olish va monitoring qilish; davlatning kafolatlangan bepul tibbiy yordami dasturlari asosida moliyaviy harakatlarni amalga oshirish va monitoring qilish, shuningdek, tibbiyot muassasalarining kelajakdagi xarajatlarini baholash hamda kelajakda boʻlishi mumkin boʻlgan tavakkalchilikni tahlil qilish; tibbiy statistika, buxgalteriya hisobi va hisobotlarni yuritish, shuningdek, milliy sogʻliqni saqlash hisob-kitoblarini qoʻllab-quvvatlash; boshqa tibbiyot muassasalarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashuvi va axborot almashinuvi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi |
2019-yil 1-may |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev) |
|
57. |
Davlat tibbiyot muassasalari va tashkilotlarini keng qamrovli (tomonlar kelishuviga muvofiq tezligi yillik oʻsishi kamida 10-Mb/d inobatga olingan holda) internet tarmoqlariga ulanishini taʼminlash; viloyat va respublika miqyosida — 2019-yil 1-martga qadar; tuman darajasida — 2019-yil yakuniga qadar; barcha davlat tibbiyot muassasalari — 2021-yilning oxirigacha. |
Tashkiliy choralar kompleksi |
2019 — 2021-yillar davomida |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Davlat investitsiya qoʻmitasi (S. Bekenov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov) |
|
58. |
Tibbiyot muassasalari oʻrtasida axborot almashinuvi hamda masofaviy tibbiy va taʼlim xizmatlarini koʻrsatish (konsultatsiya, konsilium, amaliyotlar, mahorat darslari va boshqalar) maqsadida telemeditsinani rivojlantirish. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi markaziy apparati hamda hududiy tibbiyot boshqaruvi organlari bilan tezkor bogʻlanish maqsadida yagona videokonferensaloqa tizimini yaratish. |
Tashkiliy-amaliy choralar |
2019-yil davomida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar |
3-ILOVA
|
T/r |
Hududning nomi |
Tumanning nomi |
|
1. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
Beruniy tumani |
|
2. |
Andijon viloyati |
Oltinkoʻl tumani |
|
3. |
Buxoro viloyati |
Vobkent tumani |
|
4. |
Jizzax viloyati |
Paxtakor tumani |
|
5. |
Qashqadaryo viloyati |
Kitob tumani |
|
6. |
Navoiy viloyati |
Qiziltepa tumani |
|
7. |
Namangan viloyati |
Yangiqoʻrgʻon tumani |
|
8. |
Samarqand viloyati |
Ishtixon tumani |
|
9. |
Surxondaryo viloyati |
Jarqoʻrgʻon tumani |
|
10. |
Sirdaryo viloyati |
Oqoltin tumani |
|
11. |
Toshkent viloyati |
Qibray tumani |
|
12. |
Fargʻona viloyati |
Beshariq tumani Oltiariq tumani Qoʻshtepa tumani |
|
13. |
Xorazm viloyati |
Yangiariq tumani |
|
14. |
Toshkent shahri |
Mirobod tumani |
4-ILOVA
|
1. |
A.A. Abduxakimov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Ishchi komissiyasi raisi |
|
2. |
A.Q. Shadmanov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri, Ishchi komissiyasi raisining oʻrinbosari |
|
3. |
S.I. Ismoilov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi |
|
4. |
B.R. Saidbekov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi |
|
5. |
B.Q. Yusupaliyev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
6. |
A.Ya. Xaydarov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
7. |
M.M. Mirzayev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
8. |
O.M. Umarov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
9. |
I.S. Xajiyev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmita raisi |
|
10. |
R.R. Xakimov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmita raisi |
|
11. |
A.E. Burxanov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati |
|
12. |
N.I. Muxtorov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati |
|
13. |
S.X. Bekenov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat investitsiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari |
|
14. |
Yu.N. Mansurov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari |
|
15. |
A.U. Akkulov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi |
|
16. |
R.Sh. Izamov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi raisi |
|
17. |
K.S. Rizayev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri |
|
18. |
U.M. Madrahimov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining boshqarma boshligʻi |
|
19. |
T.A. Daminov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi, Toshkent tibbiyot akademiyasi professori |
|
20. |
B.D. Durmanov |
— |
Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining boʻlim boshligʻi |
|
21. |
K.K. Mirzaliyeva |
— |
“AKFA MEDLINE” MCHJ direktori (kelishilgan holda) |
|
22. |
F.A. Rahimqulov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Nodavlat tashkilotlarning tibbiy faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi boshligʻi, Ishchi komissiya kotibi |