Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING TIKLANISh VA TARAQQIYOT JAMGʻARMASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA” 2006 YIL 11 MAYDAGI PF-3751-SON FARMONI)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 11-maydagi PF-3751-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 27-iyul,
149-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 10-iyuldagi 294-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 7-son, 38-modda):
a) 1-ilovaning 11-bandiga quyidagi tahrirdagi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan manbalardan tushayotgan milliy valyutadagi mablagʻlarni Markaziy bank tomonidan xorijiy valyutaga konvertatsiya qilishda”;
b) 2-ilovada:
10-bandning oxirgi xatboshiga “Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga tushayotgan milliy valyutadagi mablagʻlarni Markaziy bank tomonidan konvertatsiya qilish bundan mustasno” soʻzlari qoʻshilsin;
25-bandga quyidagi tahrirdagi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan manbalardan tushayotgan milliy valyutadagi mablagʻlarni Markaziy bank tomonidan xorijiy valyutaga konvertatsiya qilish”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-apreldagi 117-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 16-son, 160-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-dekabrdagi 250-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 48-50-son, 486-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 30-son, 294-modda; 48-50-son, 486-modda; 2016-y., 16-son, 160-modda)