02.09.2017 yildagi PF-5177-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi yillarda valyuta siyosati va tashqi savdo faoliyati sohasini takomillashtirish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, eksport salohiyatini oshirish, zamonaviy, eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarishlarni hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini barqaror rivojlantirishga xizmat qilgani qayd etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maqbul miqdorda tashqi qarzlarni jalb qilish boʻyicha izchil amalga oshirilayotgan siyosat Oʻzbekistonning majburiyatlarini oʻz vaqtida bajaradigan ishonchli, toʻlovga layoqatli xalqaro sherik sifatidagi imidjini taʼminladi, keyinchalik valyuta kursini liberallashtirish uchun zarur oltin-valyuta zaxirasini shakllantirish, valyuta resurslarini real iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik qayta jihozlash va diversifikatsiya qilishning ustuvor sohalariga yoʻnaltirish, jahon moliyaviy inqirozining salbiy oqibatlarini yumshatish imkonini berdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, valyuta muomalasi sohasining haddan ziyod maʼmuriy tartibga solinishi alohida tarmoqlar va xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun imtiyoz va preferensiyalarning asossiz ravishda kam samarali boʻlgan tizimini shakllantirdi, biznes yuritishda teng boʻlmagan shart-sharoitlarning vujudga kelishi va raqobatning bozor tamoyillari buzilishiga olib keldi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda, tovarlar va xizmatlar eksportini oshirishda, umuman, mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishida toʻsqinlik qiluvchi omilga aylandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq hamda valyuta sohasini tartibga solishning bozor mexanizmlarini joriy qilish, respublika eksport salohiyatini oshirishni ragʻbatlantirish, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi va ichki bozordagi raqobatdoshligini oshirish, mamlakatimizda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Valyuta bozorini yanada liberallashtirish sohasida davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan, yuridik va jismoniy shaxslarning chet el valyutasini erkin sotib olish va sotish hamda oʻz mablagʻlarini oʻzining xohishiga koʻra erkin tasarruf etish huquqlarini roʻyobga chiqarishni toʻliq taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan, milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini belgilashda faqatgina bozor mexanizmlarini qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan, valyuta resurslaridan foydalanishda bozor instrumentlarining rolini oshirish, valyuta bozorida barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun teng raqobat sharoitlarini yaratish, valyuta siyosatining noanʼanaviy tarmoqlarda eksportni rivojlantirishda, mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashda ragʻbatlantiruvchi rolini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchidan, sifatli ish oʻrinlari va yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni bevosita ragʻbatlantirish uchun iqtisodiyotning barcha sektorlariga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar, bilim va texnologiyalar jalb etishga xizmat qiladigan ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchidan, milliy valyutaning barqarorligini taʼminlashga qaratilgan qatʼiy monetar siyosatni amalga oshirish, bu borada monetar instrumentlardan faol va moslashtirilgan holda foydalanish, davlat qimmatli qogʻozlari bozorini rivojlantirish, shuningdek, ochiq bozorda operatsiyalar hamda davlat qimmatli qogʻozlarini banklar likvidligiga garovga berish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirishni amaliyotga joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchidan, monetar va fiskal siyosatni muvofiqlashtirish hamda Davlat budjetining mutanosibligini taʼminlash orqali pul massasi haddan ziyod oʻsishining oldini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchidan, bank tizimining barqarorligini taʼminlash va uning tavakkalchiliklarga bardoshliligini, shu jumladan, valyuta siyosatini liberallashtirishning vujudga kelishi mumkin boʻlgan salbiy taʼsirini yumshatishga qaratilgan samarali choralarni qoʻllash hisobiga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchidan, valyuta siyosatining yangi sharoitlarida tayanch tarmoqlar korxonalari samarali faoliyat yuritishi uchun ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻqqizinchidan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari turmush darajasiga valyuta siyosatini liberallashtirishning salbiy oqibatlarini kamaytirish imkonini beradigan har tomonlama ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, 2017-yilning 5-sentabridan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari joriy xalqaro operatsiyalar (tovar, ish va xizmatlar importi, foyda repatriatsiyasi, kreditlarni qaytarish, xizmat safari xarajatlarini toʻlash va boshqa savdo xarakteriga ega boʻlmagan oʻtkazmalar) boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish uchun tijorat banklarida chet el valyutasini cheklovsiz sotib olishlari mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslar chet el valyutasini tijorat banklari orqali erkin sotishi va sotib olishi hamda sotib olingan mablagʻlarni hech qanday cheklovlarsiz tasarruf etishi mumkin;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmol tovarlari importi bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga chet el valyutasini jismoniy shaxslar uchun oʻrnatilgan tartibda, banklardagi hisobvaraqlar orqali sotib olishga ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha eksportchi korxonalarning chet el valyutasidagi tushumini majburiy sotish boʻyicha talab bekor qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, chet el valyutasida daromad oluvchi yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek, fermer xoʻjaliklari oʻz bank hisobvaraqlaridagi naqd mablagʻlarni faqat milliy valyutada yechib olishga haqlidirlar, chet el valyutasidan chet elda asosli foydalanish hollari bundan mustasno.