30.04.1998 yildagi 602-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan
Hujjat 20.01.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FERMER XOʻJALIGI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonunning yangi tahriri Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustdagi “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun fermer xoʻjaliklarini tashkil etish, ularning faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishining huquqiy asoslarini, huquq va majburiyatlarini belgilaydi, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarini tartibga soladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-BOB. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Fermer xoʻjaligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi oʻziga uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda tovar qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi bilan shugʻullanuvchi fermer xoʻjaligi aʼzolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyektdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaliklarini tashkil etish, ularning faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi bilan bogʻliq munosabatlar ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida fermer xoʻjaligi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Fermer xoʻjaligining aʼzolari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi aʼzolari jumlasiga fermer xoʻjaligini birgalikda yuritayotgan, bu xoʻjalikdagi ish oʻzining asosiy mehnat faoliyati joyi boʻlgan fermer xoʻjaligining boshligʻi, uning xotini (eri), bolalari, shu jumladan farzandlikka olingan bolalari, tarbiyaga olingan bolalari, ota-onalari, boshqa qarindoshlari hamda mehnatga qobiliyatli yoshga yetgan boshqa shaxslar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligida mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslar fermer xoʻjaligi aʼzosi hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Fermer xoʻjaligining boshligʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro munosabatlarda fermer xoʻjaligi nomidan shu xoʻjalik boshligʻi ish koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligining boshligʻi shu xoʻjalikning oʻn sakkiz yoshga toʻlgan, qishloq xoʻjaligida tegishli malaka va ish tajribasiga ega boʻlgan muomalaga layoqatli aʼzolaridan biridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligining boshligʻi vaqtincha mehnat qobiliyatini yoʻqotgan taqdirda yoki uzoq vaqt boʻlmaganida u oʻz vazifalarini bajarish vakolatini shu xoʻjalik aʼzolaridan biriga yoki ushbu moddaning ikkinchi qismi talablariga javob beradigan har qanday shaxsga (shartnoma asosida) berishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Fermer xoʻjaligini tashkil etish shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi tanlov asosida, aksariyat hollarda mehnat resurslari ortiqchaligi sezilmayotgan yerlarda va hududlarda tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chorvachilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xoʻjaligi kamida 30 shartli bosh chorva moli boʻlgan taqdirda tashkil etiladi. Fermer xoʻjaligiga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam oʻlchami bir shartli bosh chorva molga hisoblaganda Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlaridagi sugʻoriladigan yerlarda kamida 0,3 gektar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va boshqa viloyatlardagi sugʻoriladigan yerlarda kamida 0,45 gektar, sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlarda esa kamida 2 gektarni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqonchilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xoʻjaliklariga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam oʻlchami paxtachilik va gʻallachilik uchun kamida 10 gektar, bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlarni yetishtirish uchun kamida 1 gektarni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalari berilganda fermer xoʻjaligi oʻz zimmasiga qishloq xoʻjalik ekinlarining hosildorligi (uch yil uchun oʻrtacha yillik hosil hisobida) yerning kadastr bahosidan kam boʻlmasligini taʼminlash majburiyatini oladi. Bu majburiyat yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasida mustahkamlab qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Fermer xoʻjaligini tashkil etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi ixtiyoriy ravishda xoʻjalik boshligʻining qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) boshqaruviga va tuman hokimiga yozma murojaati asosida tashkil etiladi. Arizada soʻralayotgan yer uchastkasining joylashgan manzili, maydoni, fermer xoʻjaligining tarkibi koʻrsatiladi hamda tovar qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning biznes-rejasi taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) boshqaruvi fermer xoʻjaligini tashkil etish toʻgʻrisidagi masalani umumiy majlis muhokamasiga kiritadi, umumiy majlis bu xususda tegishli qaror qabul qiladi. Tuman hokimi qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) umumiy majlisining qarori asosida, yer uchastkalari berish masalalarini koʻrish boʻyicha tuman komissiyasining xulosasini inobatga olgan holda fermer xoʻjaligini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman hokimining fermer xoʻjaligini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori tumanning