20.04.2022 yildagi PF-113-son
2022-yil 1-iyunga qadar ushbu Farmonga 4-ilovada ko‘rsatilgan davlat xizmatlaridan YIDXPda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlamasdan foydalanish imkoniyatini yaratsin;
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 8-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 9-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni tartibga soluvchi huquqiy asoslarni takomillashtirish va ma’muriy tartib-taomillarning samaradorligini oshirish

1.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qaroridagi tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni hamda qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun asoslarni quyidagilarni nazarda tutgan holda aniqlashtirish:

tadbirkorlik subyekti taqdim etgan manzil ma’lumotlari soliq va kadastr ma’lumotlar bazalarida mavjud bo‘lmasligi;

tadbirkorlik subyekti o‘zining tashkiliy-huquqiy shaklini qonunchilik hujjatlarida mavjud bo‘lmagan tashkiliy-huquqiy shakllarga o‘zgartirishni so‘rab murojaat qilganda;

tadbirkorlik subyekti tanlagan firma nomi “Firma nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga nomuvofiq bo‘lganda.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2022-yil iyul

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

(D. Raximov),

Savdo-sanoat palatasi

(I. Djasimov)

2.

Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda ta’lim olishini tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish, bunda:

doimiy umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qatnay olmaydigan bolalar uchun uzoq muddatli tibbiy xulosalar taqdim etish orqali har yilgi hujjat taqdim qilishni bekor qilish;

ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga ular Tibbiy-maslahat komissiyasiga murojaat qilgandan so‘ng barcha xizmatlar kompozit tarzda davlat organlari tomonidan amalga oshirilib, bolaga o‘qituvchi biriktirilganligi to‘g‘risida buyruq qabul qilingandan keyin bu haqda xabar yuborish amaliyotini joriy qilish;

TMK tomonidan xulosalarni maktabga emas, tuman/shahar xalq ta’limi bo‘limiga yuborish tartibini joriy qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil iyul

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi

(A. Inakov),

Xalq ta’limi vazirligi

(B. Saidov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

3.

Ilmiy texnik�viy hamkorlik bo‘yicha xalqaro bitimlar doirasida xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar va jamg‘armalardan xorijdan keltirilayotgan pul mablag‘larining ajratilgan grantlar maqsad va vazifalariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar berish tartibini takomillashtirish, bunda:

tegishli xulosalar olish bo‘yicha murojaatlarni YIDXP orqali qabul qilishni yo‘lga qo‘yish;

ilmiy texnikaviy hamkorlik bo‘yicha xalqaro bitimlar doirasida xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar va jamg‘armalardan keltirilayotgan pul mablag‘lari va asbob-uskunalarning ajratilgan grantlar maqsad va vazifalariga muvofiqligi bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazish hamda xulosa berish bo‘yicha undiriladigan to‘lovlar miqdorini bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan bir baravariga kamaytirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil avgust

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov)

4.

O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonuni tamoyillari asosida davlat xizmatlari ko‘rsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tanlov asosida qayta ko‘rib chiqish hamda ularni mazkur tamoyillarga muvofiqlashtirish. Bunda:

ma’muriy ishni ko‘rib chiqishda ariza beruvchilarga xatoliklarni to‘g‘rilash uchun imkoniyat berilishi, byurokratik rasmiyatchilikka yo‘l qo‘yilmasligi, davlat xizmatlarini ko‘rsatishning “bir darcha” orqali amalga oshirilishi kabi prinsiplar asosida davlat xizmatlarini ko‘rsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar xatlovdan o‘tkaziladi;

davlat xizmatlarini ko‘rsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonuni tamoyillariga moslashtiriladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil noyabr

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Quyidagi sohalarda davlat xizmatlari ko‘rsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish (birlashtirish) va ularning sonini maqbullashtirish:

jismoniy shaxslarga turli ma’lumotnomalar berish;

malaka sertifikatlarini berish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil mart

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

Jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatishni ularning yashash manzili va joylashgan eridan qat’i nazar eksterritorial tamoyil asosida amalga oshirishni kengaytirish yuzasidan qonunchilik hujjatlarini tahlil qilgan holda takliflar ishlab chiqish.

Axborot-tahliliy ma’lumotnoma

2023-yil may

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda undiriladigan to‘lovlar miqdorlarini ularning vakolatli organ tomonidan sarflanadigan xarajatlarga muvofiqligi nuqtai nazaridan tahlil qilish hamda to‘lovlarni kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil avgust

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Davlat xizmatlari yagona reyestridan takrorlanuvchi, bir xizmatning tarkibiy qismi bo‘lgan bir nechta xizmatlar, o‘z ahamiyatini yo‘qotgan davlat xizmatlarini chiqarib tashlash, reyestrga kiritilmagan davlat xizmatlari va boshq� ma’muriy tartib-taomillarni kiritish orqali tugal ro‘yxatni shakllantirish yo‘li bilan uning dolzarbligini ta’minlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil oktyabr

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov)

manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqishda foydalaniladigan qo‘llanma tayyorlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil dekabr

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

II. 2022-2023-yillarda davlat xizmatlarini biznes jarayonlarini modernizatsiyalash usullari (Business Process Reengineering) orqali soddalashtirish hamda mavjud huquqiy asoslarni mustahkamlash

10.

Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini biznes jarayonlarini modernizatsiyalash usullarini (BPR) qo‘llash orqali maqbullashtirish, muddatlar va zarur hujjatlarni maksimal darajada qisqartirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil iyun

Oliy attestatsiya komissiyasi

(A. Yusupov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

11.

O‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan mol-mulkni sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatini quyidagilarni inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqish:

davlat xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha talab qilinadigan hujjatlar va muddatlarni qisqartirish;

ariza beruvchidan qo‘shimcha ma’lumotlar so‘rash talabini bekor qilish;

xizmat ko‘rsatish natijasi bo‘yicha beriladigan sertifikatni QR-kod orqali rasmiylashtirish;

arizalarni YIDXP orqali ham qabul qilishni yo‘lga qo‘yish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil iyul

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(A. Voitov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

12.

Engib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmatlarini YIDXP orqali ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, davlat xizmatini ko‘rsatish muddatlarini qisqartirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil iyul

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(A. Voitov)

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

Savdo-sanoat palatasi

(I. Djasimov)

13.

O‘zbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonuniga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartishlarni kiritish:

tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomalarini berish muddatini 10 ish kunidan 2 ish kuniga qisqartirish;

guvohnomalarni elektron shaklda QR-kod bilan tasdiqlagan holda berish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil iyun

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

14.

Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini ishlab chiqish.

Bunda, talabnomalarni xalqaro shartnomalar talablarini inobatga olgan holda, asosan davlat axborot tizimlari orqali avtomatik (elektron) tarzda qabul qilish va ustuvorlik sanasini belgilashni nazarda tutish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2022-yil sentyabr

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

15.

Boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlovdan o‘tganlik to‘g‘risida sertifikat berish tartib-taomillarini to‘liq raqamlashtirish. Bunda:

davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan hamda ulardan tashqari tashkil etilgan tayyorlov guruhlarida boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tgan bolalar haqidagi ma’lumotlar Xalq ta’limi vazirligining axborot tizimiga avtomatik yuborilishi/kiritilishini yo‘lga qo‘yish;

sertifikatlarni blankda berishni, shuningdek, maxsus axborot tizimlari orqali QR-kod qo‘yilgan holda ota-onaga elektron shaklda xabar yuborish hamda uning dublikatini berish amaliyotini bekor qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil avgust

Maktabgacha ta’lim vazirligi

(A. Shin),

Xalq ta’limi vazirligi

(B. Saidov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

16.

Uy-joyning buzilishi to‘g‘risida ma’lumot berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning huquqiy asoslarini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil avgust

Qurilish vazirligi

(B. Zokirov),

Kadastr agentligi

(F. Pulatov),

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

17.

Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini biznes jarayonlarini modernizatsiyalash usullarini (BPR) qo‘llash orqali maqbullashtirish, uning muddatlari hamda talab qilinadigan hujjatlarni qisqartirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil oktyabr

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

(A. Vaxabov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov)

18.

O‘zaro nikohda bo‘lmagan ota-onadan tug‘ilgan farzandlarning tug‘ilishini qayd qilish tartib-taomillarini qayta ko‘rib chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil noyabr

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

19.

Ichki suv yo‘llarida qurilmalarni ko‘chirishga doir xulosa berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning huquqiy asoslarini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil noyabr

Suv xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

20.

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami joriy etilganligini inobatga olgan holda, fuqaroning familiya, ismini o‘zgartirish xizmatini raqamlashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil dekabr

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov)

21.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish va Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibini biznes jarayonlarini modernizatsiyalash usullarini (BPR) qo‘llash orqali maqbullashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil dekabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(N. Xusanov)

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

(S. Xolxo‘jayev)

22.

Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini biznes jarayonlarini modernizatsiyalash usullarini (BPR) qo‘llash orqali maqbullashtirish, texnik ko‘rikdan o‘tkazishning tadbirkorlik subyektlari (yuridik shaxslar) tomonidan amalga oshirilishini yo‘lga qo‘yish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil yanvar

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

(A. Vaxabov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov)

23.

Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majbur�y hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini biznes jarayonlarini modernizatsiyalash usullarini (BPR) qo‘llash orqali maqbullashtirish hamda ushbu xizmatni YIDXP orqali taqdim etishni yo‘lga qo‘yish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil yanvar

Davlat soliq qo‘mitasi

(Sh. Kudbiyev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov)

24.

Vasiylik va homiylik organlarining vasiylik va homiylikni belgilash, amalga oshirish va to‘xtatishga doir faoliyatini to‘liq soddalashtirish, bunda:

yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hisobini elektron yuritish orqali ushbu ma’lumotlarni Xalq ta’limi vazirligi, statistika organlariga taqdim qilib borish amaliyotini bekor qilish;

muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar hisobini elektron yuritish orqali ushbu ma’lumotlarni Sog‘liqni saqlash vazirligi, statistika organlariga taqdim qilib borish amaliyotini bekor qilish;

vasiylikdagi yok� homiylikdagi shaxslarning shaxsiy hujjatlar yig‘majildlarini elektron shaklda yuritish;

davlat muassasalariga (internatlarga) joylashtiriladigan balog‘atga yetmagan shaxslarning elektron hisobini yuritish;

otasi va onasi haqidagi ma’lumotlar bo‘lmagan hollarda FHDY organlariga tug‘ilishni qayd qilish bo‘yicha elektron ko‘rsatmalar yuborish;

bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat)ga olishni istagan shaxslarning elektron hisobini yuritish, tuzilgan shartnomalarni elektron bazaga kiritib borish;

vasiylik va homiylikni belgilashdagi tartib-taomillarni, talab qilinadigan hujjatlarni “bir darcha” tamoyili orqali olish yo‘li bilan keskin qisqartirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil fevral

Xalq ta’limi vazirligi

(B. Saidov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

25.

O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradio mahsulotlarini tarqatish huquqini beruvchi ruxsatnomani berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishni biznes jarayonlarini modernizatsiyalash usullarini (BPR) qo‘llash orqali maqbullashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Tahliliy ma’lumotnoma

2023-yil fevral

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

26.

Hayvonlar kasalliklariga tashxis qo‘yish, ozuqalarning, shuningdek, chorvachilik obyektlarida ichimlik suvning sifatini baholash xulosalarini berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning huquqiy asoslarini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023 yil fevral

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

(B. Norqobilov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

27.

Tog‘-kon qazib oluvchi va qayta ishlovchi korxonaning texnik loyihasini kelishish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning huquqiy asoslarini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil mart

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi

(B. Islamov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

28.

Atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning III va IV toifasiga mansub faoliyat turlari bo‘yicha davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishni YIDXP hamda davlat xizmatlari markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) orqali ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil mart

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

(N. Oblomuradov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov)

29.

Naslchilik ho‘jaliklari maqomini berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishni biznes jarayonlarini modernizatsiyalash usullarini (BPR) qo‘llash orqali maqbullashtirish, ushbu xizmatni ko‘rsatishda YIDXP orqali murojaatlarni qabul qilishni yo‘lga qo‘yish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil mart

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

(B. Norqobilov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov)

30.

O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali charm va mo‘yna xomashyosini olib chiqishni monitoring qilish tartibini quyidagilarni inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqib, soddalashtirish:

eksportchi tashkilotlar tomonidan eksport kontraktlari monitoringini amalga oshirish uchun “O‘zcharmsanoat” uyushmasiga hujjatlarni (eksport kontrakti nusxasini, eksport kontraktiga narx kalkulatsiyasini) elektron shaklda dastur orqali taqdim etishni yo‘lga qo‘yish;

O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali “vet blyu” xomashyosini olib chiqish uchun eksport qilinadigan mahsulot qiymatining 5 foizi miqdorida Uyushmaning Charm-poyabzal sohasini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga yig‘im to‘lash va to‘lov hujjati nusxasini taqdim etish amaliyotini bekor qilish;

eksportchi tashkilotlar tomonidan taqdim qilingan eks�ort kontraktlarini Uyushma tomonidan bir ish kuni muddatida tekshirish va monitoring natijalarini Davlat bojxona qo‘mitasiga elektron shaklda ma’lum qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil aprel

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi

(F. Boboyev),

Davlat bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov)

31.

Tadbirkorlik subyektlarini fiskal modul bilan ta’minlash va operator tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun tadbirkorlik subyektlari tomonidan yilda bir marta bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida to‘lanadigan to‘lovni bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida etib belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil aprel

Davlat soliq qo‘mitasi

(Sh. Kudbiyev)

32.

Axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan hamda vakolatli organlar bilan kelishgan holda, nodavlat tashkilotlarning so‘rovi bo‘yicha ularning idoraviy axborot tizimlarini raqamli ma’lumotlar platformasiga integratsiya qilishni, alohida axborot tizimi mavjud bo‘lmagan hollarda raqamli ma’lumotlar platformasidan foydalanish uchun shaxsiy kabinet ochib berishni ta’minlash.