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-sentabrdagi PF-5811-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2019-y., 06/19/5811/3691-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi hududida:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar (ish va xizmat)lar uchun toʻlovlarni chet el valyutasida amalga oshirish taqiqlanadi, “Toshkent” RFB savdolari orqali davlat aksiya paketlarini xorijiy investorlarga sotish hamda xalqaro tajribaga muvofiq xalqaro toʻlov kartalari orqali toʻlovlar shuningdek, kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar bundan mustasno;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-254-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2025-y., 06/25/254/1195-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar, ish va xizmatlar uchun narx va tariflar, shuningdek, jamiyatlarning ustav kapitaliga qoʻyiladigan minimal talablar faqat milliy valyutada belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat bojlari, yigʻimlari va boshqa majburiy toʻlovlar faqat milliy valyutada undiriladi, konsullik yigʻimlari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy valyutada kreditlar berish va undirish shartlari kredit siyosatidan kelib chiqqan holda tomonlarning oʻzaro kelishuviga asosan tijorat banklari tomonidan mustaqil belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklarning xorijiy valyuta oldi-sotdisi bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha tavakkalchiliklari tadbirkorlik tavakkalchiligi hisoblanadi hamda ularni boshqarish tijorat bankining vakolatiga kiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy valyuta oldi-sotdisi boʻyicha komission vositachilik haqi miqdori tijorat banki tomonidan mustaqil belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklariga xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha litsenziya berish amaliyoti bekor qilinadi. Tijorat banklarining xorijiy valyuta bilan operatsiyalari bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda valyuta siyosatini liberallashtirish oqibatlarini yumshatishni nazarda tutuvchi hukumat qarorlari loyihalarini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun kiritsin, ularda quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklarning kapitallashuv darajasi va likvidliligini taʼminlash orqali ularning tavakkalchiliklarga bardoshliligini oshirish, xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda bank tavakkalchiliklarini baholashni takomillashtirish, tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishning zamonaviy tamoyillari va mexanizmlarini joriy qilishni koʻzda tutuvchi respublika bank tizimi moliyaviy barqarorligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot va aholini energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlashga, xorijiy kreditlarga oʻz vaqtida xizmat koʻrsatishda davlat tomonidan moliyaviy yordam berish, soliqqa tortish mexanizmlari va tamoyillarini takomillashtirish, davlat tomonidan vaqtincha subsidiyalar ajratish, Oʻzbekiston tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi va tijorat banklari kreditlarini restrukturizatsiya qilishga qaratilgan iqtisodiyotning tayanch tarmoqlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
import qilinayotgan tovarlar va xizmatlar ichki narxlarining oʻsishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida bojxona toʻlovlari stavkalarini optimallashtirish chora-tadbirlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-2018-yillarda 14 yoshga toʻlmagan farzandlari boʻlgan oilalar uchun belgilangan nafaqa oluvchilar sonini oʻrtacha 1,5 barobar va kam taʼminlangan oilalar uchun belgilangan moddiy yordam oluvchilar sonini 2 barobarga oshirish, ishsiz fuqarolar uchun aholi punktlari, mahallalarni obodonlashtirish, ariqlar, irrigatsiya tarmoqlarini tozalash, uy-joy kommunal xoʻjaligi obyektlarini taʼmirlash, infratuzilmani yaxshilash, yoʻl va koʻchalarni taʼmirlash boʻyicha haq toʻlanadigan jamoatchilik ishlarini tashkil etish, shuningdek, Davlat budjeti, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi mablagʻlari hisobidan kam taʼminlangan oilalarni moddiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrish, shu jumladan, oilalarning alohida davlat koʻmagiga ehtiyojmand toifalariga uy-joy taʼmirlash yoki xarid qilish, qoramol, parranda va eng zarur maishiy texnika sotib olishga koʻmaklashish hisobiga aholining ijtimoiy koʻmakka muhtoj qatlamlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralarini kuchaytirish nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqqa tortish bazasini kengaytirish va ichki zaxiralarni safarbar qilish boʻyicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobiga budjet daromadlarini oshirish orqali 2017-yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining profitsit bilan bajarilishini taʼminlash, shuningdek, Davlat budjetida koʻzda tutilgan barcha tadbirlarning toʻliq moliyalashtirilishini taʼminlash va tasdiqlangan xarajatlarni asossiz qisqartirish amaliyotiga barham berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish boʻyicha tasdiqlangan davlat dasturlarida koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni soʻzsiz amalga oshirishni nazarda tutgan holda, 2018-yilgi Davlat budjeti loyihasini profitsit prognozi bilan ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlar hisobvaraqlaridagi chet el valyutasidagi mablagʻlarini qayta baholash natijasida olgan foydasi soliqqa tortish bazasiga kiritilmaydigan vaqtincha tartib (2018-yilning 1-iyuliga qadar) belgilash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari boʻyicha mazkur Farmonda belgilangan normalar taʼsirining tahlilidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonuni yangi tahriri loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Unda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
havola qiluvchi meʼyorlarni maksimal darajada qisqartirgan holda, valyuta operatsiyalarining amaliyotda uchraydigan barcha jihatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasining barqarorligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning oʻz valyuta mablagʻlarini erkin tasarruf etish huquqini toʻliq roʻyobga chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika iqtisodiy manfaatlarini hisobga olgan holda, kapital harakati bilan bogʻliq operatsiyalarni tartibga solish masalalari koʻzda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat soliq qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi hududida naqd chet el valyutasining noqonuniy muomalasini va naqd chet el valyutasi bilan noqonuniy operatsiyalarni amalga oshirishni bartaraf etish boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlar koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik va idoralar oʻzlari qabul qilgan idoraviy meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni mazkur Farmon talablariga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 2-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5177-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SHARH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni, avvalo, amaldagi valyutani tartibga solish tizimini tubdan isloh qilish, valyuta siyosatini liberallashtirish, barcha tadbirkorlik subyektlariga tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda teng sharoitlar yaratishga qaratilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmoni qabul qilinishiga mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga toʻsqinlik qilayotgan qator muammo va kamchiliklar mavjudligi asosiy sabab boʻldi.

