12.09.2017 yildagi PQ-3270-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Ko‘chirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ta’kidlash lozimki, respublikamiz bank-moliya tizimini isloh qilish va mustahkamlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar banklarning kapitallashuv darajasini oshirish, iqtisodiyotni kreditlash ko‘lamini kengaytirish, ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari spektorlarini ko‘paytirish, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda bank tizimining rolini oshirish imkonini berdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini yanada oshirish hamda tadbirkorlik subyektlari bilan to‘laqonli hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish uchun tijorat banklarining ish uslublarini tubdan yaxshilash, aholi va xo‘jalik subyektlarining bank tizimiga ishonchli institutsional hamkor sifatida qarashlarini mustahkamlash vazifalari dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ichki valyuta bozorini liberallashtirish sharoitida tijorat banklarining barqarorligi va moslashganligi bo‘yicha ularni stress-testlardan o‘tkazish natijasida banklarning moliyaviy holati va valyuta pozitsiyalariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan bir qator kamchiliklar aniqlandi, o‘z navbatida ularning oqibatlari banklarning likvidligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-5177-sonli Farmoni, shuningdek, bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, xalqaro tajribani hisobga olgan holda, bank tavakkalchiligini baholashni takomillashtirish, tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishning zamonaviy tamoyillari hamda mexanizmlarini joriy etish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PF-62-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 06/23/62/0232-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Asaka” ATBning avval xorijiy valyutada shakllantirilgan ustav kapitallarini belgilangan tartibda xorijiy valyutani sotish yo‘li orqali milliy valyutaga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, mazkur bandga muvofiq, tijorat banklari tomonidan valyuta mablag‘larini sotishdan olingan daromad (foyda) soliqqa tortish bazasiga kiritilmaydi va ularning aksiyadorlari ulushini oshirishda foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tijorat banklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik subyektlarining muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarining yuzaga kelishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik subyektlarining bank kassalaridan olgan naqd puldan maqsadli foydalanishlari ustidan nazorat qilish kabi ularga xos bo‘lmagan funksiyalardan ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tizimli asosda quyidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqishni va amalga oshirishni ta’minlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari faoliyatiga umume’tirof etilgan zamonaviy normalar, standartlar va baholash ko‘rsatkichlarini joriy etish, bank-moliya tizimi ko‘rsatkichlarini xalqaro reyting baholash tashkilotlari hamda milliy mustaqil reyting baholash tizimiga muvofiq xolisona baholashni yanada takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro bank nazorati tamoyillari talablari doirasida tijorat banklarining kapitallashuvi yetarliligi, likvidlik va barqarorligi bo‘yicha talablarni bajarishni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank tavakkalchiligini boshqarish va baholash tizimini, shu jumladan, tijorat banklarida tavakkalchilik-menejmenti tizimini, xalqaro moliya institutlarining texnik ko‘magi va ekspertlarini jalb etib, Bank nazorati bo‘yicha bazel qo‘mitasi tavsiyanomalarini hisobga olgan holda takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklarning raqobatdoshligi darajasini oshirish hamda banklarni ilg‘or bank amaliyoti asosida faoliyat yuritadigan tizimga aylantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank-moliya xizmat ko‘rsatish sohasida aholining moliyaviy savodxonligi hamda huquqlarini himoya qilish darajasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining mamlakatimiz bank tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, mijozlarning bank tizimiga bo‘lgan talablarini doimiy monitoring qilib borish, bank xizmatlari ko‘rsatish madaniyatini oshirish, mijozlarning ehtiyojlarini qanoatlantiradigan ilg‘or bank xizmatlari ko‘rsatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar tijorat banklariga tavsiya etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yilning 1-apreligacha banklarni ilg‘or amaliyot va xalqaro standartlar asosida faoliyat yuritadigan moliyaviy barqaror va raqobatdosh muassasasiga sifatli transformatsiya qilishga yo‘naltirilgan uzoq muddatli rivojlantirish strategiyalarini belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank tavakkalchiligi