O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 6-sentabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2018-yil 27-sentabrda ma’qullangan
Senat tomonidan 2018-yil 27-sentabrda ma’qullangan
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi xususiy bandlik agentliklarining faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risidagi qonunchilik
Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Xususiy bandlik agentligi
Xususiy bandlik agentligi ish qidirayotgan shaxslarga ish tanlash va ishga joylashish bo‘yicha, ish beruvchilar uchun kadrlar tanlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi, shuningdek ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari ko‘rsatuvchi tijorat tashkilotidir.
Xususiy bandlik agentligi oliy ma’lumotli rahbarni qo‘shib hisoblaganda kamida ikki nafar xodimga ega bo‘lishi kerak.
4-modda. Xususiy bandlik agentliklari faoliyatining asosiy prinsiplari
Xususiy bandlik agentliklari faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, ochiqlik va shaffoflik, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslikdan iboratdir.
5-modda. Xususiy bandlik agentliklarini tuzish
Xususiy bandlik agentliklari yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tuzilishi mumkin.
Xususiy bandlik agentligi davlat organlari, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari va diniy tashkilotlar tomonidan tuzilishi mumkin emas.
6-modda. Xususiy bandlik agentligining firma nomi va muhri
Xususiy bandlik agentligi firma nomiga ega bo‘lishi va bu nomda “Xususiy bandlik agentligi” degan so‘zlar bo‘lishi kerak.
“Xususiy bandlik agentligi” degan firma nomidan faqat ushbu Qonun qoidalariga muvofiq foydalanilishi mumkin. Ushbu Qonun 3-moddasining talablariga javob bermaydigan yuridik shaxslar o‘z nomida “Xususiy bandlik agentligi” degan so‘z birikmasidan va uning asosida hosil qilingan so‘z birikmasidan foydalanishga haqli emas.
Xususiy bandlik agentligi o‘zining davlat tilidagi to‘liq firma nomi va o‘z joylashgan yeri ko‘rsatilgan muhrga ega bo‘lishi kerak. Muhrda firma nomi bir vaqtning o‘zida boshqa tilda ham ko‘rsatilishi mumkin.
Xususiy bandlik agentligi o‘z nomi bo‘lgan shtamplar, blankalarga va o‘zining emblemasiga ega bo‘lishga haqli.
7-modda. Xususiy bandlik agentligining ta’sis hujjatlari
Xususiy bandlik agentligi ta’sis hujjatlari asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy bandlik agentligining ta’sis hujjatlarida yuridik shaxslarning muayyan tashkiliy-huquqiy shakllari uchun qonunchilikda belgilangan ma’lumotlarga qo‘shimcha ravishda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak:
(7-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
faqat ushbu Qonunning 10-moddasida nazarda tutilgan xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat to‘g‘risidagi;
ta’sischilarning, boshqaruv organlarining tuzilmasi va vakolatlari haqidagi;
ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatining ichki nazoratiga nisbatan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi.
8-modda. Xususiy bandlik agentligi faoliyatining mulkiy asosi
Xususiy bandlik agentligining faoliyati o‘zining xususiy mol-mulki va (yoki) jalb etilgan mol-mulk asosida amalga oshirilishi mumkin.
Xususiy bandlik agentligi o‘z faoliyatini qaysi mol-mulk asosida va mulkiy huquqlar vositasida amalga oshirsa, o‘sha mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar oldi-sotdi, garov, ijara hamda huquqlar va majburiyatlarni belgilash, o‘zgartirish va (yoki) tugatish bilan bog‘liq boshqa bitimlar obyekti bo‘lishi mumkin.
9-modda. Xususiy bandlik agentliklarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Xususiy bandlik agentliklarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi.
Davlat xizmatlari markazlari arizachiga uni xususiy bandlik agentligi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni ushbu agentlikni tuzish maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yoki qonunda nazarda tutilmagan qo‘shimcha talablar belgilashga haqli emas.