Bunda, nodavlat tashkilotlarning idoraviy axborot tizimlarini raqamli ma’lumotlar platformasiga integratsiya qilish yoki ularga shaxsiy kabinet ochib berish bilan bog‘liq xarajatlar tegishli nodavlat tashkilot tomonidan qoplanadi.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil iyul

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov)

33.

Harbiy ro‘yxatga kiritish va undan chiqarish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishni biznes jarayonlarini modernizatsiyalash usullarini (BPR) qo‘llash orqali maqbullashtirish, tartib, muddatlar va zarur hujjatlarni maksimal darajada qisqartirish, shuningdek, shaxsning ish joyi, lavozimi, oilaviy holati o‘zgarganda bu haqda vakolatli organni YIDXP orqali xabardor qilish tizimini yo‘lga qo‘yish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil may

Mudofaa vazirligi

(B. Qurbonov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov)

34.

Farzandlikka olish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishni biznes jarayonlarini modernizatsiyalash usullarini (BPR) qo‘llash orqali maqbullashtirish, tartib, muddatlar va zarur hujjatlarni maksimal darajada qisqartirish.

Ushbu davlat xizmatini ko‘rsatishni to‘liq raqamlashtirish, murojaatlarni elektron qabul qilish, ariza beruvchilarning navbatlarini ochiq onlayn shaklda kuzatib borish tizimini yo‘lga qo‘yish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil iyun

Xalq ta’limi vazirligi

(B. Saidov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),

Milliy gvardiya

(R.Jo‘rayev),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

35.

Sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumotlar berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning huquqiy asoslarini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil sentyabr

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Qo‘ldoshev),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

36.

Import qilinayotganda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan xomashyolar ro‘yxatida ko‘rsatilgan “in bulk” mahsulotlar turlari uchun xulosa berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning huquqiy asoslarini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil noyabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

III. Sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda idoralararo elektron hamkorlikni kengaytirish va mavjud ma’lumotlar bazasini raqamlashtirish, elektron davlat xizmatlarining ulushini oshirish

37.

Davlat, bank, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va boshqa ma’muriy tartib-taomillardan o‘tishda shaxsni identifikatsiya qilishning yagona standartlarini, muqobil usullarini joriy etish. Bunda, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda Mobil-ID tizimi orqali shaxslarni identifikatsiya qilish yo‘lga qo‘yiladi.

Kompleks chora-tadbirlar

2022-yil iyul

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

38.

YIDXPning mobil ilovasini takomillashtirish va ommabop xizmatlardan ushbu ilova orqali foydalanishni kengaytirish. Bunda:

eng ko‘p ko‘rsatilgan davlat xizmatlari tanlab olinadi;

shaxsni Mobil-ID tizimi orqali identifikatsiya qilishni yo‘lga qo‘ygan holda, YIDXPning mobil ilovasida xizmatlar ko‘rsatish hajmi keskin kengaytiriladi.

Kompleks chora-tadbirlar

2022-yil iyul

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

39.

Davlat xizmatlaridan foydalanishda shaxsni identifikatsiya qilishning qo‘shimcha imkoniyatlarini yaratish maqsadida “Tasdiqlangan foydalanuvchi” maqomini va uning amal qilish muddatini belgilashni, foydalanuvchining shaxsini tasdiqlashning turli usullari tavsifini, “Tasdiqlangan foydalanuvchi” maqomi uchun talab etiladigan ma’lumotlar va davlat xizmatlari ro‘yxatini tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil iyul

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Davlat personallashtirish markazi

(U. Tashxodjayev)

40.

“Elektron hukumat” tizimi orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi tizimiga tegishli axborot tizimlarini integratsiya qilgan holda, vazifasidan ozod qilingan xodimning davlat xizmatlari ko‘rsatiladigan axborot tizimlariga kirish imkoniyatini cheklash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish.

Kompleks chora-tadbirlar

2022-yil avgust

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(N. Xusanov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

41.

Aholi va tadbirkorlik subyektlariga elektron hukumat xizmatlari haqidagi ma’lumotlarni imtiyozli tariflar asosida mobil aloqa operatorlari tarmoqlari orqali SMS-xabar shaklida yetkazish, bunda:

Kompleks chora-tadbirlar

2022-yil avgust

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

“Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi hamda mobil aloqa operatorlari o‘rtasida SMS-xaba�larni imtiyozli tariflar asosida jo‘natishni nazarda tutuvchi shartnomalar rasmiylashtiriladi;

elektron hukumat xizmatlari haqida axborot berish va xabardor qilish tizimi davlat organlari va tashkilotlarining tegishli axborot tizimlari bilan bosqichma-bosqich integratsiya qilinadi.

Zaruratga ko‘ra

42.

“Elektron hukumat” tizimining axborot resurslari va foydalanuvchilarini avtorizatsiyadan o‘tkazish dasturiy ta’minotini ishlab chiqish, bunda:

Kompleks chora-tadbirlar

2022-yil sentyabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov)

axborot tizimining texnik topshirig‘i ishlab chiqiladi va vakolatli organlardan ekspertizadan o‘tkaziladi;

axborot tizimi ishlab chiqiladi va joriy qilinadi.

2022-yil oktyabr

43.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi idoraning rasmiy veb-saytida davlat xizmati bo‘yicha murojaatning qabul qilingan vaqti, mas’ul ijrochisi, holati va natijasi kabilarni qamrab olgan ochiq ma’lumotlar reyestrini yuritishni yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil sentyabr

Davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi barcha vazirlik va idoralar

44.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda foydalaniladigan barcha axborot tizimlarida majburiy tartibda bevosita vakolatli organlar tomonidan ishlab chiqilgan klassifikatorlar va identifikatorlardan foydalanish tartibini joriy etish.

Bunda, barcha vazirlik va idoralarda bugungi kunga qadar foydalanib kelinayotgan klassifikatorlar birxillashtiriladi.

Kompleks chora-tadbirlar

2022-yil sentyabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

45.

Davlat organlarida mavjud ma’lumotlar bazalarining dolzarbligini va statistik axborotlarning bir xilligini ta’minlash maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi va Adliya vazirligining davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar haqidagi ma’lumotlar bazalarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish.

Mazkur ma’lumot bazalarini davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va resurslarida qo‘llanilishi majburiy bo‘lgan elektron hukumatning yagona identifikatorlari, ma’lumotnomalar va tasniflagichlar ro‘yxatlariga kiritilgan ma’lumotlardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish orqali yuritish hamda ulardan biriga o‘zgartirish kiritilganda, ushbu o‘zgartirishlarni yuqorida qayd etilgan barcha bazalarda real vaqt rejimida aks ettirish mexanizmini yo‘lga qo‘yish.

Kompleks chora-tadbirlar

2022-yil may — dekabr

Davlat soliq qo‘mitasi

(Sh. Kudbiyev),

Davlat statistika qo‘mitasi

(B. Begalov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

46.