va uning vujudga kelishini barvaqt aniqlash, oldini olish va bartaraf etishda bank imkoniyatlarini oshirish uchun turli ssenariylarni qo‘llagan holda, har chorakda likvidlik pozitsiyalarining stress-testlarini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklar aksiyadorlarining manfaatlarini himoya qilish nuqtai nazaridan bank aktivlari tuzilmasi va kredit portfeli holatini yaxshilash, shuningdek, xorijiy valyutada berilgan, ishlamayotgan kreditlar ulushini kamaytirish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditlarni so‘ndirish muddatlari va tasdiqlangan jadvallarga qat’iy rioya qilishni, kreditlar bo‘yicha qarzdorlarning muddati o‘tgan qarzdorliklarning hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha barcha zarur chora- tadbirlarni ko‘rish, bankning to‘lay olish qobiliyatidan kelib chiqib, kreditlar bo‘yicha muddatlar va foizlar stavkalarini belgilash hamda zarar ko‘rib ishlayotgan tashkilotlarni kreditlash amaliyotini tugatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankning oqilona daromaddorligini hisobga olgan holda, bank xizmatlari jozibadorligini oshirish va yangi mijozlarni jalb etish maqsadida tarif siyosatini maqbullashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank-moliya faoliyati sohasidagi kadrlarni, ayniqsa tavakkalchilik-menejmenti masalalari uchun javobgarlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston banklari uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, tijorat banklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2017 — 2021-yillarda ilg‘or bank amaliyoti asosida bank-moliya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari kompleksi (keyingi o‘rinlarda — Chora-tadbirlar kompleksi) 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, vazirliklar va idoralar, tijorat banklarining rahbarlari zimmasiga Chora-tadbirlar kompleksida nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tijorat banklari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda ikki oy muddatda 2017-2018-yillarda maqsadli va hududiy dasturlar doirasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarida import o‘rnini bosish xarajatlari qismini to‘lash uchun konvertatsiyani xorijiy kredit liniyalari va mahalliy tijorat banklarining xorijiy valyutadagi kreditlariga almashtirish masalalari har bir qarzdor bilan ishlab chiqilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari — loyihalar tashabbuskorlari, mas’ul ijrochi tashkilotlar rahbarlari bilan bir qatorda — investitsiya loyihalarining sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi, shuningdek, har yili tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlari hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish manzilli dasturlariga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirishga ajratilgan kredit resurslaridan samarali va maqsadli foydalanilishi yuzasidan shaxsan javobgar hisoblanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5370-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki, vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari tomonidan quyidagilarga yo‘l qo‘yilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari va ularning filiallari faoliyatiga aralashish, shu jumladan, kredit portfeli va bank aktivlarini shakllantirish bilan bog‘liq tadbirkorlik tavakkalchiligini boshqarish, shuningdek, tasdiqlangan biznes-rejalarda nazarda tutilmagan xayriya va badal xarajatlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklarining ijobiy hulosalarisiz, ularning resurslari hisobidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan loyihalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning davlat va hududiy dasturlariga kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tijorat banklarining faoliyatiga davlat organlarining ma’muriy aralashuviga yo‘l qo‘ymaslik qismi bo‘yicha banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini ijro etish yuzasidan nazoratni kuchaytirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yilgi O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini shakllantirishda xorijiy moliya institutlariga, chet el va mahalliy tijorat banklariga berilgan kreditlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi davlat kafolatlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlar qismida tegishli mablag‘lar nazarda tutilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-fevraldagi PF-6179-son Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 06/21/6179/0165-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 12-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3270-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda ilg‘or bank amaliyoti asosida bank-moliya tizimini yanada rivojlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLARI KOMPLEKSI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T.r.