Arizachini xususiy bandlik agentligi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish, shuningdek davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddatlarining buzilishi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qarori, shuningdek uning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) sud tomonidan g‘ayriqonuniy deb topilgan taqdirda, ular ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish yoki ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini buzish tufayli arizachiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplaydi hamda ma’naviy ziyonni kompensatsiya qiladi.
10-modda. Xususiy bandlik agentliklarining xizmat turlari
Xususiy bandlik agentliklari quyidagi xizmat turlarini ko‘rsatishi mumkin:
O‘zbekiston Respublikasi hududida ish qidirayotgan shaxslarga ish tanlash;
ish beruvchilar uchun kadrlar tanlash;
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish;
ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari.
11-modda. Xususiy bandlik agentliklarining O‘zbekiston Respublikasi hududida ish qidirayotgan shaxslarga ish tanlash bo‘yicha xizmatlari
O‘zbekiston Respublikasi hududida ish qidirayotgan shaxslarga ish tanlash bo‘yicha xizmatlar xususiy bandlik agentligi va ish qidirayotgan shaxs o‘rtasida tuzilgan xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma asosida ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida ish qidirayotgan shaxslarga ish tanlash bo‘yicha xizmatlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
ish qidirayotgan shaxslar to‘g‘risidagi axborotni ish beruvchilar o‘rtasida tarqatish, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda tarqatish;
bo‘sh ish o‘rinlariga ega bo‘lgan ish beruvchilarni izlashni amalga oshirish;
ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish beruvchilar bilan muzokaralar o‘tkazish;
ish beruvchilar va ish qidirayotgan shaxslar o‘rtasidagi suhbatga tayyorgarlik ko‘rish hamda muzokaralarda (suhbatlarda) ishtirok etish;
ish beruvchilar va ish qidirayotgan shaxslar o‘rtasidagi mehnat shartnomalari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish.
12-modda. Xususiy bandlik agentliklarining ish beruvchilar uchun kadrlar tanlash bo‘yicha xizmatlari
Ish beruvchilar uchun kadrlar tanlash bo‘yicha xizmatlar xususiy bandlik agentligi va ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma asosida ko‘rsatiladi.
Ish beruvchilar uchun kadrlar tanlash bo‘yicha xizmatlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
ish beruvchilarda mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi axborotni tarqatish, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda tarqatish;
ishga joylashtirish uchun maqbul nomzodlarni izlashni amalga oshirish;
ishga joylashtirish uchun nomzodlar bilan muzokaralar o‘tkazish;
ish beruvchilar va bo‘sh ish o‘rinlarini egallashga nomzodlar o‘rtasidagi muzokaralarda (suhbatlarda) ishtirok etish;
ish beruvchilar va ish qidirayotgan shaxslar o‘rtasidagi mehnat shartnomalari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish.
13-modda. Xususiy bandlik agentliklarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlari
Xususiy bandlik agentliklarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlari ularda O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) mavjud bo‘lgan taqdirda taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarga yozma shaklda bildirish berilib, unda xususiy bandlik agentligi tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, murojaat qilish uchun xususiy bandlik agentligining hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining pochta manzillari va aloqa bog‘lash uchun telefon raqamlari ko‘rsatiladi.
