Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-son Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2019-yillarda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida” 2016-yil 21-dekabrdagi PQ-2687-son va “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun qoʻshimcha qulay sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-martdagi PQ–2843-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 17-may,
290-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-maydagi 290-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibiga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 3-bandga quyidagi mazmundagi “i”, “k” va “l” kichik bandlar qoʻshilsin:
“i) turizm operatorlarining ular tomonidan koʻrsatilgan turizm xizmatlari uchun tushgan xorijiy valyutadagi mablagʻlari;
k) toʻqimachilik va tikuv-trikotaj tarmogʻining 1a-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari eksportidan olingan xorijiy valyutadagi mablagʻlari;
l) Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida roʻyxatdan oʻtgan va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslarning oʻzi ishlab chiqargan sanoat mahsulotlarini eksport qilishdan olingan xorijiy valyutadagi mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 10-oktabrdagi PF–1871-son Farmoniga 2-ilovaga kiritilgan xomashyo tovarlari bundan mustasno”.
2. 10-banddan ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
3. Quyidagi mazmundagi 1a-ilova qoʻshilsin:
“Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibiga
1a-ILOVA
1a-ILOVA
Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj tarmogʻining xorijiy valyutadagi tushumning bir qismini vakolatli banklarga majburiy sotish bekor qilingan nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari
ROʻYXATI
1. Tayyor ip gazlama
2. Tayyor aralash matolar
3. Tayyor ipak matolar (atlasdan tashqari);
4. Tayyor tikuv buyumlari, tayyor kiyim (tikuv, trikotaj buyumlari)
5. Bosh kiyimlari (milliy bosh kiyimlardan tashqari)
6. Paypoq mahsulotlari
7. Toʻqimachilik attorlik mahsulotlari”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 20-son, 369-modda)