Chora tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Mas’ul bajaruvchilar

I. Tijorat banklarining kapitallashtirish va likvidlik darajasini oshirish, bank tavakkalchiliklarini boshqarish va baholash tizimini takomillashtirish

a) tijorat banklarining kapitallashish darajasini oshirish

1.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining 320 million AQSH dollari va “Asaka” ATBning 108 million AQSH dollari miqdorida ilgari xorijiy valyutada shakllantirilgan ustav kapitalini milliy valyutaga o‘tkazib, keyinchalik xorijiy valyutani to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida talab va taklif kursi bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlarga belgilangan tartibda realizatsiya qilish.

Hukumat qarori loyihasi

2017-yil
IV chorak

Moliya vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari

2.

Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq aksiyadorlik-tijorat banklari ham ustav kapitalini olingan foyda hisobiga aksiyalarning nominal qiymatini oshirish yo‘li bilan ko‘paytirishga haqlidirlar.

““Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun loyihasi

2018-yil
I chorak

Davlat raqobat qo‘mitasi, Markaziy bank,
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi

3.

Tijorat banklarining jami kapitalini, jumladan, aksiyalarni qo‘shimcha ravishda chiqarish hisobiga, 2017 — 2021-yillarda uning o‘sishini o‘rta hisobda 2 baravar ta’minlagan holda ko‘paytirish.

Tijorat banklari kengashlarining hamda aksiyadorlari umumiy yig‘ilishlarining qarorlari

Qarorlar qabul qilish har yili
1-iyulgacha; amalga oshirish — 2017-2021-yillarda

tijorat banklari, Markaziy bank

4.

Shunday tartib joriy etiladiki, unga muvofiq banklarning ta’sischilari (aksiyadorlari) har yili moliyaviy natijalar asosida va stress-testlarning yakunlari bo‘yicha bank nazorati xalqaro prinsiplarining talablari doirasida tijorat banklari kapitalining yetarligi, likvidligi va barqarorligini ta’minlashga oid ta’sirchan choralarni ko‘radilar.

Tahlillar natijalari bo‘yicha choralar ko‘rish

Har yili

tijorat banklari, Markaziy bank

5.

Tijorat banklari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestrida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni Markaziy bankning so‘rovnomasi bo‘yicha Markaziy depozitariyning taqdim etishini nazarda tutuvchi tartibni joriy etish.

““Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish

2018-yil
II chorak

Davlat raqobat qo‘mitasi.
Markaziy bank, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi

b) tijorat banklarining likvidlik darajasini saqlab turish

6.

2017 — 2021-yillar davrida aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning jalb etiladigan depozitlari hajmlarini kamida 2,1 baravar oshirish yo‘li bilan tijorat banklarining resurs bazasini yanada mustahkamlash.

Chora-tadbirlar kompleksi

Ishlab chiqish va tasdiqlash — III chorak 2017-yil; amalga oshirish — 2017 — 2021-yillar

Markaziy bank, O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari

7.

Bank aktivlari bo‘yicha ehtimol tutilgan yo‘qotishlarni qoplash uchun shakllantirilgan majburiy zaxiralar dipozitiga mablag‘lar o‘tkazish tartibini bekor qilish yo‘li bilan tijorat banklarining likvidligini yanada qo‘llab-quvvatlash.

Aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimol tutilgan yo‘qotishlarni qoplashga zaxiralarni shakllantirish, shuningdek, tijorat banklarida ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirishlar kiritish (14.07.2015-yildagi
2696-son bilan qayd etilgan)

2017-yil
IV chorak

Markaziy bank

8.

Tijorat banklari tomonidan ta’minlanmagan korporativ obligatsiyalar chiqarilishini nazarda tutuvchi tartibni joriy etish bo‘yicha takliflar kiritish.

Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va emission qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini davlat ro‘yxatiga olish Qoidalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish (30.08.2009-yildagi 2000-son bilan qayd etilgan)

2018-yil
II chorak

Markaziy bank, Davlat raqobat qo‘mitasi, Moliya vazirligi

9.

Ipoteka qimmatli qog‘ozlarini chiqarish, muomalaga kiritish va so‘ndirishning qonunchilik bazasini yaratish.

“Ipoteka qimmatli qog‘ozlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi

2019-yil
III chorak

Markaziy bank, Davlat raqobat qo‘mitasi,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi,
Adliya vazirligi

v) bank tizimini institutsional rivojlantirishni davom ettirish, bank tavakkalchiliklarini boshqarish va baholash tizimini takomillashtirish

10.

№ 9-moliyaviy hisobotning Xalqaro standarti bo‘yicha moliyaviy aktivlar tasnifi va bahosining yangi talablarini joriy etish yo‘li bilan tijorat banklarining moliyaviy hisobotini tayyorlash sifatini oshirish.

Bank kengashlarining qarori

2017-yil
IV chorak

Tijorat banklari, Markaziy bank

11.

Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyalashtirishni kengaytirish uchun xalqaro moliya institutlari (YETTB, XMK)ning tavakkalchiliklarini taqsimlash Dasturini tatbiq etish.

Xalqaro moliya institutlari bilan bitimlarni imzolash

2018-yil
II chorak

Markaziy bank, tijorat banklari, lizing kompaniyalari

12.

Tijorat banklari likvidli pozitsiyalarini yagona metodologiya bilan doimiy asosda stress-testlardan o‘tkazib turgan holda, bankning moliyaviy holati yomonlashuviga ta’sir qiluvchi ?millarga barvaqt chora ko‘rish va ularni belgilash metodikasi qoidalarini ishlab chiqish.

