12.12.2017 yildagi PF-5278-son
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini amalga oshirish, shuningdek, aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimining sifat jihatidan yangi darajaga o‘tishini ta’minlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)

T/r

Chora-tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish

muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimining huquqiy tartibga solinishini takomillashtirish

1.

Quyidagilar uchun ma’muriy javobgarlik belgilash orqali davla� xizmatlari ko‘rsatish sohasida qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlash bo‘yicha takliflar tayyorlash:

arz qiluvchidan elektron hujjat, so‘rov, murojaat qabul qilishni rad etganlik;

davlat xizmatlari ko‘rsatishda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi hamda muddatlarini buzganlik;

arz qiluvchidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentida nazarda tutilmagan hujjatlarni so‘rab olganlik;

davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida vakolatli davlat organi va boshqa tashkilotning qonuniy talablarini (topshiriqlarini) bajarmaganlik.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil
1-aprelga qadar

Adliya vazirligi,
Bosh prokuratura, Oliy sud,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirliklar va idoralar

2.

Davlat xizmatlari �o‘rsatish masalalarini tartibga soluvchi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarini inventarizatsiya qilish.

Inventarizatsiya yakunlari bo‘yicha, shu jumladan ilg‘or xorijiy mamlakatlarning tajribasini hisobga olgan holda, davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2018-yil
1-martga qadar

Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirliklar va idoralar

3.

Davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha, shu jumladan boshqa davlat organlari va o‘zga tashkilotlardan idoralararo elektron hamkorlik orqali olinadigan hujjatlar va ma’lumotlarni fuqarolardan so‘rab olinishi bekor qilinishini nazarda tutgan holda ma’muriy reglamentlar loyihalarini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

Belgilangan

muddatlarda

Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirliklar va idoralar

4.

Davlat xizmatlari markazlari (keyingi o‘rinlarda Markazlar deb yuritiladi) orqali davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun namunaviy shakllar va blankalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy

normativ-huquqiy

hujjatlar

Belgilangan

muddatlarda

Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirliklar va idoralar

II. Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish

5.

Barcha davlat xizmatlarini inventarizatsiyadan o‘tkazish va ularni Davlat xizmatlari yagona reyestriga kiritish.

Adliya vaziri buyrug‘i

2018-yil
1-fevralga qadar

Adliya vazirligi, vazirliklar va idoralar

6.

Elektron shaklda davlat xizmatlari ko‘rsatishda yagona shakllar, blankalar, hujjatlar ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy

normativ-huquqiy

hujjatlar

2018-yil
1-iyunga qadar

Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirliklar va idoralar

7.

Sog‘liqni saqlash sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish maqsadida “Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2018-yil
1-mayga qadar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi

8.

Statistik ma’lumotlarga ishlov berish jarayonlari avtomatlashtirish darajasini oshirish maqsadida statistik ma’lumotlarning ishlov berish va saqlashning kompleks axborot tizimini yaratish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2018-yil
1-iyunga qadar

Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

9.

Davlat soliq xizmati organlari vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish maqsadida ular faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal joriy etish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2018-yil
1-iyunga qadar

Davlat soliq qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi

10.

Davlat bojxona xizmati organlari vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish maqsadida ular faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal joriy etish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2018-yil
1-iyunga qadar

Davlat bojxona qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi

11.

Ma’lumotlar almashinuvi jarayonini takomillashtirish va tezlashtirish maqsadida vakolatli davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar ma’lumotlar bazalarini idoralararo elektron hamkorlik yagona tizimiga integratsiya qilish.

Chora-tadbirlar

rejasi

2018-yil
1-aprelga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirliklar va idoralar

12.

O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida personallashtirilgan elektron davlat xizmatlarini hisobga olgan xolda ustuvor davlat xizmatlari ro‘yxatini belgilash va joriy etish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2018-yil
1-sentabrga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirliklar va idoralar

13.

“Litsenziya” kompleks axborot tizimini, shu jumladan qog‘oz litsenziyalar va ruxsatnomalar berilishini bekor qilgan xolda yanada takomillashtirish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2018-yil
1-noyabrga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirliklar va idoralar

III. Markazlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, moddiy-texnika bazasini yaxshilash, ular faoliyatining samaradorligini yanada oshirish

14.

Kompyuter uskunalari yoki Internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolarga davlat xizmatlari taqdim etish uchun Markazlarni zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda infokiosklar bilan ta’minlash.

Kompleks

chora-tadbirlar

2018-yil
1-martga qadar

Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

15.

Davlat xizmatlarini olishda aholi vaqtini tejash maqsadida Markazlarda elektron navbat tizimini joriy etish, shuningdek, qo‘shimcha qulayliklar yaratish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2018-yil 1-fevralga qadar

Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

16.