Jumladan, valyutani tartibga solishga haddan ziyod maʼmuriy aralashuv, tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlari uchun alohida imtiyoz va preferensiyalar mavjudligi oqibatida tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida biznesni yuritishga doir teng boʻlmagan shart-sharoitlar paydo boʻldi hamda parallel chet el valyutasi bozori va ayirboshlash kursi vujudga keldi.

Valyuta kursi siyosatining tashqi savdoni ragʻbatlantirishdagi rolining susayishi mahalliy ishlab chiqaruvchilar tovar va xizmatlari narxlarining tashqi va ichki bozordagi raqobatdoshligini pasaytirdi.

Mamlakatimizda faqatgina bozor mexanizmlari asosida faoliyat koʻrsatadigan valyuta bozorini shakllantirish barcha banklarning mijozlar (yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar) ehtiyojlarini qondirish maqsadida chet el valyutasini sotib olish va sotish uchun valyuta birjasi savdolarida erkin ishtirok etishini, shuningdek, mijozlarning chet el valyutasini sotib olish boʻyicha amaldagi tartib va texnik reglamentlariga rioya etgan holda oʻz valyuta mablagʻlarini hech qanday cheklovsiz tasarruf etishini taqozo etadi.

Mazkur Farmon bilan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan chet el valyutasi joriy xalqaro valyuta operatsiyalarini amalga oshirish uchun banklarda erkin sotib olinishi va sotilishi kafolatlanadi.

Xususan, yuridik shaxslar oʻz mablagʻlarini banklarda joriy xalqaro valyuta operatsiyalarini, shu jumladan, tovar, ish va xizmatlar importi, foydani repatriatsiya qilish, kreditlarni qaytarish, xizmat safari xarajatlarini toʻlash va boshqa savdo xarakteriga ega boʻlmagan operatsiyalarni amalga oshirish uchun chet el valyutasiga cheklovlarsiz erkin konvertatsiya qilishlari mumkin.