Fuqarolarning shaxsiy hujjatlari ma’lumotlari (haydovchilik guvohnomasi, avtotransport vositasini qayd etish guvohnomasi va shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i holati haqidagi va boshqa ma’lumotlar), jarimalar, xorijga chiqishga cheklov, ijro hujjati bo‘yicha qarzdorlik holatlari hamda tadbirkorlik subyektining mavjud barcha ruxsatnoma va litsenziyalarini ularning YIDXPdagi shaxsiy kabinetida aks ettirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil oktyabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

Majburiy ijro byurosi

(X. Kabirdjanov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

47.

Markazlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ma’lumotlarni tasdiqlashning Finger Print vositalarini joriy qilish.

Kompleks chora-tadbirlar

2022-yil oktyabr-dekabr

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

48.

Davlat bojlari, yig‘imlarini va davlat organlari tomonidan qo‘llaniladigan jarima va boshqa to‘lovlarni YIDXPda onlayn to‘lash bo‘yicha “Elektron to‘lovlar” sahifasini ochish, bunda:

“Davlat xizmatlari uchun to‘lovlar” bo‘limini yaratish va to‘lov servislari joriy etiladi;

davlat xizmatlari uchun to‘langan to‘lovlar to‘g‘risidagi yagona kvitansiya shakli joriy etiladi;

YIDXPda “Davlat xizmatlari narxi” servisi ishga tushiriladi;

YIDXPga joriy etilgan to‘lov tizimlari hujjatlari bo‘yicha xatlov o‘tkaziladi;

yangi to‘lov tizimlari bilan muzokaralar olib boriladi va shartnomalar tuziladi;

YIDXPda yangi to‘lov tizimlarini ishlatish xizmati joriy qilinadi.

Kompleks chora-tadbirlar

2023-yil fevral

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

49.

YIDXPda imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bo‘lim yaratish (kontrastni qo‘shish, shriftni kattalashtirish, ovoz chiqarib o‘qish va boshqa funksiyalar).

Kompleks chora-tadbirlar

2023-yil fevral

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov)

50.

Joriy etilgan xizmatlarni sinovdan o‘tkazish imkoniyatini yaratish, bunda:

YIDXPda “xizmatlarni test qilish” bo‘limi yaratiladi hamda yangi ishga tushirilayotgan elektron davlat xizmatlari foydalanuvchilar tomonidan test rejimida sinovdan o‘tkaziladi va takliflar kiritiladi;

Kompleks chora-tadbirlar

2023-yil fevral

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

arizachilar va xizmat ko‘rsatuvchilar bilan qayta aloqa yo‘lga qo‘yiladi, taklif va e’tirozlar ko‘rib chiqiladi.

doimiy

51.

Ayrim faoliyat turlari bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi malaka sertifikatlarini berish hamda attestatsiyadan o‘tkazishning yagona axborot tizimini joriy qilish, bunda:

Kompleks chora-tadbirlar

2022-yil noyabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

axborot tizimini yaratish bo‘yicha loyiha-texnik hujjatlar ishlab chiqiladi;

axborot tizimi ishlab chiqiladi va unga malaka sertifikatlarini berish hamda attestatsiyadan o‘tkazish vakolatiga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar (tegishli axborot tizimi bo‘lmagan) belgilangan tartibda ulanadi;

2022-yil dekabr

axborot tizimi YIDXP bilan integratsiya qilinadi.

2023-yil yanvar

52.

Sog‘liqni saqlash vazirligining “Psixonevrologik kasallar hisobini yuritish” va “Narkologik kasallar hisobini yuritish” axborot tizimlari arxiv ma’lumotlarini to‘liq elektron ko‘rinishga o‘tkazish (raqamlashtirish) choralar�ni ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil noyabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(B. Musayev)

53.

“FHDY yagona elektron arxivi” axborot tizimini foydalanuvchilarga qulaylik yaratish, ma’lumot kiritish va qidirishni osonlashtirish nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2022-yil dekabr

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

54.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ariza beruvchilarning “raqamli izi”ni joriy qilish orqali kelgusida talabgorlarga aynan bir xizmatni ko‘rsatishda takroriy so‘rovnoma to‘ldirish amaliyotidan voz kechish.

Kompleks chora-tadbirlar

2023-yil iyul

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

55.

“Hujjatlar-telefonda” tamoyili asosida mobil ilova orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishni rivojlantirish. Bunda, pensiya guvohnomasi, talabalik guvohnomasi, nogironligi bo‘lgan shaxsning guvohnomasi kabi hujjatlarni, shu jumladan mobil ilovaga o‘tkazish va ularni QR-kod orqali ham identifikatsiyalashni yo‘lga qo‘yish.

Kompleks chora-tadbirlar

2022-yil dekabr

Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi

(A. Xaydarov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshqulov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov)

56.

Ko‘rsatilgan davlat xizmatining natijasini ariza beruvchilarning ixtiyoriga asosan ularning ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalariga yoki messenjerlardagi maxsus botlar orqali yuborishni yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil yanvar

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov)

57.

Jismoniy va yuridik shaxslarga “PadES” xalqaro standarti talablariga mos keladigan “RSA” va “ECDSA” algoritmlarni tatbiq qilgan holda, elektron raqamli imzolarni taqdim etishni yo‘lga qo‘yish.

Bunda, quyidagilar amalga oshiriladi:

rivojlangan davlatlar tajribasi hamda xalqaro standartlarni o‘rganish;

elektron raqamli imzolarda qo‘llash uchun xalqaro standart talablariga mos keladigan algoritmlarni ishlab chiqish;

elektron raqamli imzoning xalqaro standartlarga mos shaklini ishlab chiqish;

xorijdagi vatandoshlarga elektron raqamli imzolar orqali chet eldan turib elektron davlat xizmatidan foydalanish imkoniyatini yaratish.

Kompleks chora-tadbirlar

2023-yil yanvar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Davlat xavfsizlik xizmati

(A. Azizov)

58.

YIDXPning mobil ilovasi orqali ko‘rsatiladigan kommunal soha, kadastr, soliq, bojxona, pensiya va bandlikka oid davlat xizmatlari sonini 100 taga yetkazish.

Kompleks chora-tadbirlar

2023-yil fevral

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

59.

Davlat organlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini bosqichma-bosqich faqat “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali amalga oshirish. Bunda, �oshqa axborot tizimlari orqali ma’lumot almashinayotgan holatlar aniqlanib, mazkur idoralar “Elektron hukumat” tizimiga integratsiya qilinadi.

Kompleks chora-tadbirlar

2023-yil mart

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

60.

Davlat organlarining ma’lumotlar bazalarini fuqarolarning imkoniyatlaridan foydalangan holda raqamlashtirish.

Bunda, YIDXPda yoki vakolatli organning axborot tizimlari orqali jismoniy shaxslarning o‘zi tomonidan ma’lumotlar kiritilganda tegishli idora uni ko‘rib chiqib, to‘g‘riligini tasdiqlaydi.

