ILOVA
ILOVA
|
T/r |
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlari |
Xarajatlarni toʻlash uchun talab etiladigan hujjatlar |
Nazarda tutiladigan choralar |
Moliyalashtirish limiti** |
|
1. |
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida zoʻravonlikka, majburiy mehnatga duchor boʻlgan va kamsitilgan, mehnat va boshqa huquqlari buzilgan, murakkab moliyaviy ahvolda qolgan va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, yashash uchun mablagʻsiz qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini huquqiy va ijtimoiy himoya qilish, ularga moddiy yordam berish. |
1. Huquqiy va ijtimoiy himoya, moddiy yordam soʻrab Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (Agentlik) boshligʻi nomiga ariza. 2. Ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (hujjatlar yoʻqolgan hollar bundan mustasno). 3. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish toʻgʻrisidagi tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma yoki xorijiy davlatga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kirib kelganligini tasdiqlovchi hujjat yoki mehnat shartnomasi yoxud mehnat sohasidagi nazorat boʻyicha vakolatli organ maʼlumotnomasi). 4. Murojaat qilgan shaxs xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida zoʻravonlikka, majburiy mehnatga duchor boʻlgani va kamsitilgani, mehnat va boshqa huquqlari buzilgani, murakkab moliyaviy ahvolda qolgani va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, yashash uchun mablagʻsiz qolgani toʻgʻrisida ishga joylashtirilgan mamlakat sudi yoki huquqni muhofaza qilish organlari, vakolatli xalqaro tashkilotlar tasdiqnomasi (agar mavjud boʻlsa). |
1. Murojaat qilganlarni himoya qilish maqsadida advokatning, yuridik xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlarning yoki huquqni muhofaza qilish tashkilotlarining xizmatlariga haq toʻlash. |
3 ming AQSH dollarigacha |
|
2. Xostellar va sutkalik mehmonxonalar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlarga haq toʻlash (mablagʻsiz va yashash joyisiz qolgan fuqarolar uchun). |
0,3 ming AQSH dollarigacha | |||
|
3. Murojaat qilgan fuqarolarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish masalalari boʻyicha ishga joylashtiriladigan mamlakatning vakolatli organlariga murojaatlar yuborish. |
– | |||
|
4. Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish uchun avia (ekonomklass) va temir yoʻl (platskart vagonlar) chiptalari haqini toʻlash. |
Transport kompaniyalari narxlariga muvofiq | |||
|
5. Xorijiy ish beruvchilarda mavjud boʻlgan boʻsh ish oʻrinlarini taklif qilish. |
– | |||
|
6. Bir martalik moddiy yordam toʻlash. |
Bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida | |||
|
2. |
Mehnat migratsiyasida boʻlgan davrida jarohat olgan, baxtsiz hodisaga duch kelgan, oʻtkir yoki ogʻir kasalga chalingan fuqarolarga, agar ular mehnat migranti mablagʻlari yoki tibbiy sugʻurta hisobiga koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar haqini toʻlay olmasa, tibbiy xizmat koʻrsatish. |
1. Mablagʻlar yoki tibbiy sugʻurta polisi yoʻqligi sabablarini koʻrsatgan holda Agentlik boshligʻi nomiga ariza (shoshilinch tibbiy xizmat koʻrsatilgan hollar mustasno). 2. Ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar. 3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtish muddati 7 va undan ortiq kunni tashkil etsa, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish toʻgʻrisidagi tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma yoki xorijiy davlatga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kirib kelganligini tasdiqlovchi hujjat yoki mehnat shartnomasi yoxud mehnat sohasidagi nazorat boʻyicha vakolatli organ maʼlumotnomasi). 4. Ishga joylashtirilgan mamlakatning sogʻliqni saqlash organlari tomonidan berilgan tibbiy yordam olish zaruratini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (hujjat). |
1. Ishga joylashtirilgan mamlakatning sogʻliqni saqlash muassasalariga koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar haqini toʻliq yoki qisman toʻlash, shu jumladan mehnat migratsiyasiga yuborilayotgan/undan qaytayotgan shaxslar yoʻl-transport hodisalariga uchragan boʻlsa, ularga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish. |
1,5 ming AQSH dollarigacha |
|
2. Sugʻurta polisi hisobiga xarajatlar toʻlanmaganligi sababi toʻgʻrisida xorijiy ish beruvchiga va sugʻurta kompaniyasiga soʻrov yuborish. |
– | |||
|
3. Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish uchun, shu jumladan ogʻir kasalga chalingan odamlar hamda ularning voyaga yetmagan farzandlari tashilishini hisobga olgan holda transport kompaniyalari (zaruratga qarab, tez tibbiy yordamning koʻchma brigadalari) haqini toʻlash. |
Transport kompaniyalari, tibbiy muassasalar narxlariga muvofiq | |||
|
4. Tibbiyot xodimi kuzatuvi ostida fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarishda tibbiyot xodimining xizmat safari haqini toʻlash. |
Transport, yashash | |||
|
3. |
Mehnat migratsiyasida boʻlgan davrda vafot etgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari jasadlarini, shuningdek, mehnat faoliyati vaqtida mayib boʻlgan yoki ogʻir jarohatlar olgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini olib kelish. |
1. Agentlik boshligʻi nomiga ariza (fuqarolar vafot etgan boʻlsa — yaqin qarindoshlar yoki boshqa shaxslar murojaati, bunda ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar ham taqdim etiladi). 2. Vafot etgan fuqaro pasportining nusxasi. 3. Agar mehnat migranti ishga joylashtirilgan mamlakat hududida vafot etgan boʻlsa, ushbu mamlakatning vakolatli organi tomonidan berilgan oʻlimni tasdiqlovchi maʼlumotnoma. 4. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish toʻgʻrisidagi tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma yoki xorijiy davlatga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kirib kelganligini tasdiqlovchi hujjat yoki mehnat shartnomasi yoxud mehnat sohasidagi nazorat boʻyicha vakolatli organ maʼlumotnomasi). 5. Ogʻir jarohatlar olganligi va mayib boʻlganligi toʻgʻrisida tibbiyot muassasasining maʼlumotnomasi (koʻchirmalar, xulosalar, kasallik tarixi). |
1. Vafot etgan shaxs jasadini olib ketish uchun uni urf-odatlarga koʻra tayyorlash xizmatlari va boshqa xizmatlar haqini toʻlash. |
1 ming AQSH dollarigacha |
|
2. Vafot etgan shaxsning jasadini Oʻzbekiston Respublikasiga tashish boʻyicha transport kompaniyalari xizmatlari haqini toʻlash. |
Transport | |||
|
3. Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish uchun, shu jumladan ogʻir kasalga chalingan odamlar tashilishini hisobga olgan holda transport kompaniyalari haqini toʻlash. |
Transport | |||
|
4. |
Avval xorijga uyushgan holda olish doirasida ishlashga yuborilgan va ishga joylashtirilgan mamlakat qonun hujjatlarini buzishi natijasida deportatsiya qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarish, toʻlangan mablagʻlarni keyinchalik mazkur fuqarolar hisobidan qoplash, shuningdek, xorijiy ish beruvchilar tomonidan |
1. Agentlik boshligʻi nomiga ariza. 2. Ariza beruvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar. 3. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish toʻgʻrisidagi tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma, mehnat shartnomasi yoki mehnat sohasidagi nazorat boʻyicha vakolatli organ maʼlumotnomasi). 4. Ishga joylashtirilgan mamlakat sudi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining deportatsiyani (chiqarib yuborishni) tasdiqlashi (qaror, xulosa, maʼlumotnoma va boshqalar). 5. Xorijiy ish beruvchilar tomonidan ishga joylashtirish boʻyicha kelishilgan shartlar buzilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (Agentlik, Oʻzbekiston rekruting tashkilotlari, ishga joylashtirilgan mamlakatning mehnat sohasidagi nazorat boʻyicha vakolatli organlari xulosalari). |
1. Oʻzbekiston Respublikasiga qaytgunga qadar mehmonxonalar va sutkalik mehmonxonalar xizmatlari haqini toʻlash (mablagʻsiz va yashash joyisiz qolgan fuqarolar uchun). |
1 ming AQSH |
|
2. Fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish masalalari boʻyicha ishga joylashtirilgan mamlakatning vakolatli organlariga murojaatlar yuborish (xorijiy ish beruvchi ishga joylashtirish shartlarini buzganda). |
– | |||
|
3. Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish uchun avia (ekonomklass) va temir yoʻl (platskart vagonlar) chiptalari haqini |
Transport | |||
|
4. Xorijiy ish beruvchilarda mavjud boʻlgan boʻsh ish oʻrinlarini taklif qilish (deportatsiya va chiqarib yuborish holatlari bundan mustasno). |
– | |||
|
5. Fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasiga qaytib kelgach, ularni qaytarishga sarflangan mablagʻlarni qoplash toʻgʻrisida shartnoma tuzish. |
– | |||
|
5. |