Taʼkidlash joizki, joriy xalqaro operatsiyalar boʻyicha toʻlovlarni banklardagi hisobvaraqlar orqali amalga oshirishda xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan bozor kursida chet el valyutasini sotib olish imkoniyatining yaratilishi “yashirin” iqtisodiyotning qisqarishiga va pul mablagʻlarini bank aylanmasiga jalb qilishga xizmat qiladi.

Jismoniy shaxslar ham tijorat banklarining konversion boʻlimlarida chet el valyutasini erkin sotib olishi, sotib olingan mablagʻlarni xalqaro toʻlov kartalariga oʻtkazib, ulardan xorijda hech qanday cheklovlarsiz, shu jumladan, bank hisobvaraqlari orqali xorijda oʻqish, davolanish va boshqa maqsadlardagi toʻlovlar uchun foydalanishi mumkin.

Xalq isteʼmol tovarlarini import qilish bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar banklardagi hisobvaraqlarida savdo tushumini va boshqa daromadlarini jamgʻarib borgan holda keyinchalik uni jismoniy shaxslar uchun oʻrnatilgan tartibda, yaʼni sotib olingan valyuta mablagʻlarini xalqaro toʻlov kartalariga oʻtkazish va chet elda cheklovlarsiz, shu jumladan, tovarlarni import qilish uchun ishlatishi mumkin.

Aholidan naqd chet el valyutasini sotib olish tijorat banklarining barcha filial va minibanklari tomonidan cheklanmagan miqdorda va sarsongarchiliksiz amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, banklar tomonidan aholi bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini sifatli amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:

jismoniy shaxslar tomonidan chet el valyutasini sotib olish va sotish tartibini soddalashtirish;

bayram va dam olish kunlarida valyuta ayirboshlash shoxobchalarining uzaytirilgan ish tartibini joriy qilish;

tijorat banklarining filiallari va minibanklarida, ayniqsa, yirik savdo markazlari va bozorlarda qoʻshimcha valyuta ayirboshlash shoxobchalarini ochish;

konversion boʻlimlar orqali chet el valyutasini sotishda olinadigan vositachilik haqi miqdorini imkon darajasida pasaytirish choralarini koʻrish;

xalqaro toʻlov kartalaridan xorijda foydalanishda mavjud barcha cheklovlarni bekor qilish nazarda tutilgan.

Shu bilan birga, mahsulot ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va fermer xoʻjaliklarining eksport faoliyatini ragʻbatlantirish maqsadida ularga chet el valyutasidagi daromadlarini oʻz xohishiga koʻra erkin tasarruf etish, bunda bank hisobvaraqlaridan naqd chet el valyutasini yechib olishgacha boʻlgan huquq beriladi.

Keyingi yillarda eksportchilarni ragʻbatlantirish uchun koʻplab ishlar amalga oshirildi, ularga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha koʻplab imtiyozlar berildi, eksport faoliyatini tashkil etish boʻyicha qator tartibotlar bekor qilindi. Eksport borasida mavjud imtiyozlarga qaramasdan valyuta tushumini majburiy sotish talabi eksportni yanada ragʻbatlantirish yoʻlida asosiy toʻsiq boʻlib, eksportchilar oʻz valyuta tushumini toʻliq tasarruf etish imkoniyatiga ega emas edi, bu esa eksportni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan siyosatga mos kelmaydi.

Shu sababli mazkur Farmon bilan tovarlar (ish, xizmatlar) eksportidan tushgan valyuta tushumini majburiy sotish tartibi mulkchilik shakli yoki eksport qilinayotgan mahsulot turidan qatʼiy nazar, barcha eksportchi tashkilotlar uchun butunlay bekor qilindi.

Bozor tamoyillari asosida valyuta resurslari oqimining samaradorligini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, shuningdek, tashqi savdoda valyuta siyosatining ragʻbatlantiruvchi rolini oshirish maqsadida milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbatan ayirboshlash kursi faqatgina valyuta birjasining banklararo elektron savdolarida valyutaga boʻlgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Bunda ayirboshlash kursini bozor mexanizmlari asosida shakllantirish maqsadida banklararo savdolarda Markaziy bankning ishtiroki kamaytiriladi. Alohida hollarda Markaziy bank ayirboshlash kursining haddan ortiq tebranishini bartaraf etish uchun xorijiy valyutani sotish yoki sotib olish operatsiyalarini amalga oshirishi mumkin.