Markaziy bank boshqaruvi qarori

2018-yil
IV chorak

Markaziy bank, tijorat banklari

13.

Xalqaro moliya institutlari va reyting agentliklarining texnikaviy ko‘magi va ekspertlarini jalb etish orqali, FSAP dasturidan foydalanib, Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi tavsiyanomalarini hisobga olgan holda bank tavakkalchiligining boshqarish va baholash tizimini, shu jumladan tijorat banklarida tavakkalchilik-menejmenti tizimini takomillashtirish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish

2018-yil
IV chorak

Markaziy bank

II. Ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash asosida ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari ko‘lamini kengaytirish va sifatini yaxshilash

a) mijozlarga zamonaviy bank xizmatlarini taklif etayotgan samarali bank faoliyatini amalga oshirish

14.

Aholining mamlakat bank sektoriga ishonchini yanada mustahkamlash, mijozlar talab-ehtiyojlarining doimiy monitoringni yuritish, bankning xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish, har bir mijozning ehtiyojini qondira oladigan ilg‘or bank xizmatlarini ko‘rsatish.

Chora-tadbirlar rejasi

Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2017-yil
IV chorak; amalga oshirish — doimiy

Markaziy bank, O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari

15.

Bank xizmatlarining jozibadorligini oshirish va bankning ratsional foyda keltirishini hisobga olgan holda yangi mijozlarni jalb etish maqsadida ta’rif siyosatini optimallashtirish.

Tijorat banklari kengashlarining qarori

2017-yil IV chorak

tijorat banklari, O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi

16.

Aholining bank-moliya xizmatlari sohasidagi moliyaviy savodxonligini va huquqlarini himoya qilish darajasini oshirish.

Chora-tadbirlar rejasi

Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2017-yil IV chorak; amalga oshirish — 2017 — 2021-yillarda

Markaziy bank, O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari

17.

Tijorat banklarining takliflarini hisobga olgan holda inkassatsiya xizmati tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning jadvallari va tariflarini maqbullashtirish.

Tariflarning yangi rejasini ishlab chiqish

2017-yil
IV chorak

Markaziy bank

18.

Plastik kartalarning muomalada bo‘lish muddatlarini 3 yildan
5 yilgacha uzaytirish, shuningdek, plastik kartochkalardan foydalangan holda naqdsiz hisob-kitoblar tizimini kengaytirish.

Bitimga o‘zgartirishlar kiritish

2017-yil
IV chorak

Markaziy bank, O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi,
Yagona umumrespublika protsessing markazi

19.

Tijorat banklari tomonidan mijozlar — jismoniy shaxslarni indentifikatsiya qilish jarayonlarini avtomatlashtirish maqsadida Markaziy bank, Ichki ishlar vazirligi (pasport ma’lumotlari) va Davlat soliq qo‘mitasi (STIR) axborot tizimlarining o‘zaro hamkorligini tashkil etish.

Chora-tadbirlar kompleksi

Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2017-yil
IV chorak; amalga oshirish — 2018-yil

Markaziy bank,
IIV, DSQ,
tijorat banklari

20.

Kredit berish amalga oshiriladigan shartlar to‘g‘risida, shu jumladan “kreditning to‘liq qiymati” iborasini kiritib, kreditni olish va unga xizmat ko‘rsatish, (so‘ndirish) bilan bog‘liq istisnosiz barcha to‘lovlar haqida tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga batafsil axborot taqdim etish.

Tijorat banklarining kredit siyosatiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish

2018-yil
I chorak

tijorat banklari, Markaziy bank

b) ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash

21.

Tayanch stansiyalar sonini, shu jumladan CDMA-450 texnologiyasini qo‘llagan holda ko‘paytirish, savdo va pulli xizmatlar ko‘rsatish obyektlarida, xususan olis va borish qiyin bo‘lgan aholi punktlarida tarmoqlarni qoplash zonalarini kengaytirish, tayanch stansiyalarni elektr energiyaning muqobil manbalari bilan ta’minlash choralarini ko‘rish, shuningdek, onlayn to‘lov terminallarida foydalanish uchun ixtisoslashtirilgan tarif rejalarini joriy etish.

Chora-tadbirlar kompleksi

Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2017-yil
IV chorak; amalga oshirish — 2018-2021-yillarda

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, mobil aloqa tarmoqlari operatorlari, Markaziy bank, O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari

22.