moliyaviy, bank, soliq va boshqa tuzilmalari uchun majburiy hujjatdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Fermer xoʻjaligini davlat roʻyxatiga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi hamda yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi belgilangan tartibda davlat roʻyxatiga olingan paytdan eʼtiboran fermer xoʻjaligi tashkil etilgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi tuman hokimligida davlat roʻyxatiga olinganidan keyin yuridik shaxs maqomini oladi, bank muassasasida hisob-kitob va boshqa xil hisobvaraqlar ochishga, nomi yozilgan muhrga ega boʻlishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Posyolka, qishloq va ovul fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari har bir fermer xoʻjaligini Xoʻjalik kitobiga kiritib, unda fermer xoʻjaligining tarkibi, xoʻjalik boshligʻi yoki uning vazifalarini bajaruvchi shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek xoʻjalikka ajratilgan yer uchastkasiga oid asosiy maʼlumotlarni qayd etib qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligini tashkil etishning ushbu Qonunda belgilangan tartibi buzilgan yoki xoʻjalikning ustavi qonunga muvofiq boʻlmagan taqdirda fermer xoʻjaligini davlat roʻyxatiga olish rad etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat roʻyxatiga olish rad etilganligi hamda roʻyxatga olish muddatlarining buzilganligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Fermer xoʻjaligining ustavi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi ustav asosida faoliyat koʻrsatadi. Fermer xoʻjaligining ustavida quyidagilar belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaligining nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyat sohasi va maqsadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaligining boshligʻi toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaligi faoliyatini boshqarish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
erdan va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaligining huquq va majburiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaligi aʼzolarining huquq va majburiyatlari, ularning xoʻjalik ishlab chiqarish faoliyatida ishtirok etish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaligining daromadlarini (foydalarini) taqsimlash, zararlarini qoplash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaligining oʻz majburiyatlari va qarzlari yuzasidan javobgarligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaligini qayta tashkil etish yoki tugatish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaligining joylashgan manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaligi ustavini oʻzgartirish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligining ustaviga fermer xoʻjaligi faoliyatining oʻziga xos xususiyatlari bilan bogʻliq, qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa qoidalar ham kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-BOB. FERMER XOʻJALIKLARIGA YER BERISh. YERGA EGALIK QILISh, YERDAN VA SUVDAN FOYDALANISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Fermer xoʻjaliklariga beriladigan yerlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaliklariga zaxira yerlar, maxsus respublika fondi yerlari, mehnat resurslari yetarli boʻlmagan xoʻjaliklardagi va yangi sugʻoriladigan mavzelardagi yerlar beriladi. Ularga zarar koʻrib ishlayotgan yoki kam rentabelli qishloq xoʻjaligi korxonalarining yerlari ham berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi kooperativlarining (shirkat xoʻjaliklarining) yerlari fermer xoʻjaliklariga kooperativlar (shirkatlar) aʼzolari umumiy majlisining qarori asosida tuman hokimi tomonidan qabul qilinadigan qarorga binoan berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy oʻquv yurtlari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umum taʼlim maktablarining yerlari, shuningdek suv fondi yerlari fermer xoʻjaliklariga berilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Fermer xoʻjaliklariga yer berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarga fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalari ellik yilgacha boʻlgan, lekin oʻn yildan kam boʻlmagan muddatga ijaraga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasi qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) boshqaruvi va fermer xoʻjaligi boshligʻi tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasidan oqilona va samarali foydalanayotgan fermer xoʻjaligiga qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) boshqaruvi tomonidan umumiy majlisning qarori asosida qishloq xoʻjalik mahsuloti yetishtirish va uni qayta ishlash, yem ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek yaylov yaratish uchun qisqa muddatli ijaraga qoʻshimcha ravishda yer uchastkalari berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasini olishda mazkur joyda yashovchi shaxslar ustun huquqdan foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) boshqaruvining va tuman hokimining yer uchastkasi berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga yoki boʻysunuv tartibida yuqori organga, mansabdor shaxsga shikoyat qilish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalari olgan va qishloq aholi punktida turar joyi boʻlgan shaxslarning uy-joyidagi tomorqa chek yerlari saqlanib qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligiga ajratilgan yerning chegaralari naturada (joyning oʻzida) yer tuzish xizmati organlari tomonidan mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaliklariga yer berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) aʼzolarining fermer xoʻjaligini tashkil etish xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi kooperativlarining (shirkat xoʻjaliklarining) tarkibidan chiqish va mustaqil fermer xoʻjaligi yuritish istagida boʻlgan aʼzolari kooperativ (shirkat) ustaviga binoan oʻzlariga tegishli mulkiy pay qiymatini hamda daromaddan (foydadan) miqdori kooperativ (shirkat) aʼzosining mehnat ishtirokini inobatga olgan holda aniqlanadigan ulushni olishga haqlidir. Mazkur shaxslar fermer xoʻjaligi yuritish uchun qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) umumiy majlisining qaroriga binoan shu kooperativ (shirkat) yerlari tarkibidan ushbu Qonunning 10-moddasida belgilangan tartibda uzoq muddatli ijaraga yer uchastkasi olish huquqiga ega. Bunda yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga ajratish qishloq xoʻjaligi kooperativini (shirkat xoʻjaligini) uning faoliyat koʻrsatishi uchun zarur yer resurslari va asosiy ishlab chiqarish fondlaridan mahrum etib qoʻymasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) sobiq aʼzosi tomonidan tashkil etilgan fermer xoʻjaligini roʻyxatdan oʻtkazish ushbu Qonunning 7-moddasida belgilab qoʻyilgan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Yerdan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligining yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanish sohasidagi huquq va majburiyatlari qonun hujjatlarida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligiga berilgan yer uchastkalaridan qatʼiy belgilangan maqsadda foydalaniladi, ular xususiylashtirilishi, oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti boʻlishi, shuningdek ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi kreditlar olish uchun oʻz mol-mulkini, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga qoʻyishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligiga berilgan yer uchastkasi boʻlinishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasining oʻlchami va chegaralari faqat fermer xoʻjaligi boshligʻining roziligi bilan oʻzgartirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi boshligʻi vafot etgan taqdirda yer uchastkasini ijaraga olish huquqi shu xoʻjalik aʼzolarining oʻzaro kelishuvi asosida, fermer xoʻjaligi faoliyatini davom ettirish istagida boʻlgan xoʻjalik aʼzolaridan biriga meros boʻyicha oʻtadi. Fermer xoʻjaligi boshligʻi mehnat qobiliyatini toʻla yoʻqotgan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi xoʻjalik aʼzolarining roziligi bilan ulardan biriga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi taraflarning kelishuviga binoan, taraflar kelishuvga erishmaganlari taqdirda esa sud tomonidan oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuniga muvofiq yettinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi tugatilgan taqdirda, uni yuritish uchun berilgan yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Yer uchastkasidan foydalanganlik uchun toʻlanadigan haq
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligiga berilgan yer uchastkasidan foydalanganlik uchun haq tuman budjetiga kiritiladigan har yilgi ijara haqi tariqasida yer uchastkasining sifatiga, joylashgan manziliga va suv bilan taʼminlanganlik darajasiga qarab, uning kadastr bahosini inobatga olgan holda belgilanadigan yer soligʻi stavkasi miqdorida undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat roʻyxatiga olingan paytdan eʼtiboran dastlabki ikki yil mobaynida fermer xoʻjaligi yer uchastkasidan foydalanganlik uchun haq toʻlashdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Suvdan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaliklari uchun suvdan foydalanish limitlari vakolatli organlar tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligiga beriladigan suvning sarfini hisobga olish hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlash tartibi, shuningdek mazkur soliq boʻyicha imtiyozlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-BOB. FERMER XOʻJALIGINING HAMDA UNING AʼZOLARINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Fermer xoʻjaligining huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi yuridik shaxsning barcha huquqlariga ega boʻladi. Fermer xoʻjaligi tadbirkorlik shakllaridan biri boʻlib, tashkil etilishidan koʻzlangan maqsadlarga erishish uchun shu maqsadlarga monand tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi boshqa shakllarda xoʻjalik yurituvchi korxonalar bilan teng huquqlarga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi tadbirkorlik faoliyati subyekti tariqasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaligining ishlab chiqarish faoliyatini oʻziga berilgan yer uchastkasida ustavda nazarda tutilgan doirada mustaqil tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetishtirilayotgan mahsulotga mustaqil ravishda narx belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi yetishtirgan mahsulotni, shu jumladan bu mahsulotni isteʼmolchilarga oʻz xohishi boʻyicha realizatsiya qilish huquqini tasarruf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarid etiladigan mahsulotga oldindan