Ketishdan oldin moslashtirish, kasbga tayyorlash, oʻqitish va chet tillarni bilishini sinash markazlarini tashkil etish, jihozlash va taʼminlash, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga joʻnab ketayotgan fuqarolarning kasbiy malakasini tasdiqlash. |
1. Agentlikning markaz tashkil etish zarurati toʻgʻrisidagi iltimosi. 2. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ketishdan oldin moslashtirish, kasbga tayyorlash, oʻqitish va chet tillarni bilishini sinash markazlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga joʻnab ketayotgan fuqarolarning kasbiy malakasini tasdiqlash. 3. Qurish, rekonstruksiya qilish, kapital |
1. Qurish, rekonstruksiya qilish, 2. Moliyalashtirish: tasdiqlangan rejalarga muvofiq zarur boʻlsa, parallel loyihalashtirish va qurish shartlari asosida qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash tasdiqlangan shartnomalarga muvofiq asbob-uskunalar yetkazib berish. |
Tasdiqlangan smetalar |
|
6. |
“labor-migration” dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtgan, xorijiy tillar yoki kasblarga oʻqigan va uyushgan holda tanlash tartibida mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga xorijiy tillar yoki kasb boʻyicha muvaffaqiyatli topshirilgan malaka imtihoni xarajatlarini toʻlab berish, xorijga ketish uchun yoʻl transport chiptasini xarid qilishga kompensatsiya toʻlash. |
1. Agentlik boshligʻi nomiga ariza. 2. Ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar. |
1. Xorijiy tillar yoki kasb boʻyicha muvaffaqiyatli topshirilgan malaka imtihoni xarajatlarini toʻlab berish. |
Bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida |
|
2. Xorijga ketish uchun yoʻl transport chiptasini xarid qilishga kompensatsiya toʻlash ***. |
Bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida | |||
|
7. |
Rivojlangan davlatlarga uyushgan holda tanlash tartibida mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga mazkur mamlakatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun “ishchi viza”ni rasmiylashtirish xarajatlarini qoplab berish. |
1. Agentlik boshligʻi nomiga ariza. 2. Ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar. |
“Ishchi viza”ni rasmiylashtirish xarajatlarini qoplab berish. |
Bazaviy hisoblash miqdorining |
|
8. |
Xorijda fuqarolarni uyushgan holda ishga joylashtirishni kengaytirish, noqonuniy mehnat migratsiyasining oldini olish masalalari boʻyicha axborot-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish |
1. Agentlikning axborot-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi. 2. Axborot-maʼrifiy mahsulotlar tayyorlash va joylashtirish uchun shartnomalar (roliklar, maqolalar, eʼlonlar, flayerlar, risolalar, bukletlar, bannerlar va boshqalar). |
1. Reklama-maʼrifiy mahsulotlar tayyorlovchilarni tanlash. 2. Tuzilgan shartnomalarga muvofiq axborot-maʼrifiy mahsulotlar tayyorlash va joylashtirishni moliyalashtirish. |
10 ming AQSH dollarigacha |
|
9. |
Xorijda Agentlik vakolatxonalarini tashkil etish, jihozlash va saqlab turish |
1. Agentlikning xorijdagi vakolatxonalarni tashkil etish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi. 2. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining buyrugʻi. 3. Vakolatxona tashkil etishga sarflanadigan xarajatlar smetasi. 4. Vakolatxonaning shtat jadvali. |
1. Agentlikning vakolatxona tashkil etish, jihozlash va saqlab turish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi. 2. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining vakolatxona tashkil etish toʻgʻrisida TIV bilan kelishilgan qarorlari. 3. Moliyalashtirish: vakolatxona binolari va xonalarini kapital hamda joriy taʼmirlash (zarur boʻlsa); vakolatxona xodimlari uchun avtotransport vositalarini xarid qilish; mebel va idora texnikasi bilan jihozlash, tuzilgan ijara shartnomalariga muvofiq vakolatxona binolari va xonalari hamda xodimlarning uy-joyi uchun ijara haqi toʻlash. |
Tasdiqlangan smetalarga |
|
10. |
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ishga joylashtirilayotgan joylarni borib koʻrish orqali monitoring oʻtkazish. |
1. Agentlikning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ishga joylashtirilayotgan joylarni borib koʻrish orqali monitoring oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi. 2. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan holda Agentlikning monitoring oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi. 3. Safarga yuborish uchun reja-vazifa |
Xarajatlarni 5 sutkadan koʻp boʻlmagan muddatga toʻlashni moliyalashtirish. |
Transport, yashash |