(13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi O‘RQ-1095-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar xususiy bandlik agentligi va ish qidirayotgan shaxs o‘rtasida tuzilgan xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma asosida ko‘rsatiladi hamda quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish masalasi bo‘yicha chet ellik sheriklar bilan o‘z vakolatlari doirasida muzokaralar (suhbatlar) o‘tkazish, shartnomalar, bitimlar va bayonnomalarning loyihalarini tayyorlash;
ehtimol tutilgan ish beruvchilarni qidirish, xorijiy mamlakatlarning mehnat bozorini o‘rganish asosida bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarga axborot taqdim etish;
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida mehnat faoliyatini amalga oshirishni xohlayotgan shaxslar haqidagi axborotni faqat ularning roziligi bilan chet ellik ish beruvchilar o‘rtasida tarqatish;
ish qidirayotgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun dastlabki tayyorgarlik tadbirlarini o‘tkazish yo‘li bilan ko‘maklashish;
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashiladigan mamlakatda bo‘lish qoidalari, mehnat sharoitlari, ijtimoiy va uy-joy-maishiy ta’minoti, chet ellik ish beruvchilar bilan mehnat shartnomalarini tuzishning huquqiy jihatlari haqida xabardor qilish;
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslar bilan ish beruvchilar o‘rtasida mehnat shartnomalarini tuzishga ko‘maklashish.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun xususiy bandlik agentliklari tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt ming baravari miqdoridagi mablag‘lar ularni litsenziyaning amal qilish davriga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining roziligisiz sarflamaslik va mablag‘lar sarflangan taqdirda, belgilangan muddatlarda ularning o‘rnini to‘ldirish sharti bilan tijorat banklaridagi depozitlarga zaxiraga joylashtiriladi.
Tijorat banklaridagi depozitlarga zaxiraga joylashtirilgan mablag‘lar xususiy bandlik agentliklari qonun talablari asosida faoliyat ko‘rsatishining kafolati bo‘lib xizmat qiladi hamda xususiy bandlik agentliklarining faoliyati natijasida boshqa shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash ta’minoti sifatida tijorat banklari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi va xususiy bandlik agentliklari o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida saqlanadi.
Xususiy bandlik agentliklari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining asoslangan talabnomasi bo‘yicha tijorat banklaridagi depozitlarga zaxiraga joylashtirilgan mablag‘larni Migratsiya jamg‘armasiga o‘tkazib beradi.
Xususiy bandlik agentliklari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining asoslangan talabnomasi belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda bajarilmagan taqdirda, tijorat banklari asoslangan talabnomada qayd etilgan summani depozitlarga zaxiraga joylashtirilgan mablag‘lardan Migratsiya jamg‘armasi hisobvarag‘iga keyingi ish kunidan kechiktirmay o‘tkazib beradi.
(13-modda to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi O‘RQ-1095-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi — yettinchi qismlari bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
14-modda. Xususiy bandlik agentliklarining ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ishga joylashtirish sohasidagi axborot va maslahat xizmatlarini xususiy bandlik agentliklari ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma asosida ko‘rsatadi. Ishga joylashtirish sohasida xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalar asosida xususiy bandlik agentliklari ishga joylashtirish sohasida taqdim etadigan axborot va maslahat xizmatlarining umumiy qiymati tijorat banklaridagi depozitlarga zaxiraga joylashtirilgan mablag‘lar miqdoridan oshmasligi kerak. Xususiy bandlik agentliklari tomonidan ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi yangi shartnomalarni tuzishga faqat ular ilgari tuzilgan shartnomalarni tijorat banklaridagi depozitlarga zaxiraga joylashtirilgan mablag‘lar doirasida bajarganidan keyin yo‘l qo‘yiladi.
(14-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi O‘RQ-1095-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari buyurtmachini mehnat bozori holatining tahlili va prognozi hamda uning ishtirokchilari, mazkur bozorning konyunkturasi, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik haqidagi axborot bilan ta’minlashni, shuningdek ishga joylashtirish sohasidagi boshqa axborotni taqdim etishni o‘z ichiga oladi.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
15-modda. Xususiy bandlik agentliklari tomonidan xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma
Xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma xususiy bandlik agentligi tomonidan ish qidirayotgan shaxs va (yoki) ish beruvchi bilan yozma shaklda tuziladi.