haq toʻlanadigan fyuchers bitimlari tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlikdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq solinadigan, cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtiruvchilarga sotish uchun va erkin savdoga moʻljallangan aksiyalarni sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditlar olish, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki va pul mablagʻlarini ixtiyoriylik asosida va shartnoma shartlarida, shu jumladan fermer xoʻjaliklarini kreditni uzishning zarur garov, sugʻurta hamda boshqa kafolatlarini taʼminlagan holda imtiyozli kreditlashga jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga beruvchining ruxsati bilan yoki qonunda yoxud ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkasini ijaraga berish huquqini kredit olish uchun garovga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrta va kichik korxonalar uchun berilgan imtiyozlarning barcha turlaridan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarni ishga yollash va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlarida fermer xoʻjaligining boshqa huquqlari ham nazarda tutilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Fermer xoʻjaligining majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi quyidagilarni bajarishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasidan qatʼiy belgilangan maqsadda foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy obyekt boʻlmish yerga zarar yetkazmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasini asrash, uning unumdorligini saqlash va oshirish yuzasidan sarf-xarajatlar qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasini, agar ijaraga olish shartnomasida boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, bir yil ichida oʻzlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agrotexnika talablariga, belgilangan rejim, saqlash vazifasi va servitutlarga rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaligining majburiyatlari va qarzlari yuzasidan toʻla javobgar boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaligining barcha aʼzolari hamda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslar uchun qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasiga va Aholini ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasiga majburiy badallar toʻlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaligining aʼzolari va mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning mehnat faoliyati hisobini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik aʼzolari va mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslar uchun xavfsiz mehnat sharoitini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy-maʼrifiy tadbirlarga, obodonlashtirish ishlariga shartnoma asosida mablagʻlar ajratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlarida fermer xoʻjaligining boshqa majburiyatlari ham nazarda tutilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Fermer xoʻjaligi boshligʻining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi boshligʻi fermer xoʻjaligining ushbu Qonun 15 va 16-moddalarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlaridan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarga ega hamda fermer xoʻjaligi faoliyatiga rahbarlikni uning ustavida nazarda tutilgan vakolatlar doirasida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Fermer xoʻjaligi aʼzolarining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligining aʼzolari:

xoʻjalik aʼzolari oʻrtasidagi shartnoma shartlariga bogʻliq tarzda birgalikda yoki yakka tartibda foydalaniladigan daromaddan (foydadan) oʻz ulushini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq davlat ijtimoiy sugʻurtasidan oʻtkazilish va ijtimoiy taʼminlanish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligining aʼzolari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaligining ishlab chiqarish faoliyatida shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan mehnat tartibiga boʻysunishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlarida fermer xoʻjaligi aʼzolarining boshqa huquq va majburiyatlari ham nazarda tutilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-BOB. FERMER XOʻJALIGINING MOL-MULKI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Fermer xoʻjaligining mulki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi:

oʻziga qarashli uy-joylar, xoʻjalik imoratlari, qishloq xoʻjalik ekinzorlari va koʻchatzorlari, dov-daraxtlar, mahsuldor chorva mollar, parrandalar, qishloq xoʻjalik texnikasi, asbob-uskuna va ashyo-anjomlari, transport vositalari, pul mablagʻlari, intellektual mulk obyektlari, shuningdek boshqa mol-mulklarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish faoliyati natijasida yetishtirilgan mahsulotga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olingan daromadlarga (foydalarga);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunda taqiqlanmagan asoslarda ega boʻlingan boshqa mol-mulkka mulkdordir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaligi aʼzolarining pul va moddiy mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlar, ishlar, xizmatlar realizatsiyasidan, shuningdek faoliyatning boshqa turlaridan olingan daromadlar (foydalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlardan olingan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning begʻaraz xayriya va boshqa badallari, ehsonlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunlarda taqiqlanmagan boshqa manbalar fermer xoʻjaligining pul jamgʻarmalarini hosil etish manbalari boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Fermer xoʻjaligining mol-mulkiga boʻlgan mulk huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligining oʻziga qarashli mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi davlat himoyasidadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligining mol-mulki, agar uning aʼzolari oʻrtasidagi kelishuvga binoan umumiy ulushli mulk tashkil etish nazarda tutilgan boʻlmasa, uning aʼzolariga umumiy birgalikdagi mulk asosida qarashli boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligining mol-mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish xoʻjalik aʼzolari tomonidan oʻzaro kelishuv asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi tarkibidan boshqa fermer xoʻjaligi tashkil etish maqsadida chiqayotgan aʼzolargina fermer xoʻjaligi tarkibidan chiqqanda mol-mulkdagi ulushni naturada yoki teng qiymatda olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mol-mulkni hosil qilish, koʻpaytirish, olish, ijaraga yoki vaqtincha foydalanishga olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Fermer xoʻjaligining mablagʻlari va hisob-kitoblari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi pul muomalasini yuritish hamda pul mablagʻlarini saqlab turish va bu mablagʻlarni erkin tasarruf etish uchun bank muassasasida hisobvaraqlar ochish huquqiga ega. Fermer xoʻjaligining hisob-kitob hisobvaragʻidan mablagʻlarni faqat uning roziligi yoki sudning qarori bilan hisobdan chiqarish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Fermer xoʻjaligining mol-mulkini meros qilib qoldirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligining mol-mulki fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq meros qilib qoldiriladi. Xoʻjalikda faoliyatni davom ettirayotgan merosxoʻrlar meros huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma berilganlik uchun davlat boji toʻlashdan ozod etiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-BOB. FERMER XOʻJALIGI FAOLIYATINING ASOSLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Fermer xoʻjaligining ishlab chiqarish faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) umumiy majlisining qarori bilan belgilangan ixtisoslashuvga muvofiq oʻz faoliyati yoʻnalishlarini, ishlab chiqarish tuzilmasi va hajmlarini mustaqil ravishda belgilaydi. Fermer xoʻjaligi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining qonunlarda taqiqlanmagan har qanday turi hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotini qayta ishlash va realizatsiya qilish bilan shugʻullanishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi oʻzi yetishtirayotgan mahsulot sifatiga oid amaldagi normativ va standartlarga, ekologiyaga, sanitariyaga oid hamda qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan boshqa talablar va qoidalarga rioya etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaliklarining xoʻjalik faoliyatiga davlat organlari va tashkilotlarining hamda boshqa organlar va tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlarining hamda boshqa organlar va tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining va fuqarolarning gʻayriqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) natijasida, shuningdek bunday organlar, tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining fermer xoʻjaligiga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiyatlarni lozim darajada bajarmasliklari oqibatida fermer xoʻjaligiga yetkazilgan zararlar, shu jumladan boy berilgan foyda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqa shakllarda xoʻjalik yurituvchi korxonalar bilan teng sharoitda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Fermer xoʻjaligidagi mehnat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligining faoliyati koʻproq xoʻjalik aʼzolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Fermer xoʻjaligidagi ishlarni bajarishga boshqa shaxslar mehnat shartnomasi asosida jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligida mehnat shartnomasini tuzish tartibi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligidagi ish tartibini xoʻjalik boshligʻi qonun hujjatlariga muvofiq belgilaydi. Fermer xoʻjaligi boshligʻi xoʻjalik aʼzolarining va xoʻjalikda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning mehnat faoliyati hisobini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligida mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning mehnatiga haq toʻlash qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan oz boʻlmagan miqdorda, taraflarning kelishuviga binoan pul tarzida ham, natura tariqasida ham amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat shartnomasi asosida fermer xoʻjaligida ishlayotgan shaxs xoʻjalik mol-mulkiga fermer xoʻjaligi boshligʻining roziligi bilan pul yoki boshqa xil ulushni kiritishga hamda qoʻshgan ulushiga mutanosib ravishda xoʻjalik daromadi (foydasi) taqsimotida qatnashishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligining aʼzolari, shuningdek xoʻjalikda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq davlat ijtimoiy