Quyidagi ma’lumotlarni axborot tizimlariga fuqarolarning o‘zlari tomonidan kiritish imkoniyati yaratiladi:

oliy ta’lim olganlik;

o‘rta maxsus va professional ta’lim olganlik;

uy-joyning kadastr ma’lumotlari;

umumiy o‘rta ta’lim muassasasida o‘qiganlik haqidagi ma’lumotlar.

Kompleks chora-tadbirlar

2023-yil aprel

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshqulov),

Xalq ta’limi vazirligi

(B. Saidov),

Kadastr agentligi

(F. Pulatov)

61.

Tuman, viloyat va respublika kesimida foydalanuvchilarning Markazlar xizmatlaridan qanoatlanganligi bo‘yicha umumiy indeksini aniqlash mexanizmini joriy etish. Bunda:

Markazlar orqali ko‘rsatilgan xizmatlarni baholash mezonlari ishlab chiqiladi;

har bir Markaz ko‘rsatgan xizmatlar samaradorligini baholash, axborot tizimlarida har bir hududning reyting natijalarini e’lon qilib bor�sh yo‘lga qo‘yiladi.

Kompleks chora-tadbirlar

2023-yil iyul

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

62.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida yuzaga kelayotgan masalalar yuzasidan aholiga maslahat va tushuntirishlar berishda axborot kommunikatsiyalarini (chat, bot, ishonch telefoni va b.) keng joriy qilgan holda 24 soat davomida axborot berishni yo‘lga qo‘yish.

Kompleks chora-tadbirlar

2023-yil avgust

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov)

63.

Markazlar joylashgan binolarda bosqichma-bosqich bepul Wi-Fi hududlar tashkil qilish.

Kompleks chora-tadbirlar

2023-yil sentyabr

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov)

64.

“E-qaror” elektron tizimini “FHDYning yagona elektron arxivi” elektron tizimiga integratsiya qilish hamda tuman (shahar) hokimlarining emansipatsiya bo‘yicha qabul qilgan qarorlarini avtomatik ravishda FHDY organlariga yuborish imkoniyatini yaratish.

Tash�iliy chora-tadbirlar

2023-yil noyabr

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

65.

Davlat xizmatlari yagona reyestridagi pullik asosda ko‘rsatiladigan barcha xizmatlar bo‘yicha to‘lovlarni elektron ko‘rinishda amalga oshirish imkoniyatini yo‘lga qo‘yish. Bunda, to‘lovlar elektron ko‘rinishda mavjud bo‘lmagan davlat xizmatlarini aniqlanadi, ushbu xizmatlarni davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘langan davlat boji, yig‘im va boshqa to‘lovlar hisobini yurituvchi Yagona billing tizimiga ulash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

Kompleks chora-tadbirlar reja-grafik asosida

2023-yil dekabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

66.

Ma’lumotlarni boshqarish jarayonlarini joriy qilish, ularni himoya qilish, ko‘rsatilgan davlat xizmatlari to‘g‘risidagi reyestrlarni raqamlashtirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2022-2023-yillar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

Bunda, davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organlarning davlat xizmatlari to‘g‘risidagi reyestrlari xatlovdan o‘tkaziladi. Xatlov natijalari bo‘yicha raqamlashtirilishi kerak bo‘lgan axborot bazalari hamda ularga mas’ul ijrochilar belgilanadi.

Reja-grafik asosida

67.

Quyidagi davlat xizmatlaridan foydalanish mumkinligi haqida foydalanuvchilarning YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga manzilli xabarnomalar yuborishni yo‘lga qo‘yish:

har qanday faoliyatga taalluqli litsenziyalarni ularning muddati tugaganligi sababli yangilash bilan bog‘liq xabarnoma;

yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni chegirma bilan to‘lash mumkinligini qoidabuzarga ma’lum qilish bilan bog‘liq xabarnoma;

oliy ta’lim muassasalariga qabul bo‘ladigan yilda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilariga o‘qishga kirish uchun arizalarni qabul qilish bilan bog‘liq xabarnoma.

Kompleks chora-tadbirlar reja-grafik asosida

2022-2023-yillar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

Adliya vazirligi

(�. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

68.

O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonunini qayta ko‘rib chiqish, bunda proaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish, Mobil-ID tizimini yuritish yuzasidan aniq tartibotlarni o‘rnatish hamda elektron hukumat loyihalarini barqaror moliyalashtirish manbalarini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil avgust

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

IV. Davlat xizmatlarining yangi turlari va shakllarini joriy qilish, xizmatlardan foydalanish qulayligini oshirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlarni ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilish

69.

Markazlarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va aholining davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish ko‘nikmasini oshirib borish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil avgust

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

70.

Toshkent va Nukus shaharlari, viloyat markazlaridagi Markazlarda quyidagilarni amalga oshirish:

eshitish va gapirish bo‘yicha nuqsoni mavjud bo‘lgan shaxslarga surdo-tarjimon xizmatlarini yo‘lga qo‘yish;

davlat xizmatini ko‘rsatish natijasidan norozi bo‘lgan shaxslar va og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvolga tushgan shaxslarga ruhiy ko‘mak va maslahat beruvchi Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladigan psixolog xizmatini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil oktyabr

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

71.

Davlat organlarining o‘z tashabbusi bilan fuqarolarga muayyan vaziyatda kerakli xizmatdan foydalanishni taklif qilishni nazarda tutuvchi proaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish, bunda:

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi

(A. Inakov),

Xalq banki

(Sh. Ot�boyev)

fuqarolar tibbiy-ijtimoiy ekspertiza natijalari bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxs (bola) deb topilgandan keyin tegishli xulosalar asosida fuqarolarga nogironlik pensiyasini ularning qo‘shimcha murojaatlarisiz tayinlash;

2022-yil noyabr

fuqaro vafot etgandan so‘ng uning Xalq bankida jamg‘arib boriladigan pensiya tizimidagi mavjud mablag‘larini olish bo‘yicha vafot etgan fuqaroning yaqin qarindoshlariga xabarnoma yuborish;

2022-yil dekabr

fuqarolarda yoshga doir pensiyalarni olish huquqi paydo bo‘lgan vaqtdan boshlab ularning alohida murojaatlarisiz Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan ularga yoshga doir pensiya tayinlash;

2023-yil sentyabr

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov)

fuqaroning ID-kartasi (pasporti), xorijga chiqish biometrik pasporti hamda haydovchilik guvohnomasining amal qilish muddati tugaganligi munosabati bilan ularni yangisiga almashtirish bilan bog‘liq xabarnomalar yuborishni yo‘lga qo‘yish.

2023-yil oktyabr

72.

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga yangi ulangan iste’molchilarga ta’minot shartnomasi bilan bir vaqtda abonentning shaxsiy raqamini taqdim etishni kompozit tarzda ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil noyabr

Energetika vazirligi

(A. Axmedxadjayev),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

73.

Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnomani arizachiga va bir vaqtda ushbu obyektning elektr, suv va gaz tarmoqlari bo‘yicha ma’lumotlarini hamda texnik shartlarini yangilash uchun tegishli muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarga yuborish tartibini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil dekabr

Qurilish vazirligi

(B. Zokirov)

74.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishda har bir shaxs uchun yagona dalolatnoma yuritilishini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil dekabr

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

75.