Ayirboshlash kursini egiluvchan holda tartibga solish respublikaga keladigan barcha valyuta resurslari (eksport tushumi, transchegaraviy pul oʻtkazmalari va boshqalar) oqimining rasmiy bozorga kelib tushishi orqali chet el valyutasiga boʻlgan jami talab va taklif mutanosibligini taʼminlash va oltin-valyuta zaxiralari hajmlarini avvalgidek yuqori darajada saqlab qolish imkonini beradi.

Taʼkidlash joizki, xorijiy valyutani erkin sotib olish va sotish imkoniyati va milliy valyuta ayirboshlash kursini bozor mexanizmlaridan foydalangan holda belgilash mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ichki va tashqi bozordagi raqobatdoshligi va rentabelligini oshirish bilan bir qatorda mamlakatimizda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni koʻpaytirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan yangi texnologiyalar va bilimlarni jalb qilish, eksport imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, ayirboshlash kursining liberallashtirilishi eksport imkoniyatlarini oshirishda kuchli ragʻbatlantiruvchi omil boʻlib, bu noanʼanaviy soha va tarmoqlarda eksport hajmining ortishiga koʻmaklashadi va ayirboshlash kursiga taʼsirchan tovar eksportchilarining moliyaviy holatini nafaqat eksport hajmining oshishi, balki olingan daromadlarni milliy valyutaga qayta hisoblaganda vujudga keladigan foyda hisobidan ham tubdan yaxshilaydi.

Valyuta siyosatini isloh qilishga Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishdagi birinchi zaruriy qadam sifatida qaralmoqda va islohotlarning muvaffaqiyati koʻp jihatdan pul-kredit, soliq-budjet va iqtisodiy siyosatning boshqa sohalarida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlarning samarali muvofiqlashtirilishiga bogʻliq..

Ayirboshlash kursi barqarorligini taʼminlashda pul-kredit koʻrsatkichlarining oʻzgarishi hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini inobatga olgan holda, Markaziy bankka monetar instrumentlardan faol va keng ravishda foydalanish orqali milliy valyutaning barqarorligini va inflyatsiyaning past darajada boʻlishini taʼminlash, pul massasi haddan ziyod va asoslanmagan holda oʻsishining oldini olish, davlat xarajatlari va daromadlarining mutanosibligini taʼminlashga qaratilgan qatʼiy monetar siyosat yuritish vazifasi yuklatilgan.

Farmonda koʻzda tutilgan fiskal chora-tadbirlarni koʻrish, yaʼni budjet xarajatlarini qatʼiy ravishda Davlat budjetiga kelib tushgan daromadlar doirasida amalga oshirish, 2017-2018-yillarda Davlat budjetini profitsit bilan ijro etish imkonini beradi.

Bunda iqtisodiyotda narxlar oʻzgarishi ustidan samarali nazoratni taʼminlash hamda monetar va fiskal siyosatni muvofiqlashtirish amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan pul-kredit siyosatining yangi tamoyil va mexanizmlarini joriy qilish muhim oʻrin tutadi.

Valyuta siyosatini liberallashtirish sharoitida bank tizimi barqarorligini taʼminlash borasida vujudga kelishi mumkin boʻlgan xatarlarni nazorat qilish alohida ahamiyat kasb etadi.

Bank tizimining barqarorligi nafaqat mijozlarning xorijiy valyutaga boʻlgan talabini qondirish nuqtai nazaridan, balki kredit portfeli, depozit bazasi va koʻrsatilayotgan xizmatlar tarkibida kutilayotgan sifatli oʻzgarishlar nuqtai nazaridan ham muhimdir.

Shu munosabat bilan bank tizimining barqarorligi tijorat banklarining kapitallashuv darajasini saqlash, prudensial nazoratni kuchaytirish, shuningdek, valyuta siyosatini liberallashtirishning sodir boʻlishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali taʼminlanadi.

Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning dastlabki bosqichi sifatida davlat banklarining ustav kapitaliga 655 million AQSH dollari miqdorida mablagʻ kiritilganini taʼkidlash joiz. Banklarning likvidligini taʼminlash uchun ularga qayta moliyalashtirish kreditlarini berish mexanizmi joriy qilindi.

Prezident Farmonida ilgʻor xalqaro standartlarni hisobga olgan holda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan bank xatarlari toʻgʻrisida barvaqt ogohlantirish, ularni baholashni takomillashtirishni oʻz ichiga olgan qator bank nazorati va monitoringi instrumentlarini joriy qilish chora-tadbirlari nazarda tutilgan.