sugʻurtasidan oʻtkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligida ishlangan vaqt davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha badallar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida mehnat stajiga qoʻshiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligining aʼzolari hamda xoʻjalikda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarga ijtimoiy sugʻurta boʻyicha davlat nafaqalari va pensiyalar tayinlash hamda toʻlash qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Mahsulotni fermer xoʻjaligi tomonidan realizatsiya qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi oʻzi yetishtirayotgan mahsulotni realizatsiya qilish, shu jumladan davlat xaridi tartibida realizatsiya qilish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan ixtiyoriylik asosida xoʻjalik shartnomalari tuzish huquqiga ega. Taraflar shartnoma majburiyatlari buzilgan taqdirda, qonun hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi oʻzi yetishtirayotgan mahsulotga bozordagi talab va taklif nisbatidan kelib chiqib mustaqil ravishda narx belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi yetishtirayotgan mahsulotni eksportga yetkazib berish, shuningdek chet ellik sheriklar bilan hisob-kitob qilish qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Fermer xoʻjaliklarining birgalikdagi faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaliklari ixtiyoriylik asosida, shu jumladan ulushli (pay) asosda mahsulot yetishtirish, xarid qilish, uni qayta ishlash va sotish, moddiy-texnika taʼminoti, qurilish, texnikaviy, suv xoʻjaligi, veterinariya, agrokimyo, maslahat berish yoʻsinidagi va boshqa xil xizmat koʻrsatish boʻyicha kooperativlarga (shirkatlarga), jamiyatlarga, ittifoqlarga, uyushmalarga va boshqa birlashmalarga birlashish, kirish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Fermer xoʻjaligini kreditlash va sugʻurtalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligini ishlab chiqarish ahamiyatiga molik obyektlar qurilishi, asosiy ishlab chiqarish vositalarini xarid etish uchun uzoq muddatli kreditlash va joriy ishlab chiqarish faoliyati uchun qisqa muddatli kreditlash kredit shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaliklari bank muassasalari tomonidan ularga xizmat koʻrsatish uchun tashkil etiladigan maxsus kredit fondidan imtiyozli shartlarda foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi oʻziga qarashli va ijaraga olingan ishlab chiqarish vositalarining, qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining (koʻchatzorlarining), koʻp yillik dov-daraxtlarning, yetishtirilgan mahsulotning, xomashyoning, materiallarning yoʻqotilishi (nobud boʻlishi), kam chiqishi yoki shikastlanishi xavfini, tadbirkorlik xavfini, shuningdek shartnomalarni buzganlik uchun oʻzining javobgarlik xavfini ixtiyoriylik asosida sugʻurta qildiradi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda sugʻurta tovoni oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Fermer xoʻjaligiga soliq solish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi qonun hujjatlariga muvofiq budjetga soliqlar, yigʻimlar hamda boshqa toʻlovlar toʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi aʼzolarining va xoʻjalikda shartnoma asosida ishlayotgan shaxslarning shaxsiy daromadlari daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarda aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Fermer xoʻjaliklarini davlat yoʻli bilan va boshqa tarzda qoʻllab-quvvatlash hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirish va uni realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi fermer xoʻjaliklarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kafolatlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari fermer xoʻjaligini rivojlantirish va mustahkamlashga koʻmaklashishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, posyolka, qishloq va ovul fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari, qishloq xoʻjalik kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish va ijtimoiy-maishiy ahamiyatga molik obyektlari boʻlmagan hududda fermer xoʻjaliklari tashkil etilganida uni birlamchi obodonlashtirishni (yoʻllar, elektr uzatish va aloqa liniyalari qurishni, suv bilan taʼminlashni, gazlashtirishni, telefonlashtirishni, radiolashtirishni, yer tuzishni, yerlarni melioratsiyalashni) amalga oshiradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaliklariga ishlab chiqarish obyektlari va turar joylarni barpo etishda yordam koʻrsatadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaligi uchun kerakli mol-mulk va ishlab chiqarish vositalarini birjalarda, yarmarkalarda, bozorlarda yuridik va jismoniy shaxslardan olishda koʻmaklashadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