Jismoniy shaxslarga beriladigan identifikatsiya ID-kartasidan foydalanish infratuzilmasini rivojlantirish hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda uni identifikatsiya va verifikatsiya vositasi sifatida keng qo‘llash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Axborot-tahliliy ma’lumotnoma

2022-yil dekabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Davlat personallashtirish markazi

(U. Tashxodjayev),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

76.

Tug‘ilishi qayd etilmagan va tug‘ilganligi haqida tibbiy ma’lumotnomasi bo‘lmagan shaxslarning tug‘ilganligini soddalashtirilgan tartibda qayd qilish bo‘yicha bir martalik aksiya o‘tkazish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil dekabr

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Davlat personallashtirish markazi

(U. Tashxodjayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

77.

Markazlarda joriy qilingan xizmatlarni ko‘rsatish uchun talab etiladigan vaqtga qarab ularni alohida toifa (yo‘lak)larga ajratgan holda xizmat ko‘rsatishni �o‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil may

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

78.

Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda inklyuziv muhitni yaratish choralarini ko‘rish (panduslar o‘rnatish, nogironligi bo‘lgan shaxs (bola)larga navbatsiz xizmat ko‘rsatish).

Amaliy chora-tadbirlar

2022-2023-yillar

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

79.

Markazlarda xizmat natijasini avtotransport vositasidan tushmagan holda tezkor olish imkonini beruvchi “DXM drive” xizmatini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-2023-yillar

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

80.

“Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi tomonidan aholiga masofadan turib telefon aloqasi, videoqo‘ng‘iroq orqali konsalting va ayrim turdagi davlat xizmatlarini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish.

Kompleks chora-tadbirlar

2023-yil iyun

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov)

81.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi “vakolat.uz” platformasini ishga tushirish:

davlat xizmati natijalarini olishga vakolat berish;

ayrim davlat xizmatlarini olishga murojaat qilish uchun vakolat berish;

yuridik shaxslar tomonidan uning vakolatli vakillariga vakolat berilishi;

advokatlar bilan yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar tuzish hamda huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha vakolat berish;

notariuslar tomonidan berilgan ishonchnomalarning amalda ekanligini tekshirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil avgust

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

82.

Qo‘shimcha to‘lov evaziga tezlashtirilgan tartibda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari turlarini ko‘paytirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2023-yil dekabr

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

V. Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda vakolatli idoralarning mas’uliyatini yanada oshirish, aholiga o‘z vaqtida xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlashning ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish

83.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishga vakolatli davlat organlari va b�shqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartiblari (muddatlari, tartibotlari) buzilishi sabablarini tahlil qilish. Bunda, davlat xizmatlarini ko‘rsatishdagi tartib-taomillarni qayta ko‘rib chiqqan holda, davlat xizmatining qulay shakllarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

84.

FHDY organi mudirligiga qo‘yiladigan talablarni qayta ko‘rib chiqish. Bunda, adliya organlari va muassasalarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning FHDY sohasida tegishli ish stajini bir yilga qisqartirish hamda lavozim vazifalarini jiddiy buzganligi uchun ilgari adliya organlari va muassasalaridan bo‘shatilgan, shuningdek, avvalgi ish faoliyatida jiddiy qonunbuzilishlariga yo‘l qo‘yganligi o‘z tasdig‘ini topgan shaxslarning FHDY organi mudiri lavozimiga tayinlanishini cheklash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2022-yil avgust

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

85.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomillarini maqbullashtirishda biznes jarayonlarini modernizatsiyalash usullarini (BPR) amaliyotda samarali qo‘llash bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari mas’ul xodimlariga seminar-treninglar tashkil qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil iyun — sentyabr

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

86.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquq va manfaatlari sudlar orqali himoya �ilinishini kengaytirish. Bunda, fuqarolar tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishga vakolatli idoralarning xatti-harakatlari ustidan ma’muriy sudlarga beriladigan arizalardan undiriladigan davlat boji miqdorlari kamaytiriladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil avgust

Oliy sud

(K. Kamilov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

87.

Davlat organlari hamda idoralarining o‘zini o‘zi boshqarish organlariga o‘tkazilgan, jamiyat hayotining turli yo‘nalishlaridagi ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirish borasidagi vazifa va funksiyalarini amalga oshirish tartiblarini takomillashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil dekabr

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

88.

Davlat xizmatlari bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish muddatlarini qisqartirish uchun ba’zi funksiyalarni davlat organlari va davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi boshqa tashkilotlarning quyi va (yoki) yuqori turuvchi bo‘linmalariga o‘tkazish imkoniyatini o‘rganish.

Axborot-tahliliy ma’lumotnoma

2023-yil mart — oktyabr

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

89.

Davlat xizmatlarini tahlil qilgan holda davlat idoralari hamda tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan ayrim xizmatlarni xususiy sektorga o‘tkazish chora-tadbirlarini amalga oshirish, bunda quyidagi xizmatlarni bosqichma-bosqich xususiy sektorga o‘tkazish choralari ko‘riladi:

elektr, tabiiy gaz, suvni hisobga olish asboblarini plombalash;

iste’molchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini ishga tushirish uchun ruxsat berish;

iste’molchi balansida bo‘lgan suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatish;

suyultirilgan gaz ballonlarga reduktor o‘rnatish;

jismoniy va yuridik shaxslarni sanitariya bo‘yicha kurslarda o‘qitish, sanitariya madaniyatini oshirish va shaxsiy gigiyena qoidalariga o‘qitish;

arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish;

avtotransport vositalariga va qurilish mashinalariga yonilg‘i sarflash me’yorlarini belgilash va tasdiqlash;

avtotransport vositalari shinalarining yo‘l bosish me’yorlarini belgilash va tasdiqlash;

konteynerlarning texnik brutto massasini tasdiqlash;

konteynerlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish;

arab alifbosida yaratilgan turkiy, forsiy va arabcha hujjatlardagi matnlarni tarjima qilish va hujjatlardagi axborotlar bo‘yicha annotatsiya ma’lumotlarni tayyorlab berish;

eksport va import qilinayotgan karantin ostidagi mahsulotlarni zararsizlantirish (fumigatsiya);

kemalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil yanvar

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

(S. Xolxo‘jayev),

Savdo-sanoat palatasi

(I. Djasimov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

VI. O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

90.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (SDGs) reytingida O‘zbekiston o‘rnini yaxshilash.

Kompleks chora-tadbirlar

2022-yil oktyabr

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

91.

Jahon bankining Boshqaruv sifati indikatorida (Worldwide Governance Indicators) doimiy ishtirok etish va unda O‘zbekiston o‘rnini yaxshilash.

Kompleks chora-tadbirlar

2022-yil noyabr

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

92.

Elektron hukumatni rivojlantirish indeksida O‘zbekiston o‘rnini yaxshilash.

Kompleks chora-tadbirlar

2022-yil dekabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

93.

Qo‘shni davlatlar bilan ma’lumotnomalar o‘zaro tan olinishi va xizmat ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil mart

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov)

94.