Davlat xizmatlarini yetkazib beruvchilarning billing tizimlarini aholiga to‘lovlarni real vaqt rejimida elektron tarzda qabul qilish yo‘li bilan ko‘rsatilayotgan xizmatlar, shu jumladan davlat bojlari va pasport-viza faoliyati, fuqarolik holati aktlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda notarial idoralarining qo‘shimcha hujjatlarini berish uchun qabul qilish orqali aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ro‘yxatini kengaytirish uchun Markaziy bank hisob-kitoblari kliring tizimi bilan keng integratsiyalash.

Chora-tadbirlar kompleksi

Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2017-yil
IV chorak; amalga oshirish — 2018-yil

Markaziy bank, tijorat banklari, IIV,
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi

23.

Ijtimoiy yo‘naltirilgan, omonatlarni saqlovchi turli bank kredit mahsulotlarini, pul jo‘natmalari, shu jumladan ijtimoiy, oilaviy “ko-brending” plastik kartochkalarini chiqarish, rag‘batlantiruvchi, diskont va bonusli loyihalarni amalga oshirish orqali to‘lov va pul mablag‘larini jamg‘arishning qulay va ishonchli vositasi sifatida plastik kartochkalarni yanada ommalashtirish.

Chora-tadbirlar rejasi

Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2017-yil
IV chorak; amalga oshirish — 2017 — 2021-yillar

Markaziy bank, O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

24.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llagan holda bank hisobvaraqlariga masofaviy va kontaktsiz xizmat ko‘rsatish (“bank-mijoz”, “internet-banking”, “mobil bank”, “SMS-banking”) tizimini yanada takomillashtirish.

Chora-tadbirlar rejasi

Tasdiqlash har yili
30-yanvargacha; amalga oshirish — jadval bo‘yicha

Markaziy bank, O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari

25.

Yangi standartlashtirilgan bank mahsulotlari va xizmatlari, ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy yechimlarning yutuqlar negizida faoliyat yuritayotgan avtomatlashtirilgan bank tizimlarini modernizatsiya qilish.

Texnik hujjat tayyorlash

2018-yil
II chorak

tijorat banklari, O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi, Markaziy bank

III. Tijorat banklari kredit portfelining yanada o‘sishini va sifati yaxshilanishini ta’minlash, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda, iqtisodiyotni kreditlashda ularning ishtirokini yanada kengaytirish

a) tijorat banklarining kredit portfeli sifatini yaxshilash

26.

Umumiy miqdori 7 220 mlrd. so‘m bo‘lgan, so‘ndirish muddati 2017-yil oxirida tugaydigan kreditlarni so‘ndirish jadvallariga qat’iy muvofiq ravishda undirib olish choralarini kuchaytirish, shu jumladan:

O‘zmilliybankka — 979,5 mlrd. so‘m;

“Asaka” ATBga — 822,8 mlrd. so‘m;

“O‘zsanoatqurilishbank” ATBga — 671,1 mlrd. so‘m;

“Ipoteka-bank” ATBga — 589,9 mlrd. so‘m;

AT Xalq bankiga — 419,7 mlrd. so‘m;

“Agrobank” ATBga — 387,7 mlrd. so‘m;

“Qishloq qurilish bank” ATBga — 268,6 mlrd. so‘m;

“Mikrokreditbank” ATBga — 263,5 mlrd. so‘m;

“Turon bank” ATBga — 91,4 mlrd. so‘m.

So‘ndirish jadvallariga muvofiq

Jadvalga muvofiq 2017-yil oxirigacha

tijorat banklari

27.

Quyidagi yo‘llar bilan aktivlar sifatini yaxshilash:

750,4 mlrd. so‘mlik muammoli kreditlarni undirib olish, shu jumladan 2017-yilda 290 mlrd. so‘mlik kreditlarni, shulardan:

O‘zmilliybank bo‘yicha — 162,6 mlrd. so‘m (2017-yilda — 88,5 mlrd. so‘m), AT Xalq banki bo‘yicha — 110 mlrd. so‘m (2017-yilda — 25,6 mlrd. so‘m), “Mikrokreditbank” ATB bo‘yicha — 103,8 mlrd. so‘m (2017-yilda — 10,4 mlrd. sum),

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB bo‘yicha — 76,6 mlrd. so‘m (2017-yilda — 23,4 mlrd. sum),