navli urugʻlik va qishloq xoʻjalik ekinlarining koʻchat materiallarini, organik va mineral oʻgʻitlarni, qishloq xoʻjalik ekinlarini zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish vositalarini yetkazib berish yuzasidan davlat agrotexnika xizmati koʻrsatish tizimi orqali texnikaviy xizmat koʻrsatadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi texnikasi, asbob-uskunalari va ashyo-anjomlarini lizing asosida olishda koʻmaklashadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorva mollar va parrandalar boqish uchun shartnoma asosida aralash ozuqa ajratish, yosh chorva mollar va parrandalar, zotdor qoramollar olishda koʻmaklashadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaliklarining chorva mollariga zooveterinariya xizmati koʻrsatish uchun zarur sharoitlar yaratib beradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaliklarida yetishtirilgan qishloq xoʻjalik mahsulotini tayyorlash va realizatsiya qilishda koʻmaklashadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsalting va axborot xizmatlari koʻrsatadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaliklariga kichik xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qoʻllab-quvvatlashning boshqa shakllari ham tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaliklari faoliyatini muvofiqlashtirib borish hamda ularning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish Oʻzbekiston Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi hamda Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi hamda ularning joylardagi hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari fermer xoʻjaligiga berilgan yerlardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradilar hamda yerdan samarali va oqilona foydalanilishini taʼminlash yuzasidan zarur choralar koʻradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Fermer xoʻjaligi faoliyatining natijalarini hisobga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi oʻz faoliyatining natijalarini hisobga olib boradi hamda mahalliy statistika va soliq organlariga belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-BOB. FERMER XOʻJALIGINI QAYTA TAShKIL ETISh VA TUGATISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda. Fermer xoʻjaligini qayta tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligini qayta tashkil etish (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda. Fermer xoʻjaligini tugatish asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi quyidagi hollarda tugatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik faoliyatini davom ettirish istagida boʻlgan bironta ham xoʻjalik aʼzosi yoki merosxoʻr qolmagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy voz kechilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasining ijaraga berilgan muddati tugaganda va yerdan foydalanish huquqini tiklashning imkoniyati boʻlmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
erdan belgilangan maqsadda va oqilona foydalanilmaganda, olingan hosildorlik normativ kadastr bahosidan muttasil (uch yil mobaynida) past boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yerlarning ekologik holati yomonlashganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasi belgilangan tartibda olib qoʻyilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaligi bankrot deb eʼlon qilinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara haqi belgilangan muddatlarda muttasil toʻlanmay kelinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaligi yer olgan paytdan eʼtiboran bir yil mobaynida xoʻjalik-ishlab chiqarish faoliyatiga kirishmagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaliklari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari bir necha marta yoki bir marta, lekin qoʻpol ravishda buzilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma shartlari buzilganligi munosabati bilan yerni ijaraga olish shartnomasi bekor qilinganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda. Fermer xoʻjaligini tugatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaligi aʼzolarining qaroriga binoan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sudning qaroriga binoan tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligini tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi tugatilganda uning aʼzolari oʻz mulkidagi mol-mulkka boʻlgan huquqni hamda tomorqa yer uchastkasiga boʻlgan huquqni saqlab qoladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-BOB. YAKUNLOVChI QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-modda. Nizolarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaliklarini tashkil etish, ularning faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi bilan bogʻliq nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-modda. Majburiyatlar boʻyicha javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi oʻz majburiyatlari boʻyicha qonunlarga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulki bilan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat fermer xoʻjaligining majburiyatlari boʻyicha, fermer xoʻjaligi esa davlat majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-modda. Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi qonun hujjatlariga muvofiq xoʻjalik aʼzolarining va unda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning hayoti va sogʻligʻiga ular mehnat majburiyatlarini bajarish chogʻida yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligining va uning aʼzolarining, shuningdek xoʻjalikda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning yerdan belgilangan maqsadda va samarali foydalanmaganlik uchun javobgarligi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 30-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
602-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 86-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda; 5-son, 89-modda; 2004-y., 1-2-son, 18-modda)