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish bo‘yicha Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va �vropa iqtisodiy hududi mamlakatlarida, shuningdek, Markaziy va Sharqiy Yevropaning barcha aloqador mamlakatlaridagi yagona tarmoqni tashkil etuvchi ENIC-NARIC axborot markazlarini ta’sis qilish uchun Yevropa mintaqasida oliy ta’limga oid malakalarni tan olish to‘g‘risidagi konvensiyaga (Lissabon, 1997-yil 11-aprel) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi maqsadga muvofiqligi masalasini ishlab chiqish.

1. Manfaatdor vazirlik va idoralar bilan Konvensiyaga qo‘shilishning maqsadga muvofiqligini “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan tartibda o‘rganish.

2023-yil may

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

(U. Tashkenbayev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshqulov),

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Umumlashgan xulosani Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritish.

2023-yil iyul

95.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” loyihasi bo‘yicha hamkorlikning II fazasini amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil dekabr

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

96.

Davlat xizmatlari sohasida ilg‘or davlatlar bilan tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan xalqaro forum o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov)

97.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha xodimlar uchun xalqaro ekspertlar ishtirokida xorijiy amaliyot, seminar va o‘quv kurslarini tashkil etish ishlarini kengaytirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-2023-yillar

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

98.

Davlat xizmatlari sohasida ilg‘or davlatlarning vakolatli organlari �ilan ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-2023-yillar

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov)

T/r

Litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat nomi

Bekor qilinayotgan talab va shartlar

1.

Tibbiy faoliyat uchun litsenziya

Tibbiy faoliyat yo‘nalishida mobil ilovalardan foydalangan holda masofadan turib tibbiy konsultatsiya va ko‘rikni tashkil etishda mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda tegishli bo‘lgan binolar, xonalar, asbob-uskunalar va jihozlarning mavjud bo‘lishi.

2.

Farmatsevtika faoliyati uchun litsenziya (dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish yo‘nalishida)

Narxi xaridor tomonidan to‘langan dori vositalari va tibbiy buyumlar dorixonal�rdan olib xaridorlarga yetkazib berilganda yuridik shaxslarning shtatida farmatsevt bo‘lishi lozimligi;

aloqa vositalari orqali maslahat berilganda dori vositalari va tibbiy buyumlarni yetkazib berish uchun dorixona xodimi — farmatsevtik ma’lumotga ega mutaxassis bo‘lishi.

3.

Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyati uchun litsenziya

Mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda tegishli bo‘lgan binolar, xonalar, asbob-uskunalar va jihozlarning mavjud bo‘lishi;

xorijdan kelgan buyurtmalar bo‘yicha milliy standart va talablarga rioya etilishi.

4.

Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasini ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasi

Tovar, ishlar va xizmatlarni realizatsiya qilishda naqd pul mablag‘lari hisobini yuritishda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish yo‘nalishida turg‘un shoxobcha mavjudligi hamda naqd pul tushumi xizmat ko‘rsatuvchi bank bilan inkassatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi shartnomaning mavjudligi.

5.

O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma

Xorijda turib masofaviy (onlayn) shaklda faoliyat ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma olinishi.

6.

Zargarlik buyumlarini hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlarni sotish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma

Zargarlik buyumlari va qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlarni sotish faoliyati yo‘nalishida onlayn-do‘kon shaklidagi tadbirkorlik subyektlari uchun mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli bo‘lgan binolar va inshootlarning mavjudligi.

T/r

Ma’muriy jarimalar nomi

Muddat

Mas’ul organlar

1.

Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun ma’muriy jarimalar.

2022-yil iyun

Adliya vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Axborot texnologiyalari vazirligi

2.

Favqulodda vaziyatlar sohasida:

yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik;

aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha qonunchilik talablarini buzganlik uchun jarimalar.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Axborot texnologiyalari vazirligi

3.

Mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarima.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Axborot texnologiyalari vazirligi

4.

Chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xabar qilmaganlik, harbiy hisobdan o‘tish qoidalarini buzganlik uchun jarima.

Mudofaa vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Axborot texnologiyalari vazirligi

5.

Kon-geologiya sohasida:

yer osti boyliklarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish talablarini buzganlik;

yer osti boyliklarini geologik jihatdan o‘rganish ishlarini olib borish qoidalari va talablarini buzganlik;

suv zaxiralarini muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun jarima.

Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Axborot texnologiyalari vazirligi

6.

Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzganlik uchun jarima.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Axborot texnologiyalari vazirligi

7.

Yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi jarimalar.

Ichki ishlar vazirligi,

Axborot texnologiyalari vazirligi

8.

Jamoat tartibini saqlash sohasida:

favqulodda holat tartibining talablarini buzganlik;

favqulodda holat tartibi sharoitida jamoat tartibiga tajovuz qilganlik uchun jarima.

Ichki ishlar vazirligi,

Axborot texnologiyalari vazirligi

9.

O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzganlik uchun jarima.

Ichki ishlar vazirligi,

Axborot texnologiyalari vazirligi

10.

Harbiy sohada:

Harbiy yoki muqobil xizmatdan bo‘yin tovlaganlik;

Harbiy hisob hujjatlarini qasddan yaroqsizlantirish yoki ularni beparvolik tufayli yo‘qotganlik uchun jarima.

Mudofaa vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Axborot texnologiyalari vazirligi

11.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik sohasida:

sanitariya-epidemiologik osoyishtalik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik;

sanitariya normalarini, qoidalarini va gigiyena normativlarini buzganlik;

epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun jarima.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati,

Ichki ishlar vazirligi,

Axborot texnologiyalari vazirligi

12.

O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi organlari nazorati ostidagi obyektlarda sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi hamda istirohat bog‘lari attraksionlaridan foydalanish borasidagi qonun hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzganlik uchun jarima.

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Axborot texnologiyalari vazirligi

13.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida:

er berish tartibini buzganlik;

vaqtincha egallab turilgan yerlarni o‘z vaqtida qaytarib bermaslik yoki ularni o‘z o‘rnida foydalanish uchun yaroqli holga keltirmaslik.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Axborot texnologiyalari vazirligi

14.

Bojxona sohasida:

bojxona nazorati zonasi rejimini buzish;

bojxona chegarasini kesib o‘tganlik to‘g‘risida yoki tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish maqsadi to‘g‘risida bojxona organiga xabar berish tartibini buzish;

falokat yuz bergan yoki yengib bo‘lmas kuch ta’sir etgan holda chora ko‘rmaslik uchun jarima.

2022-yil iyul

Davlat bojxona qo‘mitasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Axborot texnologiyalari vazirligi

15.

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida qoidalarni buzganlik uchun jarima.

“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Axborot texnologiyalari vazirligi

16.

Soliq to‘lovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi to‘g‘risida axborot taqdim etish tartibini buzganlik uchun jarima.

Davlat soliq qo‘mitasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Axborot texnologiyalari vazirligi

17.

Texnik reglamentlarga yoki standartlarning majburiy talablariga rioya etmaslik va majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini buzganlik uchun jarima.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Axborot texnologiyalari vazirligi

18.