Xususiy bandlik agentliklari tomonidan xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
xizmatlarning mazmuni;
xizmatlar ko‘rsatish muddatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
haq to‘lash miqdori va shartlari. Bunda ish qidirayotgan shaxs tomonidan xususiy bandlik agentligiga to‘lanadigan mablag‘larning bankdagi maxsus depozitga qo‘yilishi to‘g‘risidagi qoida xususiy bandlik agentligi va ish qidirayotgan shaxs o‘rtasida tuziladigan xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaning majburiy sharti hisoblanadi. Xususiy bandlik agentligi shartnoma shartlarini bajarganidan keyin maxsus depozitdagi mablag‘lar xususiy bandlik agentligining bankdagi hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
(15-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi O‘RQ-1095-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
shartnoma taraflarining huquq va majburiyatlari;
shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun taraflarning javobgarligi;
shartnomani bekor qilish tartibi va shartlari;
shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda pul mablag‘larini qaytarish tartibi;
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilgan taqdirda, xususiy bandlik agentligida litsenziya mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, litsenziyaning tartib (ro‘yxatdan o‘tkazish) raqami va berilgan sanasi ko‘rsatilgan holda.
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy bandlik agentligi tomonidan xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida real vaqt rejimida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
(15-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi O‘RQ-1095-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
Oldingi tahrirga qarang.
151-modda. Xususiy bandlik agentligining O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha chet ellik ish beruvchi va (yoki) chet ellik sherik bilan hamkorligi to‘g‘risidagi shartnoma
Xususiy bandlik agentligi O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun chet ellik ish beruvchi va (yoki) chet ellik sherik bilan hamkorlik to‘g‘risida shartnoma tuzadi.
Xususiy bandlik agentligining O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha chet ellik ish beruvchi va (yoki) chet ellik sherik bilan hamkorligi to‘g‘risidagi shartnoma yozma shaklda tuziladi hamda quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish shartlarini (kasb yoki mutaxassislik turi, mehnatga haq to‘lash miqdori, ajratilgan kvotalar soni, ish vaqtining davomiyligi, ish joyigacha va ish joyidan transportda tashish, ishidan mahrum bo‘lgan taqdirda ijtimoiy himoya qilish, sanitariya-gigiyena tadbirlarini hamda tibbiyotga oid boshqa tadbirlarni tashkil etish, mehnat va dam olishni muhofaza qilish, ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi yuzaga kelgan taqdirda kompensatsiya olish tartibi va boshqa shartlar);
Oldingi tahrirga qarang.
taraflarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, shu jumladan xususiy bandlik agentligining hamda chet ellik ish beruvchilarning shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun ish qidirayotgan shaxs oldida solidar javobgar ekanligini;
(151-moddaning ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi O‘RQ-1095-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
shartnomaning muddatlarini, uni o‘zgartirish va bekor qilish tartibini, shuningdek uning boshqa shartlarini.
Xususiy bandlik agentligining O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha chet ellik ish beruvchi va (yoki) chet ellik sherik bilan hamkorligi to‘g‘risidagi shartnomaning matni xususiy bandlik agentligining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Xususiy bandlik agentligining O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha chet ellik ish beruvchi va (yoki) chet ellik sherik bilan hamkorligi to‘g‘risidagi shartnomani tuzmasdan, xususiy bandlik agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish taqiqlanadi.
(151-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 13-avgustdagi O‘RQ-632-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 03/20/632/1178-son — 2020-yil 14-noyabrdan kuchga kiradi)
16-modda. Xususiy bandlik agentligining huquqlari
Xususiy bandlik agentligi quyidagi huquqlarga ega:
xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq pullik xizmatlar ko‘rsatish;
ishga joylashtirish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan axborot olish;
ish qidirayotgan shaxslardan, shuningdek ish beruvchilardan ishga joylashtirish uchun zarur bo‘ladigan hujjatlar va axborot olish;
ish qidirayotgan shaxslar va ish beruvchilar ishga joylashtirish masalalariga doir hujjatlarni hamda axborotni taqdim etmagan taqdirda xizmatlar ko‘rsatishni rad etish.
Oldingi tahrirga qarang.
ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunarga va chet tillarga o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslarini belgilangan tartibda tashkil qilish, shuningdek ushbu jarayonga chet ellik ish beruvchilarni jalb etish;
zaxira qilinadigan mablag‘larni tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirish hisobidan olinadigan foiz daromadlarini mustaqil ravishda tasarruf etish;
(16-modda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi O‘RQ-1095-sonli Qonuniga asosan oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
17-modda. Xususiy bandlik agentligining majburiyatlari
Xususiy bandlik agentligi:
ish qidirayotgan shaxslarga yoki ish beruvchilarga faqat xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishi;
xizmatlar ko‘rsatish chog‘ida buyurtmachining manfaatlarini ifodalashi;
xizmatlar ko‘rsatish chog‘ida olingan axborotning maxfiyligiga rioya etishi;
xizmatlar ko‘rsatish jarayonida buyurtmachidan olingan hujjatlarning but saqlanishini ta’minlashi;
ish beruvchining yoki O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxsning talabiga ko‘ra litsenziyasini ko‘rsatishi;
ish beruvchilarning va ish qidirayotgan shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishi hamda ularga javob qaytarishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining so‘roviga ko‘ra o‘z faoliyati haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishi;
(17-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi O‘RQ-1095-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida real vaqt rejimida ro‘yxatdan o‘tkazishi;
(17-moddaning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi O‘RQ-1095-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi bajarilgan shartnomalarga oid arxiv materiallarini shakllantirishi va saqlashi;
Oldingi tahrirga qarang.
xususiy bandlik agentligi, shuningdek uning filiallari va (yoki) vakolatxonalari haqidagi ma’lumotlar o‘zgarganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligini yetti ish kuni ichida xabardor qilishi;
(17-moddaning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi O‘RQ-1095-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xizmat ko‘rsatish shartnomalari bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni sug‘urtalashi shart. Bunda sug‘urta summasi miqdori xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma summasiga hamda O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxsning O‘zbekiston Respublikasiga qaytish xarajatlariga mutanosib miqdorda belgilanadi;
(17-modda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi O‘RQ-1095-sonli Qonuniga asosan o‘n ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy bandlik agentligi o‘zi tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ishga joylashtirilgan shaxslarning mehnat faoliyatini monitoring qilib boradi.
Agar chet ellik ish beruvchi talab qilingan ijtimoiy va maishiy shart-sharoitlarni, mehnatga haq to‘lash shartlarini ta’minlamasa yoki fuqaroning O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ishga joylashishiga to‘sqinlik qiladigan boshqa muammolar yuzaga kelsa, xususiy bandlik agentligi ushbu fuqaroni boshqa chet ellik ish beruvchida ishga joylashtirish bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rishi yoki uning O‘zbekiston Respublikasiga qaytarilishini ta’minlashi shart.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlar xususiy bandlik agentligi tomonidan bajarilmagan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi fuqaroni Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasiga qaytarish choralarini ko‘radi va keyinchalik ushbu xarajatlarning o‘rni xususiy bandlik agentligining tijorat banklari depozitlarida zaxiraga joylashtirilgan mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
(17-modda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi O‘RQ-1095-sonli Qonuniga asosan ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
18-modda. Ish beruvchilarning va ish qidirayotgan shaxslarning huquqlari
Ish beruvchilar va ish qidirayotgan shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirishga, ish beruvchilar uchun kadrlar tanlashga ko‘maklashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma bajarilishining borishi haqida xususiy bandlik agentligidan axborot olish;
Oldingi tahrirga qarang.
xususiy bandlik agentligi tomonidan shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda, xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaning bekor qilinishini talab qilish;
(18-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma xususiy bandlik agentligining aybi bilan bekor qilinganligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishini va ma’naviy ziyon kompensatsiya qilinishini talab qilish;
o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda tegishli davlat organlariga, iste’molchilarning huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarga, xususiy bandlik agentliklarining birlashmalariga yoki sudga murojaat qilish.