O‘zb�kiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan aholining hamma joyda foydalanish imkoniyatini ta’minlash maqsadida Android va IOS platformalari uchun mobil ilovalar ishlab chiqish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2018-yil
1-mayga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Vazirliklar va idoralar

17.

Davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini, shu jumladan real vaqt rejimida Markaz tomonidan hujjatlar to‘xtovsiz qabul qilinishini ta’minlash uchun Markazlar ishining uzaytirilgan grafikini joriy etish.

Adliya vaziri buyrug‘i

2018-yil
1-fevralga qadar

Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

18.

Tezkor aloqalar, rasmiy veb-sahifalardagi Internet-botlar, ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalar yordamida aholi bilan qayta aloqaning samarali tizimini tashkil etish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2018-yil
1-mayga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi

19.

Real vaqt rejimida davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan masofadan videokuzatuv, monitoring, ushbu sohada sifat va tezkorlikni baholash mexanizmlarini joriy etish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2018-yil
1-mayga qadar

Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

20.

Davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida barcha Markazlar, shuningdek, Markazlar orqali davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi vakolatli davlat organlari va boshqa tashkilotlarning optik liniyali aloqa kanallariga ulanishini ta’minlash.

Tadbirlar

rejasi

Markazlar — 2018-yil
1-martg� qadar, Ro‘yxatda ko‘rsatilgan davlat organlari va tashkilotlar — belgilangan muddatlarda

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirliklar va idoralar

21.

Davlat xizmatlari tashkil etish va takomillashtirish bo‘yicha yagona yondashuvni qo‘llagan holda Markazlarning mavjud axborot tizimlarini modernizatsiya qilish.

Tadbirlar

rejasi

2018-yil
1-martga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi

22.

Davlat xizmatlari turlari bo‘yicha yetarli “oyna”lar, kutish joylari, Internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyati bo‘lgan o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish burchaklari, ona va bola xonalari, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay muhit, to‘xtash joyi hamda boshqa zarur infratuzilmalarni o‘z ichiga olgan Markazlarning zamonaviy binolari namunaviy loyihalarini ishlab chiqish.

Loyihalarni

tasdiqlash

2018-yil
1-aprelga qadar

Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Adliya vazirligi

23.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari binolarida Markazlar faoliyati to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar kiritilgan stendlarni joylashtirish.

Tashkiliy

tadbirlar

2018-yil
1-fevralga qadar

Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

24.

Davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun olis joylarga chiqish orqali mobil Markazlar tashkil etish.

Avtobuslar xarid qilish va jihozlash, yo‘nalishlar jadvalini tasdiqlash

2018-yil
1-iyunga qadar

Adliya vazirligi, “O‘zavtosanoat” AJ

25.

Markazlar binolarida vakolatli organlar xodimlarini, shu jumladan bittadan kam bo‘lmagan tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri, ichki ishlar organlarining Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati vakilini davlat xizmatlari ko‘rsatish maqsadida ularni zarur moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlagan holda ijara to‘lovisiz joylashtirish, shuningdek, Markazlar binolarida ular tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq kommunal va ekspluatatsiya xarajatlarini qoplash.

Tadbirlar

rejasi

2018-yil
1-aprelga qadar

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, IIV, Adliya vazirligi

26.

Markazlarning mavjud binolarini inventarizatsiyadan o‘tkazish, ularning holatini baholash hamda ularni rekonstruksiya qilish va Markazlarning yangi binolari qurish zaruratini aniqlash.

Kompleks

chora-tadbirlar

Grafikka muvofiq

Adliya vazirligi

27.

Xizmat talabgorlarining ishonchi va huquqiy ongi darajasini oshirish maqsadida Markazlar faoliyatini targ‘ib qilish uchun ijtimoiy roliklar tayyorlash.

Ijtimoiy roliklar tayyorlash

2018-yil
1-martga qadar

Adliya vazirligi, MTRK, O‘zA, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi

28.

Markazlarga bo‘layotgan telefon qo‘ng‘iroqlarini yozib olish imkoniyati bilan ularning avtomatlashtirilgan ro‘yxatga olinishini joriy etish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2018-yil
1-iyunga qadar

Adliya vazirligi

IV. Markazlarning kadrlar va kasbiy salohiyatini mustahkamlash

29.

Xodimlar, shuningdek, Markazlar faoliyatining samaradorligini baholash mexanizmini joriy etish.

Adliya vaziri buyrug‘i

2018-yil
1-martga qadar

Adliya vazirligi

30.