“Asaka” ATB — 72,7 mlrd. so‘m (2017-yilda — 27,8 mlrd. so‘m);

ilgari berilgan kreditlar bo‘yicha balansga qabul qilingan 232,7 mlrd. so‘mlik, shu jumladan, 2017-yilda 134 mlrd. so‘mlik, shulardan:

“Asaka” ATB bo‘yicha — 132 mlrd. so‘mlik (2017-yilda — 94 mlrd. so‘mlik); O‘zmilliybank bo‘yicha— 34 mlrd. so‘mlik (2017-yilda — 1,7 mlrd. so‘mlik);

“Kapitalbank” ATB bo‘yicha -17 mlrd. so‘mlik (2017-yilda — 3 mlrd. so‘mlik);

“Qishloq qurilish bank” ATB bo‘yicha — 15 mlrd. so‘mlik (2017-yilda — 13 mlrd. so‘mlik); AT Xalq banki bo‘yicha — 8 mlrd. so‘mlik (2017-yilda — 5,4 mlrd. so‘mlik);

“Mikrokreditbank” ATB bo‘yicha — 6 mlrd. so‘mlik (2017-yilda — 4,3 mlrd. so‘mlik) mol-mulkni realizatsiya qilish.

Chora-tadbirlar rejasi

Jadvallarga muvofiq 2017-2018-yillarda

tijorat banklari, Markaziy bank

28.

Muammoli aktivlarni undirib olish masalalari bilan shug‘ullanuvchi tijorat banklari tarkibiy bo‘linmalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish orqali banklar aktivlar sifatini oshirish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish.

Banklar kengashlari va boshqaruvlarining qarorlari

Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2017-yil
IV chorak, amalga oshirish — muntazam

tijorat banklari, Markaziy bank

29.

Banklar aktivlari tarkibini yaxshilashga va ishlamayotgan kreditlar, xususan xorijiy valyutada berilgan kreditlar ulushini kamaytirishga kompleks yondashishni kengaytirish hamda tavakkalchiliklarni va garovning bozor qiymatini sinchiklab b?holash asosida qaytarilishi, to‘lanishi shart bo‘lgan va shosh?linchlik tamoyillariga qat’iy rioya etilishini, har bir kredit holatini tizimli monitoring qilish. Kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik va zarar ko‘rib ishlaydigan korxonalar va tashkilotlarni kreditlash amaliyotiga barham berish choralarini ko‘rish.

Tijorat banklarining kredit siyosatiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish

Ishlab chiqish va tasdiqlash — har yili
I chorak; amalga oshirish — muntazam

tijorat banklari, Markaziy bank

30.

Tijorat banklari tomonidan banklarni ilg‘or amaliyot va xalqaro standartlar asosida faoliyat yuritadigan moliyaviy barqaror va raqobatdosh muassasa etib, sifatli transformatsiya qilishga yo‘naltirilgan uzoq muddatli rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish.

Tijorat banklari strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash

2018-yil
I chorak

tijorat banklari, Markaziy bank

31.

O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining, xalqaro moliya institutlarining qayta moliyalashtiriladigan kredit liniyalari bo‘yicha banklarning daromadlaridan budjetdan tashqari jamg‘armalarga majburiy ajratmalarni to‘lash mexanizmini, Moliya vazirligining qishloq joylarda uy-joylar qurilishi uchun maqsadli liniyalari hamda boshqa markazlashtirilgan manbalarini jalb etilgan resurslar bo‘yicha foiz xarajatlarini chiqarib tashlab, hisob-kitob qilganda banklar daromadlarini baza sifatida qabul qilgan holda ular mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish.

Qonunchilikka o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish

2018-yil
I chorak

Moliya vazirligi, DSQ,
Markaziy bank, tijorat banklari

b) biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish

32.

Doing Business hisobotida “Kreditlar olish” indikatori bo‘yicha respublika reytingini yaxshilash maqsadida eng yaxshi xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda kredit axborotini ta’minlash va ayirboshlash bo‘yicha bitimlar sohasida qonunchilikni yanada takomillashtirish. Xususan: kreditorlar talablarini qondirishning navbatma-navbatligi va ustuvorligini qayta ko‘rib chiqish;

mahsulotga va garov mulkidan olingan daromadga garov huquqining avtomatik tarzda joriy etilishi;
ta’minlov huquqi (garov)ni yaratish, shu jumladan garovga qo‘yilgan mulkning va kreditorlarning garov bilan ta’minlanadigan talablari va hokazolarni umumiy (batafsil bo‘lmagan) tavsifi tartibotlarini soddalashtirish.