19-modda. Ish beruvchilarning va ish qidirayotgan shaxslarning majburiyatlari
Ish beruvchilar va ish qidirayotgan shaxslar:
xususiy bandlik agentliklari bilan tuzilgan xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalar shartlariga rioya etishi;
xususiy bandlik agentliklari bilan tuzilgan xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalar shartlariga muvofiq xizmatlar haqini o‘z vaqtida to‘lashi;
xususiy bandlik agentligiga o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan ishonchli va to‘liq ma’lumotlar hamda hujjatlarni taqdim etishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
20-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
(20-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi O‘RQ-1095-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi:
(20-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi O‘RQ-1095-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
Xususiy bandlik agentliklarining reyestrini yuritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziyani beradi, qayta rasmiylashtiradi, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turadi, qayta tiklaydi, litsenziyani bekor qiladi yoki qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda uni bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qiladi;
(20-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xususiy bandlik agentliklari faoliyatini ochiq, shaffof va tizimli baholash mezonlarini belgilaydi hamda ularning reytingini tuzadi;
(20-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi O‘RQ-1095-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xususiy bandlik agentliklari tomonidan qonunchilik talablariga, shu jumladan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
(20-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy bandlik agentliklarining reyestrida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni hamda litsenziyani berish, qayta rasmiylashtirish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, qayta tiklash va tugatish, litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi axborotni ommaviy axborot vositalarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.
(20-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi O‘RQ-1095-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy bandlik agentliklari tomonidan qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi xususiy bandlik agentliklari faoliyatining tekshiruvlarini (moliya-xo‘jalik faoliyatiga aralashmasdan) o‘tkazish huquqiga ega. Bunda tekshiruvlar Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni xabardor qilish tartibida o‘tkaziladi. Xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tekshirish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining mansabdor shaxslari o‘z vakolatlari doirasida;
(20-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi O‘RQ-1095-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
xususiy bandlik agentliklarining hududlari va binolariga moneliksiz kirish;
tekshiruvga taalluqli barcha zarur hujjatlar bilan tanishib chiqish;
xususiy bandlik agentliklarining mansabdor shaxslaridan tekshiruv o‘tkazish chog‘ida aniqlangan qoidabuzarliklar faktlari yuzasidan yozma tushuntirishlar, shuningdek hujjatlarning zarur bo‘lgan, tegishli ravishda tasdiqlangan ko‘chirma nusxalarini olish huquqiga ega.
(20-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 13-avgustdagi O‘RQ-632-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 03/20/632/1178-son — 2020-yil 14-noyabrdan kuchga kiradi)
21-modda. Xususiy bandlik agentliklarining reyestri
Xususiy bandlik agentliklarining reyestri xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risidagi yangilanib turadigan yozuvlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlarning yagona axborot bazasidir.
Xususiy bandlik agentliklarining reyestrida xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risidagi quyidagi asosiy ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak:
yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefon raqami;
xususiy bandlik agentligi rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi;
litsenziya berilgan (qayta rasmiylashtirilgan, litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilgan, qayta tiklangan, tugatilgan, u bekor qilingan, dublikatlari berilgan) sana va uning raqami (mavjud bo‘lgan taqdirda).
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy bandlik agentliklarining reyestridagi axborot O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
(21-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi O‘RQ-1095-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
22-modda. Yuridik shaxsni Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxs Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligiga Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritish to‘g‘risidagi arizani taqdim etadi.
(22-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi O‘RQ-1095-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritish to‘g‘risidagi arizada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
yuridik shaxsning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli;
xizmat ko‘rsatayotgan bankning nomi, bankda talab qilib olinadigan depozit hisobvarag‘ining raqami;
Oldingi tahrirga qarang.
arizachi rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi, pasportiga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiga oid ma’lumotlar;
(22-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi O‘RQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
arizachi ko‘rsatmoqchi bo‘lgan xizmat turlari;
xodimlarni asosiy ish joyi bo‘yicha ishga qabul qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
shtatda oliy ma’lumotli rahbarni qo‘shgan holda kamida ikki nafar xodim mavjudligi haqidagi ma’lumotlar.
Yuridik shaxsdan ushbu moddada nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar yuridik shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligiga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular qabul qilib olinganligi to‘g‘risida ma’lum qilgan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar yuridik shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
(22-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi O‘RQ-1095-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
Taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxat hujjatlar qabul qilingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda darhol arizachiga beriladi (yuboriladi).
