O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-son qarori)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va Markaziy bank raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 8-yanvar,
16-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada savdo tushumi inkassatsiya qilishini va nazorat-kassa mashinalaridan foydalanishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 11-dekabrdagi 548-son (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 11-12-son, 39-modda) qarorida:
a) 3-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 4-banddagi “tijorat banklari bilan birgalikda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) 6-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Birja va yarmarka savdosining samaradorligini oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1999-yil 15-apreldagi 174-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 19-modda):
a) 2-ilovada:
9-bandning “a” kichik bandidagi “vakolatli bankning” so‘zlari “tijorat bankining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
17-banddagi “vakolatli banklarida” so‘zlari “tijorat banklarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovaning 8-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishi uchun vazirliklar, idoralar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining javobgarligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1999-yil 17-noyabrdagi 504-son qarorida:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshidagi “va xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklarining” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 5-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
6. Vazirlar Mahkamasining “Naqd pul muomalasini mustahkamlash va tijorat banklarining mas’uliyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 22-iyundagi 264-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 31-modda) ikkinchi bandidagi “tijorat banklari va ularning hududiy bo‘linmalari” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-sonli qaroriga asosan 2020-yil 16-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/283/0587)
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 21-iyuldagi 199-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 74-modda) 1 va 2-bandlaridagi “vakolatli banklar” va “vakolatli banklarda” so‘zlari tegishli ravishda “tijorat banklari” va “tijorat banklarida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 163-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 09/19/163/2663-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Ichki valyuta bozorda almashuv kurslarini birxillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 25-oktabrdagi 422-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 10-son, 58-modda) 1-bandi uchinchi xatboshi, 1-ilova II bo‘limi 2-bandining ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi, yettinchi, sakkizinchi xatboshilari.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga o‘zgartirish va to‘ldirishlar kiritish to‘g‘risida” 2002-yil 5-yanvardagi 7-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 1-son, 1-modda) 1-bandi, shuningdek, unga 1-ilova va 2-ilova 2-bandining uchinchi xatboshi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 72-modda) 3-ilovasining XIV bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
6. Vazirlar Mahkamasining “Valyuta operatsiyalarini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 1-oktabrdagi 420-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2003-y., 19-son, 178-modda) 4-bandining uchinchi xatboshi va ilovasining 7-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida” 2005-yil 15-iyundagi PQ-100-son qarori)” 2005-yil 15-avgustdagi 197-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 44-modda).
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining birja savdolarida tuziladigan eksport-import kontraktlarini tuzish va rasmiylashtirish tartibini takomillashtirish bilan bog‘liq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2006-yil 29-maydagi 96-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 36-modda) ilovasi 2-bandining qirq uchinchi va qirq to‘rtinchi xatboshilari.
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 11-maydagi PF-3751-son Farmoni)” 2006-yil 27-iyuldagi 149-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 7-son, 56-modda).
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2007-2010-yillarda xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 20-iyuldagi PQ-672-son qarori)” 2007-yil 12-sentabrdagi 192-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 9-son, 52-modda).
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2009-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son qarori)” 2008-yil 9-fevraldagi 36-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 2-son, 9-modda).
12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2009-yil 27-fevraldagi PQ-1062-son qarori)” 2009-yil 11-martdagi 63-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 3-son, 20-modda) 1-ilovasining 8-bandi.
13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2013-yil 6-fevraldagi 30-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 2-son, 9-modda) ilovasining 2-bandi.
14. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 29-iyundagi 245-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2013-yil 8-avgustdagi PQ-2022-son qarori)” 2013-yil 21-oktabrdagi 285-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 10-son, 75-modda) ilovasining 2-bandi.
15. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” 2013-yil 13-noyabrdagi 307-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 11-son, 81-modda) ilovasining 1-bandi.
16. Vazirlar Mahkamasining ““Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida alohida valyuta rejimi faoliyati tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2013-yil 25-dekabrdagi 341-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 12-son, 95-modda).
17. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 41-son, 506-modda) 8-ilovasining 1-bandi.
18. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2016-yil 10-fevraldagi 33-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 6-son, 56-modda) 4-ilovasining 3-bandi.
19. Vazirlar Mahkamasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida” 2016-yil 1-iyuldagi 225-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 7-son, 64-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
21. Vazirlar Mahkamasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 1-fevraldagi 44-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 2-son, 3-modda).
22. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlar eksportini kengaytirishga yo‘naltirilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 26-apreldagi 245-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 17-son, 304-modda) ilovasining 2-bandi.
23. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda elektrotexnika sanoatini boshqarishni yanada takomillashtirish, jadal rivojlantirish va diversifikatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 13-fevraldagi PQ-2772-son qarori)” 2017-yil 28-apreldagi 248-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 18-son, 322-modda) ilovasining 1-bandi.
24. Vazirlar Mahkamasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 17-maydagi 290-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 20-son, 369-modda).
25. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 19-iyundagi 391-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 25-son, 543-modda) 2-ilovasining 2-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son; 25.02.2019-y., 09/19/163/2663-son; 15.05.2020-y., 09/20/283/0587, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)