O‘zbekiston Respublikasining ba’zi qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishini nazarda tutuvchi Qonun loyihasi

2017-yil
IV chorak

Markaziy bank Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, DSQ,
Bosh prokuratura, Oliy sud, SSP

33.

Bankni ro‘yxatga olish va litsenziyalash to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish, shuningdek, xalqaro amaliyotni o‘rganishni hisobga olgan holda bankni ro‘yxatga olish va litsenziya berishga davlat boji yig‘imi miqdorlarini belgilash to‘g‘risida takliflar kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2017-yil
IV chorak

Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, SSP

34.

Inkassatsiya tizimi, kassa operatsiyalarining izchilligini tartibga solish va kassa intizomi buzilishining oldini olish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish nazarda tutilayotgan tijorat banklari tomonidan kassa ishlarini yuritish va tegishli xizmatlarni ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish.

“Tijorat banklarida kassa ishi, inkassatsiya va boyliklarni tashish ishlarini tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnoma”ning yangi tahririni ishlab chiqish va tasdiqlash” (27.06.2008-yil 1831-son bilan qayd etilgan)

2018-yil
I chorak

Markaziy bank

35.

Xorijiy tajribadan kelib chiqib, pul mablag‘lari yetishmay qolganda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan to‘lovlarning navbatiga rioya etilishi ustidan nazorat qilish bo‘yicha tijorat banklariga xos bo‘lmagan funksiyalardan ularni bosqichma-bosqich ozod qilish mexanizmini ishlab chiqish.

Qonunchilikka o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish

2018-yil
I chorak

DSQ,
Moliya vazirligi, Markaziy bank

v) xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish

36.

Xorijiy banklar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va uzoq muddatli biznes-munosabatlar o‘rnatish, ularga respublikamizda qo‘shma va shu’ba banklari barpo etishda ko‘maklashish.

Chora-tadbirlar rejasi

Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2017-yil IV chorak; amalga oshirish — 2017 — 2021-yillar

Markaziy bank, Moliya vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,
Iqtisodiyot vazirligi

37.

Kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalarini moliyalashtirishni ko‘paytirish uchun ularni keng jalb etish va kredit liniyalarini o‘zlashtirish maqsadida xalqaro moliya-kredit institutlari, xorijiy banklari bilan hamkorlikni kengaytirish.

Chora-tadbirlar dasturi va jadvali

Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2017-yil IV chorak;
amalga oshirish — 2017 — 2021-yillar

Tijorat banklari, Markaziy bank, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,
O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi

38.

Kredit portfeli sifatini har tomonlama tahlil qilish, tijorat banklari faoliyati tavakkalchiliklarini baholash, bank sektorining moliyaviy barqarorligi va samaradorligi ko‘rsatkichlarini oshirish uchun Jahon bankining texnik ko‘magini jalb etish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil
IV chorak

Markaziy bank, tijorat banklari

IV. Nobank kredit tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, ular tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmining yanada o‘sishi, sifati yaxshilanishini va moliyaviy xizmatlar iste’molchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash

39.

2017-yil 1-oktabrdan boshlab yangidan tashkil etilayotgan:

a) mikrokredit tashkilotlari ustav jamg‘armasining minimal miqdoriga nisbatan qo‘yiladigan talablar — 2.0 mlrd. so‘m miqdorida;

b) lombardlar uchun — 500 mln. so‘m miqdorida o‘rnatiladi.

Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomga (13.04.2010-yil 2093-son bilan qayd etilgan) va lombardlar faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga (10.12.2003-yil 1291-son bilan qayd etilgan) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish

III chorak 2017-yil

Markaziy bank, Mikromoliya institutlari milliy assotsiatsiyasi, Lombardlar assotsiatsiyasi

40.

Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar ustav jamg‘armalarining minimal miqdorini 2019-yil 1-yanvarga qadar o‘rnatilgan minimal talablar darajasiga yetkazish.

Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomga (13.04.2010-yil 2093-son bilan qayd etilgan) va lombardlar faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga (10.12.2003-yil 1291-son bilan qayd etilgan) o‘zgartish va qo‘?imchalar kiritish

amalga oshirish — 2017-2018-yil

Markaziy bank, Mikromoliya institutlari milliy assotsiatsiyasi, Lombardlar assotsiatsiyasi

42.