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi uch kunlik muddatda arizachini Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi va bu haqda unga xabar qiladi yoki asoslantirilgan rad javobini yuboradi.
(22-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi O‘RQ-1095-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etish haqidagi bildirishnoma rad etishning aniq sabablarini ko‘rsatgan holda yozma shaklda arizachiga beriladi (yuboriladi).
Arizachi bildirishnomada ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun o‘ttiz kalendar kuni ichida taqdim etishi mumkin.
Takroran murojaat qilinganda Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritishni rad etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan sabablar arizachi tomonidan bartaraf etilmaganligi fakti aniqlangan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish amalga oshirilmaydi, berilgan hujjatlar esa arizachiga qaytarilishi lozim.
Bildirishnomada ko‘rsatilgan, rad etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan sabablar bartaraf etilganidan keyin Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ushbu Qonunda nazarda tutilgan xizmatlarning Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritilmagan yuridik shaxslar tomonidan ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
23-modda. O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya berish
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyat litsenziya asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tomonidan cheklanmagan muddatga beriladi.
(23-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi O‘RQ-1095-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishning litsenziyaga oid talablari va shartlari quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
mehnat va migratsiya to‘g‘risidagi qonunchilikka majburiy ravishda rioya etish;
(23-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
faqat ushbu Qonunda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish;
shtatda oliy ma’lumotli rahbarni qo‘shib hisoblaganda kamida ikki nafar xodimning mavjudligi;
Oldingi tahrirga qarang.
xususiy bandlik agentligining ta’sischilari va (yoki) rahbarlari tarkibida firibgarlik, odam savdosi, terrorizm, ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganligi tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar mavjud emasligi, shuningdek ushbu jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganligi tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar bilan xususiy bandlik agentliklari tomonidan mehnat shartnomalari va fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuzilmasligi;
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziyalovchi organ belgilagan tartibda uch yilda kamida bir marta yuridik shaxs xodimlari tomonidan malaka sertifikatini olish;
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan xususiy yoki ijaraga olingan binoga ega bo‘lish, tegishli moddiy-texnika bazasidan va boshqa vositalardan foydalanish, shuningdek binoning yong‘in xavfsizligi talablariga, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligini ta’minlash;
litsenziya da’vogari tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt ming baravari miqdoridagi mablag‘larni litsenziyaning amal qilish davriga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining roziligisiz sarflamaslik va mablag‘lar sarflangan taqdirda, belgilangan muddatlarda ularning o‘rnini to‘ldirish sharti bilan tijorat banklaridagi depozitlarga zaxiraga joylashtirish;
xizmat ko‘rsatish shartnomalari bo‘yicha xususiy bandlik agentliklarining o‘z majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni sug‘urtalash bo‘yicha amaldagi sug‘urta shartnomalari va sug‘urta polislariga ega bo‘lish;
xususiy bandlik agentliklarining xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalarida belgilangan majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq xarajatlar o‘rnini tijorat banklari depozitlarida zaxiraga joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining asoslangan talabnomasiga asosan qoplash.
(23-modda uchinchi qismining beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi O‘RQ-1095-sonli Qonuniga asosan beshinchi — o‘ninchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
24-modda. Xususiy bandlik agentligining hisobi va hisobotlari
Xususiy bandlik agentliklari hisob va hisobotlarni yuritadi. Hisobotlar xususiy bandlik agentligining tanloviga ko‘ra qog‘ozda va (yoki) elektron shaklda tuzilishi mumkin. Xususiy bandlik agentligining elektron shaklda taqdim etilgan hisobotlari xususiy bandlik agentligi rahbarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Davlat xususiy bandlik agentliklari tomonidan hisobga olishning elektron tarzda yuritilishini dasturiy ta’minotni imtiyozli shartlarda yoki bepul tarqatish orqali rag‘batlantiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy bandlik agentligi hisobotlarni faqat davlat statistika organlariga va davlat soliq xizmati organlariga, shuningdek o‘z faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligiga taqdim etadi.