Kadastr sohasida:

yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanish yoki ularni yaroqsiz holga tushirish;

xo‘jalik ichidagi yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish;

chegara va cheklov belgilarini yo‘q qilish yoki shikastlantirganlik uchun jarima.

Kadastr agentligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Axborot texnologiyalari vazirligi

19.

Ichimlik suv sohasida:

ichimlik ehtiyojlari uchun suv quduqlari qazishning belgilangan qoidalarini va texnologiyasini buzish;

ichimlik suv olishning belgilangan limitlarini buzish;

ichimlik suv ta’mino�i va kanalizatsiya tizimi obyektlaridan foydalanish qoidalarini buzish;

vodoprovod tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish va ichimlik suv ta’minoti vodoprovodidan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish;

uy-joylarni, jamoat, ishlab chiqarish obyektlarini va boshqa obyektlarni kanalizatsiya tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulab olganlik uchun jarima.

Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Axborot texnologiyalari vazirligi

20.

Monopoliyaga qarshi kurashish sohasida:

raqobat, tabiiy monopoliyalar va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish;

iste’molchilarning huquqlari buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarni bajarishdan bo‘yin tovlash, o‘z vaqtida yoki lozim darajada bajarmaslik;

tayyorlovchining tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsizligi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlarining ko‘rsatmalarini bajarishdan bo‘yin tovlashi, ularni o‘z vaqtida yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun jarima.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Axborot texnologiyalari vazirligi

21.

Davlat statistik hisobotlarini taqdim etish tartibini buzganlik uchun jarima.

Davlat statistika qo‘mitasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Axborot texnologiyalari vazirligi

sakkizinchi xatboshidagi “davlat xizmatlari agentligi,” so‘zlari chiqarib tashlansin;
o‘n uchinchi xatboshidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” so‘zlari “Adliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 1, 11 va 12-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 3-banddagi “Agentlikka” so‘zi “Adliya vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 9-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Agentlik,” so‘zi chiqarib tashlansin;
g) 10-banddagi “Agentlikning” so‘zi “Adliya vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasi” so‘zlari “Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “Agentlikda” so‘zi “davlat xizmatlari markazlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 18-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
9-bandning “a” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
3-ilovaning 43-pozitsiyasi “Maqsadli ko‘rsatkichlar” ustunidagi “Davlat xizmatlari agentligi” so‘zlari “Davlat xizmatlari markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-ilovaning 9 va 11-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son Farmoniga 15-ilovaning 43-pozitsiyasi “Ijrochilar” ustunidagi “Davlat xizmatlari agentligi (U. Muhammadiyev)” so‘zlari “Adliya vazirligi “R. Davletov” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 1-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 7-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Agentlik” so‘zi “Davlat xizmatlari markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 8-bandning to‘qqizinchi xatboshisidagi “Davlat xizmatlari agentligi” so‘zlari “Adliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 9-bandning uchinchi xatboshisidagi “Agentlik” so‘zi “Adliya vazirligi” so‘zi bilan almashtirilsin;
d) 13-bandning birinchi xatboshisidagi “, adliya vaziri R.K. Davletov hamda Davlat xizmatlari agentligi direktori U.I. Muxammadiyev” so‘zlari “hamda adliya vaziri R.K. Davletov” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 1-ilovaning 18-pozitsiyasi “Ma’lumot va hujjatlarni berish uchun mas’ul vakolatli organlar” ustunidagi “Davlat xizmatlari agentligi” so‘zlari “Adliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6207-son Farmoniga 3-ilovaning 8-pozitsiyasi “Amalga oshirish mexanizmi” ustunidagi “Davlat xizmatlari agentligi” so‘zlari “Adliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “Agentlik” so‘zi “Adliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “Agentlik budjetdan tashqari jamg‘armasi” so‘zlari “Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi va 13-bandning birinchi xatboshisidagi “Agentlik” so‘zi “Adliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
23-banddagi “Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasi” so‘zlari “Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
ikkinchi xatboshidagi “Agentlikning” so‘zi “Adliya vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Agentlik” so‘zi “Adliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘ninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Agentlik” so‘zi “Adliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 5-bandning oltinchi xatboshisidan “Agentlikning,” so‘zi chiqarib tashlansin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-maydagi “Nizolarning oldini olishga qaratilgan institut sifatida notariat tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3741-son qaroriga 1-ilovaning 5-pozitsiyasi “Ma’lumotlar beruvchi vakolatli idora” ustunidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” so‘zlari “Adliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 1-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 2-banddagi “Agentlikka” so‘zi “Vazirlikka” so‘zi bilan almashtirilsin;
v) 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Agentlik” so‘zi “Vazirlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
g) 7-banddagi “Agentlikka” va “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi” so‘zlari tegishincha “Vazirlikka” va “o‘zi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 8-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Agentlikni” so‘zi “Vazirlikni” so‘zi bilan almashtirilsin;
e) 9-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4235-son qaroriga 2-ilovaning 7-pozitsiyasi “Ma’lumotlarni shakllantirish uchun mas’ul organ” ustunidagi “Davlat xizmatlari agentligi” so‘zlari “Adliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2-ilovaning 29, 30 va 32-pozitsiyalari “Mas’ul organ*” ustunidagi “Davlat xizmatlari agentligi” so‘zlari “Adliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2a-ilovaning 14-pozitsiyasi “Mas’ul organ*” ustunidagi “Davlat xizmatlari agentligi” so‘zlari “Adliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-ilovaning 38 — 40 va 42-pozitsiyalari “Mas’ul organ*” ustunidagi “Davlat xizmatlari agentligi” so‘zlari “Adliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3a-ilovaning 14-pozitsiyasi “Mas’ul organ*” ustunidagi “Davlat xizmatlari agentligi” so‘zlari “Adliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
to‘rtinchi xatboshidagi “Davlat xizmatlari agentligining” so‘zlari “Adliya vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “Davlat xizmatlari agentligi” so‘zlari “Adliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 5-pozitsiyasi “Amalga oshirish mexanizmlari” ustunidagi “Davlat xizmatlari agentligining” va “Davlat xizmatlari agentligi” so‘zlari tegishincha “Adliya vazirligining” va “Adliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2-ilovaning 1.2. va 7.2. pozitsiyalari “Ma’lumotlarni shakllantirish va kiritishga mas’ul idora va tashkilotlar” ustunidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” so‘zlari “Adliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-ilovaning 1.2. pozitsiyasi “Mas’ullar” ustunidagi “Davlat xizmatlari agentligi hududiy boshqarmasi boshlig‘i” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
30. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-avgustdagi “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘rtasida ta’lim jarayoni hamda tarmoq tashkilotlari bilan ishlab chiqarish amaliyoti uzviyligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5241-son qaroriga 2-ilovaning 104-pozitsiyasi “Amaliyot o‘tash va kelgusida ishga joylashtirish uchun kelishuv asosida biriktirilgan korxona va tashkilotlar” ustunidagi “Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi” so‘zlari “Samarqand viloyat adliya boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.