Mikromoliyaviy xizmatlar bo‘yicha to‘lovlarning asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik mexanizmlarini tatbiq etgan holda moliyaviy xizmatlar iste’molchilari huquqlarini himoya qilishga qaratilgan choralarni ko‘rish

“Mikromoliyalashtirish to‘g‘risida” va “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish

2018-yil
II chorak

Markaziy bank, manfaatdor vazirlik va idoralar

V. Moliya-bank faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish

43.

Yetakchi ta’lim muassasalarida, xorijiy banklar va chet mamlakatlarning markazlarida, shuningdek, xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etiladigan moliya-bank faoliyatining eng dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha kurs va seminarlarda bank xodimlarining malakasi muntazam oshirilishi, tayyorlanishi va qayta tayyorlanishini ta’minlash.

O‘qitish, stajirovkalarni tashkil etish va o‘tkazishning reja-jadvallari

Ishlab chiqish va tasdiqlash — har yili 1-martgacha; amalga oshirish — jadval bo‘yicha

O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi, Markaziy bank, tijorat banklari

44.

Mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishni yaxshilash masalalari bo‘yicha mikrokredit tashkilotlari, lombardlar rahbarlari va xodimlari uchun mavzuda oid treninglar va seminarlar tashkillashtirish.

Dastur tayyorlash

Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2017-yil IV chorak; amalga oshirish — 2017 — 2021-yillar

Mikromoliya institutlari milliy assotsiatsiyasi, Lombardlar assotsiatsiyasi, mikrokredit tashkilotlar, lombardlar, Markaziy bank

45.

CFA, ASSA va boshqa xalqaro sertifikatlarni olish uchun bank xodimlarining o‘qishini, shu jumladan yetakchi xorijiy o‘quv yurtlarida o‘qishlarini tashkil etish.

O‘qitish, stajirovkalarni tashkil etish va o‘tkazishning reja-jadvallari

2018-yil
I chorak

Markaziy bank, O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari, Oliy ta’lim vazirligi

46.

Bank sohasida yangi avlod darsliklari, qo‘llanmalari va metodologik adabiyotlarni, shuningdek, unifikatsiyalashtirilgan o‘quv dasturlarini shakllantirish bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida mustahkam munosabatlar o‘rnatish.

Banklar assotsiatsiyasi a’zolari qarori va harakatlar dasturi

2018-yil
I chorak

O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi, Bank-moliya akademiyasi, XTV, tijorat banklari

47.

Bank xodimlari mehnatini rag‘batlantirishning bozor usullari tizimini yanada takomillashtirish, bunda professional o‘sishni rag‘batlantirish va ta’minlash, banklarning ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, nomoddiy rag‘batlantirish usullari tizimini kuchaytirish nazarda tutiladi.

Bank kengashlari qarori

2018-yil
I chorak

Tijorat banklari, O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi

48.

Banklarda va nobank kredit tashkilotlarida ISO 9001:2015 standartiga muvofiq sifat menejmenti tizimini joriy etish va tegishli sertifikat olish.

Tegishli shartnoma tuzish

2018-yil
II chorak

Tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlar, lombardlar va ularning assotsiatsiyalari, O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi, Markaziy bank

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan hujjatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 15-apreldagi PQ-56-son qarorining 4-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining omonatlarini jalb etish bo‘yicha respublikaning tijorat banklari o‘rtasida tanlov o‘tkazish to‘g‘risida” 2008-yil 31-oktabrdagi PQ-991-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan uzoq muddatli kreditlari ulushini ko‘paytirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 28-iyuldagi PQ-1166-son qarori 10-bandining birinchi xatboshi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklarining Moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 6-maydagi PQ-2344-son qarori ilovasining 1- va 10-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat xaridlarini maqsadli moliyalashtirish va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlash jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 27-iyundagi PQ-3096-son qarori 3-ilovasi 5-bandining yettinchi xatboshi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklari va ularning investitsiyaviy bo‘linmalari rahbar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida” 2008-yil 2-oktabrdagi F-3075-son farmoyishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tijorat banklarining kichik tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 19-maydagi 195-son qarori.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2017-y., 07/17/3270/0004; 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son; 23.07.2019-y., 07/19/4400/3468-son; 27.02.2021-y., 06/21/6179/0165-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 06/23/62/0232-son)