(24-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi O‘RQ-1095-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
Davlat organlariga xususiy bandlik agentliklari uchun hisobotlarning qonunda nazarda tutilmagan qo‘shimcha turlarini belgilash taqiqlanadi.
25-modda. Xususiy bandlik agentliklarining davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi
Xususiy bandlik agentliklari aholini ishga joylashtirish sohasida xizmatlar ko‘rsatish maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi.
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha xususiy bandlik agentliklari bilan hamkorlik qiladi hamda ularga ko‘maklashadi:
iqtisodiyot tarmoqlarida talab qilingan kasblar va malakalarga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmasini olish uchun tanlovlarda ishtirok etishga jalb etish, shuningdek aholini ishga joylashtirish sohasida boshqa xizmatlar ko‘rsatish;
xususiy bandlik agentliklarining so‘rovlari bo‘yicha bo‘sh va tashkil etilayotgan ish o‘rinlari, shuningdek ish qidirayotgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish;
aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan dasturlar va loyihalarni amalga oshirishga, shu jumladan xorijda amalga oshirishga jalb etish;
aholini ishga joylashtirish sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish;
aholini ishga joylashtirish sohasida axborot kampaniyalari, konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlarni birgalikda tayyorlash va o‘tkazish.
26-modda. Xususiy bandlik agentliklarining birlashmalari
Xususiy bandlik agentliklari umumiy manfaatlarni ifodalash va himoya qilish maqsadida xususiy bandlik agentliklarining birlashmalarini tuzish huquqiga ega.
27-modda. Xususiy bandlik agentliklarini davlat tomonidan rag‘batlantirish
Xususiy bandlik agentliklarini davlat tomonidan rag‘batlantirish quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
aholini ishga joylashtirish va uning bandligi sohasidagi dasturlar hamda loyihalarni amalga oshirishda ularning ishtirokini kengaytirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
ularning samarali faoliyati uchun zarur bo‘lgan huquqiy, iqtisodiy, statistik, ishlab chiqarish-texnologik, ilmiy-texnikaviy va boshqa axborot bilan ta’minlash;
ishga joylashtirish sohasida soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar va tariflar bo‘yicha imtiyozlar hamda preferensiyalar belgilash;
xususiy bandlik agentliklari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda ko‘maklashish.
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy bandlik agentliklarini davlat tomonidan rag‘batlantirish qonunchilikka muvofiq boshqa usullarda ham amalga oshirilishi mumkin.
(27-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
28-modda. Xususiy bandlik agentligini tugatish
Xususiy bandlik agentligini tugatish uning ta’sischilari yoki ta’sis hujjatlari bilan bunga vakolatli bo‘lgan uning organining qaroriga ko‘ra yoxud sudning qarori bo‘yicha amalga oshiriladi.
Xususiy bandlik agentligi tugatilganda bo‘shatilayotgan xodimlarga ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi kafolatlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy bandlik agentligi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning tegishli davlat reyestriga tugatish to‘g‘risidagi yozuv kiritilganidan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi xabardor qilingan holda tugatilgan deb hisoblanadi.
(28-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi O‘RQ-1095-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
29-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
(29-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi O‘RQ-1095-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
30-modda. O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish
Oldingi tahrirga qarang.
(30-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrdagi O‘RQ-642-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 21-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2020-y., 03/20/642/1396-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(30-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrdagi O‘RQ-798-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 30-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(30-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi O‘RQ-701-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son)
31-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy bandlik agentliklarining faoliyati bilan bog‘liq nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(31-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32-modda. Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(32-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
33-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
34-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 16-oktabr,
O‘RQ-501-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 03/18/501/2056-son, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; 13.08.2020-y., 03/20/632/1178-son, 20.10.2020-y., 03/20/642/1396-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son; 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son; 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son; 07.02.2024-y., 03/24/905/0106-son; 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son))