Shuningdek, mazkur Farmonda:

xoʻjalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlaridagi chet el valyutasidagi mablagʻlarini qayta baholash natijasida vujudga keladigan moliyaviy natija soliqqa tortish bazasiga kiritilmasligini koʻzda tutuvchi vaqtinchalik tartib joriy etish;

iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, ularni soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda banklarning kreditlarini restrukturizatsiya qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish belgilangan.

Xalqaro valyuta fondining baholariga koʻra, valyuta siyosatini liberallashtirish oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda ish oʻrinlari yaratish va iqtisodiyotning oʻsish surʼatlariga sezilarli ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Amalga oshirilayotgan islohotlarning qisqa muddatli istiqbolda aholining ijtimoiy koʻmakka muhtoj qatlamlariga nisbatan vujudga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida aniq manzilli va shaffof ijtimoiy nafaqa va subsidiyalar joriy etish, kasanachilikka, tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanishga keng jalb qilish orqali ularning bandligini taʼminlash, shuningdek, kam taʼminlangan oilalarning turmush sharoitlarini imtiyozli mikrokreditlar ajratish orqali yaxshilash kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish koʻzda tutilgan.

Band boʻlmagan aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning ularni haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish, jumladan, uy-joy fondi obyektlari va uy-joy kommunal infratuzilmasi, koʻchalar, yoʻllar, mahallalar hududlari, ijtimoiy-madaniy ahamiyatdagi obyektlar, irrigatsiya tarmoqlarini obodonlashtirish va taʼmirlash, shuningdek, mavsumiy qishloq xoʻjaligi ishlari va imkoniyati cheklangan shaxslarga yordam berishga jalb qilish koʻzda tutilgan yangi mexanizmi joriy qilinayotganini qayd etish lozim.

Valyuta ayirboshlash kursini liberallashtirishning tovar va xizmatlar, ayniqsa, xalq isteʼmoli tovarlariga ichki narx-navoning shakllanishiga taʼsirini kamaytirish maqsadida amaldagi bojxona meʼyorlari va toʻlovlari stavkalarini tubdan qayta koʻrib chiqish vazifasi belgilandi.

Bundan tashqari, ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navoni monitoring va nazorat qilish Respublika va doimiy faoliyat yuritadigan hududiy komissiyalarga narxlarning barqarorligini va bozorlarning isteʼmol tovarlari bilan tezkor toʻldirilishini taʼminlash vazifasi topshirildi.

Mazkur Farmon bilan milliy valyutaga boʻlgan ishonchni kuchaytirishga qaratilgan qator normalar belgilandi. Keyingi yillarda ayrim tovar va xizmatlarni (avtomobillar, aviachiptalar va boshqalar) respublika hududida chet el valyutasiga sotish amaliyoti tadbirkorlar va aholiga noqulayliklar yaratib, ularning eʼtiroziga sabab boʻlayotgan edi.

Bundan tashqari, tovar va xizmatlar narxini chet el valyutasida oʻrnatish holatlari ham Markaziy bank rasmiy kursi oʻzgarishi oqibatida narxlarning milliy valyutaga hisoblanganda asossiz ravishda oshishiga olib kelayotgan edi.

Bundan buyon respublika hududida barcha tovarlar va xizmatlar uchun hisob-kitoblar va toʻlovlar, davlat bojlarining undirilishi, tovar va xizmatlar narxlarining belgilanishi faqat milliy valyutada amalga oshiriladi.

Tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga qulay sharoitlar yaratish maqsadida mazkur Farmon bilan chet el valyutasida ajratilgan kreditlarni bankning kredit siyosati va tomonlarning kelishuvi asosida milliy yoki chet el valyutasida qaytarilishiga ruxsat berildi.

Valyuta bozorini liberallashtirish jarayonida davlat iqtisodiy siyosatining mazkur Farmonda belgilangan ustuvor yoʻnalishlarining toʻliq ijrosi taʼminlanishi barcha tashqi savdo faoliyati qatnashchilariga teng sharoit yaratadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasining mavqeyini kuchaytiradi, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirishga, aholi bandligini taʼminlash va turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 36-son, 945-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2019-y., 06/19/5811/3691-son; 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2024-y., 06/24/159/0828-son; 22.12.2025-y., 06/25/254/1195-son)