Markazlar logotipini, shuningdek, ular xodimlarining maxsus xizmat kiyimlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Adliya vaziri buyrug‘i

2018-yil
1-iyunga qadar

Adliya vazirligi

31.

Markazlar xodimlarining malakasini muntazam oshirib borish, shuningdek, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash.

Reja-grafik

Doimiy

ravishda

Adliya vazirligi, TIV, IIV, vazirliklar va idoralar

32.

Vakolatli davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, Markazlar xodimlari uchun davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilash masalalari bo‘yicha treninglar va seminarlar tashkil etish.

Tadbirlar

rejasi

2018-yil
1-martga qadar — tasdiqlash

Adliya vazirligi, vazirliklar va idoralar

Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Davlat xizmatlarining nomlanishi

Joriy etish muddati

Xizmatlar

iste’molchilari

Mas’ul ijrochilar

1.

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga “tayyor holda” ulanish.

2018-yil
1-aprelga qadar

Jismoniy va yuridik shaxslar

Gaz ta’minoti, energiya ta’minoti, issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti, kanalizatsiya tashkilotlari

2.

Bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni (fasadini ta’mirlashni) kelishish.

Jismoniy va yuridik shaxslar

Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi

3.

Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ruxsat berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

4.

Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish

Jismoniy va yuridik shaxslar

5.

Loyiha hujjatlarini kelishish

Jismoniy va yuridik shaxslar

6.

Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsat berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

7.

Yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) ruxsat berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

8.

Qurilishi tugallangan (rekonstruksiya qilingan) obyektni foydalanishga qabul qilish

Jismoniy va yuridik shaxslar

Tuman (shahar) hokimliklari

9.

O‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesishga ruxsat berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

10.

Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsat berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi

11.

O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga ruxsat berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, tuman (shahar) hokimliklari

12.

Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha ariza berish

Jismoniy shaxslar

Maktabgacha ta’lim vazirligi

13.

Fuqaroni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish

Jismoniy va yuridik shaxslar

“Xalq banki” ATB

14.

Tug‘ilganlikni qayd etish

2018-yil
1-sentabrga qadar

Jismoniy va yuridik shaxslar

Adliya vazirligi

15.

Adliya organlari va muassasalaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish

Jismoniy va yuridik shaxslar

16.

FXDE va notariat organlari tomonidan arxiv hujjatlarini berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

17.

Sudlanganlik haqida ma’lumotnoma berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

Ichki ishlar vazirligi

18.

Jismoniy shaxs — soliq to‘lovchining soliq va boshqa qarzi yo‘qligi (borligi) haqida ma’lumotnoma berish

Jismoniy shaxslar

Davlat soliq qo‘mitasi

19.

Jismoniy shaxslarga STIR berish

Jismoniy shaxslar

20.

Turgan joyi bo‘yicha propiska qilish, propiskadan chiqarish, hisobga olish

2019-yil
1-yanvarga qadar

Jismoniy shaxslar

Ichki ishlar vazirligi

21.

Vaqtincha yashash (propiska) uchun ruxsatnomalarni berish va muddatini uzaytirish

Jismoniy shaxslar

22.

Harbiy hisobga qo‘yish

Jismoniy shaxslar

Mudofaa vazirligi

23.

Elektr energiyasi, tabiiy gaz, suvni hisobga olish (hisoblagich) uskunasini o‘rnatishga ariza berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

“O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

24.

Elektr energiyasi, tabiiy gaz, suvni hisobga olish uskunasi (hisoblagich)ni yechishga ariza berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

25.

Elektr energiyasi, tabiiy gaz, suvni hisobga olish uskunasi (hisoblagich)ni tekshirishga ariza berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

28.

Xorijiy mamlakatlarda berilgan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiya qilish (ekvivalentlikni belgilash)

Jismoniy shaxslar

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

29.

O‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda imtiyozli davolanish va yo‘llanmalarni rasmiylashtirish

Jismoniy shaxslar

Sog‘liqni saqlash vazirligi

33.

O‘qiganlikni tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnomasi berish

2021-yil
1-sentabrga qadar

Jismoniy va yuridik shaxslar

“O‘zarxiv” agentligi

34.

Ish stajini tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnomasi berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

35.

Ish haqini tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnomasi berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

36.

Ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarning dublikatini berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, tasarrufida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar

55.

Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va tegishli guvohnoma berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi

56.

Binolar, inshootlar va ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va tegishli guvohnoma berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

57.

Ko‘chmas mulkka va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi kadastr ishini tayyorlash

Jismoniy va yuridik shaxslar

58.

Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

Jismoniy va yuridik shaxslar

Adliya vazirligi

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son)